0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


Dum umurtqalari  (vertebra coccygeae)



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

Dum umurtqalari  (vertebra coccygeae)  4—5  ta bo'lib,  odam da qoldiq 

(rudimentar)  u m u rtq alar  hisoblanadi;  u lar  katta  o d am d a  suyaklanib 

uchburchak  shaklidagi  dum   suyagini  (os  coccygis)  vujudga  keltiradi.  U 

oldinga qarab bukilgan bo'lib, asosi yuqoriga, uchi esa pastga qaragan.  I dum  

um urtqasida  dum g'aza  suyagi  bilan  b o 'g 'im   hosil  qiladigan  u n ch a  katta 

bo'lm agan  tanadan  tashqari  dum   shoxi  (cornu  coccygeum)  ham   bor.

Umurtqalaming  rentgenoanatomiyasi.  T o 'g 'ri  ren tg eno gram m ada 

umurtqalaming tanasi aniq chegarali to'rtburchak soya ko'rinishida.  Ulaming 

ustki  va  pastki  chekkalari  tekis.  U m urtqalar g'ovak  m oddasining  tarkibi, 

asosan ko'ndalang o'simtalari, kamroq qirrali va bo'g'im  o'simtalari ko'rinadi. 

U m urtqalararo  disklar um urtqalar orasida yorug'liklar hosil  qiladi.  Bo'yin 

umurtqalarining tanasi uncha baland emas,  ustki yuzasi biroz botiq.  Ulam ing 

qirrali o'sim talari uncha katta bo'lm agan ayri ko'rinishida soya beradi. Yon 

proyeksiyada atlantning oldingi va orqa ravog'i,  aksisning tishi,  uning uchi, 

atlantning  oldingi  ravog'i bilan birikadigan yuzasi  aniq  farqlanadi.  I  va  II 

ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalari shu umurtqalar sohasida ko'rinadi. 

Pastki ko'krak umurtqalariniki asta-sekin pastga yo'nalib, pastki um urtqalar 

tanasi va um urtqalararo disklar sohasida ko'rinadi.  K o'krak um urtqalam ing 

qirrali o'simtalari uchburchak shaklidagi ingichka hoshiya ko'rinishida.  Ulaming 

ko'ndalang o'simtalari qovuig'aning orqa qismiga qavatianadi. Yon proyeksiyada 

tananing orqa tom onida har bir um urtqaning yoyi va qirrali o'sim talarining 

soyasi ko'zga tashlanadi. To'g'ri proyeksiyada bel umurtqalarining tanasi to'g'ri 

burchakli shaklda. Tananing yon tom onida ko'ndalang o'sim talar soyasi bor. 

Yon proyeksiyada bel umurtqalari tanasi, bo'g'im  va qirrali o'simtalari ham da 

um urtqalararo yoriqlami aniq ko'rish mumkin.  U m urtqalam ing tanasi katta 

to'rtburchak shaklda,  oldingi yuzasi bukilgan bo'ladi.  Um urtqalararo yoriqlar 

keng  bo 'lib,  ravoqlar  va  um urtqalararo  teshiklar  aniq  ko'zga  tashlanadi. 

T o 'g 'ri proyeksiyada dum g'aza suyagi asosi yuqoriga, uchi pastga yo'nalgan 

keng pona shaklida.  Oldingi dum g'aza teshildari yumaloq yoki cho'zinchoq 

shaklda bo'lib, dum g'azani o'rta va yon qismlarga ajratadi.  D um g'aza mayda 

katakchali suyak tuzilishida bo'ladi.  D um g'aza umurtqalarining birikib ketgan 

qirrali o'simtalari o'rta chiziqda tekis ko'rinishga ega bo'lmagan ingichka chiziq 

hosil  qiladi.  Yon  proyeksiyada  dum g'azaning  oldingi  yuzasi  silliq,  orqasi 

n o tek is.  T a n a sin in g   orq asid a  b o 'y la m a   y o riq   sh aklidag i  d u m g 'a z a  

umurtqalarining ravoqlari dumg'aza kanali soyasi ko'rinadi. To'g'ri proyeksiyada 

dum   um urtqalari  dum g'aza  uchi  ostida  o 'rta   sathda  bo'lib,  birinchi  dum  

um urtqasi boshqalardan katta va keng bo'ladi. Yon rentgenogram m ada dum 

um urtqalari  dum g'azaning  bevosita  davom i  bo'lib,  ustm a-ust joylashgan 

to'rtburchak soya shaklida ko'zga tashlanadi.

U m urtqalam ing  rivojlanishi  va  bolalardagi  xu susiyatlari

U m urtqalar sklerotom ning skelet  m ezenxim asidan  hom ila  tanasining 

segm entlariga  m os  ravishda  taraqqiy  etadi.  U m urtqalar  rivojlanishi  uch


bosqichni o ‘taydi. bosqichda mezenxima asta-sekin o‘sib, orqa to r (chorda 

dorsalis)  va  nerv  nayini  o ‘rab  birlam chi  (parda)  um urtqani  hosil  qiladi. 

Odam  homilasida 38 ta um urtqa paydo bo'lib, ular 7 ta bo'yin,  13 ta  ko'krak, 

5 ta bel va  12-13 ta dum g'aza va dum  umurtqalaridan iborat bo'ladi.  Hom ila 

taraqqiyoti davrida oxiigi ko'krak umurtqasi bel, oxirgi bel um urtqasi esa  1 

dumg'aza umurtqasiga aylanadi. Keyinchalik dum  umurtqalari yo'qolib ketib, 

bola tug'ilishi vaqtida 33—34 ta umurtqa qoladi. Homila hayotining 5-haftasida 

um urtqalar tanasi va ravoqlarida alohida tog'ay to'plam lari paydo bo'ladi. 

Keyinchalik  ular  o 'zaro   qo'shilib  tog'ay  um urtqani  hosil  qiladi.  U m u rt­

qalam ing  suyaklanish jarayoni  hom ila  hayotining  2-oyi  oxiri,  3-oyining 

boshida  boshlanib,  m a’lum   bir  tartibda  kechadi.  Suyaklanish  3-bo'yin 

umurtqasidan boshlanib pastga qarab 4-bel umurtqasigacha davom etadi. Bu 

davrda yuqoridagi um urtqalarning tog'ay modelida um urtqa yoyining ikkala 

yonida va tanasida 3 ta suyak nuqtasi paydo bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning 

3  —  7-bo'yin,  ko'krak  va  bel  um urtqalari  shakli  kattalam ikiga  o'xshash, 

am m o  ko'p  qismi  tog'aydan  iborat  (9-rasm).  U lam ing  yoyida joylashgan 

suyak nuqtalari o'zaro tog'ay qatlamlar vositasida ajrab turadi. Bola hayotining 

birinchi  ikki  yilida  har  bir  yarim  um urtqa  yoyi  suyaklanadi  va  b o 'g 'im  

o'simtasi shakllanadi.  U ch yoshda yarim yoylar o'zaro birikib qirrali o'sim tani 

hosil qiladi va um urtqa kanalining orqa tom oni yopiladi.

Bu birikish  3-bo'yin um urtqasidan to 4-bel um urtqasigacha ketm a-ket 

davom etadi. 3—7 yoshlarda umurtqa ravoqlari tanasi bilan yuqoridagi ketma- 

ketlikda qo'shiladi va umurtqa kanali osishdan to'xtaydi.  16—17 yoshda umurt­

qalar suyaklanib bo'ladi,  am m o ko'ndalang, bo'g'im ,  qirrali o'sim talam ing

uchlarida,  tananing  ustki  va  pastki  yuzasi 

qirralarida tog'ay to'qim asi qolib, ularda qo‘- 

shimcha suyak nuqtalari vujudga keladi.  U lar 

u m urtqa  bilan  18-20  y oshd a  q o 'sh ilad i. 

Dumg'aza umurtqalari ham  uchta asosiy suyak 

nuqtasidan  taraqqiy etadi.  6—7  oylarda  3  ta 

yu -q o rig i  u m u rtq a n in g   y o n id a   b itta d a n  

qo'shimcha suyak nuqtalari paydo bo'ladi Yangi 

tug'ilgan chaqaloqning dum g'aza suyagi pona 

shaklida, tog'aydan iborat bo'ladi.  3 yoshgacha 

suyak nuqtalari kattalashadi va ular o'rtasidagi 

tog'ay qatlam i yupqalashadi.  D um g'azaning 

um um iy  hajmi  kattalashib,  suyak  nuqtalari 

o'zaro  qo'shiladi.  3—8  yoshlarda  suyak  o 'z  

shaklini oladi.  Bu davrda um urtqa oldinga,



II—IV  um urtqalar  orqaga  qarab  suriladi  va 

dumg'aza kifozi paydo bo'ladi.  17—25 yoshlarda 

dum g'aza  um urtqalari  o 'z a ro   birikib  bitta 

s u y a k n i  h o s il  q ila d i.  Y a n g i  t u g 'i l g a n  

chaqaloqning  dum   um urtqalari  4—5  tog'ay

9-rasm.  Yangi  tug'ilgan  chaqaloq 

umurtqasi.  1-corpus  vertebrae

2-pedinculi arcus vertebrae; 3-pro- 

cessus transversus;  4-lamina arcus 

vertebrae;  5-processus  spinosus; 

6-tog‘ay  qatlami;  7-fovea  costalis 

processus  transversalis;  8-proces- 

sus  articularis  superior;  9-fovea 

costalis superior.



holatida bo'lib,  I  dum  um urtqasining suyak nuqtasi  1—7 yoshda,  qolganlari 

esa ikkinchi bolalik davrida yuzaga kelib,  30 yoshlarda suyaklanib bo'ladi.



To'sh  suyagi

T o'sh suyagi (sternum)  frontal sathda joylashgan yassi suyak (10-rasm). 

U nda  1)  yuqorigi  qismi  —  sopi,  2)  o 'rta  qismi  —  tana;  3)  pastki  qismi— 

xanjarsimon o'sim ta tafovut qilinadi.

T o'sh  suyagining  sopi  (manubrium  sterni)  uning  kengaygan  va  qalin 

qismi bo'lib, yuqori qism ida uncha chuqur bo'lm agan b o'yinturuq o'ym asi 



(incisura  jugularis),  uning  yon  tom onlarida  o'm ro v   suyagi  birikadigan 

o'm rov o'ymasi (incisura clavicularis) joylashgan.  U ndan pastda to 'sh  suyagi 

sopining  yon  tom onlarida  I  qovurg'a  tog'ayi birikadigan  o 'y m a  (incisura 

costalis I) bor.  Sopning pastki chekkasida II  qovurg'a uch un  yarim  o'ym a 

bo'lib,  to 'sh   tanasidagi  yarim  o'ym a bilan qo'shilib  II  qovurg'a o'ym asini 

vujudga  keltiradi.  Sop bilan tana qo'shilga'n joyda to 'sh  burchagi (angulus 

sterni)  hosil boladi.

T o'sh  suyagining  eng  uzun  qismi  tanasi 



(corpus  sterni)  b o'lib,  uning  pastki  qismi 

yuqoriga  nisbatan  keng,  oldingi  yuzasida 

ta ra q q iy o t  d a v rid a   s u y a k   q is m la rin in g  

qo'shilishidan hosil bo'lgan ko'ndalang g'adir- 

budir chiziqlar mavjud.  U ning yon chekkasida 

chin qovurg'alar tog'ayi birlashadigan qovuig'a 

o'ymalari bor. VII qovurg'a o'ym asi tana bilan 

xanjarsimon o'sim ta o'rtasida joylashgan.

Hom ila 5 haftaligida yuqorigi 9 juft tog'ay 

qovurg'alam i oldingi uchlari kengayib,  ikkala 

tom onda  o 'zaro   qo'shiladi  va  to 'sh   yo'llari 

vujudga keladi. 2-oyning oxirida o 'n g  va chap 

to 's h   y o 'lla rin in g   y u q o ri  u c h la ri  o 'z a ro  

qo'shilib  to 'sh   sopini  hosil  qiladi.  Ulam ing 

pastki qismlarining qo'shilishidan to 'sh  tanasi 

bilan xanjarsimon o'sim ta paydo bo'ladi. Agar 

t o 's h   y o 'lla r in i  p a stk i  q is m la ri  o 'z a r o  

q o 's h ilm a y   qo lsa,  x a n ja rs im o n   o 's im ta  

ayrisim on  shaklni  oladi.  T o 'sh   suyagining 

birinchi suyak nuqtasi hom ila hayotining 4—

6-oylarida uning dastasida yuzaga keladi. 7—8 - 

oylarda  suyak tanasining  yuqorisida  va  bola 

tug'ilishidan oldin o'rta qismida juft suyak nuqta 

1 0 -ra sm . 

T o ‘sh 

suyagi.

paydo bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning  incisura  jugularis;  2-incisura

!____ __ •  . __ < 

j   _  


-1  __.  1  с»., 

.  », 


1 •  clavicularis;  3-manibrum  sterni;

to  sh suyagi tog  aydan iborat bo  hb,  emizikli  4>7. incisur’a  costalis.  5. corpus 

davrda uning suyak nuqtalari kattalashadi va 

stemi;  6-processus  xipoideus.



tanani pastki qismida ikkita qo'shim cha suyak nuqta vujudga keladi.  3 yoshli 

bolada suyak nuqtalari yumaloq va o'zaro tog'ay qatlamlar bilan ajralib turadi.

Sop va tana qismlari o'rtasida to 'sh burchagi paydo bo'ladi.  Bolalikning 

ikkinchi  davrida  to 'sh   suyagi  sopining  suyak  nuqtasi  uni  to 'liq   qoplaydi. 

Tananing juft suyak nuqtalari o'zaro qo'shilib sternebrlarni, balog'at davrida 

esa ular o 'zaro  birikib butun tanani hosil qiladi. Xanjarsim on o 'sim ta bilan 

tana  30  yoshlarda,  sopi esa 40 yoshlarda birikadi,  b a ’zan birikm ay qolishi 

ham   m um kin.



Qovurg'alar

Q o v u rg 'a la r  (c o sta e )  12  ju ft  b o 'lib ,  o rq a   to m o n d a n   k o 'k ra k  

umurtqalarining tanasiga birikadi (11 -rasm).  Har qaysi qovurg'a ikki qismdan 

iborat.  U ning orqa u zun qismi suyakdan (os costale),  oldingi qisqa qismi 

to g 'ay d a n   (cartilage  costalis)  tuzilgan.  Y etti  juft  (I—VII)  yuqoridagi 

qovurg'alar tog'ay qismlari bilan to 'sh  suyagiga birikadi va ch in  qovurg'alar 



(costae verae)  deb ataladi.  V III—X juft qovurg'alar tog'ayi to 's h  suyagiga 

yetib borm ay, yettinchi qovurg'a tog'ayiga birikkani u chun soxta qovurg'alar 



(costae spurae)  deyiladi.

X I—X II juft  qovurg'alar tog'ayi  qisqa bo'lib,  hech  qayerga  birikmay, 

qorin  m ushaklari  orasida  erkin  joylashadi  va  yetim   qovurg'alar(costae 

fluctuantes)  deb  ataladi.

H ar b ir qovuig'aning orqa 

uchida boshchasi (caput costae) 

bo'lib, unda ko'krak umurtqalari 

tanasidagi qovurg'a chuqurchasi 

bilan  b o 'g 'im   hosil  qiladigan 

b o 'g 'i m  

y u z a s i 



( f a c ie s  

articularis capitis costae) bor.

I I —X 


q o v u r g 'a - l a r n i n g  

b o s h c h a s i  i k k ita   q o 's h n i  

u m u rtq a la r  b ila n   b irik k a n i 

uchun bo'g'im  yuzasini qovurg'a 

boshi  qirrasi  (crista  capitis 

costae) ikkiga ajratib turadi.

Bu  q i r r a d a n   q o v u r g 'a  

boshchasini ko'krak umurtqasiga 

m u s ta h k a m lo v c h i  b o y la m  

boshlanadi.  I, XI, X II qovurg'a 

boshchalari faqat bitta um urtqa 

bilan birikkani uchun ularda bu 

qirra  bo'lm aydi.  B oshchadan 

keyin toraygan qovurg'a bo'yni 

(collum  costae),  uning yuqori 

chekkasida qirra (crista coffi) bor.

I

U-rasm.  Qovurg'a.  1-caput  costae;  2-facies  artic­

ularis capitis costae;  3-collum costae;  4-sulcus cos­

tae;  5-corpus costae.


Bo'yinning tanaga o‘tish joyida qovurg'a bo'rtig'i (tuberculum costae) bo'lib, 

uning  b o 'g 'im   yuzasi  (facies  articularis  tuberculi  costae)  um urtqaning 

ko'ndalang o'sim tasidagi qovurg'a bo'rtig'i chuqurchasi bilan b o 'g 'im  hosil 

qiladi. XI, X II qovuig'alaming bo'rtig'i va bo'g'im  yuzasi bo'lmaydi.  Qovurg'a 

bo'yni va b o 'rtig 'i uning eng uzun qismi, qovurg'a tanasiga (corpus costae) 

davom   etadi.  Q ovurg'a tanasi biroz bukilib,  qovurg'a burchagini  (angulus 



costae) hosil qiladi.  Birinchi 2 ta qovurg'ada burchak qovurg'a bo'rtig'iga to'g'ri 

kelsa, keyingi qovurg'alarda burchak bilan qovurg'a bo'rtig'i orasidagi masofa 

uzoqlasha boradi.  Qovurg'a tanasi yassi bo'lib, tashqi va ichki yuzasi, ustki va 

pastki  qirralari  tafovut  qilinadi.  Ichki  yuzaning  pastki  qirrasi  bo'ylab, 

qovurg'alararo qon tomirlar va nerv yotadigan qovuig'a egati (sulcus costae) 

joylashgan.  I  qovurg'ada  ustki  va  pastki  yuzalari,  ichki  va  tashqi  qirralari 

tafovut qilinadi.  Uning yuqori yuzasida oldingi narvonsimon m ushak bo'rtig'i 

(tuberculum m. scaleni anterioris) bor.  Uning orqasida o'm rov osti arteriyasi 

egati (sulcus arteriae subclaviae), oldida esa o'm rov osti venasi egati (sulcus 



venae subclaviae)  bor.

U m urtqalam ing  ventral  ravoqlari  yon  tom onga  yo 'l  hosil  qilib  o'sib, 

m iotom lam ing  ventral  qismi  orasiga  kiradi  va  qovurg'alam i  hosil  qiladi. 

Qovurg'alar um urtqa va to'sh suyagiga nisbatan erta suyaldanadi. Hom ila 6—8 

haftaligida V I—VIII qovurg'alar burchagida, keyin boshqa qovurg'alarda suyak 

nuqtalari paydo bo'ladi. Ular ikki tomonga tarqalib, tez orada qovurg'a tanasini 

egallaydi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda 7 juft chin,  2 juft soxta va 3 juft yetim qovurg'a 

bo'lib, u suyak va tog'ay qismlardan iborat.  Bu qismlaming bir-biriga nisbati 

kattalamikiga o'xshash. Qovuig'a boshchasi va bo'rtig'i tog'aydan, bo'yni tog'ay 

va suyak qismlardan iborat. Qovurg'a tanasi yumaloq, burchagi va egati yaxshi 

bilinmaydi.  Erta bolalik davrida qovurg'alaming o'sishi tezlashib, uning orqa 

qismi bo'yni hisobiga uzayadi.  Oldingi qismi tez o'sib,  tanasi yassilanadi va 

ichkariga qarab buriladi. Bolalikning birinchi davrida qovurg'a o'sishda davom 

etadi va uning burchagi aniq bilinadi.  Bolalikning ikkinchi davrida qovurg'a 

boshi va bo'rtig'i uchun qo'shim cha suyak nuqtalari paydo bo'lib, u tana bilan

18-25 yoshda birikadi.  Balog'at davrida X qovurg'a tog'ayi qovuig'a ravog'i bilan 

qo'shiladi va 7 juft chin, 3 juft soxta va 2 juft yetim qovuig'a hosil bo'ladi.



Q o ‘l  sk eleti

Q o'l  skeleti  —  yelka  kam ari  (cingulnm membri superioris)  va qo'lning 

erkin  qism idan 

(skeleton  membri 

superioris  liberi)  iborat.

Q o ‘1  sk eletin in g   rivojlanishi

H om ila hayotining 3-haftasida mezenxima hujayralari hom ila tanasining 

yon burm alarida to'planib, baliq suzg'ichlariga o'xshash q o 'l kurtagini hosil 

qiladi,  ular ustki tom ondan ektoderm a bilan qoplanadi.  B urm alar kengayib



q o 'l pilakchalarini hosil qiladi.  H om ila 7 haftaligida barm oq kurtakchalari 

shakllanadi. Dastlab ular o'zaro qo'shilgan bo'ladi,  8-haftalarga kelib ulardan 

beshta  n u r kabi  barm oqlar hosil bo'ladi.  B o'lajak q o 'l  ayrim   qism larining 

taraqqiyoti distal qismidan boshlanib proksimal qismiga davom etadi. Ikkinchi 

oyda qo'lning ayrim qismlari: yelka, bilak va kaft belgilari ko'rinadi.  Barmoqlar 

teri  burm alari  bilan  birikib  alohida  turadi.  Ikkinchi  oyning  oxirida  qisqa 

barm oqlardan tim oqsim on ortiqchalar vujudga keladi.  K urtak m ezenxim a 

to'qiqiasi  qattiqlashib sekin-asta  tog'ay oldi to'qim asiga  aylanadi,  hom ila 

hayotining 2-oyida esa tog'ay to'qimasi paydo bo'ladi. Qo'lning barcha suyaklari 

(o 'm ro v   suyagidan  tashqari)  taraqqiyotning  u ch   davrini  o 'tay d i.  Bu 

suyaklaming diafizlari ona qom idagi davrda suyaklansa,  epifiz v a apofizlari 

bola tug'ilgandan so'ng suyaklanadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning qo'li tanaga nisbatan qisqa, oyoqqa nisbatan 

uzun,  uning q o 'lid a kattalarga xos qismlar:  yelka kamari va  qo 'ln in g erkin 

qismi  suyaklari  bo'ladi.  Am m o  ulaming  tuzilishi  turli  yoshdagi  bolalarda 

o'ziga xos. Yangi tug'ilgan chaqaloq qo'lining yelka qismi qisqa bo'lsa, bilak, 

ayniqsa, kafti uzun.  Bola o'sgani sari bu nisbatlar asta-sekin o'zgaradi. Yelka 

va bilakning o'sishi kaftga nisbatan tezroq kechadi. Balog'at davrida bolaning 

yelkasi yangi tug'ilgan chaqaloqqa nisbatan 4 m arta,  bilagi 3,5 m arta,  kafti 

esa 3 m arta o'sadi.  B unday o'zgarishlar natijasida 20 yoshga yetganda q o'l 

qismlarining bir-biriga nisbati kattalamikiga o'xshab qoladi.

Q o ‘l  suyaklari

Q o'l m ehnat quroU sifatida erkin harakatlanadi.  Q o'lda yelka kam ari va 

erkin qism lar tafovut qilinadi.  Yelka kam ari o'm rov va kurak suyaklaridan 

iborat.  Q o'lning  erkin  qismi  yelka,  bilak  va  tirsak  ham da  q o 'l  panjasi 

suyaklaridan tashkil topgan.  Q o'l panjasi esa kaft usti suyaklari, kaft suyaklari 

va barm oq falangalariga bo'linadi.



Yelka  kamari  suyaklari

12-rasm.  O ‘mrov  soyagi.  l-extremitas  acromialis; 

2-extrem itas  stemalis;  3-tuberculum  conoideum; 

4-linea trapezoidea; 5-facies articularis acromialis.

Yelka kamari sohasida 2 ta: 

o'm rov va kurak suyagi bo'lib, 

ulardan  o 'm ro v   suyagi  q o 'ln i 

tana  bilan  bog'lab  turadigan 

yagona suyak.

O 'm r o v   (c la v ic u la )   

s h a k lid a   b u k ilg a n   u z u n  

n ay sim o n   suyak  (1 2 -rasm ) 

b o 'l i b ,   t o 's h   s u y a g in in g  

o 'm ro v   o'ym asi  bilan   kurak 

suyagining akrom ion o'sim tasi 

o'rtasidajoylashadi. Uning tanasi


(corpus  claviculae)  to 'sh   uchi  (extremitas  sternalis)  va  akrom ion  uchi 

(extremitas acromialis)  tafovut qilinadi; to ‘sh uchi oldinga turtib chiqqan va 

yo‘g‘onlashgan  b o ‘lib,  to ‘sh  suyagi  bilan  birikadigan  egarsim on  b o 'g 'im  

yuzasi  (facies  articularis  sternalis)  bor.

U ning  akrom ion uchi  to ‘sh  uchiga  nisbatan  keng va  yupqa.  U   orqaga 

qaragan,  kurak  suyagining  akrom ion  o'sim tasi  bilan  birlashadigan  yassi 

b o ‘g ‘im   yuzasi  (facies  articularis  acromialis)  bor.

O 'm rov  suyagining  yuqori  yuzasi  silliq,  pastki  yuzasida  boylam lar 

birikadigan konussimon bo'rtiq (tuberculum conoideum) va trapetsiyasimon 

chiziq (linea trapezoidea)  mavjud.

O 'm rov —endesmal yo‘l bilan suyaklanadigan yagona naysim on suyak.

Uning birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 6—7 haftasida biriktiruvchi 

to 'q im ad an  tuzilgan  o'm rov  tanasida paydo bo 'lad i va keyinchalik undan 

akrom ion uchi va tanasi suyaklanadi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  uning  tanasi  suyaklanib  bo'lgan,  to 'sh   uchi 

tog'aydan iborat bo'ladi. Akromion uchi ingichka tog'ay hoshiya bilan qoplangan, 

u bola 7 yoshga kiiguncha bo'yiga va eniga o'sadi. Bolalikning ikkinchi davrida 

uning uchlarida g'adir-budirliklar kuzatiladi. Akromion uchidagi tog'ay hoshiya 

yo'qolib o'mida bo'g'im yuzasi vujudga keladi. Balog'at davrida uning to'sh uchida 

qo'shim cha suyak nuqtasi paydo bo'lib, u tanasi bilan 20-25 yoshda qo'shiladi.

Rentgenoanatomiyasi. To'g'ri proyeksiyadagi rentgenogrammada o'm rov

III—IV qovurg'alar sohasida gorizontal joylashgan quyuq soya beradi; yuqori 

chekkasi tekis, pastki chekkasida uning ikkala uchi yaqinida g'adir-budirliklar 

ko'rinadi.



Kurak  suyagi

K urak (scapula) suyagi yassi uchburchak shaklida (13-rasm),  u ko'krak 

qafasining orqa lateral tomonida,  II—VII qovuig'a sohasida joylashgan. Uning 

3  ta:  y u q o ri  b u rc h a k   (angulus  superior),  tash q i  b u rc h ak   (angulus 



lateralis) va ostki burchagi  (angulus inferior)  ham d a shunga m os ravishda 

3  ta   qirrasi:  ichki  qirra  (margo  medialis),  tashqi  qirra  (margo  lateralis) 

va yuqori qirrasi  (margo superior)  tafovut qilinadi.  Kurakning orqa yuzasi 

(facies  dorsalis)  qavariq  bo'lib,  uni  orqaga  qarab  chiqqan  kurak  qirrasi 

(spina  scapulae)  2  ga:  qirra  usti  chuqurchiasi  (fossa  supraspinata)  va 

qirra  osti  chuqurchasiga  (fossa  infraspinata)  ajratadi.

U larda  shu  nom dagi  m ushaklar  yotadi.  K urak  qirrasi  tashqi  burchak 

tom onga ko'tarilib borib kengayadi va akrom ionni  (acromion) hosil qiladi. 

U ning  uchida  o'm ro v   suyagi  bilan  birikadigan  b o 'g 'im   yuzasi  (facies 

articularis  acromialis)  bor.  Kurakning  oldingi  qovurg'a  yuzasi  (facies 

costalis)  biroz  bukilgan  kurak  osti  chuqurchasini  (fossa  subscapularis) 

hosil qiladi.  U n d a shu nom dagi m ushak yotadi.  Kurakning tashqi burchagi 

yo'g'onlashib yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo'g'im  chuqurchasini 

(cavitas  glenoidalis)  hosil  qiladi.


13-rasm.  Kurak  suyagi.  1-angulus  superior; 

2-angulus lateralis; 3-angulus inferior; 4-spina scap­

ulae;  5-processus coracoideus; 6-acromion; 7-cav- 

itas glenoidalis;  8-fossa infraspinata; 9-margo late­

ralis;  10-margo  medialis;  11-fossa  supraspinata.

U ning  yuqorisida  bo ‘g‘im 

usti  b o ‘rtig‘i  (tuberculum  sup- 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin