0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63

(cavum nasi) 

yuzning 


o'rtasida joylashgan bo'lib, uni yuqoridan 

kalla bo'shlig'i, ikki yonidan ko'z kosalari 

va yuqori jag' suyagi bo'shliqlari, pastdan 

og'iz bo'shlig'i o'rab turadi. G'alvirsimon 

va  dimog'  suyaklarining  perpendikular 

plastinkalaridan hosil bo'lgan burunning 

suyak to'sig'i 

(septum nasi osseum), 

past 


tomonda burun qirrasiga mustahkamlanib 

uni  ikki  bo'lakka  ajratadi.  Burun 

bo'shlig'ining  old  tomonida  yuqori jag' 

suyagining  burun  o'ymalari,  yuqoridan 

burun  suyaklari  bilan  chegaralangan 

burunning noksimon teshigi 



(apertura nasi 

piriformis) 

bor.  Orqa  tomonda  burun



bo‘shlig‘i xoanalar 

(choanae) 

vositasida halqumga qo'shiladi. Burun bo‘shlig‘ining 

uchta devori tafovut qilinadi.

Burun bo‘shlig‘ining ustki devorini burun suyaklari, peshona suyagining 

burun qismi, g'alvirsimon suyakning g'alvirsimon plastinkasi va ponasimon 

suyak tanasining pastki yuzasi hosil qiladi.

Burun bo'shlig'ining pastki devori yuqori jag' suyagining tanglay o'sim­

talari va tanglay suyagining gorizontal plastinkasidan hosil bo'lgan.

Burun bo'shlig'ining lateral devori murakkab tuzilgan.  Uni yuqori jag' 

suyagining peshona o'simtasi, yonoq suyagi, g'alvirsimon labirintlar, tanglay 

suyagining  perpendikular  plastinkasi  va  qanotsimon  o'simtaning  medial 

plastinkasi  hosil  qiladi.  Burun  bo'shlig'ining  lateral devorida  uchta burun 

chig'anog'i bo'lib, burunning yon devorini uchta burun yo'liga ajratadi.

Yuqorigi  burun  yo'li 



(meatus  nasi  superior) 

yuqorigi  va  o'rta  burun 

chig'anoqlari  o'rtasida  joylashgan.  Unga  g'alvirsimon  suyakning  orqa 

katakchalari va ponasimon bo'shliq aperturasi ochiladi.

O'rta burun yo'li 

(meatus nasi media) 

o'rta va pastki burun chig'anoqlari 

o'rtasida joylashgan. Unga g'alvirsimon suyakning oldingi va o'rta katakchalari, 

peshona,  yuqori jag'  bo'shliqlari  aperturasi  va  ponasimon-tanglay  teshigi 



(foram en  spenopalatinum ) 

ochiladi.

Pastki  burun  yo'li 

(meatus  nasi  inferior) 

pastki  burun  chig'anog'i 

bilan qattiq tanglay o'rtasida joylashgan.  Uning oldingi qismiga ko'z yoshi- 

burun  kanali 



(canalis  nasolacrimal) 

ochiladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning burun bo'shlig'i (35-rasm) nisbatan kalta 

va  tor,  balandligi  18  mm,  kengligi  7  mm.  Kirish  qismi  noto'g'ri  romb 

shaklida. Xoanalar uchburchak shaklida. Burun to'sig'i to'g'ri va qisqa bo'lib, 

tog'aydan iborat. Tashqi devoridagi to'rtta burun chig'anoqlari (eng yuqori, 

yuqori,  o'rta va pastki)  to'rtta burun yo'lini hosil qiladi.  O'rta burun yo'li 

nisbatan  katta,  balandligi  6—7  mm  va  uzunligi  20  mm.  Burunning  yon 

bo'shliqlaridan yuqori jag'  bo'shlig'i biroz rivojlangan,  qolganlari taraqqiy 

etmagan. 7 yoshlarda g'alvirsimon suyak perpendikular plastinkasi suyaklanishi 

natijasida burun to'sig'i suyaklanib bo'ladi. Eng yuqori chig'anoq yo'qolib, 

yuqori burun yo'li kattalashadi. Bu davrda burunning kirish teshigi noksimon 

shakl oladi. Burun yon bo'shliqlarining rivojlanishi balog'at yoshida tugallanib, 

burun bo'shlig'ining jinsiy va shaxsiy xususiyatlari paydo bo'ladi.

Suyak (qattiq) tanglay 

(palatum osseum) 

o'zaro o'rta chiziqda choklar 

vositasida birikkan o'ng va chap yuqori jag'  suyaklari tanglay o'simtalari, 

hamda tanglay suyagi gorizontal plastinkalaridan hosil bo'ladi.  Old va yon 

tomondan yuqori jag' suyagi alveolar o'simtalari bilan chegaralanadi. Suyak 

tanglay-og'iz  bo'shlig'ining  yuqorigi  devorini  hosil  qilib,  pastki  yuzasi 

bukilgan.  Uning o'rtasidan o'rta tanglay choki 

(sutura_palatina_mediana)'>(sutura palatina mediana) 

o'tgan bo'lib,  oldingi uchida keskich kanal 



(canalis incisivus) 

joylashgan. 

Yuqori jag'  suyagi  tanglay  o'simtasining  orqa  chekkasini  tanglay  suyagi 

gorizontal  plastinkasi  birikkan  joyda  ko'ndalang  tanglay  choki 



(sutura 

palatina  transversa) 

bor.


Kallaning  yon  qismida  chakka,  chakka  osti  va  qanot-tanglay 

chuqurchalarini  ko'rish  mumkin.

Chakka chuqurchasi 

(fossa temporalis) 

orqa va yuqoridan chakkaning 

pastki  chizig'i,  pastdan  chakka  osti  qirrasi  va  yonoq  ravog'ining  oldingi 

chekkasi, oldindan yonoq suyagi bilan chegaralanadi. Bu chuqurchani chakka 

mushagi to'ldirib turadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning chakka chuqurchasi 

(36-rasm) yaxshi rivojlanmagan bo'lib, u chakka mushagi rivojlana borishi 

bilan barobar bolalikning birinchi davrigacha chuqurlashib boradi. Bu davrda 

chakka osti qirrasi paydo bo'ladi. Balog'at yoshida chakka chuqurchasi chakka 

osti chuqurchasidan aniq ajraladi.

Chakka  osti  chuqurchasining 



(fossa  infratemporalis) 

ustki  devorini 

chakka suyagi va ponasimon suyakning katta qanoti, medial devorini qanotsimon 

o'simtaning lateral plastinkasi hosil qiladi.  Uning oldingi devori yuqori jag' 

suyagi bo'rtig'i va yonoq suyagidan hosil bo'lgan.  Chakka osti chuqurchasi 

old  tomondan  ko'z  kosasining  pastki  tirqishi  orqali  ko'z  kosasiga,  ichki 

tomondan  qanotsimon-yuqori  jag'  tirqishi 

(fissura  pterygomaxUlaris) 

orqali qanot-tanglay chuqurchasiga ochiladi.

Qanot-tanglay  chuqurchasida 

(fossa  pterygopalatina) 

uchta  devor 

tafovut qilinadi. Uning oldingi devorini yuqori jag' suyagining bo'rtig'i, orqa 

devorini qanotsimon o'simtaning asosi, medial devorini tanglay suyagining 

perpendikular  plastinkasi  hosil  qiladi.  Lateral  tomondan  u  chakka  osti 

chuqurchasi bilan qo'shiladi. Qanot-tanglay chuqurchasi beshta teshik, kanal 

va yoriqiar vositasida kalla suyagining asosiy bo'shliqlari bilan qo'shiladi:

36-rasm.  Chaqaloqning  kalla  suyagi.  Yon  tomondan  ko‘rmishi.  1-os  parietale;  2-os  fron­

tale;  3-os  sphenoidale;  4-os  laciimale;  5-nasale;  6-os  zygomaticum;  7-maxilla;  8-mandib- 

ula;  9-os  temporale;  10-os  occipitale;  11-fonticulus  anterior;  12-fonticulus  sphenoidalis; 

13-fonticulus  mastoideus.



1. 

Ponasimon-tanglay teshigi 



(foramen  sphenopalatinum) 

orqali burun 

bo'shlig'iga;  2,  Yumaloq  teshik 

(foramen  rotundum) 

orqali  o'rta  kalla 

chuqurchasiga;  3.  Ko'z kosasining pastki tirqishi 

(fissura orbitalis inferior) 

orqali ko'z kosasiga; 4.  Katta tanglay kanali 



(canalis palatums major) 

orqali 


og'iz bo'shlig'iga; 5. Qanotsimon kanal 

(canalis pterygoideus) 

orqali kallaning 

tashqi asosiga.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  qanot-tanglay  chuqurchasi  yaxshi 

rivojlanmagan, nisbatan keng, chuqur va qisqa bo'ladi.  Erta bolalik davrida u 

bo'yiga uzayadi. 7 yoshda uning shakli kattalamikiga o'xshab qoladi.



Chaqaloq  kallasi

Chaqaloq kallasining (36,  37-rasmlar) miya qismi yuz qismiga nisbatan 

8  marta  (kattalarda  2  marta)  katta  bo'ladi.  Suyaklar  o'zaro  tog'ay  yoki 

biriktiruvchi to'qimalar vositasida birikkan. Peshona va tepa bo'rtiqlari yaxshi 

bilinadi, chaqaloq boshiga tepa tomondan qaraganda u to'rtburchak shaklida 

ko'rinadi. Peshona va pastki jag' suyaklari ikki bo'lakdan iborat. Chakka suyagi 

qismlari  bir-biridan  yaxshi  bilingan  biriktiruvchi  to'qimali  qatlami  bor 

tirqishlar bilan  ajralgan.  Kalla  suyaklarida mushak bo'rtiqlari va chiziqlari 

yaxshi  bilinmaydi.  Chaqaloq  kallasining  asosiy  belgilaridan  biri  bu 

liqildoqlardir.  Ular  hali  suyaklanib  ulgurmagan  biriktiruvchi  to'qimadan 

(pardadan) tashkil topgan bo'lib, kalla qopqog'ida joylashgan.

Oldingi  (peshona)  liqildoq 



(fonticulus  anterior) 

(37-rasm)  romb 

shaklida bo'lib, peshona suyagining ikki qismi va ikkita tepa suyaklari o'rtasida 

joylashgan. Bu liqildoq bola 2 yoshga to'lganida suyaklanib ketadi.

Orqa  (ensa)  liqildoq 

(fonticulus 

posterior) 

uchburchak shaklida bo'lib, 

ikkita tepa va ensa suyagining serbar qismi 

o'rtasida joylashgan. Bu liqildoq bola 2 

oylik bo'lganida bekilib ketadi

Oldingi yon (ponasimon)  liqildoq  ^



(fonticulu s  sp h en oid alis) 

bir  juft 

ponasimon suyak katta qanotining tepa, 

peshona va chakka  suyagining pallasi 

bilan  qo'shilgan  yerda,  u  bola  2-3 

oyligida bekilib ketadi.

Orqa yon (so'ig'ichsimon) liqildoq 

(fon ticu lu s  m a stoid eu s) 

ham   bir 

juft bo'lib chakka, tepa va ensa suyagining 

palla qismlari o'rtasida joylashadi, bola 

2-3 oyligida suyaklanib bitadi. 

37-rasm.Chaqaloq  kallasi  (tepa  to -

Kalla  qopqog'i  suyaklarining  monc'an 

ko'rimshi).  l-fonticulus anteri- 

- j  



,  , ,  

or;  2-fonticuhis posterior;  3-ensa suyagi

chekkasi silhq,  ular  о rtasida choklar  ра^ .  4.tepa J yaklari. 5.peshona syuy.

bo'lmaydi. 3 yoshlarda suyak chekkasida 

agi pallasi.


tishchalar paydo bo‘la boshlaydi va yoshga qarab ular ko'payib tishli chok 

paydo bo'ladi.

Bola tug'ilganidan keyin kallaning o'sishi uch davrga bo'linadi.  Birinchi 

davr 7  yoshgacha  davom  etib,  unda kalla  suyagi,  ayniqsa,  ensa  suyagi tez 

o'sadi. Bola bir yoshga to'lguncha kalla suyagi 3 maita qalinlashadi. Kalla qopqog'i 

suyaklarida ichki va tashqi qatlam,  ular o'rtasida 



diploe 

qavati  hosil bo'la 

boshlaydi. Chakka suyagi so'rg'ichsimon o'simtasi o'sib, ichida so'rg'ichsimon 

katakchalar vujudga keladi.  7 yoshlarda peshona suyagi qismlari qo'shiladi va 

g'alvirsimon suyak qismlari birikadi.

Ikkinchi davr — 7 yoshdan to  13 yoshgacha davom etadi. Bu davrda kalla 

suyagi asosi sekin,  ammo bir tekis o'sadi.  Kalla qopqog'i suyaklari 6—8 va 

11—13  yoshlarda tez o'sadi.  Bu davrda kalla suyaklarining ayrim qismlari 

o'zaro birikadi.

Uchinchi  davr—  13  yoshdan  20—23  yoshlargacha  davom  etadi.  Bu 

davrda kallaning yuz qismi suyaklari tez o'sadi va jinsiy farqlar ko'rinadi. 

13  yoshdan  keyin  suyaklaming  qalinlashuvi  davom  etadi.  20  yoshda 

ponasimon va ensa suyaklari  o'rtasidagi chok suyaklanib,  kalla asosining 

bo'yiga  o'sishi  tugallanadi.  20,  ayniqsa,  30  yoshdan keyin kalla qopqog'i 

choklari bitib ketadi.


SUYAKLARNING  O'ZARO  BIRLASHUVI  -   SYNDESMOLOGIA 

Um um iy  m a ’lum otlar

Suyaklaming  birlashuvi  haqidagi  bo'lim  artrologiya 



(artrologia) 

yoki 


sindesmologiya 

(syndesmologja) 

deb ataladi.  Birlashmalar skelet suyaldarini 

bir  butun  qilib  birlashtirib,  ulaming  ma’lum  bir  harakatini  ta’minlaydi. 

Suyaklaming  birlashmalari  har  xil  tuzilishga  ega,  ularda  harakatchanlik, 

qattiqlik va pishiqlik kabi fizik xususiyatlar bor.

Birlashmalar 3 guruhga bo‘linadi:

1. Uzluksiz (harakatsiz) birlashmalarda suyaklar orasida bo'shliq bo'lmaydi.

2.  Harakatchan birlashmalar yoki bo'g'imlar (sinovial birlashmalar)da 

suyaklar orasida bo'shliq bo'ladi.

3. Simfiz yoki yarim bo'g'imda suyaklar orasidagi tog'ay yoki biriktiruvchi 

to'qima o'rtasida bo'shliq bo'ladi.

Uzluksiz birlashmalar 



(synarthrosis) 

juda pishiq,  qattiq tuzilishga ega 

bo'lib,  harakati  chegaralangan.  Birlashmaning  bu  turida  suyaklar  orasida 

biriktiruvchi to'qima yoki tog'aylar bo'ladi. Suyaklami biriktirib turgan to'qima 

turiga qarab uzluksiz birlashmalar uch turga bo'linadi.

I. 


Fibroz  tolali  to'qima  vositasida  birlashish 

(articulationes  fibrosae). 

Agar suyaklami birlashtiradigan to'qima suyaklar taraqqiyotining parda davri 

holatida qolsa, fibroz birlashma hosil bo'ladi. Bunda suyaklar o'zaro pishiq tolali 

biriktiruvchi to'qima vositasida birikadi. Bu xildagi birlashmalar 3 turda uchraydi:

1.  Sindesmoz 

(syndesmosis). 

Suyaklar  tolali  biriktiruvchi  to'qimalar 

yordamida birlashadi,  unda kollagen tolalar suyak usti pardasi bilan birikib 

ketadi. Sindesmozlarga boylamlar va suyaklararo parda kiradi.

Boylamlar 

(Iigamenta) 

pishiq  tolali  biriktiruvchi  to'qimani  tutam- 

tutam  bo'lib joylashishidan  yuzaga  keladi.  Umurtqalar ravog'i  o'rtasidagi 

sariq boylamlar elastik biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. Umurtqa pog'onasi 

oldinga  egilganda  ular  cho'ziladi  va  elastikligi  tufayli  qisqarib  umurtqa 

pog'onasining to'g'rilanishiga yordam beradi.

Suyaklararo  parda 

(membrana  interossea) 

uzun  naysimon  suyaklar 

tanasining o'rtasida tortilgan serbar biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan parda; 

bilak va boldir suyaklari orasida bo'ladi.

2.  Choklar 

(sutura) 

fibroz  birlashmalaming  bir  turi,  ular  yordamida 

kalla  suyaklari birikadi.  Choklar  chekkasining  tuzilishiga qarab  uch  turga 

ajratiladi:

a) 

tishli  chok 



(sutura  serrata) 

bir  suyakning  tishli  chekkasi  ikkinchi 

suyak tishlari orasiga kiradi. Ulaming o'rtasida biriktiruvchi to'qima qatlami 

yotadi (tepa suyaklarining o'zaro birlashuvi);



b)  tangasimon  chok 

(sutura  squomosa) 

bir  suyakning  chekkasi  baliq 

tangasiga o'xshab ikkinchi suyak ustiga chiqib turadi (chakka suyagi pallasining 

tepa suyagi bilan birlashuvi).

d)  silliq  chok 

(sutura  plana) 

ikki  suyakning  tekis  chekkalari  yonma- 

yon yupqa biriktiruvchi to'qimali qatlam vositasida birikadi (yuz suyaklarining 

o'zaro birlashuvi).

3.  Fibroz birlashmalaming turi 

(gomphosis)da 

bir suyak ikkinchi suyakka 

xuddi  mix  qoqqandek  birikadi  (tishlami jag‘ga  birlashuvi),  bunda  tishlar 

bilan jag‘ o'rtasida yupqa biriktiruvchi to'qima qatlami 



periodont 

bor.


II. 

Sinxondroz 



(synchondrosis). 

Suyaklar  o'zaro  tog'aylar  vositasida 

birlashadi. Suyaklami birlashtiruvchi to'qima suyak taraqqiyotining 2-davrida 

vujudga keladi. Bu birlashmalar pishiq, kamharakat va sodda tuzilishga ega. 

Unda elastik tog'ay bo'ladi. Bu birlashma tog'ay butun hayot davomida qolsa, 

doimiy bo'ladi. Agar tog'ay suyaklanib birlashib ketsa, suyaklanib birlashish 



(synostosis) 

hosil  bo'ladi  (dumg'aza  umurtqalarining  birlashuvi).

Harakatchan  birlashmalar  yoki  bo'g'imlar 

(articulationes  synovialls) 

nafaqat tuzilishining murakkabligi, balki vazifasi bilan ham farq qiladi. Bo'g'im 

bu  a’zo,  uning hosil bo'lishida suyak,  tog'ay va xususiy biriktiruvchi to'qima 

ishtirok etadi. Bo'g'imning tuzilishida asosiy va yordamchi elementlar bor. Asosiy 

elementlar hamma bo'g'imlarda bo'lib, ularga suyaklaming bo'g'im yuzalari, 

bo'g'im tog'ayi, bo'g'im bo'shlig'i, bo'g'im xaltasi va sinovial suyuqlik kiradi.

Bo'g'im  yuzalari 

(facies  articularis) 

bo'g'im  hosil  qilishda  ishtirok 

qiladigan  suyaklarda  bo'ladi.  Har  bir bo'g'im  eng  kamida  ikkita  bo'g'im 

yuzasidan  hosil  bo'ladi,  ulardan  biri  turtib  chiqqan  bo'lib,  bo'g'im  

boshchasini, ikkinchisi esa botiq holda, u bo'g'im chuqurchasini hosil qiladi. 

Turtib  chiqqan  yuzasi  har  doim  keng  bo'ladi.  Agar suyaklaming bo'g'im 

yuzalari  bir-biriga  mos  kelsa,  kongruentli;  shakli  yoki  kattaligi jihatidan 

mos kelmasa,  inkongraentli  deyiladi.

Bo'g'im  tog'ayi 

(cartilago  articularis) 

0,2—1,5  mm  gacha  qalinlikda 

bo'ladi.  Ular,  asosan,  gialin  tog'ay  bilan  qoplangan  bo'lib,  faqat  ba’zi 

bo'g'imlarda (chakka-pastki jag', to'sh-o'mrov) tolali tog'ay uchraydi. Bo'g'im 

tog'ayimng tashqi yuzasi silliq, bu bo'g'im yuzalarini bir-birida sirpanishiga 

yordam beradi. Bo'g'im tog'ayi elastik bo'lib, harakat qilgan vaqtda suyaklaming 

uchlarini lat  yeyishdan saqlaydi.

Bo'g'im xaltasi 



(capsula articularis) 

suyaklaming bo'g'im hosil qiluvchi 

uchlari va ular o'rtasidagi bo'shliqni atrofidan o'raydi. Bo'g'im xaltasi bo'g'im 

yuzasining  chekkasiga yoki bir oz chetroqqa yopishib,  bo'g'imni germetik 

yopib turadi.  U ikki: fibroz to'qimadan tuzilgan tashqi qavat va ichki sinovial 

membranadan iborat.

Tashqi  fibroz  qavat 

(membrana  fibrosa) 

tolali  biriktiruvchi  to'qimadan 

iborat  bo'lib,  juda  ko'p  kollagen  tolalari  bo'ladi.  U  bo'g'im  xaltasining 

mustahkamligini  ta’minlaydi.  Fibroz  qavatga bo'g'imni  mustahkamlaydigan 

boylamlar yopishgan bo'lib, bu joylari qalinlashib qoladi. Boylamlar birikmagan 

qismi esa yupqa, bu yerda bo'g'im xaltasini bo'rtib chiqqan joylari hosil bo'ladi.



Sinovial  parda 

(membrana  synovialis) 

xaltaning  ichJd  qavati bo'lib,  u 

bo'g'im ichidagi bo'g'im tog'ayidan boshqa hamma naisani o'rab turadi. Uning 

tarkibida kollagen va elastik tolalari bor. Ba’zi bir bo'g'imlarda sinovial parda 

burmalar 

(plicae synovialis) 

hosil qiladi; ular ichidagi yog' to'qimasi bo'g'im 

bo'shlig'i ichidagi bo'sh joylarini to'latib turadi.  Sinovial parda qon,  limfa 

tomirlari  va  nervlarga  boy  va  juda  sezuvchan.  Shuning  uchun  bo'g'im 

yallig'langanida yoki shikastlanganda qattiq o'g'riq va harakatning chegaralanishi 

kuzatiladi. Sinovial parda bo'g'im ichiga sarg'ish rangli tiniq (sinovial) suyuqlik 

chiqaradi. Suyuqlik suyaklaming bo'g'im yuzalarini namlaydi va ulami sovitib 

qizishdan  saqlaydi.  Bo'girn  bo'shlig'i 



(cavum  articulare) 

sinovial  parda 

bilan suyaklaming bo'g'im yuzalari o'rtasida tor yorig' shaklida bo'ladi. Uning 

shakli  suyaklaming  bo‘g‘im  yuzalari  hamda  bo'g'im  ichidagi  yordamchi 

elementlaiga bog'liq.

Bo'g'imlaming yordamchi elementlanga bo'g'im diski, menisklar bo'g'im 

labi va boylamlar kiradi.

Bo'g'im  diski 



(discus articularis) 

bu  tolali tog'aydan tuzilgan plastinka. 

U sinovial parda bilan o'ralib bo'g'im bo'shlig'i ichida suyaklaming o'rtasida 

joylashadi va bo'g'im xaltasiga birikib ketadi. Bunday disklar chakka-pastki jag' 

bo'g'imi, to'sh-o'mrov, bilak kaft usti suyaklari o'rtasidagi bo'g'imlarda bo'ladi. 

Bo'g'im  diskining  bir  turi  menisk 



(meniscus  articularis) 

bo'lib,  ular tizza 

bo'g'imida bo'ladi. Menisk bukilgan yarimoysimon yoki o'roqsimon shakldagi 

tog'ay plastinka, u bo'g'im ichida alohida boylamlar vositasida mustahkamlanadi. 

Disk va menisklar harakat vaqtida surilib suyaklami bo'g'im yuzalarini bir- 

biriga moslab turadi va yuigan vaqtda amortizator vazifasini bajaradi.

Bo'g'im labi 

(labrum articulare) 

tolali tog'aydan tuzilgan halqa shaklida: 

u bo'g'im yuzasi qirrasiga birikib, uning yuzasini kengaytirib chuqurlashtirib 

bo'g'im boshchasiga moslashtiradi.

Boylamlar 

(ligamenta) 

bo'g'imlami  mustahkamlashda  va  harakatida 

muhim  ahamiyatga  ega.  Bo'g'im  xaltasiga  nisbatan  boylamlar  2  guruhga 

bo'linadi:  1.  Bo'g'im  sirti  boylamlari 



(ligg.  extracapsularia) 

bo'g'im 


xaltasining tashqarisida joylashib, ko'pincha unga birikib ketadi. 2. Bo'g'im 

ichi  boylamlari 



(ligg.  intracapsularia) 

bo'g'im  xaltasi  ichida  joylashib 

sinovial parda bilan o'ralgan.  Boylamlar vazifasiga qarab yo'naltiruvchi va 

ushlab turuvchilaiga ajratiladi.



B o 'g 'im la m in g   tasn iflan ish i

Bo'g'imlaming harakati bo'g'im yuzalarining tuzilishi (shakli,  olchami, 

buki]ganligi)ga qarab turli xil o'qlar atrofida bo'ladi. Organizmda bo'g'imlaming 

harakati frontal, sagittal va bo'ylama o'q atrofida bajariladi. 1. Frontal (ko'ndalang) 

o'q  atrofida  faqat bukish  (flexio)  va  yozish 

(extensio) 

mumkin.  2.  Sagittal 

(oldindan orqaga ketgan) o'q atrofida tanaga yaqinlashtirish 

(adductio) 

yoki 


uzoqlashtirish 

(abductio) 

harakati bajariladi. 3. Suyak o'zining bo'ylama o'qi 

atrofida ichkariga va tashqariga buriladi 

(rotatio). 

4. Doira hosil qilib aylanish



(circumductio), 

bunda suyakning erkin uchi birin-ketin barcha o‘qlar atrofida 

harakat  qiladi.  Bo'g'imlarda  harakat  hajmi  suyaklar bo‘g‘im  yuzalarining 

shakliga, bo'g'im xaltasining keng yoki torligiga, bo'g'im atrofidagi boylamlar, 

paylar va mushaklaming soni va faoliyatiga bog'liq.

Bo'g'imlar bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak yuzalari soniga 

qarab:  oddiy  bo'g'im 

(articulatio  simplex) 

faqat  ikkita  suyak  yuzasidan 

hosil bo'lgan va  murakkab bo'g'im 

(articulatio  composita) 

uch va undan 

ortiq bo'g'im yuzasidan tashkil topgan bo'g'imlaiga bo'linadi. Bundan tashqari, 

kompleks bo'g'imlar 



(articulatio  complexa) 

va hamkor bo'g'imlar tafovut 

qilinadi.  Kompleks bo'g'imda bo'g'im yuzalari o'rtasida tog'ay plastinkasi 

bo'ladi.  Hamkor bo'g'imda tuzilishi bir xil bo'lgan ikki alohida bo'g'im bir 

vaqtda bir xil faoliyatni bajaradi (o'ng va chap chakka-pastki jag' bo'g'imlari).

Bo'g'imlar  harakat  o'qining  soniga  qarab  bir  o'qli;  ikki  o'qli  va  ko‘p 

o'qli bo‘g‘imlarga bo'linadi.

Bir o'qli bo'g'imlar unda ishtirok etayotgan suyaklar uchining bir-biriga 

mos kelishiga qarab uch tuiga bo'linadi:

1.  Silindrik bo‘g‘im 



(articulatio trochoidea) 

bunda suyaklardan birining 

uchi silindr shaklida bo'lsa, ikkinchisida shunga mos kemtik bo'ladi (proksimal 

va distal bilak-tirsak bo'g'imi).  Bunday bo'g'imning o'qi suyakning uzunasi 

bo'ylab o'tgani uchun shu o'q atrofida ichkariga 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin