0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

Barmoq  suyaklari

Q o'l panjasida yo'g'on va qisqa bosh barmoq (pollex), ko'rsatkich barmoq 



(index),  eng  uzun  o 'rta  barm oq  (digitus  medius),  nomsiz barm oq  (digitns 

annularis) va jimjiloq (digitus minimus) tafovut qilinadi.  Barm oq falangalari 

(phalanges digjtorum)  qisqa naysimon suyakdan iborat.  II—V barm oqlarda 

3  ta:  proksim al  (phalanx  proximalis),  o 'rta   (phalanx  media)  va  distal 

falanga (phalanx distalis), bosh barm oqda esa proksimal va distal falangaLx 

bor.  H a r bir falanganing  asosi  (basis  phalangis),  tanasi  (corpus  phalangis) 

va boshi (caput phalangis)  farqlanadi.  Proksimal falangalaming asosida kaft


suyaklari bilan bo ‘g‘im  hosil qiluvchi chuqurcha,  o‘rta va distal falangalarda 

b o'g'im  yuzasi bor.  Distal  falangalaming uchlari  yassilashib g'adir-budirlik 



(tuberositas  phalangis  distalis)  hosil  qiladi.  Barm oq  falangalari  diafizida 

suyak nuqtasi hom ila hayotining 2-oyida distal, 3-oyning boshida proksimal,

3-oyning oxirida o'rta falangalarda paydo bo'ladi. Epifizar suyak nuqtalari 2—3 

yoshda barm oq falangalari asosida yuzaga keladi. Qaram a-qarshi tom ondagi 

tog'ay  epifizar  suyak  tanadan  suyaklanish jarayonining  tarqalishi  hisobiga 

suyaklanadi.  Epifizlar tanasi bilan  18—20 yoshlarda qo'shilib ketadi.



Oyoq  suyaklari

Odam  oyog'i katta va yo'g'on suyaklardan iborat.  Oyoq suyaklarida oyoq 

kam ari va erkin qism lar tafovut qilinadi.  Oyoqning kam ar qismi (cingulum 

membri inferiores) juft  chanoq suyagidan tashkil topgan.  Oyoqning  erkin 

qismi  (sceleton  membri  inferioris  liberi)  u ch   qism dan:  proksim al  — 

son suyagi;  o 'rta ,  katta va kichik boldir suyaklaridan iborat. Tizza bo 'g 'im i 

sohasida katta sesamasimon suyak tizza qopqog'i joylashgan.  Oyoqning distal 

qismi oyoq panjasi suyaklari, o 'z navbatida, kaft oldi suyaklari,  kaft suyaklari 

va barmoq suyaklariga bo'linadi.



O yoq  suyaklarining  rivojlanishi

Oyoqlar hom ila hayotining 4-haftasi oxirida homilaning ventral va dorsal 

qismlari chegarasiga yon bolishlar (kurtaklar) shaklida paydo bo'ladi. 6-haftaning 

boshida bu kurtaklaming uchlari kengayib, ulam ing yuzasida barm oqlam ing 

birlamchi belgilari ko'rinadi. Kurtak bo'yiga o'sib dastlab boldir, so'ngra son 

belgilari yuzaga keladi. 6-haftaning oxirida oyoq kurtaklarida oyoq kafti, boldir, 

son  va  chanoq  suyaklarining  mezenxima  qatlamlari  aniq bilinadi.  H om ila 

hayotining 8-haftasida bu mezenxima to'qimasi qattiqlashib tog'ayga aylanadi. 

O yoq  suyaklarining  ham m asi  taraqqiyotning  u ch   davrini  o'tayd i.  Bu 

suyaklaming diafizlari ona qomidagi davrda suyaklansa, epifizlari va apofizlari 

bola tug'ilganidan keyin suyaklanadi. Bu suyaklaming o'sishi bitta epifiz hisobiga 

to'g'ri keladi. Yangi tuhg'ilgan chaqaloq oyog'ida ham chanoq kamari va oyoqning 

erkin qismlari bo'lib, ulam ing tuzilishi turli yoshlarda o'ziga xos xususiyatga 

ega. Yangi tug'ilgan chaqaloq oyog'i nisbatan qisqa.  Ulaming oyoq kafti uzun, 

son qismi qisqa. Yoshga qarab oyoqning qismlari har xil tezlikda o'sadi. Balog'at 

davrida son qismi yangi tug'ilgan bolaga nisbatan 4,5 m arta o'ssa, boldir 3,7, 

oyoq kafti esa 3 marta kattalashadi.

Oyoq  kamari  suyaklari

C hanoq suyagi  (os coxae,  22-rasm)  2 ta yassi chanoq suyakdan iborat 

bo'lib,  odam ning  yurishida  gavda  og'irligini  oyoqqa  o'tk azad i  va  chano q 

bo'shlig'idagi a ’zolami tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi.  C hanoq suyagida



3  ta   alohida:  yonbosh,  qov  va 

o ‘tiig‘ich suyaklari farq qilinadi. Bu 

suyaklar 16 yoshgacha alohida bo‘lib, 

o'zaro  tog'ay  vositasida  birikkan 

bo'lsa, keyinchalik suyaklanib — bir 

butun chanoq suyagini hosil qiladi.

Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning 

o 'z a ro   b irla sh g a n   jo y id a)  son 

suyagining boshchasi kirib turadigan 

sirka kosachasi (acetabulum) bo'lib, 

u aylanasi qirra bilan o'ralgan chuqur, 

ichki  tom onida  o'ymasi  (incisura 



acetabuli) bor.  Chekka qismini son 

suyagi boshchasi bilan bo'g'im  hosil 

qiluvchi yarimoysimon yuza (facies 

lunata)  egallagan,  tubi  esa  g'adir- 

budir.


Yonbosh suyagi (os ilium) ikki

пкттт  n a s tk i  n a lin la s h p a n   sirk a 



22-rasm-  ° ‘“S  chan04  s»yag«  (tashqi  yuza- 

q is m .  p a stK l  q a i i n i a s n g a n ,  SlTKa 

sj)  J_ala ossis 

2. crjsta Шаса;  3-linea glutea

kosachasm i  yuqon  qismini  hosil 

anterior; 4 -spina Шаса anterior superior;  5-spi- 

q ilish d a   q a tn a sh a d ig a n   ta n a si 

па  Шаса  anterior  inferior;  6-linea  glutea  infe- 



(corpus  o ssis  ilii)  va  yuqorigi  rior; 

7-acetabulum;  8-os  pubis;  9-for.  obtura- 

kengaygan  qanotidan  (ala  ossis 

10-os ischn, 

l-m c su ra  ischiadicam i-



• i" \  -u 

nor;  12-spma lschiadica;  13-mcisura lscmadica

UUj 

lDorat. 


m ajor;  14-spina  iliaca  p o ste rio r  in ferio r;

Yonbosh suyagining  qanoti  S 

15-spina Шаса posterior superior;  16-linea glu- 

shaklida,  o 'rta si  yupqalashgan, 

tea posterior;  17-incisuraaletabuli. 

uning  chekkasi  qalinlashib,  yonbosh  qirrasini  (crista  iliaca)  hosil  qiladi.

Yonbosh  qirrasida  qorin  mushaklari  birikadigan  uchta  g 'ad ir-b ud ir 

chiziqlar:  tashqi  lab  (labium  externum),  ichki  lab  (labium  internum)  va 

oraliq  chiziq  (linia  intermedia)  bor.  Bu  qirra  oldingi  va  orqa  tom on larda 

o'sim talar hosil qilib tugaydi.  O ldinda  o'zaro  o'ym a bilan  ajragan  oldingi 

yuqorigi (spina iliaca anterior superior)  va ostki yonbosh o'sim tasi  (spina 

iliaca anterior inferior), orqada esa orqa yuqori (spina iliaca posterior superior) 

va pastki yonbosh o'sim tasi  (spina iliaca  posterior inferior)  hosil bo'ladi. 

Q anotning tashqi yuzasida dum ba m ushaklari boshlanadigan uch ta chiziq, 

ayniqsa,  eng  uzun  oldingi  dum ba  chizig'i  (linea  glutea  anterior)  yaxshi 

bilinadi.  U oldingi yuqorigi yonbosh o'sim tasidan boshlanib, katta o 'tiig 'c h  

o'ymasiga tom on ravoq shaklida yo'naladi. Nisbatan qisqa orqa dumba chizig'i 



(linea glutea posterior) oldingi chiziqning orqa qismiga parallel joylashgan. 

Boshqalardan qisqa pastki dum ba chizig'i (linea glutea inferior) yuqorigi va 

ostki oldingi yonbosh o'sim talarining o'rtasidan boshlanib,  ravoq shaklida 

sirka kosachasi ustidan o'tib katta o'tirg'ich o'ymasigacha boradi.  Qanotning 

ichki  botiq  yuzasida  yonbosh  chuqurchasi  (fossa  iliaca)  bor.  U n i  pastki 

tom o n d an  ravoqsim on chiziq (linea arcuata)  chegaralab turadi.  Bu chiziq



quloqsimon  yuzaning  (facies  auncularis)  oldingi  chekkasidan  boshlanib, 

yonbosh-qov tepaligiga o ‘tib ketadi. Bu yuza dum g'aza suyagining shu nomli 

yuzasi bilan b o ‘g‘im hosil qiladi.  Quloqsimon yuzaning ustida b o ‘g‘imlararo 

boylam lar birikadigan yonbosh bo‘rtig‘i (tuberositas iliaca) joylashgan.

Qov suyagi (os pubis) sirka kosachasining oldingi qism ini hosil qiluvchi 

kengaygan  tanasi  (corpus  ossis  pubis)  va  ikki:  qov  suyagining  yuqorigi 

shoxi  (ram us  superior ossis  pubis)  ham da  pastki shoxidan  (ram us  inferior 

ossis pubis) iborat.  Yuqorigi shox suyak tanasidan oldinga qarab yo'nalgan, 

unda yonbosh va qov suyaklarining birikkan chiziqda joylashgan yonbosh- 

qov  tepaligi  (eminentia  iliopubica)  bor.  Yuqori  shoxning  m edial  uchiga 

yaqin joyda qov b o ‘rtig‘i  (tuberculum pubicum) bor. Yuqori shoxning orqa 

chekkasi  bo'ylab  qov  qirrasi  (crista  pubica)  joylashgan.  U ning  oldingi 

qismi  bukilib  pastki  shoxga  o'tadi.  Bu  sohada  qaram a-qarshi  suyak  bilan 

birikadigan  oval  shakldagi  simflz  yuzasi  (facies  symphysialis)  bor.

O 'tirg 'ic h   suyagi  (os  ischii)  sirka  kosachasini  pastki  qism ini  hosil 

qilishda  qatnashadigan  kengaygan  qismi  tanasi  (corpus  ossis  ischii)  va 

shoxidan  (ramus  ossis  ischii)  iborat.  Tanasi  shoxga  burchak  hosil  qilib 

o 'tg a n   y erd a,  o 'tir g 'ic h   b o 'r tig 'i  (tuber  ischiadicum )  b o r.  U n d a n  

yuqoriroqda suyak tanasining orqa chekkasidan chiqqan o'tirg'ich o'sim tasi 



(spina  ischiadica)  katta  o 'tirg 'ich   o'ym asini  (incisura  ischiadica  major) 

kichik  o 'tirg 'ich   o'ym asidan  (incisura  ischiadica  minor)  ajratib  turadi. 

O 'tirg'ich  suyagi  shoxi  qov  suyagining  pastki  shoxi  bilan  birikib  yopqich 

teshikni  (foramen  obturatum)  hosil  qiladi.



Rentgenoanatomiyasi.  C hanoq  va  chanoq-son  b o 'g 'im i  sohasini  old 

to 'g 'ri  rentgenogram m asida yonbosh  suyagining tanasi,  qanoti,  qirrasi  va 

dumg'aza suyagi bilan birikkan quloqsimon yuzasi tafovut qilinadi.  Shuningdek 

pastki bel umurtqalari, dumg'aza va dum suyaklari va simfiz aniqlanadi. Yonbosh 

suyagi  qanoti  bir хД  tarkibli  g'ovak  m oddasi bo'lgan   keng  qatlam li  suyak 

soyasini beradi. Yonbosh suyagi qinasi oldinda oldingi o'sim ta bilan tugaydigan 

bukilgan g'adir-budir chiziq shaklida.

Qov suyagi  uning burchak  ostida joylashgan ustki va pastki  shoxlarini 

aniq ko'rinishi shaklidagi qorong'ilashgan hoshiya kabi kuzatiladi.

O 'tirg 'ich   b o 'rtig 'i  notekis  soya  beradi.  Yopqich  teshik,  odatda,  oval 

yoki uchburchak shaklida.  Qov suyaklari o'rtasida har xil kenglikdagi notekis 

ko'rinishli rentgen yorig'i aniqlanadi.

C hanoq suyagi uchta asosiy va bir nechta qo'shim cha suyak nuqtalardan 

suyaklanadi. Birinchi asosiy suyak nuqtasi homila hayotining 4-oyida o'tirg'ich, 

5-oyda qov suyagi tanasida ikkinchi va 6-oyda yonbosh suyagi tanasida uchinchi 

suyak nuqtasi paydo bo'ladi. Bola tug'ilish davrida suyak tanalari sirka kosachasi 

sohasida o'zaro Y shaklidagi tog'ay qatlam bilan ajragan holda bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning yonbosh suyagi tog'ay va suyakdan iborat 

bo'lib,  uning  qanoti  —  relyefi  yaxshi  bilinmaydi.  Suyak  tanasi  n o to 'g 'n  

shaklda bo'lib, u  sirka kosachasining yuqori qismini hosil qiladi.  O 'tirg 'ich  

suyagining tanasi va shoxi suyaklangan. Tanasi sirka kosachasining pastki orqa


qism ini  hosil  qiladi.  Qov  suyagining tanasi  va yuqorigi  shohi suyaklangan 

bo'lib, pastki shoxiga suyaklanish jarayoni tarqayotgan bo'ladi.  Qov suyagi 

tanasi sirka kosachasining pastki oldingi qismini hosil qiladi.  Sirka kosachasi 

tashqi tom ondan tog'ay bilan qoplangan. Uning qirrasiga tog'ay b o'g'im  labi 

birikkan;  kosacha tubida suyaklaming birikkan joyida Y-sim on tog'ay bo'lib, 

uning qalinligi turlicha.

Erta bolalik davrida chanoq suyagini o'sishi va suyaklanishi tezlashib, yonbosh 

suyagi qanoti S shaklini oladi va yonbosh chuqurchasi paydo bo'la boshlaydi. 

Qov suyagining pastki shohi suyaklanib, o'zaro  1—2 m m  qalinlikdagi tog'ay 

qatlam bilan ajralib turadi.  Bolalikning birinchi davrida chanoq suyagi  1,5—2 

m arta  kattalashadi,  ikkinchi  davrida  esa  o'sish  sekinlashadi.  Uning  relyefi 

shakllanib, o'tirg'ich va qov suyaklarining shoxlari o'zaro qo'shiladi. Yonbosh 

suyagi  qirrasida,  o'sim talarida,  quloqsimon  yuzasida,  o 'tirg 'ich   va  qov 

bo'rtiqlarida ikkilamchi suyak nuqtalari paydo bo'ladi.

Balog'at davrida yonbosh, qov va o'tirg'ich suyaklari o'zaro birikib yagona 

suyakni hosil qiladi.  Qo'shim cha suyak nuqtalari chanoq suyagi bilan 22—25 

yoshlarda qo'shiladi.

O yoqning  erkin  qismi  suyaklari

Oyoq  skeletining  erkin  qism i  (sceleton  membri  inferioris  liberi) 

son suyagi  (femur), tizza qopqog'i  (patella), boldir suyaklari  (ossa cruris) 

va oyoq panjasi  skeleti  (ossa redis)  dan tashkil topgan.

Son  suyagi  (femur,  23-rasm )  odam   organizmidagi  eng  uzun  va  katta 

naysimon suyak.  Uning tanasi, yuqori va pastki uchlari tafovut qilinadi.  Son 

suyagining yuqori uchida chanoq suyagi sirka kosachasi bilan b o 'g 'im  hosil 

qiladigan  sh aram o n  boshchasi  (caput femoris)  bor.  Boshchaning b o 'g 'im  

yuzasi yuqoriga va medial tomonga qaragan. Uning o'rtasida son suyagi boshcha 

yuzasidagi  chuqurcha (fovea capitis ossis femoris) bo'lib,  unga  son  suyagi 

boshchasi boylami birikadi.

Son  suyagining  b o'yni  (collum  femoris)  suyak  tanasiga  130°  o 'tm as 

burchak  hosil  qilib  qo'shilgan,  shu  sohada  m ushaklar  birikadigan  ikkita 

k o 'st  bor.  K atta  k o 'st  (trochanter  major)  yuqori  va  lateral  joylashgan 

bo'lib, uning orqa yuzasini yuqori qismida chuqurcha (fossa trochanterica) 

mavjud.  Kichik ko'st (trochanter minor) suyak bo'ynining pastki chekkasida 

orqaroqda va medialroq joylashgan.  Ko'stlar old tom ondan o'zaro ko'stlararo 

chiziq  (linea  intertrochanterica),  orqa  tom ondan  esa  ko'stlararo  qirra 



(crista  intertrochanterica)  vositasida  birikib  turadi.

Son suyagi tanasi (corpus femoris) oldinga qarab biroz bukilgan silindisimon 

shaklda.  Oldingi yuzasi silliq, orqasida g'adir-budir chiziq (linea aspera) bor, u 

ichki  va  tashqi  lablaiga  (labium  mediate  et  laterale)  ajragan.

Lablar suyak tanasining o 'rta qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va 

pastga yo'nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga qarab lablar katta va kichik ko'stlar 

tomonga yo'naladi. Tashqi lab kengayib katta dumba mushagi birikadigan dumba


л  

II

23-rasm.  0 ‘ng  son  suyagi.  A.  Old  tomoni.  1-caput  femoris;  2-collum  femoris;  3-tro- 

chanter  major;  4-linea  intertrochanterica;  5-trochanter  minor;  6-corpus  femoris;  7-epi- 

condulus  medialis;  8-epicondulus  lateralis.  B.Orqa  tomoni.  1-fossa  trochanterica;  2-crista 

intertrochanterica;  3-tuberositas  glutea;  4-labium  mediale  linea  asperae;  5-labium  laterale 

linea  asperae;  6-facies poplitea;  7-fossa  intercondylaris.  D.  Chaqaloqning  o‘ng son  suyagi 

(old  tom on).  1-caput  femoris;  2-fovea  capitis  ossis  femoris;  3-corpus  femoris;  4-epicondy- 

lus  medialis;  5-condylus  medialis;  6-condylus  lateralis;  7-epicondylus  lateralis;  8-facies 

patellaris;  9-colIum  femoris;  10-trochanter  major.

bo‘itig‘ini (tuberositas glutea) hosil qiladi. Ichki lab taroqsimon chiziqqa (linea 



pectinea) o‘tib ketadi. Pastga tomon ikkala lab bir-biridan uzoqlashib, uchburchak 

shaklidagi  taqim  osti yuzasini  (facies poplitea)  chegaralaydi.  Son  suyagining 

pastki (distal) uchi kengayib, ikkita yumaloq do‘ngsimon o'sim tani hosil qiladi. 

Ichki do'ngsim on o'sim ta (condulus medialis) tashqisidan (condulus lateralis) 

kattaroq. Ular orqa tomonda o‘zaro do‘ngsimon o‘simtalararo chuqurcha (fossa 

intercondularis) bilan ajrab turadi.  D o‘ngsimon o'simtalaming yon tom onida 

ichki va tashqi do‘ng usti tepachasi (epicondulus medialis epicondulus lateralis) 

ko'rinib turadi. D o‘ngsimon o'simtalaming oldingi yuzalari o‘itasida ti77a qopqog‘i 

yuzasi  (facies  patellaris)  bor.  H ar  bir  do‘ngsimon  usti  tepachasi  sohasida 

chiziqlar  (linea  supracondularis  medialis  et  linea  supracondularis  lateralis) 

bo'ladi. Tashqi do'ngsimon usti tepachasi sohasida taqim egati (sulcus popliteus) 

joylashgan.

Rentgenoanatomiyasi.  Son  suyagi  boshchasi  sham ing  3 /4   qismiga 

teng,  yum aloq  shaklda.  Tashqi  ko'rinishi  tekis,  aniq,  chuqurchasining 

chekkalari notekis, kichik botiqlik shaklida aniqlanadi.  Suyak boshchasi soyasi


uning b o'yn i soyasiga o ‘tib ketadi.  G 'ovak m oddaning tarkibi boshchasi va 

b o ‘ynida yaxshi bilinadi.

Suyak diafizi tarkibida zich modda ancha keng va quyuq soya beradi.  Son 

suyagining pastki  uchi  kengaygan bo'lib,  uning do'ngsim on  o'sim talararo 

o'ymasi yaxshi ko'rinadi.  G'ovak modda yirik katakchali tarkibga ega bo'lib, 

bo'ylam a suyak to'sinlari ko'proq.

Son suyagining birinchi suyak nuqtasi uning tanasida hom ila hayotining

2-oyida paydo bo'lsa, bola tug'ilishidan aw al uning pastki epifizida ikkinchi 

suyak nuqta vujudga  keladi.  Yangi tug'ilgan  chaqaloqning son  suyagi  (23-d 

rasm) nisbatan qisqa bo'lib, uchlari katta va tog'aydan iborat.  Diafizi to'g'ri, 

suyaklanib bo'lgan.  Ilik kanali tor.  Suyak tanasining dumba g'adir-budirligi va 

linea  aspera  si  o 'm id a  ingichka  tog'ay hoshiya joylashgan.  Son  suyagining 

bo'yni silindr shaklida bo'lib, qisqa, tana bilan birikish burchagi  150° bo'ladi. 

Suyak boshchasi aylana shaklida bo'lib,  u  tog'aydan  iborat.  Katta va kichik 

ko'stlari  tog'ay  bo'lib,  bir-biriga  yaqin joylashgani  uchun  ko'stlararo  qirra 

qisqa.  Suyakning pastki uchi ham tog'ay.  D o'ngsim on o'simtalari o'zaro teng 

bo'lib,  do'ngsim on  o'sim talararo  chuqur  keng  va  yuza.  Bola  4—6  oyligida 

suyak boshchasida suyak nuqtasi paydo bo'ladi.  Bola hayotining birinchi yilida 

suyak qismlari bir xil o'smaydi, u kattalamikiga o'xshash shaklga ega bo'ladi. 

Erta bolalik davrida suyak tanasi va bo'yni tez o'sib uning hajmi ikki baravar 

ortadi.  Tana  egriligi  yaxshi  bilinib,  bo'yni  silindrsimon  shaklni  oladi.  Ilik 

kanali tananing o'rta qismini egallaydi. Pastki uchidagi suyak nuqtasi kattalashib, 

ikkala do'ngsim on o'sim taga yoyiladi.  Bolalikning birinchi davrida suyakning 

ham m a qismlari bir tekis o'sadi va katta ko'stda suyak nuqtasi paydo bo'ladi. 

Bolalikning ikkinchi davrida esa suyak nuqtasi kichik ko'stda yuzaga keladi. Bola 

16 yoshga yetganida epifiz va apofizlami suyaklanishi tugallanadi.  18—20 yoshda 

yuqori uchi,  20-24 yoshda esa pastki uchi tanasi bilan birikadi.

Tizza  qopqog'i  (patella)  to 'rt  boshli  son  mushagi  payining  orasida 

joylashgan  eng  katta  sesamasim on suyak.  Tizza  qopqog'ining  asosi  (basis 



patellae) yuqoriga, uchi (apex patellae) pastga qaragan.  Uning orqa bo'g'im  

yuzasi  (facies  articularis)  son  suyagi  bilan  b o 'g 'im   hosil  qiladi.  Oldingi 

g 'adir-bud ir  yuzasi  (facies  anterior)  teri  ostida  seziladi.

B oldir suyaklari ikkita uzun naysimon:  medial tom onda katta boldir va 

lateral tom onda kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan.

K atta  boldir  suyagining  (tibia,  24-a  rasm)  tanasi  va  ikki  uchi  tafovut 

qilinadi.  Uning  yuqori  (proksimal)  uchi  kengaygan  bo'lib,  ichki  va  tashqi 

do'ngsim on  o'sim tasi  (condulus  medialis,  condulus  lateralis)  bor.  Bu 

osim talam ing  ustki  tom onida  son  suyagini  pastki  uchi  bilan  b o 'g 'im   hosil 

qiluvchi botiqroq ustki bo'g'im  yuzasi (facies articularis superior) joylashgan. 

Katta  boldir suyagining  do'ngsim on  o'sim talarining b o 'g 'im  yuzasi  o'zaro 

do'nglararo  tepalik  (eminentia  intercondularis)  bilan  ajralgan.  Bu  ichki va 

tashqi  b o 'rtiq larg a  (tuberculum  intercondularae  medialis  et  lateralis) 

bo'linadi.  D o'ngsim on  o'simtalararo  tepalikning  oldingi  yuzasida  oldingi 

chuqurcha (area intercondularis anterior), orqa yuzasida esa orqa chuqurcha (area


В 

D

24-rasm.  A.  Katta  va  kichik  boldir  suyaklari.  1-em inentia  intercondularis;  2-condulus 

medialis;  3-tuberositas  tibae;  4-tibia;  5-margo  anterior;  6-malleolus  medialis;  7-facies 

articularis  inferior;  8-malleolus lateralis;  9-margo  interosseus  fibulae;  10-fibula;  11-caput 

fibulae;  12-apex  capitis  fibulae;  13-condylus  lateralis  tibiae.  B.  Chaqaloqning  katta  bold­

ir  suyagi.  1-condylus  medialis;  2-facies  articularis  superior;  3-em inentia  intercondylaris; 

4-condylus  lateralis;  5-facies  posterior;  6-malleolus  medialis;  7-corpus  tibae;  8-margo 

medialis;  9-for.nitricum .  D.  Chaqaloqning  kichik  boldir  suyagi.  1-apex  capitis  fibulae; 

2-caput  fibulae;  3-corpus  fibulae;  4-malleolus  lateralis;  5-facies  posterior;  6-maigo  interos­

seus;  7-collum  fibulae;  8-facies  articularis  capitis  fibulae.

intercondularis posterior) bor. Tashqi do'ngsimon o'simtaning lateral tomonida 

biroz orqaroqda kichik boldir suyagi birlashadigan kichik boldir bo'g'im  yuzasi 



(facies articularis fibularis) joylashgan.  Katta boldir suyagining tanasi  (corpus 

tibiae)  uch  qirrali.  Oldingi  qirrasi  (margo  anterior)  o'tkir  bo'lib,  teri  ostida 

bilinib turadi. U  yuqori tomonda kengayib, sonning to'it boshli mushagi birikadigan 

katta boldir suyagi bo'itig'ini (tuberositas tibiae) hosil qiladi. Medial qirra (margo 

medialis)  biroz  to'm toq.  Lateral  qirra  kichik  boldir  suyagiga  qaragani  uchun 

suyaklararo qirra (margo interossea) deyiladi.  Katta boldir suyagini uchta yuzasi 

tafovut qilinadi Medial yuzasi (facies medialis) silliq bevosita teri ostida joylashgan. 

Lateral yuza (facies lateralis) va orqa yuzasi (facies posterior) mushaklar bilan 

qoplangan. Orqa yuzasida tashqi do'ngsimon o'simtaning orqa chekkasidan pastga va 

ichkariga qiya yo'nalgan kambalasimon mushak chizig'i  (linea m.  solei)  o'tib, 

undan shu  nomli mushak boshlanadi.  Bu chiziqdan pastroqda oziqlantiruvchi 

teshik (foramen nitricum) bor.

K atta boldir suyagining pastki  (distal)  uchi kengaygan va to 'rtb u rc h ak  

shaklda.  K atta  boldir  suyagi  pastki  uchini  lateral  to m o nid a  kichik  boldir 

suyagi  bilan  birlashishi  uchun  kichik  boldir  o'ym asi  (incisura  fibularis);


m edial  to m onida  ichki  to ‘piq  (malleolus  medialis)  bo'lib,  uning  orqasida 

orqa  katta  boldir  mushagi  payi  o'tadigan to ‘piq  egati  (sulcus  malleolaris) 

mavjud.  M edial  to ‘piqni  tashqi  tom onida  to ‘piq  b o ‘g‘im   yuzasi  (facies 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin