0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63

Tizza  bo‘g‘imi

Tizza bo‘g‘imi 



(articulatio genus, 

47- 


rasm) odam gavdasidagi eng katta bo‘g‘imdir. 

U  tuzilishi  jihatidan  murakkab,  shakl 

jihatidan  do'ngli bo‘g‘im  turiga  kiradi.  U 

uchta suyakdan: son, katta boldir suyagi va 

tizza qopqog‘idan hosil bo'ladi. Son suyagi 

do'ngsimon  o'simtalarining  ellipssimon 

bo‘g‘im yuzasi katta boldir suyagining yuqori 

bo'g'im yuzasini hosil qiluvchi ovalsimon 

botiqlikka mos kelmaydi.  Shuning uchun 

bo‘g‘im yuzalari o'rtasidagi kemtik bo'g'im 

ichida joylashgan lateral va medial menisklar 

hisobiga baitaraf qilinadi. Tizza qopqog'ining 

orqa yuzasida joylashgan bo'g'im yuzasi faqat 

son suyagi bilan birlashadi. Har bir menisk 

yarimoy  shaklidagi  tog'ay  plastinkadan 

iborat.  Uning  qalin  chekkasi  tashqariga 

qaragan bo'lib,  bo'g'im xaltasiga birikkan 

bo'ladi.  Yupqalashgan  ichki  chekkasi  esa 

bo'g'im ichiga qaragan. Ulaming ustki yuzasi 

son suyagi bo'g'im yuzasiga mos ravishda 

bukilgan,  pastki yuzasi  yassi  bo'lib,  katta 

boldir  suyagining  ustki  bo'g'im  yuzasida 

yotadi. Medial menisk 

(meniscus medialis) 

ingichka  yarimoysimon  shaklda  bo'lib,  lateral  menisk 



(meniscus  lateralis) 

nisbatan keng bo'ladi. Ulaming uchlari do'nglararo tepalikka boylamlar vositasida 

birikib turadi. Old tomondan ikkala menisk o'zaro tizzaning ko'ndalang boylami 

(lig.  transversus  genus) 

bilan  birikib turadi.  Tizza bo'g'imining xaltasi  son 

suyagi bo'g'im yuzasidan 1 sm yuqoriroqqa biriksa, katta boldir suyagi va tizza 

qopqog'iga ulaming bo'g'im yuzalari chekkalari bo'ylab birikadi. Bo'g'im xaltasi 

yupqa, erkin va juda keng bo'lib, bo'g'im xaltasining sinovial pardasi bo'g'im 

bo'shlig'ida  ko'p  sonli  burmalar  hosil  qilib,  bo'g'im  bo'shlig'ining  bo'sh 

qismlarini to'ldiradi.

Tizza bo'g'imi boylamlari bo'g'im sirti va bo'g'im ichi boylamlariga bo'linadi. 

Bo'g'im  ichi  boylamlari:  oldingi  xochsimon  boylam 

(lig.  cruciatum 

anterior) 

son suyagining lateral do'ngsimon o'simtasining medial yuzasidan 

boshlanib,  oldingi  chuqurchaga  birikadi.  Orqa  xochsimon  boylam 

(lig. 

cruciatum  posterior) 

son  suyagi  medial  do'ngsimon  o'simtasining  lateral 

yuzasidan boshlanib, orqa chuqurchaga birikadi. Tizza bo'g'imining bo'g'im 

sirti  boylamlari  uning  yon,  old  va  orqa  tomonlarida joylashib  o'ziga  xos 

xususiyatga ega bo'ladi. Bo'g'iinning lateral tomonida son suyagi 

epicondulus 

lateralis 

dan boshlanib,  kichik boldir suyagi boshchasida birikuvehi kichik



47-rasm. Tizza bo‘g‘hni.  1 -lig. cruciatum 

posterius; 2-lig. cruciatum anterius; 3-lig. 

transversum  genus;  4-meniscus  media­

lis;  5-lig.  patellae;  6-facies  articularis; 

7-membrana interossea cruris; 8-caput fib­

ulae;  9-lig-  capitis  fibulae;  10-meniscus 

lateralis;  11-lig.  collateral  fibulare.


boldir  yonlama  boylami 

(lig.collaterale  fibulare) 

joylashgan.  U  yumaloq 

shakldagi  fibroz  tizimchadan  iborat  bo'lib,  bo‘g‘im  xaltasidan  yumshoq 

to‘qima  qatlami  bilan  ajralgan.  Bo‘g‘imning  medial  tomonida  son  suyagi 



epicondulus  medialisdan 

boshlanib,  katta  boldir  suyagining  medial 

chekkasiga  birikkan  katta boldir yonlama boylami 

(lig.  collateral  tibiale) 

joylashgan.  Uning  kengligi  10—12  mm li fibroz  plastinka shaklida bo'lib, 

bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan.

Bo'g'imning old  tomonida tizza qopqog‘ining cho'qqisidan boshlanib, 

katta boldir suyagi bo‘rtig‘iga birikkan qalin va kuchli tizza qopqog'i boylami 

(lig.  patellae) 

joylashgan.  Bu  boylam  sonning  to'rt  boshli  mushagi  payi 

bo'lib,  pay ichida tizza qopqog'i hosil bo'lganidan so'ng boylamga aylanib 

ketadi.  Tizza  qopqog'ini  ushlab  turuvchi  medial  va  lateral  boylamlar 



(retenaculum   p atellae  m ediate  et  retenaculum   p atellae  la ter a le) 

to'rt boshli mushak payi tolalari dastasidan iborat. Ular tizza qopqog'i bilan 

son suyagi medial va lateral do'ngsimon usti o'simtalari o'rtasida tortilgan. 

Bo'g'imning  orqa yuzasida bo'g'im xaltasiga birikib ketgan  qiyshiq taqim 

boylami 

(lig.  popUteum  obliquum) 

va  ravoqsimon  taqim  boylami 



(lig. 

popliteum  arcuatum ) 

joylashgan.

Tizza bo'g'imida bir nechta sinovial xaltalar bor. Ulaming ba’zilari bog'im 

bo'shlig'i  bilan  birikib,  uning  hajmini  oshiradi.

Tizza bo'g'imida harakat ikki o'q atrofida: frontal o'q atrofida— boldimi 

bukish va yozish, vertikal o'q atrofida—ichkariga va tashqariga burish sodir 

bo'ladi.

Rentgenoanatomiyasi. 

Old proyeksiyadagi rentgenogrammada son va katta 

boldir suyaklari do'ngsimon o'simtalari o'rtasida joylashgan bo'g'im yorig'i 

aniq chegarali, biroz bukilgan hoshiya shaklida ko'rinadi. Tizza bo'g'imining 

rentgen yorig'i juda  keng bo'lib,  6 -8   mm ga teng.  Bu son va katta boldir 

suyaklari bo'g'im yuzalari o'rtasida menisklaming borligi bilan bog'liq. Old 

to'g'ri proyeksiyadagi rentgenogrammada tizza qopqog'i son suyagi soyasi-ga 

qavatlanadi,  ko'p  holatlarda  u  aniq yumaloq  shaklda  zich  suyak  to'qima 

ko'rinishida aniqlanadi. Yon tomon rentgenogrammasida tizza bo'g'imining 

bo'g'im yorig'ining ichki va tashqi chekkalariga to'g'ri kelgan bir-biriga qisman 

qavatlangan  ikkita bukilgan  yorug'lik  qatlamlaridan  iborat bo'ladi.  Uning 

fonida son suyagi do'ngsimon o'simtalarining oval ko'rinishi aniq bo'g'im 

chekkalari bilan ajralib turadi. Tizza qopqog'ining yuqorisi kengaygan, pastki 

uchi o'tkir cho'zinchoq oval soya shaklida ko'rinadi,  uning oldingi va orqa 

yuzalarining  ko'rinishi  tekis  aniqlanadi.  Katta  boldir  suyagining  oldingi 

yuzasida uning bo'rtig'i soyasi aniqlanadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda tizza bo'g'imini hosil qiluvchi suyaklaming 

epifizlari tog'aydan iborat bo'ladi.  Ularda suyak nuqtalari bola tug'ilgandan 

keyin paydo bo'ladi.

Son  suyagining  do'ngsimon  o'simtalari balandligi  bir xil,  katta boldir 

suyagi do'ngsimon o'simtalari esa orqaga qiyshaygan bo'ladi. Bo'g'im xaltasi 

qattiq va  tarang bo'lib,  old  tomondan to'rt boshli mushakning payi bilan



mustahkamlangan. Tizza qopqog'i va yon boylamlar yaxshi rivojlangan. Qiyshiq 

va ravoqsimon taqim  osti boylamlari yupqa biriktiruvchi to'qima shaklida 

bo'ladi. Menisklar yupqa, biriktiruvchi to'qimadan iborat. Ichki menisk oval 

shaklida bo'lib, juda ingichka bo'lsa, tashqi menisk keng va yumaloq shaklga 

ega pardadan iborat. Old tomonda ular o'rtasida yaxshi rivojlangan tizzaning 

ko'ndalang boylami joylashgan.

Xochsimon boylamlar qisqa bo'lib, tizza bo'g'imida yozishni chegaralab 

turadi. Bo'g'im taraqqiyoti 18 yoshlaigacha davom etadi.



B oldir  suyaklarining  o ‘zaro  birlashuvi

Katta va kichik boldir suyaklari o'zaro uzluksiz va uzlukli birlashmalar 

vositasida birikadi.

Boldir  suyaklari  o'rtasidagi  bo'g'im 



(articulatio  tibiofibularis) 

kichik 


boldir  suyagi  boshchasining  bo'g'im  yuzasi  bilan  katta  boldir  suyagining 

kichik boldir bo'g'im yuzasi o'rtasida bo'ladi. Ikkala bo'g'im yuzasi ham yassi. 

Bo'g'im xaltasi tarang bo'lib, bo'g'im yuzalarining chekkasiga birikadi. Bo'g'im 

xaltasini tashqi tomondan ikki suyak o'rtasida tortilgan kichik boldir suyagi 

boshchasining  oldingi  boylami 

(lig.  capitis  fibulae  anterior) 

va  kichik 

boldir  boshchasining  orqa  boylami 

(lig.  capitis  fibulae  posterior) 

mustahkamlab turadi. Bu bo'g'imda harakat chegaralangan bo'ladi.

Boldir  suyaklarining  pastki  uchlari  o'zaro  uzluksiz  birlashma—boldir 

suyaklariaro  sindesmoz 



(syndesmosis  tibiofibularis) 

hosil  qilib  birlashadi. 

Bunda  katta boldir suyagining  kichik boldir o'ymasi  va lateral to'piqning 

bo'g'im yuzasi ishtirok etadi. Bu bo'g'im harakatsiz bo'lib, uni tashqi tomondan 

lateral to'piq va katta boldir suyagi o'rtasida tortilgan oldingi va orqa boldir 

suyaklariaro  boylamlar 



(lig g .  tibiofibulare  anterius  et  p osteriu s) 

mustahkamlab turadi.  Bu  ikki birlashmadan tashqari boldir suyaklarining 

suyaklararo  qirralari  o'rtasida  suyaklararo  parda 

(membrana  interossea 

cruris) 

tortilgan bo'ladi.  Bu parda bilakdagiga nisbatan qalin va mustahkam 

bo'lib, uning yuqori va pastki qismlarida qon tomirlar uchun teshiklar bor.

Oyoq  panjasi  suyaklarining  boldir  suyaklari  bilan  va  o ‘zaro

birlashuvi

Oyoq panjasi suyaklari to'rt guruh bo'g'imlar hosil qilib birlashadi. Bular 

1)  oshiq-boldir  bo'g'imi;  2)  tovon  oldi  suyaklarining  birlashuvi;  3)  tovon 

oldi va kaft suyaklarining birlashuvi; 4) barmoq falangalarining birlashuvi.

Oshiq-boldir  bog'imining 

(articulatio  talocruralis) 

(48-rasm)  hosil 

bo'lishida katta boldir suyagining pastki bo'g'im  yuzasi,  medial  va lateral 

to'piqlaming bo'g'im  yuzalari  bilan  oshiq  suyak g'altagi bo'g'im  yuzalari 

ishtirok etadi.  O'zaro birikkan boldir suyaklarining pastki uchi oshiq suyak 

g'altagini xuddi ayri kabi ikki yon va ust tomondan o'rab turadi.  U tuzilishi 

jihatidan  murakkab,  shakl jihatidan  g'altaksimon  bo'g'im  bo'lib,  bo'g'im


48-rasm.  0 ‘ng  oyoq  panjasi  bo‘g‘im  va  boylamlari  kesmasi.  1-articulatio  talocruralis; 

2-lig.  mediale;  3-talus;  4-articulatio  talocalcaneonavicularis;  5-os  naviculare;  6-articulatio 

cuneonavicularis;  7-os  cuneiforme  mediale;  8-os  cuneiforme  intermedium;  9-articulatio 

tarsometarsea;  10-aiticulationes metatarsophalangeae;  11-os cuneiforme laterale;  12-os cuboi­

deum;  13-lig.  bifurcatum;  14-lig.  talocalcaneum  interosseum;  15-articulatio  subtallaris.

xaltasi boldir suyaklarining oldingi yuzasida va 

oshiq  suyakning  bo‘g‘im  tog'ayidan  5-8  mm 

oldinroqqa birikadi. Orqa va yon tomonda bo'g'im

tog‘ayi chizig'i bo'ylab birikadi. Bo'g'im xaltasi 



j

old va orqa tomonda yupqa hamda bo‘sh, yon 



%

tomonda esa qalin va mustahkam buimalar hosil 



l.

 1  


qiladi. Bo'g'imni mustahkamlovchi boylamlar, 

- 3


asosan, yon yuzalarda joylashgan. Bo'g'imning

medial yuzasida joylashgan qalin va pishiq boylam 

**s 

4

(lig.  coUateralae  mediate) 



medial  to'piqdan  j, 

*

boshlanib pastga tomon kengayib to'rt bo'lakka 



Щ

 

7



bo'linadi. Uning qayiqsimon suyakka birikadigan  ,, 

я

(p a rs  tib io n a v ic u la r is ), 

tovon  suyagiga 

Ч

birikadigan 



(pars  tibiocalcanea) 

hamda  oshiq

suyakning oldingi va orqa tomoniga birikadigan

(pars tibiotalaris anterior et posterior) 

qismlari


tafovut qilinadi. Bo'g'im lateral tomondan uchta

boylam  bilan  mustahkamlanadi.  Bular  lateral 



ф

J4   ; |р д



to'piq bilan oshiq suyak bo'yni o'rtasida tortilgan 

£  W  

1'

oldingi  oshiq-kichik  boldir  boylami  (lig.



talofibulare anterior), 

lateral to'piq bilan oshiq

suyakning orqa o'simtasi o'rtasida tortilgan orqa

oshiq-kichik boldir 



(lig.  talofibulare posterior)

va  tashqi  to'piq bilan tovon  suyagining  tashqi 

®  |£r 

Щ

yuzasi  o'rtasida  tortilgan  tovon-kichik  boldir

boylamidir 

(lig.  calcaneofibulare). 

Oshiq-


boldir  bo'g'imi  bir  o'qli  bo'g'imlar  guruhiga  kirib,  harakat  faqat  frontal 

o'q atrofida sodir bo'lib, bir o'q atrofida bukish va yozish mumkin.



Rentgenoanatomiyasi. 

Old  to'g'ri  rentgenogrammada  oshiq-boldir 

bo'g'imining  rentgen  yorig'i  «П»  shaklida  ko'rinadi.  Zich  modda  yupqa, 

tashqi ko'rinishi aniq bo'ladi. Katta boldir suyagi bo'g'im yuzasining pastki 

chekkasida va oshiq suyak chekkasida biroz qalin bo'lib, yon rentgenogrammada 

tashqi  to'piq  ichkisidan  ancha  katta  ko'rinadi.  Ulaming  soyasi  bir-biriga 

qavatlanadi. Bo'g'im yorig'i yuqoriga turtib chiqqan ravoq shaldida bo'ladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  oshiq  boldir  bo'g'imini  hosil  qiluvchi 

suyaklar to'liq tuzilishga ega bo'lmay, asosan, tog'aydan iborat bo'ladi. Oshiq 

suyak g'altagining tashqi chekkasi ichkisiga nisbatan yuqori bo'ladi. Tashqi 

to'piq ichkisiga nisbatan orqaroq turgani uchun ulaming tovoni tashqariga 

yarim burilgan holatda turadi. Bo'g'im xaltasi pishiq va tarang bo'lib, oldingi



va orqa oshiq-kichik boldir boylamlari gorizontal joylashgan. Ichki boylam 

qisqa bo'lib, oyoq kafti bukilishini chegaralab turadi. Tovon gumbazi yaxshi 

bilinmay,  u  bola  hayotining  birinchi  ikki  yilida  paydo  bo'ladi,  14—16 

yoshlarda uning takomillashuvi tugaydi.

Oshiq osti bo'g'imi 

(articulatio subtalaris) 

oshiq suyakning orqa tovon 

bo‘g‘im yuzasi bilan tovon  suyagining  orqa oshiq bo‘g‘im yuzasi o ‘rtasida 

hosil bo'ladi.  Bo'g'im xaltasi yupqa va erkin, har tomondan boylamlar bilan 

mustahkamlangan bo'lib, bo'g'imda harakat faqat sagittal o‘q atrofida sodir 

bo'ladi.


Yon tomon rentgenogrammasida oshiq osti bo'g'imining bo'g'im yorig'i 

ravoqsimon yoki «S» shaklida bukilgan,  kengligi 2-3 mm bo'lgan yorug'lik 

hoshiya kabi ko'rinadi.

Oshiq-tovon-qayiqsimon bo'g'im 



(articulatio  talocalcaneonavicularis, 

49-rasm)  oshiq suyak  boshchasining  old  tomondan  qayiqsimon  suyak va 

past  tomondan  tovon  suyagi  bilan  birlashishidan  hosil  bo'ladi.  Bo'g'in 

xaltasi suyaklaming bo'g'im yuzalari chekkasi bo'ylab birikib, bitta bo'shliqni 

hosil qiladi.

Bu  bo'g'imni  quyidagi  boylamlar  mustahkamlaydi:  1) 



sinus  tarsi 

ning 


ichida joylashib oshiq va tovon suyaklari egatlarini bir-biriga qaragan yuzalarini 

birlashtiruvchi  suyaklararo  oshiq  tovon  boylami 



(lig.  taiocalcaneum 

interosseum). 

Bu boylam juda pishiq bo'lib, ikkala suyakni mustahkamlaydi. 2) 

Tovon suyagining oshiq suyakni ktaruvchi o'simtasi bilan qayiqsimon suyakning 

ostki yuzalari o'rtasida tortilgan qalin fibroz tizimcha shaklidagi boylam 



(lig. 

calcaneonaviculare  plantare). 

Bu boylam oshiq suyak boshini ushlab  turadi,

shuning uchun u cho'zilib ketsa, oyoq panjasi 

yassilashib  qoladi.  3)  Oshiq-qayiqsmon 

boylam 

(lig.  talonaviculare) 

oshiq  suyak 

bo'ynini ustki yuzasi bilan qayiqsimon suyak 

o'rtasida joylashib, bo'g'imning ust tomondan 

mustahkamlaydi.  Bo'g'im  shakl  jihatidan 

sharsimon bo'g'imlar turkumiga kirsa ham, 

harakat  faqat  sagittal  o'q  atrofida  bo'lib,  u 

oshiq osti bo'g'imi bilan hamkoriikda ichkariga 

va tashqariga salgina suriladi.

Yon  tomon  rentgenogrammasida  bu 

bo'g'im da  faqat  oshiq  suyak  boshi  va 

qayiqsimon suyak botiqligining o'rtasi aniq 

ko'rinadi. Uning bo'g'im yorig'i ravoqsimon 

ko'tarilgan hoshiya shaklida bo'ladi.



49-rasm.Oyoq  panjasi  bo'g'imlari  va  boylamlari.  Ustki  ynzasi.  1-articulatio  talocruralis; 

2-lig. mediate;  3-lig. talonaviculare; 4-ligg. cuneonavicularia dorsalia;  5-capsula art. metatar- 

sophalangeae; 6-capsula ait. interpha-langeae;  7-aritculatio metatatreophalangea; 8-ligg. meta- 

tarsea dorsalis;  9-ligg.  tarsometatarsea dorsalis;  10-lig. bifiircatum;  11-lig. taiocalcaneum lat­

erale;  12-lig.  taiocalcaneum interosseum;  13-lig.  calcaneofibulare;  14-lig.  talofibulare anteri­

us;  15-lig.  tibiofibulare  anterius.



Bola hayotining birinchi yilida oyoq panjasi supinatsiya holatida bo‘lgani 

uchun  u  yurgan  paytida  oyoq  panjasi  kaftini  to‘liq  bosmay,  uning  tashqi 

chetini bosadi. Yoshga qarab oyoq panjasining ichki chekkasi sekin-asta pastga 

tushadi.


Tovon-kubsimon bo‘g‘imi 

(articulatio calcaneocuboilea) 

tovon va kubsimon 

suyaklaming bir-biriga qaragan bo‘g‘im yuzalarining birlashuvidan hosil bo'ladi. 

Bo‘g‘im xaltasi medial tomonda qalin va tarang tortilgan bo‘lib, tashqi tomondan 

yupqa va erkin bo'ladi.  Bo‘g‘imni oyoq kafti tomonidan pishiq kaft tovon- 

kubsimon  boylami 



(lig.  calcaneocuboideum  plan tare) 

va  tovon  suyagining 

pastki yuzasidan boshlanib  II—V kaft suyaklari asosiga birikuvehi uzun kaft 

boylami 


(lig. plan tare longum) 

mustahkamlaydi. Bo‘g‘im egarsimon bo'g'imlar 

turkumiga  kirsa-da,  harakati  chegaralangan.  Amaliyotda 

(articulatio 

calcaneocuboidea  va  articulatio  talonavicularis) 

bixgalikda  ko'ndalang  kaft 

oldi bo'g'imi 

(articulatio tarsi transversa) 

yoki shopar bo'g'imi deb ataladi. 

Bu  ikkala  bo'g'im  bo'shlig'i  oldinma-keyin joylashgani  uchun  ko'ndalang 

turgan  lotincha  S  shaklida  bo'ladi.  Bu  bo'g'imlami  mustahkamlovchi 

boylamlardan  tashqari  ulaming  ikkalasi  uchun  umumiy  bo'lgan  ayrisimon 

boylam 


(lig. bifiircatum) 

bor. U tovon suyagining yuqori chekkasidan boshlanib, 

ikkiga:  qayiqsimon  suyakning  orqa  lateral  chekkasiga  birikadigan  — 

lig. 

calcaneonaviculare 

va  kubsimon  suyakni  ustki  yuzasiga  birikadigan  — 



lig. 

calcaneocuboideum 

ga  bo'linadi.  Bu  boylamni  kesmasdan  turib  shopar 

bo'g'imini  ajratish  qiyin,  shuning uchun uni shopar kaliti  deyiladi.

Ponasimon-qayiqsimon  bo'g'im 



(articulatio  cuneonavicularis) 

uchta 


ponasimon va qayiqsimon suyak bo'g'im yuzalari o'rtasida hosil bo'ladi. Bo'g'im 

bitta  umumiy xalta  bilan  o'ralgan  bo'lib,  bo'g'im  xaltasi  bo'g'im  tog'aylari 

chekkasi bo'ylab birikkan bo'ladi. Bu bo'g'imni oyoq panjasining orqa va kaft 

yuzalarida joylashgan ponasimon-qayiqsimon boylamlar 



(ligg. cuneonavicularia 

p la n ta ria   e t  d o r s a lia ), 

ponasim on  suyaklararo  boylam lar 



(lig . 

intercuneoformia  interossea) 

hamda  orqa  va  kaft  ponasimon  suyaklararo 

boylamlar 

(ligg.  intercuneformia  dorsalia  et  plantaria) 

mustahkamlaydi. 

Bo'g'im shakl jihatidan yassi bo'lsa-da, harakati juda chegaralangan.

Kaft oldi-kaft bo'g'imi 



(articulatio tarsometatarsea) 

(lisfrank bo'g'imi) 

kubsimon  va  ponasimon  suyaklaming  kaft  suyaklari  bilan  birlashishidan 

hosil bo'ladi.  U  uchta  alohida bo'g'imdan  iborat bo'lib,  birinchisi  medial 

ponasimon va I kaft suyagi o'rtasidagi alohida bo'g'im xaltasi bilan o'ralgan 

egarsimon bo'g'im.  Ikkinchi bo'g'im oraliq va lateral ponasimon suyaldar 

bilan II ва III kaft suyaklari o'rtasidagi ikkita bo'g'im bitta bo'g'im xaltasi 

bilan o'ralgan. Uchinchi bo'g'im kubsimon suyak bilan IV va V kaft suyaklari 

o'rtasida joylashgan. Bu ikki bo'g'im ham bitta bo'g'im xaltasi bilan o'ralgan. 

Bo'g'im xaltasi orqa va  kaft tomonda joylashgan kaft  oldi-kaft boylamlari 



(ligg. tarsometatarsea dorsalia et plantaria) 

hamda suyaklararo ponasimon 

kaft boylamlari 

(ligg. cuneometatarsea interossea) 

bilan mustahkamlanadi. 

Bu boylamlardan medial ponasimon suyak bilan II kaft suyagi o'rtasidagisi 

amaliyotda ahamiyatga ega bo'lgani uchun lisfirank bo'g'imi kaliti deyiladi.



Kaft  oldi-kaft  bo'g'imlari  yassi  bo‘g‘im  turiga  kirsa  ham,  harakat  juda 

chegaralangan.

Kaft suyaklari asosining bir-biriga qaragan yuzalari o'rtasida kaft suyaklariaro 

bo‘g‘im 


(articulatio  intennetatarseae) 

hosil  bo'ladi.  Bu  bo'g'imlaming 

bo'g'im xaltasi tashqi tomondan orqa va tovon kaft boylamlari 

(tig. metatarsea 

dorsalia e t plantaria) 

bilan mustahkamlanadi.  Kaft suyaklariaro boylamlar 



(ligg.  metatarsea interossea) 

kaft suyaklarining bir-biriga qaragan yuzalari 

o'rtasida joylashgan.

Old to'g'ri rentgenogrammada kaft oldi suyaklari va kaft suyaklari o'rtasidagi 

bo'g'imlar ko'rinadi. Ulaming hammasi turli shakl va o'lchamli aniq chiziqli 

yomg'liklar shaklida bo'ladi. Kaft suyaklarining asoslari bir-biriga qavatlanadi 

va ular o'rtasidagi bo'g'im yorig'i kuzatilmaydi. Barcha kaft-barmoq falangasi 

bo'g'im larining  rentgen  bo'g'im   yorig'i  bir  xil  bo'ladi.  Proksimal 

falangalaming  bo'g'im  chuqurchasi  kaft  suyaklari  boshchasining  bo'g'im 

yuzasidan kichik bo'lgani uchun ular bir-biriga mos kelmaydi.

Kaft-barmoq  falangasi  bo'g'imi 

(articulatio  metatarsophatangeae) 

kaft suyaklarining boshchasi bilan proksimal barmoq falangalari asosi o'rtasida 

hosil bo'ladi. 

' -


Kaft suyaklarining boshchasi shaisimon shaklga ega bo'lib, bo'g'im xaltasi 

yupqa  va  erkin bo'ladi.  Bo'g'imni  lateral va  medial  tomonidan  yonlama 

boylamlar 

(lig.  collateralia), 

past  tomonidan  esa  kaft  boylami 



(lig. 

plantaria) 

mustahkamlaydi. Bundan tashqari, barcha kaft suyaklari boshini 

birlashtirib, bo'g'im xaltasiga birikib ketgan ko'ndalang yo'nalgan tizimcha 

shaklidagi 



lig .  m etatarseum   profundum  transversum  

ham  bo'ladi. 

Bo'g'imda harakat ikki o'q atrofida bo'lib, bukish va yozish, hamda uncha 

katta bo'lmagan masofaga uzoqlashtirish va yaqinlashtirish kabi harakatlami 

bajarish  mumkin.

Barmoq falangalari o'rtasidagi bo'g'im 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin