0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


Sathlar  baqida  tushuncha  va  anatomik  nomlanish



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

Sathlar  baqida  tushuncha  va  anatomik  nomlanish

A natom iyada  a ’zolar  va  ulam ing  qism larini  bo 'sh liq dag i  holatin i 

aniqlashda o ‘zaro perpendikular joylashgan sagittal,  frontal va gorizontal 

sathlardan  foydalaniladi.  Sagittal  sath  (grekcha  sagitta—  o ‘q-yoy)  deb 

gavdani oldindan orqaga qarab teshib o ‘tayotgan o ‘q-yoy yo'nalishida kesganda 

hosil  bo ‘lgan yuzaga  aytiladi.  U   gavdani  o ‘ng va chap  b o 'lak k a  ajratadi. 

Frontal sath (grekcha frons—peshona) esa gavdani peshonaga parallel qilib 

kesganda hosil bo'ladigan yuza.  U gavdani oldingi va orqa qismlaiga ajratadi. 

G orizontal sath gavdani sagittal va frontal sathlarga to ‘g ‘ri burchak ostida 

kesganda hosil b o ‘lgan yuza.  U  gavdani yuqori va pastki qismlarga ajratadi. 

Bu uchta sathni odam  gavdasini xohlagan nuqtasidan o'tkazish m um kin va 

ulam ing soni  ixtiyoriy bo'ladi.

Gavda qismlari va a’zolaming joylashishini aniqlashda anatom ik terminlar 

tarkibiga kinivchi quyidagi nom lardan foydalaniladi:  medialis— agar a ’zo 

o ‘rta  sathga yaqin joylashsa;  lateralis—  agar  a ’zo  o 'rta   sath dan   uzoqroq 

joylashsa;  intermedius—agar a ’zo ikkita hosilani orasida b o ‘lsa; internus— 

tananing ichkarisida joylashsa; externus—tananing tashqarisida joylashsa; 

h a r xil chuqurlikdagi  a ’zolam ing holatini aniqlashda  profundus—chuqur 

va superficialis-yuza nomlari qo'llaniladi.  Q o‘l va oyoqning qismlarini tanaga 

nisbatan proximalis—tanaga yaqin va distalis—tanadan uzoq deyiladi.  Ba’zi 

a ’zo larn i  (y urak ,  o ‘pka,  plevra  va  b o sh q alarn in g )  ta n a   yuzasidagi 

proyeksiyasini  aniqlash  uchun  tana  bo'ylab  vertikal  y o 'n alg an   shartli 

chiziqlar o ‘tkaziladi.  Bularga  to ‘sh  chizig‘i  (linea  sternalis)  to ‘sh  suyagi 

chekkasi  bo'y lab   o ‘tadi;  o 'rta   o'm ro v   chizig'i  (linea  medioclavicularis); 

oldingi  q o 'ltiq   osti  chizig'i  (linea  axillaris  anterior);  o 'r ta   q o 'ltiq   osti 

chizig'i  (linea  axillaris  media);  orqa  q o 'ltiq   osti  chizig'i  (linea  axillaris 



posterior);  kurak chizig'i  (linea scapularis);  u m u rtq a yon ch izig 'i  (linea 

paravertebralis)  kiradi.

Odam  organizmining  tuzilishi

Odam   organizm ining  tuzilishi  haqida  bir  necha  xil  fikrlar  mavjud. 

M exanistik m aterializm tarafdorlari organizmga a ’zolam ing (D .M oigani), 

to'qim alam ing (K.Bisha) yoki hujayralam ing (R.Virxov) yig'indisi sifatida 

qaraydi.

N em is  olim i  R.Virxov  organizm ni  hujayralam ing  federativ  davlatiga 

o'xshatadi va bunda har bir hujayra fedaratsiyasi alohida yashashi mumkinligini 

aytadi.  Organizm ni  ayrim  qismlarini  bunday  ajratish  m etafizika,  alohida 

hujayra qismlarini alohida yashay olish xususiyatini vitalizm 

(vita 

— hayot) 

deyiladi.

Organizm   bu  o 'zini  o'ragan  tashqi  m uhit  bilan  m odda  alm ashinish, 

o'sish  va  ko 'p ay ish   xususiyatiga  ega  bo'lg an   yuqori  tabaqadagi  oqsil 

m oddalam ing  m urakkab  yig'indisidir.  U   tarixiy  tuzilishga  ega  bir bu tu n,



doim o o ‘zgarib turuvchi, o‘ziga xos tuzilishga va taraqqiyotga ega tizimdir. U 

tashqi m uhitning m a’lum  bir sharoitlariga m oslashgan holda yashaydi.

Oiganizm — hujayralar, to‘qimalar, a’zolar, suyuq m oddalardan tuzilgan, 

lining tarkibiy qismlarini bir tom ondan tomirlarda harakat qiluvclii suyuqlik 

(hum or)  bir-biriga  bog'lab  tursa,  ikkinchi  tom o n d an   nerv  tizim i  bir- 

biriga bog'laydi va ulaming faoliyatini tartibga solib idora etadi.

Hujayra  —  tirik  oiganizmning  elem entar  zarrachasi,  oiganizm  hayot 

faoliyatining  asosi.  Hayotning  asosiy  xususiyatlari:  ko‘payish,  m oddalar 

almashinishi va boshqalar, shu hujayralar tarkibiga kiruvchi oqsillar ishtirokida 

bo ‘ladi. Hujayralar orasida hujayralararo modda joylashgan bo'lib, ular suyuq, 

liqildoq yoki zich holatdagi asosiy modda va turli tolalardan iborat.  Hujayralar 

murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo‘lib, uning kattaligi bir necha mikrondan 

200 mkmgacha. H ar bir hujayra sitoplazma qobig'i, sitoplazma va o‘zak (yadro)dan 

tashkil topgan. Hujayra haqidagi to'liq ma’lumot gistologiya fanida beriladi.

T o'qim alar  —  kelib  chiqishi,  tuzilishi  va  faoliyati  jihatidan  bir  xil 

bo'lgan hujayra va hujayradan tashqari m oddalam ing tarixan tashkil topgan 

yig'indisidan  iborat.  Organizm da  4  xil:  epiteliy,  biriktiruvchi,  m ushak va 

nerv to 'q im a tafovut qilinadi.

1.  Epiteliy  to 'q im a   (textus  epithelialis)  bazal  m em branada  yotgan 

hujayralar qatlamidan iborat bo'lib, uning ostida yumshoq tolali biriktiruvchi 

to 'q im a joylashgan.  Bu  hujayralar  tana  yuzasi  (teri)  va  shilliq  pardalam i 

qoplab oiganizmni tashqi muhitdan ajratib himoya vazifasini bajaradi. Epiteliy 

ichki va tashqi sekretsiya bezlarini bez to'qim asini ham  hosil qiladi.  Epiteliy 

bir qavatli va ko'p qavatli b o ‘ladi.  Bir qavatli epiteliy shakl jihatidan silindrik, 

kubsimon va yassi turlaiga bo'linadi.

2. Ichki muhit to'qimasi (tayanch-trofik va himoya to'qimalari, biriktiruvchi 

to 'q im a )  m ezenxim adan  hosil  b o 'lib ,  uning  tarkibiga  q o n ,  lim fa  va 

biriktiruvchi to'qim a kiradi.

Biriktiruvchi to'qim a tuzilishi va faoliyati jihatidan turlicha. Ular hujayralar, 

kollagen, elastik,  retikular tolalardan iborat hujayralararo m odda va asosiy 

moddadan tashkil topgan. Biriktiruvchi to'qimaga xususiy biriktiruvchi to'qima, 

tog'ay va suyak to'qim alar kiradi.

Xususiy biriktiruvchi to'qim a yumshoq va zich tolali biriktiruvchi to'qimaga 

bo'linadi.  Biriktiruvchi to'qim a tayanch, him oya va trofik (oziqlantiruvchi) 

vazifalami bajaradi.

Y um shoq biriktiruvchi to'qim a fibroblastlardan tashkil topgan, u boshqa 

turdagi  to 'q im alam i  bir-biriga  bog'laydi,  a ’zolar tarkibidagi  bo'shliqlam i 

to'ldiradi.  Bu to'q im a ko'proq qon tomirlar atrofida joylashadi.

Yog' to'qim a yumshoq tolali biriktiruvchi to'qim a hujayralari sitoplazmasida 

yog' kiritmalari to'planishidan hosil bo'ladi. U  teri ostida, ko'proq qorinparda 

ostida, charvida va buyrak atrofida hosil bo'ladi.  Z ich biriktiruvchi to'qim a 

shakllanm agan:  k o ‘p   sonli  zich  chatishgan  tolalar  va  ular  o'rtasidagi  oz 

sonli hujayra elementlaridan tashkil topgan (terming to 'r qavati).  Shakllangan 

zich biriktiruvchi to'qim a tolalari dasta shaklida ma’lum  bir tartibda va yo'nalishda



joylashishi bilan farq qiladi (boylamlar, paylar). Oiganizmda tayanch vazifasini 

bajaradi.

Tog‘ay  to 'q im a  guruh  bo'lib  joylashgan  2—3  ta  tog'ay  hujayralari 

(xondrositlar) va gel shaklida joylashgan asosiy m oddadan iborat.  U gialin va 

elastik tog'aylaiga bo'linadi. Gialin tog'ay xira shisha ko'rinishida bo'lib, tashqi 

tom ondan  to g 'ay  usti pardasi bUan qoplangan.  U lar suyaklam ing b o 'g 'im  

tog'aylarini,  qovurg'alam ing  tog'ay  qismini,  nafas  y llarining  tog'ayini 

hosil qiladi.  Kollagen tolali tog'ay to'qim asining asosiy m oddasida kollagen 

tolalar  k o 'p   bo'lib,  tog'ayni  mustahkam ligini  ta ’minlaydi.  U lar  b o 'g 'im  

ichi diski, menisklar va um urtqalararo diskning fibroz halqasini hosil qiladi. 

Elastik tog'ay to'qim aning  asosiy m oddasida k o 'p   sonli chatishgan elastik 

tolalar bo'lib,  sariq rangga  ega.  U lar hiqildoq usti  tog'ayi va quloq  suprasi 

tog'ayini hosil qiladi.

Suyak to'qim a o'zining mexanik xususiyatlari bilan farq qiladi.  U  ossein 

tolalari va noorganik tuzlari bo'lgan ohaklangan hujayralararo m odda ichida 

joylashgan suyak hujayralaridan tashkil topgan.  Suyak to'qim a organizmdagi 

eng qattiq va pishiq to'qim adir.

3.M ushak  to 'q im a  (textus  mnscularis)  odam   organizm ida  harakatni 

vujudga keltiradi.  U  qisqaruvchi miofibrillardan tashkil topgan. Mushak to'qim a 

silliq  va  ko'ndalang-targ'il  mushaklarga  bo'linadi.  Silliq  m ushak  to 'q im a 

duksim on  shakldagi  hujayralardan  tashkil  topgan  bo'lib,  qon  tom irlar  va 

naysimon ichi b o 'sh  a ’zolar (m e’da,  ichaklar va boshqa) devorida uchraydi. 

Silliq m ushaklam ing qisqarishi  ixtiyordan tashqari bo'Ub,  ulam i vegetativ 

nerv  tizim i  innervatsiya  qiladi.  K o 'n d a la n g -ta rg 'il  m ush aklar  skelet 

mushaklarini va b a’zi bir ichki a ’zolar (til, halqum , qizilo'ngachning yuqori 

qismi) tarkibiga kiradi.  U lar k o 'p   o'zakli murakkab  tuzilishga ega bo'lgan 

ko'ndalang-taig'il mushak tolalaridan iborat. Ulaming qisqarishi odam  ixtiyori 

bilan boshqariladi.

4.  Nerv to 'q im a (textus nevrosus) nerv hujayralaridan va neyrogliyadan 

iborat. N erv hujayrasi tanasining (uzun neyrit yoki akson) va qisqa (dendrit) 

shoxlari  bor.  Akson  bo'ylab  nerv  impulslari  ishchi  a ’zolaiga  yo'naladi. 

Dendritlam ing uchlari ta ’simi qabul qilib, hujayra tanasiga o'tkazib beradi.



A’zo  va  a ’zolar  tizimi

A’zolar  (organon—qurol  degani)  organizm ning  ajralm as  bir  qismi 

bo'lib,  ular  m a ’lum   bir  shaklga  ega  va  m a ’lum   bir  vazifani  bajaradi, 

shuningdek,  gavdani  tashqi  m uhitga  moslashtiradi.  A’zolar organizm ning 

evolutsion rivojlanish jarayonida mavjud muhitga moslashgan holda saqlanishga, 

ko'payishga va hayot kechirishga moslashib rivojlanadi. A’zolar organizmdan 

tashqarida hayot kechira olmaydi.

A’zolam ing 

tu z ilis hi 

va vazifalari bir-biriga uzviy bog'liq.  Shuning uchun 

a ’zolam ing tuzilishi va shaklining o'zgarishi ulam ing faoliyatiga va aksincha 

ulam ing faoliyati o'zgarishi a’zolar hajmi va tuzilishiga ta ’sir etadi.  B undan



tashqari,  a ’zolam ing tuzilishi,  shakli va vazni odam  jinsi va yoshiga qarab 

o'zgarib boradi.

Ba’zan a ’zolar o ‘sishi davrida o'zining odatdagi tuzilishi va shakliga ega 

bo‘lmay qolsa, g‘ayritabiiy (anomaliya) holat vujudga keladi. A’zolar, odatda, 

bir necha to ‘qimadan iborat bo'lib, ulardan bittasi ko'proq bo'ladi. U  a ’zoning 

tuzilishi va faoliyatini belgilaydi. Masalan: skelet mushagi faqat ko'ndalang- 

targ'il mushak to'qim adan iborat bo'lmay, uning tarkibida turli xil biriktiruvchi 

to 'q im a  (fibroz  va  elastik  tolalar),  nerv  to'qim asi,  qon  tom irlam i  hosil 

qiluvchi  endoteliy  va  silliq  m ushak  tolalaridan  iborat  b o'lad i.  A m m o 

k o'ndalang-targ'il  m ushak to'qim asi  ko'p b o 'lib ,  m ushakning tuzilishi  va 

faoliyatini  (qisqarish)  ta ’minlaydi.

O dam  organizm ida quyidagi a’zolar tafovut qilinadi:

1.  O rganizm da  m oddalar  alm ashinuvini  ta ’m inlovchi  a ’zolar.  Bular 

vositasida organizm ga ozuqa m oddalar va kislorod qabul qilinadi,  ishlanib 

bo'lgan va organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan chiqindi 

m oddalar tashqariga chiqarib yuboriladi.

2.  K o'payish yoki jinsiy a ’zolar.

3.  Q on aylanish va limfa tizimi  a’zolari.  Bu  a’zolar qabul qilingan ozuqa 

moddalami, kislorodni tananing barcha to'qimasiga yetkazib beradi va modda 

almashinuvida hosil bo'lgan keraksiz moddalami ajratuv a’zolariga olib boradi.

4.  Endokrin  (ichki  sekretsiya)  a’zolar  organizm dagi  barcha  kimyoviy 

o'zgarishlam i tartibga solib turadi.  Bu a ’zolar ishlab chiqargan gorm on qon 

orqali organizmga tarqalib boshqa a ’zolar faoliyatini boshqarib turadi.

5.  Organizm ni  tashqi  m uhitga  harakat  vositasida  moslovchi  a ’zolar: 

suyaklar, b o 'g 'im lar va mushaklar.

6. Sezgi a ’zolari tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirlami qabul qiladi.

7.  N erv  tizim i  a ’zolari  organizm da  turli  a’zolam i  bir-biriga  bog'lab, 

ulam ing faoliyatini idora etadi.

Organizmda  bir  xil  vazifani  bajaruvchi  a ’zolar  o'zaro  birlashib,  a ’zolar 

tizimini hosil qiladi. Odam organizmida quyidagi azolar tizimi tafovut qilinadi:

1.  T ayanch-harakat  a’zolar  tizimi:  a)  nofaol  (suyaklar  va  ulam ing 

birlashm alari);  b)  faol  qism lar  (m ushaklar  tizim i)  dan  iborat.

2.  Ichki  a ’zolar  tizimi  esa,  o 'z   navbatida:  a)  hazm   a’zolari  tizimi; 

b)  nafas  a ’zolari  tizim i;  d)  siydik  ajratish  a ’zolari  tizimi;  e)  ko'payish 

yoki jinsiy  a ’zolar tizim idan  iborat.

Siydik ajratish va jinsiy a’zolaming faoliyati turlicha bo'lgani bilan, ulaming 

rivojlanishi  o 'zaro   bog'langanligi  uchun  ular  bitta  siydik-tanosil  a ’zolari 

tizimiga birlashtiriladi.

3.  Ichki sekretsiya bezlari tizimi.

4. Y urak-qon tom irlar va limfa tom irlar tizimi.

5.  N erv tizim i—bosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nervlardan 

iborat.


6.  Sezgi a ’zolari tizim i tarkibiga ko'rish,  eshitish,  hid bilish, t a ’m  bilish, 

og'riq va harorat sezgisi a’zolari kiradi.



Homila  taraqqiyoti  haqida  tushnncha

Embrionning rivojlanishini embriologiya fani o'iganadi. Hom ilada uchta 

parda tafovut qilinadi:

1)  H om ilaning tashqi  pardasi  —  ektoderm adan  term ing  tashqi  qavati 



(epidermis)  va  uning  hosilalari  (tuklari,  ter  va  sut  bezlari,  tirnoq),  og‘iz 

bo'shlig'i shilliq qavati epiteliysi va so‘lak bezlari, tish emali, to ‘g‘ri ichakning 

pastki qismi va tashqi jinsiy  a’zolar shilliq  qavati  epiteliysi,  nerv tizim i va 

sezgi  a ’zolarining  epiteliysi  hosil  bo'ladi.  H om ilaning  o ‘rta  pardasi— 

m ezoderm adan teri osti yog*  to'qim asi,  skelet suyaklari ko'ndalang-targ'il 

m ushaklar, buyrak va siydik chiqaruv yo'llari taraqqiy etadi.

2) Homilaning ichki pardasi—entodermadan nafas a ’zolari, hazm  a ’zolari 

shilliq pardasi va uning bezlari,  qalqonsimon,  qalqonorqa, ayrisimon bezlar 

taraqqiy etadi.

Odam  qomatining  tuzilishi.  Odam  bo'yining  turiicha  bo'lishi  uning 

nasliga, ijtimoiy sharoitiga, atrof-muhitga bevosita bog'liq bo'ladi. Qomatning 

tuzilishi uch turga ajratiladi.

1.  Dolixom orflar (asteniklar) — uzunbo'yli,  to r ko'krakli, yelka oralig'i 

qisqa,  qo'l va oyoqlari uzun kishilar.

2.  Braxiomorflar  (gipersteniklar)  — past bo'yli,  ko'krakqafasi,  yelkalari 

keng,  qo'l va oyoqlari nisbatan kalta, tiqm achoqdek bo'ladi.

3.  M ezom orflar  (norm osteniklar)  —  o 'rta   bo'ylilar,  yuqorida  bayon 

etilgan  astenik  va  gipersteniklam ing o'rtasidagi odam lar.


XUSUSIY  Q ISM

TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI  T IZIM I

O dam   organizm inm g  asosiy  vazifalaridan  biri  uning  harak at  qilish 

qobiliyatidir.  Bu  harakat  suyaklar  va  m ushaklar  ishtirokida  ro ‘y  beradi. 

Tayanch-harakat apparati faol harakatchan qism-mushaklar va nofaol qism— 

suyaklar ham da  ulam i birlashtirib turgan bog'lam lardan iborat.  Tayanch- 

harakat  a ’zolar  tizim i  organizm ning  asosiy  qismi  (gavdaning  um um iy 

og'irligini  72,5  %i)  ni  tashkil  qiladi.

O ST E O LO G IY A   -  SUYAKLAR  H A Q ID A G I  B IL IM  

U m um iy  m a’lu m otlar

Osteologiya — suyaklaming tuzilishini o ‘rganadi.  Organizm ning qattiq 

asosini hosil qiluvchi suyaklar majmuyi skeletdir.  Skelet (grekcha skeletos) 

quritilgan degan so‘zdan ohngan. U   200 dan ortiq alohida suyakdan iborat. 

Skeletning og‘irligi  5—6 kg bo'lib,  erkaklarda gavda um um iy  og‘irligining 

10%  ini,  ayollarda 8,5  % ini tashkil qiladi.  Skelet tayanch-harakat,  himoya 

va biologik vazifalami bajaradi.

1.  Tayanch  vazifasi  yum shoq to 'qim a va a ’zolarining skeletning ayrim 

qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi.

2.  H arakat  vasifasi  skeletni  tashkil  qilib  turgan  suyaklam ing  h a r  xil 

richag  hosil  qilib,  b o ‘g‘im  orqali  birlashishi  va  nerv  sistemasi  yordam ida 

m ushaklar qisqarishi  bilan  nam oyon  bo ‘ladi.

3.  Himoya  qilish  vazifasi  skeletning alohida  qismlaridan vujudga kelgan 

bo'shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqa kanali orqa miyani, kalla suyaklari 

bosh miyani, ko‘krak qafasi o ‘pka va yurakni tashqi ta’sirlardan saqlab turadi.

4.  Biologik  vazifasi  suyaldar  tarkibida  ko‘p  m iqdorda  m ineral  m odda 

almashinuvida  ishtirok  etuvchi kalsiy,  fosfor,  magniy va boshqa elem entlar 

bor. Bundan tashqari, suyaklaming epifizlarida joylashgan qizil ilik oiganizmda 

biologik himoya vazifasini bajaradigan qon elementlarini ishlab chiqaradi.

Skeletda bosh,  tana,  q o ‘1 va oyoq qismlari (1-rasm ) tafovut qilinadi.



S uyaklar  ta sn ifi

O dam  skeleti 200 dan ortiq alohida-alohida suyaklardan iborat.  Skelet 

quyidagi bo‘laklaiga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh 

suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak va



o'm rov  suyaklari),  q o 'l  suyaklari  (yelka,  bilak  va  qo  1  panja  suyaklari), 

chanoq  suyaklari  (yonbosh,  qov  va  o ‘tiig ‘ich  suyaklar)  va  son,  boldir 

ham da oyoq panja suyaklaridan iborat.

Suyaldar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi.

1. 

N aysim on  suyaklar:  uzun  suyaklar  —  yelka,  bilak,  son  va  boldir 



suyaklari q o ‘l va oyoq skeletini tashkil qilib,  tayanch vazifasini bajaradi;  2)

l- r a s m .  S k eletn in g   old  tomondan 

ko‘rinishi.  1-bosh  skeleti  ;  2-um urtqa 

pog'onasi;  3-o‘mrov;  4-qovurg‘a;  5 -to ‘sh 

suyagi;  6-yeIka  suyagi;  7-bilak  suyagi; 

8 -tirsa k   suyagi;  9-kaft  u sti  suyaklari; 

10-kaft suyaklari;  11-qo‘l kafti falangalari; 

12-yonbosh  suyagi;  13-dumg‘aza  suyagi; 

1 4-qov  su y ag i;  1 5 -o ‘tir g ‘ic h   suyagi; 

16-son suyagi;  17-tizza qopqog'i;  18-katta 

b oldir  suyagi;  19-kichik  boldir  suyagi; 

20-kaft  oldi  suyaklari;  21-oyoq  kafti  su­

yaklari; 22-oyoq panjasi barmoq falangalari.

kalta  suyaklar  —  q o ‘l-o y o q   kafti  va 

barm oq falangalari. N aysim on suyak­

lar richag harakatini bajarib,  tayanch 

va mudofaa vazifasini bajaradi Naysimon 

suyaklaming o'rta qismi tanasi— diafizi 



(diaphysis)  silindr  yoki  uchburchak 

shaklda.


N aysim on  suyaklam ing  tanasida 

su y ak   iligi  k a n a li  b o r.  U la rn in g  

kengaygan  uchi  —  epifiz  (epiphysis) 

deb ataladi.  U nda qo'shni suyak bilan 

birlashuvchi  b o 'g 'im   yuzasi  (facies 

articularis)  bo'lib,  u  b o 'g 'im   tog'ayi 

bilan qoplangan.  Epifiz asosan g'ovak 

moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich 

m odda qoplab turadi.  Suyakni g'ovak 

m oddasi  sohasida  uni  hosil  qiluvchi 

suyak  to'sinlari  orasida  bolalarda  va 

kattalarda qizil ilik joylashgan.  Diafizni 

epifizga o'tish joyi metafiz (metaphisis) 

deyiladi.

Bu sohada zich modda yupqalashib 

k am ay ib   b o ra d i;  m e ta fiz   g 'o v a k  

tuzilishga ega.

G 'ovak  suyaklar:  a)  uzu n   g'ovak 

suyaklar — to'sh suyagi va qovurg'alar; 

b)kalta g'ovak suyaklaiga—umurtqalar, 

q o 'l - o y o q ,  kaft  u sti  va  k aft  oldi 

suyaklari  kiradi,  u la r  k o 'p   q irrali 

sh ak lg a  ega.  U la r  a so sa n   g 'o v a k  

m oddadan tuzilgan bo'lib, yupqa zich 

m odda qatlami bilan qoplangan.

Yassi  suyaklar him oya  vazifasini 

b ajarib ,  ta n a   b o 's h liq la r in i  h o sil 

qiHshda ishtirok etadi (kalla qopqog'i, 

chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar 

tashqi zich qavat (lamina externa) va 

ichki  zich   qavat  (lamina  interna)



o‘rtasida  joylashgan m ayda  katakchali g'ovak  m oddadan (diploe) tashkil 

topgan.


Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat.  U m urtqaning 

tanasi  tuzilishi jih atid a n   g'ovak  suyaklarga,  ravog'i  va  o 'sim talari  yassi 

suyaklarga kiradi.

Havo  saqlovchi  suyaklar  tanasida  shilliq  parda  bilan  qoplangan  havo 

bilan to 'la  bo 'shliq bo'ladi.  Ularga kallaning peshona,  ponasim on,  yuqori 

jag‘ va g'alviisimon suyaklari kiradi.

H ar bir suyakning yuzasida mushaklar, ulaming paylari, fassiya, boylamlar 

boshlanadigan  va  birikadigan  hosilalar bo'ladi.  U lam i  apofizlar  (apophysis) 

deb ataladi.  Bulaiga bo'rtiq (tuber), do'mboqcha (tuberculum), qirra (crista) va 

o'sim ta (processus) kiradi. Suyakning yuzalari o'zaro chekkalar (margo) bilan 

chega-ralanadi.  Ba’zi bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar 

(sulcus)  yuzaga  keladi.  Suyakning  ichki  yuzasida  uning  ichiga  kiruvchi 

oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bo'ladi.

Suyaklaming tuzilishida suyak to'qimasi muhim ahamiyatga ega. U  metalldek 

qattiqlikka ega bo'lib,  molekular massasi  1,93  (suvdan 2 barobar ko'p). Tirik 

suyak  to'qim ada  yoki  yangi  ajratilgan  suyakda  50%  suv,  28,15%  oiganik 

moddalar,  jum ladan,  15,75%  yog'  va  21,85%  noorganik  m oddalar  bor. 

Yog'sizlantirib  quritilgan  suyakni  1/3  qismini  organik  m oddalar  (ossein, 

xitin,  muguz  m odda),  2/3  qismi  esa  noorganik  m oddalar  (kalsiy  tuzlari, 

ayniqsa ohak orta fosfati—51,04%, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi. 

Noorganik  m oddalar  yoki  mineral  tuzlar  suyakni  qattiq  va  pishiq  qilsa, 

organik m oddalar uning elastikligim ta ’minlaydi. Agar suyak kuchli kislotaga 

solinsa,  mineral tuzlar erib,  ossein moddasi qoladi, bunda suyak qattiqligini 

yo'qotib  elastik  bo'lib  qoladi.  Agar  suyakni  tem ir  o 'q q a  o'm atib  yoqsak, 

oiganik  m oddalar  yonib  ketadi  va  suyakning  elastikligi  yo'qoladi,  bunday 

suyak tezda kulga aylanadi.  Bulardan tashqari,  suyaklar tarkibida vitam inlar 

(A,  D ,  C) ham  bo'ladi. Agar D  vitamini yetish- 

masa,  suyakning  m ineral  tarkibi  buzilib,  raxit 

kasalligi  kelib  chiqadi.  A vitamini  yetishmasa, 

suyaklar  yo'g'onlashib,  suyak  bo'shliqlari  va 

kanalchalarikattalashib ketadi.  Suyakning taikibiy 

birligi  osteonni  (2-rasm)  osteon  plastinkalari 

(qatlamlari) va kanalchalari hosil qiladi.  Osteon 

kanalchalaridan qon tom ir va nerv tolalari o'tadi.

Uning  atrofmi  zich  suyak  qatlami  (kompakt) 

modda o'ragan. Osteon qatlamlari orasini oraliq 

m oddalar  to'latib  turadi,  ular  qattiq,  ichida 

kollagen tolalari b o r oqsil m oddalardan iborat.

Suyakning  tashqi  kom pakt  qavati  naysimon 

suyaklaming diafizlarida qalin, epifizlari yassi va 

g'ovak suyaklarda yupqa bo'ladi. Uning ostida esa 

suyakning g'ovak m oddasi joylashadi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin