0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63

articularis  malleoli)  joylashgan,  u  burchak  hosil  qilib  pastki  b o ‘g‘im  

yuzasiga  (facies  articularis  inferior)  o ‘tadi.  Bu yuzalar  oshiq  suyak bilan 

bo ‘g‘im  hosil qilishda ishtirok etadi.

Rentgenoanatomiyasi.  Old to ‘g‘ri rentgenogram m ada bold ir suyaklari 

bir-biriga parallel joylashgan.  K atta boldir suyagi to ‘g‘ri chiziqli o ‘qqa ega. 

Uning tashqi va ichki do‘ngsimon o'sim talari va do'nglararo tepaligi yaxshi 

ko'rinadi.  K atta boldir suyagining proksimal uchi yupqa zich m odda qatlam i 

bilan qoplangan.  Uning yuqori epifizi va metafizidagi g‘ovak m oddada suyak 

to'sinlari asosan vertikal yo'nalishda bo'ladi. Diafizning bor bo'yicha epifizlaiga 

to m o n   kengaygan  suyak  iligi  kanali  yorig'i  ko'zga  tashlanadi.  U ni  ichki 

to m o n d an   b o 'g 'im   uchlariga  qarab  yupqalashuvchi  b ir  xil  qalinlikdagi 

zich modda qatlami o'ragan.  Katta boldir suyagi pastki epifizi g'ovak moddasida 

suyak  to 'sin lari  asosan  vertikal  yo'nalgan  b o 'lib ,  faqat  uning  b o 'g 'im  

chekkasida gorizontal  dastalar uchraydi.  K atta boldir suyagi zich m oddasi 

oldingi tom onda oldingi qirra hisobiga qalin, tashqi ko'rm ishi to'lqinsim on, 

yuqori tom onga katta boldir g'adir-budirligiga o 'tib  ketadi;  orqa yuzasida 

zich  qavat  silliq.

K atta  boldir suyagining birinchi  suyak  nuqtasi  uning tanasida  hom ila 

hayotining 2-oyida paydo bo'ladi.  Bola tug'ilishidan aw al uning proksimal 

epifizida do'ngsim on o'sim talararo tepalikda epifizar suyak nuqtasi vujudga 

keladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning katta boldir suyagi (24-b rasm) nisbatan 

qisqa,  yuqori uchi y o 'g 'o n  va orqaga egilgan.  Tanasi uchburchak shaklida, 

oldingi qirrasi aniq bilinadi.  O 'rta qismida ilik kanali qism an hosil bo'ladi. 

Pastki uchi tog'aydan iborat.  Emizikli davrda katta boldir suyagi yuqori uchi 

hisobiga  o'sadi.  Yuqori  epifizidagi  suyak  nuqtasi  o'sib  ikkala  do'ngsim on 

o'sim taga tarqaydi.  Suyakni distal uchida suyak nuqtasi paydo bo'ladi.  Erta 

bolalik davrida suyak hajmi 2 m arta kattalashadi, keyinchalik suyak o'sishda 

davom  etib,  yuqori uchi kattalashadi va shakli kattalamikiga o'xshab qoladi. 

T ana  relyefi  aniq  bilinadi.  Bolalikning  ikkinchi  davrida  suyak  uchlari 

ko'ndalangiga o'sadi va uning bo'rtig'ida suyak nuqtasi yuzaga keladi; suyak 

tanasi va ilik bo'shlig'ini o ’sishi tugallanadi.  Pastki uchi suyak nuqtasi ichki 

to 'p iq n i egallab tanasidan yupqa tog'ay bilan ajrab turadi.  Suyakning pastki 

uchi tanasi bilan  16—19 yoshda,  yuqori uchi  19—24 yoshlarda birikadi.

K ichik boldir suyagi  (fibula,  24-a rasm)  katta boldir suyagiga nisbatan 

ingichka va  ikki  uchi y o 'g 'o n   bo'lib,  yuqorigi  uchida  kichik boldir suyagi 

boshchasi  (caput  fibulae)  va  uning  uchi  (apex  capitis  fibulae),  medial 

tomonida esa katta boldir suyagiga birikadigan kichik boldir suyagi boshchasining 

b o 'g 'im   yuzasi  —  facies  articularis  capitis  (fibulae)  joylashgan.  Pastga 

to m o n   boshcha  torayib  kichik  boldir  suyagi  b o 'y n in i  (collum  fibulae) 

hosil qilib suyak tanasiga o'tadi.


Kichik  boldir  suyagining  tanasi  (corpus  fibulae)  uch  qirrali,  o'zining 

bo'ylama o‘qi atrofida biroz buralgan. Tanada oldingi qina (margo anterior), orqa 

qirra (margo posterior) va katta boldir suyagiga qaragan suyaklararo qirra (margo 

interossea) tafovut qilinadi. Ular tashqi yuza (facies lateralis), orqa yuza (facies 

posterior) va ichki yuza (facies medialis) ni bir-biridan ajratib turadi. Suyakning 

pastki uchi kengayib, katta boldir suyagini medial to ‘pig‘idan uzunroq bo'lgan 

tashqi to‘piqni (malleolis lateralis) hosil qiladi. Tashqi to'piqning ichki tomonida 

oshiq  suyak bilan  birlashadigan  silliq bo'g'im   yuzasi  (facies  articularis  mal­



leoli), uning orqasida esa kichik boldir mushaklari payi o'tadigan lateral to'piq 

chuqurchasi  (fossa  malleoli lateralis)  bor.



Rentgenoanatomiyasi. Old to'g'ri rentgenogrammada kichik boldir suyagi 

biroz  S -sim on yoki ravoqsim on bukilgan.  U ning zich qavati va suyak iligi 

kanali kengligi juda o'zgaruvchan.

Kichik boldir suyagining birinchi suyak nuqtasi uning tanasida hom ila 2 

oyligida paydo bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning kichik boldir suyagining 

(24-d  rasm)  tanasi suyaklangan,  uchlari esa tog'aydan iborat bo 'lib,  pastki 

uchi  yo 'g 'o n ro q ,  tanasi  yassi,  oldingi  va  orqa  qirralari  tekis  b o'lib ,  ichki 

qirrasi biroz bilinadi.  Emizikli davrda suyak bir tekis o'sadi.  Pastki uchida 

suyak nuqtasi 2 yoshda paydo bo'ladi.  Bolalikning birinchi davrida kichik 

boldir suyagi tanasi o 'z  shakliga ega bo'lib, suyak iligi kanali tanani egallaydi

yuqori uchida suyak nuqtasi vujudga keladi.  Bu davrda pastki uchidagi suyak 

nuqtasi  kattalashib  tashqi  to 'p iq   o 'z   shaklini  oladi.  Bolalikning  ikkinchi 

davrida suyak tuzilishi tugallanib, yuqori va pastki epifizlari tanasidan yupqa 

tog'ay qatlam  bilan ajrab turadi.  Balog'at davrida suyakning bo'yiga o'sishi 

to'xtaydi va pastki uchi 20—22 yoshda, yuqori uchi esa 24 yoshlarda tanasi 

bilan birikadi.



Oyoq  panjasi  suyaklari

Oyoq  panjasi  suyaklari  (ossa  pedis,  25-rasm )  xuddi  q o 'l  panjasiga 

o'xshab  kaft  oldi  suyaklari,  oyoq  kafti  suyaklari  va  oyoq  panjasi  barm oq 

suyaklaridan iborat.

Kaft  oldi  suyaklari  (ossa  tarsi)  ikki  qator  (25-a  rasm) joylashgan  7 ta  

g'ovak suyakdan iborat.  Orqa (proksimal) qatorda 2 ta katta:  oshiq va tovon 

suyaklari,  oldingi  (distal)  qatorda  qayiqsim on,  lateral,  oraliq,  m edial 

ponasim on va kubsim on suyaklar bor.

Oshiq  suyak  (talus)  yirik  bo'lib,  uning  boshchasi  (caput  tali),  tanasi 

(corpus  tali)  va  u larn i  birik tirib   tu ruvchi  to r  b o 'y n i  (collum   tali) 

tafovut qilinadi.  Oshiq suyakning tanasi eng katta qismi. Uning yuqori qismida 

g'altaksim on  hosila  (trochlea  tali)  bo'lib,  uning  u ch ta  b o 'g 'im   yuzasi 

ko'rinadi,  ulardan  yuqori  yuzasi  (facies  superior)  katta boldir suyagining 

pastki b o 'g 'im  yuzasi bilan,  qolgan ikkitasi yon tom onda joylashgan m edial 

ва  lateral  to 'p iq   yuzalari  (facies  malleolaris  medialis  et  lateralis)  shu 

nom dagi to 'p iq  yuzasi bilan b o 'g 'im  hosil qiladi.


А

25-rasm .  A.Katta  odamning  o ‘ng  oyoq  panjasi  suyagi.  1-calcaneus;  2-talus;  3-os 

cuboideum;  4-os  naviculare;  5-os  cuneiforme  raediale;  6-os  cuneilforme  intermedium; 

7-os  cuneiforme  laterale;  8-os  metatatrsale  I;  9-phalanx  proximalis;  10-phalanx  media;

11-phalanx  distalis.  B.  Chaqaloqning  chap  oyoq  panjasi  suyagi.  1-calcaneus;  2-talus; 

3-os  cuboideum ;  4-os  cuneforme  laterale;  5-os  metatarsale-V;  6-phalanx  proximalis;

7-phalanx  distalis;  8-os  cuneforme  mediale;  9-os  cuneforme  intermedium;  10-os  navicu­

lare;  11-punctum  ossificationis.

Lateral  to ‘piq  yuzasi  medialiga  nisbatan  katta  bo'lib  oshiq  suyakning 

lateral  o'sim tasigacha  (processus  lateralis  tali)  yetib  boradi.  G ‘altakning 

orqasidagi  o rqa  o 'sim ta n i  (processus  posterior  tali)  bosh  b arm o q n i 

bukuvchi  u zun  m ushak  payi  medial  va  lateral  do'nglikka  (tubertculum 

mediale  et laterale)  bo'ladi.O shiq suyakning pastki yuzasida tovon suyagi 

bilan  birlashadigan  uchta:  oldingi,  o 'rta  va  orqa  b o 'g 'im   yuzalari  (facies 



articularis  calcanea  anterior,  media  et  posterior)  bo'lib,  o 'rta   va  orqa 

b o 'g 'im   yuzasi  o 'rtasidan  egat  (sulcus  tali)  o 'tadi.  Oshiq suyak boshchasi 

oldinga  va  m edial  tom onga  yo'nalgan,  unda  qayiqsim on  suyak  bilan 

birlashadigan  b o 'g 'im   yuzasi  (facies  articularis  navicularis)  bor.

Tovon  suyagi  (calcaneus)  oyoq panjasidagi  eng  katta  suyak.  U   oshiq 

suyakning ostida joylashgan, uning tanasi orqa tomonda tovon suyagi do'ngligim 



(tuber  calcanei)  hosil  qiladi.  Uning  ustki  yuzasida  oshiq  suyak  b o 'g 'im  

yuzalariga  m os  3  ta:  oldingi,  o 'rta  va  orqa  oshiq  suyagi  b o 'g 'im   yuzalari 



(facies  articularis  talaris  anterior,  media  et  posterior)  bor.  O 'rta   va 

orqa b o 'g 'im  yuzalari o'rtasida tovon suyagi egati  (sulcus calcanei),  oshiq 

suyak  egati  bilan  kaft  oldi  kovagini  (sinus  tarsi)  hosil  qiladi.  Suyakning 

m edial  yuzasida  oshiq  suyakni  ko'tarib  turuvchi  o'sim ta  (sustentaculum



tali) bo'lib, uning lateral yuzasida uzun kichik boldir mushak payi egati (sulcus 

tendo  m.  peronei  longi)  o'tadi.  Suyakning  old  uchida  kubsimon  suyak  bilan 

birlashadigan  kubsimon  bo'g'im   yuzasi  (facies  articularis  cuboidea)  bor.

Qayiqsim on  suyak  (os  naviculare)  medial  tom ond a oshiq  suyak bilan 

uchta ponasim on suyaklar o'rtasida joylashgan.  Uning proksimal botiq yuzasi 

oshiq suyak boshchasi bilan birlashadi.  Distal yuzasi uch qismga bo'lingan 

bo'lib ponasim on suyaklar bilan birikadi.  Suyakning ichki chekkasida orqa 

katta boldir m ushagi birikadigan qayiqsimon suyak d o 'm b og 'i  (tuberositas 

ossis  navicularis)  bor.

Ponasimon suyaklar (ossa cuneiformia) oyoq kaftining medial chekkasida 

qayiqsimon suyak bilan I —III kaft suyaklari o'rtasida o'm ashgan.  U lam ing 

eng kattasi m edial ponasim on suyak  (os cuneiforme mediale)  I kaft suyagi 

asosi  bilan,  oraliq  ponasim on  suyak  (os  cuneiforme  intermedium)  II  kaft 

suyagi  bilan,  lateral  ponasim on  suyak  (os  cuneiforme  laterale)  III  kaft 

suyagi bilan b o 'g 'im  hosil qiladi.

Kubsim on  suyak  (os  cuboideum)  lateral  to m on da  tovon  suyagi  bilan

IV—V  kaft  suyaklari  o'rtasida joylashgan  bo'lib,  ular  bilan  birlashadigan 

b o 'g 'im   yuzalari  bor.  Bundan  tashqari,  uning  medial  tom onida  tashqi 

ponasim on  suyak  bilan birlashadigan  b o 'g 'im   yuzasi  mavjud.  K ubsim on 

suyakning  pastki  tom onida  kubsimon  suyak  b o'rtig 'i  (tuberositas  ossis 



cuboidea),  uning  oldida  uzun  kichik  boldir  m ushagining  payi  o'tadigan 

egati  (sulcus  tendo  m.  peronei  longi)  joylashgan.



Rentgenoanatomiyasi. Yon rentgenogrammada oshiq va tovon suyaklari 

xuddi bo'ylam a kesma shaklida bo'lib, oshiq suyakda uning asosiy qismlarining 

tashqi  chegarasi;  tovon  suyagida  uning  b o 'g 'im   yuzasi joylashgan  oldingi 

qism ining tashqi  chegarasi  aniq  ko'rinadi.  Suyakning pastki yuzasi yupqa 

qavat  zich  m odda  bilan  qoplangan  bo'lib,  uni  tashqi  chegarasi  ko 'p incha 

g'adir-budur bo'ladi. Tovon dongiigining zich m oddasi esa qalin.  Oshiq va 

tovon suyaklari tanasi o'rtasida n o to 'g 'ri to 'rtburchak shaklidagi yorug'lik 

tovon  sinusi  ko'rinadi.  Oyoq kaftining old  to 'g 'ri  tasvirida ichki tom onda 

joylashgan oshiq suyak boshchasi va tashqi tomonda joylashgan tovon suyagining 

oldingi  qism ini  k o 'rish   m um kin.  Oshiq  suyak  b o sh chasin in g  yuzasi 

ko'tarilgan,  tovon  suyaginiki  esa  biroz  egarsimon  bukilgan.  Oshiq  suyak 

boshchasining  oldida  yarimoy  shakldagi  qayiqsim on suyak yotadi.  Tovon 

suyagi oldida oyoq panjasining tashqi tom onida joylashgan kubsim on suyak 

kvadrat shaklga ega. Qayiqsimon suyak oldida ponasimon suyak joylashadi.

Oyoq panjasi suyaklarining taraqqiyoti qo'l kafti suyaklaridan oldinroq 

boshlanib, ularda suyaklanish nuqtasi hom ila davrida paydo b o 'ladi. Yangi 

tug'ilgan chaqaloqda kaft oldi suyaklarida (25-b rasm) kattalarga xos ham m a 

qism lar bor.  U lar  asosan  tog'aydan  tuzilgan  bo'lib,  faqat  oshiq,  tovon va 

kubsimon suyaklarda suyak nuqtalari bor.  Bu suyak nuqtalari tovon suyagida 

hom ila  6  oyligida,  oshiq  suyakda  7—8,  kubsim on  suyakda  esa  9  oyligida 

paydo bo'ladi.  Bola tug'ilganidan keyin oshiq, tovon va kubsimon suyaklardagi 

suyak  nuqtalari  kattalashib  boradi.  Emizikli  davrda  tashqi  ponasim on,  2



yoshda medial ponasimon suyakda, 3—4 yoshlarda oraliq ponasimon suyakda, 

bolalikning birinchi davrida qayiqsimon suyakda suyak nuqtalari paydo bo'ladi. 

Bolalikning  birinchi  davrida  tovon  oldi  suyaklarining  o'sishi  b irm uncha 

tezlashib, suyak nuqtalari kattalashadi va tog'ayni butunlay egallaydi. Qo'shimcha 

suyak  nuqtalari  bolalikning  birinchi  davrida  tovon  suyagi  do'm bo g'id a, 

bolalikning ikkinchi davrida qayiqsimon suyak do'm bogida vujudga keladi. 

B alog'at  davrida  kaft  oldi suyaklarining o'sishi  tugab,  kattalarga  o'xshash 

tuzilishga ega bo'ladi.  Bu davrda tovon va qayiqsimon suyak apofizlari tanasi 

bilan qo'shiladi.

Oyoq kafti suyaklari  (ossa metatarsalia) 5 ta  kalta naysim on suyakdan 

iborat.  I kaft suyagi qisqa va yo'g'on,  II kaft suyagi esa eng uzun.  Oyoq kafti 

suyaklarida  tanasi  (corpus),  boshchasi  (caput)  va  asosi  (basis)  tafovut 

qilinadi.  U lam ing tanasi prizm a shaklida,  qavariqligi kaft ustiga qaragan.  I 

kaft suyagining asosi medial ponasim on suyak bilan,  II va III kaft suyaklari 

asosi oraliq va lateral ponasim on suyaklari bilan,  IV va V kaft suyaklari asosi 

esa  kubsim on  suyak  bilan  b o 'g 'im   hosil  qiladi.  V  kaft  suyagining  tashqi 

tom onida qisqa kichik boldir mushagi birikadigan V kaft suyagi  do 'm bog'i 

(tuberositas  ossis  m etatarsals  V)  joylashgan.

Oyoq kafti suyaklari diafizlarida suyak nuqtasi homila hayotining 3-oyida 

paydo bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq oyoq kafti suyaklari katta odam suyaklariga 

nisbatan qisqa, diafizi suyaklanib bo'lgan, uchlari katta va tog'aydan iborat. Kaft 

suyaklari epifizlarida 3 yoshda faqat bitta uchida qo'shimcha suyak nuqta ko'rinadi, 

bu  nuqta  I  kaft  suyagining  proksimal  uchida,  qolgan  kaft  suyaklarini  distal 

uchida paydo bo'ladi.  Suyaklaming ikkinchi uchi esa tanasidagi suyak nuqta 

hisobiga suyaklanadi.  Epifizlar tanasi bilan  12—16 yoshlarda birikadi.

Oyoq panjasi barm oq suyaklari  (ossa digitorum pedis)  qo'lga nisbatan 

qisqa va yo'g'on. II—V barmoqlar uchta (proksimal, o'rta va distal), I barmoq 



(hallux)  esa  ikki:  proksim al  va  distal  falangalardan  iborat.  B arm oq 

falangalarining  tanasi  (corpus  phalangis),  boshchasi  (caput  phalangis) 

va asosi (basis phalangis) tafovut qilinadi.  Proksimal va o 'rta  falangalam ing 

tanalari kaft orqasi tom onga biroz qavargan.  Proksimal falangalaming asosida 

kaft suyagi boshchasi bilan b o 'g 'im  hosil qiladigan yassilashgan chuqurcha, 

o 'rta  va distal falangalam ing asosida undan yuqorigi falanga bilan b o 'g 'im  

hosil qiladigan, qirra bilan bo'lingan ikkita yassi yuza bor.  Distal falangalarda 

d o 'm b o q ch a  (tuberositas  phalangis  distalis)  mavjud.



Rentgenoanatomiyasi.  Old to 'g 'ri rentgenogram m ada kaft suyaklari va 

barm oq falangalari aniq ko'rinishga ega.  Kaft suyaklarining asosi bir-biriga 

qavatlanadi.  Kaft suyaklari va proksimal falangalar diafizlarida zich qatlam va 

suyak iligi bo'shlig'i takomillashgan.

Barmoq falangalarining birinchi suyak nuqtasi hom ila hayotining 3 oyida 

vujudga keladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq barm oq falangalarining ham m asini 

diafizida suyak nuqtasi bo'ladi.  3—4 yoshda barmoq falangalari asosida epifizar 

suyak  n u qta  paydo  bo'lib,  tanasi  bilan  qizlarda  16— 17  yoshlarda,  o 'g 'il 

bolalarda  18— 20 yoshlarda qo'shiladi.

5  1


B O SH   SKELETI

Bosh  skeleti  yoki  kalla  suyaklari  tuzilishi  jih atid an   skeletning  eng 

murakkab, ahamiyati jihatidan eng kerakli qismi; uning ichida odam  uchun 

z a ru r  b o i g a n   b o sh   m iy a  jo y lash g an .  K alla  s k e le tin in g   b u   q ism i 



neyrocranium deb  ataladi.  K alla suyagining ayrim  qism lari  sezgi  a ’zolari 

(eshituv-m uvozanat,  ko‘ruv  va  hid  bilish)ni  qoplab,  ulam i  tash qi  m uhit 

ta ’siridan saqlab turadi.  B undan tashqari,  kalla skeletining yuz qism i yoki 

visseral qismida ovqat hazm  qilish va nafas a ’zolari tizim ining boshlang'ich 

qismlari joylashgan. Yuz qismi yana chaynov apparatiga ham  kiradi, chunki 

bu  qism   suyaklariga  chaynov  m ushaklari  birikkan.  K alla skeletining  ikki 

qism i  bir-b iridan faqat vazifasiga  qarab  em as,  balki  taraqqiyoti jih atid a n  

ham  farq qiladi.



Kalla  suyaklarining  taraqqiyoti

Kalla suyaklari hom ila orqa torining  (chorda dorsalis)  yuqori uchidan 

rivojlanadi. U  uch taraqqiyot bosqichi: parda, tog‘ay, suyak davrlarini o‘taydi. 

Parda davri hom ila hayoti birinchi oyining oxiri va ikkinchi oyi boshlarida 

o ‘tib,  bu  davrda  bosh  miya  m ezenxima  pardasi  bilan  o ‘ralib  parda  yoki 

biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan parda boshni hosil qiladi.

Kallaning yuz qismini hosil qiladigan biriktiruvchi to 'q im a hom ila bosh 

ichagi  devorini o'ragan bo'lib,  m ezoderm aning ventral qism idan yoki yon 

qatlam lardan  taraqqiy etadi.  Hom ila taraqqiyoti  ikkinchi  oyining boshida 

o 'n g  va  chap  tom onlarida  ikkita paraxordal  tog'aylar paydo  b o 'lad i.  U lar 

dastlab mayda bo'laklardan iborat bo'lib, so'ngra o'zaro qo'shiladi.  Shu davrda 

chorda  dorsalis  ni  old  tom onid a,  oxirgi  m iyaning  ostida  ikkita  bosh 

trabekullalari  vujudga  keladi.  Shu  bilan  birga,  hidlov,  ko'ruv,  eshituv  va 

muvozanat a’zolarining ustini qoplagan parda xaltalar ham  tog'ayga aylanadi. 

D astlab  alohida-alohida  bo'lgan  tog'aylar  o 'zaro  qo'shilib,  bosh  miyaga 

kirayotgan qon tom irlar va chiqayotgan nervlarni o'raydi.  Hom ila hayotining 

ikkinchi oyi oxiri va uchinchi oyi boshlarida tog'ay boshning ichki va tashqi 

asosi o 'z  shaklini oladi.

K allaning  m iya  h am d a  yuz  qism i  suyaklari  endesm al  y o 'l  bilan 

suyaklanadi.  K allaning yuz qismi suyaklari visseral rav oq lardan  taraqqiy 

etadi.  H o m ilad a  5 ju ft  visseral  ravoqlar b o 'lib ,  u lar bo sh n in g   yonbosh 

m ezenxim a  qatlam larid an   bir ju ftd a n   paydo  b o 'lad i.  U la m in g   b irin ch i 

jufti pastki ja g '  ravog'i bo'lsa,  ikkinchisi gioid ravoqdir.  Q olgan u ch in ch i, 

to 'rtin c h i va besh in ch i ju ftlari jab ra ravoqlari nom i bilan  atalad i.  P astki 

jag '  ravog'i  ikki:  kvadrat  tanglay  (palatoquadratum)  va  m ekkel  to g 'ay i



bo‘laklaridan iborat.  Odamning kalla suyaklari taraqqiyotiga qarab 3 guruhga 

bo'linadi:

I.  Bosh miya pardasini  (kapsulasini)  hosil qiluvchi suyaklar:

a) birlam chi yoki kalla qopqog'i suyaklari: ensa suyagining serbar qismi, 

chakka suyagining palla va nog'ora qismlari, peshona, tepa suyaklari;

b)  ikkilam chi  yoki  kallaning  asosi  suyaklari:  ponasim on  suyak,  ensa 

suyagining asosiy va yon qismlari,  chakka suyagining tosh (piramida)  qismi 

bilan so‘rg‘ichsim on o'simtasi.

II.  Burun xaltasi  (kapsulasi) bilan bog'lanib rivojlangan suyaklar:

a)  birlam chi suyaklar:  ko'z yoshi suyagi, b urun va  dim og'  suyaklari;

b) ikkilamchi suyaklar: g'alvirsimon suyak, burunning pastki chig'anog'i.

III. Visseral ravoqlardan rivojlangan suyaklar:

a) harakatsiz suyaklar: yuqori jag',  tanglay va yonoq suyaklari;

b) harakatchan suyaklar:  pastki jag', til osti suyagi va eshituv suyakchalari 

(bolg'acha,  sandoncha,  uzangi).

Kallaning  miya  qismi  suyaklari

Bu  turkum   suyaklar  kalla  gumbazi  yoki  qopqog 'i  suyaklari  va  kalla 

asosini  hosil  qiluvchi  suyaklarga  b o'linadi.  Kalla  qopq og 'ini  peshona 

suyagining palla qismi, tepa suyagi,  ensa va chakka suyagining serbar qismi 

va ponasim on suyakning katta qanoti hosil qiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda 

kallaning  q opqoq  qism i  asosiga  nisbatan  katta.  Bola  hayotining  birinchi 

yilida  kallaning  qopqoq  qismi  tez  o'sadi  va  bir  yoshga  to 'lg an d a  uning 

uzunligi katta odam  boshining  1 /2  ga teng bo'ladi.  Keyinchalik uning o'sishi 

sekinlashib,  20 yoshda doimiy shakl oladi.  Bir yoshgacha bo'lgan bolaning 

kalla qopqog'i suyaklari elastik bo'lib,  ularda zich (kom pakt)  qavat yaxshi 

takom illashgan. T ashqi qatlam  va ichki  qatlam   o 'rtasid a m a’lum  chegara 

bo'lm agani uch un bola kalla suyagi lat yeganda ichki qatlam i ko'chm aydi. 

Kalla  q o p qog'i  suyaklarining  tashqi  yuzasi  silliq  bo 'lib,  faqat  choklar 

sohasidagina biroz g 'adir-budirliklar bor.  Suyaklam ing ichki yuzasi  ham  

tekis b o 'lib ,  bola 5—6 oylik bo'lganda miya qattiq  pardasi o 'rta  arteriyasi 

egati, vena bo'shliqlari egati paydo b o 'la boshlaydi.  K atta bolalarda kalla 

qopqog'i suyaklari tashqi va ichki zich qatlamdan va ular o'rtasida joylashgan 

g'ovak m oddadan iborat bo'ladi.  Suyaklami ichki yuzasida suyak usti pardasi 

bo'lm ay,  miya qattiq pardasi unga yopishib turadi.

Kalla suyagi miya qismi asosini ensa suyagining asosiy va yon qismlari, 

ponasim on  suyak,  chakka  suyagining  tosh  qism i,  g'alvirsim on  suyakning 

ilma-teshik plastinkasi hosil qiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq kalla suyagining 

asosi sagittal yo'nalishda cho'zilgan, ko'ndalangiga toraygan.  Bola hayotining 

birinchi 7 yilida suyakning bu qismi bir tekis o 'sadi va uning uzunligi katta 

odam  kallasi asosini  1/2 ga teng bo'ladi.  Bolalikning ikkinchi davrida kalla 

suyagi asosining o'sishi sekinlashadi va balog'at davrining ikkinchi yarmida 

u katta odamlamikiga barobarlashdi.


Ensa suyagi  (os  occipitale,  26-rasm)  kallaning  m iyaqism ining  orqa 

pastki sohasini hosil qiladi.  U nda asosiy, yon qismlari va serbar qismi tafovut 

qilinadi.  Bu  qism lar o'zaro birikib,  kalla b o ‘shlig‘ini um urtqa kanali bilan 

qo'shuvchi katta teshikni (foramen magnum)  hosil qiladi.

Asosiy  qism i  (pars  basilaris)  katta  teshikni  old  tom onida joylashgan 

bo'lib,  18—20 yoshlarda ponasim on  suyak tanasiga qo'shilib ketadi.  U ning 

miya yuzasi tam ov shaklida bo'lib, ponasim on suyak tanasi bilan biigalikda 

yuza nishab (clivus)ni hosil qiladi. Uning lateral chekkasida pastki toshsimon 

vena egati (sulcus sinus petrosus inferior),  pastki yuzasida halqum  b o'rtig'i 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin