0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63

(articutationus interphalangea). 

Shakl va faoliyat jihatidan bu bo'g'imlar xuddi qo'l kaftiga o'xshaydi.  Ular 

g'altaksimon bo'g'imlar guruhiga kirib, yon tomondan yonlama boylamlar 

(lig .  c o lla te r a lia ) 

ham da  kaft  boylamlari 



(lig g .  p lan taria) 

bilan 


mustahkamlanadi.

Oyoq panjasi suyaklari qo'l kafti suyaklariga nisbatan kam harakat bo'lib, 

tananing tayanch vazifasini bajarishga moslashgan.  Oyoq panjasi suyaklari 

o'zaro birlashib, yuqoriga qaragan gumbaz hosil qiladi.  Shuning uchun oyoq 

panjasi yerga butun kaft bilan emas, balki uchta nuqta: orqada tovon suyagi 

do'ngligi, oldinda I va V kaft suyaklarining boshchasi bilan tegadi.

Oyoq  gumbazining  hosil  bo'lishida 

lig.  plantare 

longum, 


lig. 

catcaneonaviculare  plantare,  aponevrosus  plantare 

laming  va  oyoq  kafti 

mushaklarining  roli  katta.  Agarda bu  boylamlar va  mushaklar bo'shashib 

ketsa,  oyoq gumbazi  yo'qolib,  yassi  panja vujudga keladi.  Oyoq gumbazi 

amortizator  vazifasini  bajarib,  u  tana  og'irligini  oyoq  panjasiga  bir  tekis 

taqsimlanisliiua, yurgauda, yugurganda va sakraganda tananing silkinishini 

kamaytirishda katta ahamiyatga ega.


MUSHAKLAR  HAQIDAGIILM   -   MIOLOGIA 

Umumiy  ma’lumotlar

Tananing har bir harakati organizmda bo'lgan ko‘ndalang-targ‘il mushak 

tolalarining qisqarishi natijasida paydo bo'ladi. Tana mushaklari suyaklarga 

birikib, ulami harakatga keltiradi. Ular tana bo‘shliqlari devorini hosil qilishda 

ishtirok  etadi  va  ba’zi  bir  ichki  a’zolar  (yutqin,  qizilo'ngachning  yuqori 

qismi,  hiqildoq,  to'g'ri  ichakning  pastki  qismi)  devorlari  tarkibiga  kiradi. 

Skelet mushaklari yordamida odam harakat qiladi va muvozanat saqlaydi, 

nafas oladi, ovqatni yutadi va mimikasini o'zgartiradi. Katta odamning skelet 

mushaklari gavda og‘irligining 40% ini, yangi tug'ilgan chaqaloqda 20—22% 

ini tashkil qiladi.



Mushak] aming  tuzilishi

Har bir mushak biriktiruvchi to'qimali parda endomiziy 



(endomysium) 

bilan  o'ralgan  ko'ndalang-targ'il  mushak  tolalaridan  tuzilgandir.  Turli 

kattalikdagi  mushak  tolalari  bir-biridan  biriktimvchi  to'qimali  qatlamlar 

perimiziy 



(perimysium) 

vositasida  ajrab  turadi.  Bu  perimiziy  ichida  qon 

tomirlar  va  nervlar joylashgan  bo'lib,  agar  biriktiruvchi  to'qimali  parda 

butun mushakni o'rasa, epimiziy 



(epimysium) 

deb ataladi. Bu parda mushak 

payiga davom etib, peritendiniy 

(peritendinum) 

degan nom oladi. Mushaklarda 

juda kuchli modda almashinuvi ketganhgi sababli, ularda qon tomirlar ko'p 

bo'ladi.  Har  bir  mushakning  faol  qisqaruvchi  qismi—tana  yoki  qorincha 



(venter) 

bo'lib,  u  mushak  tolalaridan  iborat  bo'ladi.  Mushakning  nofaol 

suyaklarga  birikuvehi  qismi  yoki  pay  qismi 

(tendo) 

zich  biriktiruvchi 

to'qimadan  iborat,  yaltiroq  kumushrang  bo'lib,  mushak  tanasidan  aniq 

ajrab turadi.  Paylarda modda almashinuvi kam bo'lgani uchun ularda qon 

tomirlar ham kam bo'ladi. Paylaming bittasi yuqori qismida bo'lib, mushak 

boshchasi 



(caput) 

deyiladi. Uning yordamida mushak suyakdan boshlanadi. 

Pastki uchi dum 

(cauda) 

deyilib, uning yordamida mushak suyakka birikadi. 

Paylar kollagen tolalardan iborat bo'lib, juda pishiq bo'ladi.  Masalan, axill 

payi 400  kg yukni  ko'tara olsa,  sonning to'rt boshli mushagining payi 600 

kg  yukni  ko'tara  oladi.  Barcha  mushaklaming  payi  bir  xil  emas.  Uzun 

mushaklaming paylari ingichka tasma shaklida bo'lsa, tanada joylashgan keng 

mushaklaming paylari keng va yassi bo'lib aponevroz 

(aponevrosus) 

deyiladi. 

Ba’zi mushaklarda ikkita qorincha orasida joylashgan oraliq paylar ham uchraydi 

(ikki qorinli mushak—



m. digastricus). 

Agar mushak bir nechta miotomlardan 

taraqqiy  etgan  bo'lsa,  ular  o'rtasida  oraliq  paylar  yoki  pay  belbog'lar


(intersectiones tendineae) 

hosil bo'ladi. Bunday mushaklarga qormning to'g'ri 

mushagi kiradi.

Mushak qisqargan vaqtda uning bir uchi harakatsiz bo'lib, u qotirilgan 

nuqta 

(punctum fbnun) 

deyiladi. Bu nuqta, asosan, mushakning boshlanish 

qismida bo'ladi. Harakatlanuvchi nuqta 

(punctom mobile) 

mushak birikkan 

ikkinchi suyakda bo'lib, mushak qisqargan vaqtda u o'z holatini o'zgartiradi.

M u sh ak lam in g  tasn iflan ish i

Odamda  400  dan  ortiq  skelet  mushaklari  bo'lib,  shakl jihatidan  ular 

uch xil: uzun, kalta va keng bo'ladi.  Uzun mushaklar duksimon 

(fisiformis) 

tuzilishga ega bo'lib, ular qo'l va oyoqlarda richag vazifasini bajaradilar 



(m. 

biceps brachii). 

Keng mushaklarga esa tana mushaklari kiradi.  Duksimon 

mushaklaming tolalari mushakning uzun o'qiga parallel joylashgan bo'ladi. 

Ba’zi bir mushaklar bir nechta bosh bilan  har xil suyaklardan boshlanadi. 

Bu esa ulaming tayanchini oshiradi.  Boshchasiga qarab ikki boshli 

(biseps), 

uch  boshli 



(triceps), 

to'rt  boshli 



(quadriceps) 

mushaklar  bo'ladi.  Paylar 

soni  ham  ko'p  bo'lishi  mumkin  (ko'p  dumli  mushaklar)  qo'l  va  oyoq 

barmoqlarini yozuvchi va bukuvchi mushaklaming bir nechtadan payi bo'ladi. 

Buning natijasida bitta mushakning qisqarishi bir nechta barmoqlami harakatga 

keltirib  mushaklar  ishini  tejaydi.

M ushaklar  shakliga  qarab  kvadrat 

(m .quadratus), 

uchburchak 



(m.triangularis), 

yumaloq 


(m.  teres), 

deltasimon 



(m.deltoideus), 

tishli 


(m .serratu s), 

kambalasimon 



(m .so leu s), 

aylanma 


(m .orb icu laris), 

trapetsiyasimon 



(m.trapezius), 

rombsimon 



(m.  rhomboides) 

mushaklar 

deb ataladi.

Tolalaming yo'nalishi bo'yicha mushaklar to'g'ri parallel tolali 



(m.rectus), 

ko'ndalang tolali 



(m.transversus), 

aylanma tolali 



(m.orbicularis) 

mushaklarga 

bo'linadi.  Aylanma  tolali  mushaklar teshiklami  o'rovchi  sftnkterlami  hosil 

qiladi.


Mushak tolalari pay o'qiga nisbatan har xil yo'nalishga ega bo'ladi. Agar 

qiyshiq  tolalar  payning  bir  tom onida  joylashsa,  mushak  bir  patli 



(m.unipennatus), 

agar mushak tolalari payning ikki tomonida joylashsa, ikki 

patli 

(m.bipennatus), 

har tomonida joylashsa,  ko'p patli 



(m.multipennatus) 

deyiladi.

Vazifasiga qarab mushaklar bukuvchi 

(flexores), 

yozuvchi 



(extensores), 

yaqinlashtiruvchi 



(adductores), 

uzoqlashtiruvchi 



(abductores), 

burovchi 



(rototores), 

ichkariga aylantiruvchi 



(pronatores) 

va tashqariga aylantimvchi 



(supinotores) 

mushaklar  deyiladi.

Bo'g'imlarga nisbatan mushaklar bir, ikki va ko'p bo'g'imli mushaklarga 

bo'linadi.  K o'p bo'g'imli mushaklar uzun bo'lib,  yuzaroq joylashadi.  Bir 

bo'g'imli  mushaklar  kalta  va  chuqurroq joylashadi.  Joylashishiga  qarab 

mushaklar yuza va chuqur,  lateral va medial,  oldingi va  orqa  gumhlarga 

bo'linadi.


Mushaklaming  yordamchi  apparatlari

Mushaklaming asosiy qismlari ya’ni tanasi va paylaridan tashqari uning 

yordamchi qismlari ham bo'lib, ular mushak ishini yengillashtiradi. Bularga 

fassiyalar,  pay qinlari,  sinovial sumkalar va mushaklar g‘altagi  kiradi.

Fassiyalar 

(fa scia ) 

mushaklami  o‘ragan  zich  tolali  biriktiruvchi 

to'qimadan  tuzilgan  parda  bo'lib,  ular  mushaklami  bir-biridan  ajratib, 

qisqargan  vaqtida  mushakni  bir  joydan  surilib  ketmashgini  ta’minlaydi. 

Fassiyalar g'ilof tuzilishiga  ega bo‘lib,  ba’zi bir patologik hollarda  (yiring 

to‘plangan  va  qon  quyilgan vaqtda)  ulaming  tarqalishini  chegaralaydi  va 

ba’zi hollarda anesteziya qilishda yordam beradi. Fassiyalar suyaklarga birikib, 

mushaklararo  to‘siqlar 



(septa  intermuscularia) 

hosil  qiladi.  Fassiyalar 

xususiy 

(fascia propria) 

va yuza 


(fascia su p erficial) 

fassiyalarga bo'linadi. 

Xususiy  fassiya  odam  tanasining  har bir sohasiga tegishli bo‘lib,  shu  nom 

bilan ataladi. Agar mushaklar bir necha qavat joylashgan bo'lsa, unda qavatlar 

o'rtasida xususiy fassiya qatlamlari: yuza qavat orasida — 

lamina superficial, 

chuqur qavat orasida esa — 



lamina profimda 

hosil boladi.

Yuza fassiyalar teri ostida joylashgan bo‘lib,  mushaklami teri osti yog* 

to'qimasidan  ajratib  turadi,  shuning  uchun  uni  teri  osti  fassiyasi 



(fascia 

subcutanea) 

ham deb ataladi. Yuza fassiya yumshoq biriktiruvchi to'qimadan 

tuzilgan  bo‘lib,  u  teri  ostida  butun  tanani  o‘rab  turadi  va  unda  ba’zi  bir 

sohalarda yog* to'qimasi to'plangan bo'ladi. Fassiyalar tananing turli qismlarida 

har  xil  taraqqiy  etib,  agar  mushaklar  harakati  kuchli  bo'lsa  (oyoqda), 

fassiyalar qalin bo'ladi.  Qo'l va oyoqning ba’zi bo'g'imlari sohasida (bilak- 

kaft oldi, oshiq-boldir) mushak paylarining yo'nalishi o'zgaradi. Bu sohalarda 

fassiyalar qalinlashadi va suyaklami turtib chiqqan joylariga birikib mushaklami 

ushlab  turuvchi— 

retinaculum  musculorumni 

hosil  qiladi.  Bu  sohada 

mushaklami ushlab  turuvchi  ostida kanallar hosil bo'lib,  ulardan  mushak 

paylari  o'tadi.  Bu  kanallar  fibroz  yoki  suyak-fibroz  kanallar  deb  ataladi. 

Fibroz kanallar fassiyalardan hosil bo'lsa,  suyak-fibroz kanallari fassiya va 

suyaklar o'rtasida hosil bo'ladi.  Ular payni bir holatda ushlab turib, ulaming 

harakat  kuchining  yo'nalishini  ta’minlaydi.  Fibroz  kanallaming  devorlari 

sinovial parda bilan o'ralgan bo'lib,  bu  parda kanalni  ikkala uchida payni 

o'rab,  yopiq  sinovial  qinlar 

(vagina  synovialis) 

hosil  qiladi.  Sinovial 

pardaning bir qismi payni o'rab  olib, unga birikib ketadi va uning visseral 

varag'ini  hosil  qiladi.  Ikkinchi  qismi  esa fibroz  qinini  ichidan  qoplab  uni 

devoriga birikib pariyetal varaqni hosil qiladi. Visseral varaqning pariyetal 

varaqqa  o'tgan  yerda  sinovial  parda  2  qavat  bo'ladi  va  uni  pay  tutqichi 

mezotendiniy 

(mesotendineum) 

deyiladi. Mezotendiniy ichida payning qon 

tomirlari va nervlari joylashadi. Sinovial qinning visseral va pariyetal varaqlari 

orasida bo'shliq bo'lib, unda bir necha tomchi suyuqlik bo'ladi, u pay harakat 

qilgan vaqtda uni ishqalanishdan saqlaydi.

Pay yoki mushaklar suyaklaming ko'tarilgan joyiga tegib tursa, bu yerlarda 

sinovial xaltalar hosil bo'ladi. Ular biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan bo'lib,


ulaming ichida ozgina suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik ham payni ishqalanishdan 

saqlaydi.  Sinovial xaltaning devori bir tomondan harakatlanuvchi pay yoki 

mushakka yopishgan bo'lsa, ikkinchi tomondan suyaklarga yopishadi. Xalta 

bo'shlig'i  qo'shni bo'g'im bo'shlig'i bilan qo'shiladi.

Mushak paylari o'z yo'nalishini o'zgartiradigan joylarda g'altak (trochlea) 

hosil bo'lib,  uning ustida pay xuddi kamar o'q ustidan o'tganidek bo'ladi. 

G'altaklar suyakdan iborat bo'lishi mumkin. Bu hollarda suyak ust tomondan 

tog'ay bilan qoplanadi. Bunda suyak bilan pay o'rtasida sinovial xalta joylashgan 

bo'ladi. Fibroz g'altaklar fassiya boylamlaridan hosil bo'ladi.

Sesamisimon suyaklar paylar ichida paydo bo'ladi.  Bularga no'xatsimon 

suyak va tizza qopqog'i kiradi.

M ushaklar  taraqqiyoti

Tana mushaklari orqa tor va nerv nayi yonida joylashgan mezodermaning 

dorsal qismidan rivojlanadi. Homila hayotining uchinchi haftasida bu mezoderma 

birlamchi segmentlar yoki somitlaiga bo'linadi. 6-haftada homilada 39 juft: 4 ta 

ensa,  8 ta bo'yin,  12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 5 ta dum somitlari 

tafovut qilinadi.  Somitning sklerotom  ajrab chiqib umurtqa pog'onasi paydo 

bo'lganidan qolgan tashqi orqa qismi miotomni hosil qiladi. Miotom hujayralari 

(mioblastlar) bo'yiga cho'zilib, ko'ndalang-targ'il mushak tolalariga aylanadi. 

Miotomlar ventral tomonga o'sib, dorsal va ventral qismlarga bo'linadi. Uning 

dorsal qismidan tananing orqa qismi mushaklari taraqqiy etsa, ventral qismidan 

tananing oldingi va yon tomon mushaklari taraqqiy etadi. Tana mushaklarining 

bir  qismi  o'zi  taraqqiy  etgan joyida  qolib  o'ziga  xos,  autoxton  mushaklami 



(autos—

o'zi), 


(chton—

joy) hosil qiladi. Bularga orqaning, ko'krakning chuqur 

va qorin mushaklari kiradi. Boshqa bir guruh mushaklar tanadan qo'l va oyoqlaiga 

o'tib tunkofugal 



(truncus—

tana, 


fiigere—

qochaman) mushaklami hosil qiladi. 

Bularga trapetsiyasimon, to'sh-o'mrov-so'ig'ichsimon, katta va kichik rombsimon, 

oldingi  tishsimon,  kurakni  ko'taruvchi  mushaklar  kiradi.  Uchunchi  guruh 

mushaklar qo'l va oyoqdan boshlanib, tanaga birikuvehi trunkopetal 

(truncus— 

tana, petere-intilaman) mushaklami hosil qiladi. Bularga katta va kichik ko'krak, 

orqaning serbar va katta bel mushaklari kiradi.

Qo'l  mushaklari  V—VIII  bo'yin  va  I  ko'krak  miotomlaridan,  oyoq 

mushaklari  esa  1—V bel va  I—III  dumg'aza  miotomlaridan  hosil bo'lgan 

mushaklar kurtagidan rivojlanadi. Boshlang'ich davrda qo' 1-oyoq mushaklari 

oldingi va orqa tomonda joylashgan (yozuvchi va bukuvchi) bo'lib, keyinchalik 

qo'l mushaklari proksimal tomonga yo'nalib (trunkopetal) tananing xususiy 

mushaklarini ko'krak va orqa tomondan qoplaydi.  Bundan tashqari,  yelka 

kamariga tananing ventral (trunkofugal) mushaklari kelib birikadi.

Bosh  mushaklari  qisman  bosh  somitlaridan,  asosan,  visseral  ravoqlar 

mezodermasidan taraqqiy etadi. Jag' ravog'idan pastki jag'ga birikuvehi chaynov 

va  og'iz  tubi  mushaklari,  gioid  ravoqdan  esa bo'yinning  teri  osti  va bosh 

mushaklari rivojlanadi.



Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  barcha  skelet  mushaklari  paydo  bo'lgan 

bo'lsa-da,  ular  nisbatan  kam  rivojlangan bo'ladi.  Ular tana  og'irligining 

20—22%  ini  tashkil  qiladi.  1—2  yoshli  bolada mushaklar og'irligi  16,6% 

gacha kamayadi. Bola 6 yoshga to'lganida harakati yuqori darajada faollashuvi 

natijasida  mushaklari  tana  og'irligining  21,7%  ini,  8  yoshda  esa  33%  ini 

tashkil qiladi.  Erkaklarda mushak massasi 36% bo'lsa, ayollarda 33% bo'ladi. 

Mushaklaming  o'zgarishiga  qarab  bola  tanasining  tashqi  ko'rinishi  ham 

o'zgaradi. Yangi tug'ilgan va yosh bolalarning qo' 1-oyoqlari silindr shaklida 

bo'lsa,  mushaklari  o'sib,  yog'  to'qimasi  kamayishi  bilan,  ular  duksimon 

yoki  konus  shaklini  oladi.  Bola  hayotining  birinchi  yilida  qo'l  va  oyoq 

mushaklari tez o'ssa,  2—4 yoshlarda orqaning uzun mushagi hamda katta 

dumba  mushagi  tez  o'sadi.  Bola  tug'ilganidan  keyin  mushaklaming  pay 

qismi tez o'sib, ulaming suyaklarga birikadigan qismi kattalashadi.  Ularda 

fassiyalar yaxshi  bilinmasdan  yupqa va bo'sh  bo'lib,  mushaklardan  oson 

ajraydi. Fassiyalar bola hayotining birinchi oyidan boshlab mushaklaming 

vazifasiga qarab rivojlanadi.



M u sh ak la m in g  ishi

Skelet  mushaklari  nerv  impulslari  ta’sirida  qisqarganida  ulaming 

harakatlanuvchi nuqtasi, qotirilgan uchiga yaqinlashadi va ma’lum bir ishni 

bajaradi.  Buning  natijasida  gavdaning  ma’lum bir qismi  harakatga  keladi. 

Mushaklar bo'g'imlarga ta’sir qilib, suyak richaglarining holatini o'zgartiradi. 

Bunda  mushaklar bo'g'imlarga  ma’lum bir yo'nalishda  ta’sir  qiladi.  Agar 

bir  nechta  mushaklar  bo'g'imga  bir  xil  ta’sir  qilsa, 

sinergist  mushaklar, 

qarama-qarshi  ta’sir  qilsa, 



antogonist  mushaklar 

deb  ataladi.  Mushaklar 

bajaradigan ishning kuchi ulaming ko'ndalang kesimiga bog'liq. Anatomik 

ko'ndalang kesim mushak qorinchasini ko'ndalang kesganda hosil bo'lgan 

maydon  yuzasi  bo'lib,  uning  qalinligining  ko'rsatkichidir.  Fiziologik 

ko'ndalang kesim barcha mushak tolalarining ko'ndalang kesimi yuzalarining 

yig'indisidan iborat bo'lib, mushak kuchining ko'rsatkichidir.  Duksimon va 

tasmasimon mushaklaming anatomik va fiziologik ko'ndalang kesimlari bir 

xil  bo'ladi.  Patli  mushaklaming  fiziologik  ko'ndalang  kesimi  duksimon 

mushaklarga  nisbatan  katta  bo'lgani  uchun  ulaming  kuchi  katta  bo'ladi. 

Mushaklar  qisqarganda  bo'g'imlar  vositasida  birikkan  suyaklar  richag 

vazifasini  bajaradi.  Biomexanikada  ikki  tur  richag  farq  qilib,  birinchi  tur 

richag ikki yelkali bo'lib, muvozanat richagi deyiladi.  Bunda tayanch nuqtasi 

kuch qo'yiladigan va qarshilik nuqtalari o'rtasida turadi.  Bunga misol qilib I 

umurtqa va ensa suyagi o'rtasidagi bo'g'imni ko'rsatish mumkin.

Ikkinchi tur richag bir yelkali bo'lib,  ikki turda uchraydi.  Birinchi turi 

kuch richagi deyilib, bunda qarshilik tayanch nuqtasi bilan kuch qo'yiladigan 

nuqta o'rtasida bo'ladi. Bunga misol qilib oyoq panjasi suyaklari o'rtasidagi 

bo'g'imni  keltirish  mumkin.  Ikkinchi  turi  tezlik  richagi.  Bunda  kuch 

qo'yiladigan nuqta yelkasi qarshilik yelkasidan qisqa bo'ladi.  Bunga misol



qilib tirsak bo‘g‘imini olganimizda, ozgina yukni ko‘tarish uchun katta kuch 

sarf qilinib tezlikdan yutiladi.



Xususiy  miologia 

Ko'krak  mushaklari  va  fassiyalari

Ko'krak mushaklari bir necha qavat bo'lib joylashadi. Yuza qavatda qo'l 

bilan bog'langan mushaklar joylashsa,  chuqur qavatda ko'krakning xususiy 

(autoxton)  mushaklari joylashadi.

Ko'krak  mushaklari  (50-rasm)  kelib  chiqishi va faoliyatiga  ko'ra  ikki 

guruhga:  1)  ko'krak  qafasidan  boshlanib,  yelka  kamari  va  yelka  suyagiga 

birikuvehi mushaklar; 2) ko'krak qafasining o'ziga xos (autoxton) mushaklariga 

bo'linadi.  Birinchi  guruhga  to'rtta:  katta  va  kichik  ko'krak,  o'mrov  osti, 

oldingi tishsimon va qovurg'alami ko'taruvchi mushaklar kiradi.

1. 

Katta ko'krak mushagi 



(m. pectoralis 

major) 

katta,  yelpig'ichsimon  shaklda

t

 

bo'lib, ko'krak qafasining oldingi devorini 



yuqori  qismini  egallaydi.  U  o'mrov 

suyagining  ichki  yarm idan 



(p a rs 

clavicularis), 

to'sh  suyagining  oldingi 

yuzasi  va  II—VII  qovuig'alar tog'ayidan 

(pars  ste r n o c o s ta lis ), 

qorin  to 'g 'ri 

mushagi qinining oldingi devoridan 

(pars 

abdominalis) 

boshlanadi. Mushak tolalari 

tashqi tomonga yo'nalib, yelka suyagi katta 

K

  bo'rtig'i qirrasiga birikadi.



Faoliyati:  ko'tarilgan  qo'lni  tushirib 

tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi 



(pronatio). 

Agar  qo'l  qimirlamay  tursa, 

qovuig'alami ko'tarib nafas olishda ishtirok 

etadi. Innervatsiyasi: 



nn. pectoralis medialis 

et  lateralis.

2. 


Kichik ko'krak mushagi 

(m.pectoralis 

minor) 

uchburchak  shaklidagi  yassi 

mushak.  Katta  ko'krak  mushagining 

orqasida  yotadi,  II—V  qovurg'alaming 

oldingi  uchiga yaqin joydan boshlanadi. 

Yuqoriga va lateral yo'nalib qisqa pay bilan 

kurakning  tumshuqsimon  o'simtasiga

50-rasm.  Ko*krak  va  qorin  mushaklari.  1-m.  stylohyoideus;  2-m.digastricus;  3-m.  scale­

nus  anterior;  4-m .  scalenus  medius;  5-m.  scalenus  posterior;  6-m.  serratus  anterior;  7-mm. 

intercostales  intem i;  8-rnm.  intercostales  extemi;  9-m.  obliquus  abdominis  internus;  10-m. 

gluteus  medius;  11-m.  obturatorius  internus;  12-m.  piriformis;  13-m.latissimus  dorsi;  14-m. 

teres  major;  15-m.  subscapularis;  16-m.levator  scapulae;  17-m.  splenius  capitius.


birikadi.  Faoliyati: kurakni oldinga va pastga tortadi,  agar qo‘l qimirlamay 

tursa, qovurg'alami ko'tarib nafas olishda ishtirok etadi.  Innervatsiyasi: nn. 



pectoralis  medialis  et  lateralis.

3. 0 ‘mrov osti mushagi 



(m. subclavius) 

I qovurg'a tog'ayidan boshlanadi 

va lateral yo'nalib o'mrov suyagining akromial uchi pastki yuzasiga birikadi. 

Bu mushak o'mrov suyagi bilan 1 qovurg'a oralig'ida joylashadi.  Faoliyati: 

o'mrov  suyagini  pastga  va  ichki  tarafga  tortadi,  to'sh-o'mrov  bo'g'imini 

mustahkamlaydi. Innervatsiyasi: n. subclavius.



4.

  Oldingi tishsimon  mushak 



(m.  serratus  anterior) 

keng to'rtburchak 

shaklida bo'lib, ko'krak qafasini yon tomonida yotadi.

4. 


U 8—9 ta tish bilan yuqorigi qovurg'alardan boshlanadi va kurakning 

ichki chekkasiga hamda ostki burchagiga birikadi. Mushakning yuqorigi va o'rta 

dastalari gorizontal yotsa, pastki dastalari oldindan orqaga va pastdan yuqoriga 

yo'naladi.  Pastki 4-5 tishlari boshlangan joyida qorin tashqi qiyshiq mushagi 

tishlari orasiga kiradi.

Faoliyati: kurakning ostki burchagini oldinga va lateral tomonga tortib, 

kurakning lateral burchagini yuqoriga hamda ichki tomonga yo'naltirib, qo'lni 

gorizontal holatdan yuqoriga ko'taradi. Kurak qimiriamay turganida qovuig'alami 

ko'tarib  ko'krak  qafasini  kengaytiradi  va  nafas  olishda  ishtirok  etadi. 

Innervatsiyasi: 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin