0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63

(dentes serotinus) 

deb ataladi.

Sut  katta  oziq  tishlar  sakkizta.  Ular  shakl  jihatidan  doimiy  tishlarga 

o'xshaydi.



Tishlaraing  chiqish  vaqti  jadvalda  ko'rsatilgan

Tishlarning  chiqish  vaqli

Tish  nom i

J a g ’

Sut tishlari

dofcniy  tishlar

(oylar)

(y illa r)

M edial

yuqori

7 -8

7 -8

Kurak

pastki

6-7

6 -7

Lateral

yuqori

8 -9

8 -9

Kurak

pastki

7 -8

7 -8

Q oziq

yuqori

18-20

11-12

pastki

16-18

9 -1 0

Birinchi

yuqori



10-11

kichik  oziq

pastki



10-12

Ikkinchi

yuqori



10-12

kichik  oziq

pastki



11-12

B irinchi

yuqori

14-15

6 -7

katla  oziq

paslki

12-13

6 -7

Ikkinchi

yuqori

2 3 -2 4

12-13

katta  oziq

pastki

2 0 -2 2

11-13

U c h in c h i

yuqori



17-21

katta  oziq

pastki



18-26

Jadvaldan  ko'rinib  turibdiki,  bolalarda  sut  tishlari  ichida  kichik  oziq 

tishlar  yo‘q,  katta  oziq  tishlar  esa  ikkita.  Shuning  uchun  sut  tishlarining 

formulasi quyidagicha:

2

.

0

.

1.2

  : 

2

.

1

.

0.2 


2

.

0

.

1

.

2

:

2

.

1

.

0.2

Sut tishlarining tashqi va ichki tuzilishi doimiy tishlarga o'xshash bo'lib, 



faqat  hajmi  ikki  marta  kichik  bo'ladi.  Ulaming  emali  oq  yoki  havorang 

bo'lib,  sarg'imtir  rangdagi  doimiy  tishlardan  farq  qiladi.  Sut  tishlarining 

ildizi  yaxshi rivojlanmagan bo'ladi.


2-yil

64-rasm.  Sut  tishlarining  chiqish  vaqti  (oylar)

T is h la f  e k to d e rm a   va 

m ezen x im adan  rivojlanadi. 

Homila  hayotining  7-haftasida 

yuqori va pastki jag‘ o'simtalarini 

q o p lo v c h i  e k to d e rm a n in g  

e p ite liy si  q a lin la s h ib ,  tish  

plastinkalarini  hosil  qiladi.  Bu 

plastin k aning  ik k ita  qirrasi 

bo'lib:  bittasi  og'iz  bo'shlig'i 

epiteliyiga  qo'shilsa,  ikkinchisi 

mezenxima ichiga botib kiradi. Uning ma’lum bir nuqtalarida epiteliy ko'payib, 

tish  kolbachalari  yoki  emal  a’zolami  hosil  qiladi.  Keyinchalik,  ular  tish 

plastinkalaridan ajrab alohida bo'lib qoladi. Bulardan tishning asosiy qismlari 

paydo bo'ladi va emalga aylanadi. Dentin va pulpa so'ig'ichning mezenxima 

to'qimasidan, sement va ildiz pardasi mezenximadan rivojlanadi. Hamma sut 

tishlari va doimiy (katta oziq tishlardan tashqari) tishlaming kurtaklari homila 

davrida paydo bo'ladi.

Doimiy  tishlar juda vaqtli  paydo  bo'lsa-da,  to  yorib  chiqqunicha  sut 

tishlari ildizlari orasida joylashadi.



Til

Til 


(lin g u a , 

g rek c h a   — 



g lo ssa ) 

mushakdan tuzilgan a’zo (65-rasm) bo'lib, 

og'iz bo'shlig'ini  to'ldirib turadi.  U ustki, 

yon va qisman pastki tomondan shilliq parda 

bilan qoplangan. Til og'iz bo'shlig'ida ovqatni 

aralashtirish,  yutish  va  so'z  bo'g'inlarini 

hosil qilishda ishtirok etadi.

T ilning  ustki  yuzasi  yoki  orqasi 



(dorsum  linguae) 

k o 'ta rilg a n   b o 'lib , 

yuqoriga  va  orqaga  qaragan  bo'ladi.  U 

uchidan chegaralovchi egatgacha bo'lgan 

qismi  — 

pars  anterior, 

egat  orqasidagi 

qismi  — 

pars  posterior 

ga  bo'linadi. 

Tilning  ostki  yuzasi 

(fa c ie s  inferior 

linguae) 

faqat old qismida erkin. Tilning 

o'ng va chap tom onlarida til chekkalari 

(margo linguae) 

bor. Til ustining o'rtasida



65-rasm.  Til  halqumining  hiqildoq  qismi  (usl  tomoBdf§[jp)‘rinishi).  1-apex  linguae; 

2-corpus  linguae;  3-margo  linguae;  4-sul.medianus  linguae;  5-papillae  foliatae;  6-papillae 

Rmgiformes;  7-papillae  vallatae;  8-sul.  terminalis;  9-for.  caecum;  10-radix  linguae;  11-ton- 

silla  lingualis;  12-plica  glossoepiglottica  mediana;  13-epiglottis;  14-recessus  piriformis; 

15-plica aryepiglottica;  16-rima glottides;  17-incisura  interarytenoidea.


uning  ikki  yon  b o ‘laklarining  qo'shilishidan  hosil  bo'lgan  tilning  o 'rta 

egati 


(sulcus  medianus  linguae) 

o'tadi.  Bu  egat  tilning  tanasi  va  ildizi 

o'rtasida joylashgan ko'r teshikda 

(foramen caecum) 

tugaydi. Tilning oldingi 

toraygan  uchi 

(apex  linguae), 

orqa  kengaygan  ildizi 



(radix  linguae) 

va 


ularning o'rtasida joylashgan tanasi 

(corpus linguae) 

tafovut qilinadi.

Bu teshik qalqonsimon-til  nayining uchi hisoblanadi.  K o 'r teshikning 

oldidan tilning yon chekkasiga qarab uncha chuqur bo'lm agan til  tanasini 

ildizidan  ajratib  turuvchi  chegaralovchi  egat 

(sulcus  terminalis) 

o'tadi. 


Tilning shilliq pardasi 

(tunica mucosa linguae) 

och pushti rangda bo'lib, 

til  usti,  uchi  va  chekkalarida  ko'p  sonli  so'rg'ichlar  bilan  qoplangani 

uchun duxobaga o'xshagan  ko'rinish beradi. Til so'rg'ichlari turli shaklga 

va kattalikka ega bo'lib, ta’m bilish yoki umumiy sezgini o'tkazib beradi. 

Tilda  quyidagi  so'rg'ichlar  tafovut  qilinadi.  Ipsimon  va  konussim on 

shakldagi  so'rg'ichlar 

(papillae  filliformes  et  conicae) 

juda  ko'p  sonli 

b o 'lib ,  til  ustida  chegaralovchi  egatning  oldida,  zam buru g'sim o n  

so'rg'ichlar 



(papillae  fungiformes) 

esa  150—200  ta  bo'lib,  ko'proq  til 

uchi va  chekkalarida joylashadi.  Ularning  asosi  toraygan,  cho'qqisi  esa 

kengaygan yumaloq shaklda bo'lib,  ularda  ta ’m bilish piyozchalari bor. 

Ular  ipsim on  va  konussimon  so'rg'ichlardan  kam  bo'lib,  o'lcham lari 

katta  va  oddiy  ko'z  bilan  ko'rish  mumkin.  K o'tarm a  bilan  o'ralgan 

so'rg'ichlar 

(papillae vallatae) 

7—12 ta bo'lib, chegaralovchi egatni oldida

V raqami shaklida joylashgan.  Ulaming ko'ndalang o'lcham lari 2—3  mm. 

So'rg'ich markazida ta’m bilish piyozchalari bo'lgan tepacha, uning atrofida 

egat bilan  ajralgan bolish joylashgan. Yaproqsimon so'rg'ichlar 

(papillae 

foliatae) 

tilning  yon  chekkalarida  5—8  ta  o'zaro  egatlar bilan  ajralgan 

vertikal  burm alar shaklida  qator joylashgan.

Til  ildizining  shilliq  pardasida  so'rg'ichlar  bo'lm ay,  unda  limfoid 

follikulalar  to'plam i  bor  bo'lgan  bo'rtiqchalar  hosil  qiladi.  Bu  limfoid 

to'qima  to'plami  til  murtagi 



(tonsilla  lingualis) 

deb  ataladi.

Til  ildizi bilan hiqildoq usti tog'ayi o'rtasida uchta burma: juft lateral 

til-h iqild o q  usti  burm asi 



(plica  glosso-ep iglotica  latera lis) 

va  to q  

o 'r ta   til-h iq ild o q   usti  burm asi 

(plica  g lo sso -e p ig lo tic a   m ediana) 

tortilgan.  Tilning pastki yuzasi shilliq pardasi  yupqa bo'lib,  og'iz tubiga 

o'tgan joyda o'rta chiziqda til yuganchasini 

(frenulum linguae) 

hosil qiladi. 

Uning ikki tomonida juft tepalik til osti so'rg'ichi 

(carunculae sublingualis) 

joylashgan  bo'lib,  unga jag'  osti  va  til  osti  bezi  naychalari  ochiladi.  Til 

osti  so'rg'ichining  orqasida  bo'ylam a  yo'nalgan  til  osti  burmasi 

(plica 

sublingualis) 

bor.


Til mushaklari juft, ko'ndalang-targ'il mushakdan iborat.  Tilning o'rta 

chiziq  bo'ylab  o'tgan  bo'ylama  fibroz  to'sig'i 



(septum  linguae) 

uni  ikki 

sinunetrik bo'lakka bo'ladi.  U tilni bir tom on mushagini boshqa tomondan 

ajratadi.  Til  mushaklari  ikki  guruhga:  tilning  o'zidan  boshlanib,  o'ziga 

birikuvehi  tilning  xususiy  mushaklari  va  bosh  suyaklardan  boshlanib,  til 

ichida tugovchi tilning skelet mushaklariga bo'linadi.



Tilning  xususiy  mushaklari:

1.  Ustki  bo'ylama  mushak 



(m.  longitudinalis  supirior) 

tilning  yuqori 

qismida bevosita shilliq parda ostida yotadi.  Til ildizi, qisman hiqildoq usti 

tog'ayi va til osti suyagining kichik shoxidan boshlanib,  til uchida tugaydi. 

Faoliyati: tilni qisqartirib, uchini yuqoriga ko'taradi.

2.  Pastki  bo'ylama  mushak 



(m.  longitudinalis  inferior) 

tilning  pastki 

yuzasida til osti-til va  engak-til  osti  mushaklari  o'rtasida yotadi.  Til  ildizi 

sohasidan  boshlanib,  til  uchini  pastki  yuzasida  tugaydi.  Faoliyati:  tilni 

qisqartirib, uchini pastga tushiradi.

3.

  Tilning  ko'ndalang  mushagi 



(m.  transversus  linguae) 

til to'sig'idan 

tilning  ikki  chekkasiga  ko'ndalang  yo'nalgan  tolalardan  iborat  bo'lib,  til 

chekkasi shilliq pardasida tugaydi. Faoliyati: tilni toraytirib, til ustini ko'taradi.

4.  Tilning vertikal  mushagi 

(m.  verticalis linguae) 

uning chekkalarida, 

til usti va tilning pastki yuzasi shilliq pardasi o'rtasida joylashgan.  Faoliyati: 

tilni yassilaydi.



Tilning  skelet  mushaklari

Tilning skelet  mushaklari bosh suyaklaridan boshlanib,  tilning xususiy 

mushaklariga o'tib ketadi.  Ularga quyidagi mushaklar kiradi:

1.Engak-til mushagi 



(m. genioglossus) 

pastki jag'ning engak o'simtasidan 

boshlanadi. Uning tolalari til to'sig'ining yonidan orqaga va yuqoriga yo'nalib 

m.verticalis 

ga  davom  etadi.

Faoliyati: Tilni oldinga va pastga tortadi.

2.Til  osti-til  mushagi 



(m.  hyoglossus) 

til  osti  suyagi  tanasi  va  katta 

shoxidan boshlanadi.  Mushak oldinga va yuqoriga yo'nalib, tilning ko'ndalang 

mushagjga o'tib ketadi.

Faoliyati: tilni orqaga va pastga tortadi.

3.Bigizsimon-til  mushagi 



(m.  styloglossus) 

bigizsimon  o'sim tadan 

boshlanib,  oldinga,  pastga va  medial  tomonga  yo'nalib,  tilning  yuqori va 

pastki bo'ylama mushaklariga davom etadi.

Faoliyati: tilni orqaga va yuqoriga tortadi, bir tomonlama qisqarsa, tilni 

o'sha tomonga tortadi.

Til  homila  hayotining  5-haftasida  og'iz  bo'shlig'i  tubida  bir  nechta 

kurtaklardan rivojlanadi.  Uning oldingi so'rg'ichlar bilan qoplangan qismi 

entodermadan toq do'mboq shaklida taraqqiy etadi.  Orqa ildiz qismi o'ng va 

chap  simmetrik  do'mboqchalar  shaklida  ektodermadan  rivojlanadi.  Til 

mushaklari postbronxial miotomlardan taraqqiy etib, shilliq pardadan hosil 

bo'lgan til kurtagi ichiga o'sib kiradi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  tili  qisqa,  keng,  qalin  va  kam  harakat 

bo'lib,  xususiy  og'iz  bo'shlig'ini  to'latib  turadi.  Tilning  shilliq  pardasi 

qaUnlashgan  bo'ladi.  Zam burug'simon,  yaproqsimon,  ko'tarm a  bilan 

o‘ralgan so'rg'ichlari va ta’m bilish piyozchalari yaxshi rivojlangan,  ammo 

ipsimon so'rg'ichlari kam bo'lib,  til yuganchasi qisqabo'ladi.Yangi tug'ilgan


chaqaloq tili emish jarayonida faol ishtirok etgani uchun mushaklari yaxshi 

rivojlangan.



O g ‘iz  b o‘shIig‘i  bezlari

Og‘iz bo ‘shlig‘i  bezlariga 



(glandulae oris) 

naychalari og'iz bo'shlig'iga 

ochiladigan  katta va kichik so'lak bezlari kiradi.  Kichik so'lak bezlari og'iz 

bo'shlig'i  shilliq  pardasida  yoki  shilliq  osti  asosida joylashib  kattaligi  1—5 

mm bo'ladi.  Joylashgan joyiga  qarab  lab bezlari 

(glandulae  labiates), 

lunj 


bezlari 

(glandulae  buccales), 

tanglay  bezlari 



(glandulae  palatinae) 

va 


til  bezlari 

(glandulae  linguales) 

tafovut  qihnadi.

Ishlab chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab so'lak bezlari seroz, shilliq va 

aralash  bezlarga  bo'linadi.  Seroz  bezlar  (til  bezlari)  oqsilga  boy suyuqlik, 

shilliq  bezlari  (tanglay  bezlari),  shilliq  aralash  bezlar  (lab,  lunj  bezlari) 

aralash suyuqlik ishlab chiqaradi.

So'lak bezlari birlamchi og'iz bo‘shlig‘ini qoplagan ektoderma epiteliyidan 

rivojlanadi.  Og'iz  bo'shlig'i  yon  devori  epiteliyi  o'sib,  mayda  lunj  so'lak 

bezlarini, yuqori devori epiteliyi tanglay, lab sohasi epiteliyi esa lab be?larini 

hosil  qiladi.

Katta so'lak bezlariga quloq oldi, jag' osti va til osti so'lak bezlari kirib, ular 

og'iz bo'shlig'idan tashqarida joylashsa-da, naylari og'iz bo'shlig'iga ochiladi.

Quloq oldi bezi 

(glandula parotidea) 

seroz suyuqlik ishlab chiqaruvchi 

bez  bo'lib,  og'irligi  20—30 g.  U eng  katta  so'lak bezi  hisoblanib,  noto'g'ri 

shaklga  ega.  Quloq  oldi  bezi  quloq suprasini  oldida va pastida,  pastki jag' 

suyagi  shoxining  tashqi  yuzasida  joylashib,  qisman  chaynov  mushagini 

yopib turadi.  Uni tashqi tomondan fassiya va teri qoplab, yuqorida bez yonoq 

ravog'igacha borsa, pastda pastki jag' burchagigacha tushadi. Orqa tomondan 

to ‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak va so'rg'ichsimon o'simtagacha yetib 

boradi.  Quloq  oldi  bezida  yuza 

(pars  superficialis) 

va  chuqur qismi 



(pars 

profunda) 

tafovut qilinadi.  Uning chuqur qismi pastki jag' shoxi orqasidagi 

chuqurlikda  yotadi.  Quloq  oldi  bezi  yumshoq  konsistensiyaga  ega  bo'lib, 

bo'laklari  yaxshi  ko'rinadi.  U   tuzilishi  jihatidan  murakkab  alveolar  bez 

bo'lib, tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimali kapsula bilan o'ralgan. Uning 

tolalari bezni bo'lakchalaiga ajratadi. Bez bo'lakchalari naychalari qo'shilishidan 

hosil  bo'lgan  quloq  oldi  bezining  nayi 

(ductus  parotideus, 

stenon  nayi) 

bezning oldingi chekkasidan chiqadi.  U chaynov mushagining ustidan yonoq 

ravog'idan 

1—2 sm pastroqda yo'nalib, lunj mushagini teshib o'tadi va yuqori 

jag'ning ikkinchi katta oziq tishi  sohasiga  ochiladi.  Chaynov mushagining 

yuzasida quloq oldi bezi nayi yonida ko'pincha qo'shimcha quloq oldi bezi 

(glandula  parotis  accessoria) 

yotadi.


Homila hayotining 

6-haftasi o'rtasida lunjning ichki yuzasi epiteliyi ostida 

joylashgan mezenximaga o'sib kira boshlaydi va 

8—9-haftada quloq tomonga 

o'sib borib, quloq oldi bezining nayi va bolaklarini hosil qiladi. Yangi tug'ilgan 

chaqaloqning quloq oldi bezi nisbatan katta,  og'irligi  1,8 g bo'ladi.  Bola 2



oyiik bo'lganida so'lak ajrab chiqa boshlaydi. 4 oylikdan to 2 yoshgacha tez 

o'sib,  og'irligi  9  g,  20  yoshda  30  g  bo'ladi.  Keyingi  davrlarda  bezning 

naylari  shoxlanib,  diametri kengayadi.

Jag'  osti  so'lak  bezi 



(glandula  submandibularis) 

murakkab  alveolar- 

naysimon bez bo'lib, aralash tarkibli suyuqlik ishlab chiqaradi.  U pastki jag' 

suyagi  ostidagi  chuqurchada 



(fossa  submandibularis) 

joylashib,  og'irligi 

15 g. U yupqa kapsula bilan o'ralgan. Tashqi tomondan bezga bo'yin fassiyasining 

yuza qatlami va teri tegib turadi.  Uning ustki yuzasi jag'-til osti mushagiga 

tegib  tursa,  medial yuzasi  til  osti-til va bigizsimon-  til  mushaklariga tegib 

turadi.  Bezning  umumiy  nayi 



(ductus  submandibularis, 

Vartanov  nayi) 

oldinga tomon yo'nalib, til osti so'rg'ichiga til uzangisi yonida ochiladi.

Jag'  osti  bezi  homila  hayotining 

6-haftasi  oxirida  birlamchi  og'iz 

bo'shlig'ining  pastki  yon  qismlari  epiteliyidan  hosil  bo'lgan  juft  hujayra 

tizimchasi shaklida paydo bo'ladi.  Bu tizimcha o'sib, jag' osti chuqurchasiga 

tushadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning jag'  osti bezi og'irligi 0,84 g bo'ladi.

Til  osti  so'lak  bezi 

(glandula  sublingualis) 

ancha  kichik  bez  bo'lib, 

og'irligi 5 g.  U shilliq suyuqlik ishlab chiqaradi.  Bez og'iz tubi shilliq pardasi 

ostida jag'-til osti mushagi ustida yotadi. Lateral tomondan bez pastki jag'ning 

ichki  yuzasiga,  medial  tomondan  engak-til  osti,  til  osti-til  va  engak-til 

mushaklariga tegib turadi.  Til osti bezi mayda bo'lakchalardan iborat bo'lib, 

ulaming  naychalari 

(ductus  sublingualis  minores) 

til  osti burmasi  bo'ylab 

ochiladi.  Uning  katta  nayi 

(ductus  sublingualis  major) 

jag'  osti  bezi  nayi 

bilan birga til osti so'rg'ichiga ochiladi.

Til osti so'lak bezi homila hayotining 7-haftasi oxirlarida og'iz bo'shlig'i 

tubida joylashgan mayda bezlaming qo'shilishidan paydo bo'ladi. Yangi tug'ilgan 

chaqaloqda bezning og'irligi 0,42 g.



Halqum

Halqum 


(pharynx, 

66-rasm)  bosh  va  bo'yin  sohasida joylashgan  toq 

a’zo bo'lib, hazm va nafas tizimiga kiradi.  U  quyg'ichsimon shaklda bo'lib 

uzunligi  12—14  sm.  Halqum yuqorida  kalla  asosiga  (ensa suyagi  halqum 

bo'rtig'i,  ponasim on suyak qanotsimon o'simtasining medial plastinkasi) 

birikadi.  Pastda u VI—VII bo'yin umurtqalari sohasida qizilo'ngachga o'tib 

ketadi.  Kalla  asosiga  birikkan  yuqori  devorini  halqum  gumbazi 

(fornix 

pharyngis) 

deyiladi.  Halqumning  orqa  yuzasi  bo'yin  umurtqalari  oldida 

joylashgan mushaklar va bo'yin fassiyasiga tegib turadi.  Halqumning orqa 

devori  bilan  bo'yin  fassiyasi  o'rtasida  bo'sh  biriktiruvchi  to'qim a  bilan 

to'lgan  halqum   orqa  sohasi 

(spatium  retropharyngeale) 

joylashgan. 

Halqumning  ikki  yon  tomonida  bo'yinning  tomirli-nervli  dastasi  (uyqu 

arteriyasi,  ichki bo'yinturuq vena va adashgan nerv) yotadi.  Halqumning 

old tomonida burun bo'shlig'i, og'iz bo'shlig'i va hiqildoq joylashgan bo'lib, 

nafas yo'li hazm yo'li bilan kesishadi.  Bu a’zolarga nisbatan halqumda uch: 

burun, og'iz va hiqildoq qismi tafovut qilinadi.


66-rasm.  Halquin  mushaklari  (orqa  tomondan  ko'rinishi).  1-fascia  pharyngobasillaris; 

2-m.  constrictor  pharyngis  superior;  3-m.  stylopharyngeus;  4-m.stylohyoideus;  5-m.  con­

strictor  pharyngis  medius;  6-os  hyoideum;  7-esophagus;  8-m.constrictor  pharyngis  inferi­

or;  9-m.pterygoideus  medialis.

Halqumning burun qismi 

(pars nasalis) 

.

halqum  gumbazi  bilan  yumshoq  tanglay 

o'rtasida joylashgan. U o'ng va chap xonalar 

vositasida burun bo'shlig'i bilan tutashgan.

Halqum gumbazini orqa devoiga o'tish joyida 

limfoid to'qima to'plami — halqum murtagi 



(t o n s illa  

p h a r y g e a lis) 

jo y la sh g a n .

Halqumning  burun  qismini  yon  devorida 

eshituv  nayining  halqum  teshigi 



(ostium 

pharyngeum  tubae  auditivae), 

uning ust  va 

orqa tomonida eshituv nayi bo'rtiq maydoni 

(torus  tubarius) 

joylashgan.  Eshituv  nayi 

halqumni  o'rta  quloq  bilan  qo'shib  turadi.

Nay  teshigi  bilan  tanglay  chodiri  o'rtasida 

limfoid  to'qim a  to'plami  —  nay  murtagi 

(tonsilla  tubaria) 

joylashgan.

Halqumning og'iz  qismi 

(pars  oralis) 

tanglay chodiri bilan hiqildoqqa 

kirish  teshigi  o'rtasida joylashgan.  Bu  qism  old  tomondan  tom oq  teshigi 

vositasida og'iz bo'shlig'i bilan qo'shiladi.  Halqumning og'iz qismida til ildizi 

sohasida  til  murtagi 

(tonsilla  lingualis) 

va  juft  tanglay  murtagi 



(tonsilla 

palatina) 

joylashgan.  Halqumning  burun  va  og'iz  qismida  halqa  shaklida 

joylashgan ikkita juft va ikkita toq  murtaklar to'plamini  Pirogov-Valdeyer 

limfo-epitelial halqasi deb ataladi.

Halqumning  hiqildoq  qismi 

(pars  Iaryngea) 

hiqildoqning  orqasida 

hiqildoqqa kirish tesliigidan qizilo'ngachgacha davom etadi. Hiqildoqqa kirish 

teshigi  yuqori  tom ondan  hiqildoq  usti  tog'ayi 



(cartilage  epiglottica) 

yon  tomondan  cho'michsimon-hiqildoq  usti  burmalari,  past  tomondan 

cho'michsimon tog'aylar bilan chegaralangan.  Halqumning hiqildoq qismida 

noksim on  cho 'n tak lar 



(recessus  piriformis) 

joylashgan.H alqum ning 

qizilo'ngachga o'tish sohasi toraygan bo'lib 

constrictio pharyngoesophagealis 

deyiladi.

Ovqat yutgan vaqtda halqumning burun qismi boshqa qismlaridan tanglay 

chodiri bilan ajralib turadi. Hiqildoq usti tog'ayi esa hiqildoqqa kirishni berkitadi 

va ovqat luqmasi qizilo'ngachga o'tib ketadi.

Halqum devori quyidagi qavatlardan iborat:

Shilliq qavat 

(tunica mucosa) 

halqum devorini ichki tom ondan qoplab, 

yuqori qismida fibroz parda bilan birikkani uchun burmalar hosil qilmaydi.

U  burun qismida kiprikli epiteliy bilan,  pastki  qismlarida ko'p  qavatli 

yassi epiteliy bilan qoplangan.  Unda shilliq bezlari bo'lib,  ulaming suyuqligi 

ovqat yutgan vaqtda ovqat luqmasini sirpanishini ta’minlaydi.



Fibroz  parda 

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin