0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63

Chakka  suyagi

C hakka  suyagi  (os  temporale,  30-rasm )  bir  ju ft  b o 'lib ,  m urakkab 

tuzilgan.  U kallaning yon devori va asosini hosil qilishda ishtirok etadi, ichida 

eshituv va m uvozanat a ’zosi joylashgan.  Chakka suyagini margo occipitalis, 



parietalis  va  sphenoidalis  qirralari  bo'lib,  ular vositasida  qo'shni  suyaklar 

bilan birlashadi.  U  old tom ondan ponasim on,  yuqoridan tepa va orqadan 

ensa suyaklari o'rtasida joylashib, pastki jag' suyagi bilan b o 'g 'im  hosil qiladi. 

Chakka suyagi to 'rt qismdan iborat: palla,  nog'ora,  piram ida yoki toshsim on 

va so'rg'ichsim on qismlar.  Bular o'zaro birikib tashqi eshituv yo'lini (meatus 

acusticus  externus)  hosil  qiladi.

Chakka  suyagining  palla  qismi  (pars  squomosa)  tashqariga  qavargan 

plastinka bo'lib,  yuqori  chekkasi tepa suyagi va ponasim on suyakning katta 

qanoti bilat tangasim on chok hosil qilib birikadi.  U ning tashqi yuzasi (facies 

te^por?.!*?) 

h o ‘1ih  chakka  chuquri  (fossa temporalis)  hosil bo'lishida 

ishtirok etadi. Bu yuzada vertikal yo'nalgan o'rta chakka arteriyasi egati (sulcus 

arteriae  temporalis  mediae)  bor.  Pallaning  tashqi  yuzasidan  tashqi  eshituv 

yo'lidan,  yuqori  va  oldiroqdan  yonoq  o'sim tasi  (processus  zygomaticus) 

chiqadi.  U  oldinga tom on yo'nalib, yonoq suyagi o'sim tasi bilan birikadi va 

yonoq  ravog'ini  (arcus  zygomaticus) 

hosil qiladi. Bu o'simta asosida pastki jag' 

su y a g i  b o 'g 'i m   o 's i m t a s i  b ila n  

birlashadigan  pastki  jag'  chuqurchasi 

(fossa mandibularis joylashgan.  Uni old 

to m o n d a n  

b o 'g 'i m  

d o 'm b o g 'i 



(tuberculum  articulare)  chegaralab 

turadi.  Chuqurchaning orqa tarafidagi 

tepalik — tuberculum retroarticulare deb 

ataladi. Pallaning miyaga qaragan yuzasida 



(fa cies  cereb ralis)  b a rm o q   izlari 

(impressiones digitatae) va miya qattiq 

pardasi o 'rta arteriyasi  egati (sulcus a. 



menengea media) joylashgan.

C hakka suyagining nog'ora qismi 



(p a r s  ty m p a n ic a )  u n c h a   k a tta  

b o 'lm a g a n ,  ta rn o v s im o n   eg ilg an  

plastinka  boiib,  eshituv teshigini  old, 

orqa va past tom ondan o'rab turadi. Bu 

teshik  tashqi  eshituv  yo'liga  (meatus

30-rasm.  0 ‘ng  chakka  suyagi.  Ichki  yu­

zasi.  1-eminentia  arcuata;  2-tegmen  tym- 

pani;  3-pars petrosa; 4-sulcus sinus sigmoi- 

dei;  5-apertura  extena  canaliculi  cochleae; 

6-processus styloideus; 7-apertura externa aq- 

ueductus vestibuli;  8-porus acusticus inter- 

nus;  9-sulcus  sinus  petrosp  superioris; 

10-processus  zygomaticus.

6  1


acusticus  externus)  davom   etib  nog'ora  bo ‘shlig‘igacha  boradi.  N o g 'o ra 

bo'shlig'ining lateral devorini hosil qilgan nog'ora qismi orqa tom onda nog'ora- 

so'ig'ichsim on tirqishi (fissura tympanomastoidea) vositasida so'rg'ichsim on 

o'sim ta bilan qo'shiladi. Eshituv yo'lini old tom onida nog'ora qismi nog'ora- 

palla tirqishi (fissura tympanosquomosa) hosil qilib palla bilan, tosh-nog'ora 

tirqishi (fissura petrotympanica) vositasida tosh qismi bilan birikadi.

Chakka suyagining piramidasi (pars petrosa) uch qirrali piramida shaklida 

b o'lib,  suyak m oddasining qattiqligi uchun tosh qism i deb ataladi.  U ning 

ichida eshituv-muvozanat a’zosi joylashgan. Bu qism kallada gorizontal yotadi, 

asosi orqaga va  lateral tom onga qaragan bo'lib, so 'rg 'ic h sim o n  o'sim taga 

o 'tib ketadi.  Piram idaning uchi erkin,  oldinga va medial tom onga qaragan. 

U nda uchta oldingi,  orqa va pastki yuzalar tafovut qilinadi.  Oldingi va orqa 

yuzalar  kalla  ichiga  qaragan  b o'lsa,  pastki  yuzasi  kalla  asosining  tashqi 

tomonidan yaxshi ko'rinadi.  Uchta yuzaga mos yuqori, oldingi va orqa qirralar 

farqlanadi.

Piramidaning  oldingi  yuzasi  (facies  anterior partis petrosae)  oldinga  va 

yuqoriga qaragan. Lateral tomonga u  chakka suyagi pallasining miya yuzasiga o'tib 

undan  tosh-palla  tirqishi  (fissura  petrosquomosa)  bilan  ajralib  turadi.  Shu 

tirqishning yonida piramidaning oldingi chekkasida mushak-nay kanali (canalis 

musculotubarius)  teshigi bor.  Piramidaning oldingi yuzasining o 'rta  qismida 

ravoqsimon tepalik  (eminentia arcuata)  ko'rinadi.  bilan tosh-palla tirqishi 

o'rtasida nog'ora bo'shlig'i tom i  (tegmen tympani) joylashgan.  Piramidaning 

uchiga yaqin uch shoxli nerv tugunining botig'i  (impressio trigemini), undan 

chekkaroqda ikkita kichkina teshik bor. Katta tosh nervi kanali tirqishidan (hiatus 

canalis  nervi  petrosi  majoris),  katta  tosh  nervi  egati  (sulcus  nervi  petrosi 

majoris) boshlanadi. Bu teshikdan biroz oldinda va chekkada kichik tosh nervi 

kanali  tirqishi  (hiatus  canalis  nervi  petrosi  minoris)  bor,  undan  kichik  tosh 

nervi  egati  (sulcus  nervi  petrosi  minoris)  boshlanadi.  Piramidaning  yuqori 

chekkasi (margo superior partis petrosae) piramidaning oldingi yuzasini orqa 

yuzasidan  ajratadi,  undan  ustki  toshsimon  vena  egati  (sulcus  sinus  petrosi 

superioris) o'tadi.

Piram idaning  orqa  yuzasi  (facies  posterior  partis  petrosae)  orqaga 

va medial tomonga qaragan.

U ning  o 'rta   qismida  ichki  eshituv  teshigi  (porus  acusticus  internus) 

joylashgan.  U  ichki  eshituv  yo'liga  (meatus  acusticus  internus)  davom  

etib,  uning  tubidan  yuz  nervi  kanali  boshlanadi.  Ichki  eshituv  y o'lid an 

chekkaroq va yuqoriroqda bosh miya qattiq pardasi o'simtasi kiradigan ravoq 

osti  chuqurchasi  (fossa  subarcuata)  bor.  U ndan  past va  lateral  dahliz  suv 

yo'lining tashqi teshigi (apertura externa aqueductus vestibuli) joylashgan.

Piram idaning  orqa  chekkasi  (margo  posterior  partis  petrosae)  uning 

orqa yuzasini pastki yuzasidan ajratib turadi.  U nda pastki toshsimon vena egati 

(sulcus  sinus  petrosi  inferioris)  o'tadi,  uning  tashqi  uchida  b o 'y in tu ru q  

teshigi yonida chig'anoq kanalining tashqi teshigi (apertura externa canaliculi 



co c h lea e )  bor.

Piramidaning pastki yuzasi 

(facies inferior partis petrosae) 

kalla asosining 

tashqi  yuzasiga  qaragan.  Piramidaning  asosiga  yaqin  joyda  bo'yinturuq 

chuqurchasi 



(fossa jugularis) 

bo'lib, uni orqa tomondan bo'yinturuq o'ymasi 



(incisura jugularis) 

chegaralab turadi. U ensa suyagining shu nomli chuqurchasi 

bilan birikib bo'yinturuq teshigini 

(foramen jugulare) 

hosil qiladi.  Oldida 

ichki uyqu arteriyasining kalla bo'shlig'iga o'tadigan kanalning tashqi tirqishi 

(apertura  externa  canalis  carotid) 

bo'lib,  kanal  kallaning  ichki  yuzasiga 

ichki uyqu tirqishi 

(apertura interna canalis  carotid) 

bo'lib piramidaning 

uchiga ochiladi.  Uyqu arteriyasi kanali orqa devorida uning tashqi teshigiga 

yaqin  joyda  nog'ora  bo'shlig'iga  ochiladigan  uyqu-nog'ora  kanalchalari 



(canaliculi  caroticotympanici) 

boshlanadi.  Uyqu  kanali  tirqishi  bilan 

bo'yinturuq teshigi o'rtasida tosh chuqurcha 

(fossula petrosa), 

uning tubida 

nog'ora kanalchasining pastki teshigi 

(apertura inferior canaliculi tympani) 

bor.  Bo'yinturuq  teshigining  tashqi  tomonida  ingichka,  uzun  bigizsimon 

o'simta 

(processus  spinosus) 

chiqib turadi.  Uning orqasida bigizsimon va 

so'rg'ichsimon o'simtalar o'rtasida bigizsimon-so'ig'ichsimon teshik 

(foramen 

stytomastoideum) 

yotadi.


So'rg'ichsimon o'simta 

(processus mastoideus) 

tashqi eshituv yo'lining 

orqasida joylashib tashqi yuzasi qavariq va g'adir-budir, pastki uchi yumaloq. 

O'simtani  ichki  tomondan  so'rg'ichsimon  o'yma 



(incisura  mastoidea) 

chegaralab turadi.  O'ymadan ichkarida ensa arteriyasi egati 



(sulcus arteriae 

occipitalis) 

joylashgan.O'simtaichidaso'rg'ichsimon katakchalar 



(cellulae 

m astoideae) 

bo'lib,  ular  so'rg'ichsimon  g'or 



(antrum  m astoideum) 

vositasida o'rta quloqqa qo'shilib turadi. O'simtaning ensa suyagi bilan birikadigan 

joyda so'rg'ichsimon teshik 

(foramen mastoideum) 

Ko’rinadi.  Uning ichki 

kalla  bo'shlig'iga  qaragan  ichki  yuzasida  sigmasimon  sinus  egati 

(sulcus 

sinus  sigm oidei) 

joylashgan.



Chakka  suyagi  ichidagi  kanallar

Uyqu  kanali 



(canalis  caroticus) 

orqali  ichki uyqu  arteriyasi o'tadi.  U 

piramidaning pastki yuzasidagi kanalning tashqi tirqishidan boshlanib yuqoriga 

va oldinga yo'naladi hamda ichki tirqish bilan kalla ichiga kiradi.

Mushak-nay  kanali 

(canalis  musculotubarius) 

piramidaning  oldingi 

chekkasi bilan palla qismi o'rtasidagi burchakdan boshlanib orqaga va yon 

tomonga yo'naladi, uni bo'ylamasiga gorizontal joylashgan to'siq ikki yarim 

kanalga ajratadi. Ustki nog'ora pardani taranglovchi mushak yarim kanalida 

(sem icanalis  musculi  tensoris  tympani) 

shu  nomli  mushak  yotadi. 

Pastki  eshituv  nayi  yarim  kanali 

(semicanalis  tubae  auditivae) 

eshituv 


nayining  suyak  qismini  hosil  qiladi.  Ikkala  yarim  kanal  ham  nog'ora 

bo'shlig'ining oldingi devoriga ochiladi.

Yuz  nervi  kanali 

(canalis  facialis) 

ichki  eshituv  yo'lining  tubidan 

boshlanib, orqadan oldinga gorizontal yo'naladi. Katta toshsimon nerv tirqishi 

sohasida to'g'ri burchak shaklida bukilib tizzacha hosil qiladi, keyin orqaga va



lateral davom etib,  nog'ora bo‘shlig‘ini aylanib,  pastga vertikal tushadi va 

piramidaning pastki yuzasidagi bigizsimon-so'rgichsimon teshikda tugaydi. 

Kanal  orqali  shu  nomli  nerv o‘tadi.

Uyqu-nog'ora  kanali 



(canaliculi  caroticotympanici) 

uyqu  kanalining 

orqa devoridan uning tashqi teshigi sohasidan boshlanib, nog'ora bo'shlig'iga 

ochiladi. Undan shu nomdagi arteriya va nervlar o'tadi.

Nog'ora tori kanali 

(canaliculus chordae tympani) 

yuz nervi kanalidan 

bigizsimon-so'rg'ichsimon  teshik ustidan boshlanib,  oldinga yo'naladi va 

nog'ora bo'shlig'iga ochiladi. Undan nog'ora tori o'tadi.

Nog'ora kanali 

(canaliculus tympanicus) 

piramidaning pastki yuzasidagi 

tosh  chuqurchaning  tubidan  boshlanib,  yuqoriga  ko'tariladi.  Nog'ora 

bo'shlig'ining  pastki  devorini  teshib  o'tib,  unga  kiradi.  Undan  til-yutqin 

nervining nog'ora shoxi o'tadi.

S o 'rg 'ich sim o n   kanal 



(c a n a licu lu s  m a sto id eu s) 

b o 'y in tu ru q  

chuqurchasining  tubidan  boshlanib,  nog'ora-so'rg'ichsimon  tirqishda 

yakunlanadi,  undan adashgan nervning quloq shoxi o'tadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning chakka suyagi o'zaro tog'ay qatlam bilan 

ajragan to'rt alohida: palla,  nog'ora, so'rg'ichsimon va toshsimon qismlardan 

iborat.  Pallasi  nozik,  yupqa  tashqi  va  ichki  zich  qatlamdan  iborat  bo'lib, 

g'ovak moddasi takomillashmagan. Bigizsimon o'simta bola tug'ilishidan awal 

va  ikki  yoshda  paydo  bo'ladigan  ikkita  suyak  nuqtasidan  suyaklanadi. 

Piramidaning so'rg'ichsimon  qismi yaxshi takomillashmagan bo'lib,  so'r­

g'ichsimon o'simta yo'q.  Uch yoshgacha suyak bir tekis o'sadi. Nog'ora qismi 

o'sib, tashqi eshituv yo'lining suyak qismini hosil qiladi. Bolalikning birinchi 

davrida nog'ora qismi tuzilishi tugallanib kattalamikiga o'xshab qoladi. Palla 

qismida bo'g'im yuzasi va do'mbog'i hosil bo'ladi. Piramidaning so'rg'ichsimon 

qismi  kichik  bo'lsa-da,  so'rg'ichsimon  g'or  tomonidan  g'ovaklar  paydo 

bo'la boshlaydi.  Bolalikning ikkinchi davrida suyak relyefi kuchayib suyak 

qismlarining  birlashishi  tugaydi.  Balog'at  davrida  uning  shaxsiy  va jinsiy 

xususiyatlari paydo bo'ladi.



K allaning  yuz  qismi  suyaklari 

Yuqori  ja g ‘

Yuqori  jag'  suyagi 



(maxilla, 

31-rasm)  juft  suyak  bo'lib,  birmuncha 

murakkab tuzilgan. Uning tanasi va to'rtta o'simtasi bor. Yuqori jag' suyagining 

tanasi 


(corpus  maxillae) 

ichida  havo  saqlaydigan  yuqori  jag' 



(gaymor) 

bo'shlig'i 



(sinus  maxillaris) 

bo'lib,  u  burun  bo'shlig'iga  tirqish 



(hiatus 

maxillaris) 

orqali ochiladi.  Tanasida to'rtta: oldingi, ko'z kosasi, burun va 

chakka osti yuzasi tafovut qilinadi.

Oldingi  yuzasi 



(facies  anterior) 

botiq  bo'lib,  ko'z  kosasi  yuzasidan  ko'z 

kosasi osti qirrasi 

(margo  iniraorbitalis) 

bilan ajralib turadi.  Uning ostida qon 

tomir  va  nervlar  o'tadigan  ko'z  kosasi  osti  teshigi 

(foramen  infraorbitalis)


bor.  Undan  pastroqda  it  chuqurchasi 

(fossa 

canina) 

joylashgan.  Oldingi  yuzani  ichki 

tomondan  chegaralaydigan  bumn  o'ymasi 

(incisura  nasalis) 

oldingi  burun  o'simtasi 



(spina nasalis  anterior) 

bo'lib tugaydi.

Ko'z kosasi yuzasi 

(facies orbitalis) 

bir 


oz botiqroq uchburchak shakldagi silliq yuza 

bo'lib, ko'z kosasining pastki devorini tashkil 

qiladi. Bu yuzaning medial chekkasi ko'z yoshi 

suyagi,  g'alvirsimon  suyakning  ko'z  kosasi 

plastinkasi va tanglay suyagining ko'z kosasi 

o'simtasi  bilan  birikadi.  Uning  pastki  ko'z 

kosasi  tirqishini 

(fissura  orbitalis  inferior) 

chegaralaydigan orqa erkin chekkasidan ko'z 

kosasi  osti  egati 

(sulcus  infraorbitalis) 

boshlanadi. Oldinda u shu nomdagi kanalga 



(canalis iniraorbitalis) 

o'tib yuqori jag'ning oldingi yuzasiga ko'z kosasi ostidagi 

teshik 

(foramen infraorbitalis) 

bo'lib ochiladi.

Chakka osti yuzasi 

(facies infratemporalis) 

chakka osti va qanot-tanglay 

chuqurchalarini hosil qilishda ishtirok etadi.  Uni oldingi yuzasidan yonoq 

o'simtasining asosi ajratib turadi. Bu yuzada yuqori jag' suyagi bo'rtig'i 



(tuber 

maxillae), 

unda yuqori jag'ning orqa alveolar teshiklari 



(foramina alveolaria 

posterior) 

bor.  Bu teshiklar suyak ichiga—



canales alveolaris 

bo'lib ochiladi. 

Yuqori jag'  bo'rtig'idan medialroqda vertikal yo'nalgan katta tanglay egati 

(sulcus  palatinus  major) 

joylashgan  bo'lib,  u  shu  nomdagi  kanalni  hosil 

qilishda ishtirok etadi.

Burun  yuzasi 



(facies  nasalis) 

burun  bo'shlig'ining  lateral  devorini 

hosil qilishda ishtirok etadi.  Unga tanglay suyagi va pastki burun chig'anog'i 

birikadi.  Unda  yuqori  jag'  bo'shlig'i  tirqishi 



(hiatus  maxillaris), 

undan 


oldinroqda  esa  ko'z  yoshi  egati 

(sulcus  lacrimalis) 

bor.  Bu  ko'z  yoshi 

suyagi va pastki burun  chig'anog'i bilan birikib burun-ko'z yoshi kanalini 

(canalis nasolacrimalis) 

hosil qiladi. Uning oldida pastki burun chig'anog'i 

birikadigan  chig'anoq  qirrasi 

(crista  conchalis) 

ko'ndalang joylashgan.

Peshona o'simtasi 

(processus frontalis) 

tananing oldingi va ko'z kosasi 

yuzalari o'rtasidan boshlanib, yuqori uchi peshona suyagining burun qismiga 

yetib  boradi.  Uning  ichki  yuzasida  o'rta  burun  chig'anog'i  birikadigan 

g'alvirsimon  qirra 

(crista  ethmoidalis) 

bor.


Yonoq  o'simtasi 

(processus  zygomaticus) 

suyakning  yuqorigi  lateral 

qismidan boshlanib yonoq suyagi bilan birlashadi.

Alveolar o'simta 



(processus  alveolaris) 

suyak tanasidan pastga  chiqib 

oldinga qarab qavaxgan plastinka. O'simtaning pastki chekkasi alveolar ravoqni 

(arcus  alveolaris) 

hosil  qiladi.  Unda  tish  katakchalari 



(alveoli  dentales) 

va  ulaming  o'rtasida  to'siqlar 



(septa  interalveolaris) 

alveolar  o'simtaning 

tashqi  yuzasida  esa  alveolar tepachalar 

(juga  alveolaria) 

bor.


31-rasm.  0 ‘ng  yuqori  jag‘  suyagi.

1-processus  frontalis;  2-incisura  na- 

salis;  3-spina  nasalis  anterior;  4-ar- 

cus  alveolaris;  5 -tu b e r  m axillae; 

6-forr.  alveolaria;  7-processus  zygo­

maticus;  8-for  infraorbitale;  9-sul­

cus  infraorbitalis;  10-facies  orbita­

lis;  11-sulcus  lacrimalis.



Tanglay  o'simtasi 

(processus  palatinus) 

suyakning  burun  yuzasidan 

boshlanib, gorizontal joylashadi. U qarama-qarshi o'simta bilan birikib qattiq 

tanglayni  hosil  qilishda  qatnashadi.  0 ‘simtaning  medial  erkin  chekkasida 

yuqoriga  ko‘tarilgan  burun  qirrasi 

(crista  nasalis) 

ko'rinadi,  u  dimog' 

suyagining  pastki  chekkasi  bilan  birikadi.  O'simtaning  ustki  yuzasi  silliq 

bo'lib burun bo'shlig'ining pastki devorini hosil qiladi.

Pastki yuzasida esa bo'ylama tanglay egatlari 

(sulci palatini), 

o'rta chokning 

oldingi  uchida  keskich  kanal 

(canalis  incisivus) 

teshigi  bor;  o'simtaning 

orqa chekkasi tanglay suyagini gorizontal plastinkasi bilan birikadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning yuqori jag' suyagi yaxshi takomillashmagan, 

juda kichik bo'lgani uchun ko'z kosasining pastki qirrasi alveolar o'simtaga 

yaqin.  Peshona,  yonoq,  tanglay o'simtalari yaxshi  rivojlanmagan,  alveolar 

o'simtasi  biroz  bilinadi.  Emizikli  davrda suyak  ancha tez  o'sadi.  Alveolar 

o'simtaning tashqi tomonida tepachalar, o'simta ichida tish katakchalari va 

ular o'rtasida to'siqlar paydo bo'ladi. Erta bolalik davrida yuqori jag' tez o'sib, 

tanasi kattalashadi. Bolalikning ikkinchi davrida tishlar almashinuvidan so'ng 

suyak tanasi yanada kattalashadi.

Yonoq  suyagi 



(os  zygomaticum) 

yuz  suyaklari  orasida  eng  qattig'i 

bo'lib,  kallaning  miya  va  yuz  qismi  suyaklari  (peshona,  chakka,  yuqori 

jag')ni bir-biriga qo'shib turadi. Yonoq suyagining joylashgan o'miga qarab 

uchta yuza (yon yuza, chakka yuzasi, ko'z kosasiga qaragan yuza) va ikkita 

o'simtasi  (peshona,  chakka)  tafovut  qilinadi.

Yon  yuzasi 

(facies  lateralis) 

noto'g'ri  to'rtburchak  shaklida  bo'lib, 

lateral tomonga va oldinga qarab biroz qavargan.  Unda yonoq-yuz teshigi 

(foram en  zy gom aticofaciale) 

bor.


Chakka  yuzasi 

(facies  temporalis) 

silliq,  chakka  osti  chuqurchasining 

oldingi  devorini  hosil  qiladi.  Unda  yonoq-chakka  teshigi 

(foramen 

zy g om a ticotem p orale) 

bor.


Ko'z kosasiga qaragan yuzasi 

(facies  orbitalis) 

ko'z kosasining lateral- 

pastki devorini va ko'z kosasi  osti  qirrasining lateral qismini hosil qilishda 

qatnashadi.  Bu  yuzada  joylashgan  yonoq-ko'z  kosasi  teshigi 



(foramen 

zygomaticoorbitale) 

suyak  ichida  ikkiga  bolinib,  lateral  yuzasiga  yonoq- 

yuz teshigi bilan, chakka yuzasiga esa yonoq-chakka teshigi bilan ochiladi.

Peshona  o'simtasi 



(processus  frontalis) 

yuqoriga  yo'nalib,  peshona 

suyagining yonoq o'simtasi va ponasimon suyakning katta qanoti bilan birikadi.

Chakka o'simtasi 



(processus temporalis) 

orqaga yo'nalib, chakka suyagi 

yonoq  o'simtasi  bilan  qo'shilib  yonoq  ravog'ini 

(arcus  zygomaticus) 

hosil  qiladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq yonoq suyagi suyak tuzilishiga ega bo'lib, suyakka 

xos bolgan yuza va o'simtalari bor. Uning peshona o'simtasi yonoq o'simtasidan 

ikki barobar keng.  Bola hayoti davrida yonoq suyagi o'sa borib, bolalikning 

ikkinchi davrida kattalamikiga o'xshaydi.

Ko'z  yoshi  suyagi 

(os  lacrimale) 

bir juft,  to'rtburchak  shakldagi juda 

yupqa va nozik plastinka bo'lib, ko'z kosasi medial devorining oldingi qismini


hosil qilishda qatnashadi. Old va past tomondan yuqori jag'ning peshona o'simtasi 

bilan,  orqa tomondan g'alvirsimon  suyakning ko'z  kosasi plastinkasi  bilan, 

yuqoridan  peshona  suyagini  ko'z  kosasi  qismini  ichki  chekkasi  bilan 

chegaralanadi. Lateral yuzada joylashgan orqa ko'z yoshi qirrasi 



(crista lacrimalis 

posterior) 

pastga  tomon  ko'z  yoshi  ilmog'i 



(hamulus  lacrimalis) 

bo'lib 


tugaydi.  Ko'z  yoshi  qirrasining  oldida  joylashgan  ko'z  yoshi  egati 

(sulcus 

lacrimalis) 

yuqori  jag'ning  shunday  egati  bilan  qo'shilib  ko'z  yoshi 

xaltachasining  chuqurchasini 

(fossa  sacci  lacrimalis) 

hosil  qiladi.

Ko'z yoshi suyagi yangi tug'ilgan chaqaloqda suyaklanib ulguigan, uning 

relyefi katta odamnikiga o'xshash bo'ladi.  Bola hayoti davomida bu suyak bosh 

suyaklarining o'sishiga mos ravishda kattalashib boradi.

Burun  suyagi 



(os  nasale) 

bir  juft  bo'lib,  to'rtburchakli  plastinka 

shaklida,  u  yassi  suyaklar  guruhiga  kiradi.  Ular  ikki  tomondan  medial 

qirralari vositasida o'zaro birikib burun orqasini hosil qiladi. Yuqori qirrasi 

peshona suyagining burun qismiga,  lateral  chekkasi yuqori jag'  suyagining 

peshona o'simtasiga birikadi. Pastki qirrasi erkin bo'lib, burun teshigini yuqori 

tomondan chegaralaydi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin