Sonida nechta turli raqam ishtirok etgan?



Yüklə 18 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü18 Kb.
#130383
Shahzod ustoz test


  1. 355502 sonida nechta turli raqam ishtirok etgan?

  1. 6,0,4,5 sonidan ularni takrorlamasdan nechta uch xonali son tuzish mumkin?

  2. 34 dan 125 gacha bo’lgan barcha natural sonlar yig’indisini toping.

  3. Ja’mi to’rt xonali sonlar nechta?

  4. 1 dan 92 gacha natural sonlar ketma-ket yozilganda 6 raqami necha marta takrorlanadi?

  5. Raqamlar yig’indisi 4 ga teng bo’lgan uch xonali natural sonlar nechta?

  6. Taqribiy qiymati 20 ga teng bo’lgan natural sonlar nechta?

  7. Otasi 38 yoshda,o’g’illaridan biri 7 yoshda va ikkinchisi 5 yoshda bo’lsa necha yildan so’ng otaning yoshi farzandlari yoshlari yig’indisiga teng bo’ladi?

  8. (128+64·23):4 ni hisoblang?

  9. Kamayuvchi 33 taga ortib,ayiriluvchi 17 taga kamaysa ayirma qanday o’zgaradi?

  10. 86542-17a ifodani a = 4679 bo’lganda hisoblang.

  11. Berilgan to’rtta sondan birinchisi 12 ga teng va har bir keyingi son avvalgisidan 8 taga ortiq bo’lsa,shu to’rtta sonni yig’indisini toping.

  12. 1·2·3·4·….·128 ko’paytma nechta nol bilan tugaydi?

  13. Agar m+n = 15 bo’lsa 22m+22n ifodani hisonlang.

  14. 77 va 14 sonlari ko’paytmasini 49 marta kamaytiring.

  15. Kitob daftardan 7 marta yoki 1200 so’m qimmat bo’lsa.Kitob narxini toping.

  16. 120:x=7(8) bo’lsa, x ni toping.

  17. Quyidagilardan qaysi biri qoldiqli bo’lishga misol bo’ladi?

  1. 17=5·5-8 2) 17=3·5+2 3) 17=2·6+5 4) 17=4·4+1

  1. To’g’ri to’rtburchakning bir tomoni 34 sm, ikkinchi tomoni undan 6 sm qisqa bo’lsa.Uning perimetrini toping.

  2. 186231 sm2 ni kvadrat metr, kvadrat detsimetr va kvadrat santimetrlarda ifodalang.

  3. Tomonlari 12 va 20 teng to’g’ri to’rtburchak perimetriga teng perimetrli kvadrat yuzini toping.

  4. Tenglamani yeching : 210 + w = 4440 : 40

  5. Fermada tovuqlar va qo’ylarning umumiy soni 760 ta, oyoqlari soni esa 1770 ta bo’lsa.fermada nechta qo’y bor?

  6. 859 sonini tub yoki murakkabligini aniqlang.

  7. 46 < x ≤ 98 qo’sh tengsizlikni nechta juft qanoatlantiradi?

  8. 378 sonini natural bo’luvchilari sonini toping.

  9. 504 sonini natural bo’luvchilari yig’indisini toping.

  10. EKUB(378 va 504) = ?

  11. EKUK(720 va 324) = ?

  12. Ikki sonning EKUBi 26 ga va ularning ko’paytmasi 1274 ga teng bo’lsa, shu sonlarning EKUKi toping.

Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin