0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63

Tanglay  suyagi

Tanglay suyagi 



(os palatinum) 

juft bo'lib, ko'z kosasi, burun bo'shlig'i, 

og'iz bo'shlig'i va qanot-tanglay chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadi. U 

bir-biriga  to'g'ri  burchak  hosil  qilib  birikkan  gorizontal  va  perpendikular 

plastinkalardan iborat.

Gorizontal plastinka 



(lamina horizontalis) 

old tomondan yuqori jag'ning 

tanglay o'simtasi bilan,  medial tomondan esa qarama-qarshi plastinka bilan 

o'rta chok hosil qilib birikadi va qattiq tanglayni 



(palatum osseum) 

vujudga 


keltiradi. Uning orqa chekkasi silliq va erkin bo'lib, ko'ndalangiga bukilgan; 

og'iz bo'shlig'iga qaragan pastki yuzasi 



(facies  palatina) 

g'adir-budir, burun 

bo'shlig'iga  qaragan  yuzasi 

(facies  nasalis) 

silliq.  Gorizontal plastinkaning 

medial chekkasida joylashgan dimog' suyagi birikadigan burun qirrasi 

(crista 

nasalis) 

orqa  burun  o'simtasiga 



(spina  nasalis  posterior) 

o'tib  ketadi.

Perpendikular plastinka 

(lamina  perpendicularis) 

burun bo'shlig'ining 

lateral devorini hosil qilishda ishtirok etadi.  Uning lateral yuzasida katta tanglay 

egati 


(sulcus palatinus major) 

joylashgan. Bu egat yuqori jag' va ponasimon 

suyak  qanotsimon  o'simtasidagi  egatlar bilan  birga  katta tanglay  kanalini 

(canalis  palatinus  major) 

hosil  qilib,  katta  tanglay  teshigi 



(foramen 

palatinum majus) 

bo'lib ochiladi. Gorizontal plastinkaning medial yuzasida 

ikkita gorizontal: o'rta burun chig'anog'i birikadigan yuqorigi g'alvirsimon 

qirra 


(crista  ethmoidalis) 

va  pastki  burun  chig'anog'i  birikadigan  pastki 

chig'anoq qirrasi 

(crista  conhalis) 

bor.  Tanglay suyagida uchta o'simtalar 

tafovut qilinadi: piramidal, ko'z kosasi va ponasimon.

Piram idal  o'sim ta 



(p rocessus  pyram idalis) 

tanglay  suyagining 

perpendikular va gorizontal plastinkalari birikadigan joydan orqaga, pastga va


lateral tomonga chiqib, ponasimon suyak qanotsimon o‘simtasining lateral 

va medial plastinkalari orasiga kiradi. Uning ichidan kichik tanglay kanallari 



(canales  palatines  minores) 

o'tib,  kichik  tanglay  teshiklari 



(foramina 

palatina  minora) 

bo‘lib  ochiladi.

Ko‘z kosasi o'simtasi 

(processus  orbitalis) 

oldinga va lateral yo'nalib, 

ko'z kosasining pastki devorini hosil qilishda ishtirok etadi.

Ponasimon o'simta 



(processus sphenoidalis) 

orqaga va medial tomonga 

yo'naladi va ponasimon suyak tanasini pastki yuzasiga birikadi. Ko'z kosasi 

o'simtasi  bilan  ponasimon  o'simta  o'rtasida  ponasimon-tanglay  o'ymasi 



(incisura sphenopalatina), 

ponasimon suyak bilan qo'shilganida ponasimon- 

tanglay  teshigini 

(foramen  sphenopalatinum) 

hosil  qiladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq tanglay suyagining perpendikular plastinkasi 

qisqa va keng,  gorizontal  plastinkasi  ingichka va  qalin,  o'simtalari  yaxshi 

rivojlangan. Erta bolalik davrida perpendikular plastinka bo'yiga o'sadi. Uning 

ichki  yuzasida  chig'anoq  qirrasi  yaxshi  bilinadi,  tashqi  tomonida tanglay 

egati chuqurlashadi.  Keyinchalik suyak bir tekis o'sib, bolalikning ikkinchi 

davri oxirlarida tuzilishi kattalamikiga o'xshab qoladi.

Pastki  burun  chig'anog'i 

(concha  nasalis  inferior) 

juft,  yupqa 

cho'zinchoq bukilgan plastinka shaklidagi suyak. Uning tanasini ichki yuzasi 

ko'tarilgan, tashqi yuzasi botiq. Yuqori chekkasi bilan yuqori jag' va tanglay 

suyagining chig'anoq qirrasiga birikadi. Uning yuqori chekkasida ko'z yoshi, 

yuqori jag'  va  g'alvirsimon  o'simtalari  bor.  Pastki  chekkasi  erkin  bo'lib, 

tashqariga  buralgan.  Uning  ko'z  yoshi  o'simtasi 

(processus  lacrimalis) 

yuqoriga  ko'tarilib,  ko'z  yoshi  suyagiga  birikadi.  Yuqori  jag'  o'simtasi 



(processus  maxillaris) 

suyakning  yuqori  chekkasini  tashqi  tomonidan 

boshlanib  pastga  yo'nalib  yuqori jag'  bo'shlig'i  teshigini  qisman  yopadi. 

G'alvirsimon  o'simtasi 



(processus  ethm oidalis) 

yuqoriga  yo'nalib, 

g'alvirsimon suyakning ilmoqsimon o'simtasiga birikadi.

Pastki  burun  chig'anog'i  yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  hali  suyaklanib 

bo'lmagan,  uning  o'simtalari  tog'aydan  iborat.  Bola  hayoti  davomida  bir 

tekis o'sib, uning o'simtalari suyaklanadi. Bolalikning ikkinchi davrida o'sishi 

tezlashib, bola 13 yoshga kiiganida tuzilishi kattalamikiga o'xshab qoladi.

Pastki  jag*  suyagi

Pastki jag'  suyagi 



(mandibula, 

32-rasm)  kalladagi  birdan-bir  harakatchan 

toq suyak bo'lib, chakka suyaklari bilan chakka-pastki jag' bo'g'imini hosil qiladi 

Unda gorizontal joylashgan tanasi va vertikal yo'nalgan ikkita shoxi tafovut qilinadi

Suyak tanasi 

(corpus mandibulae) 

taqasimon shaklda bo'lib, ichki va tashqi 

yuzalari  tafovut  qilinadi.  Pastki jag'  suyagining  tanasi  qalinlashgan  asosi 

(basis 

mandibulae) 

va  tishlar joylashadigan  alveolar  qism 



(pars  alveolaris) 

dan 


iborat. Alveolar ravoqda 16 ta tish katakchalari 

(alveoli dentaKs) 

va katakchalararo 

to'siqlar 

(septa mteralveolazia) 

bor.  Uning  tashqi tomonida alveola bo'rtmalari 



(juga alveolaria) 

joylashgan. Suyak tanasining oldingi qismida o'rta chiziqda engak



do‘mbqg‘i (protuberantia mentabs)

ko'rinadi. Undan orqaroqda qon tomir 

va  nervlar  o'tadigan  engak  teshigi 

(foramen  mentale) 

bo‘lib,  uning 

orqasddan boshlangan qiyshiq chiziq 

(linea  obliqua) 

yuqoriga  va  orqaga 

yo'nalib, tojsimon o‘simtaniiig asosida 

tugaydi


Tananing ichki  yuzasini o‘rta 

qismi dan  engak  o'simtasi 



(spina 

m entalis) 

chiqadi.  Uning  yon 



32-rasm.  Pastki  jag‘. 

1

-processus  condylaris; 



tomonida  pastki jag‘  asosida  ikki 

2-processus  coronoideus;  3-protuberantia  men-

■ 

,  , 


« 



talis;  4-for  mentale;  5-linea  obliqua;  6-linea

qorinll mushak chuqurchasi (fossa 

mylohyoidea;  7-tuberositas  masseterica;  8-col- 

dlgastnca), ustki chekkasining lkkl 

lum  mandibulae;  9-tuberositas  pterygoidea. 

tom onida  esa  til  osti  bezi

chuqurchasi 



(fovea sublingualis) 

joylashgan. Uning ostidan boshlangan jag'- 

til osti chizig'i 

(linea mylohyoidea) 

yuqoriga qiya yo'nalib tananing orqa uchiga 

boradi.  Uning  ostida jag'  tishlari  sohasida jag'  osti bezi chuqurchasi 

(fovea 

submandibularis) 

ko'rinadi.

Pastki jag' suyagining shoxi 

(ramus mandibulae) 

tanasi bilan o'tmas burchak 



(angulus  mandibulae) 

hosil  qilib  birikadi.  Unda  oldingi,  orqa  chekkalari va 

ichki, tashqi yuzalari tafovut qilinadi.  Uning tashqi yuzasida chaynov bo'rtmasi 

(tuberositas  masseterica), 

ichki  yuzasida  qanotsimon  bo'rtma 



(tuberositas 

pterygoidea) 

bo'lib, ularga shu nomdagi mushaklar birikadi.

Suyak  shoxi  ikki:  oldingi  tojsimon  o'simta 

(processus  coronoideus) 

va orqa bo'g'im o'simtasi 



(processus condylaris) 

hosil qilib tugaydi. Ulaming 

o'rtasida pastki jag' o'ymasi 

(incisura mandibulae) 

bor. Bo'g'im o'simtasida 

suyak  boshchasi 

(caput  m andibulae) 

va  toraygan  bo'yni 



(collum  

mandibulae), 

bo'yinning  oldingi  yuzasida  qanotsimon  chuqurcha 



(fovea 

pterygoidea) 

joylashgan.  Suyak  shoxining  ichki  yuzasida  tilcha 



(lingula 

m an d ib u lae) 

bilan  chegaralangan  pastki  jag '  teshigi 



(fo ra m en  

mandibulae) 

bo'lib,  u  pastki  jag'  kanaliga 



(canalis  mandibnlae) 

davom 


etadi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  pastki  jag'  suyagi  o'zaro  biriktiruvchi 

to'qimali qatlam vositasida ajralgan ikki bo'lakdan iborat. Pastki jag' tanasining 

asosi yaxshi takomillashmagan bo'lib, unda tish kurtaklari ko'rinadi.  Engak 

osti  do'ngi  va  o'simtasi yo'q.  Tananing  alveolar qismi  yaxshi  bilinmaydi. 

Pastki jag'ning tanasi  shoxi  bilan  140-150°  burchak hosil  qilib  qo'shiladi. 

Bo'g'im o'simtasi kam rivojlangan, bo'yni qisqa va yo'g'on. Qisqa boshchasi 

tog'aydan iborat ko'ndalangiga cho'zilgan.

Tojsimon o'simtasi nisbatan yaxshi rivojlangan, pastki jag' o'ymasi keng. 

Emizikli davrda suyak tez o'sadi, uning tanasi va shoxi kattalashadi. Bu davrda 

pastki jag'ning ikkala bo'lagi o'zaro qo'shilib bitta suyakni hosil qiladi. Kurak 

tishlar chiqishi hisobiga alveolar o'simtaning oldingi qismi o'sadi.  Pastki jag'



o'simtalari va bo'yni uzayadi, ammo relyefi hali aniq bo'lmaydi.  Erta bolalik 

davrida  suyakning  tanasi  kattalashadi,  burchagi  125—130°  ga  kamayadi. 

Bolalikning ikkinchi davrida pastki jag‘ suyagining tashqi relyefi yaxshi bilinadi 

va kattalamikiga o'xshab qoladi. 20 yoshlarda suyak tanasi va shoxi o'rtasidagi 

burchak to'g'ri burchakka yaqinlashadi va shoxi vertikal joylashadi.

Til osti suyagi 



(os hyoideum) 

bo'yinda pastki jag'  suyagi bilan hiqildoq 

o'rtasida joylashgan; uning tanasi, katta va kichik shoxlari tafovut qilinadi.

Suyak  tanasi 



(corpus) 

bukilgan  plastinka  shaklida  bolib  old  tomoni 

ko'tarilgan,  orqasi  botiq.  Tananing  o'ng  va  chap  tomonidan  yuqoriga va 

orqaga yo'nalgan katta shoxlar 



(cornua majora) 

boshlanadi.  Kichik shoxlari 



(cornua minora) 

esa tanadan yuqoriga va orqaga qarab chiqadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda til osti suyagi kattalamikiga o'xshash bo'ladi. 

Bolalikning birinchi va ikkinchi davrlarida suyak ancha sezilarli o'sib, balog'at 

davrida uning kichik shoxlarida suyak nuqtasi paydo bo'lib,  uning qismlari 

o'zaro 25-30 yoshlarda qo'shiladi.



Butun  kalla

Kallaning miya qismi uning qopqog'i va tubi yoki asosidan tashkil topgan. 

Ular o'rtasidagi chegara tashqi ensa bo'rtig'idan boshlanib, yuqori ensa chizig'i 

bo'ylab  so'rg'ichsimon  o'simta  asosiga,  undan tashqi  eshituv yo'li ustidan 

yonoq ravog'i va ko'z kosasi usti qirrasi bo'ylab peshona burun chokigacha 

boradigan shartli chiziqdan iborat.

Kalla  qopqog'ining 

(calvaria) 

peshona,  ensa  va  chakka  suyaklarining 

palla qismlari, tepa suyaklari, ponasimon suyak katta qanotini lateral bo'laklari 

hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida tepa suyaklarining sagittal chekkalari o'rtasida 

sagittal chok 

(sutura sagittalis) 

joylashgan.  Frontal sathda peshona suyagi 

serbar qismi bilan tepa suyaklari o'rtasida esa tojsimon chok 

(sutura coronalis) 

o'tsa,  tepa suyaklari bilan  ensa  suyagi serbar qismi o'rtasida lambdasimon 

chok 

(sutura lambdoidea) 

yotadi. Kalla qopqog'ining ikki yon yuzasida tepa 

suyagining tangasimon chekkasi bilan chakka suyagi pallasi o'rtasida tangasimon 

chok 


(sutura  squomosa) 

bor.


Kalla qopqog'ining ichki yuzasida yuqoridagi choklardan tashqari bosh 

miya pushtalarining botishidan hosil bo'lgan barmoq izlari, arteriya va vena 

egatlari 

(sulci  arteriosi  et  venosi) 

bor.


Kalla asosida ham tashqi va ichki yuza tafovut qilinadi.

Kalla  asosining  tashqi  yuzasi 



(basis  cranii  externa, 

33-rasm)  uch 

qismga bo'linadi. Uning oldingi qismi yuqori jag' suyagining alveolar o'simtasi 

va qattiq  tanglaydan  hosil bo'ladi.  Bu qismda o'rta va ko'ndalang tanglay 

choklari 

(sutura  palatina  mediana  et  transversa), 

keskich  kanal,  katta va 

kichik tanglay kanallari joylashgan.

Kalla  asosining  o'rta  qismi qattiq tanglayning  orqa  chekkasidan  katta 

teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi. Bu sohada cho'zinchoq, qinali, 

yirtiq teshik 



(foramen lacerum), 

pastki jag' chuqurchasi, bo'g'im do'mbog'i,



33-rasm.  Kalla  asosining  tashqi  yuzasi.  1-maxilla;  2-processus  palatinus;  3-sutura  palatina 

mediana;  4-lamina horizontalis ossis palatini;  5-choanae; 6-arcus zygomaticus;  7-lamina me­

dialis processus pterygoidei;  8-lamina  lateralis processus pterygoidei;  9-for.  ovale;  10-for.  spi- 

nosum;  11-for.  lacerum;  12-for.  caroticum  externum;  13-processus  styloideus;  14-for. jugu- 

lare;  15-condylus  occipitalis;  16-processus  mastoideus;  17-os  occipitale;  18-os  temporale; 

19-  os  parietaie;  20-os  sphenoidale;  21-os  palatinum;  22-os  zygomaticum;  23-maxilla.

tashqi uyqu tirqishi, mushak-nay kanali 

(canalis musculotubarius)

, bo'yinturuq 

chuqurchasi  va  teshigi,  halqum  bo'rtig'i,  bigizsimon  o'simta,  bigizsimon- 

so'rg'ichsimon  teshik,  tashqi  eshituv yo'li joylashgan.

Kalla tashqi  asosining orqa qismi katta  teshikning oldingi chekkasidan 

yuqori ensa chizig'igacha boradi. Unda bo'g'im bo'rtig'i, bo'rtiq chuqurchasi 

va teshigi, til osti nervi kanali, so'g'ichsimon o'simta, so'rg'ichsimon o'yma, 

ensa  arteriyasi egati, tashqi  ensa bo'rtig'i,  yuqori va pastki ensa  chiziqlari 

joylashgan.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  qattiq  tanglayi  uch  suyakdan:  keskich 

suyak, yuqori jag' suyagining tanglay o'simtasi va tanglay suyagining gorizontal 

plastinkasidan hosil bo'lgan. Ularda tanglay yassi, katta va yuzasi silliq.  Bir 

yoshda tanglay gumbazi paydo bo'la boshlaydi va bolalikning ikkinchi davrida 

relyefi kattalamikiga o'xshab qoladi.



Kalla tashqi asosining o'rta va orqa qismlarini hosil qiluvchi suyaklar alohida 

qismlardan  iborat.  Pastki  jag'  chuquri  yassi,  unda  bo'g'im  bo'rtig'i  va 

so'rg'ichsimon o'simtalar,  ensa chiziqlari yo'q.  Bolalikning ikkinchi davrida 

kallaning tashqi asosi kattalamikiga o'xshagan bo'lib, faqat ponasimon suyak 

tanasi ensa suyagi bilan birikmagan. Ular asosan  16 yoshdan keyin birikadi.

Kalla  asosining  ichki  yuzasi 



(basis  cranii  interna, 

34-rasm)  bosh 

miyaning pastki yuzasi relyefiga mos tekis bo'lmagan yuzaga ega.  U uchta: 

oldingi, o'rta va orqa kalla chuqurchasiga bo'linadi.

Oldingi  kalla  chuqurchasi 

(fossa  cranii  anterior) 

peshona  suyagining 

ko'z  kosasi  qismi,  ponasimon  suyakning  kichik qanotlari  va g'alvirsimon 

suyakning g'alvirsimon plastinkasidan hosil bo'lgan.  Bu chuqurchada miya 

tepachalari va barmoq izlari, xo'roz toji, ko'r teshik va peshona qirrasi bor.

O'rta kalla chuqurchasi 



(fossa cranii media) 

ponasimon suyak tanasi va 

katta qanotlari, chakka suyagi piramidasining oldingi yuzasi va pallasidan hosil 

bo'lgan.Undaturk egari,  gipofiz chuqurchasi,  ko'ruv  nervi kesishmasi egati, 

ko'ruv  kanali,  uyqu  arteriyasi  egati,  koz  kosasining yuqori  tirqishi 

(fissura 

orbitalis  superior), 

yumaloq,  cho'zinchoq,  qirrali va yirtiq teshik 



(foramen 

lacerum), 

uch  shoxli  nerv  botiqligi,  katta,  kichik  toshsimon  nervlar  egati 

va tirqishi, nog'ora bo'shlig'i tomi va ravoqsimon tepalik joylashgan.

34-rasm .  Kalla  asosining  ichki  ynzasi.  1-crista  galli;  2-pars  orbitalis  ossis  frontalis; 

3-canalis opticus;  4-fossa  hypophysialis;  5-for.  rotundum ;  6-for.  ovale;  7-for.  spinosum; 

8-for.  lacerum;  9-porus  acusticus  intem us;  10-for.  jugulare;  11-canalis  n.hypoglossis; 

12-pyramis;  13-crista  occipitalis  interna;  14-sulcus  transversus;  15-sulcus  sigmoideus.

I :

6

7





<;

10


Orqa kalla chuqurchasi 

(fossa cranii posterior) 

eng chuquri bo'lib, uni 

chakka suyagi piramidasining orqa yuzasi, ponasimon suyak tanasining orqa 

yuzasi va ensa suyagi hosil qiladi.  Unda katta teshik, nishab, ichki ensa qirrasi, 

ichki  esliituv yo‘li,  bo'yinturuq teshigi,  til  osti  nerv kanali va  sigmasimon 

vena egati bor.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning kalla asosini  ichki yuzasida oldingi kalla 

chuqurchasi  nisbatan  keng va  qisqa;  tubi yassi,  ko'r teshik  katta;  barmoq 

izlari va yirtiq teshik yo'q. Katta qanotlar tanasi bilan birikmagan.

Orqa kalla chuqurchasi yassi, qiyalik gorizontal joylashgan. Xochsimon 

tepalik yaxshi bilinmaydi. Erta bolalik davrida oldingi kalla chuqurchasi bo'yiga, 

o'rta va orqa chuqurchalar bo'yiga va eniga kattalashadi.

Oldingi chuqurchada metopik chok bitib, o'mida peshona qirrasi paydo 

bo'ladi.  Orqa  kalla  chuqurchasida  xochsimon  tepalik  tuzilishi  tugallanadi. 

Bolalikning birinchi davrida oldingi kalla chuqurchasi ko'proq ko'ndalangiga, 

o'rta va orqa chuqurchalar esa bir tekis o'sadi. Suyaklar relyefi kuchayib, choklar 

aniqlashadi, ko'r teshik bekila boshlaydi. Qiyalik uzayib vertikal holatga o'tadi. 

Ensa suyagi qismlari bir-biri bilan qo'shiladi. Bolalikning ikkinchi davrida kalla 

chuqurchalari ko'proq eniga o'sadi. Suyaklar relyefi kuchayadi.

K allaning  yuz  qism i

Kallaning  yuz  qismini  oldingi  yuzasida  ko'z  kosasi,  burun  bo'shlig'i, 

yon yuzasida chakka, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalari joylashgan.

Ko'z  kosasi 



(orbita) 

bir juft  bo'lib,  to'rt  tomonli  piramida  shaklida. 

Uning asosi tashqariga va oldinga qaragan bo'lib, ko'z kosasiga kirishni 

(aditus 

orbitae) 

hosil  qiladi.  Uchi  orqaga  va  ichkariga  yo'nalgan,  undan  ko'ruv 

nervi kanali 

(canalis  opticus) 

o'tadi.  Ko'z kosasining to'rtta:  ustki, pastki, 

ichki va tashqi devori bor.

Ustki  devori 



(paries  superior) 

gorizontal  joylashgan  bo'lib,  biroz 

qavariq va silliq.  Uni peshona suyagining ko'z kosasi  qismi va ponasimon 

suyakning kichik qanotlari hosil qiladi. Bu devor bilan lateral devor o’rtasida 

ko'z  yoshi  bezi  chuqurchasi 

(fossa  glandulae  lacrimalis) 

joylashgan. 

Ustki devoming medial chekkasida g'altak chuqurchasi, uning yonida ko'pincha 

g'altak o'simtasi uchraydi.

Medial  devori 

(paries  medialis) 

sagittal  joylashgan.  Uni  yuqori  jag' 

suyagining  peshona  o'simtasi,  ko'z  yoshi  suyagi,  g'alvirsimon  suyakning 

ko'z plastinkasi, ponasimon suyak tanasi va peshona suyagining ko'z kosasi 

qismi hosil qiladi. Bu devoming oldingi qismida ko'z yoshi qopi chuqurchasi 

(fossa  saccus  lacrimalis) 

joylashgan.  Pastga  tomon  bu  chuqurcha burun- 

ko'z yoshi kanaliga 

(canalis  nasolacrimalis) 

o'tadi va pastki burun yo'liga 

ochiladi.  Ko'z yoshi  xaltasi  chuqurchasidan  orqaroqda  medial  devoming 

yuqori  qismida  ikkita:  oldingi  g'alvirsimon  teshik 



(foramen  ethmoidale 

anterius) 

va  orqa  g'alvirsimon  teshik 



(foramen  etbmoidale  posterius) 

bo'lib,  ulardan shu  nomdagi qon tomir va nervlar o'tadi.



Pastki devori 

(paries inferior) 

yuqori jag' suyagining ko'z kosasi yuzasi, 

yonoq suyagi va tanglay suyagining ko‘z kosasi o‘simtasidan hosil bo'lgan. 

Bu devorda ko‘z kosasi osti egati 



(sulcus infraorbitalis) 

joylashgan. Bu egat 

yuqori jag' suyagining oldingi yuzasiga ochiladigan shu nomdagi kanalgacha 

davom etadi.

Lateral devori 

(paries lateralis) 

ponasimon suyak katta qanotining ko‘z 

kosasi yuzasi,  yonoq suyagining  peshona  o'simtasi va  peshona  suyagining 

yonoq  o'simtasidan  hosil  bo'ladi.  Bu  devorda  yonoq-ko'z  kosasi  teshigi 



(foramen  zygom aticoorbitale) 

bor.  Ko'z  kosasining  lateral  va  ustki 

devorlari o'rtasida ko'z kosasining yuqori tirqishi 

(fissura orbitalis superior) 

bo'lib, u o'rta kalla chuqurchasiga ochiladi. Lateral va pastki devor o'rtasida 

ko'z  kosasining  pastki  tirqishi 

(fissura  orbitalis  inferior) 

ko'rinadi,  u 

qanot-tanglay va chakka osti chuqurchalariga ochiladi.

Yangi tug'ilgan  chaqaloqning  ko'z  kosasi  (35-rasm)  uning  yuz  skeleti 

yaxshi  rivojlanmagani  uchun  nisbatan  katta.  Uning  hajmi  6  sm3,  kirish 

qismi cho'zinchoq shaklda. Ko'z kosasining ichki devori yaxshi rivojlanmagani 

uchun u uch qirrali prizma shaklida. Emizikli davrda ko'z kosasining kirish 

qismi  suyaklari  bir  tekis  o'smaydi,  natijada  uning  ko'ndalang  va  vertikal 

o'lchamlari  tenglashib  doira  shaklini  oladi.  Ko'z  kosasi  bo'shlig'i  esa 

konussimon shaklga ega bo'ladi.

Erta bolalik davrida uning kirish qismi cho'zinchoq shaklida bo'lsa, bolalikning 

birinchi davrida to'rtburchak shaklni oladi. Bolalikning ikkinchi davrida esa shakli



35-rasm.  Chaqaloqning  kalla  suyagi.  Old  tomondan  ko‘rinishi.  1-sym physis  m en- 

talis; 


2-tubercuium  mentale;  3-for.mentale;  4-maxilla;  5-angulus  mandibulae;  6-fossa  can- 

ina;  7-for.zygomaticofaciale;  8-os  zygomaticum;  9-pais  squomosa  ossis  temporalis;  10-orbi- 

ta;  11-incisura  supraorbitalis;  12-os  parietale;  13-burun  usti  liqildog'i;  14-fonticulus  anterior; 

15-metopik  chok;  16-tuber  frontale;  17-os  nasale;  18-os  lacrimale;  19-fissuia  orbitalis  supe­

rior,  20-processus zygomaticus os frontale;  21-fissura orbitalis inferior;  22-apertura piriformis; 

23-for.  infiaorbitale;  24-septum nasi;  25-spina  nasalis  anterior;  26-alveoli  dentales.

kattalamikiga o'xshab qoladi.

Burun bo'shlig'i 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin