Xalmatova b. T. Boboyeva u. R



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

fetopatiya deb ataladi. Fetopatiya nasliy bo'lishi mumkin.  
Orttirilgan fetopatiyada  patogen agentlar bevosita homilaga ta'sir ko'rsatadi 
yoki yo'ldoshni zararlaydi, homila nobud bo'lishiga olib keladi,  homila gipoksiyasi 
yoki  muddatidan  oldin  tug'ruqqa  sabab  bo’ladi.    Infeksion  fetopatiyalar  vujudga 
kelishiga  suv  chechak  virusi,  Koksaki,  bakteriyalar    sabab  bo’ladi.  Nasliy 
fetopatiyalarga mukovissidoz, fibroelastoz va boshqalar kiradi. Barcha homila ichi 
kasalliklari, embrio va fetopatiyalar ham, kimotopatiyalar deb ataladi.    

 
15 
Homilaning  to'g'ri  rivojlanishi  uchun  tuqruqgacha  (antenatal)  davrda  
homilani  muhofaza  qilish  katta  ahamiyatga  ega.  Umuman  ayollar  sog'liqini 
muhofaza qilishga to'g'ri keladi. Shunday qilib, homila ichi rivojlanish davrida bir 
qancha  profilaktik  tadbirlar    qo'llanilishi  mumkin.  Natijada  homiladorlik  normal 
o'tgan sog'lom ayoldan 10 - oylikning oxirida sog'lom yetuk bola tug'iladi.   
 
Chaqaloqlik davri  
Boshqacha  aytganda,  bu  davr  neonatal  davr  deyiladi.  Chaqaloqlar  uchun 
homiladorlikdan  tashqari  yangi  muhitga  moslashish  holati  xarakterlidir.  Bola 
tug'ilishi  bilan  kislorod  va  ozuqa  moddalarni  organizmga  kirishi  o'zgaradi,  o'pka 
nafasi va doimiy qon aylanish yaratiladi. Qonning morfologik va fiziko - kimyoviy 
xususiyatlari  o'zgaradi,  ovqatlanish  bezlarini  sekresiyasi  boshlanadi.  Bir  vaqtning 
o'zida kindikning  mumifikasiyasi    va  tushishi, bolada kindik  yarasining bitishi  va 
boshqalar yuz beradi.  
Chaqaloqlarda  turli  organlarning  funksional  yetishmovchiligi  fiziologik 
sariqlik,  dispepsiya,  albuminuriya,  tranzitor  isitma,  tana  vaznining  fiziologik 
yo'qolishiga  sabab  bo’ladi.  Ona  organizmining  gormonal  ta'siri  sababli, 
chaqaloqlarda  mastit  -  ko'krak  bezlari  shishi,  qindan  qon  aralashma  kelishi  va 
vulvovaginitlar paydo bo’ladi.  
Chaqaloqlik  davri  uchun  quyidagi  patologik  holatlar  harakterlidir:  chalalik, 
funksional  yetishmovchilik  va  boshqa  rivojlanish  nuqsonlari  -  faqatgina, 
chaqaloqlik  davrida  rezus  nomutanosiblik  holati  uchraydi,  ona  va  bola  o'rtasida 
antigen  nomunosiblik,  tug'ma  gemolitik  kasallik  sariqlik  bilan,  sariqsiz  va  shish 
bilan uchraydi.  
Chaqaloqlar  qizamiq,  qizilcha,  skarlatina  va  ko'kyo'tal  bilan  umuman 
og'rimasliklari mumkin. Bo'g'ma, qorin tifi, paratif kasalliklari, suv chechak o'ziga 
xos kechishiga ega bo'lib,  abortiv shaklda kechadi.  
Chaqaloqlar  organizmining  bu  infeksiyalarga  chidamliliigi  onadan  bolaga 
antitelolarning  yo'ldosh  orqali  passiv  holda  homila  ichi  davrida  va  ko'krak  suti 
bilan  ovqatlantirilganda  o'tishi  bilan  tushuntiriladi.  Chaqaloqlarda  stafilokokk, 
strektokokk, ichak tayogchalari shtammiga va salmonellyozga yuqori sezuvchanlik 
aniqlanadi.  Bu  mikroorganizmlar  chaqaloqlarda  og'ir  toksikoseptik  holatlarni 
chaqiradi.  
Chaqaloqlarda  markaziy  nerv  sistemasi  yetuk  emasligi,  himoya  vazifasi 
yetarli  rivojlanmaganligi  yuqori  o'lim  holatiga  olib  keladi.  Shuning  uchun 
chaqaloqlar uchun aniq sanitariya - gigiena sharoitini yaratishga to'g'ri keladi. Agar 
bola muddatidan oldin tug'ilsa (270 - 280 kundan oldin) u chala tug'ilgan deyiladi, 
lekin  yashashi  mumkin,  ya'ni  bachadon  ichidan  tashqarida  (homila  ichidan 
tashqari) ham  o'sishi mumkin.  Homiladorlik  muddatidan oldin yuzaga kelsa, bola 
chala, yetuk bo'lmay tug'iladi.  
Bunday  chala  tug'ilgan  bola,  homiladan  tashqari  sharoitga  yetarli  darajada 
moslashmagan  va  alohida  parvarishga  muhtoj  bo’ladi.  Shuning  uchun  aniqlash 
zarur, u yetuk tug'ilganmi yoki chala tug'ilganmi? 
Bolaning  yetuk  tug'ilganligini  aniqlash  uchun  birinchi  navbatda  bola 
tug'ilgandan  so'ng  bo'yi  va  vaznini  hisobga  olish  kerak,  ular  yaqqol  belgilarga 

 
16 
kiradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, yetuk tug'ilgan bolaning tug'ilgandagi o'rtacha 
vazni  3.200-3.600  g,  bo'yi  48-52  sm.  yetuk  tug'ilgan  bolada  tug'ilgandagi  eng 
kichik  vazni  2.500  g,  bo'yi  45-46  sm.  Chaqaloq  bolalar,  tug'ilganda  2500  g  dan 
kam  vazni  bo'lsa  va  bo'yi  45  smdan,  kichik  bo'lsa  bola  chala  tug'ilgan  deyiladi. 
Umuman  olganda, homila  6 oylikdan  oldin tug'ilsa va vazni  900-1000 g bo'lsa, u 
yashamaydi.  
Chalalikning  pastki  chegarasida  vazn  1000  gdan  kam,  bo'yi  35  sm. 
Chaqaloqlar bu ko'rsatkichlardan past tug'ilsa, kechki homila tushishlarga kiradi. 
 Yuqorida  keltirilgan  korsatkichlar,  bolaning  bo'yi    va  vazni  tug'ilganda 
yetuk  tug'ilishning  ko'proq  yoki  kamroq  ishonchli  belgilari  hisoblanadi,  lekin  bu 
ko'rsatkichlarning  o'zgarib  turishi  ushbu  chaqaloqning  yetuk  yoki  chala 
tug'ilganligini  belgilovchi  asos  bola  olmaydi.  Muddatidan  oldin  tug'ilgan  yirik 
homila  yetuk  tug'ilgan  chaqaloqlardan  ham  kattaroq  bo'lishi  mumkin.  Shuning 
uchun  tana  vazniga  -  o'lchamiga  ahamiyat  berib  qolmasdan,  homiladorlikning 
oxirgi  haftalarida  homilada  uchraydigan  boshqa  nisbiy  belgilarga  ham  e'tibor 
berish.  
 
Etuk tugilgan va chala tugilganlik nisbiy belgilariga quyidagilar kiradi:  
1. Yetuk tug'ilgan chaqaloqlar terisi pushti - qizil, silliq, elastik, yelkada, orqasida, 
ko'kraklar orasida qisman tukchalar bo’ladi.  
Chala  tug'ilgan  bolalarda,  chalalikning  darajasiga  qarab,  terisi  juda  yupqa,  aniq 
qizil rangda sianotik soyalar, yaltiroq yog' bilan qoplanganday yoki quruq, yuzida, 
asosan yonoqlari, ko'kragi, yelkasida, orqasida tukchalar yaqqol ko'rinadi,  
2.  Yetuk  tug'ilgan  chaqaloqlar  qichqirig'i  baland,  jarangdor,  chala  tug'ilganlarda 
kuchsiz, jarangsiz, past.  
3.  Yetuk  tug'ilgan  chaqaloq    harakatlari  aktiv,  sekin,  tarqoq,  koordinasiya-
lashmagan, mushaklar gipertonusda bo’ladi. Chala tug'ilganlarda  harakati kuchsiz, 
mushaklar gipotonik holatda bo’ladi. 
4.  Yetuk  tug'ilgan  chaqaloqlarda  teri  osti  yog  qatlami,  yaxshi  rivojlangan,  turgor 
saqlangan. Chala tugilganlarda esa teri osti yog' qatlami juda sust rivojlangan yoki 
umuman  yo'q  (chalalik  darajasiga  bog'liq),  to'g'imalar  turgori  juda  sust,  teri 
burmalari bilinadi.  
5.  Yetuk  tug'ilganlarda  kalla  suyagi  qattiq,  chala  tug'ilganlarda  yumshoq,  bo'sh. 
Choklar va   liqildoqlar yetuk  va chala tug'ilganlarda ham ochiq bo'lishi mumkin.  
6.  Yetuk  tug'ilganlarda  quloq  supralari  qattiq  tog'ay  to'qimadan  iborat  va  tasviri 
yaxshi  bilinadi  va  kalladan  alohida  turadi.  Chala  tug'ilganlarda  ular  yumshoq  va 
kallaga  yopishib turadi, tasviri  yaxshi bilinmaydi. 
 Ba'zi 
qo' 
llanmalarda 
yozilishicha, 
masalan, 
tirnoqlar 
yaxshi 
rivojlanmasligi,  qiz  bolalarda  jinsiy  tirshiqning  ochiqligi,  o'g'il  bolalarda 
urug'donning yorg'oqqa tushmasligi, bu  belgilar doimiy  emas va ularga asoslanib  
chalalik darajasi tashhis qilinmaydi.  
Yuqorida  ko'rsatilganlardan tashqari bola tug'ilganda yetukmi yoki yo'qmi, 
chalalik  bir  qator  belgilar  bilan    xarakterlanadi,  asosiy  organ  va  to'qimalarning 
funksiyasining  yetishmovchiligi  bilan xarakterlanadi.  
 

 
17 
1.Termoregulyasiyaning buzilishi  
Katta  yoshdagilar  ularni  o’rab    turgan  atrof  -  muhit  haroratining    o’zgarib 
turishiga  qaramasdan,    tana  haroratini    doimiy    ushlab  turadilar.  Bu  doimiylik 
maxsus    mexanizmlar  mavjudligi  bilan    ta'minlanadi,  issiqlik  hosil  bo'lishi  va 
issiqlik ajratish mexanizmlarini boshqariladi, shuning uchun bu ikki jarayon  bir xil 
tenglikda  boradi. 
Zamonaviy  fiziologiyada  termoregulyasiya  markazi  deyilganda  tor  soxalar 
emas, bir - biriga bog’liq tizimlar markazi   tushuniladi. Bu markazlarga do’mboq 
osti  (gipotalamus)  va  kulrang    do’mboq  sohasi  kiradi.  Ular  bilan  tomirlar,  ter 
ajratish,  nafas  markazi,  moddalar  almashinuvi  markazi  va  boshqa  markazlar 
bog’langan. Yuqorida kўrsatilgan markazlar o’z navbatida bosh miya po’stlog’ida 
joylashgan 

termoregulyasiyaning  oliy  markaziga  bўysinadi.  Issiqlik 
markazlarining qo’zg’alishi  shartli  reflector  tarzda o’tadi,  lekin terining sezuvchi 
nervlari,  ayniqsa  qon  orqali,  ichki  sekresiya  bezlari  gormonlari  orqali  o’tadi 
(qalqonsimon  bez  yoki  gipofiz).  Yuqorida  ko'rsatilgan,  termoregulyasiyaning 
barcha mexanizmlari bir - biri bilan o'zaro bog'liq, bir butun murakkab sistemaning 
zanjiri  hisoblanadi,  oliy  regulyator  markaz  -  bosh  miya  po'stlog'iga  bo'ysinadi. 
Bolalarda ushbu termoregulyasiya tizimi yetarli rivojlanmagan. Bola  qancha yosh 
bo'lsa, bu xususiyati shuncha kam rivoj  topgan.  
Chaqaloqlarda  termoregulyasiyaning  yaxshi  rivojlanmaganligi,  ayniqsa 
chala  tug'ilganlarda  bosh  miya  po'stlog'ining  issiqlik  markazlarining  yaxshi 
rivojlanmaganligi,  hamda terining (periferik termoregulyasiya apparati) funksional 
yetuk  emasligiga  bog'liq.    
 Chaqaloqlarda  terining  termoregulyasiya    funksiyasi  anatomik  xususiyati 
jixatdan  yetarli  emas. Qon tomirlar to'rining  ko'pligi, teri mushaklarining kuchsiz 
rivojlanishi, tana yuzasining  nisbatan kattaligi  (kattalarnikiga  nisbatan 2-3  marta 
ko'p)  va  issiqlik    markazlarining  yetarli  rivojlanmaganligi  bunga  sabab  bo’ladi. 
Chala  tug'ilgan    bolalarda    asab    sistemasi  markazlari  yaqqol  shakllanmagan,  teri 
osti yog' qavati  kuchsiz rivojlangan. 
 Bola  sovuq  qotganda  tana  harorati  past  raqamlargacha  35-32°S    tushadi, 
atrof  -  muhit  yuqori  temperaturasida    tez  isib  ketadi  va  tana  harorati  40°S  gacha 
ko'tariladi.  Bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki,  chala  tug'ilganlarda  organizm 
issiqligini  saqlash    uchun  sun'iy  choralardan  foydalaniladi  va  bu  isitish  xaddan 
tashqari tana haroratining ko'tarilishiga olib kelmasligi kerak.    
 
2.Nafas olishning buzilishi 
Nafas markazlarining, ko'krak qafasi, o'pkaning yetarli rivojlanmaganligi  va 
nafas olish mushaklari  kuchsizligi sababli chala  tug'ilganlarda yuzaki va noto'g'ri 
nafas   bo´ladi,    ritm    va  amplitude   buziladi. Ularda ko'proq  Cheyn  -  Stoks nafas 
olish  turi  aniqlanadi.  Tez  -  tez  nafas  olish    yo'nalishi  chala  tug'ilganlarda, ba'zida 
uzoq nafas to'xtashi, ya'ni kislorod  yetishmasligi, asfiksiya  xuruji yuzaga kelishi 
mumkin.  Chala    tug'ilganlar    bo'g'ilib    ko'karadi,  bu    qonda  kislorodning  kamligi 
sababli  yuz  beradi.    Bundan  tashqari  bola  hayotining  birinchi  kunidayog    chuqur 
nafas  olishning  yetarli  bo'lmasligi  ularda atelektaz rivolanishiga  sabab bo´ladi.  
 

 
18 
3.Ovqat - hazm qilish traktidagi buzilishlar.  
Chala  tug'ilganlar  so'rish  harakatlarining  kuchsizligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular  xar 
doim  xam  o'zlari  ko'krakni    emaolmaydilar.  Chalalikning  yuqori  darajasida  och 
qolish hissi umuman bo'lmaydi va bola yutina olmaydi.  
 
4.  Chala  tug'ilganlarda  sklerema  paydo  bo’ladi.  Sklerema  -  bu  teri  va  teri  osti 
yog'  qavatining    qattiqlashuvi.  Ba'zida  bu  holat  shish  bilan  kechadi  -  skleredema 
deb  ataladi.  Sklerema    oyoglardan    boshlanadi,  keyinchalik  qovuq    va  tanaga, 
qo'llarga  tez  o'tadi.  Sklerema  atrof  -  muhit  past  haroratida  va  bolaning  yetarli 
shakllanmaganligida  yuzaga  chiqadi.  Chala  tugilganlarda  sklerema  sababi  olein 
kislotasining yetarli emasligidir.  
5.Chalalikning  eng  muhim  hususiyatlaridan  biri  qontalashlarga  moyillikdir
asosan kalla ichi, tomirlarda elastik tukimaning yetarli emasligi sabab bo´ladi. 
 
Chaqaloqlik davri xususiyatlar 
  
Bu  davr  uchun  quyidagilar  xarakterlidir:  tana  vaznining  fiziologik 
yo'qotilishi;  fiziologik  sariqqlik;  terining  fiziologik  qizarishi  (katari);  tranzitor 
lixoradka (bezgak), siydik nordon infarkti va jinsiy kriz.  
 
1.  Vaznni  fiziologik  yo'qotish.  hamma  yetuk  tug'ilganlarda,  hayotining  birinchi 
kunidan keyin tana vaznini yo'qotish kuzatiladi. Tana vaznini yo'qotish birinchi 3-4 
kunda,  ba'zida  6-  kunlarigacha    chozilishi  mumkin.  Tana  vaznini  yo'qotish 
bolaning  umumiy  ahvoliga  ta'sir    ko'rsatmaydi,  bu  fiziologik  holat,  bundan 
vaznning fiziologik tushishi  termini kelib chiqqan. A.F.Tur bo'yicha quyidagicha 
aniqlanadi: vaznni  yo'qotish qiymati  6% dan 10% gacha, etuk tug'ilganlarda 150 - 
300  grammni  tashkil    qiladi.  Chaqaloqlarda    tana  vaznining    bunday    tushishi, 
tanadan  suv  yo'qotish,  asosan  o'pka  va  teri  orqali  suv  yo'qotadi  (70  -  75%).  10  - 
20%ni  siydik,  najas  va  qusiq  moddalari,  tug'ruq    vaqtida    homila  oldi  suvining 
yutishi va onaning tug'ruq  yo'llaridagi boshqa  ajralmalarni  yutishi  tashkil etadi. 
Chaqaloqlar  yo'qotgan  suv  to'qima    suvi    va  qisman    organizm  o'qimasi 
parchalanishi, oqsil, yog' parchalanishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  
Bola hayotining birinchi kunlarida jarohatlansa  ularda lanjlik paydo bo’ladi, 
ovqatlanishi    buziladi.  Birdan  sarg'ayib  ketishda    ham  bolalar  lanj  bo’ladi,  tana 
vaznini  yo'qotadi.  Atrof  temperaturasining    yetarli  bo'lmasligi,  chaqaloqni  sovuq 
qotishiga  olib  keladi,  issiqlik  ajratish    ko'tariladi  va  tana  vaznining  ko'p 
yo'qotilishiga  sabab  bo'ladi.  Fiziologik  tana    vaznini  yo'qotishning  asosiy  sababi 
yetarli ovqatlanmaslik hisoblanadi. Birinchi yo'qotilgan  vaznning to'liq  tiklanishi   
hayotining 2 - haftasiga  to'g'ri  keladi.  
2.  Fiziologik  sariqlik.  80-90%  chaqaloqlarda  2  -  3  kundan  boshlab,  teri 
rangi,  shilliq  qavati,    sklerasi    sarg'ayishi  kuzatiladi.  Terining  sarg'ayishi  yuzda, 
ko'krakda,  orqada    kuzatiladi,  ba'zida  faqatgina    yuzi,  oyog  -  qo'l  kaftlarida 
kuzatiladi. Og'iz bo'shlig'i  shilliq  qavatlari, milk,  tanglay  yaqqol sarg'ayadi. Bu 
sag'ayishlar  har  xil  darajada  oq    rangdan,    limonli  -  sariq,  zaytun  rangigacha 
bo´ladi. Chala  tug'ilganlarda    sariqlik    yaqqol  rivojlanadi. Bu  sariqlik 2-3  kundan 

 
19 
keyin ko'payadi va hayotining 10-15 kunlarida  yo'qoladi. Ba'zida 3-4 hafta, chala 
tug'ilganlarda 6 haftagacha saqlanadi.  
Bunda bolaning  umumiy ahvoli o'zgarmaydi. Peshobi tinik, o't pigmentlari 
yo'q,  najas  normal  rangda  (kuchuk  najasi  rangi  yoki  oq  rangda  emas).  Fiziologik 
sariqlikni  o'tkazgan    chaqaloqlar    qonida  bilirubin    miqdori    yuqori    bo´ladi. 
Fiziologik  sariqlik    patogenezida  bir  qancha  nazariyalar  mavjud.  Zamonaviy 
qarashlarga  ko'ra,  fiziologik    sariqlikda    asosiy  rolni  eritrositlar  parchalanishi 
(gemolizi)  o'ynaydi.  
Tug'ilganda  eritrositlar  soni  5  milliondan  ortiq  bo´ladi.  Bunda  ko'p  sonli 
eritrositlar  yetarli    darajada  kislorod  bilan  ta'minlanmaydi  (homilaning  arterial 
qonida kislorod miqdori ona arteriyasiga nisbatan 4 marta kam). Bola tug'ilgandan 
keyin  gemoglobinni    kislorod  tashishi  ko'payadi,  shuning  uchun  ko'p  sonli 
eritrositlar  o'limiga  olib  keladi,  gemoglobin  parchalanadi,  bilirubin  hosil  bo´ladi. 
Boshqa  tomondan,  chaqaloqlarda  eritrositlarning  ko'p  parchalanishi,  ular 
rezistentligining  pastligi, yaxshi shakllanmaganligi bilan tushuntiriladi. Eritrositlar 
parchalanishi    natijasida  hosil  bo'lgan  bo'yovchi  moddalar  miqdori  jigarga  o'tadi, 
lekin jigar fiziologik  yetishmovchiligi natijasida ularni qayta ishlay olmaydi va bu 
moddalar 
qonga 
o'tadi, 
bilirubinemiya 
rivojlanadi. 
Kapillyarlar 
o'tkazuvchanligining yuqoriligi bu  pigmentlarning teriga  o'tishiga sabab bo´ladi,  
teri  sariq rangga kiradi.  
3.  Terining  fiziologik  qizarishi  (katar).  hamma  chaqaloqlarda  hayotining  2  - 
kunidan  boshlab,  yorug'lik,  havo,  atrof  -  mugit  past  harorati  natijasida  terisi 
qizaradi.  Bu  qizarish  chaqaloqlar  fiziologik  eritemasi  deyiladi.  2-3  kundan  keyin 
o'tadi,  o'zidan  keyin  bir  ozgina  teri  sqilinishini  (kepaklanish)  qoldiradi.  Chala 
tug'ilgan chaqaloqlarda terining fiziologik eritemasi g'isht - qizil rangda bo´ladi va 
uzoq saqlanadi.  
4.  Tranzitor  yoki  o'tib  ketuvchi  bezgak.  Bu  chaqaloqlarning  alohida  holati 
hisoblanadi,  chaqaloqlar  tana  harorati  yuqori  raqamlargacha  (39-40˚S)  ko'tariladi. 
haroratning  tushishi  hayotining  3-4  kunlarida  bo´ladi  va  bir  necha  soatdan  2-3 
kungacha davom etadi. Bolaning umumiy holati kam o'zgaradi, ba'zan bolalar lanj 
bo´ladi. Tranzitor bezgakning kelib chiqish sababi, oqsilga boy ozuqalarni iste'mol 
hilganda suyuqlikning kam bo'lishi, asosan chaqaloq hayotining birinchi kunlariga 
to'g'ri 
keladi. 
Ba'zi 
mualliflar 
fikricha, 
bunda 
organizmning 
unda 
sirkulyasiyalanuvchi  pirogen moddalarni neytrallash xususiyati pasayadi.  
 Tranzitor  bezgakda    hech  qanday  medikamentoz  davo  talab  qilinmaydi.  Og'iz 
orqali ko'proq  suyuqlik  ichirish kerak.  
5.  Siydik  -  nordon  infarkti.  Bola  tug'ilgandan  keyin  hayotining  birinchi  kunida 
siydik ajratishdan oldin qattiq (baland) yig'lash kuzatiladi, siydik ajralishi u uchun 
og'riqli  bo´ladi.  Bu  uratlarning    ko'p  miqdorda  ekanligi,  siydikda  siydik  nordon 
tuzlari miqdori  ko'pligidan dalolat beradi. Odatda, bu uratlar siydikda eriydi, lekin 
chaqaloqlarda,  siydik  juda  ozligi  sababli,  bu  tuzlar  kanalchalar  va  buyrak 
jomchalarida to'planadi, siydik nordon infarkti hosil bo´ladi.  
Bola  ko'p  suyuqlik  va  ko'krak    sutini    qabul  hilganda  siydik  miqdori 
ko'payadi,  bunda  siydik    nordon  tuzlari  eriydi,  siydik  ajralishida  bola  bezovtaligi 
yo'qoladi. Siydik - nordon  infarkti  hech  qanday davosiz o'z - o'zidan o'tib ketadi.  

 
20 
6.  Jinsiy  kriz.  Chaqaloqlik  davri    xususiyatlariga  kiradi.  O'g'il  va  qiz  bolalarda 
ko'krak bezlarining shishi (chaqaloqlar mastiti) uchraydi. Bu shish  hayotining 3-4 
kunlarida paydo bo´ladi. Yuqori darajaga 8-9 kunlarida yetadi va 2-3- xaftalarning  
oxirida yo'qoladi . Bezni siqib  ko'rganda, bir necha tomchi xira suyuqlik ajraladi, 
og'iz sutini eslatadi. Sekretni siqish man etiladi,  chunki bu bezning ifloslanishiga 
va  yiringlashishiga  olib    keladi.    Agar  shish  katta  o'lchamgacha    yetsa,  bolada 
bezovtalik  tug'dirsa,  unda  steril  yog'  bilan  iliq  boylam  qo'yish  lozim  va  ko'krak 
bezlarini kiyim bilan bosishdan saqlash kerak.  
Ko'krak  bezlarining  kattalashuvi  va  bez  to'qimalari  vaqtinchalik 
giperemiyasini  chakaloqarda    og'iz  suti  ajralishi  va  sekretor  jarayon    deb  qarash 
kerak. Bu holatning sababi chaqaloq organizmiga onasidan gormonlarning  o'tishi, 
bu  gormonlar  ayollarda  laktasiyani  chaqiradi,  ular  bir  emas,  bir  qancha 
gormonlardir. Jinsiy krizning boshqa ko'rinishi - qindan shilliq, ba'zida qon aralash 
ajralmaning kelishidir. Bu holatlarning sababi, ona organizmi tomonidan gormonal 
ta'sir bilan tushuntiriladi.  
Onadan bolaga o'tadigan gormonlar ta'sirida,  qiz bolaning qin va bachadoni 
giperemiyasi  va  shilliq  qavati  o'zgarishi  yuzaga  keladi,  bu  organlar  holati  katta 
ayollardagi  xayzdan  oldingi  davrni  eslatadi.  Bunday  holatlarga,    qiz  bolalarda 
uchraydigan katta jinsiy lablar shishi va o'g'il bolalarda yorg'oq shishi (tug'ilgandan 
keyin paydo bo´ladi va bir necha kungacha saqlanadi) kiradi.  
 
Ko'krak yoshi davri 
Bu davr uchun oshozon - ichak traktining nisbiy yetishmovchiligi xosdir, bu 
ichak  trakti  shilliq  qavatining  nozikligi,  bezlarning  past    fermentativ  faoliyati  va 
fermentlar aktivligi pastligi bilan bog'liqdir. Shuning uchun bir yoshgacha bo'lgan 
bolalarda ovqat hazm qilish va oziqlanishning o'tkir va surunkali buzilishlari ko'p 
uchraydi.  Bir  yoshgacha  bo'lgan  bola  hayotining  boshqa  xususiyati,    tanasining 
intensiv o'sishidir.  
Bola  hayotining  birinchi  yilida  bola  tana  vazni  200%  ga,  boyi  50%  ga 
ko'payadi. Bu davrda  bola  ozining  motor va  intellektual    rivojlanishining birinchi 
bosqichini o'tadi.  
Ko'krak yoshida ba'zi bir konstitusiya nuksonlari uchraydi: ekssudativ, nerv-
artritik  va  limfatik  diatez.  Bola  skeletining  intensiv  o'sishi,  turg'un  bo'lmagan 
moddalar  almashinuvi  ko'krak  yoshidagi  bolalarda  raxit  kasalligini  keltirib 
chiqarishi mumkin.  
Birlamchi passiv immunitet sekin - asta kamayadi, orttirilgan immunitet xali 
kuzatilmaydi.  Shuning  uchun  ko'krak  yoshi  bolalari  4  -  5  oyligidan  boshlab 
qizamiq,    suv  chechak,  skarlatina,  ko'k  yo'tal,  gripp  va  boshqa  havo  tomchi 
infeksiyalari bilan og'riydi. 
Nafas  olish  a'zolari  anatomo  -  fiziologik  xususiyatlari  pnevmoniya  va 
boshqa  nafas  a'zolari  kasalliklari  ko'payishi  bilan  tushuntiriladi.  Eng  ko'p 
infeksiyaning    kirish  darvozasi  teri,  ichak  shilliq  qavati  va  yuqori  nafas  yo'llari 
hisoblanadi. 
 
 

 
21 
Maktab oldi yoshi davri 
 Bola  organizmi  barcha  funksional  imkoniyatlarining  doimiy  shakllanishi 
bilan  xarakterlanadi.  Ammo  bu  yoshda  bola  yuqori  darajada  nozikligi  va 
jarohatlarga    moyillikning  yuqoriligi    bilan  ajralib  turadi.  Bu  yoshdagi  bolalarga 
harakat    rivojlanishi    va  mushak   kuchlari  ortishi  xosdir. Bu  davrda  atrof  -  muhit 
bilan  muloqotning  kengayishi    infeksion    kasalliklar  bilan  kasallanishga  sharoit 
yaratadi. Shuning uchun bu davrda o'tkir infeksiyalar: qizamiq, skarlatina, bo'g'ma, 
suv  chechak,  dizenteriya,  parotit,  ko'k  yo'tal  va  boshqalar  ko'p  kuzatiladi.  Bu 
yoshdagi  bolalar  boshqa  yoshdagi  bolalarga  nisbatan  yuqumli  kasalliklar  bilan 
ko'proq kasallanadi. Uning sababi, 1 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda o'tkir 
infeksiyalarga nisbatan immunitet pastligi bilan tushuntiriladi.  
Maktabgacha yosh davri 
  Bu  davr    bolaning    keyingi  aqliy  rivojlanishi,  jismonan  o'sishi  va  harakat 
uyg'unligi  bilan  xarakterlanadi.  Bundan  tashqari,  bolalarda  o'z  tengdoshlari  bilan 
muloqotda    bo'lish  talabi  ortadi.  Bu  yoshda  tipik  allergik    reaksiyalar,  bronxial 
astma,  revmatizm,  eshak  emi  va  boshqalar  ko'p  uchraydi.  Tuberkulez  bilan 
zararlanish    ko'payadi.  Maktabgacha    davrda    bolalar    jismonan  va    aqliy  
rivojlanish bo'yicha maktab  hayotiga  tayyorlanishlari  lozim.  
 
Kichik maktab yoshi davri 
Bu davrda  bolalarda mushak tizimi yaxshi  rivojlanadi  va intellekt  yuzaga 
chiqadi. O'g'il va  qiz  bolalarning ruxiy  rivojlanishiga  jinsiy bezlar ta'sir   etadi. 
Bu  yoshdagi    bolalarda    endokrin  disfunksiyalarning    turli    shakllari  uchraydi. 
Yurak  -  qon  tomir    kasalliklari,  revmatizm,  asab,  buyrak  kasalliklari    uchrashi 
ortadi. Ko'pgina kasalliklar bu davrda  xuddi kattalarnikidek  kechadi. Bolalikning 
bu davrida   bolaning  kelajakdagi  xarakteri  shakllanadi.  
 
Jinsiy shakllanish yoki katta maktab yoshi davri  
Bu davr jinsiy bezlarning shakllanishi va ishga tushishi bilan xarakterlanadi. 
qiz  bolalarda  jinsiy  shakllanish  12  yoshdan  boshlanadi  va  16  -  18  yoshlarda 
tugaydi, o'g'il bolalarda bu davr 13 - 14 yoshdan boshlanadi va 18 - 20 yoshlarda 
tugaydi. Issiq iqlim  sharoitida jinsiy  shakllanish 1 - 2 yil erta boshlanadi.  
Bu  davrda  ikkilamchi  jinsiy  belgilar  yuzaga  keladi:  qovuq  va  qo'ltiq  osti 
sohasida  (sochlar)  tuklar  o'sishi,  qizlarda  ko'krak  bezlari  rivojlanishi,  o'g'il 
bolalarda ovoz yo'qonlashuvi  vujudga  keladi.  
Jinsiy  bezlarning  yetukligi  va  funksional  tayyorligini  ko'rsatadigan  belgilar 
qiz  bolalarda  xayz  kelishi  va  o'g'il  bolalarda  uyqu  vaqtida  polyutsiya  bo'lishi 
hisoblanadi.  
Bu  davrda  yurak  qon-tomir  tizimida  funksional  buzilishlar,  o'smir  yuragi, 
o'smirlar  gipertoniyasi  va  nevrozi  kuzatiladi.  Jinsiy  shakllanishda  nuqsonlar 
aniqlanadi.  Kalla  suyagining  yuz  qismi  o'sishi  ustunligi,  miya  qismi  o'sishi 
sekinlashuvi  kuzatiladi.  Ko'krak qafasi va oyoglar tez o'sadi. 
 
 

 
22 
PEDIATRIYaDA  TIBBIY ETIKA  VA DEONTOLOGIYaNING O'ZIGA 
XOSLIGI 
Shifokor  va  bemor  o'rtasidagi  o'zaro  munosabat  faqatgina  bemorning 
individual  xususiyatiga  bog'liq  bo'lmasdan,  balki  uning  ruhiyatiga,  shaxsi  va 
shifokorni o'zini tutishi, umumiy va professional madaniyati, etika va deontologiya 
usullariga   rioya qilishga ham bog'liqdir.  
Etika  -  deontologiya  usullarining  shakllanishi,  bo'lajak  shifokor  dunyo  qarashi  va 
uning kasbiy bilimlari asoslari, tibbiyot oliygohiga kirgandan boshlanadi.  
Deontologiya  -  bu  tibbiyot  xodimining  bemorga  nisbatan  bolgan  professional 
(kasbiy)  va  ahloqiy  majburiyatlari  va  tibbiy  xodimning  huquqlari  to'g'risidagi 
ta'limotdir.  
Bemor  bilan  muloqot  aniq  psixologik  holatni  talab  qiladi.  Shifokorning 
professional  faoliyati,  shifokorni  bemor  bilan  bo'lgan  professional  muloqoti,  
tibbiyot  va  san'at  o'rtasidagi  o'zaro  bog'liqlikdan  dalolat  beradi.  Bemor  bilan 
uchrashganda  avval  salomlashish  kerak  va  suhbatlashishga  ruxsat  so'rash  kerak. 
Har  doim  shifokor  o'zini  tanishtirishi  lozim.  Bemorni  muloqotga  kirishishiga 
yo’rdamlashishi  va  bemorga  yogimli  tarzda  suhbat  o'tkazishi  kerak  (bemordan 
nimadan shikoyatlari borligi; o'zini his qilishi;  ishtahasi;  uyqu ritmi haqida so'rash 
lozim). Ko'proq eshitish, doimo ochiq suhbatlashishga moyillik tug'diradi. Bolajak 
tibbiyot xodimi bemorni eshitish san'atiga ega bo'lishi  kerak.  
Shifokor  -  bemor  -  ota-ona  -  shaxslararo  munosabatning  o'ziga  xos 
uchburchagini  hosil    qiladi.  Bu  uchburchak  bir  xil  tenglikga  ega  emas,  uning 
uchlari  bir  xil  belgili      munosabatlarda  joylashmagan.  Shifokor  kasal  bolaga 
nisbatan  katta  javobgarlikga  ega,  uning    kasallanishi  qo'rquv,  bezovtalik,  ota  - 
onasining doimiy zo'riqishi, kasalning  tez xafa bo'lib qolishi  oddiygina ta'sirlarga 
xam  reaksiya  ko'rsatishi  mumkin.  Bola  doimo  oq  xalatlilarga  nisbatan  qo'rquv 
bilan  qaraydi,  chunki  oq  xalat    unda    og'riq  xissini  eslatadi.  Shifokor  ko'rigidan 
avval,  bola  bilan  muloqot  topish  kerak,  uni  o'ziga  o'rgatish,  diqqatini    chalg'itish 
lozim.  
Kichik  yoshdagi      bolalar    atrof  -  muhit  holatiga  yuqori  reaksiya  beradi; 
agar  ularga    ko'ngilchan    ko'zlar  bilan  bohilsa,  ular  kuladi,  yumshoq  ovozda 
gapirilsa,  bola  jim  turadi,  aksincha  do'g'  urib,    qo'pol  gaplashilsa  bola  yig'lashi 
mumkin  (yomon  qarashdan,  ovoz    balandligidan).  Bolaning  tuzalmas,  og'ir 
xastaliklari ota-onalarning ruhiyatiga  katta ta'sir  ko'rsatadi. Ko'pchilik ota - onalar 
o'zlarining  kasalliklaridan  ham  ko'ra,    bolalari    haqida      ko'proq  qayg'uradilar. 
Shifokor  o'zining  ko'rinishi  bilan  ota  -  onalarga    ularning    bolalari  to'g'risida 
qayg'urishini ko'rsata olishi kerak. 
 Ayniqsa, o'smirlarni davolayotganda deontologiya qoidalariga rioya qilish 
kerak,  chunki  ularda    jinsiy  shakllanish  vaqtida  organizmning  neyroendokrin 
tizimida  o'zgarishlar  yuzaga  keladi,  psixonevroz  rivojlanadi,  qalqonsimon  bez 
faoliyati  buziladi va  boshqa  patologik holatlar yuz beradi. Ko'pincha o'smirlarga 
xos bo'lgan  gumonsirash  shifokordan  alohida deontologik taktikani talab etadi. 
 Etika  ahloq va tenglik  qonuniyatlarini aniqlaydi, uni buzish jinoiy  yoki 
ma'muriy javobgarlikka emas, balki "tenglik sudiga", "halollik sudiga" olib kelishi 
kerak.  

 
23 
Shifokorning to'g'ridan - to'g'ri vazifasi bemor bilan muloqotda psixologik 
yaxshi  yondoshish,  uning  ishonchini  qozonish,  yogimli  va  iliq  muhit  yaratishdan 
iboratdir. 
 Bemor bilan to'g'ri muloqat qilish davolashning muvaffaqiyatli bo'lagi bo'lib 
hisoblanadi.  
 
BOLALARDAN ANAMNEZ YIGISH  XUSUSIYATLARI. 
KASALLIK  TARIXI  SXEMASI. TEKShIRISh  USULLARI 
Fizikal  tekshiruv  usullariga  quyidagilar  kiradi:  so'rab  -  surishtirish,  ko'rish, 
palpatsiya,  perkussiya  va  auskultatsiya.  Bolalarda  ham  ushbu  usullar  asosiy 
hisoblanadi.  
Qo'shimcha  tekshiruv  usullariga:  laborator  va    instrumental  tekshirish 
usullari kiradi.  
Asosiy    tekshiruv  usullari  sub'ektiv  va  ob'ektiv  turlarga  bo'linadi.  Kasalni 
subektiv  tekshiruv  usuli  bolaga  o'z  kasalligining  boshlanishi,  qanday 
boshlanganligi    haqida  ma'lumot  beruvchi    subekt  sifatida    qarash  hisoblanadi. 
Bemor  yoki  uning  ota  -  onasi  kasallik    to'g'risida,  hayoti  to'g'risida  bergan 
ma'lumotlari ularning bu muammoga bo'lgan  sub'ektiv  qarashlarini bildiradi. 
Kasal  haqida  sub'ektiv    ma'lumotlarni  shifokor  so'rab  -  surishtirish  (con 
stitution) usuli bilan oladi.  
Tekshirishning  obektiv  (fizikal)    usullari  bemorni  tekshirish  ob'ekti  deb 
qaraydi,    bunda  shifokor  o'z  sezgi    a'zolari    va      amaliy  ko'nikmalarni  qo'llay 
olishiga asoslangan   holda  ish yuritadi. Ob'ektiv  usullarga  quyidagilar  kiradi: 
 

 
bemordan so'rash yoki anamnez (yunoncha "anamnesis" eslash).  

 
ko'rish (inspectio)   

 
paypaslash (palpatio) 

 
tukullatish (percussion) 

 
eshitish (auscultation)  
 
 Bemorning  yoshi  va  oilaviy  sharoitiga  qarab,  sizning  bemorni  so'rab  - 
surishtirishingiz o'zgaradi va siz so'rab - surishtirishga  o'zgartirish kiritishingizga 
to'g'ri keladi.  
Ota  -  onalar  bilan  suhbat.  5  yoshgacha  bo'lgan  bolalardan  siz  barcha 
ma'lumotlarni  uchinchi  shaxsdan,  ota  -  onasidan  biri  yoki  boquvchisidan  olasiz. 
Pediatrlar  odatda  ham  ota  -  onadan,  ham  bolaning  o'zidan  so'rab  -  surishtiradilar. 
Bu  esa  ota  -  ona  va  bolani  kuzatishga  sharoit  yaratadi.  Bunda  siz  ularni  o'zaro 
munosabatini  tushunib  olasiz,  shuningdek  ota  -  onalar  o’rtasitdagi  munosabatni, 
bolani  chal?itishni,  qo'rqmasligini  uqdirasiz  va  sekin  so'rab  surishtirgandan  keyin 
ko'ruvga  o'tasiz.  Bolaning  oldida  ota  -  onasidan    so'rab  -  surishtirish  o'z 
kamchiliklariga  ega.  Agar  siz  faqat  ota  -  onasidan  so'ragan  bo'lsangiz,  anamnez 
to'liq  bo'lmasligi  mumkin,  kam  hollarda  aniq  bo´ladi.  Bola  qatnashganda  ota  - 
onalar  bilan  chuqurroq  mavzuda  suhbat  o'tkazishning  iloji  bo'lmaydi,  shuning 
uchun siz ota - ona bilan keyinroq yana suhbat o'tkazishingizga to'g'ri keladi (bola 
xonadan chiqqandan so'ng, qabulning oxirida). Ota - onalar bilan suhbat o'tkazish 

 
24 
usuli, katta yoshdagi bemorlar bilan so'rab - surishtirishga ko'p jihatdan o'xshaydi, 
lekin  ba'zi  bir  xususiyatlari  ham  bo´ladi.  Ota-  onasi  bolada  bo´ladigan  belgilarni 
tasvirlaganda  o'z  xissiyotlarini  qo'shib  gapirishadi  va  bu  ob'ektiv  hisoblanmaydi. 
Masalan,  ota  -  onalar  fikricha,  surunkali  yo'tal  bolada  tez  -  tez  shamollash 
oqibatida deb biladi, bronxial astmaning yuzaga kelishi emas deb o'ylaydilar, ular 
bolaning  maktabda  yomon  shug'ullanishidan  qayg'uradilar,  buning  sababi  bolani 
qobiliyati yo'qligi emas, balki o'qituvchisi ko'proq zo'riqtirgan deb tushuntiradilar. 
Ota - onalar bolalariga o'zgacha qaraydilar, ijtimoiy noadekvat hatti - harakatini tan 
olmaydilar.  
Ota  -  onalarga  bolalar  hammasini  to'g'ri  bajarayotgandek  tuyuladi.  Siz 
onadan bolasining sog'ligi to'g'risida so'rasangiz, ba'zi hollarda onaga baho berasiz, 
shuning  uchun  uning    javoblarini  diqqat  bilan  kuzatish  kerak.  O'z  bolasi 
muammolarini  hal  qilishga  harakat  hilgan  ota  -  ona,  shifokor  yo’rdamiga,  uni 
qo'llab  -  quvvatlashiga  muhtoj  bo´ladi.  "Nima  uchun  uni  oldinroq  olib 
kelmadingiz?"  yoki  "Sizga buni  bajarish kerak emas  edi"  degan  sharhlar shifokor 
bilan kasal bolaning ota - onasi o'rtasidagi o'zaro munosabatga yo’rdam bermaydi. 
Bola  haqida so'ralganda, uning ismini  aytib  chaqirish kerak, "u",  "bola" so'zlarini 
ishlatmaslik  lozim.  Agar  oilaviy  ahvolini  onadan  darrov  aniqlab  bo'lmasa,  uni 
qiynamaslik kerak, otasi haqida so'raganda, savollar berish kerak "Nargizani otasi 
sog'  -  salomatmi?",  "Sizning  turmush  o'rtogingiz  sog'  -  salomatmi?"  deb 
so'ramaslik  kerak.  Ota  -  onalarga,  masalan,  "Xurmatli  N"  deb  murojaat  qilish 
kerak, ismini aytib, "onasi" yoki "otasi" deb aytmaslik kerak. Agar siz bemorning 
ota-onasi  bilan  ko’pdan  beri  tanish  bo'lsangiz,  u  holda  ularni  ismi  bilan  murojaat 
qilishingiz  mumkin.  Bundan  tashqari,  ota  -  onalarning  sizga  ismingizni  aytib 
murojaat qilishlariga ham tayyor bo'lishingiz kerak.  
Kasallarni  so'rab  -  surishtirganda  to'g'ridan  to'g'ri  savol  berishdan  ko'ra, 
yordamchi  savollar  berish  samarasi  yuqoridir.  Ammo,  sizning  suhbatingiz 
psixologik  muammoga  tegishli  bo'lsa,  to'g'ri  ochiq  savollar  o'rinli  hisoblanadi, 
chunki  ota  -  onalar  bu  mavzuda  o'zlari  gapirmaydilar.  Suhbat  so'ngida  asosiy 
shikoyatlarning  murojaat  qilishning  haqiqiy  sababi  bilan  bog'liqligini  bilish  shart. 
Bemorning  shikoyatlari  davolash  uchun  "kirish  bileti"  bo'lib  xizmat  ?iladi,  ota  - 
onalar  murojaat  qilishning  asosiy  sababini  yashiradilar,  ular  buni  zaruriy  deb 
bilmaydilar. Ota - onalar o'z holatlarini to'laqonli yoritib berishlari uchun do'stona 
vaziyat  xosil  qilishga  harakat  qiling.  Suhbatni  yengillashtirish  uchun  mavzuga 
to'g'ri  keladigan  savollar  bering:  "Nargizada  boshqa  o'zgarishlar  ham  bormi,  siz 
ular haqida menga xabar bermoqchimisiz?", "Siz bu yerdan chiqqaningizdan so'ng 
qanday  yo’rdam  olishni  istardingiz?",  "Nargiza  haqida  men  sizga  yana  nimalarni 
tushintirishimni  hohlaysiz?",  "Balki  siz  men  bilan  boshqa  bolalar  yoki  turmush 
o'rtog'ingiz haqida gaplashmoqchidirsiz? ". 
Bola  bilan  suhbat.  5  yosh  va  undan  katta  bolalar  kasallik  tarixini 
to'ldirilganda ular bir necha qo'shimcha ma'lumotlar berishlari mumkin. Bolalar ota 
- onalariga nisbatan, simptomlar va o'zlariining ularga munosabati haqida aniqroq 
gapirishlari  mumkin.  Ba'zida  ota  -  onalarning  ishtirokisiz,  olgan  ma'lumotingizni 
bola  bilan  aniqlashtirishingiz  mumkin.  Odatda  so'rab  -  surishtirishni  bola  uchun 
qiziqarli,  qo'rqinchli    bo'lmagan  mavzudan  (masalan,  maktabda  darslar  qanday 

 
25 
o'tdi,  qanaqa  chiroyli    kiyim  kiyib  olgan)  boshlash  kerak.  Suhbatni  yumshoq, 
mayin,  bolaga  qiziqish  uyg'otib    o'tkazish  kerak.  Shundan  so'ng,  oddiy 
chalg'ituvchi  savollar  berib,  bolani    aynan    nima  bezovta  qiladi,  shuni    bilishga 
harakat qilish kerak: 

 
Sening  onang  menga    gapirib    berdi,  qorning  juda  og'riyotgan  ekan.  Bu 
haqida menga o'zing  gapirib  ber, og'riqni tushuntirib ber.  

 
Sen    maktabda    tez-tez    darslarni  qoldirasanmi?  Nima  og'riqni 
yengillashtirishi mumkin? Seningcha, bu  og'riqni  nima  qo'zg'atadi?  
Bolaga  savolni    undagi  subektiv  simptomlarni  baholash  uchun  ham  berish 
mumkin: "Menga ko'rsatginchi, aynan qaering og'riydi? Bu og'riq kuchsizmi yoki 
nina  sanchgandaymi?  Og'riq    bir  joyda  turadimi  yoki  boshqa  joylarga  ham 
o'tadimi? Og'riq vaqtida  senda qayd qilish  kuzatiladimi?" 
O'smirlar  bilan  suhbat.    Kattalar  o'smirlar  bilan  suhbatlashganda,  ko'p 
hollarda qiyinchilik sezadilar, chunki  ularning  javobi  to'laqonli  emas, ko'p so'zli 
emas,  lekin  bu  holat  har  doim  ham  shunday  kuzatilmaydi.  O'smir  bola,  boshqa 
ko'pgina  odamlarga  o'xshab,  hammani  yaxshi  ko'radi,  kim  unga  haqiqiy  qiziqish 
uyg'otsa, unga kattalarga o'xshab  murojaat hilganday qarasa, uni  do'stona tarzda 
yaxshi ko'radi.  
O'smirlar  ochiqcha    gapirishga  moyil,  qachonki,  so'rab  surishtirish  ularni 
muammosiga  emas,  ularga  tegishli  bo'lsa.  Shuning  uchun  so'rab  -  surishtirishni 
uning  o'rtoqlari,  maktabga  qiziqishi,  oilasi  haqida  boshlash  kerak.  O'smirlar 
shifokorlarga  o'z  tashabbusi,  yoki  ota  -  onalarining  maslahati  bilan  murojaat 
qiladilar. Ular o'zlari yoki ota - onalaridan biri bilan kelishi mumkin. Bu vaqtda ota 
-  onalarga  yoki  o'smirga  tushuntirish  kerak,  o'smirlarga  tibbiy  yordam  ko'rsatish  
aniq  maxfiylikni  talab  etadi.  Avval  ota  -  onalardan  so'rab  -  surishtiring,  so'ngra 
o'smir bilan alohida suhbat o'tkazing. 
 Konfidensiallik  (maxfiylik)  "sir  saqlash"  emas,  balki  o'zaro  bir  -  birini 
hurmat  qilishga  asoslangan.  Kattalar  bilan  suhbatlashgandagi  ba'zi  usullar,  o'smir 
bola  bilan  muloqotda  bo'lganda  mos  kelmaydi.  O'smirlarni  so'rab  surishtirganda, 
fikrlash  doirasi  shakllanmaganligini    hisobga  olib,  refleksiyani  (fikr  yuritish) 
ishlatish  kerak  emas,  chunki  u  aniq  fikrlash  ko'nikmalarini  talab  qiladi.  Suhbat 
vaqtida  jim  turib  bemorni  tinglash  taktikasini  qo'llash  to'g'ri  emas,  chunki 
o'smirlarda o'ziga nisbatan yetarli ishonch hali bo'lmaydi.  
Konfrontasiya (qarama - qarshi qo'yish) o'smirlarda bezovtalikni chaqirishi 
va  gapirmaslikka  olib  kelishi  mumkin;  shuningdek,  o'smirning  his  -  tuyg'ulariga 
tegishli savollarga u javob berishni istamaydi.  
Bu ogohlantirishlar sizni o'smirlar bilan gaplashishdan cho'chitmasligi kerak. 
Ko'p  hollarda  dostona  muhitni  paydo  qilish  o'smir  bilan  gaplashishga  qulaylik 
yaratadi. Agar o'zingizni tabiiy tutsangiz siz katta yutuqqa erishasiz.  
Olingan ma'lumotlarni yozish. Barcha ma'lumotlarni to'liq esda tutish qiyin, 
shuning  uchun  o'zingizga  belgilab  oling.  Ko'pgina  bemorlar  xabar  qilingan 
ma'lumotlarni  yozib  olinishiga  tinch  qaraydilar,  lekin  ba'zilarida  ishonchsizlik 
tug'iladi.  Bu  hollarda  bezovtalik  sababini  aniqlang  va  yozib  olish  sizga  aniq 
ma'lumot  uchun  muhim  ekanligini  tushuntiring.  Vaqti  kelib,  siz  olingan 
ma'lumotlarni ko'p qismini, yozishingiz mumkin (anamnez, ko'rik vaqtida bemorni 

 
26 
holati,  oilaviy  anamnez,  organ  va  tizimlar  xolatini  yozish)  bemor  bilan 
suhbatlashganda  yana  qo'shimcha  ko'rinishida  yozish  mumkin.  Ma'lumotlarning 
yozilishi sizning diqqatingizni bemordan chalg'itmasligi kerak. Kasallik harakterini 
aniqlab,  psixososial  anamnez  va  kasallik  tarixining  boshqa  murakkab  qismlarini 
aniqlab,  hammasini  qo'shimcha  ko'rinishda  yozishga  harakat  hilmang,  faqatgina 
qisqacha ma'lumotlarni yozib oling.  
Agar suhbat qaltis savollarga tegishli bo'lsa, yozishni to'xtatganingiz ma'qul. 
Kattalar bilan bolalar kasallik tarixi o'rtasida farq bo´ladi, bundan tashqari alohida 
xususiyatlari  mavjud  bo´ladi:  anamnez  va  ko'rik  vaqtida  bolaning  holati,  erta 
yoshdagi  bolalarda  va  o'smirlarda  o'ziga  xos  biologik  yoshi  va  rivojlanish 
darajalari tegishlidir. Kasallik tarixi xuddi kattalarnikidek rasmiylashtiriladi, faqat 
quyida  ko'rsatilgan ba'zi bir qo'shimchalari bilan to'ldiriladi.  
Anketa ma'lumotlari. Tug'ilgan sanasi va joyi, qisqartirilgan ismi, ayniqsa 2 
yoshdan  10  yoshgacha  bolalarda;  ota  -  onasining  ismi,  sharifi,  nima  bilan 
shug'ullanishi va ularni ish vaqtida qaerdan topsa bo´ladi.  
Asosiy  shikoyatlari.  Aniqlang,  simptomlar  bemorni  o'zinimi  yoki    ota  - 
onasini  bezovta  qilayaptimi?  Ba'zida  bola  haqidagi  xavotirlik  uchinchi  shaxs, 
masalan  o'qituvchisi  tomonidan  bildirilishi  mumkin.  hozirgi  kasallik  tarixi. 
Ko'rsating,  bolani    kasallik  simptomlariga  oila  a'zolari  qanday  munosabat 
bildirishadi,  ular  bu  haqda  nimani  o'ylaydi  va  bolada  qandaydir  ijobiy  o'zgarish 
bo'lganmi?  
Anamnez  (yunonchadan,  anamnesis  -  eslab  qolish)  -  bemorni  yoki  uni 
biladigan shaxsni so'rab - surishtirganda bemor va uning kasallik tarixi to'g'risidagi 
ma'lumotlar  yig'indisi.  Anamnez  yig'ishda  2ta  asosiy  yo'nalish  qayd  etiladi: 
kasallik  anamnezi  (anamnesis  morbi)  va  bemorning  hayot  anamnezi  (anamnesis 
vitae). 
Kasallik  anamnezi.  Kasallikning  boshlanishi  va  kechish  xarakteri  haqidagi 
ma'lumotlar to'plamidir. Kasallik anamnezini yig'ayotganda shikoyatlarning  kelib 
chiqishi  va  uning  vaqt  o'tishi  bilan  o'zgarishi  aniqlanadi,  kasallikni  keltirib 
chiqargan sabablar, ko'rsatilgan davo usullari (yoki o'zi davolashlar) yoziladi. qisqa 
anamnez  (bir  necha  soatda  1  -2  haftagacha)  -  o'tkir  patologik  jarayon  haqida, 
davomiy  anamnez    esa  (hafta,  oy,  yillar)  surunkali  kasallik  haqida  guvoxlik 
bo´ladi.  hayot  anamnezi.  Bemorning  ruhiy,  jismoniy  va  ijtimoiy  holati  haqidagi 
ma'lumotlar to'plamini tashkil etadi.  
Hayot  anamnezining  tarkibiy  qismlari  quyidagi  ma'lumotlarni  o'z  ichiga 
oladi:  bemorning  bolalik  va  o'smirlikda  jismoniy  va  ruhiy    rivojlanishi;  hozirgi 
yashash sharoiti va ovqatlanishi, zararli odatlari, o'tkazgan kasalliklari, jarohat yoki 
operasiyalari,    allergik  reaksiyalarga  moyilligi,  irsiylik,  onasining  akusherlik 
anamnezi.  Bolalarda  anamnez  (ma'lum  bir  yoshgacha)  ularga  qarayotgan 
shaxslarni  so'rab  -  surishtirish  yo'li  bilan  yig'iladi.  Ruhiy    buzilishlari    bo'lgan 
bemorlarning anamnezini to'plashda, sub'ektiv anamnezni (bemorning o'z kasalligi 
haqidagi  tasavvuri), ob'ektiv  anamnezdan  (bu bemorni biladigan shaxsdan xolatni 
real baholash) ajratish lozim.  
Perinatal  davr  haqida  ma'lumot.  Agar  bolaning  rivojlanishida  va 
nevrologik  xolatida  o'zgarishlar  topilsa,  ayniqsa  2  yoshgacha  bo'lgan  bolalarda, 

 
27 
ushbu  ma'lumotlar  juda  keraklidir.  Homiladorlik  vaqtida,  undan  oldingi  davrda 
onaning holati o'zgargan bo'lsa, homiladorlikning boshqa patologiyalari aniqlangan 
bo'lsa kerakli hujjatlarni olib keltiring. 
Prenatal  davr:  Onaning  homiladorlikdan  oldin  va  homiladorlik  vaqtidagi 
xolati  xaqida  ma'lumotlar;  qabul  qilingan  dori  vositalari  soni  va  davomiyligi, 
zararli odatlari, alkogol qabul qilish va chekish. Tana vazni ortganmi, bachadondan 
qon ketishi, homiladorlik davomiyligi; bolaga bo'lgan munosabatini aniqlang.  
Tug'ruq  qanday  kechgan?,  qiyinchiliklar  kuzatilganmi?,  og'riq  qoldiruvchi 
dorilar  ishlatilganmi?,  asorati,  nechanchi  tug'ruq  (agar  ko'p  bolali  oila  bo'lsa), 
bolaning tug'ilgandagi  vazni qancha bo'lganligini  aniqlang.  
 
Neonatal davr.   
Bola qanday nafas ola boshlagan, reanimatsiyaga muhtoj bo'lganmi? Apgar 
shkalasi  bo'yicha  olgan  bahosi,  ballarda  qanday  bo'lgan?  Emizishda  qanday 
qiyinchiliklar  bo'lgan,  nafas  distress  -  sindromi  kuzatilganmi?  Sianoz,  sariqlik, 
anemiya,  talvasa,  tug'ma  nuqsonlar,  infeksiyalar  kuzatilganmi?  Tug'ruqdan  keyin 
ona  sog'ligi  holatini  ko'rsating?  Bola  onasidan  alohida  saqlanganmi,  agar 
saqlangan  bo'lsa,  nima  sababdan;  ona  chaqaloqqa  qanday  qaragan,  yaqinlik 
xarakteri  qanday?  Defekasiya,  siydik  ajratish  buzilishi  bo'lganmi?,  bola  qanday 
uxlagan?  
Emizish.  asosan,  bola  hayotining  birinchi  2  yilligida  ko'krak  suti  bilan 
emizish  haqida  to'liq  ma'lumot  olish  zarur  (to'ymaslik  yoki  to'yib  ketish 
kuzatilganmi?)  
Ko'krak  yoshi  davri.  Ko'krak  bilan  emizish  davomiyligi,  qo'shimcha 
ovqatlanishlarni  qo'llanilishida  duch  kelgan  qiyinchiliklar,  ko'krakdan  ajratish 
muddati.  
Sun'iy  ovqatlantirish:  turi,  konsentrasiyasi,  miqdori,  emizish  qismlari 
(soni);  qiyinchiliklar  (qayd  qilish;  og'riqlar,  ich  ketishi).  Vitaminlar  va  temir 
preparatlari berilishi, turi, miqdori, soni va qabul qilish davomiyligi.  
qattiq  ozuqalar:  turi,  miqdori,  bolaning  unga  munosabati;  bolani  umumiy 
stolga  o'tkazish  vaqti,  o'zi  ovqatlanishi;  ota  -  ona  va  bolaning  ovqatlanishga 
munosabati.  
Bolalik.  Ovqatlanish  bilan  bog'liq  odatlari:  bir  xil  ovqatni  yaxshi  ko'rish 
yoki yemaslik; yeydigan ovqat miqdori va xarakteri;  ota - onaning ovqatlanishga 
munosabati;  ovqatni  oxirigacha  yemaslik  yoki  haddan  tashqari  ko'p  yeyish  va 
boshqa  ovqatlanish  bilan  bog'liq  bo'lgan  qiyinchiliklar.  Ovqatlanish  rejimi 
buzilganda  unga  aniq  baxo  berish  uchun  1-2  haftaga  taomnoma  tuziladi.  Bolani 
o'sishi  va  rivojlanishi  haqidagi  ma'lumotlar,  qachonki  bolaning  jismonan 
rivojlanishi  va  o'zini  tutishi  haqida  so'z  yuritilsa,  psixomotor  va  aqliy 
rivojlanishdan orqada qolishini baholashda juda muhim hisoblanadi.  
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin