0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63

(tuberculum  pharvngeum)  k o 'rin ib   turadi.

Yon  qismlari  (pars  lateralis)  juft,  noto'g'ri  shaklga  ega.  U ning  pastki 

yuzasida  atlantning  ustki  bo'g'im   yuzasi  bilan  bog'im  hosil  qiluvchi  ellips 

shaklidagi  b o 'g 'im   b o 'rtig 'i  (condylus  occipitalis)  joylashgan.  U n in g 

o'rtasidan  til  osti  nerv  kanali  (canalis  hypoglossalis)  o'tadi.  Ensa  bo'rtig'i 

orqasida  chuqurcha  (fossa  condularis),  uning  tubida  esa  kanal  (canalis 



condylaris)  b o r.B o 'g 'im   b o'rtig'in ing  yonboshida  b o 'y in tu ru q   o'ym asi 

(incisura jugularis) bo'lib, u chakka suyagidagi shunday o'ym a bilan qo'shilib 

bo'yinturuq  teshigini  (foramen jugularis)  hosil  qiladi.  Yon  qismning  miya 

yuzasida  sigmasimon  vena  egati  (sulcus  sinus  sigmoidei)  joylashgan.

Ensasuyagining seibar  qismi  (squama  occipitalis)  tashqarigaqavaigan 

keng plastinka shaklida.

U ning  tashqi  yuzasining  o'rtasida tashqi  ensa b o 'rtig 'i  (protuberantia 



occipitaiis  externa)  bor  bo'lib,  undan  to  katta teshikgacha o 'rta  chiziq 

bo'ylab  tashqi  ensa qirrasi  (crista  occipitalis  externa)  yo'nalgan.  Ensa 

bo'rtig'idan o 'n g  va chap tom onga pastga qarab egilgan yuqori ensa chizig'i 

(linea  nuchae  superior)  yo'naladi.  U nga  parallel  ravishda  tashqi  ensa 

qirrasining  o 'rta   qism idan  pastki  ensa  chizig'i  (linea  nuchae  inferior)



26-rasm.  Ensa  snyagi.  A.  Ichki  koiinisiii.  I-for.  magnum;  2-cIivus;  3-sulcus  sinus  petrosi 

inferioris;  4-canalis condylaris;  5-sulcus sinus transversi;  6-sulcus sinus sagittalis superioris; 

7-protuberantia occipitalis  interna;  8-crista occipitalis  interna.  B.  Tashqi  ko'rinishi. 

1-protuberantia  occipitalis  externa;  2-linea  nuchae  inferior;  3-condylus  occipitalis;  4-pais 

lateralis;  5-linea nuchae superior.


boshlanadi. Bundan tashqari tashqi ensa bo‘rtig‘i ustida uncha yaxshi bilinmagan 

eng yuqorigi ensa chizig'i (linea nuchae supreme) joylashgan.

Ensa suyagi serbar qismining ichki botiq miya yuzasida joylashgan xochsimon 

tepalik  (eminentia  cruciformis)  uni  to ‘rtta  chuqurchaga  bo'ladi.  U ning 

markazida ichki ensa bo‘rtig‘i (protuberantia occipitalis interna) joylashgan. U 

pastga to m o n torayib ichki ensa qirrasiga (crista occipitalis interna)  davom 

etadi.  U ndan yuqori tom onga qarab yuqorigi sagittal vena egati (sulcus sinus 

sagittalis superior) ketadi. O 'ng va chap tomonga yo'nalgan ko'ndalang vena 

egati  (sulcus  sinus  transversus)  sigmasimon  vena  egatiga  (sulcus  sinus 



sigmoideus) o'tadi.  Ensa suyagi serbar qismining ustki va yon chekkasi tishlari 

yaxshi bilinadi, u chakka va tepa suyaklari bilan birlashadi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  ensa  suyagi  katta  teshikni  o 'rab ,  bir-biridan 

tog'ay  qatlam   bilan  ajralgan  to 'rt  bo'Iakdan  iborat.  U ning  serbar  qismi 

yum aloq shaklda bo'lib, tashqi yuzasida tashqi ensa b o'rtig'i ko'rinib turadi. 

Ichki yuzasi botiq va tekis, biroz bilingan xochsimon tepalik bor. Yon bo'laklari 

n o to 'g 'ri  shaklda.  Uning tashqi tom onida b o 'g 'im  b o 'rtig 'i,  tagida til  osti 

nervi kanali joylashgan.  Asosiy qismi to 'rtburchak  shaklida.  U ning oldingi 

chekkasi ponasim on suyakdan, yon chekkalari chakka suyagi piram idasidan 

tog'ay qatlam lar bilan ajragan.  Ichki yuzasi biroz bukik qiyalik hosil qiladi. 

Tashqi tomonida halqum bo'rtig'i yaxshi bilinmaydi. Ensa suyagining taraqqiyoti 

uzoq vaqt davom etib, bolalikning birinchi davrida (4 yoshda) serbar va yon 

qismlari o'zaro qo'shilsa, asosiy qismi yon qismlari bilan bolalikning ikkinchi 

davrida  (6—10  yoshlarda)  qo'shiladi.  Suyakning  o'sishi  o'sm irlik  davrida 

(20  yoshda)  tugaydi.

Tepa  suyagi

T epa suyagi  (os parietale,  27- 

rasm)  bir  juft  suyak  bo'lib,  kalla 

q o pqog'i  yuqori  yon  qism larini 

ta sh k il  qiladi.  U   bosh q a  kalla 

suyaklariga nisbatan to 'rt qirrali va 

to ‘rt burchakli,  sirti gumbazsimon 

bo'rtib  chiqqan plastinka shaklida 

tuzilgan. Uning uchta chekkasi tishli 

bo'lib,  oldingi  peshona  chekkasi 



(margo  frontalis)  peshona  suyagi 

b ila n ,  e n s a   c h e k k a si  (m argo 



occipita-Iis)  ensa  suyagi  bilan, 

yuqorigi  sagittal  chekkasi  (margo 



sagittalis)  shu  nom dagi  ikkinchi 

suyak bilan tishli chok hosil qiladi. 

U ning pastki tangasimon chekkasi 

(margo  squomosus)  ponasim on

27 -rasm .  T epa  snyagi.  1-m argo  frontalis; 

2-margo squomosus;  3-tuberparitale; 4-maigo 

occipitalis;  5 -margo  sagittalis.



suyakning katta qanoti va chakka suyagi pallasi bilan birikadi.  T o ‘rt qirra 

o'zaro birikib to 'rtta burchakni: oldingi-yuqorigi peshona (angulus frontalis), 

oldingi-pastki  ponasim on  (angulus  sphenoidalis),  orqa-yuqorigi  ensa 

(angulus occipitalis)  va orqa-pastki so'rg'ichsim on burchaklam i (angulus 

mastoideus)  hosil qiladi.  Qavariq tashqi yuzasining m arkazida tepa bo'rtig'i 

(tuber parietale),  undan pastroqda chakka mushaklari boshlanadigan ustki 

va pastki chakka chiziqlari (lineae temporales superior et inferior) joylashgan. 

Uning ichki botiq yuzasida yuqorigi sagittal vena egati (sulcus sinus sagittalis 

superioris) va arteriya egatlari (sulci arteriosi) bor.  So'rg'ichsim on burchak 

sohasida  sigm asim on  vena  egati  (sulcus  sinus  sigmoideus)  joylashgan. 

Yuqorigi  sagittal  vena  egati  bo'ylab  turli  kattalikdagi  bosh  m iya  to 'r 

pardasining  paxion  granulatsiyalari  izlari  (foveolae  granulores)  ko'zga 

tashlanadi.

Tepa suyagi endesmal yol bilan suyaklanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning 

tepa  suyagi  to'rtb u rch ak   shaklida,  chekkalari  tekis,  burchaklari  yum aloq 

bo'ladi.  Tashqi yuzasida  tepa bo 'rtig 'i bor,  ichki yuzasi silliq.  U ch yoshda 

ichki yuzasida qon tom ir egatlari, to 'rt yoshlarda esa chekkalarida chok tishlari 

paydo bo'ladi. Bolalikning birinchi  davrida qon tom ir egatlari chuqurlashib, 

sagittal vena egati shakllanadi, bolalikning ikkinchi davrida tepa suyagi relyefi 

tugallanadi. Tashqi yuzasida yuqori  va pastki chakka chiziqlari vujudga kelib 

suyak tuzilishi kattalamikiga o'xshab qoladi.

Peshona  suyagi

Peshona  suyagi  (os  frontale,  28-rasm)  toq bo'lib,  kalla  qopqog'ining 

oldingi qismi va oldingi kalla chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadi. U nda 

uch  qism:  vertikal  joylashgan  serbar,  juft  ko'z  kosasi  va  b urun   qismlari 

tafovut qilinadi.

Peshona suyagining serbar qismining (squama frontalis) tashqi qavariq

yuzasi  (facies  externa)  yon  tom onlarida 

chakka yuzasiga (facies temporalis)  o'tib 

ketadi. Serbar qismning tashqi yuzasida bir 

juft peshona bo'rtig'i (tuber frontale) bor, 



u larn in g   o 'r ta s id a   b u ru n   u s ti  so h asi 

(glabella) joylashgan.  Suyak serbar qismini 

ko'z kosasi qismidan ko'z kosasi usti qirrasi 



(margo  supraorbitalis)  ajralib  turadi.  Bu 

qinaning burun qismiga yaqin joyida o'ym a 



(incisura  supraorbitalis)  bor.

Ko'pincha bu o'ym a teshikka (foramen 



28-rasm .  Peshona  suyagi.  1-tu b e r 

supraorbitale)  aylanishi  m um k in.  K o 'z 

frontale;  2-glabella;  3-for.  supraorbit-  k o s a s j  u s ti 

qirrasi lateral to m o ng a yonoq

lis

 zygom ticS'arem 3 s u p e S S ;   5иУа»  bilan birikadigan yonoq o'sim tasini

7-squama frontalis. 

(p rocessu s  zygom a ticu s)  h o s il  qilib


tugaydi.  U ndan yuqoriga va orqaga qarab chakka mushagi birikadigan chakka 

chizig'i  (linea  temporalis)  yo'naladi.  H ar bir qirradan yuqoriroqda qosh 

usti  ravog'i  (arcus  superciliaris)  bor.  Peshona  suyagi  serbar  qism ining 

ichki  (m iya)  yuzasi  (facies  interna)  gorizontal  joylashgan  k o 'z  kosasi 

qismiga o 'tadi.  Serbar qism ning ichki yuzasini  oldingi tom on ida peshona 

qirrasi  (crista  frontalis)  bor.  U  orqa tom onga  qarab  o 'rta   chiziq bo'ylab 

yo'nalgan yuqorigi sagittal vena egatigacha (sulcus sinus sagittalis superioris) 

davom   etadi.  P eshon a  qirrasining  asosida  bosh  m iya  q attiq   pardasi 

yopishadigan k o ‘r teshik  (foramen caecum) bor.

Peshona suyagining ko'z kosasi qismi (pars orbitalis) gorizontal joylashgan 

bir juft yupqa plastinkadan iborat.  O 'ng va chap ko'z kosasi qismlari o'zaro 

g'alvirsim on o'ym a (incisura ethmoidalis) bilan ajralgan.  U ning ustki miya 

yuzasida  barm oq  izlari 

(impressions  digitatae)  miya  tepachalari  (jiga 

cerebralia)  bor.  Pastki  k o 'z  kosasi  yuzasi  (facies  orbitalis)  silliq va b otiq 

bo'lib,  koz ko'sasining ustki devorini hosil qiladi.  Uning tashqi burchagida 

ko'z  yoshi  bezi  chuqurchasi  (fossa  glandulae  lacrimalis),  ichki  tom onida 

bilinar-bilinm as botiqlik — g'altak chuqurchasi  (fovea trochlearis)  ham da 

ko'z olmasining yuqorigi qiyshiq mushagi o'tadigan tog'ay g'altak birikadigan 

g'altak o'sim tasi (spina trochlearis) joylashgan.

Peshona  suyagining burun  qismi  (pars nasalis)  taqasim on  shaklda.  U 

ko'z kosasi qismlarining  o'rtasida joylashib g'alvirsimon o'ym ani old va yon 

tom ondan chegaralaydi.  Uning oldingi tishli qismi burun suyaklari va yuqori 

jag' suyagining peshona o'simtasi bilan birikadi.  Bu qismning  o'rtasida burun 

qirrali  o'sim tasi  (spina  nasalis)  bo'lib,  burun  to 'sig 'in i  hosil  qilishda 

qatnashadi.  Uning  o 'n g   va  chap  tom onlarida  peshona  bo'shlig'i  (sinus 



frontalis)  va  uning  tirqishi  (aperturae  sinus  frontalis)  bor.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning peshona suyagi bir-biri bilan chok vositasida 

qo'shilgan  ikki sim m etrik bo'lakdan  iborat bo 'lib ,  h a r birida serbar,  k o 'z  

kosasi  va  b u ru n   qism i  tafovut  qilinadi.  U ning  serbar  qismi  u chburchak 

shaklda,  tashqi  to m o n id a   peshona  b o 'rtig 'i  bor.  Serbar  qism ning  ichki 

yuzasi silliq,  k o 'z  kosasi  qism i uchburchak shakldagi yupqa plastinkadan 

iborat,  uning miyaga  qaragan yuzasi tekis.  K o 'z kosasining yuqori qirrasi 

o 'tk ir.  B urun  qism i  chekkasi  notekis  kichkina  o 'sim ta  shakliga  ega.  Bu 

bo'laklam ing  o 'z a ro   birikishi  bola  hayotining  6-oyidan  boshlanib,  7—8 

yoshlarda  tugaydi.  Agar  ular  birikmay  qolsa,  o'rtasidagi  m etopik  chok 



(sutura  metopica)  u m rb o 'y i  qolishi  m um kin.  Erta bolalik davrida suyak 

ko'z kosasi qismining miyaga qaragan yuzasi qavariq bo'ladi va unda barm oq 

izlari yaxshi  ko'rinadi.  Bu davrda peshona b o'shlig 'i hosil b o 'la boshlaydi. 

Serbar  qism ning  ichki  yuzasi  o'zgarib,  peshona  qirrasi  paydo  bo'ladi. 

Bolalikning  birinchi  davrida  m etopik  chok  birikishi  hisobiga  peshona 

suyagining o'sishi sekinlashadi. Peshona sinusi kattalashib, qosh usti ravog'i 

paydo bo'ladi.  Palla chekkalarida tishlari ko'payadi.  Bolalikning ikkinchi 

davrida peshona bo'shlig'ining hajmi kattalam ing  1/2 qismiga teng bo'lib, 

uning taraqqiyoti 25 yoshlarda tugaydi.


G 'alvirsim on  suyak  (os  ethmoidale)  kalla  asosining  oldingi  qism ida 

joylashgan bo'lib, burun bo'shlig'i va ko'z kosasining devorlarini hosil qilishda 

ishtirok etadi.  U  uch qismdan: gorizontal joylashgan g'alvirsim on,  o 'rta d a 

pastga yo'nalgan perpendikular plastinka va uning ikki tomonidagi g'alvirsimon 

labirintlardan iborat.

G 'alvirsim on plastinka  (lamina  cribrosa)  g'alvirsimon suyakning yuqori 

qismini hosil qiladi.  U peshona suyagini g'alvirsimon o'ymasida joylashib, oldingi 

kalla  chuqurchasi  tubini  hosil  qiladi. U nda  hidlov  nervi  ipchalari  o'tadigan 

g'alvirsimon teshiklar (foramenae cribrosae) bor.  G'alvirsimon plastinkaning 

ustida o'rta chiziqda xo'roz tojiga o'xshash o'simta (crista galli) joylashgan. U  old 

tomonga bir juft xo'roz toji qanotlari (ala cristae galli) bo'lib davom etadi va 

peshona  suyagi  bilan  birikib,  k o 'r  teshikni  (foramen  coecum)  hosil  qiladi.

Perpendikular plastinka  (lamina perpendicularis) noto'g'ri beshburchak 

shaklida.  U  pastga qarab, burun to'sig'ining yuqori qismini hosil qiladi.

G 'a lv irsim o n   labirintlar  (labyrinthus  ethmoidalis)  b ir  ju ft  b o 'lib , 

havo  saqlovchi g'ovakli  katakchalardan  (cellulae  ethmoidales)  iborat.  Ular 

oldingi  (cellulae  ethmoidales  anterior),  o ’rta  (cellulae  ethm oidales 

media)  va  orqa  katakchalarga  (cellulae  ethmoidales  posterior)  bo'linadi. 

G 'alvirsim on labirint perpendikular plastinkaning o'ng va chap tom onlarida 

g'alvirsimon plastinkaning chekkalariga birikkan holdajoylashadi. Uning burun 

bo'shlig'iga qaragan medial yuzasini perpendikular plastinkadan to r vertikal 

yoriq ajratib turadi. G'alvirsimon labirintlaming medial yuzasida yuqori va o'rta 

burun  ch ig 'a n o q la ri  (concha  nasalis  superior  et  media)  bor.  B a’zan 

uchinchi  eng  yuqori  burun  chig'anog'i  (concha  nasalis  suprema)  ham  

uchraydi.  Chig'anoqlam ing yuqori qismi labirintning katakchalariga birikkan, 

pastki  chekkasi labirint bilan  perpendikular plastinka  o'rtasidagi bo'shliqda 

erkin  osilib  turadi.  O 'rta  burun  chig'anog'ining  orqa  qismida pastki  burun 

chig 'an o g 'i  birikuvchi  ilm oqsim on  o 'sim ta  (processus  uncinatus)  bor. 

G'alvirsim on  labirintlar lateral tom ondan ko 'z kosasini ichki devorini hosil 

qiladigan  yupqa  ko'z  kosasi plastinkasi  (lamina  orbitalis)  bilan  qoplangan.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning g'alvirsimon suyagi to'rt qismdan iborat bo'lib, 

emizikli davrda u bir tekis o'sadi.  Ilma-teshik plastinka suyaklanib,  labirintlar 

bilan  qo'shiladi.  U ch  yoshda  burun  bo'shlig'ining  shilliq  pardasi  labirint 

katakchalariga kiradi va uning tog'ayi so'rila boshlaydi. Bolalikning birinchi davrida 

perpendikular plastinka suyaklanib dimog' suyagigacha o'sib boradi. Davr oxirida 

labirint kataklari ichidagi tog'ay so'rilib bo'ladi va g'ovaklar hosil bo'ladi. Balog'at 

yoshida suyak taraqqiyoti tugab, kattalamikiga o'xshab qoladi.



P on asim on   suyak

P onasim on  suyak  (os  sphenoidale,  29-rasm ) ju d a  m urakkab  tuzilgan 

bo'lib,  kalla suyagining  asosi o'rtasida deyarli barcha kalla  suyaklari bilan


birlashgan holda joylashgan kalla

asosi  va  yuz  qismi  chuqurcha-

larini hosil qilishda ishtirok etadi.

P on asim o n   suyakning  tanasi,

k a tta   va  k ich ik   q an o tlari  va

qano tsim o n   o'sim tasi  tafovut

qilinadi.  Ponasim on  suyakning

tanasi  (co rpus)  n o to 'g 'ri  kub

shaklida.  U ning  ichida  havo 

29-rasm.  Ponasimon  suyak.  1-corpus  ossis  sphe-

Saqlaydigan ponasim on bo'shliq 

noidalis;  2-dorsum  scllae;  3-ala  minor;  4-fissura

(sinus sphenoidalis) bor. Bo'shliq 

ort,italis  suPcrior;  5’ala  mai ° r;  6-for-  rotundum; 

'   ,  . 



.  . 



7-canalis  pterygoideus;  8-processus  pterygoideus.

to  siq  (septum  suuum  sphenoi-



dalum) vositasida ikkiga ajraigan

bo'lib, tirqishlar (aperturae sinus spenoidalis) orqali buran bo'shlig'iga ochiladi. 

Suyak tanasida oltita: yuqori yoki miyaga qaragan yuzasi, orqa, oldingi, pastki 

va ikkita yon yuzalari  tafovut qilinadi.  Suyak tanasi  yuqori yuzasining o 'rta 

qismidatuikegari (sella turcica) bo'lib,  uning o'rtasidagipofiz bezi joylashadigan 

gipofiz chuqurchasi  (fossa hypopbysialis) bor.Uning old tomonidajco’ndalang 

joylashgan  egar do'mboqchasi (tuberculum seHae) bo'lib,  oldida ko'ruv nervi 

kesishmasi egati (sulcus prechiasmaticus) yotadi.Gipofiz chuqurchasini orqa 

tom ondan egarsuyanchig'i (dorsum seDae) chegaralaydi. Egar suyanchig'ining 

tashqi chekkalari oldinga yo'nalib, orqa egilgan o'simtalami (processus clinoidei 



posteriors) hosil qiladi.  Suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi egati 

(sulcus caroticus) bor; tanasining yon yuzalari katta qanotga o'tib ketadi.

Ponasim on suyak tanasining oldingi yuzasi bilan pastki yuzasi o'rtasida 

aniq  chegara  yo'q.  Oldingi  yuzada  joylashgan  ponasim on  qirra  (crista 

sphenoidalis),  un in g   pastki  yuzasiga  ponasim o n  tu m sh u q   (rostrum 

sphenoidale)  bo'lib  davom  etadi.  Qirraning  oldingi  chekkasi  g'alvirsimon 

suyakning perpendikular plastinkasiga birikib ketadi. Qirraning yon tomonlarida 

n o to 'g 'ri shakldagi  ponasim on chig'anoqlar (conchae  sphenoidales)  bo'lib, 

ikki tom onida joylashgan ponasim on bo'shliq teshiklarini chegaralab turadi.

Ponasim on suyak tanasining orqa yuzasi kattalarda ensa suyagining asosiy 

qismi bilan birikib  ketadi.

Ponasim on  suyakning kichik qanoti  (ala minor)  suyak tanasining yon 

tom onlaridan ikkita ildiz  hosil  qilib chiqqan juft plastinka shaklida bo'lib, 

ildizlar  o'rtasida  ko'ruv  nervi  o'tadigan  ko'ruv  kanali  (canalis  opticus) 

yotadi.  U ning  oldingi  chekkasi tishlar  vositasida peshona suyagining ko'z 

qismi va g'alvirsimon suyakning g'alvirsimon plastinkasi bilan birikadi; orqa 

chekkasi erkin bo'lib, medial tom onda miya qattiq pardasi birikadigan oldinga 

egilgan  o 'sim ta  (processus  clinoideus  anterior)  bo'lib  tugaydi.  Kichik 

qanotning yuqori yuzasi kalla bo'shlig'iga qaragan bo'lsa,  pastki yuzasi ko'z 

kosasining ustki devorini hosil qiladi. K atta va kichik qanotlar o'rtasida ko'z 

kosasining  yuqori  tirqishi  (fissura  orbitalis  superior)  bor,  u n d an   ko'z 

kosasiga III,  IV, VI juft bosh miya nervlari va ko'z nervi o'tadi.


P onasim on suyakning katta qanoti  (ala major) juft b o ‘lib tananing yon 

yuzasidan boshlanadi.  Uning to 'rtta yuzasi tafovut qilinadi.  Miyaga qaragan 

yuzasida  (facies  cerebralis)  b arm o q   izlari  (impressiones  digitatae), 

miya tepachalari  (juga cerebralia)  va arteriya egatlari  (sulci arteriosi) bor. 

Katta qanotning tanaga yaqin joyida uchta teshik bor.

Boshqalardan yuqoriroq va oldinda uch shoxli nervning II shoxi o'tadigan 

yum aloq  teshik  (foramen  rotundum),  qanotning  o 'rta sid a  u ch   shoxli 

nervning III shoxi o'tadigan cho'zinchoq teshik (foramen ovale) joylashgan. 

N isbatan  kichkina qirrali teshik (foramen spinosum)  katta qanotning orqa 

burchagida, undan miya qattiq pardasining o'rta arteriyasi o'tadi, K o'z kosasiga 

qaragan yuzasi (facies orbitalis) ko'z kosasining lateral devorini hosil qiladi. 

U to'rtburchakli silliq plastinka shaklida. Yuqori jag' yuzasi (facies maxillaris) 

uchburchak  shaklida,  qanot-tanglay  chuqurchasiga  qaragan  b o'lib ,  unga 

yumaloq teshik ochiladi.  Chakka yuzasi (facies temporalis) keng, uni chakka 

osti qirrasi  (crista infratemporalis)  ikki qismga ajratadi. Yuqori  katta qismi 

vertikal joylashib,  chakka  chuqurchasi  devorini  hosil  qilishda  qatnashadi. 

Pastki gorizontal joylashgan qismi chakka osti chuqurchasini ustki devorini 

hosil qiladi.  K atta qanotning qirralari qo'shni suyaklar bilan birikadi.  Uning 



margo  squamosus  si  chakka  suyagi  pallasi  bilan,  margo  zygomaticus  si 

yonoq  suyagi  bilan,  margo  parietalis  si  tepa  suyagi bilan,  margo  frontalis 

si esa peshona suyagi bilan birikadi.

Q anotsim on  o'sim talar  (processus  pterygoideus)  juft  b o 'lib   tanadan 

katta qanot boshlanadigan joydan pastga qarab vertikal yo'nalgan.  U lam ing 

ichki  yuzasi  burun  bo'shlig'iga  qaragan  bo'lsa,  tashqi  yuzasi  chakka  osti 

chuqurchasiga qaragan.

Qanotsim on o'simtaning asosida oldindan orqaga yo'nalgan qanotsim on 

kanal  (canalis  pterygoideus),  uning  oldingi  chekkasida  yuqoridan  pastga 

to m o n   q a n o tsim o n -ta n g la y   egati  (sulcus  pterygopalatinus)  o 'ta d i. 

Q anotsim on  o'sim talar  ikki:  ichki  plastinka  (lamina  medialis)  va  tashqi 

plastinkadan  (lamina lateralis)  iborat.  Old tom onda plastinkalar birikkan. 

O'simta plastinkalari orqa tomonda bir-biridan uzoqlashadi va ulaming o'rtasida 

qanotsim on  chuqurcha  (fossa  pterygoidea)  hosil  bo'ladi.  Pastga  tom o n 

ikkala  plastinka  o 'zaro  qanotsim on  o'ym a  (incisura  pterygoidea)  bilan 

ajralgan.  Qanotsimon o'simtaning ichki plastinkasi nisbatan ingichka va uzun 

bo'lib,  uchida  ilmoqsim on  o'sim tasi  (bamulus  pterygoideus)  bor.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning ponasim on suyagi to 'rtta alohida qismdan 

tashkil topgan bo'lib,  uning tanasi oldingi va orqa bo'lakd an  iborat,  o'zaro 

yupqa tog'ay qatlam  bilan ajragan.  Kichik qanotlar tananing oldingi qismi 

bilan birikkan bo'lsa, katta qanotlar undan tog'ay qatlam bilan ajraladi.  Katta 

qanotlar yuzasi katta odamnikiga o'xshasa-da, ular yaxshi rivojlanmagan va 

nisbatan kichik.  Q anotsim on o'sim ta oldinga va yon tom onga qiyshaygan. 

Emizikli davrda suyak tanasining oldingi va orqa qismlari o 'zaro  qo'shiladi. 

U ch yoshlarda katta qanotlar tanasi bilan birikib,  ponasim on sinus paydo 

bo'la boshlaydi.  Bolalikning birinchi davrida ponasimon suyak kattalamikiga



o ‘xshaydi, am m o uning relyefi to ‘liq takomiUashmagan bo'ladi.  Bolalikning 

ikkinchi davrida suyak relyefi kuchayadi va ponasim on sinus kattalashadi. 

Balog'at davrida suyak relyefida shaxsiy va jinsiy belgilar paydo bo'ladi.  15— 

18 yoshlarda ponasim on va ensa suyaklari o'zaro qo'shiladi.



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin