0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63

(fossa  retromandibu  laris) 

deb 


atalib,  unda  quloq  oldi  bezi,  qon 

to m irlar  va  nervlar  yotadi.  T o 'sh - 

o ’mrov-so'ig'ichsimon mushak bo'yinni 

uch  sohaga: 



regio  sternocleidom as- 

to id e a ,  la te r a l 

va 


m ed ia l 

b o ’yin 

uchburchaklariga (60-rasm) ajratadi.

B o'yinning  lateral  uchburchagi 



(trigonum colli laterale) 

to'sh-  o'mrov- 

so'rg'ichsim on  mushakning  orqasida

60-rasm.  Bo'yin  uchburchakian  chiz- 

joylashib,  old  tomondan  shu  mushak 



masi. 

1

-trigonum   omotrapezoideum ; 



bilan,  pastdan  o'mrov  suyagi,  orqadan

2-trigonum omoclaviculare;  3-trigonum 

.  . 


,



caroticum;  4-trigonum   omotracheale; 

tra p e tsiy a sim o n  

m u sh a k  

b ila n


5-trigonum  submandibulare. 

chegaralangan.



Bo'yinning  m edial  uchburchagi 

(trigonum  colli  m ediale) 

to ‘sh- 


o ‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning oldida joylashib orqa tom ondan  shu 

m ushak bilan,  yuqoridan pastki jag‘  va  old tom ondan b o ‘yinning o ‘rta 

chizig‘i  bilan  chegaralanadi.  Kurak-til  osti  mushagi  pastdan  yuqoriga 

yo‘nalib,  b o ‘yinning ikkala uchburchagini yana kichik uchburchaklarga 

ajratadi.  Bo'yinning lateral uchburchagi ikkiga bo‘linadi:

1.  Yuqorigi  kurak-trapetsiyasimon  uchburchak 



(trigonum  omotra- 

pezoideum) 

old  tomondan  to'sh-o'm rov-so'rg'ichsim on  mushak,  pastdan 

kurak-til  osti  mushagining  pastki  qorinchasi,  orqadan  trapetsiyasimon 

mushakning tashqi chekkasi bilan chegaralangan.

2.  Pastki  kurak-o‘mrov  uchburchagi 

(trigonum  om oclaviculare) 

old  tomondan  to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon  mushak,  yuqoridan  kurak-til 

osti  mushagi,  pastdan o'mrov suyagi bilan chegaralangan.

Bo'yinning  medial  uchburchagi  uchga  bo'linadi:  l.Uyqu  uchburchagi 



(trigonum  caroticum) 

orqadan  to ‘sh-o'm rov-so‘rg‘ichsimon  mushak, 

yuqoridan  ikki qorinli mushakni  orqa qorinchasi,  old va pastdan kurak-til 

osti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan chegaralangan.

3.  Kurak-kekirdak uchburchagi 

(trigonum  omotracheale) 

orqa va past 

tomondan  to ‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon  mushak,  orqa  va  ust  tomondan 

kuraktil  osti  mushagining yuqori qorinchasi,  old tomondan kekirdak bilan 

chegaralangan.

4.  Pastki jag'  osti  uchburchagi 



(trigonum  submabdibulare) 

yuqoridan 

pastki jag‘,  pastdan  ikki  qorinli  mushakning oldingi va orqa  qorinchalari 

bilan  chegaralangan.  Bu  sohada jag‘  osti  bezi,  qon  tomirlar  va  nervlar 

joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyatga ega bo'lgan 

til  (Pirogov)  uchburchagi  tafovut  qilinadi.  U   old  tom ondan jag‘-til  osti 

mushagining orqa chekkasi, past va orqa tomondan ikki qorinli mushakning 

orqa qorinchasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo'lib, unda 

til arteriyasi  yotadi.

B o'yinning  yon  tom onida  narvonsim on  m ushaklar  orasida  ham  

uchburchak shaklidagi oraliqlar bo‘lib, bulardan qon tomir va nervlar o ‘tadi.

1.  Narvonsimonaro  oraliq 



(spatium  interscalenium) 

oldingi  va  o‘rta 

narvonsimon mushak o'rtasida, pastdan I qovuig'a bilan chegaralangan. Undan 

o'mrov osti arteriyasi va yelka chigali poyalari o'tadi.

2.  Narvonsimon  oldi  oraliq 

(spatium  antescalenium) 

oldindan  to'sh- 

qalqonsimon  va  to'sh-til  osti  mushaklari,  orqadan  oldingi  narvonsimon 

mushak bilan chegaralangan.  Bu oraliqdan o'mrov osti venasi va kurak osti 

arteriyasi o'tadi.

B o'yin mushaklari yangi tug'ilgan chaqaloqda yupqa bo'ladi. T o'sh - 

o'm rov-so'rg'ichsim on, ikki qorinli va narvonsimon m ushaklar nisbatan 

yaxshi rivojlangan.  5—7 yoshlarda bo'yinning ham m a mushaklari yaxshi 

takomillashib,  10—14 yoshlarda kattalamikiga o'xshaydi. Yangi tug'ilgan 

va  2—3  yoshli bolalarda  bo'yin  chegaralari  yuqori joylashgani  sababli 

uning  uchburchaklari  ham   kattalam ikiga  nisbatan  yuqori  joylashadi.


B o'yin  uchburchaklari  15  yoshdan  keyin  kattalam ikiga  xos joyga  ega 

bo'ladi.


Yangi tug'ilgan chaqaloqda bo'yin fassiyalari juda yupqa va bo'sh bo'lib, 

fassiyalararo bo'shliqlarda yumshoq to'qim a kam bo'ladi.  Ulaming hajmi 

6—7 yoshlarda sezilarli o'ssa, balog'at davrida juda ortadi.

Bosb  mushaklari  va  fassiyalari

Bosh  mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo'linadi.  Mimika 

mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o'zining kelib  chiqishi, 

birikishi va faoliyati bilan farq qiladi. Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar 

bilan qoplanmaydi, suyaklardan boshlanib, teriga birikadi.  Shuning uchun 

ulaming qisqarishi terini harakatga keltirib,  odamning hissiyotini ifodalaydi. 

Mimika mushaklari ko'proq tabiiy teshiklar atrofida joylashgan bo'lib, tolalari 

aylanma yoki radial yo'nalishga ega. Joylashgan joyiga qarab mimika mushaklari 

kalla qopqog'i mushaklari; ko'z yorig'ini o'ragan mushaklar; burun teshigini 

o'ragan  mushaklar;  og'iz  yorig'ini  o'ragan  mushaklar  va  quloq  suprasini 

o'ragan mushaklarga bo'linadi.

Kalla qopqog'i  ust  tomondan  kalla usti  mushagi 



(m.  epicranius) 

bilan 


qoplangan.  U  peshona qorinchasi 

(venter frontalis), 

ensa qorinchasi 



(venter 

occipitalis) 

va  ulam i  o'zaro  qo'shib  turgan  keng  serbar  paydan 



(galea 

aponeurotica) 

iborat. Bu mushakning ensa qorinchasi yuqori ensa chizig'ining 

lateral  2/3  qismidan boshlanib, 

galea aponeurotica 

ga  o'tib  ketadi.  Uning 

peshona qorinchasi 

galea aponeurotica 

dan boshlanib,  qosh sohasi terisiga 

birikadi.  Keng  serbar  pay  yassi  fibroz  qatlamdan  iborat  bo'lib,  kalla 

qopqog'ining katta qismini qoplaydi.  U bilan kalla qopqog'ini qoplagan suyak 

parda o'rtasida yumshoq biriktiruvchi to'qima qatlami joylashgan.  Shuning 

uchun  ensa-peshona  mushagi  qisqarganida  bosh  terisi 



galea  aponeurotica 

bilan biiga kalla qopqog'i ustida erkin harakat qiladi. Faoliyati: ensa qorinchasi 

bosh terisini orqaga tortadi, peshona qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga 

ko'tarib, peshonada ko'ndalang burmalar hosil qilib qoshni yuqoriga ko'taradi. 

Innervatsiyasi: 

n.  facialis.

Takabburlik mushagi 



(m.  procerus) 

burun suyagining tashqi yuzasidan 

boshlanib, yuqoriga yo'naladi va peshona terisiga birikadi.  Faoliyati:  ikki 

qosh o'rtasida ko'ndalang egat va burm alar hosil qiladi.  Innervatsiyasi: 



n.  facialis.

K o'z  yorig'ini  o'ragan   mushaklar

1. 


K o'z  tirqishi  atrofidagi  aylana  mushak  (m. 

orbicularis  oculi) 

yassi 


mushak bo'lib,  qovoqlaming tashqi yuzasini va ko'z kosasining chekkasini 

egallaydi.  Bu  mushak  uch:  qovoq,  ko'z  kosasi  va  ko'z  yoshi  qismlaridan 

iborat.  Qovoq  qismi 

(pars  palpebralis) 

yupqa  mushak  qavatidan  iborat 

bo'lib,  qovoqlaming medial boylami va  ko'z kosasining medial  devoridan


boshlanadi.  Ko‘z kosasi qismi 

(pars orbitalis) 

qalin va keng bo‘lib peshona 

suyagining burun  qismi va  yuqori jag'  suyagining peshona o'simtasidan va 

qovoqlaming  medial  boylamidan  boshlanadi.  K o'z  yoshi  qismi 



(pars 

lacrimalis) 

ko'z  yoshi  suyagi  qirrasidan  va  lateral  yuzasidan  boshlanadi. 

Mushakning uchala qismi ko'z yorig'ining lateral chetiga,  yuqori va pastki 

qovoqlaming birlashgan yeriga birikadi.  Faoliyati: ko'z tirqishini yopadi. Ko'z 

yoshi xaltachasini kengaytiradi.  Innervatsiyasi: 

n. facialis.

2. 


Qoshlarni  yaqinlashtiruvchi  mushak 

(m.  corrugator  supercilli) 

qosh  usti  ravog'ining  m edial  chetidan  boshlanib  yuqori  va  lateral 

tomonga  yo'naladi  va  o'z  tomonidagi  qosh  terisiga  birikadi.  Faoliyati: 

qoshlarni  bir-biriga  yaqinlashtirib,  qoshlar  o'rtasida  vertikal  burmalar 

hosil qiladi.  Innervatsiyasi: 

n. facialis.

Burun  teshigini  o ‘ragan  mushaklar

1.  Burun atrofidagi mushak 



(m. nasalis) 

yuqori jag'  suyagining qoziq va 

lateral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanib yuqoriga ko'tariladi va ikki 

qismga bo'linadi. Ko'ndalang qismi 



(pars transversus) 

burun qanotini aylanib 

o'tib, qarama-qarshi tomondagi mushak payiga birikadi.  Qanot qismi 

(pars 

alaris) 

burun qanoti terisiga birikadi.  Faoliyati: burun teshigini toraytiradi. 

Innervatsiyasi: 

n.  facialis.

2. Burun to'sig'ini tushiruvchi mushak  (m. 



deperssor septi nasi) 

yuqori 


jag' suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan boshlanib, burun to'sig'i 

tog'ayiga birikadi. Faoliyati: burun to'sig'ini pastga tortadi. Innervatsiyasi: 



n. 

facialis.

O g‘iz  tirqishini  o ‘ragan  mushaklar

1.  Og'iz tirqishi atrofidagi aylana mushak 



(m.  orbicularis oris) 

ustki va 

pastki  lablar  asosini  hosil  qilib,  tolalari  yo'nalishi  turlicha  bo'lgan  ikki 

qismdan iborat. Lab qismi 



(pars labialis) 

ustki va pastki lablar ichida joylashib

tolalari  og'iz  burchaklari  sohasida  o'zaro  birikadi.  Chekka  qismi 

(pars 

marginalis) 

ustki va pastki lablarga keluvchi og'iz tirqishi yaqinida joylashgan 

mimika  mushaklari  tolalaridan  iborat.  Faoliyati:  og'iz  tirqishini  yumadi, 

so'rish va chaynash jarayonlarida ishtirok etadi.  Innervatsiyasi: n.facialis.

2. Og'iz burchagini tushiruvchi mushak 

(m.  depressor anguli oris) 

pastki 


jag' suyagining oldingi yuzasidan engak teshigining ostidan boshlanib, og'iz 

burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini pastga va tashqariga tortadi. 

Innervatsiyasi: 

n.facialis.

3.  Pastki labni tushiruvchi mushak 



(m.  depressor labii inferioris) 

pastki 


jag'ning oldingi yuzasidan engak teshigi oldidan boshlanadi. Tolalari yuqoriga 

va medial tomonga yo'nalib pastki lab terisi va shilliq pardasiga birikadi. Faoliyati: 

pastki labni pastga tortadi. Innervatsiyasi: 

n.facialis.


4.  Engak  sohasidagi  mushak 

(m.  mentalis) 

pastki  jag‘  kurak  tishlari 

alveolasi  bo'rtmasidan boshlanib,  engak terisiga birikadi.  Faoliyati:  engak 

terisini yuqoriga va tashqariga ko'taradi.  Innervatsiyasi: 



n.facialis.

5.

  Lunj mushagi 



(m. buccinator) 

yupqa to'rtburchak shakldagi mushak, 

pastki  jag‘  shoxidagi  qiyshiq  chiziqdan,  yuqori  jag‘  alveolar  ravog'ining 

katta  oziq  tishlari  sohasidan,  qanotsimon  o'simta  ilmog'i  va  pastki  jag' 

o'rtasidagi fibroz pardadan boshlanib og'iz burchagi shilliq pardasi va terisiga, 

ustki  va  pastki  labga,  og'iz  tirqishi  atrofidagi  aylanma  mushakka birikadi. 

Faoliyati: og'iz burchagini orqaga tortadi. Lunjni tishlarga va milkka tegizadi. 

Innervatsiyasi: 



n.facialis.

6. Yuqori labni ko'taruvchi mushak 



(m. levator labii superioris) 

yuqori 


jag'  suyagining  ko'z  kosasi  osti  qirrasidan  boshlanib,  yuqori  lab  terisiga 

birikadi.  Faoliyati:  yuqori  labni  ko'taradi,  burun-lab  egatini  hosil  qilib, 

burun qanotini tortadi. Innervatsiyasi: 

n.facialis.

7.  Yonoq  sohasidagi  kichik  mushak 



(m.  zygomaticus  minor) 

yonoq 


suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, pastga va medial tomonga yo'nalib 

lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: lab burchagini ko'taradi. Innervatsiyasi: 



n.facialis.

8.  Yonoq  sohasidagi  katta  mushak 



(m.  zygomaticus  major) 

yonoq 


suyagining yon yuzasidan boshlanib, lab burchagi terisiga birikadi.  Faoliyati: 

lab burchagini yuqoriga va tashqariga tortib, asosiy kulgu mushagi hisoblanadi. 

Innervatsiyasi: 

n.facialis.

9.  Og'iz burchagini ko'taruvchi mushak 



(m. levator anguli oris) 

yuqori 


jag' suyagining oldingi yuzasidagi kuldirgich chuqurchasidan boshlanib,  lab 

burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini yuqoriga va lateral tomonga 

tortadi.  Innervatsiyasi: 

n.facialis.

10.  Kulgich  mushak 



(m.  risorius) 

chaynov  fassiyasidan  boshlanib, 

og'iz  burchagi  terisiga  birikadi.  Faoliyati:  og'iz  burchagini  lateral 

tomonga tortadi. Innervatsiyasi: 



n.facialis.

Quloq  suprasi  mushaklari

Quloq suprasi mushaklari odamda kam rivojlangan.  Bu sohada oldingi, 

yuqori va orqa quloq mushaklari tafovut qilinadi.

1.  Oldingi  quloq mushagi 



(m.  auricularis  anterior) 

chakka  fassiyasi va 



galea aponeurotica 

dan boshlanadi.  U pastga va orqa tomonga yo'nalib, quloq 

suprasi terisiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini oldinga tortadi.

2. Yuqorigi quloq mushagi 



(m.  auricularis superior)  galea aponeurotica 

dan boshlanib, quloq suprasi tog'ayining yuqori qismiga birikadi.  Faoliyati: 

quloq suprasini yuqoriga tortadi.

3.

  Orqa quloq mushagi 



(m. auricularis posterior) 

boshqalardan ko'proq 

rivojlangan bo'lib,  so'rg'ichsimon o'simtadan boshlanib, oldinga yo'naladi 

va quloq suprasini orqa yuzasiga birikadi.  Faoliyati: quloq suprasini orqaga 

tortadi. Quloq suprasi mushaklarini n. facialis innervatsiya qiladi.


Bu  guruh  mushaklar  (61-rasm)  kalla 

suyaklaridan boshlanib pastki jag‘ suyagiga 

birikadi.  Ular kallaning biigina haiakatchan 

birlashmasi  bo‘lgan  chakka-pastki  jag* 

bo‘g‘imi harakatini ta ’minlaydi.

1.

  Chaynov  mushagi  (m. 



masseter) 

to'rtburchak shaklda bo'lib, yuza, oraliq va 

chuqur qismlardan iborat. Yuza qismi 

(pars 

superfisialis) 

yonoq  ravog'ining  pastki 

qirrasidan va ichki yuzasidan oraliq qismi 

(pars  intennidia) 

yonoq ravogining  ichki  61_rasm. 

c h a y n o v   m u s h a k la ri. 

yuzasidan  hamda  chakka  suyagi  bo'g'im  

i-m.temporalis;  2-m.pterygoideus  lat- 

do'm bog'idan  boshlanadi.  Chuqur  qismi 

eralis;  3-m .pterygoideus  m edialis; 

(pars  profunda) 

yonoq  ravogining  ichki  4-discus 

articularis.

yuzasidan, hamda yonoq suyagidan boshlanadi. Yuza qismi pastga va orqaga 

yo'nalsa, chuqur qismi pastga va oldinga yo'nalib, pastki jag'ning tashqi yuza 

bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: yuza tutamlari pastki jag'ni oldinga suradi, oraliq 

va chuqur tutamlari pastki jag'ni ko'taragi.  Innervatsiyasi: 

n.trigeminus.

2.  Chakka  mushagi 



(m.  temporalis) 

yelpig'uch  shaklidagi  mushak 

bo'lib, o'z nomidagi chuqurcha va kalla suyagining lateral yuzasida joylashgan. 

Chakka chuqurchasidan boshlanib, qalin pay bilan pastki jag' suyagining toj 

o'simtasiga  birikadi.  Faoliyati:  pastki  jag'ni  ko'taradi  va  orqaga  tortadi. 

Innervatsiyasi: 



n.trigeminus.

3.  Medial qanotsimon mushak 



(m. pterygoideus medialis) 

to'rtburchak 

shakldagi qalin mushak bo'lib, ponasimon suyakning qanotsimon o'simtasi 

chuqurchasidan boshlanadi.  Mushak tolalari pastga lateral va orqaga yo'nalib, 

pastki jag' burchagining ichki yuzasida joylashgan qanotsimon bo'rtiqqa birikadi. 

Faoliyati: ikki tomonlama qisqaisa pastki jag'ni yuqoriga tortadi. Bir tomonlama 

qisqarsa,  pastki  jag'  qarama-qarshi  tomonga  yo'naladi.  Innervatsiyasi: 

n.trigeminus.

4.  Lateral qanotsimon  mushak 



(m.  pterygoideus  lateralis) 

qalin  qisqa 

mushak ikki: yuqorigi va pastki boshchadan iborat. Yuqorigi boshchasi 

(caput 

superior) 

ponasimon  suyak katta  qanotining  yuqori jag'  yuzasi va  chakka 

osti qirrasidan, pastki boshchasi 

(caput inferior) 

esa qanotsimon o'simtaning 

lateral plastinkasining tashqi yuzasidan boshlanadi.  Mushak tolalari orqaga 

lateral tomonga yo'nalib, pastki jag' suyagining qanotsimon chuqurchasiga, 

chakka-pastki jag' bo'g'imi xaltasi va bo'g'im  diskiga birikadi. Faoliyati: ikki 

tomonlama qisqarsa, pastki jag'ni oldinga, bir tomonlama qisqarsa, qarama- 

qaishi tomonga harakatlantiradi.  Innervatsiyasi:  n.trigeminus.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda mimika mushaklari og'iz tirqishi atrofidagi 

aylanma va lunj mushaklaridan tashqari hammasi yupqa va kuchsiz. Kalla usti 

mushagining keng serbar payi kam taraqqiy etgan. Ularda chaynov mushaklari



ham kam rivojlangan.  Sut tishlari, ayniqsa, jag* tishlari chiqishi davrida ular 

qalinlashib kuchayadi.  Bu davrda bolalarning chakka va lunj sohalarida yog* 

to‘qimasi ko‘p to'planadi va yuziga yumaloq shaklni beradi.  5—8 yoshlarda 

bosh mushaklari va ulaming fassiyalari yaxshi rivojlanadi.



Bosh  fassiyalari

Bosh  sohasida:  chakka,  chaynov va  lunj-yutqin fassiyalari  uchraydi.

Chakka fassiyasi 

(fascia temporalis) 

yuqori chakka chizig‘i va keng serbar 

paydan boshlanadi.  U chakka mushagini o'raydi va yonoq ravog‘i yaqinida 

ikki qatlamga bo‘linadi. Yuza qatlam yonoq ravog'ini lateral yuzasiga; chuqur 

qatlam esa medial yuzasiga birikadi. Bu qatlamlar orasida qon tomirlar va yog

to‘qimasi joylashgan.



Chaynov fassiyasi 

(fascia masseterica) 

yuqoridan yonoq suyagi va yonoq 

ravog'ining lateral yuzasiga birikadi. U o‘z nomidagi mushakni qoplab, oldinda 

lunj-yutqin fassiyasiga o‘tsa, orqada quloq oldi bezi xaltasiga birikadi.

Lunj-yutqin  fassiyasi 

(fascia  buccopharyngea) 

lunj  mushagini  qoplab, 

yutqinning lateral devoriga o ‘tib ketadi.


ICHKI  A’ZOLAR  HAQIDAGI  ILM

Umumiy  ma’lumotlar

Ichki a’zolarga tana bo‘shliqlari (ko‘krak, qorin va chanoq), shuningdek, 

bosh va bo‘yin sohasida joylashgan a’zolar kiradi.  Ichki a ’zolar: ovqat hazm 

qilish, nafas a’zolari, siydik-tanosil va yurak-qon tomirlar tizimlariga bo'linadi. 

Ular  organizmning  modda  almashinuvi  faoliyatida,  uni  ozuqa  moddalar 

bilan  ta ’minlash  hamda  modda  almashinuvi  jarayonida  hosil  bo'lgan 

moddalami chiqarib yuborish vazifasini bajaradi. Tanosil yoki jinsiy a’zolar 

esa ko'payish vazifasini bajaradi.

Hazm a’zolari vositasida oiganizmga qattiq va yumshoq ozuqa moddalar 

qabul  qilinadi,  parchalanadi  va  so'riladi.  Nafas  a’zolari  vositasida  gaz 

almashinuvi ro'y beradi. Ayiruv a’zolari organizmda modda almashinuvida 

hosil bo'lgan qoldiq m oddalami chiqarishda ishtirok etadi.  Bu jarayonlar 

o'simliklarga  ham   xos  bo'lgani  uchun  ichki  a ’zolarni  o'sim lik  hayoti 

a’zolari deb  ataladi.

O'simlik hayoti a’zolari tananing ventral qismida homila entodermasidan 

paydo  bo'ladi.  Entodermadan  ichak  nayi  hosil  bo'lib,  u  mezodermaning 

qorin qismi bilan o'raladi.  Ichak nayi devorining mushak va seroz qavatlari 

mezenximadan  rivojlanadi.  Hazm  a’zolarining  ko'p  qismi  entodermadan 

taraqqiy etadi. Og'iz bo'shlig'i va to'g'ri ichakning ostki qismi ektodermadan 

rivojlanadi. Odamda o'simlik hayoti a’zolari tashqi muhit bilan aloqada bo'lgan

3 ta naydan iborat:

1.  Ovqat  hazm  qilish  nayi  tananing  bor  bo'yicha  o'tib  ikkita  teshik: 

kirish  (og'iz tirqishi) va chiqish 

(anus) 

vositasida tashqi muhitga ochiladi.

2.  Nafas a’zolari nayining bitta teshigi (burun) bor.

3.  Siydik va tanosil nayi tananing pastki qismida erkaklarda bitta (siydik 

chiqarish nayi), ayollarda ikkita (siydik chiqarish nayi va qin) teshik vositasida 

tashqariga ochiladi.

Ichak nayi bosh va tana ichakka bo'linadi.  Bosh ichak, o'z navbatida, 

og'iz va halqum qismlariga bo'linadi.  Og'iz qismi epiteliysi ektodermadan 

kelib chiqqan.  Halqum qismidan nafas a’zolari,  qalqonsimon, qalqonorqa 

va  ayrisim on  bezlar  hosil  bo'ladi.  Ichak  nayining  tana  qismi  oldingi, 

o'rta va orqa ichaklarga bo'linadi.  Oldingi ichakdan qizilo'ngach va me’da 

rivojlanadi.  O 'rta ichakdan ingichka va y o 'g'o n ichakning boshlang'ich 

qismi (ko'richak, ko'tariluvchi va ko'ndalang chambar ichak) rivojlanadi. 

Orqa ichakdan esa pastga tushuvchi chambar,  S-sim on va to 'g 'ri  ichak 

rivojlanadi.


Hazm  a’zolari  tizimi

Hazm   a’zolari 



(systema  digestorium) 

bosh,  bo'yin  sohasida,  ko'krak, 

qorin  va  chanoq  bo'shliqlarida joylashgan.  Ular  og'iz  bo'shlig'i  va  unda 

joylashgan a’zolar (tishlar, til, so'lak bezlari), halqum, qizilo'ngach, m e’da, 

ingichka va yo'g'on ichak, jigar, m e’da osti bezidan iborat. Bu tizim a’zolari 

organizmga  tushgan  ozuqa  moddalami  mexanik  va  kimyoviy  parchalash, 

parchalangan ozuqa moddalami qon va limfa tomirlarga so'rilishi, so'rilmay 

qolgan  qismini  esa  chiqindi  (axlat)  sifatida  tashqariga  chiqarib  yuborish 

vazifasini bajaradi.

Og'iz bo'shlig'i  hazm  a’zolarining boshlang'ich qismi bo'lib,  bu yerda 

tishlar vositasida uzib olingan ozuqa moddalar maydalanadi,  til yordamida 

aralashtirilib,  so'lak  bezlari  ishlab  chiqargan  suyuqlik  —  so'lak  bilan 

yumshatiladi.  Hosil bo'lgan  ovqat  luqmasi  halqum va  qizilo'ngach  orqali 

me’daga o'tkaziladi. Me’dada ovqat moddalari me’da shirasi ta’sirida suyultiriladi 

va parchalana boshlaydi.  Ingichka ichakning boshlang'ich qismi bo'lgan o 'n 

ikki barmoq ichakda ovqat moddalari m e’da osti bezi shirasi va jigarda ishlab 

chiqarilgan o't suyuqligi ta’sirida parchalanishda davom etadi. Och va yonbosh 

ichakda parchalangan  ozuqa  moddalar  qon va  limfa tomirlariga so'riladi. 

Parchalanmay va so'rilmay qolgan ovqat moddalari yo'g'on ichakka o'tadi. 

Bu yerda  suv so'rilib,  qolgan  moddalardan  axlat  hosil bo'ladi.



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin