Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


BOLALARDA  SIYDIK   HOSIL  QILISH VA  SIYDIK  AJRATISh



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30

BOLALARDA  SIYDIK   HOSIL  QILISH VA  SIYDIK  AJRATISh  
TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK  XUSUSIYaTLARI.   
TEKShIRISh     XUSUSIYaTLARI 
 
Chaqaloqlarda  va  ko´krak  yoshidagi  bolalarda  buyrak  dumaloq  shaklda, 
bo'lakcha  tuzilishiga  egaligi  hisobiga  uning  yuzasi  g'adir  -  budur,  u  po'stloq 
qismining  bu  yoshda  yetarli  rivojlanmaganidan  dalolat  beradi.  Buyraklarning 
bolakcha  tuzilishi  2-3  yoshgacha  saqlanadi.  Chaqaloqlarda  buyraklar  uzunligi  4,2 
sm, vazni -12 g. Ko´krak yoshida buyraklar o'lchami 1,5 martaga ortadi, vazni 37 
gr ga yetadi.  
Erta  bolalik  davrida  buyraklar  uzunligi  ortacha  7,9  sm,  vazni  56  g. 
O’smirlarda    buyraklar  uzunligi  10,7  sm,  vazni  120  g.  Chaqaloqlarda  buyrak 
po’stloq  qismining  qalinligi  2  mm  ga  teng,  maqiz  qismi  -  8  mm,  ularning  nisbati 
1:4.  Kattalarda  postloq  qismining  qalinligi  chaqaloqlarga  nisbatan  4  martaga, 
maqiz qismi 2 martaga ortadi.  
Buyrakning  o’sishi  asosan  bola  hayo’tining  birinchi  yilida  kuzatiladi.  5-9 
yoshlik  davrida  va  asosan  16-19  yoshda  buyraklar  o'lchami  po'stloq  qismining 
rivojlanishi  hisobigi  ortadi,  bu  pubertat  davri  tugagunicha  davom  etadi;  maqiz 
qismining  o'sishi  12  yoshda  to'xtaydi.  Buyrak  po’stloq  qismi  oqirligi    egiluvchan 
kanalchalar uzunligi va kengligining ortishi va nefron chiquvchi qismining o'sishi 
hisobiga  kattalashadi.  Chaqaloqlarda  buyrak  jomchalari  keng  va  ampulasimon. 
Buyraklar  fibroz  kapsulasi  bola  hayotining  5  yoshida  aniq  bilinadi,  10-14 
yoshlarda  xuddi  kattalarnikidek  bo´ladi.  Chaqaloqlarda  buyrak  pardasi  qavati 
yupqa, bola yoshi ulg'aygan sari sekin-asta qalinlashadi.  
Buyrakning yo’g’ pardasi bolmaydi va bola hayotining birinchi yilidan keyin 
shakllana  boshlaydi.  Keyinchalik  asta-sekin  qalinlashishda  davom  etadi.  40-50 
yoshda  buyrak  yog  pardasi  maksimal  olchamga  yetadi,  keksa  va  qarilik  yoshida 
yupqalashadi, ba'zida yo’qoladii. 
Buyrak  topografiyasi  bola  yoshi  kattalashishi  bilan  buyrakning  pastga 
tushishi  hisobiga  o'zgaradi.  Chaqaloqlarda  buyrakning  yuqori  qismi  XII  ko´krak 
umurt  pog'onasi  yuqori  qismiga,  ko'krak  yoshida  (1  yoshgacha)  esa  XII  ko´krak 
umurtqa pog’onasi tanasining o'rta qismiga togri keladi. Chaqaloqlarda buyrakning 
pastki  qismi  IV  bel  umurtqasiga  togri  keladi, 1  yoshda  1/2  umurtqaga  yuqori, bu 
umurtqa pog’onasining tez  o'sishi bilan bog’liq. 5-7 yoshdan keyin buyraklarning 
umurtqa pog’onasiga nisbatan joylashuvi kattalarnikiga yaqinlashadi.  
Chaqaloqlarda  ikkala  buyrak  yuqori  chegara  sohasi  va  old  medial  yuzasi 
(buyrak darvozasigacha) buyrak usti beziga tegib turadi. O’ng buyrakka jigar, ko'r 
ichak  va  chuvalchangsimon  o'simta  ham  tegib  turadi.  Chap  buyrakka  qora 
taloqning  unchalik  katta  bo'lmagan  qismi  tutashadi;  darvozadan  medial  tomonda 
oshqozon  osti  bezining  dumi  joylashgan.  Bolalarda  ikkala  buyrak  ko'ndalang 
kesimi 3-4 yoshgacha umurtqa poqonaga parallel o'tadi, buyrak darvozalari bir oz 
oldinga  qaragan  bo´ladi.  5-6  yoshda  ko'ndalang  kesimi  egilgan  yonalishga  ega 
bo´ladi.  Odam  tanasi  o'sishi  bilan  buyraklar  holati  va  uning  arteriya  va 
venalarining uzunligi nisbatan o'zgaradi. Chaqaloqlarda "buyrak oyoqlari" nisbatan 
uzun,  tomirlar  qiyshiq  joylashgan:  buyrak  arteriyasi  boshlanishi  va  venaning 
quyilish  joyi  buyrak  darvozasidan  yuqori  joylashgan.  Keyinchalik  "buyrak 

 
94 
oyoqlari"  gorizontal  xolatni  egallaydi,  50  yoshdan  keyin  buyrakni  birmuncha 
pastga  tushishi  hisobiga  "buyrak  oyoqlari"  uzunligi  kattalashadi  va  u  pastga 
yo’nalgan bo´ladi.  
Chaqaloqlarda siydik nayi egilgan yolakchaga ega. Siydik nayining uzunligi 
5-7  sm.  4  yoshga  kelib,  uning  uzunligi  15  smgacha  kattalashadi.  Mushak  qobig'i 
erta yoshdagi bolalarda kuchsiz rivojlangan. Siydik qopi chaqaloqlarda ovalsimon, 
bola  hayo’tining  birinchi  yilida  noksimon  shaklga  ega  bo´ladi.  Ikkinchi  bolalik 
davrida  (8-12  yosh)  siydik  qopi  tuxumsimon,  osmir  yoshda  esa  kattalarnikidek 
ko’rinishga ega bo´ladi.  
Chaqaloqlarda  siydik  qopining  xajmi  50-80  kub  sm.  5  yoshda  180  ml 
siydikni,  12  yoshdan  keyin  250  ml  siydikni  saqlaydi.  Chaqaloqlarda  siydik 
qopining  tubi  shakllanmagan,  siydik  qopi  uchburchagi  frontal  joylashgan  va  qop 
orqa  devorining  bir  qismi  hisoblanadi.  Siydik  qopi  devoridagi  sirkulyar  mushak 
qavati    yaxshi  rivojlanmagan,  shilliq  qavati  yaxshi  rivojlangan,  burmalar  yaqqol 
korinadi.  
Chaqaloqlarda  siydik  qopi  topografiyasi  o'ziga  xos  bo’lib,  uning  cho'qqisi 
kindik bilan qovuq simfizi yarmiga yetadi, shuning uchun bu yoshda qiz bolalarda 
siydik qopi qin bilan, o'g’il bolalarda esa to'g'ri ichak bilan tegib turmaydi. Siydik 
qopining  oldingi  devori  qorin  pardadan  tashqarida  joylashgan  va  u  faqat  orqa 
devorni  orab  turadi.  1-3  yoshda  siydik  qopi  tubi  qov  simfizining  yuqori 
chegarasida  joylashgan.  O'smir  oldi  yoshda  qop  tubi  qov  simfizining  o'rta  qismi 
tengligida joylashadi.  O'smir  yoshda qop tubi qov simfizining pastgi chegarasida  
joylashadi.  Keyinchalik  siydik  qopi  tubi  siydik  jinsiy  diafragma  mushak  holatiga 
bog'liq holda pastlashadi. 
Siydik  hosil bo’lishining  funksional xususiyatlari.  
Hozirgi  vaqtda  siydik  hosil  bolishiga    filtrasiya,  reabsorbsiya  va  sekresiya 
jarayonlarining  yig'indisi  deb  qaraladi.  Ko’ptokchalarda  plazma  filtrasiyasi  va 
birlamchi  siydik  hosil  bo'lishi  faol  filtrasion bosim    ta'sirida  yuz  beradi.  Samarali 
filtrasion  bosim  6  dan  26  mm.  Simob  ustinigacha  bolishi  mumkin.  Birlamchi 
siydik  tarkibida  bir  oz  oqsil  bo'lgan  plazmaning  filtrati    hisoblanadi.  Chaqaloqlar 
hayotining  birinchi  oylarida  ko’ptokcha    filtratining  hajmi  ko’ptokcha  filtrasion 
yuzasi o'lchamining kichikligi va uning qalinligi, filtrasion bosim pastligi hisobiga 
kam  bo´ladi.  Bu  bolalarda  koptokchalarning  filtrasiya  qiymati  kreatinin  klirensi 
bo'yicha  30-50  ml/min,  1  yoshda  kattalar  ko'rsatgichiga  yetadi  (80-120  ml/min), 
lekin  bu  yoshda  amplituda  o’zgarishi  bo'lmaydi.  Nefronning  distal  qismida 
reabsorbsiya  va  sekresiya  jarayoni  yuz  beradi,  u  proksimal  kanalcha,  Genli 
qovuzlog'i,  distal  kanalchadan  iborat.  Proksimal  kanalchada  birlamchi  filtratdan 
100% glyukoza, fosfatlar, kaliy, aminokislota, oqsil,  80-85%- suv, natriy, xlorning 
qayta sorilishi vujudga keladi. Bu bolimda yuqori molekulyarli yot moddalar faol 
sekresiyasi yuz beradi (diotrast va boshqalar.)  
Genli  qovuzlog'i  buyrakning  maqiz  qavatida  yuqori  osmotik  aktivlik 
muhitini  tiklashda  qarama  -  qarshi  yonalishli  burilish  tizimi  hisobiga  muhim 
vazifani  o'taydi.  Unda  suv  va  natriy  reabsorbsiyasi  yuz  beradi.    Distal 
kanalchalarda  14%  filtrlangan  suv,  bikarbonatlar,  natriy  ham  reabsorbsiyalanadi.  
Bu  qismda  N+  va  K+  ionlari  sekresiyasi,  yot  moddalar  ekskresiyasi  (bo´yoq, 

 
95 
antibiotiklar va boshqalar) vujudga keladi. Siydikning qo’shimcha konsentrasiyasi 
yig'uvchi naylarda vujudga keladi. Bolalik davrida buyrakning funksional yetukligi 
nisbatan  erta  yuzaga  chiqadi.  Bir  yoshda  yuqori  zo’riqish  sharoitida  siydikni 
osmotik  konsentrlashuvi  kattalarnikiga  yaqinroq  bo´ladi.  Kanalchalar  sekresiyasi 
va  reabsorbsiyasi  1-1,5  yoshda  kattalarnikiga  yaqin  bo´ladi.  Bola  hayotining 
birinchi yilida chiqindilar miqdorini chiqarish uchun, kattalarga nisbatan ko’p suv 
ichish talab etiladi, chunki buyrakning konsentrasion funksiyasi past  bo´ladi. Bola 
hayotining birinchi oylarida uning buyraklari organizmdan ko'p suvni chiqarishga 
qodir emas. Shuni ta'kidlash lozimki, ko'krak suti bilan ovqatlantiriladigan bolalar 
konsentrlangan  siydik  hosil  bo'lishiga  zarurat  yo'q,  ularda  anabolik  jarayonning 
ustunligi  tufayli  ovqat  bilan  kiradigan  ko’pgina  moddalar  oxirgi  mahsulotga 
aylantirilmaydi  (buyrak  orqali  chiqarilishga  ega)  va  ular  organizmda  to'liq  hazm 
bo´ladi.  Sun'iy  ovqatlantirilganda  buyraklar  katta  zo'riqish  bilan  ishlaydi,  chunki 
oqsil    tufayli  zoriqish  birdan  kotariladi,  chiqindi  mahsulotlar  soni  ko'payadi,  qon 
pHi asidoz tomonga siljiydi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  kislotali  -  ishqoriy    holat  nazoratida  buyrakning 
samaradorligi  kattalarga  qaraganda  past.  Shu  bilan  birga,  bola  buyragi  kislotali 
radikallarni 2 marta kam ajratadi, bu turli kasalliklarda asidozni tez rivojlanishiga 
sabab bo´ladi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  buyraklarning  kislota-ishqor  xolatni  nazorat  qilishi 
kattalarnikiga  qaraganda  kam.  Chaqaloqlar  va  ko'krak  yoshidagi  bolalardagi 
naychalar  apparati  rearbsorbsion  funksiyasining  yetarli  emasligi  distal  nefron 
epiteliyasining  yetilmaganligi  va  uning  antidiuretik  gormonga  reaksiyasining 
pastligiga bog'liq.  
Buyrak  palpasiyasi.  V.P.  Obrazsov  bo'yicha  bolani  gorizontal  va  vertikal 
holatda bimanual, chuqur palpasiyasi bajariladi (palpasiya katta yoshdagi bolalarda 
vertikal  holatda  o'tkaziladi).  Bola  orqasi  bilan  yotib,  oyoglarini  yengil  bukadi. 
Tekshiruvchi  chap  qo'lini  barmoqlari  bilan  birga  bolaning  beli  tagiga  qovurgalar 
ravoqi  pastki  qirrasi  sohasiga  qo'yadi.  hollarini  asta-sekin  old  va  orqa  qorin 
devoriga tekkuncha yaqinlashtiradi. qo'l tekkandan keyin bola chuqur nafas oladi - 
buyrakning pastki qismi paypaslanadi. Chap buyrakni paypaslash uchun chap  qo'l 
chap bel sohasiga harakatlantiriladi.  
Bola  tik  turgan  holda  buyrak  palpasiyasi  (S.P.  Botkin  boyicha)  texnikasi: 
bola  to'g'ri  burchak  ostida  engashadi,  qo'lini  pastga  tushiradi.  Tekshiruvchi  chap 
qo'lini bolaning beli tagiga qo'yadi, o'ng qo'lini qorin to'g'ri mushagidan tashqariga 
qovurgalar  ravoqi  togrisiga  qo'yadi.  Palpasiya  texnikasi  xuddi  bola  yotgan 
holatdagidek o'tkaziladi. Sog'lom bolalarda buyraklar sezilmaydi. 
Perkussiya.  Perkussiya  yordamida  qorin  bo'shlig'idagi  erkin  suyuqlik  borligi  va 
siydik  qopining  yuqori  chegarasi  aniqlanadi.  Siydik  qopining  yuqori  chegarasini 
aniqlash  uchun  to'g'ridan-to'g'ri  qorinning  oq  chizigi  boylab  kindikdan  pastga 
perkussiya  otkaziladi,  plessimetr-barmoq  qorinning  pastki  chegarasiga  parallel 
joylashtiriladi.  Siydik  qopi  to'lgan  bo'lsa,  qovuq  ustida  to'mtoq  perkutor  tovush 
aniqlanadi, agar siydik qopi ko'proq to'lgan bo'lsa, qovuqdan yuqorida ham to'mtoq 
tovush eshitiladi. Perkutor tovush qisqargan bolsa, siydik qopi bo'shagandan keyin 

 
96 
qayta perkussiya qilish kerak. qorinning oq chizig'i bo'ylab, kindikdan qovga qarab 
ham perkussiya o'tkazish mumkin. 
Pasternaskiy  simptomi  -  (buyrak  sohasida  ogriqni  aniqlash)  -  bukilgan 
barmoqlar  bilan  umurtqa  pog'onasining  ikki  tomonidan  bel  sohasiga  simmetrik 
holatda tukullatib uriladi. Katta yoshdagi bolalarda tukullatish o'ng qo'l kafti qirrasi 
bilan  chap  qo'l  barmoqlari  ustiga,  bel  sohasiga  qo'yilgan  qo'l  ustida  otkaziladi. 
Sog'lom bolalarda Pasternaskiy simptomi manfiy. 
 
Siydik hosil qilish va siydik ayirish organlari zararlanishidagi  asosiy 
sindromlar va semiotikasi 
 
Bolalarda turli  yosh davrlarida siydik  miqdori va kimyoviy  tarkibi turli xil 
bo´ladi. Siydikning miqdori ko'p sabablarga bog'liq - suyuqlik qabul qilish tartibi, 
havo harorati (yuqori haroratda siydik miqdori kamayadi, past haroratda aksincha, 
siydik  miqdori  ko'payadi).  Bolalarda  siydik  hosil  bo'lishining  xususiyati  -  siydik 
zichligi  pastligi  hisoblanadi.  Ma'lumki,  siydik  zichligi  kanalcha  apparatining 
reabsorbsion funksiyasi bilan xarakterlanadi. Siydik zichligi va uning osmolyarligi 
o'rtasida nisbiy bog'liqlik mavjud.  
Sog'lom  bolada  siydik  osmolyarligi  1200  mg/kg  (bir  yoshgacha  -  400-600 
mg/kg) ga yetadi. Sutkalik osmotik yuklama ning ekskresiyasi uchun siydik xajmi 
400  ml.dan  kam  bo'lmasligi  kerak.  Kam  diurezda  azot  mahsulotlarining  ushlanib 
qolishi kuzatiladi.  
 
Bolalarda sutka davomida ajraladigan siydik miqdori (yoshga bog'liq xolda) 
 
Yoshi 
Siydik miqdori, ml 
 
1-3 oy 
 
170-590 
4-6 oy 
250 
7-9 oy 
275 
10-12 oy 
740 
1-5 yosh 
600 
5-10 yosh 
700 
10-14 yosh 
 
 
 
 
Bolalarda siydikning nisbiy og'irligi (yoshiga bog'liq xolda) 
 
Yoshi  
Siydik miqdori, ml 
Chaqaloqlar  
 
1018-1020 
6-10 oy 
 
1003-1005 
2-5 yosh 
 
1009-1016 
5 yoshdan katta 
 
1011-1025 
 
 

 
97 
Oliguriya  -  siydik  sutkalik  miqdorining  kamayishi  -  siydik  ajralishi  yo’ki 
ishlab  chiqarilishining  buzilishi  belgisi  (sutkada  diurez  0,5  ml/kg/gr  yo’ki 
250ml/m2 tana yuzasidan kichik). Renal oldi, renal va postrenal turlariga bo'linadi. 
Renal  oldi  sabablaridan  eng  ko'p  uchraydigani  buyrak  perfuziyasi 
yetishmovchiligi:  hujayra  tashqarisi  suyuqlik  xajmining  kamayishi,  bu  natriyni 
yo'qotish  (qusish,  ich  ketish,  osmotik  diurez,  kuyish,  ko'p  ter  ajralishi, 
toqimalarning  o'tkir  endogen  yoki  ekzogen  zaralanishida  shok  buyrak  va 
boshqalar), qon sirkulyasiyasi xajmining pasayishi (qon ketish, gipoalbuminemiya, 
sepsis),  yurak  urishi  pasayishi  (miokard  kasalligi,  yurak  nuqsonlari,  perikardit), 
buyrak  tomirlari  zararlanishi  (buyrak  arteriyasi  patologiyasi,  nefroskleroz, 
vaskulit.).  Renal  oliguriya  buyrak  kasalliklari  uchun  xarakterli:  glomerulonefrit, 
o'tkir  interstisial  nefrit,  kanalchalar  o'tkir  nekrozi,  nefrotoksik  moddalar  bilan 
zaxarlanish,  tomirlar  patologiyasi  (emboliya,  infeksion  endokardit,  sistemli 
vaskulit, gemolitik-uremik sindrom (GUS) va boshqalar.).  
Postrenal  oliguriya  -  siydik  ayirish  yollari  obstruksiyasi  bilan  bog'liq 
hollarda  kuzatiladi  (siydik  tosh  kasalliklarida    siydik  nayining  tosh  bilan 
obstruksiyasi,  qon  quyqalari  bilan,  o'smalar,  siydik  chiqaruv    kanali  strikturasi, 
siydik  chiqaruv  kanali  stenozi,  prostata  bezining  kasalliklari  va  boshqalar). 
Oliguriya  ovqat  bilan  yetarli  miqdorda  suyuqlik  berilmaganda  (ko'krak  yoshdagi 
bolalarni  yetarli  oziqlantirilmaganda),  isitmalashda  (perspiratio  insensibilis  ning 
kuchayishi hisobiga nafas olish bilan), qusish va ich ketishda, shish, transsudat va 
ekssudatlar  ko'payganda  kuzatiladi.  Yurak  va  buyrak  kasalliklarida  oliguriya 
anuriyagacha yetadi.  
Diurezning  normadan  1/15  dan  kam  bolishi  (0,15  ml/kg  dan  kam)  yo’ki 
uning  toliqbolmasligi  anuriya  deb  ataladi.  Anuriya  qar  doim  buyrak 
etishmovchiligidan 
 
guvoqlik 
beradi.Oliguriya 
shakllarini 
differensial 
tashqislashda  funksional  sinamalar  yo’rdam  beradi.  Oliguriya  va  anuriya  o'tkir 
siydik  tutilishi  bilan  differensial  tashxis  qilinadi,  unda  siydik  ajralishi  kuchli, 
qiynovli,  og'riqli  bo´ladi,  bezovtalik  yaqqol  ko'rinadi  va  paypaslanganda  siydik 
qopi  to'laligi  aniqlanadi.  Bolalarda  o'tkir  siydik  tutilishini  fimoz,  balanopostit, 
siydik qopi toshi va siydik chiqaruv kanali toshi chaqiradi. 
 
Poliuriya.  Bunda  diurezning  normaga  nisbatan  2  marta  ko’payishi  yoki 
siydik  miqdorining  sutkada  >1500  ml/m2  dan  ko’p  bolishi  tushuniladi.  Suv 
reabsorbsiya  koeffisientining  1%  dan  pasayishi  diurezni  300-500  mlga 
ko'payishiga olib keladi. Poliuriya fiziologik sharoitlarda ham kuzatilishi mumkin.  
Odatda ko'p miqdorda suyuqlik qabul hilganda, ruhiy buzilishlarda (diagnostikada 
quruq  ovqatlanish  sinamasi  yordam  beradi  -  bu  sinamada  buyrakning 
qonsentrasion  funksiyasi  normada  bo´ladi.)  Poliuriya  qandli  (siydik  bilan  ko'p 
miqdorda  qand  ajralishi,  siydikning  nisbiy  zichligi  yuqori)  va  qandsiz  diabetda 
(polidipsiya, poliuriya, siydik zichligi past (<1005)) kuzatiladi. Agar siydik zichligi  
1010  dan  oshsa,  qandsiz  diabet  tashxisi  qo'yilmaydi.Siydik  rangi  va  xidining 
o'zgarishi.  Normal  siydik  sariq  rangli  va  tiniq.  Sovuq  qarorat  ta'sirida  tuzlar 
chokmasi hisobiga xiralashadi.  
Siydik  tiniqligining  o'zgarishi  unda  ko’p  miqdorda  tuzlar,  xujayra 
elementlari,  shilliq  va  yog'ga  (lipuriya)  bog'liq.  Agar  siydik  isitilganda  xiraligi 

 
98 
ketsa,  bu  uratlarning  ko’p  miqdorda  ekanligini  bildiradi.  Agar  xiraligi  isitilganda 
yogolmasa,  bir  necha  tomchi  sirka  kislotasi  qo'sрiladi  -  xiralik  yo'qolsa  fosfatlar 
ko'pligi,  ko'piklansa  karbonatlar  ko’pligini  bildiradi.  Siydikka  aralashtirilgan  tuz 
kislota  qo'shilsa,  xiraligi  yogolsa  bu  shavelnordon  tuzlar  borligini  bildiradi,  agar 
siydik  xiraligicha  qolsa  xujayra  elementlari  (cho'kmani  mikroskopik  tekshirishda 
aniqlanadi), siydik kislota tuzlari, shilliq  yog' borligini bildiradi. 
 
Poliuriyada (qandli va qandsiz diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligida) 
tiniq-sariq, rangsiz siydik kuzatiladi. Siydik taxlilida leykositlarning 6-8 tadan ko'p  
ko'rinishiga  leykosituriya  deb  aytiladi.  U  siydikning  ishqoriy  reaksiyasi  bilan 
kechadi.  Odatdagi  siydik  taxlillarida  xar  doim  ham  leykosituriya  aniqlanmaydi, 
gumon  qilinganda  maxsus  tekshirish  usullari  o'tkaziladi,  ulardan  keng  tarqalgani 
Addis-Kakovskiy va Nechiporenko sinamalaridir. 
 
   Addis-Kakovskiy    sinamasi  uchun  sutkalik  siydik  yig'iladi  va  qonning 
shaklli  elementlari  soni  aniqlanadi  (uning  sutkalik  xajmini  hisobga  olgan  xolda). 
Normada 1 ml siydikda leykositlar 2 mlndan oshmaydi, eritrositlar 1mln, silindrlar 
100 ming.  
 
Nechiporenko  usuli  -  amaliyotda    siydikni  tekshirishning  eng  qulay  usuli 
hisoblanadi,  tahlil  uchun  ertalabki  siydikning  o'rta  porsiyasi  olinadi  va  1  mlda 
shaklli  elementlar  soni  aniqlanadi:  1  ml  siydikda  2  ming  leykositlar,  1  ming 
eritrositlar topilsa sinama normal sanaladi.  
Reberg  sinamasi  -  buyrakning  filtrasion,  reabsorbsion  funksiyasini  baxolaydi, 
minutli  diurez,  qon  plazmasi  va  siydikda  kreatinin  konsentrasiyasini  aniqlash 
asosida  o'tkaziladi, endogen  kreatinin  odamda  filtrasiya  yo’rdamida  ajraladi,qayta 
reabsorbsiya  qilinmaydi,  kanalchalarda  faol  sekresiyaga  uchramaydi,  shu  sababli 
klirens  (qonning  endogen  kreatinindan  tozalanishi)  ko’ptokcha  filtrasiyasi 
o'lchamini  belgilaydi.  Normada  koptokcha  filtrasiyasi  85-120  ml/minga  teng. 
Kanalchalar reabsorbsiyasi  - 99 %ni tashkil etadi. 
 
Leykosituriya  -  siydik  infeksiyasining  hattoki  yashirin  kechishida  xam, 
asosiy  belgilaridan  biri.  Lekin  umumiy  siydik  analizi,  Addis-Kakovskiy  va 
Nechiporenko  sinamalari  leykosituriya  manbaini  aniqlab  bermaydi.  Ba'zida, 
pielonefritni  tasdiqlash  uchun  siydik  "aktiv,  tirik"  leykositlarga  tekshiriladi 
(Shtengeymer-Malbin  xujayralari).  ShtengeymerMalbin  xujayralarini  topish 
diagnostik  bahosi  nisbiy,  ba'zida  aktiv  pielonefritda  ham  ular  aniqlanmaydi,  bu 
xujayralarni  topish  uchun  osmotik  bosim  va  leykositlarning  osmotik  ustunligini 
aniqlash kerak.  
 
Yashirin  leykosituriyani  aniqlash  uchun  provakasion  sinamalar  o'tkaziladi, 
masalan, prednizolon testi.  Buning uchun Nechiporenko bo'yicha 4 porsiya siydik 
yiqiladi:  birinchisi  vena  ichiga  30  mg  prednizolon  yuborishdan  1  soat  oldin  va 
qolgan  uchtasi  -  uni  yuborgandan  keyin  xar  1  soatda.  Leykositlarning  absolyut  
soni  sanaladi  (xar  bir  porsiya  xajmini  hisobga  olgan  xolda).  Agar  prednizolon 
yuborilgandan  keyin  leykositlar  soni  3  martaga  ortsa  yo’ki  bu  xujayralar  siydik 
bilan 4 mingdan kam xolda ajralsa, sinama musbat deyiladi. Yiringli yallig'lanishni 
aseptikdan  differensial  tashqis  qilish  uchun  (glomerulonefrit,    lyupus  nefrit  va 
boshqa) leykositogramma aniqlanadi (siydikni sentrafugadan o'tkazilgan chokmasi 
buyum oynasiga qo'yiladi, gematoksilineozin bilan bo'yaladi va leykositar formula 

 
99 
foizlarda  sanaladi.  Siydik  chokmasida  neytrofillar  ko'p  bo'lishi  bakterial,  yiringli 
yallig'lanishga  xarakterli.  Shuni  ta'kidlash  lozimki,  qiz  bolalarda  leykosituriya 
siydik  chiqarish  a'zolari  zararlanishi  bilan  bogliq  bolmasligi  mumkin,  bu  "yolqon 
leykosituriya"  deyiladi.  U  jinsiy  a'zolar  yalliglanishi  va  atrofidagi  terining 
zararlanishi bilan bog'liq bo´ladi. Yaqqol leykosituriya (piuriya) buyrak yoki siydik 
ayirish  yo'llari  yalliglanish  jarayoni  (buyrak  sili,  pielit,  sistit,  pielonefrit)  urostaz 
fonida kuzatiladi. 
 
Leykosituriya  siydik  tizimi  mikrobli  yalliglanish  jarayonida  bakteruriya 
bilan  kechadi.  Chin  bakteruriyada  -  1  ml  siydikda  100  000  mikrob  tanachalari 
aniqlansa,  siydikni  orta  porsiyasi  tekshirilganda,  tashqi  jinsiy  a'zolar  tualetidan 
keyin,  steril  idishga  erkin  siydik  ajratilsa  yo’ki  1  ml  siydikda  10.  000  dan  kam 
bo'lmagan,  kateterizasiyada  olingan  siydikdagi  leykositlar  soni  aniqlanadi.  Ba'zi 
xollarda  neytrofilli  leykositlarni  aniqlanishi  xam  siydikda  mikrob  tanalari 
borligidan  dalolat beradi. 
 
Gematuriya  -  ertalabki  siydik  porsiyasida  koruv  maydonida  3  dan  ortiq 
eritrositlar  bo'lsa  (Nechiporenko  boyicha  1  ml  siydikda  1000  dan  ortiq  yo’ki 
Addis-Kakovskiy  bo'yicha  sutkalik  siydikda  1  000  000  dan  ko'p)  diagnostika 
qilinadi. 
Intensivligiga 
ko'ra 
mikro- 
va 
makrogematuriyaga 
bo'linadi. 
Mikrogematuriyada  siydik  rangi  o'zgarmaydi,  siydik  chokmasini  mikrosko’piya 
qilinganda 
eritrositlar 
(100 
tagacha 
yarim 
ko'rikda) 
aniqlanadi. 
Makrogematuriyada siydik qizil yoki pushti rangda bo´ladi, tiniq yoki xira (go´sht 
yuvindisi  k'orinishida)  bo'lishi  mumkin.  Buyrak  gematuriyasi  koptokcha 
kapillyalarining    yuqori  o'tkazuvchanligi  bilan  tushuntiriladi,  glomerulyar 
membrananing  nostabilligi,  buyrak  tomir  ichi  koagulyasiyasi  interstisial  to'qima 
zararlanishi  bilan  xarakterlanadi.  Glomerulyar  eritrosituriya  xarakterli  belgisi 
membrananing  notekis  qalinlik  korinishida  ozgarishi  (80%  eritrosit).  Gematuriya 
fiziologik  bolishi  mumkin,  bu  sportsmenlarda  zo'riqishdan  keyin  unchalik  ko’p 
bo'lmagan eritrositlar miqdorning siydikda paydo bolishi yo’ki ortostatik xolatlarda 
(agar  ertalabki  siydik  porsiyasida  eritrosit  bo'lmasa)  kuzatiladi.Birlamchi  yoki 
ikkilamchi  buyrak  shikastlanganda  renal  gematuriya  rivojlanadi,  siydik    ayirish 
yollari  pastki  qismi  kasalliklarida-  postrenalgematuriya  rivojlanadi.  Gematuriya  
alohida  bo'lishi  mumkin  yoki  proteinuriya,  leykosituriya,  silindruriya  bilan  birga 
kelishi  mumkin.  Buyrak  jomchalaridan  uretragacha  bo'lgan  qismdan  qon  ketishi 
izolyasiyalangan  gematuriyaga  olib  keladi,  bunda  siydikda  oqsil,  xujayra  va 
silindrlar  miqdori  unchalik  ko’paymaydi.  Izolyasiyalangan  gematuriyaning  eng 
tarqalgan  sababi  tosh,  osma,  jaroxat,  IgA  nefropatiya,  sil,  gemolitik  anemiya. 
Xarakteriga kora gematuriya  quyidagi shakllarga bo'linadi: 
 inisial  (birinchi  siydik  porsiyasida  qon  paydo  bo'lishi,  siydik  chiqarishning 
boshida uretraning shikastlanishidan guvoq bo´ladi);  
terminal (siydik chiqarish aktining oxirida- siydik qopi kasalliklariga xarakterli);  
total  (siydik  chiqarish  aktida  eritrositlarning  bir  xilda  tarqalishi-  gematuriyaning 
buyrakli kelib chiqishidan dalolat beradi.) 
 
Oliguriya - siydik sutkalik miqdorining kamayishi - yetarli darajada suyuqlik 
qabul qilinmaganda, isitmali kasalliklarda, qusish va ich ketish, yurak va qon-tomir 

 
100 
yetishmovchiligida,  (dekompensasiya  davri  va  shish  paydo  bo'lganda),  o'tkir 
buyrak yetishmovchiligida, nefritda kuzatiladi. 
 
Anuriya  -  bunda  sutkalik  diurez  1/15<  normadan  kam  bo´ladi.  Anuriya  xar 
doim buyrak yetishmovchiligidan dalolat beradi. 
 
Poliuriya  -  diurezning  normaga  nisbatan  2  marta  ko’payishi.  Normada  2/3 
yoki    ¾    miqdori  -sutkalik  siydik    kunduzi  ajraladi,  qolgan  miqdori-  kechasi 
ajraladi. 
 
Nikturiya - tungi ajralgan  siydik  miqdorining kunduzgiga nisbatan oshishi. 
Buyrak  kasalligidan dalolat beradi. 
 
Gipostenuriya - siydik zichligining past bo´lishi (1002-1005). Ko'p suyuqlik 
ichganda, shish  qaytganda,  qandsiz  diabetda,  surunkali  nefrit  oxirgi  bosqichlarida 
buyrak yaqqol buyrak yetishmovchiligidan dalolat beradi. 
 
Izostenuriya  -  siydik  zichligi  qon  plazmasi  zichligiga  barobar  (1010-1012). 
Bu buyrak yetishmovchiligining og'ir shaklini ko'rsatadi. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin