0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

2-rasm.  Osteon  tuzilishi  chiz- 

masi.  1-stiyak hnjayraiati; 2-os- 

teon  qatlami;  3-ostdoti (kanali.

Naysimon suyaklaming diafizlarida suyak iligi bo‘shlig‘i (cavum meduDare) 

bor.  Suyakning  tashqi  yuzasi  suyak usti  pardasi  (periost)  bilan  qoplangan. 

Periost yupqa pishiq biriktiruvchi to ‘qimadan iborat. U suyak ichiga kiruvchi 

tolalar  vositasida  suyakka  yopishib  turadi.  Periost  ikki:  tashqi  tolali  fibroz 

to'qim a qavati va qon tom ir ham da nervlaiga boy bo'lgan suyak hosil qiluvchi 

(kambial) ichki qavatlardan iborat. Uning kambial qavati suyakka tegib turadi 

va yosh suyak hujayralarini hosil qilib,  suyakning o'sishida ahamiyatga ega. 

Suyakning ichida suyak iligi bo'shlig'ida va g'ovak modda katakchalarida suyak 

iligi bo'ladi. Homila davrida va yangi tug'ilgan chaqaloqning barcha suyaklarida 

qizil  ilik  (medulla  osseum  rubra)  bo'lib,  qon  ishlab  chiqarish  va  him oya 

vazifasini bajaradi.  Katta odamda yassi suyaklaming g'ovak moddasida, g'ovak 

suyaklarda va  naysimon  suyaklaming  epifizlarida  qizil  ilik,  uzun  naysimon 

suyaklaming suyak iligi kanalida sariq ilik (medulla osseum flava) bo'ladi.

Suyaklarning rentgenoanatomiyasi.  M o'tadil rentgenogram m ada suyak 

tasviri noorganik m oddalar hisobiga hosil bo'ladi.  Suyak  moddasini asosini 

suyak to'sinlari hosil qilib, ular zich va g'ovak m oddada bir xil joylashmaydi. 

Zich m oddada suyak to'sinlari bir-biriga parallel yo'nalgan qatlam lar shaklida 

bo'lib, gomogen soya beradi. G'ovak moddada suyak to'sinlari turli yo'nalishda, 

o'zaro  kesishgan  bo'lib,  to'rsim on  ko'rinishga  ega  bo'ladi.  Zich  va  g'ovak 

m oddaning nisbati suyaklaming shakli va faoliyatiga bog'liq bo'ladi.  U zun 

naysimon suyaklaming diafizida zich modda quyuq, qalin soya beradi. Diafizning 

ichida joylashgan suyak iligi kanali zich modda hoshiyasi bilan chegaralangan 

qoram tir  keng  qatlam   ko'rinishiga  ega.  G 'ovak  va  yassi  suyaklaming  zich 

qatlami ingichka hoshiya ko'rinishidagi tekis quyuq soya beradi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq skeleti 270 ta alohida suyaklardan iborat. Ulaming 

172 tasi tana va kalla sohasida,  98 tasi qo'l va oyoqlarda.

U lam ing  suyagi  yirik  tolali  suyak  to'qim asidan  iborat  bo'lib,  asosiy 

moddasi tartibsiz joylashgan.  Suyak tola dastalari h ar tom onga yo'nalib,  uni 

o'ragan  biriktiruvchi  to'qim aga  birikkan.  Suyakning  asosiy  qismi  g'ovak 

m oddadan iborat. Zich suyak m odda kam rivojlangan, u suyak chetida yupqa 

qavatni hosil qiladi.  G 'ovak moddada qizil ilik bor. Yosh bola suyagi tarkibida 

m ineral tuzlar kam ,  suv va qon tom irlar ko'p.  Yangi tug'ilgan chaqaloqda 

zol suyak og'irligini yanniga, kattalarda esa 4/5 qismiga teng. Bola hayotining 

dastlabki 6 yilida yirik tolali suyak qatlamli suyak bilan almashinadi va osteonlar 

hosil bo'ladi.  U lar konsentrik joylashgan bir necha qavat suyak qatlamlaridan 

iborat;  h ar bir  osteon  ichida  nay bo'lib,  unda  qon tom irlar va nervlar bor. 

Suyak ichidagi g'ovak m odda qism an yemirilib,  suyak iligi bo'shlig'i paydo 

bo'ladi.  Qizil ilik yog' to'planishi bilan asta-sekin sariq ilikka aylanadi. Yosh 

suyakni  zichligi kam ,  g'ovak  moddasi  yaxshi  takom illashm agan.  Shuning 

u c h u n   yosh  bolalar  suyagi  uncha  qattiq bo'lm ay,  pishiq  va  bukiluvchan; 

qon  tom irlam in g  ko'pligi  suyaklam ing  oziqlanishi  u c h u n   sharoit  yaratib 

beribgina qolm ay,  h ar xil yallig'lanish jarayonlarining tez tarqalishiga ham  

sabab  bo'ladi.  Suyak usti  pardasi  yosh bolalarda qalin,  uning  ichki  qavati 

yaxshi takom illashgan.


Suyaklaming rivojlanishi

Odam  embrionida suyak to'qimasi boshqa to ‘qimalarga nisbatan kechroq, 

ona  qom idagi  hayotining  ikkinchi  oyi  o'rtalarida  m ezenxim adan vujudga 

kelgan alohida hujayralar — osteoblastlardan paydo bo'ladi.  Bu osteoblastlar 

tayanch vazifasini bajaradigan oraliq suyak m oddalarini ishlab chiqaradi.

H am m a  suyaklar taraqqiyot  davrida  bir xilda  rivojlanmaydi,  ulam ing 

ba’zilari (kallaning qopqoq va yuz qismi suyaklari) biriktiruvchi to'qim adan 

taraqqiy  etadi  yoki  ikki  bosqichni  o'tadi.  B ulam i  birlam chi  suyaklar  deb 

ataladi.  U larga  kallaning  qopqoq,  yuz  qismi  suyaklari  va  o'm ro v  kiradi; 

boshqa  suyaklar  uch  bosqichni  (parda,  tog'ay,  suyak)  o 'tib   ikkilamchi 

suyaklar deyiladi.  Suyaklanish jarayoni quyidagi to 'rt turga bo'linadi:

1.  Endesmal  suyaklanish  (en—ichida,  desmos  -  boylam)  da  birlamchi 

suyaklar vujudga keladi,  bunda bo'lajak suyakni biriktiruvchi to'qim asining 

m a’lum  nuqtasida osteoblastlar zo'rberib ko'payadi va suyaklanish nuqtasini 



(punstum ossfficationis) hosil qiladi. Bu nuqta har tomonga qarab n ur shaklida 

qator-qator bo'lib tarqaydi. Biriktiruvchi to'qimani yuza qavati periostga aylanadi 

va yosh suyakni ustini qoplaydi.  Periost hisobiga suyak qalinlashadi.

2.  Perixondral  suyaklanish  (peri—atrof,  chondros—tog'ay)  hom ila 

hayotining  8-haftasida  m ezenxim adan  hosil  bo'ladigan  suyakning  shakU 

paydo bo'ladi. Tog'ayni tashqi tom ondan qoplagan tog'ay usti pardasi ichki 

qavatidagi  yosh  suyak  hujayralar  —  osteoblastlam i  hosil  qiladi  va  gialin 

tog'ayga  aylanadi.  Bu  osteoblastiar  ko'payib,  suyak  qatlam ini hosil  qiladi 

va asta-sekin tog'ay to'qim aning o 'm in i egallab,  suyakning zich  (kom pakt) 

moddasiga aylanadi.

3. Tog'ay suyaklanib bo'lgandan keyin tog'ay usti pardasi suyak parda — 

periostga aylanadi.  Keyingi davrlarda suyaklami eniga o'sishi (yo'g'onlashishi) 

ana shu suyak parda hisobiga bo'ladi va suyaklanishining bu turi periostal 



suyaklanish  deb  ataladi.

4.  E ndoxondral  suyaklanish  (endo  —  ichida,  chondros  —  tog'ay) 

tog'aylar ichida  tog'ay  usti pardasi  ishtirokida vujudga keladi.  Tog'ay usti 

pardasidan tog'ay ichiga qon tomirlar o'sib kiradi va tog'ay yemirila boshlaydi. 

Q on tom irlar bilan birga kirgan biriktiruvchi to 'qim ad an osteoblastiar hosil 

bo'ladi.  Bu osteoblastlardan paydo bo'lgan suyak nuqtasi tashqariga qarab 

o'sib,  suyakning g'ovak m oddasini hosil qiladi.

Bu  xildagi  suyaklanishda tog'aylar to 'g 'rid a n -to 'g 'ri  suyak  m oddasiga 

aylanmaydi, balki ular yemirilgan tog'ay o 'm id a  vujudga keladi.

N aysim on  suyaklam ing  birinchi  suyak  nuqtasi  hom ila  hayotining  2- 

oyida suyak tanasida paydo bo'ladi.  Homila davrida suyakning uchi tog'aydan 

iborat  bo'ladi.  U larda  suyaklanish  nuqtasi  pastki  uchida  emizikli  davrda, 

yuqori uchida esa 2 yoshdan keyin paydo bo'ladi.  8—9 yoshlarda suyak qirralari 

va m ushak bo'rtiqlarida q o'shim cha suyak nuqtalari paydo bo'lib, balog'at 

yoshida suyaklaming ayrim qismlari o'zaro qo'shiladi. Naysimon suyaklaming 

diafizi bir-biriga yaqin joylashgan ikki qatlamli zich suyak moddasidan tuzilgan:



tashqi qatlam  po'stloq perixondral yo‘l bilan rivojlanadi.  Po'stloq qavatining 

qon tom irlari ham  periostdan tarqaladi.  Ichki qatlam endoxondral yo'l bilan 

taraqqiy etadi va suyak iligi qon tomirlari orqali oziqlanadi.  Diafiz organizmda 

tayanch va himoya vazifasini bajaradi.  Epifizlar ichida qizil ilik bo'lgan g'ovak 

m oddadan tuzilgan bo'lib, endoxondral yo'l bilan suyaklanadi. Suyaklaming 

rivojlanish  davrida  yangi  osteonlam ing paydo  bo'lishi,  eski  osteonlam ing 

so'rilib ketishi bilan bir vaqtda kechadi.  Osteoklast hujayralari suyak diafizini 

endoxondral qismini yemiradi va suyak iligi bo'shlig'i paydo bo'ladi. Ikkinchi 

tom ond an periostning ichki qavatidagi osteoblastlar yangi suyak tuzilishini 

boshlaydi.  Bir qavat ustiga ikkinchi qavatni taxlanishi natijasida suyak eniga 

o'sadi.

Tana  skeleti

Tana skeleti um urtqa pog'onasi  (coliunna vertebralis)  va ko'krak qafasi 



(compages thoracis) dan iborat. Umurtqa pog'onasi 33— 34 ta (7 ta bo'yin,  12 

ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 3-5 ta dum) umurtqalaidan hosil bo'lgan. 

U m urtqa pog’onasining o'rtacha uzunligi erkaklarda 73—75 sm, ayollarda esa 

69—71  sm  cha bo'ladi.  Odamning  um urtqa pog'onasi  tana uchun tayanch 

bo'libgina qolmay, balki um urtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza 

qilib turadi va tana ham da kallaning harakatida faol qatnashadi.  Ko'krak qafasi 

12 ta ko'krak umurtqasi,  12 juft qovutg'a va to'sh suyagidan iborat.

U m urtqalar

U m urtqalar um urtqa pog'onasining qaysi qismida joylashganidan qat’iy 

nazar um um iy tuzilishga ega.

U m urtqa  (vertebra)  (grekcha—spondylos)  tan a  (corpus  vertebrae) 

va yoy qism idan  (arcus  vertebrae)  iborat.  U m urtqa tanasi oldinga qaragan 

bo'lib, tayanch vazifasini bajaradi, u pastga tom on gavdaning og'irligiga qarab 

kattalashib boradi. Um urtqa yoyi tananing orqasida joylashib, tana bilan ikkita 

um urtqa oyoqchalari (pedunculi arcus vertebrae) vositasida birikib,  um urtqa 

teshigini  (foramen  vertebrae)  hosil  qiladi.  U m u rtq a  teshiklari  o 'z aro  

qo'shilishidan  um urtqa  kanali  (canalis vertebralis)  hosil  bo'ladi.  Tananing 

yoyga  qaragan  yuzasi  bukilgan  b o 'lib ,  u n d a  q o n   to m irla r  o 'ta d ig a n  

oziqlantiruvchi  teshik  (foramina  nutricia)  bor.  U m urtqa  yoyida m ushaklar 

birikadigan o'simtalar bor. Oiqada o'rta chiziqdan toq qirrali o'simta (processus 

spinosus)  chiqadi.  Frontal  sathda  yon  tom onga  yo'nalgan juft  ko'ndalang 

o'sim ta (processus transversus) joylashgan.  U m urtqa yoyining tanaga yaqin 

qismida yuqoriga yo'nalgan yuqorigi bo'g'im  o'sim tasi (processus articularis 

superior) va pastga yo'nalgan pastki b o'g'im  o'sim tasi (processus articularis 

inferior) joylashadi.  U lam ing har birida yuqorigi va pastki b o 'g 'im  yuzalari 

(facies  articularis  superior  et  inferior)  b o 'lib ,  q o 's h n i  u m u rtq a la r 

bilan b o 'g 'im   hosil  qiladi.  Yuqorigi  va pastki b o 'g 'im   o'sim talarining  asosi



bilan um urtqa tanasi o‘rtasida yuqorigi va pastki um urtqa o ‘ymalari (incisura 

vertebrates  superiores  et  inferiores)  bor.  Pastki  um urtqa  o‘ymasi  nisbatan 

chuqurroq.  Um urtqalar o ‘zaro birlashganida yuqorigi va pastki o'ym alar o ‘ng 

va  chap  tom onda  umurtqalararo  teshikni  (foramen  Intervertebrale)  hosil 

qiladi.  Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tom irlar o ‘tadi.

Bo'yin umurtqalari (vertebra cervicales)  7 dona (3-rasm). Ularga og'irlik 

kam tushgani  uchun  tanasi  nisbatan  kichikvaellipssim on  shaklda. B o‘yin 

umurtqalari tanasi III umurtqadan VII ga qarab kattalashib boradi.  Ulam ing 

ustki  va  pastki  yuzalari  egarsimon  bukilgan.  U m urtqa  teshigi  esa  katta, 

uchburchak shaklida.  Bo‘yin umurtqalarining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri 

u la m in g   k o ‘n d a la n g   o ‘sim talarid ag i  te s h ik d ir  (foram en  p rocessus 



transversus). Bo‘yin umurtqalarining ko'ndalang o ‘simtalari yuqori yuzasida 

joylashgan orqa m iya nervi egati (sulcus nervi spinalis) uni oldingi va orqa 

do ‘mboqchaga (tuberculum anterius et posterius) ajratadi. VI um urtqaning 

oldingi  d o ‘mboqchasiga  uyqu  arteriyasi  yaqin  joylashgani  u ch u n   u  uyqu 

do'mboqchasi (tuberculum caroticum) deyiladi. Arteriya jarohatlanganda uni 

shu  d o 'm b o q c h a g a   bosib,  qon  oq ishini  to 'x ta tis h   m u m k in .  B o ‘yin 

um urtqalarining bo 'g 'im  o'simtalari qisqa.  U lam ing yuqorigi b o ‘g‘im  yuzasi 

orqaga va yuqoriga, pastki bo‘g‘im yuzasi esa oldinga va pastga qaragan.  II—VI 

bo'yin um urtqalarining qirrali o'simtalarining uchi ayri shaklida tugaydi. VII 

bo'yin um urtqasining qirrali o'simtasi boshqa bo'yin um urtqalariga nisbatan 

uzun va yo'g'on bo'lib, tirik odam da teri ostida bilinib turadi.  Shuning uchun 

bu  um urtqani  turtib  turuvchi  um urtqa  (vertebra  promenens)  deyiladi.

va II bo'yin umurtqalari boshqa bo'yin umurtqalaridan tuzilishi jihatidan 



farq qiladi.  I bo'yin um urtqasi atlantning (atlas)  (4-rasm ) tanasi taraqqiyot 

davrida II bo'yin um urtqasiga tish hosil qilib birikib ketadi.  N atijada uning 

tanasi  o 'm id a   oldingi  ravoq  (arcus  anterior)  hosil  b o 'ladi  va  um urtqa 

teshigi kengayadi. Oldingi ravoqning old yuzasida oldingi bo'rtiq (tuberculum 



anterius),  ichki  tom onida  II  um urtqa  tishi  uchun  b o 'g 'im   chuqurchasi

B o'yin   umurtqalari

3-rasm.  V I—bo‘yin  umurtqasi.  1-corpus 

vertebrae;  2-tuberculum anterius;  3-tuber- 

culum  posterius;  4-processus  spinosus;  5- 

processus articularis superior.



4-rasm.  I  bo‘yin  umurtqasi.  1-arcus 

anterior;  2-fasies  articularis  inferior; 

3-processus  transveises;  4-for.  transver- 

sarium; 5-arcus posterior; 6-fovea dentis.



(fovea dentis) bor. Orqa ravoqning (arcus posterior) orqa yuzasida-orqa bo'rtiq 

(tuberculum  posterius)  b o ‘lib,  uning  oldingi va  orqa ravoqlari  o ‘zaro  yon 

massalar (massae  lateralis)  vositasida birikadi.

Yon massalaming ustida joylashgan yuqorigi bo‘g‘im chuqurchasi (foveae 

articularis  superiores)  oval  shaklda,  ensa  suyagi  b o ‘g‘im   b o ‘rtig‘i  bilan 

bo'g'im  hosil qiladi.  Ostki bo'g'im  chuqurchasi  (fades articularis inferiores) 

yassi,  yum aloq bo'lib,  II bo'yin  umurtqasi  bilan  b o 'g 'im   hosil  qiladi.  Orqa 

ravoqning  yuqori  yuzasida  um urtqa  arteriyasi  egati  (sulcus  a.  vertebralis) 

bor. Birinchi bo'yin umurtqasining tog'ay davrida uning yon massalari va orqa 

ravog'i  uchun bir juft  suyak  nuqtasi  bo'lib,  ular o'zaro  tog'ay  qatlam  bilan 

ajralgan. Oldingi ravoq uchun ikkita suyak nuqtasi bir yoshda paydo bo'ladi va 

uch yoshda o'zaro  qo'shiladi.  Uning orqa yarim ravoqlari  esa  2—5  yoshda, 

oldingi va orqa ravoqlar 5—9 yoshlarda o'zaro birikadi.

II 


bo'yin umurtqasi, tishli umurtqa (axis) (5-rasm) boshqa umurtqalardan 

tanasining  ustki  yuzasida joylashgan  tishsimon  o'sim tachasi  (dens)  borligi 

bilan farq qiladi.  Bu o'sim ta silindr shaklida,  uchi  (apex dentis) bor.  I va II 

bo'yin umurtqalari o'zaro birlashganida, tishsimon o'simta atlantni kalla suyagi 

bilan birga  o'ngga va  chapga  aylanuvchi  o 'q  vazifasini  bajaradi.  Tishsimon 

o'simtaning um urtqa tanasiga o'tish sohasi bo'yincha (collum dentis) deyiladi. 

Tishning  oldingi  b o 'g 'im   yuzasi  (facies  articularis  anterior)  I  b o 'y in  

umurtqasi bilan,  orqa bo'g'im  yuzasi  (facies articularis posterior) atlantning 

ko'ndalang  boylami  bilan  bo'g'im   hosil  qiladi.  Tishning  yon  tom onlarida 

atlant bilan birlashuvchi yuqorigi bo'g'im  yuzasi bor.

II 

b o 'y in   um urtqasi  uchta 



10 

s u y a k   n u q t a s i n i n g   2  ta s i





к

 

ravog'ida,  uchinchisi  tanasida



3  £  I

 

joylashgan.  Ular o'zaro 2 yoshda



» жшг *

 

birikadi.



Ko'krak umurtqalari

5-rasm .  II  bo’yin  umurtqasi.  1-facies  a rtic u ­

laris  posterior;  2 -lamina  arcus  vertebrae;  3-proces- 

sus spinosus; 4-processus amicularis inferior;  5-pro- 

cessus transverses; 6-for transveisarium; 7-facies arti­

cularis  superior;  8-corpus  vertebrae;  9-facies  arti­

cularis  anterior;  10-dens.

K o 'k rak   um urtq alarining  

(vertebrae  thoracicae)  tanasi 

(tepadan  pastga  to m o n )  hajm  

jihatdan kattalashib boradi  (6- 

rasm).  U m urtqa teshigi b o'yin 

umurtqalariga nisbatan kichik va 

yum aloq shaklda.

K o 'k ra k   u m rtq a la rin in g  

o'ziga xos xususiyatlaridan biri 

ularda qovurg'alar boshi bilan 

birikadigan  qo vu rg 'a  chu q u r- 

chalari borligidir. II-EX ko'krak 

umurtqalari tanasining orqa yon



tom onida o ‘ng va chap,  yuqorigi va ostki 

qovurg'a chuqurchalari (fovea costales- 



superior  et  inferior)  b o ‘ladi.  B undan  I 

u m u rtq a  m ustasno   b o 'lib ,  tanasining 

yuqori qirrasida  1-qovurg'a uchun b itta 

b u tu n   q o v u rg 'a   c h u q u rc h a s i  (fovea 



costales superior), tanasining pastida 2- 

qovurg'a  ch uqurchasi  (fovea  costales 



inferior) b o 'lad i.  X—  um urtqaning ikki 

ustki  chekkasida  (X  qovurg'a  uchun) 

bittadan yarim  ch u qurcha bor.  X I—XII 

u m u rtq alam in g   yon  tom o n larid a  esa 

b ittad an  to 'liq  chuqurchalar bor.

1-X  u m u rtq a la m in g   k o 'n d a la n g  

o 's i m t a l a r i n i n g   o ld in g i  y u z a s id a  

k o 'n d a l a n g   o 's i m t a n i n g   q o v u r g 'a  

chuqurchasi  (fovea  costalis  processus

transversus)  bor.  U  qovurg'a do'm bog'i bilan birlashadi. XI va X II  ko'krak 

um urtqalarining ko'ndalang o'sim talari qisqa bo'lib,  b o 'g 'im  chuqurchasi 

yo‘q.  K o'krak um urtqalarining qirrali o'sim tasi nisbatan uzun b o 'lib, uchi 

pastga qaragan. B o'g'im  o'simtalari frontal sathda joylashgan, yuqorigi bo'g'im  

yuzalari orqaga,  pastki b o 'g 'im  yuzalari oldinga  qaragan bo'ladi.

6-rasm .  V III  ko'krak  um urtqasi.

1-processus  articularis  superior;  2-fovea 

costalis  superior;  3-corpus  vertebrae; 

4-fovea  costalis  inferior;  5-incisure  ver­

tebralis inferior; 6-processus articularis in­

ferior;  7-processus  spinosus;  8-proces- 

sus transverses; 9-fovea costalis transver-

Bel  umurtqalari

Bel um urtqalari  (vertebra lumbales) 5 ta (7-rasm) bo'lib, ulaiga og'irlik 

k o 'p  tushgani u ch u n  tanasi kattalashgan va loviyasimon shaklda.  U m urtqa 

teshigi uchburchak shaklida. Ko'ndalang o'simtasi rudiment holidagi qovuig'a

bo'lgani  u ch un  qovurg'a  o'sim tasi 

(processus  costarius)  deyiladi.  U 

uzun  frontal  sathda joylashgan.  Bu 

o'sim taning orqa yuzasining asosida 

q o 's h im c h a   o 's i m ta   (p rocessu s 



accesorius)  bor.  Q irrali  o'sim tasi 

qisqa,  yassi,  uchi  qalinlashgan  va 

orqaga qaragan.  B o'g'im  o'sim talari 

yaxshi rivojlangan, ulam ing bo'g'im  

yuzalari  sagittal  sathda  joylashib, 

yuqorigi o'sim tada m edial tomonga, 

pastkisida esa lateral tomonga qaragan. 

Yuqorigi b o 'g 'im  o'sim tasining yon 

to m o n id a  u n c h a   k atta  bo'lm agan 

so 'rg 'ic h sim o n   o 'sim ta   (processus 



mamillaris)  bor.

5

 



6

 

7



3

7-rasm.  Ill  be)  umurtqasi.  1-corpus  verte­

brae;  2-incisure  vertebralis  inferior;  3-pro- 

cessus articularis  inferior;  4-processus spino­

sus;  5-processus costarius;  6-processus artic­

ularis superior; 7-incisura vertebralis superior


D um g‘aza umurtqalari  (vertebrae sacralis)  5 ta bo'lib, o'sm irlik davrida 

o‘zaro birikib, uchburchak shaklidagi bitta butun dumg‘aza suyagini (os sacrum) 

hosil  qiladi  (8-rasm ).  Uning  yuqori  serbar  qismi  asosi  (basis  ossis  sacri), 

pastga va  oldinga  yo'nalgan  uchi  (apex  ossis  sacri),  oldingi  chanoq yuzasi 



(facies pehina), orqa yuzasi (facies dorsalis) tafovut qilinadi. Dum g‘aza suyagi

5-bel um urtqasi bilan birikkan joyda bo'rtm a  (promontorium) hosil bo'ladi. 

D um g'aza  suyagining  chanoq  yuzasi  yoysimon  bukilgan  va  tekis.  U nda 

um urtqalam ing  birikishidan  hosil  bo'lgan  to ‘rtta  ko'ndalang  izlar  (linae 



transversae) k o ‘zga tashlanadi.  Ulam ing ikki uchida dum g‘azaning chanoq 

teshiklari (foramina sacralia pehina) joylashgan.  D um g‘azaning orqa yuzasi 

g‘adir-budir b o ‘rtib chiqqan, bu yerda um urtqa o'sim talari beshta bo'ylam a 

qirra  bor.  T o q   o 'rta   dum g'aza  qirrasi  (crista  sacralis  mediana)  qirrali 

o'simtalam ing birikishidan hosil bo'ladi.  Uning yon tom onida joylashgan juft 

oraliq dum g'aza qirrasi  (crista sacralis intermedia) b o 'g 'im  o'sim talarining 

birikishidan  hosil  bo'lsa,  lateral  dum g'aza  qirrasi  (crista  sacralis  lateralis) 

ko'ndalang o'sim talam ing birikishidan hosil bo'ladi.  Oraliq va lateral qirralar 

o'rtasida orqa  dum g'aza teshiklari  (foramina sacralia dorsalia) joylashgan. 

U ndan  tashqarida  yon  qismlar  (partes  lateralis)  bor,  undagi  quloqsim on 

yuza (facies auricularis) yonbosh suyagidagi shunday yuza bilan b o 'g 'im  hosil 

qilib, qo'shilib turadi. Uning yuqori qismida boylamlar va mushaklar birikadigan 

dum g'aza  do'ngligi  (tuberositas  sacralis)  bor.  D um g'aza  um urtqalarining 

teshiklari o 'zaro qo'shilib dum g'aza kanalini (canalis sacralis) tashkil etadi. 

Bu  kanal  pastga  tom on  torayib  kanaldan  chiqish  teshigi  (hiatus  sacralis) 

bo'lib tugaydi.  Uning ikki tom onidagi bo 'g 'im  o'sim talari dum g'aza shoxini 



(cornu sacralis)  hosil qiladi.

8-rasm.  Dumg'aza  suyagi.  A.  Old tomoni.  I -basis  ossis  sacri;  2-processus  articularis  supe­

rior;  3-pars lateralis;  4-linae transversae;  5-forr.  sacralia pelvina;  6-apex ossis sacri.  B.  Orqa 



tomoni.  1-canalis  sacralis;  2-processus  articularis  superior;  3-tuberositas  sacralis;  4-crista 

sacralis intermedia; 5-crista sacralis mediana; 6-hiatus sacralis; 7-com u sacralis; 8-forr.sacialia 

dorsalia; 9-crista sacralis lateralis.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin