0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


Q ovurg'alarning  umurtqa  va  t o ‘sh  suyagi  bilan  birlashuvi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63

Q ovurg'alarning  umurtqa  va  t o ‘sh  suyagi  bilan  birlashuvi

Qovurg'alar ko'krak umurtqalari bilan ikkita bo'g'im: qovurg'a boshi va 

qovuig'a ko'ndalang o'simta bo'g'imini hosil qilib birikadi.

Qovurg'a  boshi  bo'g'imi 



(articulatio  capitis  costae) 

ikkita  qo'shni 

ko'krak umurtqalarining qovuig'a yariin chuqurchalari va qovurg'a boshining 

bo'gcim yuzasi o'rtasida bo'ladi. Il-X   qovurg'alarda bo'g'im ichida qovuig'a 

boshchasi  qirrasidan boshlanib,  umurtqalararo diskka birikuvehi bo'g'im 

ichi  qovurg'a  boshi  boylami 



(lig,  capitis  costae  interarticulare) 

bo'ladi


I,  XI, XII qovuig'alaming boshida qirrasi bo'lmagani uchun ularda bunday 

boylam yo'q. Bo'g'im xaltasi qovuig'a boshining oldingi yuzasidan boshlanib, 

shu’la kabi tarqalib umurtqalar tanasiga va umurtqalararo diskka birikuvehi


qovurg'a  boshining  shu’lasimon  boylami 

(lig.  capitis  costae  radiatum) 

bilan mustahkamlanadi.

Qovurg'a-ko'ndalang o'simta bo'g'imi 

(articulatio costotransversaria) 

qovurg'a  do'mbog'i  bo'g'im  yuzasi  va  ko'ndalang  o'simtaning  qovurg'a 

chuqurchasi o'rtasida hosil bo'ladi.  Bu bo'g'imning xaltasi yupqa bo'lib, uni 

qovurg'a-ko'ndalang  o'sim ta  boylami 



(lig .  costotran sversariu m ) 

mustahkamlab turadi. Bu boylam tutamlari 



lig. costotransversarium superior 

va 


lig.  costotransversarium laterale 

ga bo'linadi.  XI, XII qovurg'alarda bu 

bo'g'im bo'lmaydi.

Qovurg'alar to'sh suyagiga bo'g'im va sinxondrozlar hosil qilib birikadi. 1 

qovurg'a  tog'ayi  to'sh  suyagi  bilan  sinxondroz  hosil  qilib  biriksa,  II—VII 

qovuig'a  tog'aylari  to'sh  suyagi  bilan  to'sh-qovuig'a  bo'g'imi 



(articulatio 

steraocostalis) 

ni hosil qiladi. Bu bo'g'imni hosil qilishda qovurg'alar tog'ayining 

oldingi  uchi  to'shning  qovuig'a  o'ymalari  bilan  birlashadi.  To'sh-qovurg'a 

bo'g'imida bo'g'im xaltasi bo'lmaydi, uning vazifasini to'sh suyagiga o'tuvchi 

qovurg'a  tog'ayini  qoplagan  tog'ay usti  parda bajaradi.  Bo'g'im  ichida 

lig. 

sternocostale  intraarticulare 

bor.  Bo'g'imning  oldingi  va  orqa  yuzalarini 

shu’lasimon to'sh-qovuig'a boylami 

(lig. stemocostalia radiata) 

mustahkamlab 

turadi.  Bu  boylamlar  old  tomondan  to'shning  suyak  pardasi  bilan  birikib 

ketib,  zich  to'sh  pardasini 



(membrana  sterni) 

hosil  qiladi.  VIII,  IX,  X 

qovuig'a tog'aylari to'sh suyagiga birikmaydi. Ulaming tog'aylari bir-biriga chetlari 

bilan yondashib tog'aylararo bo'g'imlar 



(articulationes interchondrales) 

hosil 


qiladi. VIII qovuig'a tog'ayi esa VII qovuig'a tog'ayiga birikadi.

Ko'krak qafasi 



(thorax) 

12 ta ko'krak umurtqasi,  12 juft qovurg'a va to'sh 

suyagining o'zaro birikishidan hosil bo'ladi. Odamda u oldindan orqaga qarab 

yassilashgan kesik konus shaklida bo'ladi. Uning shakli o'zgaruvchan (yassi, 

silindrsimon  va konussimon)  bo'lib,  uni  o'rab  turgan  mushaklarga,  ichki 

a’zolaming joylashishi va kasbga bog'liq.  Ko'krak qafasida yuqori va pastki 

aperturalar  tafovut  qilinadi.  Uning  yuqori  aperturasi 

(apertura  thoracis 

superior) 

I  ko'krak  umurtqasi,  birinchi  qovurg'alaming  ichki  chekkalari 

va  to'sh  sopining  ustki  chekkasi  bilan  chegaralangan.  Uning  oldingi-orqa 

o'lchami  5-6  sm,  ko'ndalang  o'lchami  esa  10-12  sm  bo'lib,  biroz oldinga 

egilgan  bo'ladi.  Ko'krak  qafasining  pastki  aperturasi 

(apertura  thoracis 

inferior) 

orqadan  XII  ko'krak  umurtqasi,  oldindan  to'sh  suyagining 

xanjarsimon o'simtasi, yon tomondan pastki qovurg'alar bilan chegaralangan. 

Uning oldingi-orqa  o'lchami  13—15  sm,  ko'ndalang o'lchami esa  25—28 

sm.  O'ng va  chap  qovurg'a  ravoqlari  yon  tomondan to'sh  osti burchagini 

(angulus  infrasternalis) 

chegaralab  turadi.

Ko'krak qafasining ustki aperturasi  orqali kekirdak,  qizilo'ngach,  qon 

tomir va  ner/lar  o'tadi.  Uning  pastki  aperturasi  diafragma bilan bekilgan 

bo'lib, unda qizilo'ngach, aorta va pastki kovak vena o'tadigan teshiklarbor.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning ko'krak qafasi ikki yonidan siqib qo'yilgan 

kesik konus  shaklida bo'ladi.  Uning oldingi-orqa o'lchami  (7,5-7,7  sm), 

ko'ndalang o'lchamidan (6,9-7,2 sm) katta bo'lib,  ularda ko'krak qafasining



yuqori qismi yaxshi taraqqiy etmagan, pastki qismi esa keng bo'ladi. To‘sh 

osti burchagi  90-96°.  Bola  hayotining birinchi  yilida  ko'krak  qafasining 

aylanasi  1,5 marta kattalashadi va to'sh osti burchagi 60—70° gacha kamayadi. 

Erta bolalik davrida ko'krak qafasi uzayib konus shaklini oladi. Bu davming 

oxirida uning oldingi-orqa va ko'ndalang o'lchamlari  tenglashadi. Bolalikning 

birinchi davri oxirida ko'krak qafasining ko'ndalang o'lchami oldingi-orqa 

o'lchamidan kattalashib, kattalamikiga o'xshash shaklga ega bo'ladi. Ko'krak 

qafasining taraqqiyoti o'smirlik davrida tugallanib, uning shaxsiy va jinsiy 

belgilari paydo bo'ladi.

Qo'l  suyaklarining  biriashishi 

Yelka  kamari  suyaklarining  biriashishi

Yelka kamari suyaklari o'rtasida ikkita: to'sh-o'mrov va akromion-o'mrov 

bo'g'imlari hosil bo'ladi.

To'sh-o'mrov  bo'g'imi 



(articulatio  sternoclavicularis) 

to'sh  suyagi 

sopining  o'mrov  o'ymasi  bilan  o'mrov  suyagining  to'sh  uchi  o'rtasida 

hosil  bo'ladi.  Bu  suyaklaming bo'g'im  yuzalari  bir-biriga  mos  kelmagani 

uchun  ular  o'rtasida  fibroz  tolali  tog'aydan  iborat  bo'g'im  diski  bo'ladi. 

Uning chekkalari bo'g'im xaltasiga yopishib, bo'g'im bo'shlig'ini ikki bo'lakka 

ajratadi.  Bu bo'g'imni to'rtta pishiq boylam har tomondan mustahkamlab 

turadi. Bo'g'im xaltasini old va orqa tomonidan oldingi va orqa to'sh-o'mrov 

boylamlari 

(ligg. sternoclavicularia anterius et posterius) 

mustahkamlaydi. 

Bu boylamlar bo'g'im  xaltasining  fibroz pardasiga  old va  orqa  tomondan 

birikib ketadi. Yuqori tomonda o'mrov o'ymasi ustida o'ng va chap o'mrov 

suyaklarining to'sh  uchlari  o'rtasida  tortilgan  o'mrov  suyaklararo  boylam 

(lig.  interclaviculare) 

bor.  O'mrov  suyagining  to'sh  uchi  pastki  yuzasi 

bilan  I  qovurg'aning  ustki  yuzasi  o'rtasida  tortilgan  qisqa  keng  va  pishiq 

qovurg'a o'mrov boylami 



(lig.  costoclaviculare) 

deb ataladi. To'sh-o'mrov 

bo'g'imi qisman egarsimon bo'g'imga o'xshagan bo'lib, bo'g'im xaltasi keng 

va ichida bo'g'im diski bo'lgani uchun erkin harakatlana oladi.  Bo'g'imda 

asosiy harakat ikki o'q atrofida: sagittal o'q atrofida o'mrov suyagi yuqoriga 

va pastga, vertikal o'q atrofida oldinga va orqaga bo'ladi.  Bundan tashqari, 

o'mrov suyagi o'z o'qi atrofida aylanma harakat ham qilishi mumkin.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning to'sh-o'mrov bo'g'imi sharsimon shaklda 

bo'lib,  bo'g'im  ichi  diski  o'lchamlari  o'mrov  va  to'sh  suyaklari  bo'g'im 

yuzalari o'lchamlaridan ikki baravar katta bo'ladi. U bo'g'im xaltasiga yopishib, 

yuqori uchi o'mrov suyagiga, pastkisi esa I qovurg'a tog'ayiga birikadi. Bo'g'im 

xaltasi yupqa  bo'lib,  boylamlari bilinmaydi.  Bola hayotining birinchi yilida 

o'mrov suyagining to'sh uchida egarsimon yuza hosil bo'lib, to'shning bo'g'im 

yuzasi chuqurlashadi. Bo'g'im diski o'lchamlari kichiklashadi.

Akromion-o'mrov bo'g'imi 

(articulatio acromioclavicularis) 

(41-rasm) 

akromionning bo'g'im yuzasi bilan o'mrov suyagi akromion uchi o'rtasida 

hosil  bo'ladi.  U  yassi  bo'g'imlar  turkumiga  kirib  harakati  chegaralangan.



4 1 -ra sm . 

A k ro m io n -o ‘mrov 

bo'g’imi.  1-clavicula;  2-lig.  cora- 

coacromialis;  3-lig.  trapezoideum; 

4-lig.  conoideum;  5-processus co- 

racoideus;  6-cavitas  glenoidalis; 

7-tendo  m.bicepitis  brachii;  8-ac­

romion;  9-lig.  acromioclavicular.

Bo‘g‘im  xaltasini  ustidan  akromion- 

o'mrov  boylami 



lig.  acromioclaviculare 

mustahkamlab turadi. Bundan tashqari, bu 

bo'g'imni  mustahkamlashda  bo‘g‘imdan 

tashqarida  joylashgan  tumshuqsimon- 

o‘mrov  boylami 

(lig.  coracoclaviculare) 

ham   ishtiro k  etadi.  Bu  boylam  

tumshuqsimon  o‘simtadan boshlanib ikki 

dastaga bo'linadi. Orqa va medial tomondagi 

konussimon dasta 

lig.  conoideum 

o'mrov 


suyagining konussimon bo‘rtig‘iga birikadi. 

Old  va lateral tomondagi  trapetsiyasimon 

dasta 

(lig .  tr a p e z o id e u m ) 

o'm rov 


suyagining  trapetsiyasimon  chizig'iga 

birikadi.

Yelka  bo'g'imi 

(articulatio  humeri)

(42-rasm) yelka suyagi boshchasi va kurak 

suyagining  bo'g'im  chuqurchasi  o'rtasida 

hosil bo'ladi. Yelka suyagining bo'g'im yuzasi 

sharsimon  shaklda  bo'lib,  kurakning 

yassilashgan  b o 'g 'im   chuqurchasidan 

taxminan 3 barobar katta bo'ladi.

Bu  bo'g'imda  boylamlar  mustahkam 

bo'lgani  uchun  harakati  chegaralangan 

bo'lib uch o'q atrofida sodir bo'ladi.



Q o‘lning  erkin  qismi  suyaklarining 

birlashuvi.

Yelka  bo‘g ‘imi

42-rasm .  O ‘og  yelka  b o ‘g ‘imi.

1-iig.  coracohum erale;  2-scapula; 

3-capsula articularis;  4-tendo  m.  bi- 

cepitis brachii; 5-vagina synovialis in­

tertubercularis.

Kurak suyagining bo'g'im chuqurchasi 

yelka  suyagi  boshchasiga  mos  kelmagani 

tufayli uning atrofini qo'shimcha tog'ay halqa 

lab 

(labrum  glenoidale) 

o'raydi


Bu  bo'g'im  labi  kurakning  bo'g'im  

yuzasini chuqurlashtirib,  yelka suyagining 

boshiga  moslaydi.  Bo'g'im  xaltasi  kurak 

suyagini bo'g'im labining tashqi yuzasi, qisman bo'g'im chuqurchasi chekkasi 

bo'ylab biriksa, yelka suyagining anatomik bo'yniga birikadi. Bo'g'im xaltasi 

yupqa va keng bo'lib,  harakat vaqtida burmalar hosil  qiladi.  Uning yuqori 

qismi  tumshuqsimon  o'simtadan  boshlanib  yelka  suyagining  anatomik 

bynining  yuqori  qismiga  yopishgan  tumshuqsimon-yelka  boylami 



lig. 

coracohumerale 

hisobiga qalinlashgan bo'ladi. Bu boylamning kengligi 3 sm 

gacha bo'lib,  ko'pincha  yaxshi  rivojlangan. Yelka bo'g'imining xaltasi  o'z


atrofida  joylashgan  mushaklar  payi  tolasi  hisobiga  qalinlashadi.  Yelka 

bo'g'imining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bo‘g‘im xaltasining ichida yelka 

ikki boshli  mushagining uzun boshi payi o‘tadi.  Yelka bo'g'imida boylami 

kam  bo‘lgani  uchun  uning  chiqishi  tez-tez  kuzatiladi.  Bu  bo'g'im ni 

mustahkamlashda uning atrofida joylashgan yelka kamari mushaklari ishtirok 

etadi.  Yelka bo‘g‘imi shakl jihatidan shaisimon bo‘g‘im turkumiga kiradi. 

Uning  boylamlari  kam  va  bo‘g‘im  xaltasi  keng  bo‘lgani  uchun  harakati 

erkin bo‘lib, uch o‘q atrofida sodir bo'ladi. Sagittal o‘q atrofida qlni tanaga 

yaqinlashtirish va uzoqlashtirish; frontal o‘q atrofida bukish va yozish; vertikal 

o‘q atrofida yelkani bilak va panja bilan biigalikda ichkariga va tashqariga burish, 

shuningdek,  aylanma harakat qilish mumkin.

Rentgenoanatomiyasi. 

Yelka bo'g'imi sohasining rentgenogrammasida 

yelka suyagi boshchasidan yuqori joylashgan o'mrov-akromion bo'g'imidagi 

o'mrov  suyagining  tashqi  qismi va tumshuqsimon  o'simta  ko'rinadi.  Old 

to'g'ri rentgenogrammada kurakning bo'g'im chuqurchasi ikki tomoni qavariq 

linza shaklida bo'lib,  uning  ichki  chegarasi  nisbatan  qalin,  tashqisi yupqa 

bo'lgani uchun bo'g'im chuqurchasida aniq yarim halqa belgisi kuzatiladi. 

Yelka bo'g'imi rentgenogrammasida bo'g'im yorig'i bo'g'im chuqurchasining 

ichki quyuq chekkasi bilan yelka suyagi boshchasi o'rtasida joylashgan yorug'lik 

shakliga ega ekanligi ko'rinadi. Uning kengligi o'rtacha 4 mm bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda yelka bo'g'imini hosil qiluvchi suyaklaming 

bo'g'im yuzalari tog'ay holatida, kurakning bo'g'im yuzasi yassi, ovalsimon 

shaklda  bo'ladi.  Bo'g'im  labi  yupqa va past  bo'lib,  bo'g'im xaltasi  pishiq, 

tarang faqat pastki qismlari burmalar hosil qiladi. Tumshuqsimon o'simta- 

yelka boylami yax-shi rivojlangan. U qisqa, pishiq, yassi fibroz qatlam hosil 

qilib, bo'g'im xaltasiga birikib ketadi. Bu boylam qisqa bo'lgani uchun bo'g'im 

harakatining hajmi chegaralangan bo'ladi. Bolalikning birinchi davrida bo'g'im 

yuzasi  katta  odamlarga  xos  shaklni  oladi.  Bo'g'im  xaltasi  bo'shashib, 

tumshuqsimon o'simta-yelka boylami uzayadi.

Tirsak  bo‘g ‘imi

Tirsak  bo'g'imi 



(articulatio  cubiti) 

murakkab  bo'g'im  hisoblanadi. 

Uning  hosil bo'lishida  uchta  suyak:  yelka  suyagining  pastki  (distal)  uchi, 

bilak va tirsak suyaklarining yuqori uchi ishtirok etadi.  Bu bo'g'imda bitta 

umumiy bo'g'im xaltasi  ichida  uchta  alohida:  yelka-tirsak,  yelka-bilak va 

proksimal bilak-tirsak bo'g'imlari joylashgan bo'ladi.

Yelka-tiisak bo'g'imi 

(articulatio humeroulnaris) 

yelka suyagi g'altagi bilan 

tirsak suyagi g'altak o'ymasi o'rtasida hosil bo'ladi. Shakl jihatidan g'altaksimon 

bo'g'im  hisoblanadi.  Ammo  g'altakning  o'rtasidagi  o'ymacha  bir tomonga 

qiyshayib tuigani uchun bo'g'im yuzasi vintsimon shaklni oladi. Bu bo'g'imda 

harakat bir o'q atrofida bo'lib, tirsakni bukish va yozish mumkin.

Yelka-bilak bo'g'imi 

(articulatio humeroradialis) 

yelka suyagi boshchasi 

bilan bilak suyagi boshchasidagi bo'g'im chuqurchasi o'rtasida hosil bo'ladi.


U shakl jihatidan sharsimon bo‘g‘im hisoblanadi. Bu bo'g'imda harakat ikki 

o'q atrofida bo'ladi. Frontal o'q atrofida bukish va yozish, vertikal o'q atrofida 

ichkariga va tashqariga burish 

(pronatio va supinatio) 

mumkin.


Proksimal bilak-tirsak bo'g'imi 

(articulatio 

radioulnaris 



proximalis) 

bilak 


suyagi boshchasinirig bo'g'im yuzasi bilan tiisak suyagining bilak o'ymasi o'rtasida 

hosil bo'ladi. U shakl jihatidan silindrsimon bo'g'imlar guruhiga kiradi.

Tiisak bo'g'imining xaltasi umumiy, keng va erkin bo'ladi. U yelka suyagining 

o'simtalarini tashqarida qoldirib o'rasa, bilak suyagini boshchasi va tiisak suyagini 

tirsak o'simtasi qirrasidan o'raydi.  Bo'g'im xaltasi yon tomondan qalinlashib, 

tashqi  tomondan  uchta  boylam  bilan  mustahkamlanadi.  Bo'g'imning  yon 

tomonlarida joylashgan yonlama boylamlar bo'g'im xaltasiga birikib ketgan 

bo'ladi.  Tirsak  yonlama  boylami 



(lig-  collaterale  ulnare) 

yelka  suyagi 

o'simtasidan boshlanib, g'altak o'ymasini ichki chekkasiga birikadi. Bilak yonlama 

boylami 


(lig. collaterale radiale) 

mustahkam va qalin bo'lib, yelka suyagining 

tashqi o'simtasidan boshlanadi, bilak suyagi boshchasi sohasida ikki dastaga 

bo'linadi. Oldingi dastasi bilak bo'yni oldidan o'tib, g'altak o'ymasining oldingi 

tashqi chekkasiga biriksa,  orqa dastasi bilak bo'yni orqasidan o'tib bilakning 

aylanma  boylamiga  birikib  ketadi,  Bilak  suyagining  aylanma  boylami 



(lig. 

annulre radii) 

bilak suyagi bo'ynini halqa shaklida o'rab,  tirsak suyagi bilak 

o'ymasining oldingi va orqa chekkalariga birikadi.

Tirsak bo'g'imida asosiy harakat frontal o'q atrofida bo'lib, bilakni bukish 

va yozishda yelka-tirsak hamda yelka-bilak bo'g'imlari ishtirok etadi. Bunda 

yelka suyagi g'altagidagi egat va g'altak o'ymasidagi qiira g'altakning ko'ndalang 

o'qiga ozgina burchak hosil qilib joylashgani uchun tiisak bo'g'iminibukkan 

vaqtda bilak medial tomonga biroz og'adi. Tirsak bo'g'imini to'liq yozganda, 

tirsak o'simtasi yelka suyagining tirsak chuqurchasiga tiralib qoladi va yelka 

bilan bir chiziqda turadi.  Bilak suyagining bo'ylama o'qi  proksimal bilak- 

tiisak bo'g'imida bilakni ichkariga va tashqariga burishda ishtirok etadi.

Rentgenoanatomiyasi. 

Tirsak bo'g'imining to'g'ri rentgenogrammasida 

uning tarkibiga kiruvchi suyaklar va ulaming bo'g'im yuzalari aniq ko'rinadi. 

Yelka  suyagi  bo'g'im yuzasi  soyasi  suyak boshchasi,  g'altak va  o'simtalar 

ko'rinishiga mos ravishda egilgan bo'ladi. Yelka suyagining distal uchi chekkalari, 

ichki va tashqi o'simtalari chiqqan uchburchak shaklida kengaygan. Ulaming 

o'rtasida yelka suyagi tojsimon va tirsak chuqurchalarining oval shaklidagi 

yorug'ligi joylashgan bo'ladi. Yelka suyagining ichki chetiga tirsak o'simtasi 

soyasi qavatlanadi. Yelka-bilak va yelka-tirsak bo'g'imlarining bo'g'im yorig'i 

aniq chegarali bo'lib,  kengligi 3 mm bo'lgan to'lqinsimon hoshiya shaklida 

bo'ladi. Yon tomonining rentgenogrammasida yelka suyagi g'altagi va boshchasi 

ko'rinadi. Yelka suyagi g'altagining soyasi silindr shaklida bo'lib, uning chekkasi 

bo'ylab, yelka-tirsak bo'g'imining yarim oysimon bo'g'im yorig'i joylashadi. 

Bilak  suyagi  boshchasi  va bo'yni,  shuningdek,  tirsak  suyagining  tirsak va 

tojsimon o'simtalari ham ko'rinadi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  tirsak  bo'g'imini  hosil  qiluvchi  suyaklaming 

uchlari tog'ay holatida bo'ladi. Bo'g'im xaltasi kaft tomonda qalinlashgan, orqa


tomonda yupqa va tarang tortilgan bo'lib, tirsak va bilak yonlama boylamlari 

uning fibroz qavatiga birikadi. Bilak suyagining aylanma boylami yaxshi taraqqiy 

etmagan bo‘lib uchlari qalinlashadi. Sinovial parda fibroz qavatga zich yopishib, 

bola o‘sgan sari bo‘g‘im xaltasi bo‘shashadi, yonlama va aylanma boylamlar 

uzayadi, bo‘g‘im harakati ortadi. Bolalikning ikkinchi davrida bo‘g‘im xaltasi 

va boylamlarining tuzilishi kattalamikiga o'xshash bo'ladi.



Bilak  suyaklarining  o‘zaro  birlashuvi

Bilak suyaklari  o'zaro  uzluksiz va uzlukli 

birlashmalar  hosil  qilib  birlashadi  (43-rasm).

Uzluksiz birlashma bilak va tirsak suyaklarining 

suyaklararo  qirralari  o'rtasida  tortilgan fibroz 

m em branadan 



(m em b ran a  in te r o ss e a  

antibrachii) 

iborat  bo'lib,  suyaklar  diafizini 

birlashtirib turadi. Bu pardaning ustki va pastki 

qismlarida qon tomirlar o'tadigan teshiklar bor.

Bilak suyaklari o'rtasidagi uzlukli birlashmalaiga 

proksimal va distal bilak-tirsak bo'g'imlari kiradi.

Proksimal bilak-tirsak bo'g'imi tirsak bo'g'imi 

tarkibidajoylashadi.

Distal  bilak-tirsak  bo'g'imi 

(articulatio 

radioulnaris distalis) 

tirsak suyagi boshchasidagi 

bo'g'im  yuzasi  bilan  bilak  suyagining  tirsak 

o'ymasi o'rtasida hosil bo'ladi. Bilak suyagining 

tirsak  o'ymasidan  boshlangan  uchburchak 

shakldagi bo'g'im diski 



(discus articularis) 

tiisak 


suyagining bigizsimon o'simtasi tomon yo'nalib, 

bu bo'g'imni bilak-kaft usti bo'g'imidan ajratib 

turadi.  Bo‘g ‘im  xaltasi  erkin  bo'lib,  u 

43-rasm .B ilak  suyaklarining

, ,  



(  ,. 

,  . 

.  , 



birlashovi.  1-ulna;  2-processus

suyaklaming bo g'rni yuzalan va bo g'rni tog ayi  styloideus;  3_discus  Bulans;

chekkasi  bo'ylab  birikadi.  Proksimal va  distal 

4 -processus  styloideus;  5-m em -

bilak-tirsak bo'g'imlari bi^galikda silindrsimon 

drana interossea antibrachii; 6-ra-

hamkor bo'g'imni hosil qiladilar. Ularda harakat  dius; 

7-chorda oblique;  8-tuber-

bo'ylama o‘q atrofida bo'lib, bilak ichkariga va  ositas radii; 9' Ug anuIare rad“-

tashqariga buriladi.



Bilak-kaft  usti  bo‘g‘imi  va  qo‘I  panjasi  suyaklarining  o ‘zaro  birlashuvi

Bilak-kaft  usti  bo'g'im i 



(articulatio  radiocarpea, 

44-rasm)  bilak 

suyagining kaft usti yuzasi, medial tomondan bo'g'im diski 

(discus articularis) 

va kaft usti suyaklarining birinchi qatoridagi uchta: qayiqsimon, yarimoysimon 

va uch qirrali suyaklaming proksimal bo'g'im yuzalari o'rtasida hosil bo'ladi. 

Tuzilishi jihatidan bilak-kaft usti bo'g'imi murakkab bo'lib, shakl jihatidan



ellipssimon  bo'g'imlar  guruhiga kiradi. 

Bo‘g‘im xaltasi suyaklaming bo'g'im yuzalari 

chekkasi  bo'ylab  birikkan  bo'lib,  orqa 

tomonda yupqa bo'ladi. Bo'g'im xaltasini yon 

tomonda  joylashgan  yonlama  boylamlar 

mustahkamlab turadi.

Kaft ustining bilak tomonidagi yonlama 

boylami 


(lig.  collaterale  carpi  radiale) 

bilak  suyagining  bigizsimon  o'simtasidan 

boshlanib,  qayiqsimon suyakka birikadi.

Kaft ustining tirsak tomondagi yonlama 

boylami 

(lig. collaterale carpi ulnare) 

tirsak 


suyagining  bigizsimon  o'simtasi  bilan  uch 

qirrali  va  no'xatsimon  suyaklar  o'rtasida 

tortilgan bo'ladi.  Bo'g'imning kaft yuzasida 

44-rasm.  Qo‘l  kafti  kesmasi.  1-ar- 

^

  suyagi  bo'g'im  yuzasining  oldingi 



ticulatio radiocarpea; 2-lig.coUaterale 

chekkasidan boshlanib, kaft usti suyaklarining 

carpi radiale; 3-articulatio mediocar- 

birinchi qatoriga va boshchali suyakka alohida 

pea;  4-articuiatio  carpometacarpea; 

dastalar shaklida birikadigan kaft bilak-kaft

b°ylami 

(Ug.  radiocarpale  palmare) 

ulnare;  8-discus  articularis. 

bo'ladi.  Bo'g'immng  orqa  yuzasida  bilak

suyagining orqa yuzasidan boshlanib kaft usti 

suyaklarining birinchi qatoriga birikadigan orqa bilak-kaft usti boylami 

(lig. 

radiocarpale dorsale) 

joylashgan. Bo'g'imda harakat ikki o'q atrofida bajariladi, 

frontal  o'q  atrofida  kaftni  bukish  va  yozish,  sagittal  o'q  atrofida  esa  kaftni 

uzoqlashtirish va yaqinlashtirish mumkin.



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin