0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

raglenoidale)  b o 'lib ,  u n d a n  

yelka  ikki  boshli  m ushagining 

uzun payi boshlanadi.  B o'g'im  

chuqurchasi tagjdagi bo'g'im  osti 

b o 'rtig 'id a n   (tuberculum  inf- 

raglenoidale)  y elk anin g  uch 

boshli mushagining u zun boshi 

boshlanadi.  Bo'g'im  chuqurcha- 

sidan keyin toraygan kurak bo'yni 



(collum  scapulae)  bor.  K urak­

ning  yuqori  qirrasida  o'ym asi 



(iudsura  scapulae)  bo'lib,  u bilan 

bo'yni o'rtasidan tumshuqsimon 

o'simta (processus corocoi-deus) 

ko'tarilib turadi.



Rentgenoanatomiyasi.  Old 

to'g'ri proyeksiyadagi rentgeno­

gramm ada kurak suyagi ko'krak 

qafasining yuqori tashqi qismida

2 —7  q o v u r g 'a l a r   s o h a s id a  

uchburchak shaklida ko'rinadi.  Kurak tashqi qirrasining quyuq soyasi uning 

bo'yniga o 'tib   ketadi,  b o 'g 'im   chuqurchasining  soyasi  qism an yelka  suyagi

boshchasiga qavatlanadi va aniq chekkali, ikki 

-> 


tomonli qavariq linza shaklida bo'ladi. Bo'g'im

f

chuqurchasidan biioz yuqori va ichkariroqda 



tum shuqsim on  o 'sim ta   soyasi  bukilgan 

shaklda ko'rinadi. Yon rentgenogram m ada 

kurak  suyagining  tanasi,  kurak  qirrasi  va 

akromion o'sim tasini aniqlash  m um kin.



Kurak suyagining birinchi suyak nuqtasi 

homila hayotining ikkinchi oyi oxirida uning 

bo'yni  sohasida  paydo  bo'ladi.  Bu  suyak 

nuqtadan  kurak  suyagi  tanasi  va  qirrasi

Yangi tug'ilgan chaqaloq kurak suyagi 

(14-rasm) kattalaiga nisbatan yuqoriroq va 

tashqari joylashgan.  Uning yuqori chegarasi

I —II ,  pastkisi  esa  IV —V  q o v u rg 'a la r 

sohasida.

Shakli  kattalam ikiga  o'xshasa  ham , 

tanasi va tashqi qirrasidan tashqari qismlari 

tog'aydan iborat. Kurak o'ymasi katta, qirra



14-расм . 

C haqaloqning 

chap 

kurak  suyagi.  1-angulus  superior; 

2-fossa supraspinata; 3-fossa infiaspina- 

ta;  4-maxgo  medialis;  5-angulus infe­

rior;  6-maigo  lateralis;  7-angulus  lat­

eralis;  8-acromion;  9-processus coro- 

coideus;  10-spina scapulae;  11-incisura 

scapulae;  12-maigo  superior.


usti chuqurchasini egallab turadi, b o ‘g‘im  yuzasi ovalsimon.  Em izikli davr 

oxirida tum shuqsim on o ‘sim tada suyak nuqtasi paydo bo'ladi.  E rta bolalik 

davrida suyaklanish suyak tanasidan bo'g'im  yuzasi asosiga tarqaydi. Bo‘g‘im 

yuzasi tez o ‘sib, bolalikni birinchi davrida tuxum  shaklini oladi va b o ‘g‘im 

usti b o'rtig'i yuzaga keladi.  Balog‘at va o'smirlik  davrlarida akrom ion, ostki 

burchagi va ichki qirrasida qo'shim cha suyak nuqtalari paydo bo'ladi. Ak­

rom ion va tum shuqsim on o ‘sim ta kurak suyagi 

bilan  18—21  yoshda, ichki qirra va pastki burchagi 

(,  



qo'shim cha suyak nuqtalari asosiy qism bilan 20— 



*  r . j 

21  yoshda qo'shiladi.



Q o‘lning  erkin  qismi  suyaklari

Yelka  suyagi  (humerus,  15 -rasm )  uzun 

naysimon suyaklar turkumiga kiradi.  U nda tanasi 

(corpus hum eri) va 2 ta: yuqorigi (proksimal) va 

pastki (distal) uchlari tafovut qilinadi. Uning yuqori 

uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan shaisimon 

boshchasi (caput humeri) bor.  Uning chekkasidan 

uncha chuqur bo'lm agan egat— anatomik bo'yin 



(collum anatomicum)  o'tadi.  Bu  egat boshchani 

tashqariroq joylashgan  katta bo'rtiq (tuberculum 



majus)  va  u n d an   o ldinda  joylashgan  kichik 

bo'rtiqdan (tuberculum minus) ajratib turadi.  Har 

bir bo'rtiqdan pastga qarab katta va kichik bo'rtiq 

qirralari  (crista  tuberculi  majoris  et  minoris) 

ketadi.  Bo'rtiqlar va qirralar o'rtasida bo'rtiqlararo 

egat  (sulcus  intertubercularis)  b o 'lib ,  unda 

yelkaning  ikki  boshli  mushagi  uzun  boshining 

payi o'tadi.B o'rtiqlardan pastki qismi xipcharoq 

bo'Ub,  xiruigik bo'yin  (collum chirurgicum)  deb 

ataladi.  Suyak  tanasining  yuqori  qismi  silindr 

shaklida, pastki qismi uch qirrali bo'ladi.  Bu qismida 

oldingi  ichki  yuza  (facies  anterior  medialis), 

oldingi  tashqi yuza  (facies  anterior lateralis) va 

orqa  yuza  (facies  posterior)  tafovut  qilinadi. 

Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi yuzasidan ichki 

qirra  (margo  medialis)  va  tashqi  qirra  (margo 



lateralis) vositasida ajrab turadi.  Suyak tanasining 

o'rtasidan  yuqori  qismida  deltasimon  mushak 

b irikad ig an  b o 'r tiq   (tuberositas  deltoideus) 

joylashgan. U ndan pastda suyakning orqa yuzasida 

sp iralsim o n   bilak   nervi  egati  (sulcus  nervi 

radialis)  o'tadi.

to

15-rasm. Yelka suyagi.  1-caput 



hymeri;  2-tuberculum   minus;

3 -s u lc u s  in te rtu b e rc u la r is ;

4-collum  chirurgicum;  5-fossa 

coronoidea; 6-epicondylus m e­

dialis; 7-trochlea humeri; 8-ca- 

pitulum humeri;  9-fossa radia­

lis;  10-tuberositas  deltoidea;

11-c rista   tu b ercu li  m inoris;

12-tuberculum  majus;  13-col- 

lum  ananomicum.



U  suyakning ichki  qirrasidan boshlanadi,  uning  orqa yuzasini aylanib 

o ‘tib tashqi  qirrasida tugaydi.  Yelka suyagining pastki uchi  kengayib yelka 

suyagi do'ngini (condulus humeri) hosil qilib tugaydi.  Uning ichki tom onida 

tirsak suyagi bilan birlashuvchi yelka suyagi g‘altagi (trochlea humeri), tashqi 

tomonida esa bilak suyagi bilan birlashuvchi yelka boshchasi (capituhim humeri) 

bor.  Old tom onda g‘altak ustida toj chuqurchasi (fossa coronoidea), boshcha 

ustida kichikroq bilak suyagi boshchasi chuqurchasi (fossa radialis) joylashgan. 

Orqa tom onda g‘altak ustida katta tirsak o'simtasi chuqurchasi (fossa olecrani) 

bo'ladi.  Yelka  suyagi  do'ngini  ichki va tashqi  tom onlarida  ichki va tashqi 

o'sim talar  (epicondulus  medialis  et  lateralis)  bor.  Ichki  o'sim taning  orqa 

yuzasida tiisak nervi egati (sulcus nervi ulnaris) o'tadi. Yuqori tom onga ichki 

o 'sim ta ichki o'sim ta qirrasi  (crista supracondularis medialis) bo'lib, yelka 

suyagining ichki qirrasiga davom etadi. Tashqi o'sim ta yuqoriga qarab tashqi 

o'sim ta qirrasini (crista supracondularis lateralis) hosil qilib, yelka suyagining 

tashqi qirrasiga o'tib ketadi.

Rentgenoanatomiyasi. Yelka suyagi o'ziga xos rentgenoanatomik tuzilishga 

ega. Yelka suyagi boshchasining zich moddasi tashqi chegarasi aniq shaisimon 

soya shaklida ko'rinadi va qisman kurak suyagi bo'g'im chuqurchasiga qavatlanadi. 

U ning boshchasi -g'ovak moddasi m ayda to 'r  shaklida bo'lib,  katta b o'rtiq  

bilan yelka suyagi boshchasi o'ltasida uncha katta bo'lmagan torayma anatomik 

bo'yin aniqlanadi.  K atta bo'rtiqdan pastroqda suyak tanasida xirurgik bo'yin 

,  ko'zga tashlanadi. Bu yeida zich modda yupqalashib, g'ovak 

m odda siyraklashgan tarkibga ega bo'lib, zich m oddaning 

g'ovak moddaga o'tishi ro'y beradi. Suyakning bir tarkibini 

boshqasiga o'tishi shu sohaning qarshiligini kamaytiradi. 

Yelka  suyagi  diaflzi  rentgenogram m asida  zich  m odda 

qatlamlari o'rtasida joylashgan suyak iligi kanali ko'rinadi. 

Yelka suyagining pastki uchi uchburchak prizma shaklida 

bo'ladi. U nda tashqi va ichki o'simtalar ajratiladi. G'altakni 

yuqorisida suyak tarkibida aniq chegarali tojsimon va tiisak 

chuqurlari yorug'ligi bor. Yelka suyagining pastki uchi — 

suyak to'qim asi m ayda katakchali tuzilishga ega.  Suyak 

trabekulalari  asosan  ko'ndalang  yo'nalgan  bo 'lib ,  zich 

qatlam i yupqa.

Yelka  suyagining  birinchi  suyak  nuqtasi  hom ila 

hayotining 8-haftasida uning diafizida paydo bo'ladi. Yangi 

10  tug'ilgan chaqaloq yelka suyagi (16-rasm) nisbatan qisqa, 

uchlari katta; suyak tanasining katta,  kichik bo'rtiqlari va 

ulam ing qirrasidan boshqa qismlari suyaklanib bo'lgan.



16-rasm .  Chaqaloqning  o ‘ng  yelka  suyagi  (orqa  tomondan  k o‘rinishi).  1-c a p u t 

hymeri;  2-collum  chirurgicum;  3-facies  posterior;  4-fossa  olecrani;  5-epicondylus  medi­

alis;  6-trochlea  humeri;  7-collum  anatom icum ;  8-tuberculum  majus;  9-foram en  nitrcum ;

10-epicondulus  lateralis.



Yelka suyagining boshi tog'aydan iborat bo'lib, shakli yumaloq.  K atta va 

kichik bo'rtiqlar,  o'zaro  chuqur  egat  bilan  ajragan.  D istal  uchi  tog'aydan 

tashkil topgan, uning relyefi kattalar suyagiga o'xshaydi.  Emizikli davrda suyak 

boshida yum aloq suyak nuqtasi, tanasida esa so'rilish markazi paydo bo'ladi. 

Eita bolalik davrida katta bo'rtiqda, deltasimon bo'rtiq va pastki uchi boshchasida, 

bolalikning birinchi davrida kichik bo'rtiq, tojsimon va Ы1ак chuqurchalarida, 

ichki  o'sim tada suyak nuqtalari  paydo bo'ladi.  Bolalikning birinchi davrida 

suyak o'sishi bilan birga uning relyefi yuzaga keladi. Bolalikning ikkinchi davri 

oxirlarida yelka suyagi tanasining taraqqiyoti tugab u kattalam ikiga o'xshab 

qoladi. Yuqori uchi tanasidan yupqa tog'ay qatlam  bilan ajraladi.  Bu davrda 

pastki uchida tashqi o'sim ta va g'altakda qo'shim cha suyak nuqtalari vujudga 

keladi. O'smirlik davrida suyakning pastki epifizi tanasi bilan suyaklanib qo'shiladi. 

Yuqori epifizi esa tanasi bilan 20—24 yoshda birikib, bir 

butun yelka suyagini hosil qiladi.



Bilak  suyaklari

Bilak  suyaklari  ikkita  uzun  naysimon  suyakdan 

iborat:  ichki tom onda joylashgan tirsak suyagi harakat 

yo'nalishini  aniqlasa,  tashqi  tom ondagi  bilak  suyagi 

tayanch vazifasini bajaradi.  Bu suyaklaming rivojlanishi 

bevosita ulaming vazifasiga bog'liq.



Tirsak  suyagi

T irsa k   su y ag in i  (ulna, 17 -ra sm )  y u q o ri  u c h i 

kengaygan bo'lib, yelka suyagi g'altagi bilan birlashadigan 

g'altak o'ymasi (incisura trochlearis) bor. Bu o'ym a yuqori 

tom ondan  katta tirsak  o'sim tasi  (olecranon),  pastdan 

kichikroq tojsimon o'simta (processus coronoideus) bilan 

chegaralangan. Tojsimon o'sim taning tashqi tom onida 

bilak suyagi boshi birlashadigan bilak o'ym asi (incisura 



radialis) joylashgan.

Old tom onda undan pastroqda tirsak suyagi bo'rtig'i 



(tuberositas  ulnae)  bor.  Tirsak  suyagining  tanasi  uch 

qirrali. Unda uchta: orqa yuzasi (facies posterior), oldingi 

yuzasi (facies anterior) va ichki yuzasi (facies medialis) 

farqlanadi. Bu yuzalami o'zaro uchta: oldingi qirra (margo 



anterior), orqa qirra (margo posterior), oldingi va orqa 

yuza o'rtasida joylashgan bilak suyagi tarafdagi suyaklararo



17-расм.  Tirsak  suyagi.  1-olecranon;  2-incisura  trochlearis;  3-processus  coronoideus; 

4-incisura  radialis;  5-tuberositas  ulnae;  6-crista  musculi  supinatoris;  7-margo  anterior; 

8-margo interossea; 9-circuferentia articularis;  10-processus styloideus;  11-margo posterior.


18-rasm.  Chaqaloqning  o ‘ng  tirsak  snyagi  (old  to m o n d an  

ko'rinishi).  1-olecranon; 2-incisura trochlearis; 3-processus coronoideus;

4-tuberositas  ulnae;  5-for.  nitricum;  б-maigo  interosseus;  7-circum- 

ferentia articularis;  8-processus styloideus;  9-margo anterior;  10-facies 

medialis;  11-corpus ulnae;  12-facies anterior,  13-caput ulnae.

qiira (margo interossea) ajratib turadi.  Suyakning pastki 

uchi yuqorisiga nisbatan ingichkaioq bo‘Iib, tiisak boshchasi 

(caput ulnae) bilan tugaydi. Suyak boshchasida bilak suyagi 

bilan  birlashadigan  b o 'g 'im   yuzasi  (circumferentia 



articularis) joylashgan.  Boshchaning pastki yuzasi yassi. 

Suyak boshchasining ichki tom onida bigizsimon o'sim ta 



(processus styloideus) bor. Tirsak suyagini birinchi suyak 

nuqtasi uning diafizida homila hayotining 8-haftasida paydo 

bo'ladi.  Yangi tug'ilgan chaqaloqning tirsak suyagi (18- 

rasm)  asosi  yuqoriga  qaragan  konus  shaklida,  tanasi 

suyaklanib bo'lgan.  Uning yuzasi silliq bo'lib, suyaklararo 

qiira yaxshi ko'rinadi, suyak iligi bo'shlig'i yo'q. Suyakning 

yuqori uchi tog'aydan iborat, tojsimon o'simta asosi qisman 

suyaklangan.  Pastki uchi ham  tog'aydan tashkil topgan, 

bigizsimon o'simtasi uncha bilinmaydi. Tiisak suyagining 

o'sishi emizikli davrdan boshlanib, uch yoshda suyak iligi 

kanali hosil bo'la boshlaydi.

Bolalikning birinchi davrida suyak bo'yiga va eniga tekis 

o'sib,  suyak  tanasi  relyefi  aniqlashadi.  Bu  davr  oxirida 

pastki uchida oval shaldidagi suyak nuqtasi paydo bo'ladi. 

Bolalikning ikkinchi davrida tiisak suyagi bo'yiga o'sadi. 

Suyak relyefi aniq tojsimon o'simta uchidagi ingichka tog'ay 

hoshiyadan tashqari  qismlari  suyaklanib bo'lgan,  hajmi 

eniga kattalashgan, g'altaksimon o'ymada qiira paydo bo'ladi

Pastki uchidagi suyak nuqtasi o'sib suyak boshchasi 

va bigizsimon o'sim tani qoplaydi. Suyakning yuqori uchi 

tanasi bilan  16—17 yoshda, pastki uchi esa 20—24 yoshda 

qo'shiladi.



Bilak  suyagi

Bilak  suyagi  (radius,  19-rasm )ning yuqorigi kichik 

uchida bilak suyagi boshchasi  (caput radii) joylashgan. 

B oshchaning ust tom onida yelka suyagi boshchasi bilan 

bo 'g 'im  hosil qiladigan yassi b o 'g 'im  chuqurchasi (fovea 

articularis)bor.  Boshchaning yon tom onida tirsak suyagi

19-rasm.  Bilak  snyagi.  1-caput  radii;  2-collum  radii;  3-tuberosi- 

tas  radii;  4-margo  interosseus;  5-incisura  ulnaris;  6-processus  sty­

loideus;  7-facies  anterior.


bilan  b o 'g 'im   hosil  qiladigan  yuza  (circumferetia  articularis)  joylashgan. 

Suyakning boshchasi tanasidan toraygan bilak suyagi bo 'yni (collum radii) 

vositasida ajralib turadi.  U ndan pastda mushak birikadigan bo'rtiq (tuberositas 

radii) bor.  Bilak suyagi tanasi uch qirrali.  U nd a uchta:  oldingi yuza (facies 

anterior), orqa yuza (facies posterior) va tashqi yuza (facies lateralis) bo'lib, 

ular o'zaro uchta oldingi qirra (margo anterior), orqa qirra (margo posterior) 

va tirsak suyagi tarafidagi suyaklararo qirra (margo interosseus)  orqali bir- 

biridan  ajralib  turadi.  Bilak  suyagini  pastki  uchi  kengaygan,  uning  ichki 

tomonida tiisak suyagi boshchasi bilan bo'g'im  hosil qiladigan o'ym a (incisura 

ulnaris),  tashqi  tom o n id a  bigizsimon  o'sim ta  (processus  styloideus)  bor. 

Pastki uchining kaft usti yuzasi (facies articularis carpea) botiq bo'lib, kaft 

usti suyaklari bilan b o 'g 'im  hosil qilib qo'shiladi.

Rentgenoanatomiyasi.  Bilak  suyaklarining  tarkibi  uzun  naysim on 

suyaklar  tuzilishi  xususiyatlariga  ega.  U lam ing  zich  qatlam i  diafizning 

m arkazida tashqi to m onda va suyak iligi kanali chetida joylashgan, g'ovak 

modda suyak epifizi va metafizlarida mayda katakchali tuzilishga ega Suyaklararo 

qirrada  zich  qatlam   boshqa  yuzalarga  nisbatan  qalin  bo'ladi.  Bilak suyagi 

diafizining metafizga o 'tish  joyida zich m oddaning yupqalanishi va g'ovak 

m oddaning siyraklanishi kuzatiladi.  Bu o'tish  sohasi bilak suyagi qarshiligi 

kamaygan  qismi  bo'lib,  ko'pincha  bilak  suyagini  shu  sohasining  sinishi 

kuzatiladi.  Old to 'g 'r i rentgenogram m ada tirsak suyagi tojsim on o'sim tasi 

tirsak  suyagi  tasviriga,  tirsak  o'sim tasi  soyasi  esa  yelka  suyagining  pastki 

uchiga qavatlanadi. Orqa to 'g 'ri rentgenogrammada bilak suyaklarining o 'rta 

qism ida  ikkala  suyakning  qalinligi  bir  xil  bo'ladi.  Tirsak  suyagi  yuqoriga 

qarab, bilak suyagi esa pastga qarab kengayadi.

Bilak suyagining birinchi suyak nuqtasi uning diafizida homila 8 haftaligida 

paydo bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning bilak suyagi (20-rasm) nisbatan 

qisqa,  uning  uchlari  y u m alo q   shaklda  b o 'lad i.  T anasi 

suyaklanib bo'lgan,  suyak iligi kanali bo'lm aydi.  Suyakning 

yuqori va pastki uchi tog'aydan iborat bo'ladi. Bo'yni yaxshi 

bilinm aydi.  Emizikli  davr  oxirida  suyakni  pastki  uchida 

uchburchak shakldagi suyak nuqtasi vujudga keladi. Erta bolalik 

davrida suyak  ikki  m arta kattalashadi va suyak  iligi  kanali 

paydo bo 'la boshlaydi.

Bolalikning birinchi  davrida suyak bo'yiga tez o'sib,  7 

yoshlarda suyak tanasi uch qirrali shaklni oladi; yuqori uchida 

suyak  b o sh ch a si  u c h u n   suyak  n u q tasi  p ay d o   b o 'lib , 

suyaklanish tanadan bilak bo'rtig'iga tarqaydi. Pastki uchidagi 

suyak  nuqtasi  o'sib  bigizsimon  o'sim ta  asosini  egallaydi.

Bolalikning ikkinchi davrida suyak tez o'sadi va uning tanasi

20-rasm .  Chaqaloqning  o‘ng  bilak  suyagi  (old  tomondan  ko'rm ishi).  1-circumferentia 

articularis;  2-collum   radii;  3-facies  anterior;  4-corpus  radii;  5-processus  styloideus;

6-tuberositas radii;  7-for.  nitricum;  8-margo interosseus;  9-incisura ulnaris;  10-facies articu­

laris carpea.



kattalamikiga o/xshaydi. Suyak boshchasi suyaklanib o ‘ziga xos shaklni oladi. 

Epifiz bilan  m etafiz  o'rtasidagi  yupqa  tog‘ay  qatlam   u lam i  ajratib  turadi. 

B alog'at davrida epifizlami suyaklanishi tugab, suyakning yuqori uchi tanasi 

bilan 17—18 yoshda, pastki uchi esa 20—25 yoshda qo'shiladi.



Q o‘1  panjasi  suyaklari

Q o 'l panjasining skeleti kaft usti,  kaft va barm oq suyaklariga bo'linadi.

K aft  usti  suyaklari  (ossa  carpea,  21-rasm )  turli  shakldagi  ikKi  qator 

joylashgan 8  ta m ayda g'ovak suyaklardan iborat. Yuqori (proksimal)  qator 

bosh barm oq tom ondan hisoblaganda qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali 

va  n o'xatsim on  suyaklar;  pastki  (distal)  qator trapetsiya shaklidagi  suyak, 

trapetsiyasim on suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyakdan tashkil topgan.

Bu suyaklam ing nom lari shakllariga mos, yuzalarida q o 'sh n i suyaklar 

bilan  birlashadigan  m os  b o 'g 'im   yuzalari  bor.  Q ayiqsim on  suyak  (os 

scaphoideum)  birinchi  qatordagi  eng  katta  suyak  b o 'lib ,  qabariq  yuzasi 

bilak  suyagining  b o 'g 'im   yuzasi  bilan  birlashadi.  K aftga  qaragan  yuzasi 

botiq b o 'lib ,  lateral chekkasi qayiqsim on suyak d o 'm b o g 'in i (tuberculum 

ossis  scaphoidei)  hosil  qiladi.  Y arim oysim on  suyakning  (os  lunatum) 

ustki yuzasi qavariq,  pastki yuzasi esa botiq, boshchali suyak bilan b o 'g 'im  

hosil  qiladi.  U c h   qirrali  suyakning  (os  triquetrum)  ustki  yuzasi  qavariq 

b o 'lib ,  bilak  suyagining  b o 'g 'im   yuzasi  bilan,  tashqi  yassi  yuzasi  esa 

no 'x atsim o n   suyak  bilan  birlashadi.  N o'x atsim o n   suyak  (os  pisiforme) 

kaft ustining  eng kichik suyagi,  u  q o 'l panjasini bilak to m o n g a bukuvchi 

m ushak payi  ichida joylashgan.  Proksim al q atom ing  u ch ta suyagi o 'z aro  

birlashib  ellipssim on  b o 'g 'im   yuzasini  hosil  qiladi. T rapetsiya shaklidagi 

suyakda  (os  trapezium)  I  kaft  suyagi  asosi  bilan  birlashadigan  egarsimon 

bo'g'im  yuzasi bor, uning kaft yuzasida do'm bog'i (tuberculum ossis trapezii) 

va egatcha mavjud. Shakli kattalamikiga o'xshasa ham, 

ular tog'aydan  (21-rasm)  iborat bo'ladi.

T ra p e tsiy a sim o n   suyak  (o s  trapezoideum )

k ic h k in a   b o 'lib ,  sh ak l  jih a tid a n   tra p e tsiy a g a



o 'x sh a sh .  B osh ch ali  suyak  (o s  capitatum )  k aft 

u sti suyaklari ichida eng kattasi.  U n in g  bo shch asi 

(caput ossis capitati) yuqoriga va b iroz tashqariga 

y o 'n a lg a n .

и 

Ilmoqli  suyakda  (os  hamatum)  kaft  yuzasida



i

ilm o g 'i  (hamulus  ossis  ham ati)  bo r.  K aft  usti 



)3 

suyaklarining pastki chekkasi esa nisbatan tekis.  Kaft 

ustining orqa yuzasi ko'tarilgan.

21-rasm.  Chaqaloqning  o‘ng  qo‘l  kafti  suyaklari.  1-os  trapezium;  2-os  trapezoideum; 

3-os scaphoideum;  4-os  capitatum;  5-os  lunatum;  6-os pisiforme;  7-os triquetrum;  8-os hama­

tum;  9-os metacarpal;  10-phalanx proximalis;  11-phalanx media;  12-phalanx distalis;  13-tubero- 

sitas phalangis.



Oldingi kaft yuzasi botiq bo‘lib, kaft usti egatini (sulcus carpi) hosil qiladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  kaft  usti  suyaklarining  shakli  kattalam ikiga 

o'xshasa ham , ular tog'aydan (21-rasm) iborat bo'ladi.  Kaft usti suyaklarining 

suyak nuqtalari chaqaloqlik davrida boshchali suyakda (2-oyda), ilmoqli suyakda 

(3-oyda), uch qirrali suyakda (3 yoshda), yarimoysimon suyakda (4 yoshda), 

qayiqsim on  suyakda  (5  yoshda),  trapetsiya  shaklidagi  va  trapetsiyasim on 

suyaklarda (5—6 yoshlarda) paydo bo'ladi. No'xatsim on suyakda esa bolalikni 

ikkinchi davrida  (7-12 yoshlarda) paydo bo'ladi.

Kaft suyaklari  (ossa metacarpalia)  5 ta kalta naysimon suyakdan iborat. 

H ar bir  kaft  suyagining  asosi  (basis),  tanasi  (corpus)  va boshchasi  (caput) 

tafovut qilinadi.  Kaft suyaklarining uchlari kattalashgan, tanasi uchburchakka 

o'xshash,  ulam ing  tanasini  kaft  tom oni  biroz  bukilgan,  orqa  tom oni  esa 

ko'tarilgan.  Birinchi  kaft suyagi  (os metacarpale  I) boshqalaridan seibar va 

qisqa bo'lib,  uning asosida egarsimon,  qolgan kaft suyaklarida yassi b o 'g 'im  

yuzasi bor.  II kaft suyagi eng uzun. Kaft suyaklarining boshi sharsimon bo'lib, 

proksimal falangalar bilan birlashadigan bo'rtib chiqqan bo'g'im  yuzasi bor.  I 

kaft suyagini boshchasi boshqalarga nisbatan kichikroq.  И —V kaft suyaklari 

asosida bir-biri bilan birlashishi uchun yon bo'g'im  yuzalari mavjud.



Rentgenoanatomiyasi.  Q o'l kafti suyaklari o'ziga xos rentgenoanatom ik 

ko'rinish beradi. Ulardan trapetsiya shaklidagi va trapetsiyasimon suyaklaming 

soyasi  bir-biriga  qavatlanib  n o to 'g 'ri  shakldagi  m anzarani  hosil  qiladi. 

N o'xatsim on suyak soyasi uch qirrali suyak soyasiga qavatlanadi, goho u bilan 

butunlay qo'shilib ketadi.  Kaft va barmoq falangalari suyaklari diaflzida zich 

modda va suyak iligi kanali bilinadi. Suyak boshchasi yupqa zich modda qatlami 

bilan qoplangan.  Suyak asosining bo'g'im  chuqurchasida zich modda nisbatan 

qalin.  Tim oq falangasini distal uchida taqasim on tim oq g'adir-budirligi bor. 

Kaft suyaklarining suyaklanish nuqtalari ancha barvaqt paydo bo'ladi.  II—IV 

kaft suyaklari diafizida suyak nuqta homila hayotining 9—10 haftaligida, I kaft 

suyagida esa  10—11  haftaligida paydo bo'ladi.  Epifizar suyak nuqtalari bola 

hayotining 3-yilida I kaft suyagi asosida,  II—V kaft suyaklarida esa boshchasida 

paydo bo'ladi.  Suyaklaming qarama-qarshi tomondagi tog'ay epifizlari suyak 

tanasidan  suyaklanish  jarayonining  tarqalishi  hisobiga  suyaldanadi.  Kaft 

suyaklarini epifizlari tanasi bilan  16—20 yoshlarda qo'shiladi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin