0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63

(lacuna vasorum) 

old tomondan chov boylami, orqa va 

past tomondan taroqsimon boylam, lateral tomondan yonbosh-taroqsimon 

ravoq,  medial  tom ondan 



lig.  lacunare 

bilan  chegaralangan.  U  orqali  son



arteriyasi,  venasi  va  limfa  tomirlar o'tadi.  Sonning  oldingi  yuzasida  chov 

boylam idan  pastda  son 



(skarp) 

uchburchagi 



(trigonum  fem orale) 

joylashgan.  Uni yuqori tomondan chov boylami, lateral tomondan tikuvchilar 

mushagi, medial tomondan esa uzun yaqinlashtiruvchi mushak chegaralaydi. 

Son uchburchagining uchidan yaqinlashtiruvchi (son-taqim osti yoki gunter) 

kanali 

(canalis adductorius) 

boshlanadi.  Bu kanal sonning oldingi yuzasini 

taqim osti chuqurchasiga qo'shib turadi.  Uning medial devorini 

m.  adductor 

magnus, 

lateral  devorini 



m.  vastus  medialis, 

old  tomondan  yuqoridagi 

mushaklar  o'rtasida  tortilgan  fibroz  qatlam  — 

lamina  vastoadductoria 

qoplab turadi.

Son  kanali 

(canalis  femoralis) 

sog'  odamda bo'lmaydi,  ammo tomirli 

lakunani  ichki  burchagida  son  halqasi 

(anulus  femoralis) 

bo'ladi.  Uning 

devorlarini old tomondan chov boylami, orqadan taroqsimon fassiya, medial 

tomondan 



lig.  lacunare 

va lateral tomondan son venasi  chegaralab turadi. 

Son kanalining ichki teshigi sog' odamda ichki tomondan qorin ko'ndalang 

fassiyasi bilan chegaralangan bo'lib, tashqi tomonida Pirogov limfa tuguni 

turadi. Qorin bo'shlig'ida bosim oshganida son chuirasi paydo bo'lishi mumkin. 

Bunday  holatda  son  halqasi  son  kanalining  kirish  teshigiga  aylanadi.  Bu 

teshik orqali kiigan churra sonning seibar fassiyasining yuza va chuqur varaqlari 

o'rtasidan  o'tib  oval  chuqurcha sohasiga borib 



hiatus  saphenus 

orqali  teri 

ostiga  chiqadi.  Bu  teshik  son  kanalining  chiqish  teshigiga  aylanadi.  Son 

kanalining uchta devori bo'lib,  oldingi devorini sonning keng fassiyasining 

yuza varag'i, orqa devorini sonning keng fassiyasining chuqur varag'i, lateral 

devorini son venasi  hosil  qiladi.

Taqim chuqurchasi 

(fossa poplitea) 

romb shaklida bo'lib, tizza bo'g'imi 

orqasida joylashgan.  Uning yuqori burchagi lateral tomondan sonning ikki 

boshli mushagi, medial tomondan yarim pay mushak bilan, pastki burchagi 

boldir mushagining boshchalari bilan chegaralanadi. Taqim osti chuqurchasida 

nerv,  qon tomirlar,  limfa tugunlari yotadi.

Taqim  osti  chuqurchasining  pastki  burchagidan  taqim-boldir  kanali 

(canalis  cruropopliteus) 

boshlanadi.  Bu  kanal  boldirning  orqa  guruh 

mushaklarining yuza va chuqur qavatlari o'rtasida joylashib, old tomondan 

orqa katta boldir mushagi, orqa tomondan kambalasimon mushak chegaralaydi. 

Kanaldan orqa katta boldir arteriyasi, venasi va katta boldir nervi o'tadi.

Boldirning lateral yuzasining yuqori qismida kichik boldir suyagi bilan 

kichik boldirning uzun mushagi o'rtasida ustki mushak-kichik boldir kanali 

(canalis  musculoperoneus  superior) 

joylashgan  bo'lib,  undan  yuza 

kichik  boldir  nervi  o'tadi.  Pastki  mushak-kichik  boldir  kanaU 

(canalis 

musculoperoneus inferior) 

boldirning o'rta qismida taqim-boldir kanalidan 

lateral tomonga ajrab chiqadi.  Uning oldingi devorini kichik boldir suyagining 

orqa yuzasi, orqa devorini esa bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak hosil 

qiladi. Bu kanalda kichik boldir arteriyasi va venasi yotadi.

Oyoq  panjasining  kaft  yuzasida  medial  va  lateral  kaft  egatlari  bo'lib, 

ulardan shu  nomdagi  qon tomir va  nervlar o'tadi.


Yangi tug'ilgan  chaqaloqning oyoq mushaklari yaxshi taraqqiy etmagan 

bo'ladi. Boldir mushaklarining qisqamvchi qismi uzun bo'lgani uchun, ulaming 

hajmi boldirning yuqori va pastki qismlarida bir xil. Chuqur qavat mushaklari 

aniq  takomillashmagan  bo'lib,  umumiy  tuzilishga  ega.  Oyoq  mushaklari 

umumiy mushak massasining 38  % ini tashkil qiladi. Son uchburchagi yangi 

tug'ilgan chaqaloqda nisbatan katta va sonning  1/3  qismini egallaydi.  Unda 

tomirli va mushakli lakunalar nisbatan tor va vertikal joylashgan bo'ladi.

Taqim chuqurchasi yuza bo'lib, pastga tomon taqim-boldir kanaliga o'tib 

ketadi.  Tovonning  suyak-fibroz  kanallari va  sinovial  qinlari  hosil  bo'ladi. 

Oyoq  mushaklari  5—6  yoshgacha va balog'at yoshida  tez  o'sadi.  Birinchi 

navbatda oyoq panjasining kaft mushaklari takomillashadi.

B o 'y in   m ushaklari

Bo'yin  mushaklari  kelib  chiqishi  va  faoliyati  turli  xil  bo'lgani  uchun 

murakkab tuzilishga va topografiyaga ega. Topografiya nuqtayi nazaridan bo'yin 

mushaklari  uch  guruhga:  yuza,  o'rta  qavat  va  chuqur qavat  mushaklariga 

bo'linadi.

Bo‘yinning  yuza  mushaklari

Bo'yinning  yuza  mushaklariga  bo'yinning  teri  osti  mushagi  va  to'sh- 

o'mrov-so'rg'ichsimon mushak kiradi.

1.  Bo'yinning  teri  osti  mushagi 



(m.  platysma) 

yupqa,  yassi  mushak 

bo'lib, bevosita bo'yin terisi ostida yotadi.  Bu mushak ko'krak fassiyasining 

yuza qatlamidan boshlanadi. Yuqoriga va medial tomonga yo'nalib, pastki jag' 

qiig'og'iga birikadi.  Faoliyati: bo'yin terisini taranglab, yuza venalardan qon 

oqishini yaxshilaydi, og'iz burchagini pastga tortadi. Innervatsiyasi: 



n.facialis.

2. To'sh-o'mrov-so'ig'ichsimon mushak 



(m.stemocleidomastoideus) 

teri 


osti  mushagining  ostida yotadi.  To'sh suyagi  dastasining  oldingi yuzasi  va 

o'mrov suyagining to'sh uchidan  ikki qism bo'lib boshlanadi. Yuqoriga va 

orqa tomonga yo'nalib, chakka suyagining so'ig'ichsimon o'simtasiga va yuqorigi 

ensa chizig'ining lateral qismiga birikadi.  Faoliyati: bir tomonlama qisqarsa, 

boshni o'sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi tomonga buradi.  Ikki 

tomonlama qisqarsa, boshni orqaga tortadi. Innervatsiyasi: 



n. accessorius.

0 ‘rta  qavat  mushaklari

Bu guruhga til osti suyagiga birikuvehi mushaklar kiradi. Til osti suyagiga 

birikuvehi  mushaklar o'z navbatida til  osti  suyagidan  yuqorida joylashgan 

m ushaklar 



(mm.  suprahyoidei): 

ikki  qorinchali,  bigizsim on-til  osti, 

pastki  jag'-til  osti,  engak-til  osti  va  til  osti  suyagining  ostidagi 

(mm. 

infrahyoidei): 

to'sh-til osti, to'sh-qalqonsimon, qalqonsimon-til osti, kurak- 

til osti mushaklariga bo'linadi.


Bu  ikki  guruh mushaklari til  osti  suyagiga  turli  tomonidan birikib  uni 

o'rta holatda ushlab turadi. Til osti suyagidan yuqoridagi mushaklar til osti 

suyagini pastki jag*, kalla suyagi asosi, til va halqum bilan bog‘laydi. Til osti 

suyagining ostidagi  mushaklar kurak,  to ‘sh suyaklari va hiqildoq tog‘yidan 

boshlanib, til osti suyagiga birikadi.

Til  osti  suyagidan  yuqorida joylashgan  mushaklar

1.  Ikki  qorinchali  mushak 



(m.  digastricus) 

o'zaro  oraliq  pay  bilan 

birikkan  oldingi  va  orqa  qorinchalardan  iborat.  Orqa  qorincha 

(venter 

posterior) 

chakka suyagining so'ig'ichsimon o'ymasidan boshlanib, oldinga 

va pastga yo'nalib, oraliq pay vositasida til osti suyagi tanasi va katta shoxiga 

birikadi.  Oraliq  pay  oldingi  qorinchaga 



(venter  anterior) 

davom  etib, 

oldinga va yuqoriga yo'naladi va pastki jag' suyagining 

-fossa digastrica 

siga 


birikadi.  Faoliyati:  pastki jag'  qimiriamay  turganida  orqa  qorinchasi  ikki 

tomonlama  qisqarsa,  til  osti  suyagini  yuqoriga va orqaga,  bir tomonlama 

qisqarsa, uni yuqoriga,  orqaga va o'zi tomoniga tortadi. Agar til osti suyagi 

qimiriamay tursa pastki jag'ni pastga tortadi.  Innervatsiyasi:  orqa qorinchasi 



r.digastricus  n.facialis, 

oldingi  qorinchasi 



n.mylohyoideus.

2.  Bigizsimon-til  osti  mushagi 



(m.stylohyoideus) 

chakka  suyagining 

bigizsimon o'simtasidan boshlanadi. Pastga va oldinga yo'nalib, til osti suyagi 

tanasiga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, til osti suyagini yuqoriga 

va orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, til osti suyagini yuqoriga, orqaga va 

o'ziga tomonga tortadi. Innervatsiyasi: 



n.facialis.

3.  Pastki jag'-til  osti  mushagi 



(m.  mylohyoideus) 

keng,  yassi  mushak. 

Pastki  jag'  suyagining  ichki  yuzasidagi 

linea  mylohyoidea 

dan  boshlanadi. 

O'ng va  chap  mushaklaming  oldingi  uchdan  ikki  qismi  tolalari  ko'ndalang 

yo'naladi va o'rta chiziqda o'zaro birikib,  pay chokini 



(raphe mylohyoidea) 

hosil qiladi.  Orqa uchdan bir qismi tolalari yuqoridan pastga yo'nalib, til osti 

suyagi tanasining oldingi yuzasiga birikadi. Pastki jag' va til osti suyagi o'rtasida 

joylashgan bu mushak og'iz diafragmasini hosil qiladi. Faoliyati: jag' qimiriamay 

turganida, til osti suyagini va hiqildoqni ko'taradi. Til osti suyagi qimiriamay 

tuiganida, pastki jag'ni tushiradi. Innervatsiyasi: 



n.mylohyoideus.

4. Engak-til osti mushagi 



(m. geniohyoideus) 

o'rta chiziqning ikki tomonida 

jag'-til osti mushagining ustida yotadi. Engak o'simtasidan boshlanib til osti 

suyagi tanasiga birikadi.  Faoliyati: jag'  qimiriamay tuiganida, til osti suyagini 

va hiqildoqni ko'taradi. ТД osti suyagi qimiriamay tursa, pastki jag'ni tushiradi. 

Innervatsiyasi:  bo'yin chigali.



Til  osti  suyagi  ostidagi  mushaklar

1. 


Kurak-til  osti  mushagi 

(m.  omohyoideus) 

o'zaro  oraliq  pay  bilan 

bo'lingan ikki: pastki va ustki qorinchalardan iborat. Pastki qorinchasi 

(venter 

inferior) 

kurakning  yuqori  chekkasini  kurak  o'ym asidan  ichkariroqda



boshlanib yuqoriga va oldinga qiya ko'tariladi. To‘sh-o‘mrov-so‘ig‘ichsimon 

mushakning orqa chekkasida oraliq payga o'tadi.  Oraliq paydan boshlangan 

ustki qorinchasi 

(venter superior) 

til osti suyagi tanasining pastki chekkasiga 

birikadi. Faoliyati: til osti suyagi qimiriamay tursa, bu mushak ikki tomonlama 

qisqarganida,  bo'yin fassiyasini taranglaydi va bo'yinning yirik venalaridan 

qon  oqishini yaxshilaydi.  Kurak  qimiriamay turganida,  bu mushak til  osti 

suyagini pastga va orqaga tortadi. Innervatsiyasi: 



ansa cervicalis.

2. To'sh-til osti mushagi 



(m.  stemohyoideus) 

to'sh suyagi sopining orqa 

yuzasidan,  o'mrov suyagining to'sh uchi va orqa to'sh o'mrov boylamidan 

boshlanib,  til  osti  suyagining  pastki  chekkasiga  birikadi.  Faoliyati:  til  osti 

suyagini pastga tortadi.  Innervatsiyasi: 

ansa cervicalis.

3.  To'sh-qalqonsimon  mushagi 



(m.  sternothyroideus) 

to'sh  suyagi 

sopining  orqa  yuzasidan  va  I  qovurg'a  tog'ayidan  boshlanib,  hiqildoq 

qalqonsimon  tog'ayining  qiyshiq  chizig'iga  birikadi.  Faoliyati:  hiqildoqni 

pastga tortadi.  Innervatsiyasi: 

ansa cervicalis.

4.  Qalqonsimon-til osti  mushagi  (ra. 



thyrohyoideus) 

qalqonsimon tog'ay 

qiyshiq chizig'idan boshlanib, til osti suyagi tanasi va katta shoxiga birikadi. 

Faoliyati: til osti suyagi gimirlamay turganida qisqarsa, hiqildoqni yuqoriga 

tortadi.  Innervatsiyasi: 

ansa cervicalis.

B o ‘yinn in g  chuqur  guruh  m ushaklari

Bo'yinning chuqur guruh mushaklari lateral va medial guruhlaiga bo'linadi. 

Lateral guruhga:  umurtqa pog'onasining yon tomonida joylashgan oldingi, 

o'rta va orqa narvonsimon mushaklar, medial guruhga umurtqa pog'onasining 

oldida  joylashgan  umurtqa  oldi  mushaklari:  bo'yinning  uzun  mushagi, 

boshning  uzun  mushagi,  boshning  oldingi  to'g'ri  mushagi,  boshning  yon 

tarafdagi to'g'ri  mushagi kiradi.

Lateral  guruh  mushaklari

1.  Oldingi  narvonsimon  mushak 



(m.scalenus  anterior) 

III—IV bo'yin 

umurtqalari ko'ndalang o'simtasining oldingi do'mboqchasidan boshlanib, 

I qovurg'aning oldingi narvonsimon mushak bo'rtig'iga birikadi.

2.  O'rta  narvonsimon  mushak 

(m.  scalenus  medius) 

II—VII  bo'yin 

um urtqalarining  ko'ndalang  o'sim tasidan  boshlanib,  I  qovurg'aning 

o'mrov osti arteriyasi egati orqasiga birikadi.

3.  Orqa  narvonsimon  mushak 

(m.  scalenus  posterior) 

IV-VI  bo'yin 

u m u rtq a la ri  k o 'n d a la n g   o 's im ta s in in g   o rq a   d o 'm b o q c h a s id a n  

boshlanib,  II qovurg'aning yuqori chekkasi va tashqi yuzasiga birikadi.

Narvonsimon mushaklar I va II qovurg'alami ko'tarib, ko'krak qafasini 

kengaytiradi.  Qovurg'alar  qimiriamay  tursa,  ikki  tomonlama  qisqarganida 

umurtqa pog'onasining bo'yin qismini oldinga bukadi.  Ulami bo'yin chigalining 

r.muscularis 

lari innervatsiya qiladi.



Medial  guruh  mushaklari

1.  Bo'yinning uzun mushagi 



(m. longus colli) 

III ko'krak umurtqasidan to

I bo‘yin umurtqasigacha bo'lgan sohada umurtqa pog'onasining oldingi yon 

yuzasida yotadi.  Bu mushakning uchta qismi tafovut qilinadi. Vertikal qismi 

yuqorigi uchta ko'krak va pastki uchta bo'yin umurtqalari tanasining oldingi 

yuzasidan  boshlanib,  yuqoriga  vertikal  yo'naladi  va  I I —IV  bo'yin  

umurtqalarining tanasiga birikadi.  Pastki qiyshiq qismi birinchi uchta ko'krak 

umurtqalari tanasining oldingi yuzasidan boshlanadi va VI—V bo'yin umurtqalari 

ko'ndalang o'simtasining oldingi do'mbochasiga birikadi. Ustki qiyshiq qismi

III—V bo'yin umurtqalari ko'ndalang o'simtasining oldingi do'mboqchasidan 

boshlanib yuqoriga ko'tariladi va atlantning oldingi bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: 

umurtqa pog'onasining bo'yin qismini oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, 

bo'yinni o 'z tomoniga bukadi.  Innervatsiyasi: bo'yin chigalining r. muscularis.

2. Boshning uzun mushagi 



(m. longus capitis) 

III—VI bo'yin umurtqalari 

ko'ndalang  o'simtasining  oldingi  do'mboqchasidan  pay  dastalar  bilan 

boshlanib,  ensa suyagining asosiy qismining pastki yuzasiga birikadi. Faoliyati: 

boshni oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z tomoniga bukadi. 

Innervatsiyasi:  bo'yin  chigalining 



r.  muscularis.

3.  Boshning oldingi to'g'ri mushagi 



(m. rectus capitis anterior) 

oldingi 


mushakdan chuqurroq yotadi. Atlantninig oldingi ravog'idan boshlanib, ensa 

suyagining  asosiy  qismini  pastki  yuzasiga,  boshning  uzun  mushagining 

orqasiga birikadi. Faoliyati: boshni oldinga bukadi.  Bir tomonlama qisqarsa, 

boshni o‘z tomoniga bukadi.  Innervatsiyasi: bo'yin chigalining r. muscularis.

4.  Boshning yon tarafdagi  to'g'ri  mushagi 

(m.  rectus  capitis  lateralis) 

boshning oldingi to'g'ri mushagidan tashqarida yotadi. Atlantning ko'ndalang 

o'simtasidan boshlanib yuqoriga yo'naladi va ensa suyagining lateral qismiga 

birikadi.  Faoliyati:  boshni  yon  tomonga  bukadi.  Innervatsiyasi:  bo'yin 

chigalining r. muscularis.

I—II  bo'yin  umurtqalari  va  ensa suyagi  orasidagi  mushaklar ensa  osti 

m ushaklari 

(mm.  suboccipitales) 

deyilib,  ularga yarimqirra,  uzun  va 

boshning tasmasimon mushaklari ostida joylashgan kallaning orqa katta va 

kichik to'g'ri, ustki va pastki qiyshiq  mushaklari kiradi.

1.  Kallaning katta to'g'ri mushagi 

(m.  rectus capitis posterior major) 

II 


bo'yin umurtqasining qirrali  o'simtasidan boshlanib, pastki ensa chizig'iga 

birikadi.  Faoliyati: boshni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z 

tomoniga buradi.

2.  Kallaning kichik to'g'ri mushagi 



(m. rectus capitis minor) 

atlantning 

orqa bo'rtig'idan boshlanib ensa suyagiga oldingi mushakdan medialroq birikadi. 

Faoliyati: boshni orqaga va yon tomonga tortadi.

3.  Kallaning  yuqorigi  qiyshiq  mushagi 

(m.  obliquus  capitis  superior) 

atlantning ko'ndalang o'simtasidan boshlanib,  ensa suyagining pastki ensa 

chizig'i ustiga birikadi.  Faoliyati:  ikki tomonlama qisqarsa,  boshni orqaga, 

bir tomonlama qisqarsa, o'zi tomonga bukadi.



4. 

Kallaning  pastki  qiyshiq  mushagi 



(m.  obliquus  capitis  inferior)  II 

bo'yin  umurtqasi  qirrali  o'simtasidan  boshlanib,  atlantning  ko'ndalang 

o'simtasiga birikadi.  Faoliyati: boshni  II umurtqa tishining bo'ylam a o'qi 

atrofida buradi.  Ensa osti  mushaklarining  barchasini  n.  suboccipitalis 

innervatsiya qiladi.

B o ‘yin  fassiyalari

Bo'yin sohasidagi fassiyalar turiicha bayon etiladi.

Topografiya nuqtayi nazardan VAShevkunenko bo'yinda 5 qavat fassiyani 

tafovut qiladi.

1.  Bo'yinning  yuza  fassiyasi 

(fascia  colli  superficialis) 

teri  ostida 

joylashgan yupqa parda bo'lib, bevosita yuzga va ko'krak sohasiga davom etadi. 

Bu fassiyani  ikki varag'i  orasida 



m.  platysma 

joylashadi.

2.  Bo'yin  xususiy  fassiyasining  yuza varag'i 

(lamina  superficialis  fascia 

colli propria) 

yuqoridan pastki jag'ga va chakka suyagi so'rg'ichsimon o'simtasiga, 

pastdan to'sh suyagi sopining tashqi yuzasi va o'mrov suyagi o'rtasida tortilgan 

parda bo'lib bo'yinni o'rab turadi. Bo'yinning ikkinchi fassiyasi orqa tomondan 

bo'yin umurtqalarining qirrali o'simtalari usti boylamiga va ustki ensa chizig'iga 

birikkan.  Old  tomonda  qarama-qarshi  fassiya  bilan  birikib  bo'yinning  oq 

chizig'ini  hosil  qiladi.  Bo'yinning  ikkinchi  fassiyasi bo'yin  umurtqalarining 

Ko’ndalang 

o'simtalariga birikib uni 



oldingi 

va orqa qismlaiga ajratuvchi fassial 

devomi hosil qiladi. Shuning uchun bu sohalardagi yiringlijarayonlarbiridan- 

biriga o'tmaydi.  Bo'yinning ikkinchi fassiyasi to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon va 

trapetsiyasimon  mushaklar uchun  qin  hosil  qiladi.

3.  Bo'yin xususiy fassiyasining chuqur varag'i 



(lamina profundus fascia 

colli  propria), 

asosan,  til  osti  suyagi  bilan  to'sh  suyagi  sopining  ichki 

yuzasi  va  o'mrov  suyaklari  o'rtasida  tortilgan.  U  til  osti  suyagidan  pastda 

joylashgan mushaklar uchun qin hosil qiladi. To'sh suyagi sopidan yuqoriroqda 

bo'yinning II va III fassiyalari o'rtasida bo'shliq 

(spatium interaponevraticum 

suprastemale) 

bo'lib, unda bo'yinning vena chigali joylashgan.



4.

  Bo'yin  ichki  fassiyasi 



(fascia  endocervicalis) 

ikki  varaqdan  iborat. 

Uning visseral varag'i bo'yinda joylashgan  har bir a’zoni alohida fassial qin 

hosil qilib o'rasa, pariyetal varag'i barcha a’zolami ustidan o'raydi.  Buning 

natijasida ikkala varaq o'rtasida bo'shliqlar hosil bo'ladi. Kekirdak oldidagi 

shunday bo'shliq — 



spatium pretracheaUs 

ko'krak qafasigacha davom etadi.

5.  Bo'yinning umurtqa oldi fassiyasi 

(fascia prevertebralis) 

yuqorida ensa 

suyagining asosiy qismidan boshlanib, orqa ko'ks oralig'iga o'tib ketadi. Yon 

tom ondan  bo'yin  um urtqalarining  ko'ndalang  o'sim talariga  birikib, 

narvonsimon  mushaklar  uchun  qin  hosil  qiladi.

Parij  anatom ik  nom enklaturasiga  asosan  bo'yin  fassiyalari  uchta 

plastinkadan iborat.

1. 


Yuza plastinka 

(lamina superficialis) 

bo'yinning ten osti mushagi orqasida 

joylashib, bo'yinni har tomondan o'raydi. Yuza plastinka past tomondan o'mrov


suyagi va to‘sh sopining oldingi chekkasiga birikkan. U yuqori tomon ko‘tarilib, 

to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakka qin hosil qilib, til osti suyagiga birikadi. 

Undan keyin  til  osti  suyagidan  yuqorida joylashgan  mushaklar va jag‘  osti 

bezini  qoplab  qin  hosil  qilgach,  pastki jag‘  suyagi  asosidan  o‘tib,  chaynov 

fassiyasiga aylanadi. Yuza plastinka bo'yinning orqa tomonida trapetsiyasimon 

mushakka qin hosil qilib, ensa boylamiga va yuqoridan 



linea nuchae superior 

et protuberatia occipitalis externa 

ga birikadi.

2.  Kekirdak  oldi  plastinkasi  (lamina  pretrachealis)  o'mrov  suyagi  va 

to'sh suyagi dastasining orqa yuzasi bilan til osti suyagi o'rtasida tortilgan.  U 

yon tomondan kurak-til osti mushagiga birikkan bo'lib bu mushak qisqargan 

vaqtda taranglashib bo'yin venalaridan qon oqishini yaxshilaydi. Bu plastinka 

til osti suyagidan pastda joylashgan  mushaklarga qin hosil qiladi.

3.  Umurtqa oldi plastinkasi (lamina prevertebralis) halqumning  orqasida 

joylashib, umurtqa oldi va narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi. 

Bu plastinka bilan halqumning orqa devori o'rtasida yaxshi rivojlangan yog' 

qatlami bor.

Bo'yin  topografiyasi

Bo'yin 


(cervix) 

orqa yoki  ensa 



(regio  nuchae) 

va  oldingi  soha  bo'yin 



(collum) 

ga bo'linadi.

Bo'yin yuqoridan pastki jag', tashqi

§

 



eshituv  yo'li,  so'rg'ichsimon  o'simta; 

pastdan  to'sh  suyagining  bo'yinturuq 

o'ymasi, o'mrov suyagi, akromion; orqa 

tomondan trapetsiyasimon mushakning 

lateral chekkasi bilan chegaralanadi.

Pastki  jag'  suyagi  burchagi  orqasi 

bilan  so'rg'ichsim on  o'sim ta  oldida 

joylashgan kichik uchburchak shaklidagi 

soha 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin