Xalmatova b. T. Boboyeva u. R



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30

XUSUSIY  PATOLOGIYA 
 
BOLALARDA  OZIQLANIShNING  SURUNKALI BUZILIShI 
Oqsil-energetik  yetishmovchilik 
 
Distrofiya  (oqsil-energetik  yetishmovchilik)  -  bolaning  to'gri    jismoniy 
rivojlanishining  buzilishiga  olib  keluvchi  oziqlanishning  va  to'qima    trofikasining  
surunkali  buzilishi.  Iqtisodiy    qiyinchilik    yillarida  distrofiya  turli    yoshdagi 
bolalarda  rivojlanishi mumkin, lekin   asosan 3-yoshgacha bo'lgan bolalar ko'proq 
kasallanadi.  Kasallik    moddalar    almashinuvi    jarayonining  buzilishi, 
immunitetning    pasayishi,  jismoniy,  ruhiy-motor,  keyinchalik    intellektual  
rivojlanishning buzilishi   bilan kechadi. 
 
Klassifikasiyasi 
 
Distrofiyaning  uchta  turi  ajratiladi. 

 
Gipotrofiya ( tana vaznining bo'yiga nisbatan  tanqisligi) 

 
Paratrofiya (paratrofiya variantlaridan biri - semizlik) 
- Tana vaznining bo'yiga nisbatan  ustunlik qilishi 
- Tana vazni va bo'yining  ortiqligi 
- Tana vazni va bo'yi normada 

 
Gipostatura  (tana  vazni  va  boyining  bir  xilda  yosh  me'yoridanorqada 
qolishi).  Bundan  tashqari  distrofiyalar    oqsil-energetik  yetishmovchilikka  bog'liq 
bolgan  birlamchi  (alimentar)  va  tug'ma  xamda  orttirilgan    kasalliklar  fonida 
kechadigan ikkilamchi turlarga  ajratiladi. 
Gipotrofiya  -  distrofiyaning  eng  ko'p  tarqalgan  turi  hisoblanadi.  Kelib  chiqish 
vaqtiga ko'ra gipotrofiya uch turga  bo'linadi: 

 
Prenatal - bola tug'ilganga qadar rivojlanadi 

 
Postnatal - bola tug'ilgandan keyin yuzaga chiqadi 

 
Aralash - homila ichi va homiladorlikdan tashqari davrda bola organizmiga 
ta'sir qiladigan sabablar tufayli shakllanadi. 
Distrofiya  sabablari: 
 
homila  ichi  (prenatal)  distrofiyasi,  homilaning  to'g'ri  rivojlanishini 
buzadigan turli xil omillar va noqulay sharoit bilan bog'liq. 

 
homiladorlikning erta (20-yoshgacha) yo’ki katta yoshda (40-yoshdan keyin) 
rivojlanishi; 

 
homiladorlik davridagi  yuqumli va somatik  kasalliklar

 
homiladorlik davridagi  gestozlar; 

 
Noqulay  sosial  sharoit,  stress  holatlar,  norasional  ovqatlanish  va  zararli 
odatlar; 

 
Ota-onadagi   kasbiy zararlik; 

 
Yo'ldosh    patologiyasi  (ko'p  hollarda  yuqorida  ko'rsatilgan  sabablarni  iste'sno 
etilgandan  keyin,  bolada  prenatal  distrofiya  tashqislanadi).  homila  tashqarisidagi 
(postnatal)  distrofiya  ikkilamchi  distrofiyani  chaqiruvchi  ekzogen  va  endogen 
omillar ta'sirida rivojlanadi. 
Postnatal  distrofiyaning  asosiy ekzogen  omillari: 

 
120 

 
Alimentar:  ovqatlanish  soni  yoki  sifatining  buzilishi,  mikroelementlar  tanqisligi 
(rux,  mis,    selen  va  boshqalar)  bilan  bog'liq  bo'lgan  oqsil-energetik 
yetishmovchilik 

 
Yuqumli: ichak infeksiyalari, qaytalovchi otit bilan asoratlangan O'RVI 

 
Sosial omillar postnatal  distrofiyaning endogen etiologik omillariga  quyidagilar 
kiradi: 

 
rivojlanish nuqsonlari va xromosom kasalliklar 

 
enzimopatiya va malabsorbsiya (birlamchi, ikkilamchi) 

 
konstitutsiya anomaliyalari 

 
immuno tanqislik holatlari 
Patogenezi.  Prenatal  distrofiya  rivojlanishida    MNS  trofik    funksiyasining 
buzilishiga  olib  keluvchi  bachadon  –  yo’ldosh  qon  aylanishi  buzilishi  va  homila 
ichi gipoksiyasi asosiy rol o’ynaydi. Postnatal gipotrofiya patogenezi  uning kelib 
chiqishi va shaklidan qat'iy nazar bir butun patofiziologik jarayon deb xisoblangan, 
uning 
asosida 
oziqlanishning 
buzilishi 
va 
bosh 
miya 
postloqi 
qo'zgaluvchanligining  pasayishi  yotadi.  Paratrofiya  yuqori  kaloriyali  ovqat  va 
uning  tarkibida  yog  va  uglevodlarning  ko'p  miqdorda  bo'lishiga  bog'liq. 
Paratrofiyaning rivojlanishiga limfatiko-gipoplastik va ekssudativ-kataral diatezlar  
moyillik  tug'diradi.Gipostatura  neyroendokrin  tizimning  chuqur  zararlanishiga 
(ko’p hollarda homila ichi) bog'liq. 
 
Distrofiya  simptomlari 
Distrofiyaning klinik ko'rinishi uning shakllari va og'irlik darajasiga bog'liq. 
Prenatal  distrofiyaning    klinik  variantlariBosh  miyaning  gipoksik  zararlanish 
darajasi  va  klinik    korinishiga    asosan  prenatal  distrofiyaning  quyidagi  shakllari  
ajratiladi: (E.M.Fateeva bo'yicha). 

 
Nevropatik shakli:   tuhilganda tana  vazni  normada  yoki  nisbatan pasaygan, 
bo'yi  o'zgarishsiz.  Psixomotor  rivojlanishi  yoshiga  mos.  Boladagi  o'ta 
q'ozg'aluvchanlik  va  negativizm, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi yo’ki 
ortishi o'ziga jalb  etadi. 

 
Neyrodistrofik  shakli:    tug'ilganda  tana  vazni  va  boyi    uzunligining  (kam 
darajada)  pasayishi,  MNSda  tormozlanish    jarayonining  ustunlik  qilishi, 
psixomotor  rivojlanishdan  nisbatan  orqada  qolish,  ko’p  qo’llarda  tug'ma 
disembriogenez  stigmalari  kuzatiladi. 

 
Ensefalopatik  shakli:  bolaning  jismoniy  va  psixomotor  rivojlanishdan 
chuqur orqada qolishi, mikrosefaliya, bosh miyaning o'choqli zararlanish belgilari, 
suyak  tizimi  gipoplaziyasi,  anoreksiya  va  poligipovitaminoz  rivojlanishi  bilan 
kechadi. 
 
GIPOTROFIYa 
Gipotrofiya  yengil  (І-daraja),  orta  oqir  (ІІ-daraja)    va  oqir  (ІІІ-daraja) 
turlarga  ajratiladi. 
Gipotrofiyaning  І-darajasi  bolani  diqqat  bilan  ko'rilganda    aniqlanadi. 
Odatda bolaning ahvoli qoniqarli, ishtahasi nisbatan pasaygan, terisi silliq, elastik, 

 
121 
oqimtir,  ichki  a'zolari  va  fiziologik  chiqarishlari  o'zgarishsiz.  To'qimalar  turgori 
pasaygan,  qorinda  teri  osti  yog  qavati  normadan  past,  lekin  yuzida  va  qo'l-
oyoglarida  saqlangan.  Tana  vazni  tanqisligi  o'rtacha  k'orsatgich  bilan 
taqqoslanganda  10-20%ni  tashkil  qiladi.  Qonni  tekshirilganda  disproteinemiya  va 
ozuqa fermentlari aktivligining pasayishi aniqlanadi. 
Gipotrofiyaning    ІІ-darajasi  bola  aktivligi  va  emosional  tonusining 
pasayishi,  apatiya,  lanjlik,  adinamiya,  nutq  va  psixomotor  funksiyalarning  orqada 
qolishi,  ishtahaning  pasayishi    bilan  kechadi.  Terisi  oqimtir,  quruq,  qipiqlangan. 
To’qima elastikligi va turgori, shuningdek, mushak tonusi pasaygan. Teri osti yog' 
qavati yuzida saqlangan, lekin nisbatan kamaygan yoki qorinda va qo'l-oyoqlarida 
bo'lmaydi. Tana vazni tanqisligi bo'yiga nisbatan 20-30%ni tashkil qiladi, bo'yi 2-4 
sm  orqada  qolgan.  Tana  vazni  ortishining  egri  chizig'i  yassilangan.  Sutka 
davomida tana qaroratining ozgarishi (1GS) va  oyog-qollarining doimiy sovuqligi 
termoregulyasiya  buzilishidan  guvoqlik  beradi.  Ko’p  qo’llarda  taxipnoe,  aritmik 
dag'al nafas, yurak tonlari bog’iqligi, taxikardiyaga moyillik va arterial gipotenziya 
aniqlanadi.  Bolani  majburiy  emizilganda  bola  qayd  qiladi,  ba'zida  qabziyat 
kuzatiladi.  Ko’p  рo’llarda  interkurrent  kasalliklar  qo'sqiladi  (masalan,  otit, 
pielonefrit,  pnevmoniya).  Laborator  tekshirilganda  gipoxrom  anemiya,  gipo-  va 
disproteinemiya, ozuqa fermentlari faolligining aniq pasayganligi kuzatiladi. 
Gipotrofiyaning    ІІІ-darajasi  (atrofiya,  alimentar  marazm)  bola  umumiy 
ahvolining 
yaqqol 
buzilishi 
bilan 
kuzatiladi: 
uyquchanlik, 
loqaydlik, 
qo'zg'aluvchanlik,  negativizm,  rivojlanishdan  yaqqol  orqada  qolish,  orttirilgan 
ko'nikmalarni  bajara  olmaslik,  anoreksiya.  Bolanining  tashqi  korinishi  skeletni 
eslatadi,  terisi  quruq,  oq  -  kul  rangda,  dumba  va  sonlarida  osilgan  burmalar 
aniqlanadi.  Yuzi  qariyalarnikiga  o’xshash,  bujmaygan,  uchburchak  shaklida.  Teri 
osti yog qavati hamma joyda yo’qolgan,  lunjida ham,  bolalarga xos bo'lgan,  Bish 
yo’g’  to'plami  yo’qoladi.  To'qimalar    turgori  butunlay  susaygan,  mushaklar 
atrofiyalangan,  lekin  ularning  tonusi  odatdagidek,  elektrolitlar  muvozanatining 
buzilishi    va  nevrologik  buzilishlar  hisobiga  yuqori  bo´ladi.  Tana  vazni  tanqisligi 
30%  va  undan  ko'pni  tashkil  etadi,  tana  vazni  ortishining  egri  chizigi  tekis  yoki 
pasaygan.  Bo'yi  yosh  normasiga  nisbatan  7-10  smga  pasaygan.  Suvsizlanish 
belgilari  yaqqol  ko'rinadi:  chanqash,  katta  lihildoq  va  ko'z  olmalari    cho'kishi, 
afoniya, kon'yuktivalar va shox parda quriq, lab shilliq qavatlari yaqqol boyalgan, 
og'iz  burchagida  yoriqlar  (qarg'a  og'zi).  Tana  qarorati  odatda  pasaygan  va  atrof-
muhit  qaroratiga  bogliq  holda  ozgaradi,  ba'zida  subfebrilgacha  ko'tariladi.  qo'l  - 
oyog'lari    sovuq.  Nafas  yuzaki  va  aritmik.  Ko'p  hollarda  belgisiz  atelektaz  va 
gipostatik  pnevmoniya  aniqlanadi.  Pulsi  sekinlashgan,  kuchsiz,  arterial  bosim 
pasayadi,  yurak  tonlari  bog’iq.  Qorni  tortilgan  yo’ki  dam  va  zoriqqan.  Jigar  va 
qora  taloq  o'lchamlari  kichraygan.  qar  doim  oshqozon-ichak  traktining  diskinetik 
buzilishlari  aniqlanadi:  qayd  qilish,  qusish,  tezlashgan  suyuq  najas.  Peshob 
ajralishi  kamaygan,  oz  miqdorda  chiqadi.  Laborator    ma'lumotlar  qonning 
quyilishini ko'rsatadi (gemoglobin konsentrasiyasi va eritrositlar  miqdori normada 
yo’ki ko'paygan, EChT pasaygan). Peshobda xloridlar, fosfatlar va mochevina ko’p 
miqdorda aniqlanadi, ba'zida aseton va keton tanalari aniqlanadi. 

 
122 
Kvashiorkor  -  tropik  va  subtropik  mamlakatlarda  bola  hayotining  2-4 
yoshlarida  kuzatiladigan  distrofiya  shakli.  Ko’krakdan  ajratilgandan  keyin,  faqat 
o’simlik ozuqalari bilan ovqatlantirilganda (oqsilli och qolish), yuqumli kasalliklar 
va boshqa  omillar ta'sirida rivojlanadi. 
Asosiy  belgilari:  jismoniy  va  psixomotor  rivojlanishdan  orqada  qolish,  teri  va 
sochning  diffuz  depigmentasiyasi,  soch  tokilishi,  oysimon  yuz,  to'qimalar  shishi, 
qisman  saqlangan  teri  osti  yog'  qatlamida  mushak  atrofiyasi, kamqonlikning  og'ir 
darajasi, raxit ko'rinishlari aniqlanadi. 
 
Gipostatura 
Gipostatura  -  oqsil-energetik  yetishmovchilik  natijasida  yuzaga  kelgan 
rivojlanishning orqada qolishi bo'lib, bolaning qoniqarli oziqlanishiga qaramasdan, 
bo'yi  va  tana  vazni  bir  xilda  orqada  qoladi.Gipostatura  odatda  birlamchi  oqir 
gipotrofiyadan  chiqishning  bosqichi  hisoblanadi.  Gipotrofiyadan  reparasiyaga 
chiqishda  teri  osti  yog’  qavati  tez  o'z  ho'liga  qaytadi,  lekin  bo'yi  asta  -  sekin 
tiklanadi.  Ba'zan  gipostatura  bola  yaxshi  ovqatlanmaganda,  masalan,  faqatgina 
uglevodli ovqatlanganda, boshqa ingredientlarning yo’qligi sababli yuzaga keladi. 
Bolada  bo’yi,  tana  vazni,  psixomotor  rivojlanishi,  intellekti,  tish  chiqishning 
muddatdan  orqada  qolishi  nisbatan  proporsional  bo´ladi.  Bolaning  biologik  yoshi 
kalendar yoshidan orqada qoladi va uning bo'yi va tana vazniga mos keladi. Bemor 
rivojlanishning  barcha  parametrlari  bo’yicha  yoshiga  nisbatan  orqada  qoladi. 
Bunda  gipotrofiya  II  darajasiga  xarakterli,  oziqlanishning  surunkali  buzilishi 
belgilari  yaqqol  korinadi.Tashqis  kliniko-antropometrik  ma'lumotlarga  asoslanib 
qo'yiladi. 
 
Gipotrofiya  darajalarining  ta'rifi 
Klinik  belgilari 
Gipotrofiya darajalari 
Ι 
ΙΙ 
ΙΙΙ 
MNS holati 
qo’zgalish 
tormozla 
nish bilan almashi nadi 
Tormozlanish, 
rivojlanishda  qis  man 
orqada qolish 
Yaqqol 
tormoz 
lanish, 
konikma  larni 
yo’qolishi, 
rivojla  nishda 
yaqqol orqada 
qolishi 
Ishtaha 
Boshida yuqori, keyin 
birmuncha pasaygan 
Pasaygan 
anoreksiya
 
Ozuqa 
fermentlari 
faolligi 
Nisbatan pasaygan 
Pasaygan 
Yaqqol 
pasaygan 
Najas 
Normada 
O'zgaruvchan 
Suyuq  ("och 
qolish 
najasi") 

 
123 
Teri 
Oqimtir 
Oqimtir, 
quruq, 
elastikligi pasaygan 
Burmalar 
bilan 
osilib 
turadi 
Teri osti yog 
qavati  
 
qorinda yo’qolgan 
 
oyoglarida yogolgan
 
  
hamma joyda, 
yuzida xam 
bo’lmaydi
 
Toqimalar 
turgori 
Pasaygan 
Yaqqol pasaygan 
Butunlay 
yo’qolgan 
Tana 
vazni 
tanqisligi 
10 
20%  20 
30%  30%dan yuqori  Tana 
vazni 
tanqisligi
 
10 
Tana  vaznining 
ortishi 
("vazn 
qiyshiqligi") 
Sekinlashgan 
Yaqqol  sekinlashgan
 
 
 
Kuzatilmaydi. 
Tana  vaznini 
yo’qotilishi 
 
Immunitet 
O'zgarmagan 
Pasaygan 
Yaqqol 
pasaygan 
 
PARATROFIYa 
Paratrofiya  -  bolani  ko'krak  suti,  quruq  sut    aralashmalari,  shirin  sharbatlar 
bilan    normaga    nisbatan  ko'p    oziqlantirilganda,  shuningdek,  balanslanmagan, 
tarkibida  ko'p  uglevodlar  va  oqsil  kam  bo’lgan  (masalan,  bo'tqalar  ko'p  berilsa) 
mahsulotlar bilan oziqlantirilgan, ekssudativ - kataral diatez, limfatiko-gipoplastik 
diatezi  bor,  kam  harakatlanadigan  bolalarda  rivojlanadi.  Uzoq    muddatli  ko'p 
ovqatlantirish  yo’ki  doimiy  gipodinamiya  semizlikka  olib  kelishi  mumkin. 
Paratrofiyaning klinik ko'rinishi gipotrofiyaga o'xshash, lekin tana vazni tanqisligi 
bunda  bo’lmaydi.  Bolada  emosional  tonusning  nomutanosibligi  aniqlanadi,  bola 
bezovta yoki lanj, adinamiya kuzatiladi. 
Katta  yoshdagi  bolalar  hansirash,  tez  charchash,  bosh  og’rishidan  shikoyat 
qiladi. Bolada tanlangan ishtaha aniqlanadi, ko'p xollarda ishtaha pasayadi. 
Teri qoplamlari oqimtir, bir oz kerikkan, elastikligi pasaygan. Teri osti yo’g’ 
qatlamining  yaxshi  rivojlanganligiga  qaramasdan  toqimalar  turgori  va  mushak 
tonusi  pasaygan.  Yog  qavati  bir  tekisda  tarqalmagan,  son  va  qorinda  yaqqol 
rivojlangan. Tana vazni va bo’yi yosh parametriga mos keladi yo’ki undan yuqori, 
tana  tuzilishi  disproporsional.  Gipotrofiyaga  o'xshab,  oqsil,  suv-tuz,  vitamin  va 
moddalar  almashinuvi  boshqa  turlarining  buzilishi  yaqqol    rivojlangan. 
Asidozyuzaga  keladi.  Ba'zida  ichki  organlarning  funksional  va  morfologik 
o'zgarishlari,  immunologic  himoyaning  pasayishi,  nafas  yo’llarida  tez-tez 
shamollash  kasalliklari,  otitlar,  siydik  yo’llari    infeksiyalari  kuzatiladi.  Najas 
ko'pikli, suyuq, nordon xidli bo´ladi. 
Distrofiyaning  tashqisoti. Distrofiya tashhisiga xarakterli klinik belgilarga 
asoslanadi,  toqimalar  turgori  pasayadi,  qorinda,  qo'l-oyo’qlarda  va  yuzida, 
keyinchalik teri osti yog' qavatining yo’qolishi yoki qalinligining pasayishi (yo’ki 
xaddan  tashqari  va  notekis  to’planishi),  tana  vaznining  bo'yiga  nisbatan  orqada 
qolishi,  yuqumli  kasalliklar  va  tashqi  muhitning  turli  xil  ta'siriga  qarshiligi 

 
124 
pasayadi. Diagnostikasida distrofiya turi ko’rsatiladi va uning yuzaga kelish  vaqti 
tuhilgan  vaqtiga  nisbatan  (prenatal,  postnatal)  kelib  chiqishi  aniqlanadi. 
Gipotrofiyada  uning  darajasi,  etiologiyasi  va  rivojlanish  davri  (boshlang'ich, 
progressivlangan, rekonvalessensiya) ko’rsatiladi. 
Qiyo’siy  tashqisi.    Birlamchi  distrofiya  oshqozon  -  ichak  trakti  tug'ma  nuqsonlari 
va  boshqa  organlarning  nuqsonlari  natijasida  kelib  chiqqan,  irsiy  patologiya, 
MNSning  organik    zararlanishi,  endokrin    kasalliklar  natijasida  yuzaga  kelgan 
ikkilamchi distrofiya bilan taqqoslanadi. 
Odatdagi  terapiyadan  davolanmaydigan  oqir  gipotrofiya  holatlarida, 
shuningdek,  paratrofiya  va  semizlikda,  psixomotor  rivojlanishdan  orqada  qolish 
bilan birga kelganda distrofiya ko’pincha ikkilamchi bo´ladi. 
Gipostaturani  jismoniy  rivojlanishdan  keskin  orqada  qoladigan  kasalliklar  bilan 
taqqoslanadi, birinchi navbatda nanizm, konstitusional bo'yi pastlik. 

 
Xondrodistrofiya,  suyaklarning  tug'ma  mortligi  yo’ki  tubulopatiya  tufayli 
rivojlangan  noproporsional  nanizm  gipostaturadan  skeletning  qopol  patologiyasi 
bilan  farqlanadi,  uni  raxit  bilan  tushuntirib  bo’lmaydi,  ba'zida  distrofiya  bilan 
kechadi.  Suyak  rentgenogrammasi  va  fosfor-kalsiy  almashinuvi  ko’rsatgichi  bu 
kasallikni iste'sno etadi. 

 
Proporsional nanizm gipofizning zararlanishi (gipofizar nanizm) yo’ki nafas 
va  yurak-qon  tomir  tizimining  tugma  patologiyasi  tufayli  rivojlanadi. Tug'ilganda 
kamdan-kam  uchraydi,  odatda  kech  rivojlanadi.  Nanizm  bilan  taqqoslash  qiyin, 
organizm to'qimalarining STGga sezgirligini yo’qolishi bilan bog’liq. Bolalarda bu 
kasallikda tuhilgan vaqtda tana vazni va bo’yining past ko’rsatgichlari aniqlanadi, 
keyinchalik  tana  vazni  va  bo'yiga  qo’sqilishi  yaqqol  bilinmaydi.  Lekin 
distrofiyaning klinik va laborator belgilari kuzatilmaydi. 
Distrofiyaning davosi 
Davolash  tadbirlari  distrofiya  turi  va  og’irlik  darajasiga  bogliq.  Birinchi 
navbatda u etiologik omillarni bartaraf qilishni o'z ichiga oladi, kun tartibini tashkil 
qilish va bola uchun optimal atrof-muhit sharoitini yaratish. Dietoterapiya birinchi 
darajali  gipotrofiyada  ahamiyatga  ega.  Surunkali  infeksiya  o'choqlarini  sanasiya 
qilish,  yo'ldosh  kasalliklarni  davolash,  ikkilamchi  infeksiyalarni  oldini  olish, 
gipodinamiyaga qarshi kurashish muhim axamiyatga ega. 
Parvarishni tashkil qilish. 
 I  darajali  gipotrofiyasi  bor  bolalar  ularni  yoshiga  mos    odatdagi  kun 
tartibini o'zgartirmagan holda  mahalla shifokori kuzatuvida uyda davolanadi. 
  
II  va  III  darajali  gipotrofiya  bilan  og'rigan  bolalarni  davolash  shifoxonada 
olib  boriladi,  engil  kun  tartibiga  rioya  qilinadi:  bolani  barcha  ortiqcha 
qo'zg'atuvchilardan  (yoruglik,  ovoz  va  boshqalar)  chegaralash  tavsiya  etiladi. 
Bolani alohida boksda, optimal mikroklimat  sharoitida (havo temperaturasi 27-30 
S°,  namligi  60-70%,  xona  tez-tez  shamollatib  turiladi);  onasi  bola  bilan  birga 
gospitalizasiya qilinadi. Sayr vaqtida bolani holda ko’tarish lozim, oyog' - qo'llari 
issiq    bo’lishigani    kuzatish    kerak  (isitgich,  paypoq,  qo'lqop  ishlatiladi). 
Bemorning emosional tonusini oshirish uchun u bilan mayin, yumshoq muomalada 
bo’lishi kerak, massaj va gimnastikani qollash zarur. 

 
125 
 
III darajali gipotrofiyada, asosan mushak gipertonusida, massajni nihoyatda 
extiyotkorlik bilan o'tkazish lozim va faqat silash turi tavsiya qilinadi. 
Dietoterapiya Parhez distrofiyada rasional davoning asosini tashkil qiladi (birinchi 
navbatda gipotrofiya).  
 
Dietoterapiyani ikki bosqichga ajratish mumkin: 

 
Turli xil ovqatlarni qabul hila olish; 

 
Ovqat  miqdorini  asta-sekin  ko’paytirib  borish  va  uning  sifatini  fiziologik 
yosh me'yoriga etguncha korreksiya qilish. 
Birinchi bosqich 3-4 kundan 10-12 kungacha davom etadi, ikkinchi bosqich to bola 
soqaygunicha davom etadi. 
Distrofiyani davolashda dietoterapiyaning umumiy  tamoyillari: 

 
Parhezni  "yoshartirish"-  kichik  yoshdagi  bolalarga  moljallangan  ozuqa 
maxsulotlarini  qo'llash  (ko'krak  suti,  asosida  oqsil  gidrolizatlari  bo'lgan,  nordon 
sutli adaptirlangan aralashmalar); 

 
Bolani tez-tez emizish (masalan, III darajali gipotrofiyada sutkada 10 marta) 
bitta qabuldagi ovqat miqdorini kamaytirish bilan olib boriladi; 

 
haftalik  ozuqa  yuklamasini  hisoblash,  oqsil,  yog  va  uglevodlarni  tana 
vaznining ortishini hisobga olib korreksiya qilish; 

 
Davoni  o'z  vaqtida  korreksiya  qilishni  doimiy  kuzatish  (ozuqa  kundaligida 
ozuqa  miqdori,  ichilgan  suyuqlik,  diurez  va  najas  xarakteri  ko’rsatiladi;  "vazn 
qiyshiqligini" tuzish, ko’prologik tekshirish va boshqalar). 
I  darajali  gipotrofiyada  ovqatlanishni  hisoblash  bolani  bo’lishiga  kerak  bo’lgan 
tana  vazniga  (yoshiga  mos  kelgan  holda),  bolaning  asosiy  ozuqa  komponentlari, 
mikroelementlar  va  vitaminlarga    bo’lgan  talabini  toliq  qoniqtirgan  holda 
o’tkaziladi. 
 
II  va  III  darajali  gipotrofiyada  birinchi  2-3  kunda  kerakli  tana  vazni  uchun 
zarur  bo’lgan  ovqat  xajmi  1/3-1/2  gacha  chegaralanadi.  Keyinchalik  u  asta-sekin  
sog'lom  bola  sutkalik  rasionining  2/3-3/5  qismigacha  kotariladi.  Yetishmagan 
ovqat  xajmi    suyuqliklar  -  meva  va  sabzavot  sharbatlari,  5%li  glyukoza  eritmasi 
bilan toldiriladi.  Yoshiga mos keladigan ovqat xajmiga yetgandan keyin oqsil va 
uglevodlar miqdori bo’lishiga kerak bo'lgan tana vazniga, yog'lar esa hozirgi tana 
vazniga  hisoblanadi.  Agar  bolada  ovqat  miqdorini  ko'paytirish  jarayonida 
dispepsiya  bo'lmasa,  tana  vazni  ortsa  (odatda  bu  davoning  1-12  kunidan  keyin 
boshlanadi),  asta  sekin  ovqatlanishni  sifatli  korreksiyasi  o'tkaziladi,  hamma 
ingredientlar  bo’lishiga  kerak  bo’lgan  tana  vazniga  hisoblanadi  (oqsil  va  yoglar  - 
4-4,5 g/kg, uglevodlar - 13-16 g/kg). 
 
Medikamentoz  terapiya 
Ovqat  yuklamasini  ko’paytirish  va  organizmning  o'z  fermentlarini  ishlab 
chiqarishi  pasayganligini  e'tiborga  olib  gipotrofiyaning  barcha  darajalarida 
fermentativ  preparatlar  buyurtiriladi.  Fermentlar  uzoq  vaqt  davomida  beriladi, 
dorilar  o'zgartiriladi:  fermentlar  (abomin),  pankreatin  +  o’t  komponentlari  + 
gemisellyuloza  (festal),  ko’programmada  neytral  yog'lar  va  yog'  kislotalarning 

 
126 
ko’pligida  -  pankreatin,  panzinorm.  Davoga  vitaminlarni  qo'shish  patogenetik 
asoslangan  hisoblanadi,  asosan  birinchi  navbatda  askorbin  kislota,  piridoksin  va 
tiamin.  Stimullovchi  terapiya  apilak,  pentoksil,  jenshen  va  boshqa  dorilar  kursi 
bilan almashtirib turiladi. Yuqumli kasalliklar rivojlanganda Ig yuboriladi. 
 
Distrofiyalarning  profilaktikasi 
Profilaktika antenatal va postnatal turlarga bo’linadi. 

 
Antenatal profilaktika oilani rejalashtirishni, ota-onalar o’rtasitda sanitariya - 
targ'ibot  ishlari  olib  borish,  abortga  qarshi  kurashish,  bo'lajak  onalar  kasalligini, 
asosan  jinsiy  organlar  patologiyasini  vaqtida,  homiladorlar  sog'ligini  saqlash 
(rasional  ovqatlantirish,  kun  tartibiga  rioya  qilish,  toza  xavoda  sayr  qilish,  yengil 
ishga  o’tkazish  (noqulay  ish  sharoitida),  chekish  va  boshqa  zararli  odatlarni  man 
etish). 

 
Postnatal  profilaktikasi  bu  -  o'z  vaqtida  korreksiya  qilingan  tabiiy 
ovqatlantirish,  kun  tartibi  va  bolani  to'g'ri  parvarishlashga  rioya  qilish,  to'g'ri 
tarbiyalash,  yuqumli  va  interkurrent  kasalliklarni  oldini  olish  va  davolash,  tana 
vaznini  har  oyda  tortish  (1  yoshgacha)  va  tana  uzunligini  o’lchashni  o'z  ichiga 
oluvchi dispanser kuzatuvni olib borishdir. 
 
Qqibati    birinchi  navbatda  distrofiyaga  olib  kelgan  sababni  bartaraf  hila  olish, 
shuningdek yo'ldosh kasalliklarni davolay olishga bog’liq. Birlamchi alimentar va 
infeksion - alimentar distrofiya oqibati yaxshi tugaydi.  
 
Marazm  -  maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalarda  och  qolish  natijasida 
rivojlangan distrofiya bo’lib, bunda  yosh standartiga nisbatan tana vazni tanqisligi 
60%ni tashkil qiladi. 
Marazm  sababi  ijtimoiy  -  iqtisodiy  yoki  kasallik  tufayli  och  qolish,  uzoq 
muddatli  anoreksiya,  qayd  qilish  (kuyishdan  keyingi  qizilongach  strikturasi, 
kardiospazm,  oshqozon  boshlanish  joyining  stenozi).  Barcha  moddalar 
almashinuvi buziladi, bola jismoniy va ruhiy rivojlanishdan keskin orqada qoladi. 
Marazmning birlamchi  va  ikkilamchi shakllari ajratiladi, og'irlik darajasi va davri 
ko’rsatiladi.  
Marazm    klinikasiga  xarakterli  belgilar:  teri  rangi  oqarishi  va  follikulyar 
giperkeratoz  bilan  kechuvchi  quruqligi,  depigmentasiya,  notekis  ranglanishi 
("bayroq  simptomi")  va  sochlarni  to'kilishi,  qarilarga  xos  yuz  tuzilishi, 
qovoqlarining  yalliglanishi  va  xeyloz,  mushaklar  va  teri  osti  yog'  qavatining 
susayishi.  Ko'rik  vaqtida  kardiomegaliya,  gepatomegaliya,  gemorragik  belgilar 
aniqlanadi.  Bo’yi  o'sishdan  orqada  qoladi,  bolalar  qo’zgaluvchan,  yigloq,  ruhiy 
rivojlanishdan  orqada  qoladi,  bilish  faolligi  pasaygan,  xotira  va  ish  faoliyati 
susaygan.Tashqis kliniko-anamnestik va antropometrik ma'lumotlarga asoslanadi.  
Qiyosiy  tashqis  ozish  bilan  kechadigan  kasalliklar  orasida    o’tkaziladi: 
MNSning organik patologiyasi, malabsorbsiya va moddalar almashinuvining irsiy 
nuqsonlari  va  boshqalar.  og'ir  holatlarda  marazm  davosi  somatik  shifoxonalarda 
boshlanadi  -  parenteral  ovqatlantirish  va  ornini  bosuvchi  terapiya  o’tkaziladi. 
Unchalik    og’ir  bo’lmagan  holatlarda  ambulator  davo  o’tkazish  mumkin:  parhez, 

 
127 
o’rindosh    terapiya    (vitaminlar, minerallar,  ovqat  fermentlari),  stimullovchi davo 
(adaptogenlar,  immunomodulyatorlar),  psixoterapiya,  davolash-fizkulturasi  kursi. 
Marazmning  ikkilamchi  shaklida  asosiy  kasallikning  davosi    o’tkaziladi.  Sosial-
iqtisodiy  muhitni  yaxshilash,  bola  bilan  psixologik-pedagogik  ishlarni  olib  borish  
muhim profilaktik ahamiyatga ega. 
 
  
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin