0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


(pronatio)  yoki tashqariga  (supinatio)



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63

(pronatio) 

yoki tashqariga 



(supinatio) 

buraladi.

2.  G'altaksimon  bo'g'im 

(ginglymus) 

bunda  bo'g'im  hosil  qiluvchi 

suyaklardan birining uchi g'altak shaklida,  ikkinchisining uchi  esa shunga 

mos  (barmoq  falangalari  o'rtasidagi  bo'g'im)  bo'ladi.  Bunday  bo'g'imda 

frontal sathda joylashgan ko'ndalang o'q atrofida bukish 

(flexio) 

va yozish 



(extensio) 

harakati  bajariladi.

3. Vintsimon bo'g'im 

(articulatio cochlearis) 

g'altaksimon bo'g'imning 

bir turi bo'lib,  g'altakning o'ymasi burama  shaklda bo'ladi.  Bir suyakning 

bo'g'im yuzasida suyak qirra bo'lsa, ikkinchi suyakning bo'g'im chuqurchasida 

yo'naltiruvchi egat (yelka-tirsak bo'g'imi) bo'ladi. Bu bo'g'imda ham harakat 

g'altaksimon bo'g'imga  o'xshab  ko'ndalang  o'q atrofida  bukish va yozish 

bo'ladi.

Ikki o'qli bo'g'imlar suyak uchlarining shakliga qarab uch turga bo'linadi:

1. Ellipssimon  bo'g'imda 

(articulatio  ellipsoidea) 

suyaklardan  birining 

uchi ellips shaklidagi bo'g'im boshchasini hosil qilsa,  ikkinchisi shunga mos 

chuqurcha hosil qiladi. Bunday bo'g'imda harakat ikki: frontal va sagittal o'q 

atrofida bo'ladi.  Frontal  o‘q  atrofida bukish va yozish,  sagittal  o'q  atrofida 

yaqinlashtirish va uzoqlashtirish (bilak-kaft usti bo‘g‘imi) harakatlari bajariladi.

2.  Egarsimon  bo'g'imda 

(articulatio  sellaris) 

suyaklaming  uchlari 

bir-biriga mingashib turuvchi egar shaklida bo'ladi. Bunday bo'g'im birinchi 

kaft suyagi va trapetsiyasimon suyak o'rtasida uchraydi.Bu bo'g'imda harakat 

xuddi ellipssimon bo'g'imdagidek ikki o'q atrofida kechadi.

3.  Do'ngli  bo'g'imda 



(articulatio  condullaris) 

bir  suyakning  bo'g'im 

yuzasi do'ng, ikkinchisida esa shunga mos o'yiq (tizza bo'g'imi) bo'ladi. Bu

r


bo'g'imda harakat frontal o'q atrofida bukish va yozish bo  isa. bo'ylama o'q 

atrofida burish bo'ladi.

Ko'p o'qli bo'g'imlar unda ishtirok etadigan suvaklarring uchlari shakliga 

va bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab uch turga bo'linadi:

1.  Shaisimon bo'g'imda (articulatio spheroidea) suyaklardan bittasining 

uchi  shaisimon,  ikkinchisining  uchi  esa  shunga  mos  c h v o i^ h ^ a n   iborat. 

Bo'g'im chuqurchasi,  odatda,  kichikroq,  s ta u r;: 

v’" ^ y  

harakat erkinroq va uch o‘q  atrofida:  frontal o‘c  r.tro'id'7 

va  yo7ish; 

sagittal o'q atrafida tanaga yaqinlashtirishv? v z c ’ '  '  '  ' 

‘ ■


  V  'fids. 

burish sodir bo'ladi. Bu asosiy harakatlardan tashqari 

'  bo'g'imlarda 

aylanma  harakatlar  (circumductio)  ham  baj?rlsd:  (■  ;11'  ^:-Vimi).

2.  Kosasimon  bo'g'imda  (articulatio  coiylica) 

''

 u ^ i c ^ s i  

chuqur  bo'lib,  bo'g'im  boshchasining  yarmfoi  o':  Л  o :  v-  Г\=. 

к-/га 


kosasimon bo'g'im harakati biroz (chanoq-son bo‘g‘irrr)  chegarMargan.

3.  Yassi  bo'g'imning  (articulatio  plana)  tc 's 'in r 

v?,ssi.  bixoz 

bukilgan bo'lib katta shar yuzasining bir qism.k; 

т 'lardn barakat 

uch  o 'q  atrofida  bo'lsa-da,  bo'g'im   yuzalari  kichik  bo'igani  uchun 

chegaralangan bo'ladi (umurtqalaming b -g‘;m r ;-~; 

f

Birlashmalarniog  taraqqiyoti  va  yoshga  q rr; ::  ?‘7gari?b5



Homila taraqqiyotining boshlang'ich davrida hamma suyaklar o'zaro 

uzluksiz birlashmalaiga o'xshab birikadi. Keyinchalik ular o'zgarib bo'g'imlar 

hosil  bo'ladi.  Suyaklaming  tog'ay  qatlamlari  bir-biri  bilan  mezenxima 

vositasida birikadi. Suyak birlashmalaridagi keyingi o'zgarishlarbirlashmaning 

turiga  qarab  har  xil  bo'ladi.  Agar  uzluksiz  birlashmalar  hosil  bo'lsa, 

mezenxima  qatlami  yupqalashib,  fibroz  yoki  tog'ay  to'qimaga  aylanadi. 

Agar bo'g'imlar yuzaga kelsa, homila olti haftaligida mezenxima qatlamida 

yori paydo bo'ladi.  Birlamchi bo'g'im xaltasining chuqur qavati sinovial 

membranani  hosil  qiladi.  Tizza,  to'sh-o'm rov  va  chakka-pastki  jag' 

bo'g'imlarida ikkita bo'g'im yorig'i bo'lib, ular o'rtasidagi mezenxima qatlami 

bo'g'im diskiga aylanadi. Bo'g'im ichi tog'ayining o'rta qismi so'rilib ketib, 

chekka qismlari suyaklarining bo'g'im yuzasi qirrasiga birikib, bo'g'imining 

tog'ay labini hosil qiladi.

Yarim  bo'g'im lar  (simfiz)  hosil  bo'lganida  suyaklar  o'rtasidagi 

mezenximadan juda qalin tog'ay qatlami uning o'rta qavati o'mida esa kichkina 

yorig' hosil bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq bo'g'imining hamma taridbiy qismlari anatomik 

nuqtayi nazardan shakllangan bo'lsa-da, ulaming to'qima tuzilishida katta 

farq bor. Suyaklaming bo'g'im uchlari tog'aydan iborat. Ularda suyaklanish 

nuqtasi 1—2 yoshligidan boshlanib, to o'smirlik davrigacha davom etadi. Bola 

hayotining birinchi oylarida bo'g'im tog'ayi tolali tuzilishiga ega bo'lsa, uning 

o'zgarishi birinchi uch yilida tez, so'ngra sekinlashib, 9—14 yoshlarda to'xtaydi, 

bu yoshda u gialin tog'ayga aylanadi.


Yangi tug'ilgan chaqaloqning bo'g'im xaltasi tarang bo'lib,  ko'pchilik 

boylamlari yaxshi takomillashmagan. Sinovial qavatda bola tug'ilganidan keyin 

burma va vorsinkalar soni ko'payadi hamda o'lchamlari kattalashadi, ulaiga 

qon  tomir  va  nerv  tolalari  o'sib  kiradi.  6—10  yoshga  borib,  vorsinkalar 

tuzilishi  murakkablashib,  ular  shoxlanadi.  2—3  yoshlarda  bola  harakati 

faollashishi bilan bo'g'imning o'sishi ham tezlashadi. 3-8 yoshli bolalarning 

barcha bo'g'imlarida harakat doirasi kengayadi, bo'g'im xaltasi va boylamlarida 

kollagen  tolalar  soni  ortib,  ular  qalinlashadi.  Bo'g'im  yuzalari,  bo'g'im 

xaltasi va boylamlar hosil bo'lishi,  asosan balog'at yoshida tugaydi,  ammo 

bo'g'imlar o'zining mukammal tuzilishiga 23-25 yoshlarda yetadi.



K alla  suyaklarining  birlashuvi

Kalla suyaklari o'zaro uzluksiz birlashmalaming bir turi bo'lgan choklar 

vositasida birlashadi.  Ulardan  faqat pastki jag'  suyagi  chakka suyagi bilan 

bo'g'im hosil qilib qo'shiladi.

Kalla  qopqog'i  suyaklari  o'zaro  tishli  choklar 

(sutura  serrata) 

hosil 


qilib birlashadi.  Chakka suyagining palla qismi tepa suyagi bilan tangasimon 

chok 


(sutura squomosa) 

hosil qilsa,  yuz suyaklari o'zaro silliq chok 



(sutura 

plana) 

yordamida qo'shiladi. Kalla asosida esa sinxondrozlar ham uchraydi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  kalla  qopqog'i  suyaklari  choklar  hosil 

qilmaydi.  Ular  o'mida,  suyak  chekkalari  o'rtasida  qon  tomirlarga boy va 

suyak  hosil  qiluvchi  hujayralari  bo'lgan  6  mm  kenglikdagi  biriktiruvchi 

to'qimali qatlam yotadi. Undan keyinchalik choklar paydo bo'ladi.  Emizikli 

davrda suyaklaming chekkalari shakllana boshlaydi. Bo'lg'usi choklar o'midagi 

biriktiruvchi to'qimali qatlam torayib, suyak chekkalari bir-biriga yaqinlashadi. 

Erta  bolalik  davrida  choklar  kattalamikiga  o'xshash  ko'rinishda  bo'ladi. 

Keyinchalik  choklar tishlanning  soni,  eni va bo'yi  o'sib,  balog'at  davrida 

choklaming tuzilishi tugallanadi. Bolalarning kalla qopqog'i suyaklari o'rtasida 

beshta  chok  bor:  1.  Bo'ylama  chok 



(sutura  sagittalis) 

peshona  chokidan 

boshlanib, ensa suyagi pallasigacha boradi. 2. Tojsimon chok 

(sutura coronalis) 

peshona va tepa suyaklari o'rtasida, bo'ylama chok bilan kesishib o'tadi.  3. 

Lambdasimon  chok 

(sutura  lambdoidea) 

tepa  suyaklari  va  ensa  suyagi 

pallasi o'rtasida. 4 va 5. Tangasimon choklar 

(sutura squamosa) 

tepa suyagi 

va chakka suyagi pallasi o'rtasida.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning kalla asosi suyaklari o'rtasi tog'ay to'qima 

bilan to'la. Ponasimon suyak tanasi va katta qanoti, ensa suyagi serbar, yon va 

asosiy qismlari o'rtasida vaqtinchalik sinxondrozlar bor.

Chakka-pastki  jag'  bo'g'imi 

(articulatio  temporomandibularis) 

juft, 


hamkor  bo'g'im.U tuzilishi jihatidan ellipssimon bo'g'im turkumiga kiradi 

va pastki jag'  suyagi boshchasi bilan chakka suyagi pastki jag'  chuqurchasi 

o'rtasida  hosil  bo'ladi.  Suyaklaming  bo'g'im  yuzalari  fibroz  tolali  tog'ay 

bilan  qoplangan.  Bo'g'im  diskining 



(discus  articularis) 

chekkasi  bo'g'im 

xaltasiga birikib ketganligi uchun, bo'g'im bo'shlig'ini ikki qavatga ajratadi.


Diskning  ikki  cheti  baland,  o'rtasi  chuqur  bo'lib,  suyaklaming  bo'g'im 

yuzalarini bir-biriga moslab turadi. Bo'g'im xaltasi chakka suyagiga old tomondan 

bo'g'im do'mbog'i, orqa tomondan esa tosh-nog'ora tirqishi sohasida yopishadi. 

Pastki jag' suyagi bo'g'im o'simtasini old tomondan boshchasining chekkasi 

bo'ylab biriksa, orqa tomondan boshchaning orqa chekkasidan 0,5 sm pastroqda 

birikadi.  Bo'g'im xaltasining old tomoni  orqasiga nisbatan yupqaroq.  Uni 

tashqi  tomondan  yonoq  o'simtasi  asosidan  boshlanib,  bo'g'im  o'simtasi 

bo'ynini orqa lateral yuzasiga birikadigan yelpig'ich shaklidagi lateral boylam 



(fig. laterale) 

mustahkamlaydi. Bundan tashqari, bo'g'imni mustahkamlashda 

ponasimon suyak qanotsimon o'simtasidan boshlanib pastki jag' tilchasiga 

birikadigan ingichka fibroz tizimcha shaklidagi ponasimon-pastki jag' boylami 



(lig.  sphenomandibulare) 

va  bigizsimon  o'simtadan  boshlanib,  pastki 

jag' shoxining orqa chekkasini ichki yuzasiga birikadigan bigizsimon-pastki 

jag'  boylami 



(lig.  stylomandibulare) 

ham  ishtirok etadi.  Bo'g'im  harakati 

uch o'q atrofida bo'ladi:  1. Og'izning ochib-yopilishiga mos ravishda pastki 

jag' pastga tushadi va ko'tariladi. 2. Pastki jag'ning oldinga va orqaga surilishi. 3. 

Pastki jag'ning o'ng va chap tomonga harakati.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  chakka-pastki  jag'  bo'g'imida  bo'g'im 

do'mbog'i yaxshi bilinmaydi, bo'g'im chuqurchasi yuza va yassi.

Tana  suyaklarining  birlashuvi 

Umurtqalaming  birlashuvi

Umurtqalar o'zaro tanasi, bo'g'im 

o'simtalari va yoyi bilan birlashadi (38- 

rasm).  Umurtqalaming tanasi  o'zaro 

u m u rtq ala ra ro  

disk 


(d isc u s 

intervertebralis) 

yordamida qo'shiladi.

Umurtqa pog'onasida jami 23 ta tog'ay 

disk  b o 'lib ,  u lar  I I —III  bo'yin 

umurtqalari  o'rtasidan  boshlanib,  to 

Vbelval dumg'aza umurtqa oralig'igacha 

davom etadi.  Umurtqalararo disk ikki 

qismdan:  tashqi—tolali  tog'aydan 

tuzilgan fibroz halqa 

(annulus fibrosus) 

va  markazda  joylashgan  liqildoq 

o'zakdan 

(nucleus  pulposus) 

iborat.


Liqildoq o'zak xuddi bosilgan prujina 

singari bosim ostida turib amortizator 

vazifasini  bajaradi.  Umurtqalararo 

diskning  kengligi  umurtqa  tanasidan 

k a tta   b o 'lg a n i  u ch u n   u larning 

chekkasidan  chiqib  turadi.  Uning 

qalinligi  bo'yin  qismida  5—6  mm,

38-rasm .  U m urtqalam ing  birlashuvi 

1-discus intervertebralis; 2 -nucleus pul­

posus;  3-lig.  longitudinale  posterius; 

4-lig.  longitudinale  anterius;  5-for.  in- 

tcrvertebrale,  6-ug.flavaim,  7-lig.inter- 

spinale;  8—lig.supraspinale.


ko'krak qismida  3-4  mm,  bel  qismida  10—12  mm.  Umurtqalar tanasining 

birlashuvi oldingi va orqa bo'ylama boylamlar bilan mustahkamlanadi. Oldingi 

bo'ylama boylam 

(lig. longitudinale anterius) 

ensa suyagining halqum bo'rtig'i 

va atlantning oldingi bo'rtig'idan boshlanib, dumg'aza suyagining 2-3 ko'ndalang 

chiziqlarigacha tortilgan bo'lib, umurtqalararo diskka yopishgan.

Orqadagi bo'ylama boylam 

(lig. longitudinale posterius) 

II bo'yin umurtqasi 

tanasining  orqa  yuzasidan  dumg'aza  kanaligacha  davom  etadi va  dumg'aza 

umurtqalarining orqa yuzasida tugaydi. Bu boylam umurtqalar tanasi bilan bo'sh 

birikkan, u umurtqalararo disk sohasida kengayib tog'ayga yopishib ketadi.

Umurtqalaming yoyi o'zaro sariq boylam 



(lig. flava) 

vositasida birikadi. 

U umurtqalar yoyi oralig'ini to'ldirib turadi va elastik bo'lgani uchun umurtqa 

pog'onasining to'g'rilanishini ta’minlaydi.

Bir umurtqaning  pastki  bo'g'im  o'simtasi  ikkinchi  umurtqaning  ustki 

b o 'g 'im   o 'sim tasi  bilan  um urtqalararo  b o 'g 'im  



( a r tic u ls tio n e s  

intervertebrales) 

hosil qiladi.  Bo'g'im yuzalari gialin tog'ay bilan qoplangan. 

U yassi, ko'p o'qli, kam harakat bo'g'imlar turkumiga kiradi. Uning bo'gim 

xaltasi bo'g'im tog'ayi chekkasi bo'ylab birikadi.  Umurtqalaming birlashuvini 

mustahkamlashda quyidagi boylamlar ishtirok etadi. Umurtqalaming qirrali 

o'simtalari  oralig'ida  qirrali  o'simtalararo  boylam 



(ligg.  interspinalia) 

tortilgan bo'lib, u o'simta uchiga boigach, o'zaro qo'shilib ketadi va qirrali 

o'simta  usti  boylamini 

(lig.  supraspinale) 

yuzaga  keltiradi.  Bu  boylam 

umurtqa pog'onasi bo'ylab  cho'zilgan fibroz tizimcha shaklida, bo'yin qismida 

yaxshi  bilingan  ensa  boylamini 



(lig.  nuchae, 

39-rasm)  hosil  qiladi.  U 

yuqoridan  tashqi  ensa  bo'rtigi  bilan pastdan  VII  bo'yin  umurtqasi  qirrali 

o'simtasi o'rtasida tortilgan sagittal sathda joylashgan uchburchak plastinka 

shaklida.  Umurtqalaming  ko'ndalang  o'simtalari  o'rtasida  ko'ndalang 

o'simtalararo boylamlar 



(ligg. intertransversaria) 

tortilgan bo'ladi. Umurtqa 

pog'onasining bo'yin qismida bu boylam uchramaydi.

Rentgenoanatomiyasi. 

Umurtqalararo  disk  qismlari  va  boylamlar 

rentgen nurlarini oson o'tkazib, rentgenogrammalarda umurtqalar o'rtasida 

yorug'lik  hosil  qiladi.  Bu  yorug'likning  kengligi  umurtqalararo  diskning 

balandligjga bog'liq bo'lib, umurtqa pog'onasining turli qismlarida turiicha. 

Shuning uchim umurtqa pog'onasining rentgen tasviri umurtqalar soyasi va 

umurtqalararo yorug'liklami metamer almashinuvi ko'rinishida bo'ladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  umurtqalarining  bo'g'im  o'simtalari  tanasi, 

ko'ndalang  va  qirrali  o'simtalariga  nisbatan  yaxshi  rivojlangan.  Ularda 

umurtqalararo  disk  qalin bo'lib,  umurtqa  pog'onasi  uzunligining  45-48% 

(kattalarda 30%)ini tashkil etadi. Uning yuqori va pastki yuzalarini qoplovchi 

tog'ay  qatlami  kattalarga  nisbatan  qalin.  Fibroz  halqa  yaxshi  rivojlangan, 

liqildoq  o'zakdan  aniq  ajrab  turadi.  Bolalarda  umurtqalararo  disklar  qon 

tomirlaiga boy, umurtqa pog'onasining boylamlari kam rivojlangan. Umurtqa 

pog'onasi birlashmalarining takomillashuvida 20 yoshgacha umurtqalararo 

disklar balandligi sekin-asta kamayib, fibroz halqa qalinlashadi.  Boylamlar 

12 yoshgacha rivpjlanib, kollagen tolalari ko'payadi.


Dumg‘aza-dum bo‘g‘imi 

(articulatio sacrococcygea). 

Dumg'aza suyagi 

cho‘qqisi  1  dum  umurtqasi bilan  fibroz tog'ayli  disk vositasida  birlashadi. 

Uning  o‘rtasida  kichkina  yoriq  bor,  u  50  yoshlarda  bekilib  ketadi.  Bu 

bo'g'imning oldingi yuzasida oldingi bo'ylama boylamning davomi bo'lgan 

ventral dumg'aza-dum boylami 



(lig. sacrococcygeum ventrale) 

joylashgan. 

Lateral  dumg'aza-dum  boylami 

(lig.  sacrococcygeum  laterale) 

lateral 


dumg'aza  qirrasining  pastki  chekkasidan boshlanib  I  dum  umurtqasining 

ko'ndalang  o'simtasiga birikadi.  Yuza dorsal dumg'aza-dum boylami 



(lig. 

sacrococcygeum   dorsale  superficiale) 

dumg'aza  kanalining  yorig'i 

chekkasidan boshlanib, dum suyagini orqa yuzasida tugaydi. Bu boylam dumg'aza 

tirqishini  to'liq  yopadi.  Chuqur  dorsal  dumg'aza-dum  boylamlari 



(lig. 

sa c r o c o c c y g e u m   d o rsa le  profundum ) 

V  dum g'aza  va 



dum 


umurtqalarining orqasida joylashgan. Dumg'aza shoxi bilan dum shoxi o'zaro 

biriktiruvchi  to'qima 



(sindesmoz) 

vositasida  birikkan.



Umurtqa  pog'onasining  kalla  suyagi  bilan  birlashuvi

Umurtqa pog'onasining kalla suyagi bilan birlashuvida uchta suyak ensa, I 

va  II  bo'yin  umurtqalari  ishtirok etadi.  Bu suyaklar o'rtasida mustahkam, 

serharakat va murakkab tuzilishga ega, ikkita juft 

va bitta toq bo'g'im hosil bo'ladi.

Atlant-ensa bo'g'imi 



(articulatio  atlanto- 

o c c ip ita lis) 

ham kor  bo'g'im   (39-rasm).

Tuzilishi  jihatidan  u  do'ngli  b o'g'im lar 

turkumiga  kirib,  ensa  suyagi bo'g'im bo'rtig'i 

bilan  atlantning  ustki  bo'g'im  chuqurchasi 

o'rtasida  hosil  bo'ladi.  Bo'g'imlar  alohida 

bo'g'im   xaltasi  bilan  o'ralgan.  Ular  tashqi 

tomondan  oldingi va orqa atlant-ensa pardasi 

bilan mustahkamlanadi.

Oldingi  atlant-ensa  pardasi 



(membrana 

a tla n ta -o c cip ita lis  anterior) 

ensa suyagi 

asosi bilan atlantning oldingi ravog'ining ustki 

qirrasi o'rtasida tortilgan. Orqa atlant-ensa pardasi 



(membrana  atlan to-occip italis  posterior) 

oldingisiga nisbatan yupqa va keng bo'lib, katta 

teshikning  orqa  qismidan  atlantning  orqa 

ravog'ining  ustki  qirrasigacha  tortilib  boradi.

Bo'g'imda harakat ikki o'q atrofida: frontal o'q 

atrofida boshni oldinga bukish va orqaga yozish, 

sagittal  o'q  atrofida  boshni  o'rta  chiziqdan 

uzoqlashtirish va yaqinlashtirish.



39-rasm .  B o'yin  umurtqa­

sining  k alla  suyagi  bilan 

birlasbuvi.  1-os  o ccip itale; 

2-lig. nuchae; 3-lig.longjtudinale 

anterior.


I va II bo‘yin umurtqalari o'rtasida uchta 

bo‘g‘im: toq o'rta atlant-aksis va juft lateral ailant- 

aksis bo'g'imlari hosil bo'ladi  (40-rasm).

O'rta  atlant-aksis  bo'g'imi 



(articulatio 

a tla n to a x ia lis  

m e d ia n a ) 

I I  

b o 'y in  

umurtqasi tishining oldingi bo'g'im yuzasi bilan 

atlantning oldingi ravog'idagi tish chuqurchasi 

o'rtasida hosil bo'ladi.  Tishning orqa bo'g'im 

yuzasi esa atlantning ko'ndalang boylamining 

oldingi  yuzasidagi  bo'g'im  chuqurchasi  bilan 

bo'g'im hosil qiladi.  Bu boylam tishning orqa 

yuzasini  aylanib  o 'tib ,  atlan tn in g  yon 

massalarining ichki yuzasi o'rtasida tortilgan. 

Shunday  qilib,  tishli  um urtqaning  tishi 

oldindan  atlantning  oldingi  ravog'i,  orqadan 

atlantning ko'ndalang boylamidan hosil bo'lgan suyak-fibroz halqa ichida 

joylashgan ikkita alohida bo'g'imda ishtirok etadi. Bu ikki bo'g'im bo'shlig'i va 

xaltasi alohida bo'lib,  tuzilishi jihatidan silindrsimon bo'g'imlar turkumiga 

kiradi,  harakati  esa vertikal  o'q  atrofida  kechadi.  Atlantning  tish  atrofida 

aylanishi kalla bilan biigalikda bo'ladi.

Lateral  atlant-aksis  bo'g'imi 



(articulatio  atlantoaxialis  lateralis)

—  hamkor  bo'g'im  bo'lib,  uni  hosil  qilishda  atlantning  pastki  bo'g'im 

yuzasi va tishli umurtqaning ustki bo’g'im yuzasi ishtirok etadi.  Bo'g'imlar 

alohida xalta bilan o'ralgan.

O'rta va tashqi atlant-aksis bo'g'imlari bir nechta boylamlar bilan mus- 

tahkamlanadi:  1.  Katta teshik oldingi qismining orqa yuzasidan tish uchiga 

tortilgan  tish uchi  boylami 

(lig.  apicis  dentis); 

2.  Tishning yon yuzasidan 

boshlanib ensa suyagi bo'rtig'i ichki yuzasiga birikuvehi qanotsimon boylam 

(lig,  alaria); 

3.Atlantning  xochsimon  boylami 



(lig.  cricifonne  atlantis) 

uning ko'ndalang boylami 



(lig.  transversum atlantis) 

hamda undan pastga 

va yuqoriga qarab yo'nalgan boylama fibroz tolalardan 

(faciculi  longitudinales) 

iborat.  Bu  bo'g'imlar va  ulaming boylamlari  crqa  tomondan  ensa  suyagi 

nishabidan  boshlanib  tishli  umurtqaning  tanasi  sohasiga  birikuvehi  fibroz 

qoplovchi parda 



(membrana tectoria) 

bilan qoplangan.



Umurtqa  pog'onasi

Umurtqa  pog'onasi 



(columna  vertebralis) 

barcha  umurtqa;arr,mg 

umurtqalararo  disklar,  bo'g'imlar  va  boylamlar  vositasida  ustma-ust 

birlashishidan hosil bo'ladi. Umurtqa pog'onasi o'q skeletni hosil qilib ko'krak, 

qorin bo'shlig'ini va chanoqning orqa devorini hosil qilib, 

пЛ-ап* himoya 

qilish vazifasini bajaradi. Vertikal holatda umurtqa pog'onasi bosh,  ko'krak 

qafasi va qorin bo‘shlig:i a’zolari uchun tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa 

pog'onasiga tushayotgan og'irlik kuchi yuqoridan pastga qarab ortib boigani

4 0 -ra sm .  I  та  II  bo'yin 

umurtqalari  birlashnvining 

ust  tonion  dan  k o‘rinishi.

i-lig.transversum ;  2-cavum  

articulare;  3-dentes axis; 4-tu- 

berculum anterius; 5-fovea ar­

ticularis superior; 6-for. trans- 

versarium;  7-tuberculum pos­

terius.


uchun,  uni  hosil  qiluvchi  umurtqalaming  o'lchami  ham  pastga  tomon 

kattalashib boradi.

Katta yoshdagi odam umurtqa pog'onasining uzunligi erkaklarda 60-75 

sm, ayollarda 60—65 sm bo'ladi.  Eng keng o‘lchami (11— 12 sm) dumg'aza 

suyagi asosida. Katta yoshdagi odamning umurtqa pog'onasi to'g'ri bo'lmay, 

fiziologik egriliklar hosil qiladi. Unda ikki xil egrilik: oldinga qarab yo'nalgan 

egrilik lordoz va orqaga qarab yo'nalgan egrilik kifoz bo'ladi. Mo'tadil holatda 

bo'yin hamda bel lordozi, ko'krak va dumg'aza kifozi tafovut qilinadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning umurtqa pog'onasi to'g'ri bo'lib, o'rtacha 

uzunligi  22,1  sm yoki  tana uzunligining 40%ini tashkil qiladi.  Emizikli va 

erta bolalik davrida uning o'sishi tezlashib, ikki yoshda o'rtacha uzunligi 47,1 

sm ga yetadi. Keyingi davrlarda umurtqa pog'onasining o'sishi bir tekis davom 

etib, o'smirlik davri oxirida 59,7 sm ga yetadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning umurtqa pog'onasining egriliklari yaxshi 

bilinmaydi. Uning bo'yin qismi uzun, ko'krak va bel qismi qisqa bo'ladi. Bola 

hayotining  3-oyida bo'yin  orqa  sohasi  mushaklari  ta’sirida bo'yin  lordozi 

paydo bo'ladi.  Bola  o'tira boshlagach  (6-oy),  ko'krak kifozi  hosil bo'ladi. 

Birinchi yilning oxirida orqa  mushaklari  ta’sirida bel lordozi hosil bo'ladi. 

Bolalikning  birinchi  davrida  umurtqa  pog'onasining  bo'yin  qismi  nisbati 

kamayib, ko'krak va bel qismlari uzayadi. Umurtqa kanali kengayib, umurtqa 

pog'onasi egriliklari kuchayadi. Bolalikning birinchi davri oxirida umurtqa 

pog'onasi  qismlari  o'rtasida  kattalamikiga  o'xshash  nisbat  hosil  bo'ladi. 

Dumg'aza kifozi paydo bo'ladi. Keyingi davrlarda umurtqa pog'onasi qismlari 

bir xil  o'sib,  bel  lordozi  hosil  bo'lishi  davom  etadi.

Yosh ulg'aygan sari suyaklaming va umurtqalararo disklaming kichrayishi 

hisobiga umurtqa pog'onasining uzunligi 5 sm gacha kamayadi.

Umurtqa pog'onasining harakati har taraflama bo'lib, bu harakat ayrim 

umurtqalar o'rtasidagi harakatlaming yig'indisidan iborat. Umurtqa pog'onasini 

frontal o‘q atrofida oldinga bukish va orqaga yozish mumkin. Sagittal o'q atrofida 

o'ng  va  chap  tomonga  uzoqlashishi  va  yaqinlashishi,  asosan,  bel  qismida 

bo'ladi. Bo'ylama o'q atrofida burama va avlanma harakatlar qilish mumkin.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin