0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63

(caput 

humerale) 

yelka suyagining ichki o'simtasi va medial mushaklararo to'siqdan, 

tirsak boshchasi 

(caput ulnarae) 

tirsak o'simtasining medial chekkasidan va 

tirsak suyagining orqa qirrasidan boshlanadi. Bilakning yuqori uchdanbirida 

ikkala boshcha birikib, mushakni hosil qiladi.  Uning uzun payi no'xatsimon 

suyakka birikadi.  Payning tolalari pastga yo'nalib, ilmoqli suyak ilmog'iga va V 

kaft suyagi asosiga birikadi.Faoliyati: kaft ustini oldinga va tiisak suyagi tomonga 

bukadi.Innervatsiyasi: 

n.ulnaris.

Ikkinchi  qavat  mushaklari:

5.  Barmoqlami bukuvchi yuza mushak 



(m. flexor digitorum superficialis)

ikki boshcha bilan boshlanadi. Yelka-tirsak boshchasi 



(caput humeroulnare) 

yelka  suyagining  ichki  o'simtasi,  tirsak  suyagining  tojsimon  o'simtasining 

medial  chekkasi,  bilak  fassiyasi  va  tirsak  tomondagi  yonlama  boylamdan 

boshlanadi. Bilak boshchasi 



(caput radiale) 

esa bilak suyagining yuqori uchdan 

ikki  qismining  oldingi  yuzasidan  boshlanadi.  Bilak  suyagining  proksimal 

uchdan bir qismida ikkala boshcha o'zaro birikib umumiy qorinchani hosil 

qiladi. Bu qorincha bilakning o'rta qismida to'rt bo'lakka bo'linadi. Bilakning 

distal  qismida  ular  payga  aylanib  barmoqlami  bukuvchi  chuqur  mushak 

payi  bilan birga  kaft  usti  kanalidan  o'tadi.  Kaftda  mushak paylari  II—IV 

barmoqlaming kaft yuzasidan yo'nalib, proksimal falangalar tanasi sohasida 

ikkiga bo'linadi va o'rta falangalar asosining ikki yoniga birikadi.  Faoliyati: 

II—IV barmoqlaming o'rta falangasini bukadi, kaftni bukishda ishtirok etadi. 

Innervatsiyasi: 

n.medianus.

Uchinchi  qavat  mushaklari.

6. Barmoqlami bukuvchi chuqur mushak 



(m. flexor digitorum profundus) 

tiisak suyagini yuqorigi uchdan ikki qismining oldingi yuzasidan va suyaklararo 

pardadan boshlanib, to'rtta payga boiinadi. Uning paylari barmoqlami bukuvchi 

yuza  mushak payi bilan  kaft  usti  kanalidan o'tib  kaftga  chiqadi.  Proksimal 

falangalar sohasida bu mushakning paylari barmoqlami bukuvchi yuzaki mushak 

paylari  ayrisi orasidan o'tib,  paylar kesishmasini 



(chiasma  tendineum) 

hosil


qiladi va  II—V barmoqlar distal  falangasi  asosiga  birikadi.  Faoliyati:  II—V 

barmoqlaming distal falangasini bukadi, kaftni bilak-kaft bo'g'imida bukishda 

ishtirok etadi. Innervatsiyasi: 

n.ulnaris, n.medianus.

7.  Bosh  barmoqni  bukuvchi  uzun  mushak 



(m.  flexor  pollicis  longus) 

bilak suyagining oldingi yuzasining bilak bo'rtig'idan pastroqda va suyaklararo 

pardadan boshlanadi.  Mushak payi  kaft  usti  kanalidan  o'tib bosh barmoq 

distal falangasi asosiga birikadi.  Faoliyati: bosh barmoqni distal falangasini 

bukadi, kaftni bukishda ishtirok etadi.  Innervatsiyasi: 

n.medianus.

To ‘rtinchi  qavat  mushaklari.

8.  Bilakni ichkariga burovchi kvadrat mushak 



(m.  pronator quadratus) 

yassi, ko'ndalang yo'nalgan tolalardan iborat bo'lib, bilakning pastki uchdan 

birida bilak, tiisak suyaklari va suyaklararo pardaning oldingi yuzasida joylashgan. 

U  tiisak  suyagining  pastki  uchdan  bir qismining  oldingi  yuzasi va oldingi 

qirrasidan boshlanib ko'ndalang yo'naladi va bilak suyagi tanasining pastki 

uchdan birini oldingi yuzasiga birikadi. Faoliyati: bilakni va kaftni pronatsiya 

qiladi.  Innervatsiyasi: 

n.medianus.

Bilakning  orqa  guruh  mushaklari

Bilakning orqa guruh mushaklariga (56-rasm)  qo'l 

kaftini  va  barmoqlami  yozuvchi  mushaklar kirib,  ular 

yuza va chuqur qavat bo'lib joylashadi. Bu mushaklaming 

ko'pi yelka suyagining tashqi o'simtasi va bilak fassiyasidan 

boshlanadi.



Yuza  qavat  mushaklari

1.  Yelka-bilak mushagi 



(m.  brachioradialis) 

yelka 


suyagining  tashqi  o 'sim tasi  qirrasidan  va  lateral 

mushaklararo to'siqdan boshlanadi. Bilakning o'rta qismida 

uzun  payga  o 'tib ,  bilak  suyagining  distal  uchi  va 

bigizsimon  o'sim tasining  lateral  yuzasiga  birikadi. 

Faoliyati: bilakni tirsak bo'g'im ida bukadi, qo'l kaftini 

pronatsiya va supinatsiya holatining o'rtasiga keltiradi. 

Innervatsiyasi: 

n.radialis.

2.  Qo'l  panjasini  yozuvchi  bilak  tomondagi  uzun 

mushak 

(m.  extensor  carpi  radialis  longus) 

yelka 


suyagining  tashqi  o'simtasi  va  lateral  mushaklararo 

to'siqdan boshlanadi.  Bilakning o'rta qismida yassi payga 

davom etadi va yozuvchi paytutqich ostidan o'tib II kaft

56-rasm.  O ‘og bilak mushaklari.  1-m.  biceps brachii;  2-m.  brachialis;  3-m.  brachioradialis;

4-m.  extensor  carpi  radialis  longus;  5-m.  abductor  pollicis  londus;  6-m.  extensor  pollicis 

brevis;  7-m.  extensor  pollicis  longus;  8-m.  interosseus;  9-m.  extensor  carpi  radialis  brevis; 

10-retinaculum  extensorum;  11-m.  extensor  digitorum;  12-m.  anconeus.



suyagi asosiga birikadi.  Faoliyati: panjani orqa tomonga yozadi, bilakni qisman 

bukadi.  Innervatsiyasi: 



n.radialis.

3.  Qo'l  panjasini yozuvchi bilak tomondagi  kalta  mushak 



(m.extensor 

carpi radialis brevis) 

yelka suyagining tashqi o'simtasidan, bilak tomondagi 

yonlama boylam va bilak fassiyasidan boshlanib,  III  kaft suyagiga birikadi. 

Faoliyati: panjani orqa tomonga yozadi. Innervatsiyasi: 



n.radialis.

4.  Barmoqlami yozuvchi mushak 



(m. extensor digitorum) 

qo'l panjasini 

yozuvchi bilak tomondagi mushakdan ichkariroqda yotadi. Bu mushak yelka 

suyagining tashqi  o'simtasi va  bilak fassiyasidan boshlanib,  bilak-kaft usti 

bo'g'imi sohasida to 'rtta payga ajraydi.  Uning paylari yozuvchi  paytutqich 

ostidan  o'tib,  uchga  bo'linadi.  O'rta  dastasi  II—V  barmoqlaming  o'rta 

falangalarining  orqa  yuzasiga,  yon  dastalari  esa  distal  falangalaming  yon 

yuzasiga birikadi.  Kaft suyaklarining boshchalari sohasida bu mushak paylari 

o'zaro ko'ndalang yo'nalgan paylararo birikmalar 

(connexus intertendineus) 

vositasida birikkan.  Faoliyati:  II—V barmoqlami  yozadi,  kaftni  bilak-kaft 

bo'g'imida yozishda qatnashadi.

5. Jimjiloqni yozuvchi mushak 



(m.  extensor digiti minimi) 

barmoqlami 

yozuvchi mushakdan ajrab chiqqan.  Uning ingichka uzun payi  alohida pay 

qini  orqali  o'tib jimjiloqni  o'rta  va  distal  falangalariga  birikadi.  Faoliyati: 

jimjiloqni yozadi.

6.

 Qo'l panjasini yozuvchi tirsak tomondagi mushak 



(m. extensor carpi 

ulnaris) 

yelka  suyagining  tashqi  o'simtasi,  tirsak bo'g'im i  xaltasi  va  bilak 

fassiyasidan boshlanadi.  Uning payi yozuvchi pay tutqichi ostidan  alohida 

pay  qiniga  o'tib,  V  kaft  suyagi  asosiga  birikadi.  Faoliyati:  panjani  yozadi. 

Bilakni orqa guruh mushaklarining yuza qavatini 

n.radialis 

innervatsiya qiladi.



Chuqur  qavat  mushaklari:

7.  Bilakni tashqariga burovchi  mushak (m. 



supinator) 

yelka suyagining 

tashqi  o'simtasi,  bilak  tomondagi  yonlama  boylam  va  tirsak  suyagining 

supinator qirrasidan boshlanadi. Mushak qiya va lateral yo'nalib bilak suyagining 

yuqori  uchdan  bir  qismining  tashqi  yuzasiga  birikadi.  Faoliyati:  bilak  va 

kaftni tashqariga (supinatsiya) buradi.  Innervatsiyasi: 



n.radialis.

8.  Bosh  barmoqni  uzoqlashtiruvchi  uzun  mushak 



(m.abductor pollicis 

longus) 

tirsak va bilak suyaklarining orqa yuzasidan,  suyaklararo pardadan 

boshlanadi.  Pastga tomon yo'nalib uning payi bosh barmoqni bukuvchi qisqa 

mushak  payi  bilan  bitta  sinovial  qin  ichida  yotadi.  Yozuvchi  pay  tutqich 

ostidan  o'tib  I  kaft  suyagi  asosiga  birikadi.  Faoliyati:  bosh  barmoqni 

uzoqlashtiradi va kaftni uzoqlashtirishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: 



n.radialis.

9.  Bosh barmoqni yozuvchi qisqa mushak 



(m.  extensor pollicis brevis) 

bilak suyagining orqa yuzasi va suyaklararo pardadan boshlanadi. Uning payi 

bosh  barmoqni  uzoqlashtiruvchi  uzun  mushak  payi  bilan  yo'nalib,  bosh 

barmoqni proksimal falangasining asosiga birikadi. Faoliyati: bosh barmoqni 

proksimal falangasini yozadi.  Innervatsiyasi: 

n.radialis.

10. Bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak 



(m. extensor pollicis longus) 

tiisak suyagi o'rta qismining orqa yuzasining lateral qismi, suyaklararo pardadan



boshlanadi.  Uning payi yozuvchi pay tutqichi ostidan alohida pay qiniga o'tib 

bosh barmoqning distal falangasi asosiga birikadi.  Faoliyati: bosh barmoqni 

yozadi.  Innervatsiyasi: 

n.radialis.

11. 


Ko'rsatkich barmoqni yozuvchi mushak 

(m. extensor indicis) 

tirsak 


suyagining orqa yuzasi va bilakning suyaklararo pardasidan boshlanadi. Mushak 

payi barmoqlami yozuvchi mushak payi bilan birga bitta pay qinidan o'tib, 

ko'rsatkich barmoq proksimal falangasini orqa yuzasiga birikadi.  Faoliyati: 

ko'rsatkich barmoqni yozadi. Innervatsiyasi: 



n.radialis.

Q o ‘l  panjasi  mushaklari

Qo'l  panjasi  mushaklari  asosan  kaft  tomonda joylashib,  uch  guruhga 

bo'linadi.

1. 


Bosh  barm oq  mushaklari  tashqi  tomonda joylashib,  bosh  barmoq 

asosidagi tepalikni 



(thenar) 

hosil qiladi. 2JimjiIoq mushaklari ichki tomonda 

joylashib, jimjiloq asosidagi tepalikni 

(hypothenar) 

hosil qiladi.  3.  Kaftning 

o'rta  guruh  mushaklari 

(mesothenar) 

yuqoridagi  ikki  guruh  mushaklar 

o'rtasida joylashgan bo'lib, kaftning orqasida ham bo'ladi.

B osh   barmoq  tepaligi  mushaklari

1.  Bosh barmoqni  uzoqlashtiruvchi  kalta  mushak 



(m.  abductor pollicis 

brevis) 

yuzasi joylashgan yassi mushak.  U bukuvchi pay tutqich, qayiqsimon 

suyak  bo'rtig'i  va  trapetsiya  shaklidagi  suyakdan  boshlanib,  bosh  barmoq 

proksimal falangasining bilak suyagi yuzasiga birikadi. Faoliyati: bosh barmoqni 

uzoqlashtiradi.  Innervatsiyasi: 

n.  medianus.

2. Bosh barmoqni qarama-qarshi qo'yuvchi mushak 



(m. opponens pollicis) 

qisman  oldingi  mushak ostida  yotadi.  Bukuvchi  pay  tutqich  va  trapetsiya 

shaklidagi  suyakdan boshlanib,  I  kaft  suyagining  bilak chekkasi  va oldingi 

yuzasiga birikadi. Faoliyati: bosh barmoqni jimjiloqqa va boshqa barmoqlarga 

qarama-qarshi qo'yadi.  Innervatsiyasi: 

n. medianus.

3.  Bosh  barmoqni  bukuvchi  kalta  mushak 



(m.  flexor 

pollicis 



brevis) 

ikkita  boshchasi  bo'lib,  yuza  boshchasi 



(caput  superficiale) 

bukuvchi 

pay tutqichdan, chuqur boshchasi 

(caput profundum) 

trapetsiya shaklidagi 

va  trapetsiyasimon  suyak,  hamda  II  kaft  suyagidan  boshlanadi.  Mushak 

bosh barmoqning proksimal falangasiga birikadi. Faoliyati: bosh barmoqning 

proksimal falangasini bukadi.  Innervatsiyasi: yuza boshi 

n.medianus, 

chuqur 


boshi 

n.ulnaris.

4.  Bosh  barmoqni  yaqinlashtiruvchi  mushak 



(m.  adductor  pollicis) 

barmoqlami bukuvchi yuza va chuqur mushaklar payi ostida yotadi.  Uning 

ikkita:  qiyshiq  va  ko'ndalang  boshchasi  bo'lib,  qiyshiq  boshchasi 

(caput 

obliquum) 

boshchali suyak, II va III kaft suyaklarining asosidan, ko'ndalang 

boshchasi 

(caput transversum) 

esa III kaft suyagining kaft yuzasidan boshlanadi. 

Mushakning umumiy payi bosh barmoqning proksimal falangasiga birikadi.


Faoliyati:  bosh  bannoqni  ko'rsatkich  barmoqqa  yaqinlashtiradi  va  bosh 

barmoqni bukishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: 



n.ulnaris.

Jim jiloq  tep aligi  mushaklari

1. Kaftning  kalta mushagi 



(m.  palmaris  brevis) 

gipotenoming  teri  osti 

yog'  asosida joylashgan mushak tolalaridan iborat.  Uning tolalari bukuvchi 

paytutqichdan boshlanib kaftning ichki chekkasi terisiga birikadi.  Faoliyati: 

jimjiloq tepaligi terisida burmalar hosil qiladi.Innervatsiyasi: 

n.ulnaris.

2. Jimjiloqni uzoqlashtiruvchi mushak 



(m. abductor digiti minimi) 

yuza 


joylashgan.  No'xatsimon  suyak  va  bukuvchi  pay  tutqichdan  boshlanib, 

jimjiloqning  proksimal  falangasining  medial  yuzasiga  birikadi.  Faoliyati: 

jimjiloqni uzoqlashtiradi.  Innervatsiyasi: 

n.ulnaris.

3. Jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yuvchi mushak 



(m. 

opponens digiti minimi) 

oldingi mushak ostida yotadi.  Bukuvchi paytutqich 

va ilmoqli suyak ilmog‘idan boshlanib, V kaft suyagining medial chekkasi va 

oldingi yuzasiga birikadi.  Faoliyati: jimjiloqni bosh barmoqqa qarama-qarshi 

qo‘yadi.  Innervatsiyasi: 

n.ulnaris.

4. Jimjiloqni bukuvchi kalta mushak 



(m. flexor digiti minimi brevis) 

bukuvchi 

pay  tutqich  va  ilmoqli  suyak  ilmog'idan  boshlanib, jimjiloqning  proksimal 

falangasiga birikadi. Faoliyati: jimjiloqni bukadi. Innervatsiyasi: 



n.ulnaris.

Kaftning  o ‘rta  guruh  mushaklari

Bu  mushaklar  yuqoridagi  ikki  guruh  mushaklar  o'rtasida  joylashgan 

bo'lib, ularga chuvalchangsimon va suyaklararo mushaklar kiradi.

Chuvalchangsimon  mushaklar 



(mm.  lumbricales) 

to'rtta.  Ulaming 

birinchi va ikkinchisi barmoqlami bukuvchi chuqur mushakning ko'rsatkich 

va o'rta barmoqqa borayotgan payining lateral chekkasidan, uchinchisi III ва

IV  barmoqlarga  boradigan  paylaming  bir-biriga  qaragan  chekkasidan, 

to'rtinchisi esa IV va V barmoqlarga boradigan paylaming bir-biriga qaragan 

chekkasidan  boshlanadi.  Ular  pastga  tomon  II—V  barmoqlaming  lateral 

tomoniga yo'naladi va ulaming proksimal falangasi orqasiga o'tadi. Bu mushaklar 

proksimal falanga asosiga barmoqlami yozuvchi mushak payi bilan biiga birikadi. 

Faoliyati: II—V barmoqlaming proksimal falangasini bukadi, o'rta va distal 

falangalami yozadi.  Innervatsiyasi: birinchi va ikkinchi chuvalchangsimon 

mushaklami 



n.  medianus, 

uchinchi va  to'rtinchi mushaklami 



n.ulnaris.

Suyaklararo mushaklar 



(mm.interossei) 

kaft suyaklari o'rtasida joylashib 

ikki: kaft tomondagi va orqa suyaklararo mushaklarga bo'linadi.

I. 


Kaft  tomondagi  suyaklararo  mushaklar 

(mm.  interossei  palmares) 

uchta.  U lar  ikkinchi,  uchinchi,  to'rtinchi  kaft  suyaklari  oralig'ida  yotadi. 

Ulaming  birinchisi  11  kaft  suyagining  medial  tomonidan  boshlanib,  II 

barmoq proksimal falangasi asosiga birikadi.  Ikkinchi va uchinchi mushaklar 

esa  IV  va  V  kaft  suyaklarining  lateral  tom onidan  boshlanib,  IV  va  V


barmoqlaming proksimal falangasining orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati:  II, 

IV, V barmoqlami o‘rta barmoqqa yaqinlashtiradi.  Innervatsiyasi: 



n.ulnaris.

2. 


Kaftning orqa suyaklararo mushaklari 

(mm.  interossei dorsales) 

to'rtta 


bo'libm kaft tomondagi mushaklardan sezilarli katta bo'ladi.  Ulaming har biri

I—V kaft suyaklarining bir-biriga qaragan yuzalaridan ikki boshcha bilan boshlanadi. 

Birinchi  mushakning  payi  ko'rsatkich  barmoqning  proksimal  falangasining 

lateral  tomoniga,  ikkinchisi  o'rta  barmoq  proksimal  falangasining  lateral 

tomoniga, uchinchisi shu barmoqning medial tomoniga biriksa, to'rtinchisi IV 

barmoq proksimal falangasining medial tomoniga birikadi.  Faoliyati:  I,  II,  IV 

barmoqlami o'rta barmoqdan uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: 

n.ulnaris.

Q o ‘l  fassiyalari  va  qo'lning  pay  qinlari

Qo‘l  fassiyalari  qo'lning  ayrim  qismlariga  mos  ravishda:  deltasimon, 

qirra usti, qirra osti, yelka, bilak va qo'l kafti fassiyalariga bo'linadi.

Qo'lning teri  osti fassiyasi juda yupqa va nozik bo'lib, ajratib olish qiyin.

Yelka kamari sohasida deltasimon fassiya 

(fascia deltoidea) 

o'z nomidagi 

mushakni qoplab, mushak tolalari orasiga o'simtalar beradi.  Bu fassiya lateral 

tomondan yelka fassiyasiga, old tomondan ko'krak fassiyasiga davom etadi. 

Orqa tomonda u qalinlashib qirra osti fassiyasiga birikib ketadi.

Qirra usti va qirra osti fassiyalari o'z nomidagi chuqurchalar chekkasiga 

birikib, qirra osti fassiyasi kurakning qirra osti va kichik yumaloq mushakni, 

qirra usti fassiyasi esa o'z nomidagi mushakni o'rab yotadi.

Yelka fassiyasi 

(fascia brachii) 

yelka mushaklarini o'rab, yelka suyagining 

medial va lateral chekkalariga birikuvehi mushaklararo to'siqlar hosil qiladi. 

Medial mushaklararo to'siq 



(septum intermusculare mediate) 

qiyshiq bo'lib, 

yelka  va  tumshuqsimon-yelka  mushagini  yelkaning  uch  boshli  mushagini 

ichki  boshchasidan  ajratib  turadi.  Lateral  mushaklararo  to'siq 



(septum 

intermuscularae laterale) 

yelka va yelka-bilak mushagini yelkaning uch boshli 

mushagi tashqi boshchasidan ajratib turadi.

Bilak fassiyasi 



(fascia antibrachii) 

yelka fassiyasining davomi bo'lib unga 

nisbatan yaxshi rivojlangan bo'ladi.  U bilak mushaklarini g'ilof shaklida o'rab 

mushaklararo to'siqlar hosil qiladi. Orqa tomonda bilak fassiyasi tirsak o'simtasi 

va tirsak suyagining orqa qirrasiga birikib yelka uch boshli mushagi payi tolalari 

hisobiga qalinlashsa,  old tomonda u yelka ikki boshli mushagi payi hisobiga 

qalinlashadi.  Kaft  usti  sohasida  bilak  fassiyasi  qalinlashib  ko'ndalang  pay 

tutqichlarini  hosil  qiladi.  Bilakning  old  tomonida joylashgan  bukuvchi pay 

tutqich 

(retenaculum flexoram) 

kaft egati ustidan medial tomondan no'xatsimon 

va ilmoqli suyaklaiga, lateral tomondan qayiqsimon va trapetsiyasimon suyaklarga 

birikadi. Uning ostida hosil bo'lgan kaft usti kanalida 



(canalis carpi) 

ikkita pay 

qini: yuza va chuqur barmoqlami bukuvchi mushaklaming umumiy pay qini 

(vagina  synovialis  communis  mm.  flexorum) 

va  bosh  barmoqni  bukuvchi 

uzun mushak payi qini 

(vagina tendinis m. flexoris pollicis) 

yotadi.  Birinchi 

pay qini medial tomonda joylashib, sakkizta payni o'raydi. Yuqori tomonga u


pay tutqichdan 1 -2 sm chiqib, pastda kaft o'rtasiga keladi. Faqat kichik barmoqda 

uni bukuvchi  mushak  payini  o‘rab,  to  timoq  falangasigacha  keladi. 

1 1 -IV 

barmoqlarda  alohida  qinlar  kaft-barmoq  bo‘g‘imidan  to  timoq  falangalari 

asosigacha borib bukuvchi mushak paylarini o'raydi.  Bukuvchi pay tutqichining 

fibroz  tolalari  bilak  va  tirsak  suyaklari  tomonda  shu  suyaklar  nomi  bilan 

ataladigan fibroz kanallar hosil qiladi. Tirsak tomondagi kanaldan tiisak nervi 

va uning yonida yotgan tiisak arteriyasi va venasi o‘tadi. Bilak tomondagi kanaldan 

kaftni bilak tomonga bukuvchi mushak payi va uning pay qini o'tadi.

Bilakning orqa tomonida hosil bo'lgan yozuvchi pay tutqich 



(retenaculum 

extensorum) 

bilak  suyagining  distal  qismini  oldingi  qirrasi  bilan  tirsak 

suyagining bigizsimon o'simtasi o'rtasida tortilgan bo'lib, pay tutqich ostidagi 

bo'shliqni fibroz tolalar oltita suyak-fibroz kanalga ajratadi.  Ulardan sinovial 

qinlar bilan o'ralgan kaft va barmoqlami yozuvchi mushaklar payi quyidagi 

tartibda  o'tadi.  Bilak  suyagi  tomonidan  birinchi  kanaldan bosh  barmoqni 

uzoqlashtiruvchi  uzun  mushak va  bosh  barmoqni  yozuvchi  qisqa  mushak 

payi; ikkinchi kanaldan kaftni bilak tomonga yozuvchi uzun va qisqa mushaklar 

payi;  uchinchi  kanaldan  bosh  barmoqni  yozuvchi  uzun  mushak  payi; 

to'rtinchi kanaldan barmoqlami va ko'rsatkich barmoqni yozuvchi mushak 

payi; beshinchidan kichik barmoqni yozuvchi mushak payi;  oltinchidan esa 

qo'l panjasini yozuvchi tirsak tomondagi mushak payi o'tadi. Kanallar devori 

sinovial  parda bilan  o'ralgan bo'lib,  u  qayrilib  payni  o'raydi va pay qinlari 

hosil bo'ladi. Sinovial qinlar yuqori tomonga yozuvchi pay tutqichdan 2—3 

sm yuqoriga bilak suyagining bigizsimon o'simtasi sohasigacha boradi. Pastga 

tomon ular kaft suyaklari o'rtasigacha davom etadi.

Qo‘1 kaftining oldingi yuzasida fassiya ancha qalinlashgan bo'lib uchburchak 

shaklidagi kaft aponevrozini hosil qiladi. Uning uchi bukuvchi paytutqichga, 

asosi esa barmoqlarga qaragan bo'ladi.

Kaftning orqa yuzasi fassiyasi ikki: yuza va chuqur qatlamdan iborat. Yuza 

qatlam  yaxshi bilinmaydi.  Chuqur qatlam yaxshi  rivojlangan bo'lib,  dorsal 

suyaklararo mushaklami yopib turadi.



Q o‘l  topografiyasi

Q o'l suyaklari,  mushaklari va fassiyalari o'rtasida qon tomir va nervlar 

o'tadigan  bo'shliqlar,  kanallar,  egatlar joylashgan  bo'lib  amaliyotda  katta 

ahamiyatga ega.

Qo'ltiq osti chuqurchasini 

(fossa axillaris) 

old tomondan katta ko'krak 

mushagining pastki chekkasiga to'g'ri kelgan teri burmasi,  orqa tomondan 

orqa  serbar  mushagining  pastki  chekkasiga  to 'g 'ri  kelgan  teri  burmasi 

chegaralab turadi. Unda qo'ltiq osti arteriyasi va yelka chigali poyalari joylashgan. 

Uning  oldingi  devori  uchta  uchburchakka  bo'linadi:  l.O'm rov-ko'krak 

uchburchagi  yuqori  tomondan  o'mrov  suyagi  bilan,  past  tom ondan  esa 

kichik ko'krak mushagining yuqori chekkasi bilan chegaralangan. 2. Ko'krak 

uchburchagi kichik ko'krak mushagi sohasida yotadi. 3. Ko'krak osti uchburchagi


yuqoridan kichik ko'krak mushagining pastki chekkasi bilan pastdan katta 

ko'krak mushagining pastki chekkasi o'rtasida yotadi.

Qo'ltiq osti chuqurchasining orqa devorida ikkita teshik bor. Uch tomonli 

teshik 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin