0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
13873

0 ‘Z B E K IS T 0N   RESPUBLIKASI  OLIY  УА  0 ‘RTA  M AXSUS 

TA’LIM   VAZIRLIGI

0 ‘Z B E K IS T 0N   RESPUBLIKASI  SO G ‘LIQNI  SAQLASH 

VAZIRLIGI

A.G‘.  AHMEDOV

ODAM 

ANATOMIYASI

P e d ia triy a   fa k u lte tla ri ta la b a la ri  u c h u n

0 ‘z b e k isto n   R esp u b lik asi  oliy va o ‘r ta  m a x su s t a ’lim  

vazirligi  to m o n id a n  tib b iy o t  in s titu tla rin in g   b a k a la v ria t 

y o ‘n a lish id a g i  ta la b a la ri  u c h u n   d a rslik  

sifatida nashrga tavsiya etilgan



(to ‘g ‘rilangan  va  qayta  ishlangan  IInashr)

TOSHKENT

«IQ TISO D-M O LIYA»

2007

Taqrizchilar

tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Yu.N.  Nishonov 

tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Sh.M.  Ahmedov 

tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  0 ‘.M.  Mirsharopov

Mazkur  kitob  0 ‘zbekiston  Oliy  va  o‘rta  ta’lim  vazirligi  hamda  0 ‘zbekiston 

Sog'liqni  saqlash  vazirligi  to'monidan  tibbiyot  institutlarining  bakalavriat  yo‘na- 

lishidagi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Undan shu soha mutaxas- 

sislari ham foydalanishlari mumkin.  Kitobda bola tug‘ilishidan borshlab,  to yetuk 

shakllanguncha bo'lgan o‘ziga xos anatomik o'zgarishlar batafsil yoritilgan.

A G 1. Ahmedov

A98 

Odam  anatomiyasi: 

Tibbiyot  in stitu tlarin in g   bakalavriat

y o ‘nalishidagi  talab a la ri  u c h u n   darslik  /   A .G ‘.  A hm edov; 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta ’lim   vazirligi, 

0 ‘zb e k isto n   R espublikasi  sog‘liqni  saq lash   vazirligi.  - Т . :  

“ IQ T ISO D -M O LrY A ” ,  2007. 444 b.



BBK  28.706я73 

№537-2007

ISBN  978-9943-13-030-2

© «IQTISOD-MOLIYA», 2007 

© A.G‘. Ahmedov, 2007

KIRISH

O dam   anatom iyasi  odam   organizm ining  shakli  va  tuzilishini  uning 

rivojlanish jarayoni,  ayni vaqtda har bir a’zoning jinsiy jih atd an  va yoshga 

qarab bo'lgan tafovutlari, shuningdek,  m uhit sharoitlarining a ’zolar tuzilishi 

hamda vazifalariga ta ’sirini o'rganadi.

Q adim da anatom iya fani a ’zolam i alohida-alohida o'rganib,  ulam ing 

o ‘zaro m unosabatini,  organizmning bir butunligini hisobga olm agan, faqat 

dalillar  to ‘plash  bilan  chegaralangan.  H ozir  bu   fan  a ’zolam ing  o 'zaro  

munosabatini, ulam ing bir sistemaga birlashishi qonuniyatlarini o ‘rganishda 

org an izm n in g   yagona  sistem a  ekanligini,  uning  tash q i  m u h it  b ilan  

cham barchas  bog'liqligini,  a’zolam ing  shakli  bilan  funksiyasi  bir-biriga 

bevosita aloqador ekanligini nazarda tutadi.

A natom iya  grekcha  so‘z  b o ‘lib 

(anatome) 

kesam an  degan  m a ’no ni 

anglatadi.  O dam   organizm ining  tuzilishida  yoshga  xos jinsiy  va  shaxsiy 

xususiyatlar ajratiladi.  Bolalik va o'smirlik davrida oiganizm to ‘liq yetilmagan, 

to ‘qim a elem entlari to ‘la-to ‘kis takomillashmagan b o ‘ladi.

A natom iya  odam   organizm ini  bir  b u tu n   holda  o ‘rganadi,  chunki 

organizm   ko ‘pgina  a ’zolardan  iborat  b o ‘lib,  ular  nerv  va  q on   tom irlar 

tizim i bilan bog'langan.

Tibbiyotda anatomiya fanini bffish nihoyatda zarur. Professor Ye.O.Muxin 

(1766—1850)  «anatomiyani  bilmagan  shifokor,  foydasizgina  em as,  balki 

zararlidir»  deb  yozgan.  Anatom iya  fiziologiya  bilan  biigalikda  tibbiy  ilm 

poydevorini tashkil qiladi.

O dam   organizm ining  alohida  a ’zolar  yoki  a ’zolar  tizim i  tuzilishini 

oddiy ko‘z bilan makroskopik anatomiya 



(macros 

— grekcha katta) o‘rganadi.

M ikroskopik  anatom iya 

(micros 

—  grekcha  kichik)  esa  a’zolar-  ning 

nozik tuzilishini, tarkibiy elem entlarini mikroskop yordam ida o'rganadi.

Sistematik anatomiya odam organizmini tizimlaiga bo'Iib (suyak, mushak, 

ovqat  hazm   qilish  a ’zolari  va  boshqalar)  o'rgangani  u ch u n   uni  m o‘tadil 

anatom iya deb ham  ataladi.

Topografik anatomiya esa odam gavdasini sohalar b o ‘yicha,  a’zolam ing 

tuzilishi, shaklidan tashqari ulam ing o ‘zaro m unosabatlaiini, chegarasini va 

tanadan tashqaridagi proyeksiyalarim ham  o'rganadi.

Patologik anatomiya a’zo va to‘qimalaming turli kasalliklarda o'zgarishini 

o'rganadigan fandir.

Yoshga doir anatomiya oiganizmning tug'ilganidan boshlab, to hayotining 

oxirigacha bo'lgan davmi o'rganadi.


ANATOMIYANI  0 ‘RG A N ISH   USU LLA RI

O dam   anatom iyasi,  asosan  m urdada  o'rganiladi,  lekin  bu  b orada 

shifokorlik  (vrachlik)  ixtisosini  egallaydigan  kishi  tirik  odam   bilan  ham  

munosabatda bo'lishini e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim.  Shuning uchun 

odam  oiganizmi va a’zolarining tuzilishi, topografiyasi, asosan m urdada ham da 

turli usullar bilan va mavjud texnikadan foydalangan holda tirik odam larda 

ham  o'rganiladi.  Bu usullar quyidagilar:

1. Kesib preparatlar tayyorlash usuli. Bunda skalpel (pichoqcha) va pinset 

bilan m urda a’zolarini kesish orqali preparatlar tayyorlanadi.

2.  Inyeksiya usuli—ichi kovak a ’zolar va qon tom irlariga turli xil rangli 

m oddalar yuborib  to'ldirib  o'rganish usuli.

3.  Palpatsiya—tirik odamda a’zo va to'qimalami paypaslab ko‘rib o'iganish 

usuli.

4.  Perkussiya—a ’zo va to'qim alam i barm oq yoki bolg'acha bilan urib 



к о ‘rib aniqlash.  Bu ikki usul poliklinika va kasalxonalarda keng qo'llanilib, 

undan a ’zolam ing chegaralarini aniqlashda foydalaniladi.

5.  Auskultatsiya  usuli  —  maxsus  eshitish  asboblari  yordam ida  a’zolar 

(yurak,  o ‘pka)  ning  ishlab  turgandagi  tovushi  eshitib  ko‘riladi.  Bu  usul 

a ’zolarning norm al yoki kasallik holatini aniqlashda yaxshi yordam  beradi.

6.  Antropometriya usuli — bunda gavdaning uzunligi, kengligi va og'irligi 

o‘lchanib, olingan m a’lumotlar oiganizmning ayrim bo‘laklariga taqqoslanib, 

ulam ing oshishi yoki o'zgarganligi kuzatib boriladi.

7.  Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari  — bu nd a rentgen  nuri 

yordamida a ’zo va to ‘qimalaming holati ko'riladi yoki tasvirga olib o'iganiladi.

8.  Korroziya  yoki  yemirish  usuli  —  a ’zolar  tez  qotadigan  m oddalar 

bilan to'ldirilib,  to ‘qimasi kuchli kislota ta ’sirida yem iriladi va a ’zolam ing 

shakli 

0

‘iganiladi.



Anatomiya fanining  qisqacha  tarb d

A natom iya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo‘lini bosib 

o ‘tdi. Am m o qadim da odam  murdasini kesib o'rganish gunoh hisoblangan, 

unga intilganlar esa  hatto o ‘lim jazosiga ham   hukm   etilgan.  Aslida,  odam  

organizm ini o'rganish ilmiy tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan.

A natom iyaning  haqiqiy  rivojlanish  davri  qadim iy  Y un o n isto n d an  



boshlangan.  Kos va Knidos tibbiyot maktablari tashkil etilib,  unda ko'pchilik 

yunon olim lari tahsil olganlar.

Pifagor (eramizdan awalgi 590-yillarda yashagan). U  ham m a naisa urug'dan 

paydo bo'lishini aytgan va tirik m oddalam ing kelib chiqishini o ‘igangan.

Alkmeon  K rotonskiy 

(eramizdan 

500 


yillar  ilgari  yashagan)  o'likni 

yorib Ko’rib  anatomiya haqida kitob yozgan. 

U  


birinchi bo'lib miya aqliy 

faoliyat 



markazi ekanligini tasdiqlagan.

Gippokrat  (Buqrot)  (eram izdan  oldingi  460—377-yillar)  tib biy ot 

ilm ining otasi,  organizm ning asosini to 'rt xil  suyuqlik:  qon,  shilliq,  o ‘t va 

qora o 4  hosil qiladi degan ta ’limotni yaratgan.  Bu suyuqliklar m iqdorining 

o'zgarishi turli kasalliklami keltirib chiqaradi  deydi.  U ning yozib qoldirgan 

72 ta asaridan 2000 yil mobaynida tibbiyotda foydalanilgan.  Shu bilan biiga u 

nervlarni paylardan ajrata olmagan,  arteriyalarda havo oqadi (aer — havo, 



terio  —  oqadi)  degan n o to ‘g‘ri fikrda bo'lgan.

Aristotel  (Arastu)  (eram izdan  oldingi  384—322-yillarda  yashagan) 

y u n o n   x o q o n i  Is k a n d a r  Z u lq a rn a y n n in g   ta rb iy a c h is i  b o ‘lg a n .  U 

G ippokratning qon tom irlar  bosh  miyadan boshlanib tanagatarqaladi degan 

n o to ‘g‘ri  fikrini  rad  etib,  qon tom irlar yurakdan boshlanishini isbotlagan, 

shuningdek, paylami nervlardan, suyakni tog‘aydan ajratgan va aortani birinchi 

m arta aniqlagan. Am mo Aristotel nervlaming ichi bo ‘shliqdan iborat b o ‘lib, 

bosh  miyada hosil b o ‘ladigan ruh  shu nervlar orqali organizm ga tarqaladi, 

degan n oto ‘g‘ri fikrda bo'lgan.



Gerofil  (eram izdan  304  yil  oldin  tug'ilgan).  Ptolom ey  II  ning  saroy 

tabibi b o ‘lgan. Bemorlami nim a sababdan o'lganligini bilish uchun murdalami 

kesib o'rgangan.  Shu  usulda  Gerofil bosh miya va uning pardalarini,  vena 

b o ‘shliqlarini,  bosh  miya  nervlarini  va  ulam i  bosh  m iyadan  chiqishini 

o'rgangan.  0 ‘n ikki barm oq ichakka birinchi bo'lib nom  bergan, shuningdek 

arteriyalam i venalardan ajratgan.  K o‘z  olmasi pardalarini  va  shishasim on 

tanani,  ingichka ichak limfa tom irlarini o'rgangan.  0 ‘zidan oldingi va o ‘zi 

to'plagan m a’lum otlar asosida «Anatomiya haqida» kitobini yozgan.



Erazistrat (eram izdan 350—300 yillar oldin yashagan). Tom irlar tizimi: 

yurak qopqoqlari,  aorta, kovak venalar, yirik arteriya va venalam i o ‘rganib, 

q o n   to m ir   a n a s to m o z la ri  h aq id a g i  ilm ga  asos  so lg an .  E ra z is tra t 

harakatlantiruvchi va  sezuvchi  nervlarni ajratgan,  shuningdek,  m ushaklar 

qisqarishini o'rganib,  harakat nazariyasini yaratgan.

Klavdiy  Galen  (130—201)  anatomiya,  fiziologiya va  boshqa  ko'pgina 

fanlam i m ukam m al o'rgangan olim.  U o 'n  ikki juft bosh miya nervlaridan 7 

tasining tuzilishini,  mushaklardagi biriktiruvchi to 'q im a v a nervlarni, b a’zi 

bir  a’zolar  qon  tom irlarini,  suyak  va  boylam lam i,  bosh  va  o rq a  m iyani 

o'rgangan. G alen hayvonlar yuragmi va qon tomirlarini o'lganib, arteriyalarda 

havo  em as,  balki  q o n   oqishini  birinchi  bo'lib  ko'rsatgan.  G alen  davrida 

m urdani  yorish  m um kin  bo'lm agani  uchun,  u   anatom iyani  hayvonlarda 

o'rgangan.  Shuning uchun uning b a’zi m a’lum otlari xatolardan holi emas.



Abu  Bakr  A r-R oziy  (8 6 5 —9 2 5 -y .)  —  b u y u k   h a k im ,  k lin isist, 

Bag'dodda shifoxona va uning qoshida tibbiyot maktabi tashkil etgan.



Abu All ibn Sino  (980-1037-y.).  O 'rta asrlar (V—X I) d a O 'rta Osiyodan 

h am  bir  qancha  m ashhur  olim lar yetishib  chiqdi.  A na  shulardan b in   har 

taraflam a yetuk olim  Abu Ali ibn Sinodir. Yevropada Avitsenna nom i bilan 

m ash h u r  b o 'lg a n   bu   olim   falsafa,  m atem atika,  astron om iy a,  kim yo, 

adabiyot,  musiqashunoslik va tibbiyot bilimidan xabardor bo'lgan.  U Buxoro 

shahri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan.  Dastlabki bilim ni Buxoroda



olgan  va  17  yoshidayoq  k o ‘p  fanlam i  m ukam m al  egallagan.  A bu  Ali  Ibn 

Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo'lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi 

buyuk  xizm atlari,  kashfiyotlari  uni  butun  dunyoga  m ashhur  qilgan.  Ibn 

Sino  450  d an   ortiq  asar  yozganligi  qayd  etilgan,  lekin  uning  242  tasi 

bizgacha yetib kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oiddir.

Ibn  Sinoning tabobatga oid  eng yirik shoh  asari  «Tib  qonunlari»  1012— 

1023-yillarda yozilgan.  U  o'zining buyuk va o'lmas asarida tibbiyot sohasidagi 

barcha  m a’lum otlam i  to ‘plab  qolmasdan,  o ‘z  kuzatishlari,  tekshirishlari  va 

tushunchalaii  bilan  asami  boyitgan.  Kitob  besh  jildlik  b o ‘lib,  birinchi jildi 

anatomiya va fiziologiyaga bag'islilangan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr 

etildi va dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida tibbiyot 

bilim yurtlarida asosiy o ‘quv qo‘llanma bo'lib xizmat qilib keldi.

Ibn Sino odam  organizmini o'rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi 

bo'lib  e ’tibor berdi.  «Tib  qonunlari» jildlarida  ichki kasalliklar,  xirurgiya, 

farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning barcha sohalari to'g'risida m a’lum ot 

berilgan.  «Tib  qonunlari»  birinchi  m arta  1954—56-yillarda  o 'zbek  tilida 

Toshkentda bosilib chiqqan.

Ibn  al  Nafis  (X III  asrda  yashagan)  birinchi bo'lib  o 'p k a  qon  aylanish 

doirasini ochgan.  Anatom iya faniga qiziqish  U yg'onish davrida (X II—XVI 

asrlarda)  Italiya, keyinchalik Fransiya m amlakatlarida boshlanadi.  Olim lar 

talabi  bilan  h ar  besh  yilda  bir  m arta  m urdani  ochib  o'rganishga  ruxsat 

beriladi.  Natijada dunyoda birinchi m arta aniq m a’lum otlar asosida yozilgan 

anatomiya darsligi paydo bo'ldi. X III asrdan boshlab universitetlarda tibbiyot 

fakultetlari tashkil etildi.

Mondino da Lyussi (1275-1327)  1326-yilda ikkita ayol m urdasini yorib, 

anatom iya darsligini yozgan.



Leonardo  da  Vinchi  (1452—1519)  Uyg'onish  davrining  buyuk  arbobi, 

italiyalik olim, m usaw ir, m atematik, m uhandis va faylasuf.  Odam  portretini 

to 'g 'ri  va  aniq  chizish  maqsadida  30  dan  ortiq  m urdani  yorib  o'rgandi  va 

a’zolar rasmini chizib chiqdi, o'zining rasmlarida u odam ning turli a ’zolarini 

(dum g'aza,  um urtqa  pog'onasi  egriliklari,  ko'p  mushaklar,  ichki  a’zolar, 

yurak qopqoqlari, bosh va orqa miya, miya qorinchalari, ko 'z va boshqalami) 

tuzilishini  aniq ko'rsatib bergan.  U   dunyoda birinchi bo'lib  m ushaklam ing 

ishlash dinamikasini o'rgandi.  Shu bilan plastik anatomiyaga asos soldi.



Audrey Vezaiiy (1514—1564)  ilmiy anatomiyaning asoschisi hisoblanadi. 

U  m urdalam i  yorib  qilgan kuzatishlari asosida «Odam tanasining tuzilishi 

haqida yetti kitob»ini yozadi. A. Vezaiiy Galenning xatolarini ko'rsatib bergan. 

Uning shogirdlari XVI— XVII asrlar davomida odam  a ’zolarining tuzilishini 

to 'g 'ri yoritib berdilar.

Gabriel Fallopiy (1523—1562) tarixda birinchi bo'lib kalla suyaklarining 

tuzilishi  va  taraqqiyoti,  m ushaklar,  jinsiy  a ’olar,  bachad on   nayi  (bu  a ’zo 

m uallif nom i  bilan  ham   ataladi),  eshituv  va  ko'ruv  a ’zolarini  o'rganib, 

«Anatomik kuzatishlar* kitobini yozgan.



Bartolomey Yevstaxiy (1510—1574) ko‘proq a’zolarning rivojlanish jarayoni 

bilan  shug‘ullandi.  Tishlar,  buyraklar,  venalar  va  eshituv  a’zosini  o'rganib, 

birinchi  m arta halqum bilan o'rta quloq bo‘shlig‘ini qo'shib turuvchi eshituv 

yo'lini aniqladi. Hozirgacha «Yevstaxiy nayi», «Yevstaxiy qopqog‘i» uning nomi 

bilan nomlanib keladi. XVI—XVII asriarda murdalami yorish ochiq yo‘lga qo'yillb, 

buning uchun alohida joylar — «anatomik teatrlar» qurildi.



Migel Servet (1511  —  1553), ispan vrachi, undan 6 yil keyin AVezaliyning 

shogirdi  Reald  Kolombo  (1516—1559)  qon  yurakning  o ‘ng  yarmidan  chap 

yarmiga o‘pka tomirlari orqali o'pkadan o'tishini ko'rsatib berdilar.

Ingliz  vrachi,  anatom i  va  fiziologi  Vilyam  Garvey  (1578—1657) 

hayvonlarda tajriba o‘tkazib qon aylanishini o'lgangan. Garvey o‘z izlanishlari 

natijalarini to'plab 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda yurakva qon harakatlari 

haqida anatom ik izlanishlar» nomli ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish 

sistemasini tarixda ilk bor isbotlab bergan.  Garvey qon arteriyadan venalaiga 

ko‘zga ko'rinmas mayda tomirlar orqali o'tishini taxmin qilgan bo'lsa, Marchelo 

Malpigi  (1628—1694)  1661-yilda  arteriya  bilan  venani  bir-biriga  qo'shib 

turadigan kapillarlar borligini mikroskopda ko'rib isbotladi. Ammo M. Malpigi 

qon  arteriya  kapillarlaridan  dastlab  oraliq  bo'shliqqa,  undan  keyin  vena 

kapillarlariga  o ‘tadi  deb  o'ylaydi.  Uning  bu  fikrini  A .M .  Shumlyanskiy 

(1748-1795) buyrakni o'rganish jarayonida inkor etib, arteriya va vena kapillariari 

bevosita bog'langanligi va qon tomirlar tizimi yopiqligini ko'rsatgan.



Fredrik  Ryuysh  (1638—1731)  gollandiyalik  anato m   q on   tom irlar 

anatom iyasini  o'rganishga  katta  hissa  qo'shgan.  U  qon  tom irlarga  rangli 

m oddalar yuborib o'rgangan va murdalami balzamlashni yangi usulini ishlab 

chiqqan,  o 'z   zam onasining  eng  yaxshi  anatom ik  m uzeyini  tashkil  qilgan. 

Uning muzeyida anatomik preparatlar bilan bir qatorda rivojlanish nuqsonlari 

va anom aliyalar ham  joy olgan.  Rus podshosi  Pyotr I anatom iyaga qiziqqan 

va F.Ryuyshdan  1500 ta preparatni sotib olib Peterbuigdagi birinchi anatomiya 

m uzeyi K unst kam erani tashkil qilgan.



P.A .  Z agorskiy  (1764—1846)  S a n k t-P e te rb u rg   tib b iy -x iru rg iy a 

akademiyasi anatom iya kafedrasiga rahbarlik qilgan.  U ning  1802-yilda rus 

tilida yozgan birinchi  anatom iya  darsligi  «Vrachlik ilm ini  o'qiyotganlarga 

odam   gavdasining  tuzilishini  o'rganish  uchun  qo'llan m a  yoki  qisqacha 

anatomiya» besh m arta nashr etilgan.

Ye.O.  Muxin (1766—1850)  Moskva universiteti professori  1812-yilda 

«Anatom iya kursi»  darsligini yozgan.  U kafedra qoshida anatom ik muzey 

tashkil qilgan.

I.V.  Buyalskiy  (1789-1866)  Zagorskiyning  shogirdi.  U   1844-yilda 

yozgan «O dam  gavdasining qisqacha um um iy anatom iyasi» qo'llanm asida 

odam  organizmining tuzilishi umumiy qonuniyatlarini keltirib, organizmning 

shaxsiy xususiyatlari haqidagi ta ’limotga asos solgan.  O 'zining «Anatom o- 

xiruigik chizmalar» asarida anatomiyani xiruigiya bilan bog'lagan.

N .I.  Pirogov  (1810— 1881)  topografik  an a to m iy a  va  harbiy  dala 

xirurgiyasining asoschisi.  U  odam  a ’zolarini joylashishini o'rganish uchun



m u rd an i  m uzlatib  qotirib  qavatm a-qavat  arralab  kesib  o 'rg an ish   usulini 

taklif etgan.  «Qon tom irlar va fassiyalaming xirurgik anatom iyasi»  (1837), 

«Amaliy  anatom iyaning  to ‘la  kursi»  (1844)  va  «M uzlatiJgan  m u rd ala m i 

arralab kesilganidagi topografik anatomiya atlasi» (1859) uni dunyoga tanitdi. 

A natom iya  sohasida  N .I.  Pirogov  ko ‘p  yangiliklar  ochgan,  b o ‘yindagi 

uchburchak va  son  kanalining  ch uqur halqasida joylashgan  lim fa tuguni 

uning n om i bilan ataladi.

V.A.  B ets  (1834—1894)  Kiyev  universitetining professori,  anatom .  U 

buyrak usti bezining mag‘iz qismini hamda bosh miya po ‘stlog‘ini mikroskopik 

o ‘iganib,  uning V qavatidagi katta piram ida hujayralarini topgan.  Shuning 

uchun b u  hujayralar uning nom i bilan atalgan.  «Odam miyasi pushtalarining 

turkumiari»  (1870)  asarida  u  miya  p o ‘stlog‘ining  turli  qism larida  hujayra 

tarkibi  h ar xil  ekanligini  aniqlagan.

D J.  Zernov  (1843—1917)  M oskva  universiteti  professori,  anatom . 

Miyaning  pushtalari  va  egatlarini  o ‘iganib,  qulay  klassifikatsiya  yaratdi.  U 

dunyodagi  turli  millat  vakillarining  bosh  miyasi  tuzilishida  farq  yo‘qligini 

isbot etdi, shu xususda hukm surib kelgan idealistik ta ’limotni rad etdi.  Uning 

«Odam tasviriy anatomyasidan qo‘llanma» asari  14 m arta nashr etilgan.



V .P.  Vorobyov  (1876—1937)  Xarkov  tibbiyot  in stitu ti  professori. 

Periferik nerv tizim ini m akro-mikroskopik o ‘rganishga asos solgan.  5 jildlik 

«Anatomiya atlasi»ni tuzgan.

Zohidov  Hakim  Zohidovich  (1912—1978)  an ato m   olim   va  m o h ir 

pedagog,  0 ‘zbekiston fan arbobi,  tibbiyot fanlari doktori,  professor.  0 ‘rta 

Osiyo M editsina Pediatriya instituti odam  anatomiyasi kafedrasining birinchi 

m udiri  (1972—  1978-yillar).  0 ‘zbek tilida yozilgan  «Odam  anatom iyasi» 

(1964)  darsligi  va  « R u sc h a -o ‘z b e k c h a -lo tin c h a   a n a to m iy a   lu g ‘ati» 

m ualliflaridan biri.



Xudoyberdiyev  Rahim  Egamberdiyevicb  (1922—2003)  —  anatom , 

0 ‘zbekiston fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent Davlat 

birinchi tibbiyot instituti odam  anatomiyasi kafedrasi m udiri (1960—1992). 

«Odam anatomiyasi» (1964) darsligi mualliflaridan biri.  Darslik 3 m arotaba 

qayta nashr etilgan.

Abmedov  Nosir  Komilovich  (1922—2004)  0 ‘zbekiston  fa n   arbobi 

Beruniy nom idagi  Respublika  m ukofotining nishondori.  T oshkent Davlat 

ikkinchi tibbiyot instituti odam  anatomiyasi kafedrasi m udiri (1990—1998).

2 jildlik «Odam anatomiyasi» atlasi va ko‘pgina daisliklar muallifi.



Yosbga  doir  anatom iyani  o ‘rganish  tarixi

Yoshga  d o ir  anatom iya  odam   anatom iyasining  organizm   tuzilishini 

hayotning turli davrlarida bo‘ladigan o'zgarishlarini o'iganadigan b o ‘limidir. 

Yoshga doir anatom iya X IX asr oxirlarida alohida yo‘nalish sifatida paydo 

b o ‘ldi.  Rossiyada  bolalar  oiganizm ining  anatom o-fiziologik  xususiyatlari 

to ‘g‘risidagi ilmga asos solindi.



N .P .  Gundobin  (1860-1908)  rus  pediatri.  U ning  «Bolalar  yoshining 

xususiyatlari»  (1906)  asarida  bolalar  anatom iyasiga  taalluqli  ju d a  k o ‘p 

m a’lum otlar to'plangan.

V .G .Shtelko  (1893—1945) yoshga doir anatom iya sohasida izlanishlar 

olib borgan  olim.  U  «Bolalar va o'sm irlam i jism oniy taraqqiyoti haqidagi 

materiallar»  (1925),  «Yoshga doir osteologiya» (1947) va b ir nechta asarlar 

muallifidir.

F J .V a lk e r  (1 8 9 0 —1954)  «B olalar  y o sh in i  to p o g ra fo -a n a to m ik  

xususiyatlari» (1938),  « 0 ‘sayotgan organizm ning morfologik xususiyatlari» 

(1959)  va  «O dam  a ’zolarining tu g ‘ilgandan keyin o'sishi»  (1961)  nom li 

asarlar muallifi. XX asm ing ikkinchi yarmida pedagogika fanlari akademigi 

A .A .M a rk o sy a n   ta h riri  o stid a  ta y y o rla n g a n   « B o lalar  va  o 's m irla r 

m orfologiyasi  va  fiziologiyasi  asoslari»,  M oskva  tibbiyot  universiteti 

professori  L .F .G av rilo v n in g   «B olalarning  h a ra k a t-ta y a n c h   apparati» 

(1973)  asari  va  shu  universitet  m ualliflar jam oasi  to m o n id a n   «B olalar 

yoshining operativ xirurgiyasi va topografik anatomiyasi»  (1986) darsliklari 

tayyorlandi.

ToshPT I  odam   anatomiyasi  kafedrasining  birinchi  m udiri  professor 

X. Z. Zohidov va u rahbarligidagi jam oa bolalar organizmining o'zgarishlarini 

o ‘rganishga  o ‘z  hissalarini  q o ‘shganlar.  Bu  m a’lum otlar  darslikni  ayrim  

boblarida keltiriladi.

Yosh  davrlari

Odam  organizm ining taraqqiyoti quyidagi davrlam i o ‘z ichiga oladi:

1.  Em brion  davri  pusht  taraqqiyotining  birinchi  ikki  oyini  o ‘z  ichiga 

oladi.

2. Homila davri pusht taraqqiyotining 3-oyidan to tug‘ilgunicha bo'lgan davr.



3.  Bola tug'ilgandan keyingi hayotini o'z ichiga oluvchi davr.

Y oshga  d o ir  an a to m iy a   o dam   o rg a n iz m in i  tu g 'ilg a n id a n   keyin 

b o 'la d ig a n   o 'z g a rish la rin i  o 'rg a n a d i.  Yosh  davrlarining  tasn iflari  h a r 

xil  o 'lc h o v la rg a   asoslangan.  Biz  b o lalikni  quyidagi  d avrlarga  b o 'lib  

o'rganam iz:

1. Yangi tug'ilgan chaqaloq

2. Em iziklibola

3. Ertabolalik

4.  Bolalikning I davri

5.  Bolalikning II davri

6. Balog'at davri

7. O 'sm irlik davri

1  —  10  kun.

10  kundan  1  yoshgacha.

1—3 yosh.

4—7  yosh.

8—12 yosh  (o 'g 'il bolalar). 

8—11  yosh  (qizlar).

13-16 yosh  (o 'g 'il bolalar). 

12— 15 yosh  (qizlar).

17—21  yosh  (yigitlar). 

16—20  yosh  (qizlar).



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin