0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63

n.  thoracicus  longus.

K o'krak  qafasining  xususiy  (a u to x to n )  mushaklari

Bu guruhga tashqi va ichki qovurg'alararo, qovurg'a osti va ko'krakning 

ko'ndalang mushaklari kiradi.

1.  Tashqi  qovurg'alararo  mushaklar 



(mm.  intercostales  externi) 

har 


tomonda  o'n  bittadan  bo'lib,  ustki  qovurg'aning  pastki  chekkasining 

qovurg'a egati tashqarisidan boshlanadi. Tolalari pastga va oldinga yo'nalib, 

pastki  qovurg'aning  yuqori  chekkasiga birikadi.  Bu  mushaklar qovurg'a 

bo'rtig'idan to qovurg'a tog'ayigacha bo'lgan sohada qovurg'alaming suyak 

qismi oralig'ida joylashadi.  Qovurg'aning tog'ay qismi oralig'ini esa tashqi 

qovurg'alararo  parda 



(membrana  intercostales  externi) 

qoplab  turadi. 

Faoliyati: qovurg'alami ko'tarib, nafas olishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: 

nn. intercostales.

2.  Ichki  qovurg'alararo  mushaklar 

(mm.  intercostales  interni) 

tashqi 


mushakdan  ichkarida  joylashib,  pastki  qovurg'aning  yuqori  chekkasidan 

boshlanib, ustki qovurg'aning pastki chekkasiga, qovurg'a egatidan ichkariga 

birikadi.  Mushak  tolalari  pastdan  yuqoriga  va  ichki  tomon  yo'nalib, 

qovurg'aning oldingi  uchi bilan burchagi o'rtasida joylashadi.  Qovurg'alar 

burchagidan  to  boshigacha  bo'lgan  oraliqni  ichki  qovurg'alararo  parda 

(membrana intercostales intend) 

qoplaydi. Faoliyati: qovurg'alami tushiradi 

va nafas chiqarishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: nn. intercostales.

3.  Qovurg'a  osti  mushaklari 



(mm.  subcostales) 

ko'krak  qafasi  ichki 

yuzasining  orqa  pastki  qismida joylashgan.  X—XII  qovurg'alar  burchagi


yaqinidan boshlanib, yuqoriga va lateral tomonga yo'naladi. Bu mushak bitta- 

ikkita qovurg'ani tashlab, ustidagi qovurg'aga birikadi. Faoliyati: qovurg'alami 

tushirib, nafas chiqarishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: 

nn. intercostales.

4. 

Ko'krakning ko'ndalang mushagi 



(m.  transversus thoracis) 

ko'krak 


qafasi oldingi devorining orqa yuzasida joylashadi. U to'sh suyagi tanasining 

pastki  qismi  va  xanjarsimon  o'simtadan  boshlanadi.  Lateral  va  yuqoriga 

yelpig'ichsimon tarqalib, alohida tishchalar bilan II—VI qovurg'alar tog'ayiga 

birikadi. Faoliyati: qovurg'alami tushirib nafas chiqarishda ishtirok etadi. Inner­

vatsiyasi: 

nn.  intercostales.

D iafragm a

Diafragma (



diaphragma, m. prhrenicus) 

yassi, yupqa harakatchan mushak- 

pay to'siq bo'lib, ko'krak va qorin bo'shliqlari o'rtasida yuqoriga ko'tarilgan 

gumbaz shakhda joylashgan. Diafragma asosiy nafas mushagi bo'lib, ko'krak 

qafasining pastki teshigini o'ragan suyaklardan boshlanadi. Uning boshlanish 

sohasiga qarab uch:  bel,  qovurg'a va to'sh qismlari tafovut qiladi.  Mushak 

tolalari  tashqaridan  o'rtaga qarab radiar yo'nalib,  pay  markazni 

(centrum 

tendineum) 

hosil  qiladi.  Diafragmaning  bel  qismi 



(pars  lumbalis) 

bel 


umurtqalarining oldingi yuzasidan o'ng va chap oyoqchalar 

(crus dextrum 

et  crus  sinistrum) 

bilan  boshlanadi.  Yuqori  tomonda  oyoqchalar  o'zaro 

birikib, aorta teshigini 

(hiatus aorticus) 

hosil qiladi. U orqali aorta va ko'krak 

limfa yo'li o'tadi. Aorta teshigining cheti fibroz halqa bilan o'ralgan bo'lib, 

diafragma qisqarganida aortani siqilishdan saqlaydi. Bu teshikdan yuqoriroq va 

chapda diafragma oyoqchalarining mushak tolalari yana kengayib, qizilo'ngach 

va adashgan nerv o'tadigan qizilo'ngach teshigini 



(hiatus esophageus) 

hosil 


qiladi.  O'ng va chap diafragma oyoqchalarining mushak tolalari o'rtasidan 

simpatik poya,  katta va kichik  ichki  a’zolar nervi,  o'ng  tomondan  toq va 

chap  tomondan  yarim toq venalar  o'tadi.

Diafragmaning qovurg'a qismi 



(pars costalis) 

pastki oltita qovurg'alaming 

ichki yuzasidan alohida mushak tolalari bo'lib boshlanadi. Har ikki tomonda 

diafiagmani bel va qovurg'a qismlari o'rtasida mushak tolalari bo'lmagan bel- 

qovurg'a  uchburchagi 

(trigonum  lumbocostale) 

bo'ladi.  Bu  sohani  yuqori 

tomondan plevra, pastdan esa qorinparda va fassiyalar qoplagan bo'lib, unda 

diafragma churrasi hosil bo'lishi mumkin.

Diafragmaning  to'sh  qismi 

(pars  sternalis) 

to'sh  suyagining  orqa 

yuzasidan boshlanadi. To'sh va qovurg'a qismlari o'rtasida ham mushak tolalari 

bo'lmagan to'sh-qovurg'a uchburchagi 



(trigonum  steraocostale) 

bor.  Uni 

ham yuqori tomondan plevra, pastdan esa qorinparda va fassiyalar qoplagan 

bo'lib, unda diafragma churrasi hosil bo'lishi mumkin.  Diafragmaning pay 

markazida pastki  kovak vena  o'tadigan  teshik 

(foramen  venae  cavae) 

bor. 


Faoliyat jihatidan diafragma asosiy nafas mushagi hisoblanadi. U qisqarganida 

gumbazi yassilanib ko'krak qafasi kengayadi va nafas olinadi. Innervatsiyasi: 



n.phrenicus.

Ko‘krak sohasida yuza fassiya yaxshi rivojlanmagan bo'lib, u sut bezlarini 

o'rab, uning ichida biriktiruvchi to'qimali to'siqlar hosil qiladi.

Ko'krak fassiyasi 

(fascia pectoralis) 

yuza va chuqur qatlamlardan iborat 

bo'lib katta ko'krak mushagini old va orqa tomondan o'raydi. Ko'krak fassiyasining 

yuza qatlami yuqoridan o'mrov suyagiga, medial tomondan to'sh suyagining 

oldingi yuzasiga birikadi.  U  lateral va yuqoriga deltasimon mushak,  pastga 

qo'ltiq osti fassiyasiga davom etadi. Uning chuqur qatlami kichik ko'krak va 

o'mrov osti mushaklarini o'rab,  qo'ltiq osti fassiyasiga o'tib ketadi.

Xususiy ko'krak fassiyasi 



(fascia thoracica) 

tashqi qovuig'alararo mushak 

va qovurg'alami tashqi tomondan qoplagan pishiq qatlamdan iborat.

Ko'krak  ichi  fassiyasi 



(fascia  endothoracica) 

ko'krak  qafasini  ichki 

tomondan qoplaydi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  nafas  olish  qorin  bilan  kechgani  uchun 

qovurg'alararo  mushaklar kuchsiz bo'lib,  yaxshi  rivojlanmagan bo'ladi.

Ko'krak bilan nafas olina boshlangach, qovuig'alararo mushaklar ko'payib 

qalinlashadi. Ayrim mushaklaming ko'ndalang diametri  12 yoshlarga borib

5—6 marta kattalashadi.

Yangi tug'ilgan chqaloq diafragmasi nisbatan yaxshi rivojlangan mushak 

hisoblanib, uning og'irligi mushaklar umumiy og'irligining 5,3%ini tashkil 

qiladi (kattalarda  1,02-1,34%). 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda qovurg'alar 

gorizontal joylashgani uchun diafragma yuqori joylashadi. Yangi tug'ilgan 

chaqaloqda  uning gumbazi  ancha  ko'tarilgan  bo'lib,  pay  markazi  uning

12—15% maydonini egallaydi. To'sh-qovuig'a va bel-qovuig'a uchburchaklari 

nisbatan katta bo'ladi.  7 yoshlarda diafragma katta odamlamikiga o'xshash 

ko'rinishni  egallaydi.



Qorin  mushaklari  va  fassiyalari

Qorin 


(abdomen) 

tananing ko'krak bilan chanoq o'rtasida joylashgan 

qismi  bo'lib,  bu  yerdagi  mushaklar  qorin  devorini  hosil  qilib  qorin 

bo'shlig'ini chegaralaydi.  Qorin mushaklari (57-rasm) topografiya nuqtayi 

nazaridan uch guruhga: qorinning oldingi, yon va orqa devori mushaklariga 

bo'linadi.



Qorinning yon  devori  mushaklari

Qorinning yon devorida uch qavat serbar mushaklar joylashgan bo'lib, 

ular: qorinning tashqi qiyshiq mushagi, qorinning ichki qiyshiq mushagi va 

qorinning ko'ndalang mushagidir. Bu mushaklaming oldingi qismlari seibar 

pay—aponevroz hosil qilib, qorinning to'g'ri mushagini old va orqa tomonidan 

o'tib  unga aponevrotik qin hosil qiladi. So'ngra bu aponevrozlar oldingi o'rta 

chiziqda o'zaro birikib qorinning oq chizig'ini hosil qiladi.


1.  Qorinning tashqi qiyshiq mushagi 

(m. obliquus externus abdominis) 

eng yuza va keng mushak bo'lib,  pastki sakkizta qovurg'adan alohida yirik 

tishchalar bilan boshlanadi.  Ulaming beshta yuqoridagisi oldingi tishsimon 

mushak, pastki uchtasi esa orqaning serbar mushagi tishlari bilan chatishib 

boshlanadi.  Mushakning  yuqori  qismi  tolalari  gorizontal  yo'nalib,  keng 

aponevroz  hosil  qiladi,  qarama-qarshi  mushak  aponevrozi  bilan  birikib, 

qorinning oq chizig'ini hosil  qiladi.  Uning pastki qismi tolalari yuqoridan 

pastga va medial tomonga qiyshiq yo'naladi. Qorinning tashqi qiyshiq mushagi 

aponevrozining eng pastki qismi yonbosh suyagi qirrasining tashqi labiga va 

qov bo'rtig'iga birikadi. Aponevrozning oldingi yuqorigi yonbosh o'simtasi 

bilan qov bo'rtig'i o'rtasida tortilgan pastki chekkasi tamov shaklida bo'lib, 

chov boylamini 



(lig.  inguinale) 

hosil  qiladi.  Qov  suyagiga birikkan joyda 

bu aponevroz ikki: medial va lateral oyoqchalaiga ajraladi.  Medial oyoqcha 

(crus  mediale) 

qov  simfizining  oldingi  yuzasiga  biriksa,  lateral  oyoqcha 



(crus laterale) 

qov bo'rtig'iga birikadi. Medial oyoqchaning uchidan davom 

etgan fibroz tolalar pastga burilib, 

pecten ossis pubis 

ga birikib, 



lig. lacunare 

ni hosil qiladi.  Faoliyati:  ikki  tomonlama qisqarsa,  qovurg'alami  tushirib, 

umurtqa pog'onasini bukadi, qorin bosimini oshiradi. Bir tomonlama qisqarsa, 

tanani qarama-qarshi tomonga buradi.  Innervatsiyasi: 



nn.  intercostales,  n. 

iliohypogastricus,  n.  ilioinguinalis.

2.  Qorinning  ichki  qiyshiq  mushagi 



(m.  obliquus  internus  abdominis) 

qorinning tashqi qiyshiq mushagining ichkarisida ikkinchi qavatda joylashib, 

chov boylamining tashqi 2/3 qismi ustki yuzasidan, yonbosh suyagi qirrasining 

oldingi 2/3 qismidan va ko'krak-bel fassiyasidan boshlanadi. Mushakning yuqori 

qismi toialari pastdan yuqoriga yo'nalib pastki uchta qovurg'a tog'ayiga birikadi. 

Pastki qismi tolalari yelpig'ichsimon tarqalib keng aponevrozga davom etadi. 

Bu aponevroz yuqori qismida ikki qatlamga bo'linadi. Uning qatlamlari qorinning 

to'g'ri mushagini old va orqa tomonidan o'tib, qarama-qaishi mushak aponevrozi 

bilan birikadi va qorinning oq chizig'ini hosil qilishda ishtirok etadi. Mushakning 

pastki  qismi  tolalarining  bir  qismi  qorinning  ko'ndalang  mushagi  tolalari 

bilan birga  urug'  tizimchasi  tarkibiga kirib,  moyakni ko'taruvchi  mushakni 

(m .crem aster) 

hosil  qiladi.  Faoliyati:  ikki  tomonlama  qisqarganida 

qovurg'alami tushirib, umurtqa pog'onasini bukadi, qorin bosimini oshiradi. 

Bir  tomonlama  qisqarsa,  tanani  o'z  tomoniga  buradi.  Innervatsiyasi: 



nn. 

intercostales,  n.  iliohypogastricus,  n.  ilioinguinalis.

3.  Qorinning ko'ndalang mushagi 



(m. transversus abdominus) 

uchinchi 

qavatni  hosil  qilib  tolalari  orqadan  oldinga va medial  tomonga gorizontal 

yo'nalgan bo'ladi.  Uning tolalari  oltita pastki qovurg'alardan,  ko'krak-bel 

fassiyasining  chuqur  qatlamidan,  yonbosh  suyagi  qirrasining  ichki  labi 

oldingi  yarmidan  va  chov  boylamining  lateral  1/3  qismidan  boshlanib, 

keng aponevrozi qarama-qarshi mushak aponevrozi bilan birikib qorinning 

oq chizig'ini hosil qilishda ishtirok etadi. FaoUyati: qorin bosimini oshiradi, 

qovurg'alami oldinga, o'rta chiziqqa tortadi. Innervatsiyasi: 

n. intercostales, 

n.  iliohypogastricus,  n.  ilioinguinalis.


Qorinning  old  devori  mushaklari

1.  Qorinning to‘g‘ri mushagi 



(m.  rectus abdominus) 

uning oq chizig'ini 

ikki tomonida bo'ylamasiga yo'nalgan uzun tasmasimon mushakdir.  U  qov 

qirrasi va qov simfizidan ikki pay bilan boshlanib, yuqoriga yo'naladi va biroz 

kengayib xanjarsimon o'simtaning oldingi yuzasi, V—VII qovurg'alar tog'ayiga 

birikadi. Bu mushak tolalari 3—4 yerida ko'ndalang yo'nalgan pay belbog'lar 



(intersectiones tendinae) 

bilan bo'linadi. Buning natijasida mushakning ayrim 

qismlari alohida qisqarishi mumkin.  Faoliyati: umurtqa pog'onasini bukadi, 

qovurg'alami pastga tortadi. Innervatsiyasi: 



nn. intercostales, n. iliohypogastricus.

2.  Piramidasimon mushak 



(m. pyramidalis) 

uchburchak shaklida bo'lib, 

qorinning  to'g'ri  mushagini  pastki  qismi  oldida  yotadi.  Bu  mushak  qov 

qirrasidan  boshlanib  tolalari  pastdan  yuqoriga  yo'naladi  va  qorinning  oq 

chizig'iga birikadi. Faoliyati: qorinning oq chiag'ini taranglaydi. Innervatsiyasi: 

nn.  intercostales,  n.  iliohypogastricus.

Q orinning  orqa  devori  mushagi

Belning  kvadrat  mushagi 



(m.  quadratus  Iumborum) 

bel  umurtqalari 

ko'ndalang  o'simtalarining yon  tomonida  yotadi.  Yonbosh  suyagi  qirrasi, 

lig.  iliolumbale, 

pastki  bel  umurtqalarining  ko'ndalang  o'simtalaridan 

boshlanib,  XII  qovurg'aning  pastki  qirrasi  va  ustki  bel  umurtqalarining 

ko'ndalang o'simtalariga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarganida umurtqa 

pog'onasini  tik  tutsa,  bir tomonlama  qisqarganida uni  o'z tomoniga,  XII 

qovurg'ani pastga tortadi. Innervatsiyasi: 



plexus lumbalis.

Qorin  fassiyalari

Qorinning  yuza  fassiyasi 



(fascia  superficialis  abdominis) 

teri  osti  yog' 

to'qimasi bilan qorin mushaklari orasida joylashgan.

Qorinning  xususiy  fassiyasi 



(fascia  propria  abdominis) 

qorin  devori 

mushak qavatlariga mos ravishda bir necha qatlamdan iborat.  Uning yuza 

qatlami  qorinning  tashqi  qiyshiq mushagini tashqi  tomondan o'raydi.  Bu 

qatlam tolalari chov boylami oyoqchalari o'rtasida oyoqchalararo tolalami 

(fibrae  intercrurales) 

hosil  qilib,  chov  kanalining  yuza  teshigi  sohasida 

urug' tizimchasini o'rab moyakni ko'taruvchi mushak fassiyasiga 

(fascia m. 

cremaster) 

aylanadi. Xususiy fassiyaning ikki qatlami qorinning ichki qiyshiq 

mushagini old va orqa tomondan o'rab turadi.

Ko'ndalang fassiya 



(fascia transversalis) 

qorinning yon va oldingi devorini 

ichki tomondan qoplaydi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning qorin mushaklari yaxshi rivojlanmagan, yupqa 

va nozik bo'lib, bir-biridan qiyin ajraladi. Mushak qismi aponevrozga bilinmasdan 

o'tib  ketadi.  Aponevrozlari  keng va  nozik bo'lib,  tashqi  qiyshiq mushakning 

mushak qismi nisbatan qisqa bo'ladi.  Qorin ichki qiyshiq mushagining pastki


undan  (m.  cremaster)  ajrab  chiqadigan  qismi  tolalari  yaxshi  taraqqiy  etgan 

bo'ladi. Qorin ko'ndalang mushagining mushak qismi aponevrozga bilinmasdan 

o'tgani uchun yarimoysimon chiziq yaxshi  sezilmaydi.  Bolalarda ko'ndalang 

fassiya yupqa bo'lib, qorinparda old yog' to'qimasi bo'lmagani uchun ko'ndalang 

fassiya qorinpardaning pariyetal vaiag'iga bevosita tegib turadi. Yog' kletchatkasi 2 

yoshlarda paydo bo'lib, asta-sekin ko'paya boradi.

Qorin to'g'ri mushagining pay belbog'lari yosh bolalarda yuqori joylashgan 

bo'ladi. Qorin mushaklarining tez o'sishi bola yura boshlagan davrdan boshlanadi 

Ulaming mushak qismi ko'payib, aponevrozlari mustahkamlanadi.

Q orinning  oq  c h iz ig ‘i

Qorinning oq chizig'i 



(linea alba) 

qorin serbar mushaklari aponevrozlari 

tolalarining  birlashishidan  hosil  bo'ladi.  U  xanjarsimon  o'simtadan  qov 

simfiziga tortilgan fibroz plastinkadan iborat bo'lib, yuqori qismining kengligi

2,5  sm  bo'ladi.  Kindikdan  pastga  tomon  u  torayib  qalinlashib  boradi.  U 

pishiq bo'lib,  qon  tomirlari  kam bo'lgani  uchun jarrohlik  aralashuvlarida 

katta ahamiyatga ega. Yosh bolalarda qorinning oq chizig'i aniq bilinib, uning 

kengligi xanjarsimon o'simta sohasida 5—8 mm, kindik sohasida 12—16 mm 

bo'ladi. Uning yuqori qismida va kindik sohasida yupqalashgan joylar bo'lib, 

u 2 yoshgacha sekin o'sadi.



Qorin  to‘g‘ri  mushagining  qini

Qorin to'g'ri  mushagining qini 



(vagina m.  recti  abdominus) 

(51-rasm) 

qorinning uchta serbar mushaklari aponevrozidan hosil bo'ladi.  Ular qorin 

to'g'ri mushagini old 



(lamina anterior) 

va orqa 


(lamina posterior) 

yuzasidan 

o'rab oladi. Uning old va orqa devorining tuzilishi yuqori va pastki qismlarda 

bir  xil  bo'lmay,  kindikdan  yuqorida  qorin  tashqi  qiyshiq  mushagining 

aponevrozi to'g'ri mushakning old tomonidan o'tsa, ko'ndalang mushakning 

aponevrozi orqa tomondan o'tadi. Qorin ichki qiyshiq mushagining aponevrozi 

to'g'ri mushakning tashqi chekkasida ikki varaqqa bo'linadi.  Uning bittasi 

to'g'ri mushakning old tomonidan o'tib, tashqi qiyshiq mushak aponevrozi 

bilan birikib oldingi devomi, ikkinchisi esa orqa tomondan o'tib ko'ndalang 

mushakning  aponevrozi bilan birikib  orqa  devomi hosil  qiladi.  Kindikdan

-I

51-rasm.  Qorin  to‘g‘ri  mushagi  qinining  hosil  bo‘Iishi  chizmasi.  A-kmdikdan 

yuqorida. 

B-kindikdan  pastda.  1-qorinning  to‘g‘ri  mushagi;  2-qorinning 

tashqi 

qiyshiq  mushagi; 

3-qorinning ichki qiyshiq mushagi; 4-qorinning ko'ndalang mushagi; 5-qorinning ko'ndalang 

fassiyasi.


4—5  sm  pastroqda  qorinning barcha  serbar mushaklarining  aponevrozlari 

to‘g‘ri  mushakning  old  tomonidan  o‘tib,  qinning  oldingi  devorini  hosil 

qiladi. Qorin to'g'ri mushagini orqa tomonidan bu sohada faqat ko'ndalang 

fassiya qoplaydi. Yosh bolalarda qorin to‘g‘ri mushagi qinining orqa devori 

yaxshi taraqqiy etmagan bo'ladi.

C hov  k an a li

Chov  kanali 



(canalis  inguinalis) 

chov  boylamining  medial  yarmi 

ustida,  qorin serbar  mushaklarining orasida  qiya joylashgan tirqish bo'lib, 

undan erkaklarda uru tizimchasi, ayollarda bachadonning yumaloq boylami 

o'tadi.  Chov  kanalining  uzunligi  4—5  sm bo'ladi.  Uning  chuqur va  yuza 

teshiklari tafovut qilinadi. Chov kanalining yuza halqasi 



(annulus inguinalis 

superficialis) 

qov suyagining ustida joylashgan bo'lib, uni yuqori tomondan 

chov  boylamining  medial  oyoqchasi 

(crus  m ediale), 

pastdan  lateral 

oyoqchasi 

(crus  laterale) 

chegaralaydi.  Yuza  halqani  lateral  tomondan 

medial va lateral oyoqchalar o'rtasida tortilgan oyoqchalararo tolalar 

(fibrae 

intercruralis) 

va  medial  tomondan  lateral  oyoqchaning  tolalaridan  hosil 

bo'lgan  bukilgan  boylam 

(lig.  reflexum) 

chegaralaydi.

Chov  kanalining  chuqur  teshigi 

(annulus  inguinalis  profundus) 

qorin bo'shlig'i  tomonidan  ko'ndalang fassiyadagi  lateral  chov chuqurchasi 

sohasida joylashgan voronkasimon botiqlikdan iborat. Chov kanalidan o'tayotgan 

a’zolarga nisbatan uning to'rtta devori tafovut qilinadi. Chov kanalining oldingi 

devorini qorin tashqi qiyshiq mushagining aponevrozi, orqa devorini ko'ndalang 

fassiya, ustki devorini qorinning ko'ndalang va ichki qiyshiq mushaklarining 

pastki  chekkalari,  pastki  devorini  chov boylami  hosil  qiladi.

Yangi tug'ilgan  chaqaloqda chov kanali  nisbatan  qisqa,  keng va to'g'ri 

yo'nalgan, yuza halqasi nisbatan yuqori joylashgan bo'lib, oval yoki uchburchak 

shaklida,  ichki va tashqi oyoqchalar va oyoqchalararo tolalar kam taraqqiy 

etgan bo'ladi. Chov kanalining chuqur halqasi ko'ndalang fassiyada qorinparda 

bilan yopilgan, 2-4 mm kenglikdagi quyg'ichsimon botiqlik shaklida bo'lib, 

chov kanalining 

tu z ilish i 

3 yoshda tugallanadi.



Orqa  mushaklari  va  fassiyalari

Orqa mushaklari juft bo'lib, tananing orqa yuzasida dumg'aza va yonbosh 

suyaklari qinasidan kalla asosigacha bo'lgan sohani egallaydi. Ular bir necha 

qavat bo'lib joylashadi. Orqa mushaklari yuza va chuqur guruhlarga bo'linadi.



Orqaning  yuza  mushaklari

Orqaning yuza mushaklari yelka kamari va yelka suyagiga birikib,  (52- 

rasm) ikki qavat joylashadi. Birinchi qavatda trapetsiyasimon mushak bilan, 

orqaning  serbar  mushagi,  ikkinchi  qavatda  katta  va  kichik  rombsimon



mushaklar, kurakni ko'taruvchi mushak 

yotadi. Orqaning ustki va pastki tishsimon 

m ushaklari  ch u q u rro q   yotadi  va 

qovuig'alaiga birikadi.

1. 

Trapetsiyasimon  mushak  (m. 



trapezius) 

uchburchak  shaklidagi  yassi 

mushak bo'lib, keng asosi o'rta chiziqqa 

qaragan  bo'ladi.  U  orqaning  yuqori  va 

bo'yinning orqa sohasini qoplab, o'ng va 

chap mushak biigalikda trapetsiya shakliga 

o'xshaydi.  U uch qismga bo'linadi:

a) tushuvchi qismi 



(pars desendens) 

tashqi  ensa  b o 'rtig i,  yuqori  ensa 

chizig'ining medial qismidan, 

lig. nuchae 

va  VII  bo'yin  umurtqasining  qirrali 

o'sim tasid an   boshlanib  o'm rov 

suyagining lateral qismi va acromioning 

medial yuzasiga birikagi.

b)  k o 'n d alan g   qism i 



(p a rs 

trasversa)!—

IV ko'krak umurtqalarining



52-rasm.  Orqaning  yuza  mushaklari, 

<[“

  ° ‘s™ tasi  ™  qirrali  o'sim ta  USti

I  va  II  qavat.  1-m.  trapezius;  2-m . 

Ьоу1сШ11(Зя.П  b o S n l3 H lb ,  3K X O m iO Iling

rhombdoideus  minor;  3-m.  rhombdoi- 



medial chekkasiga birikadi.

deus  major;  4-m .  latissimus  dorsi; 



5-f. 

d )  k o 't a r ilu v c h i  q is m i 

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin