0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63

Rentgenoanatomiyasi. 

Old  to'g'ri  rentgenogrammada  tirsak  va  bilak 

suyaklarining distal uchlaridagi bigizsimon o'simtalar yaxshi ko'rinadi. Tiisak 

suyagining bigizsimon o'simtasi uchi yumaloq uncha katta bo'lmagan tikan 

shaklida, bilak suyagining bigizsimon o'simtasi esa keng asosli uncha katta 

bo'lmagan bo'rtiq shaklida aniq ko'rinadi. Shuningdek, kaft usti suyaklarining 

proksimal qatori suyaklari soyasi va bilak-kaft usti bo'g'imining kengligi 2-

2,5  mm bo'lgan oval  shaklidagi bo'g'im yorig'i soyasi ham aniq ko'rinadi. 

Bo'g'im yorig'i bilak hamda qayiqsimon suyak o'rtasida biroz torroq bo'lib, 

tiisak va  uch  qirrali  suyak  o'rtasida  uch  burchakli  tog'ay  bo'lgani  uchun 

kengayadi.

Bilak-kaft usti bo'g'imi yangi tug'ilgan chaqaloqda bilak, qayiqsimon va 

yarimoysimon suyaklaming bo'g'im yuzalari o'rtasida hosil bo'ladi. Tirsak 

suyagi,  bilak  suyagidan  qisqa  bo'lgani  uchun  uning  boshchasi  uch qirrali 

suyak bo'g'im yuzasiga yetib kelmaydi va bo'g'imda ishtirok etmaydi. Tiisak 

suyagi boshchasi bilan uch qiixali suyak o'rtasiga uchburchak shakldagi tog'ay 

disk joylashadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda bu bo'g'imni hosil qiluvchi suyaklar 

tog'aydan iborat bo'ladi.  Bo'g'im xaltasi mustahkam bo'lib,  kaft tomonda 

tarang,  bo'g'imning  boylamlari  yaxshi  rivojlanmagan  bo'ladi.  Bo'g'imni


hosil qilgan suyaklaming barchasi suyaklanib bo'lganidan keyin bu bo'g'im 

taraqqiyoti tugallanadi.

Kaft usti suyaklari bilak va kaft suyaklari o'rtasida joylashib bir nechta 

bo‘g‘imlami  hosil  qilishda  qatnashadi.  Kaft  usti  suyaklarining birinchi  va 

ikkinchi qatori o'rtasida o'rta kaft usti bo'g'imi hosil bo'lsa, ayrim suyaklar 

o'zaro  kaft  usti  suyaklariaro  bo'g'imlami  hosil  qilib  birlashadi.  Kaft  usti 

suyaklarining distal qatori bilan kaft suyaklari o'rtasida kaft usti-kaft bo'g'imlari 

hosil  bo'ladi.  Bu  bo'g'imlar  murakkab  tuzilishga  ega  bo'lib,  qo'l  panjasi 

harakatida katta ahamiyatga ega.

O'rta kaft usti bo'g'imi 



(articulatio mediocarpea) 

kaft ustining birinchi va 

ikkinchi qator suyaklari  o'rtasida joylashib,  faoliyati bilak-kaft usti bo'g'imi 

bilan bevosita bog'liq. Uni hosil qiluvchi suyaklaming bo'g'im yuzalari murakkab 

ko'rinishga ega bo'lib, bo'g'im yorig'i S shaklida bo'ladi. Bu bo'g'imning bo'shlig'i 

kaft  ustining  birinchi  va  ikkinchi  qator  suyaklari  o'rtasidagi  bo'g'imlar 

bo'shlig'iga qo'shilib turadi. Bo'g'im xaltasi erkin va orqa tomoni yupqa bo'lib, 

bu bo'g'imda faqat frontal o'q atrofida bukish va yozish mumkin.

Kaft  usti  suyaklariaro  bo'g'im 

(articulatio  intercarpea) 

kaft  ustining 

alohida suyaklari o'rtasida hosil bo 'ladi. O'rta kaft usti va kaft usti suyaklararo 

bo'g'imlami qo'l panjasining kaft va orqa yuzalarida joylashgan bir nechta 

boylam  mustahkamlab  turadi.  Kaft  yuzasida  joylashgan  kaft  ustining 

shu’lasimon  boylami 



(lig.  carpi  radiatum) 

boshchali  suyakdan  boshlanib 

yonidagi suyaklarga birikadi. Kaft ustining oldingi yuzasida kaft tomondagi 

kaft ustiaro boylam 



(lig.  intercarpea  palmaria) 

va orqa yuzasida orqa kaft 

ustiaro  boylamlar 

(lig.  intercarpea  dorsalia) 

joylashgan  bo'ladi.  Ular bir 

suyakdan  ikkinchi suyakka ko'ndalangiga yo'naladi.  Kaft ustining alohida 

suyaklari, bundan tashqari,  yana bo'g'im ichi boylamlari 



(lig.  intercarpea 

interossea) 

vositasida  birikadi.

Kaft usti suyaklaridan no'xatsimon suyak uch qirrali suyak bilan alohida 

bo'g'im 


(articulatio  ossis  pisiformis) 

hosil  qiladi.  Bu  bo'g'im   ilmoqli 

suyakka birikuvehi no'xatsimon-ilmoqli suyak boylami 

(lig. pisiohamatum) 

va IV—V kaft suyaklari asosiga birikuvehi no'xatsimon-kaft usti boylam 



(lig. 

pisiometacarpeum) 

lari  bilan  mustahkamlanadi.

Kaft  usti-kaft  bo'g'imi 

(articulatio  carpometacarpeae) 

kaft  ustining 

distal qatori suyaklari bilan kaft suyaklari asosi o'rtasida hosil bo'ladi. I kaft 

suyagi  bilan  trapetsiya  shaklidagi  suyak  o'rtasidagi  bo'g'im 



(articulatio 

carpom etacarpea  pollicis) 

shakl  jihatidan  egarsimon  bo'g'im   bo'lib 

harakati  ikki:  sagittal  o'q  atrofida  bosh  barmoq  ko'rsatkich  barmoqqa 

yaqinlashadi 



(adductio) 

va uzoqlashadi 



(abductio). 

Frontal o'q atrofida esa 

bosh barmoq boshqa barmoqlarga qarama-qarshi 

(oppositio) 

keladi va o'z 

holiga  qaytadi 

(repositio). 

Qolgan  II—V  kaft  usti-kaft  bo'g'imlari  yassi 

bo'g'imlar  guruhiga  kirib,  ulaming  bo'g'im  bo'shlig'i  ko'ndalang  chiziq 

holatida yotadi. Bu bo'g'im bo'shlig'i o'rta kaft usti va kaft suyaklararo bo'g'im 

bo'shliqlari bilan birikadi. Bo'g'im xaltasi yupqa, to'rtta bo'g'im uchun umumiy 

bo'lib tarang tortilgan. Bo'g'im xaltasini kaft tomondan kaft tomondagi kaft



usti-kaft  boylami 

(lig.  carpometacarpea  palm aria), 

orqa  tomondan  orqa 

kaft  usti-kaft  boylami 

(lig.  carpometacarpea  dorsalia) 

mustahkamlab 

turadi.  Bu bo‘g‘imning boylamlari mustahkam va tarang  tortilgani  uchun 

harakati juda chegaralangan bo'ladi.

II—V kaft  suyaklari  asosi  keng bo'lib  o'zaro  yaqin joylashgani  uchun 

ulaming  bir-biriga  qaragan  yuzalari  o'rtasida  kaft  suyaklariaro  bo'g'im 



(articulatio  intermetacarpea) 

hosil  bo'ladi.  Bu  bo'g'imlar  xaltasi  kaft 

usti-kaft bo'g'imlari xaltasi bilan umumiydir. Bu bo'g'imni yonma-yon kaft 

suyaklari  o'rtasida  ko'ndalang  yo'nalgan  kaft  va  orqa  tomondagi 



(ligg. 

metacarpea palm aria et dorsalia) 

va bo'g'im ichida joylashgan suyaklararo 

kaft  boylamlari  (ligg. 

metacarpea  interossea) 

mustahkamlab  turadi.

Kaft-barmoq falangalari bo'g'imlari 

(articulatio metacarpophalangeae) 

kaft 


suyaklari  boshchasining  bo'g'im  yuzasi  bilan  proksimal  barmoq  falangalari 

asosi o'rtasida hosil bo'lib,  ellipssimon bo'g'imlar  guruhiga kiradi.

Bo'g'im xaltasi erkin va keng bo'lib, yon tomondan yonlama boylamlar 

(ligg.  collateralia) 

bilan  mustahkamlansa,  kaft  tomondan  kaft  boylami 



(ligg. palmaria) 

tolalari hisobiga qalinlashadi. II-V barmoqlaming kaft-barmoq 

bo'g'imlari  kaft  suyaklari  boshchasi  o'rtasida ko'ndalang tortilgan  kaftning 

chuqur ko'ndalang boylami 



(ligg. metacarpea transversa profunda) 

vositasida 

mustahkamlanadi. Kaft-barmoq 

falangalari 

bo'g'imlaiida harakat ikki o'q atrofida 

sodir bo'ladi. Frontal o'q atrofida barmoqlami bukish va yozish, sagittal o'q 

atrofida barmoqlami uzoqlashtirish va yaqinlashtirish mumkin.

Q o'l  panjasi  barmoq  falangalari  o'rtasidagi  bo'g'im  

(articulatio 

interphalangeae  manus) 

bitta  barmoq  falangasining  boshchasi  bilan 

ikkinchi falanganing asosi o'rtasida hosil bo'ladi. Shakl jihatidan g'altaksimon 

bo'g'im hisoblanadi.  Bu bo'g'imlaming xaltasi keng bo'lib, yon tomondan 

yonlama  boylamlar 

(ligg.  collateralia) 

bilan  mustahkamlanib,  kaft 

tomondan esa kaft boylamlari 

(lig. palmaria) 

hisobiga qalinlashadi. Harakat 

faqat frontal o'q atrofida bo'lib, barmoqlami bukish va yozishdan iborat.

Rentgenoanatomiyasi. 

O'rta  kaft  usti  bo'g'imining  rentgen  yorig'i  S 

shaklida bo'lib, kengligi 1,5—2 mm bo'ladi. Kaft usti suyaklari o'rtasida aniq 

chegarali hoshiya shaklidagi yorug'lik ko'rinadi.  Kaft ustining distal qatori 

suyaklari bilan  II—V kaft suyaklari asosi o'rtasidagi kaft usti-kaft bo'g'imi 

kengligi 1,5 mm, noto'g'ri shakldagi rentgen yorig'ini hosil qiladi. Trapetsiya 

shaklidagi  suyak  bilan  birinchi  kaft  suyagi  o'rtasidagi  egarsimon bo'g'im 

o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ladi. Yon tomondan ko'rinishda uning bo'g'im 

yorig'i aniq chegarali bukilgan hoshiya shaklida bo'ladi. Unda ikkita doimiy 

sesamasimon suyak uchraydi. Barmoq falangalari o'rtasidagi bo'g'im yorig'i 

balandligi  bir xil bo'lib,  kaft usti-kaft  bo'g'imi  yorig'idan kam bo'ladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  kaft  bo'g'imlarini  hosil  qiluvchi  suyaklar 

tog'ay holatida bo'ladi. Bo'g'im xaltasi mustahkam bo'lib, kaft tomonda tarang 

bo'lgani  uchun  kaftni  yozish  biroz  chegaralangandir.  Boylamlari  yaxshi 

rivojlanmagan  bo'lib,  bo'g'im ni  hosil  qiluvchi  suyaklar  suyaklanib 

bo'lganidan keyin bu bo'g'imning takomillashuvi tugaydi.



Oyoq  suyaklarining  birlashuvi.

Oyoq  kamari  suyaklarining  birlashuvi

Oyoq kamari suyaklarining bo‘g‘imlari 

chanoq suyaklarini o‘zaro va dumg'aza suyagi 

bilan  birlashuvidan  hosil  bo'ladi.  Orqa 

tomondan chanoq suyaklari dumg'aza suyagi 

bilan  juft  dumg'aza-yonbosh  bo'g'imini 

hosil  qilsa,  old  tomondan  qov  simfizini 

hosil qiladi.

Dumg'aza-yonbosh bo'g'imi 

(articulatio 

sacroiliaca, 

45-rasm) chanoq va dumg'aza 

suyaklarining  quloqsim on  yuzalarini 

birlashishidan hosil bo'ladi. Bu suyaklaming 

bo'g'im  yuzalari  yassi  bo'lib,  yupqa  tolali 

tog'ay bilan qoplangan. Bo'g'im yuzalari yassi 

bo'lgani  uchun  yassi  bo'g'imlar  guruhiga 

kiradi.  Shunga  qaramay  bu  bo'g'imning 

boylamlari  mustahkam  bo'lgani  uchun 

harakatsiz  bo'g'im  hisoblanadi.  Bo'g'im 

xaltasi  tarang  va  juda  pishiq  bo'ladi.  U 

dumg'aza va chanoq suyaklarining suyak usti 

pardasiga birikib ketadi. Bo'g'im xaltasi old 

tomondan ko'ndalang va  qiyshiq yo'nalishdagi oldingi dumg'aza-yonbosh 

boylami 

(lig. sacroiliaca ventralia) 

bilan mustahkamlanadi. U yupqa bo'lib, 

bo'g'im xaltasiga birikib ketgan. Bo'g'imning orqa tomonida dumg'aza va yonbosh 

bo'rtiqlari  oralig'idagi  ingichka  yoriqni  to'latib  turuvchi  mustahkam 

suyaklararo dumg'aza-yonbosh boylami bo'lib 

(lig.  sacroiliaca interossea) 

u eng pishiq boylam hisoblanadi va bo'g'im xaltasining orqa yuzasiga birikib 

ketadi. Bo'g'imni orqa tomondan qoplagan orqa dumg'aza-yonbosh boylami 

(lig.sacroiliaca dorsalia) 

yonbosh suyagining ustki va pastki orqa yonbosh 

o'simtalaridan boshlanib, dumg'aza suyagining tashqi qirrasiga birikadi.

Bu bo'g'imni mustahkamlashda pastki ikkita bel umurtqalarining ko'n­

dalang o'simtalaridan, yonbosh suyagi qirrasiga va bo'rtig'iga birikuvehi yon- 

bosh-bel  boylami 



(lig.  iliolumbale) 

ishtirok  etadi.



Rentgenoanatomiyasi. 

Dumg'aza-yonbosh bo'g'imi chanoqning to'g'ri 

rentgenogrammasida aniqlanadi. Bu bo'g'imning bo'g'im yorig'i sagittal sathda 

qiya joylashgani uchun, suyaklarining bo'g'im yuzalari bir-biriga qavatlanib, 

ikkita bukilgan hoshiya yorig'  shaklidagi tasvimi beradi.  Bu holatda uning 

tashqi hoshiyasi bo'g'imning oldingi qismiga, ichkisi orqasiga to'g'ri keladi. 

Bo'g'im yorig'i bo'g'imni pastki qismida aniq ko'rinadi.

Qov simfizi 



(symphisis pubica) 

qov suyaklarining bir-biriga qaragan simfiz 

yuzalari o'rtasida hosil bo'lib, yarim bo'g'imlar turkumiga kiradi. Suyaklaming 

bo'g'im yuzalari tog'ay bilan qoplangan bo'lib, o'zaro tolali tog'ay disk 



(discus

45-rasm.  Cbanoq  boylamlari.  1 -lig. 

iliolumbale;  2-lig.  longitudinale  an­

terius;  3-ligg.  sacroiliaca  ventralia; 

4-promontorium;  5-for.  ishiadicum 

majus;  6-lig. sacrospinale;  7-lig. sac- 

rotuberale;  8-for. ischiadicum minus;

9 -lig.  sacrococcygeum   an teriu s;

10-eminentiailiopubica;  11-spina  il~ 

iaca  anterior inferior;  12-spina  iliaca 

anterior superior;  13-fossa  iliaca.



interpubicus) 

vositasida  birlashadi.  Tog'ay  diskning  o'rtasida  sagittal  sathda 

joylashgan  torgina  bo'shliq  bo'ladi.  Qov  simfizini  ikkita  qov  boylami:  ustki 

tomonidan ko'ndalang yo'nalgan ustki 



(lig pubicum superius) 

va simfizni pastki 

tomonida tortilgan boylam 

(lig. pubicum inferius) 

mustahkamlaydi. Qov simfizi 

tog'ay diski ayollarda erkaklaiga nisbatan qalin bo'ladi.

Qov  simfizi  yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  sinxondroz  shaklida  bo'ladi. 

Bo'shliq bola hayotining 1—2-yilida paydo bo'la boshlaydi va 5—7 yoshlarda 

yaxshi  bilinadi.

Chanoq suyagi dumg'aza bilan dumg'aza-yonbosh bo'g'imidan ma’lum 

masofada joylashgan ikkita boylam vositasida ham birlashadi.

1.Dumg'aza-bo'rtiq boylami 

(lig.  sacrotuberale) 

o'tirg'ich bo'rtig'idan 

boshlanib dumg'aza suyagining tashqi chekkasiga birikadi va kichik o'tirg'ich 

teshigini 



(foramen  ischiadicum  minus) 

hosil  qiladi.

2.Dumg'aza-o'simta  boylami 

(lig.  sacrospinale) 

o'tirg'ich  o'simtasi 

bilan dumg'aza suyagining tashqi chekkasi o'rtasida tortilgan bo'lib,  katta 

o'tirg'ich  teshigini 



(foramen  ischiadicum  major) 

hosil  qiladi.



Butun  chanoq

Chanoq suyaklari va dumg'aza dumg'aza-yonbosh bo'g'imi va qov simfizi 

vositasida birikib butun chanoqni 

(pelvis) 

hosil qiladi.  Butun chanoq (46- 

rasm)  suyak halqadan iborat bo'lib,  uning ichida ichki a’zolar joylashadi. 

U ikki qismga: yuqorigi katta chanoq 



(pelvis major) 

va pastki kichik chanoqqa 



(pelvis  minor) 

bo'linadi.  Ular  o'rtasidan  chegaralovchi  chiziq 



(Linea 

term inalis) 

o'tadi.  Chegaralovchi  chiziq—



promontorium, 

yonbosh 


suyagining  ravoqsimon  chizig'i,  qov  suyagi  qirrasi  va  qov  simfizining

46-rasm.  Butnn chanoq.  1-distantia  cristarum;  2-distantia spinarum;  3-distantia trochanter- 

ica;  4,5-diameter  obliqae;  6-conjugata  vera.



ustki chekkasidan  o‘tadi.  Katta  chanoq  orqa  tomondan V bel umurtqasi 

tanasi,  yon  tomondan  yonbosh  suyagi  qanotlaridan  hosil  bo'ladi.  Katta 

chanoq  qorin  bo'shig'ining  pastki  qismini  hosil  qiladi.  Kichik  chanoqni 

orqa tomondan dumg'aza suyagining chanoq yuzasi va dum suyagining oldingi 

yuzasi,  old  tomondan  qov  suyagining  yuqorigi va  pastki  shoxlari  va  qov 

simfizi,  yon  tomondan  esa  chanoq  suyagining  sirka  kosachasi  qismlari, 

o'tirg'ich suyagi dumg'aza-bo'rtiq va dumg'aza- o'simta boylamlari hosil 

qiladi. Kichik chanoq pastga tomon toraygan suyak kanaldan iborat.  Uning 

ustki aperturasi 

(apertura pelvis superior) 

kirish qismi bo'lib,  chegaralovchi 

chiziq bilan chegaralangan.

Kichik  chanoqdan  chiqish  uning  pastki  aperturasi 



(apertura  pelvis 

inferior) 

orqa  tomondan  dum  suyagi,  yon  tomondan  dumg'aza-bo'rtiq 

boylami,  o'tirg'ich bo'rtig'i,  o'tirg'ich  suyagi  shoxi,  qov suyagining pastki 

shoxi, old tomondan qov simfizi bilan chegaralangan.  Bu yerda joylashgan 

yopqich  teshik  fibroz  parda 

(membrana  obturatoria) 

bilan  yopilgan.

Katta chanoq o'lchamlari:

1.  Ikkita oldingi yuqori yonbosh o'simtalari o'rtasidagi masofa 



(distantio 

spinarum) 

—  25—27  sm.

2. Yonbosh suyagi qanotlarining eng chekka nuqtalari o'rtasidagi masofa 

(distantio  cristarum ) 

—28—30  sm.

3.Dddta katta ko'st o'rtasidagi masofa 

(distantio trochanterica) 

-30-32 sm.

Kichik chanoqning o'lchamlari quyidagicha bo'iadi:

1.  Kichik  chanoqqa  kirishning  to'g'ri  o'lchami  yoki  chin  konyugata 



(coqjugata  vera)—

11  sm.


2.  Kichik  chanoqqa  kirishning  ko'ndalang  o'lcham i 

(diam eter 

transversa)—

13  sm.


3.  Kichik chanoqqa kirishning qiyshiq o'lchami 

(diameter obliqua)— 

12  sm.


4.  Kichik  chanoqdan  chiqishning  to'g'ri  o'lchami  (dum  suyagi  uchi 

bilan qov simfizining pastki chekkasi o'rtasigacha bo'lgan masofa) ayollarda

—  9—11  sm.

5.  Kichik  chanoqdan  chiqishning  ko'ndalang  o'lchami  (o'tirg'ich 

bo'rtig'ining ichki  chekkasi  o'rtasidagi masofa)  —  11  sm.

Ayollaming  chanog'i  erkaklamikiga  qaraganda  keng,  yonbosh  suyagi 

qanotlari yon tomonga yoyilgan bo'iadi.  Kichik chanoqqa kirish yumaloq 

shaklda bo'lib, ayollarda dumg'aza keng va qisqa bo'ladi. Qov suyagi shoxlari 

o'rtasidagi burchak (qov ravog'i) ayollarda 90° bo'lsa, erkaklarda 70-75° dir.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  chanog'i  ikki  tomondan  siqilgan,  shakli 

quyg'ichsimon  bo'lib,  yonbosh  chuqurchasi  yuza  bo'ladi.  Kichik  chanoq 

yaxshi taraqqiy etmagan. Uning kirish teshigi bo'ylama oval shaklida.

Yangi tug'ilgan chaqaloq chanog'i o'lchamlari quyidagicha bo'iadi:

1.  Ikkita oldingi yuqorigi yonbosh o'simtalari o'rtasidagi masofa—6,5 sm.

2. Yonbosh suyagi qanotlarining eng chekka nuqtalari o'rtasidagi masofa— 

7,1  sm.


3. Ikkita katta ko‘st o'rtasidagi masofa—10,0 sm.

4. Kichik chanoqqa kirishning to‘g‘ri o'lchami—4,1 sm.

5. Kichik chanoqqa kirishning ko'ndalang o‘lchami—3,6 sm.

Erta bolalik davri oxirida chanoq suyaklarining tez o'sishi hisobiga chanoq 

o'lchamlari sezilarli o'zgaradi.  Bu davrda o'g'il bolalar chanog'i qizlamikiga 

nisbatan baland va o'lchami katta bo'iadi.

Bolalikning birinchi davrida chanoq shakli o'zgarmay, o'lchamlari tekis 

o'sadi.  Bolalikning ikkinchi davrida yonbosh chuqurchasi chuqurlashadi. Bu 

davrda qizlaming chanog'i o'g'ii bolalamikiga  nisbatan tez  o'sadi.  Kichik 

chanoqqa  kirish  teshigining  to'g'ri  o'lchami  ko'ndalang  o'lchamidan 

kichrayadi. Qiz bolalar chanog'i silindrsimon shaklni oladi. Bu davrda chanoq 

o'lchamlari quyidagicha bo'ladi:

1. Ikkita oldingi yuqorigi yonbosh o'simtalari o'rtasidagi masofa—18,7 sm.

2. Yonbosh suyagi qanotlarining eng chekka nuqtalari o'rtasidagi masofa— 

20,7  sm.

3. Ikkita katta ko'st o'rtasidagi masofa—23,8 sm.

4. Kichik chanoqqa kirishning to'g'ri o'lchami—8,7 sm.

5.  Kichik  chanoqqa  kirishning  ko'ndalang  o'lcham i—10,0  sm. 

Balog'at davrida chanoq katta odamnikiga o'xshash ko'rinishga ega bo'ladi.

O yoqning  erkin  qismi  suyaklarining  b irlashu vi

Oyoqning erkin qismi bo'g'imlari o'zining vazifasiga mos ravishda ayrim 

xususiyatlaiga ega.

C h a n o q -so n   b o ‘g ‘imi

Chanoq-son  bo'g'imi 



(articulatio  coxae) 

chanoq  suyagining  sirka 

kosachasi bilan son suyagi boshining birlashishidan hosil bo'ladi.  Bo'g'imni 

hosil qilishda son suyagi boshchasining bo'g'im yuzasi to'liq ishtirok etsa, 

sirka  kosachasining  faqat  yarimoysimon  yuzasi  ishtirok  etadi.  Tuzilishi 

jih atidan  chanoq-son  b o 'g 'im i  oddiy,  shakl  jih atid an   sharsim on 

bo'g'imlaming  bir  turi—kosasimon  bo'g'im 

(articulatio  cotylica) 

dir. 


Sirka kosachasining  chekkasiga  birikkan tolali  tog'aydan  tuzilgan tog'ay 

halqa  lab 



(labrum  acetabularae) 

uning  bo'g'im  yuzasini  oshirib  turadi. 

Uning bir qismi  sirka  kosachasining  pastki  chetidagi  o'ymaning  ustidan 

o'tib, sirka kosachasining ko'ndalang boylamini 



(lig. transversum acetabuli) 

hosil qiladi.  Chanoq-son bo'g'imning o'ziga xos xususiyatlaridan biri sirka 

kosachasi  o'rtasidagi  chuqurchadan  boshlanib,  son  suyagi  boshidagi 

chuqurchaga birikkan son suyagi boshi  boylamidir 



(lig.  capitis  femoris). 

Bu boylam orqali chanoq suyagidan son suyagi boshiga arteriya o'tib, uni 

oziqlantiradi.  Chanoq-son  bo'g'imining  xaltasi  chanoq  suyagining  sirka 

kosachasi chekkasi bo'ylab biiiksa, son suyagining old tomonida ko'stlararo 

chiziq bo'ylab, orqa tomonda esa ko'stlararo qirradan ichkariroqqa birikadi.


Bo‘g‘im xaltasini tashqi tomondan uchta boylam  mustahkamlab turadi. 

Ulaming  eng  kuchlisi  yonbosh-son  boylami 



(lig.  iliofemorale) 

bo'lib, 


qalinligi  1  smga  yaqin.  U  oldingi  pastki  yonbosh  o‘simtasining  oldingi 

chekkasidan boshlanib pastga yo'naladi va ko'stlararo chiziqqa birikadi. 

Qov-son boylami 

(lig.  pubofemorale) 

uchburchak shaklida bo'lib, uning 

keng  asosi  qov  suyagining  yuqori  shoxidan boshlanib,  uchi  ko'stlararo 

chiziqning ichki chekkasiga birikadi.  0 ‘tirg‘ich-son boylami 



(lig.  ischio- 

femorale) 

nisbatan yupqa bo'lib, bo'g'imning orqa yuzasida joylashgan. U 

o'tirg'ich suyagi tanasidan boshlanib, katta ko'st chuqurchasiga birikadi. 

Bundan  tashqari,  son  suyagining bo'ynini  sirtmoq  kabi  o'rab,  yonbosh 

suyagining  oldingi  pastki  o'simtasiga  birikuvehi  aylanma  zona 

(zona 

orbicularis) 

ham  bor.  Chanoq-son bo'g'imida harakat uch  o'q  atrofida 

sodir bo'lsa-da, sharsimon bo'g'imga nisbatan biroz chegaralangan. Frontal 

o'q atrofida chanoq-son bo'g'imida son bukiladi va yoziladi, sagittal o'q 

atrofida son bir-biridan uzoqlashadi va yaqinlashadi. Vertikal o'q atrofida 

esa son ichkariga va tashqariga buriladi va aylanma harakat sodir bo'ladi. 

Chanoq-son bo'g'imida harakatni chegaralashda, uning atrofida joylashgan 

kuchli mushak guruhlarining ahamiyati katta.



Rentgenoanatomiyasi. 

To'g'ri  rentgenogrammada sirka  kosachasining 

o'lchami  3x5  bo'lgan  kosa  shaklida  ko'rinadi.  Uning  tomi,  chuqurchasi, 

oldingi,  orqa va pastki chekkalari tafovut qilinadi.  Tog'ay bilan qoplangan 

yarimoysimon  yuzaga to'g'ri keladigan  sirka  kosachasining tomi  nisbatan 

quyuq soya beradi. Bo'g'im chuqurchasining zich qatlami, bo'g'im boshchasi 

zich moddasiga nisbatan qalinlashgan bo'ladi. Sirka kosachasining tomi asta- 

sekin zich moddasi eng yupqa bo'lgan uning tubiga o'tadi. Chuqur-chaning 

tubi esa asta-sekin yumaloqlanib, sirka kosachasining pastki chekkasiga o'tadi. 

Uning  oldingi  chekkasi  aniq bilinadi.  U  yerdan  pastga  va  ichki  tomonga 

yo'nalib, sirka kosachasining oldingi tashqi chekkasida joylashgan ko'z yoshi 

shaklining tashqi chega rasini hosil qiladi. U sirka kosachasi tubining soyasini 

o'tirg'ich  suyagiga  qavatlanishi  natijasida hosil bo'lgan  tomchi  shaklidagi 

chiziqli soyadan iborat. Sirka kosachasining orqa chekkasi son suyagi boshini 

kesib o'tgan egri chiziqdan iborat bo'lib, uning pastki qismida oldingi pastki 

ko'rinishga o'tib ketadi. Chanoq-son bo'g'imining bo'g'im yorig'ining kengligi

4—5 mm bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda chanoq-son bo'g'imini hosil qiluvchi suyaklar 

yaxshi rivojlanmagan, sirka kosachasi yuza va ovalsimon shaklga ega bo'ladi. 

Shuning  uchun  son  suyagi  boshchasining  ko'p  qismi  undan  tashqarida 

joylashadi. Ularda bo'g'im xaltasi juda yupqa va tarang bo'ladi. O'tiig'ich-son 

boylami yaxshi taraqqiy etmaganligi uchun bo'g'imning yuqori-orqa qismi 

boylamlari bilan yaxshi mustahkamlanmagan. Shu sababli ularda bu bo'g'im 

tez chiqishi mumkin. Bola o'sishi va tik yurishi sababli chanoq-son bo'g'imi 

xaltasi va uning boylamlari ham o'sadi. O'tiig'ich-son boylami yaxshi rivojlanib 

bo'g'im   xaltasining  orqasini  qoplaydi  va  bolalikning  ikkinchi  davrida 

qalinlashib, tuzilishi jihatidan kattalamikiga o'xshash bo'ladi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin