Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


Bolalar   hayotining birinchi yilida motor omillari rivojlanishining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

Bolalar   hayotining birinchi yilida motor omillari rivojlanishining 
o'rtacha muddati va chegaralari 
 
Harakat  
 
Paydo bo'lishning 
o'rtacha yoshi 
Mumkin bo'lgan 
chegaralar 
jilmayishi (tabassum) 
5 - hafta 
3 - 8 hafta 
g'u - g'ulash (gapirish) 
7 - hafta 
4 - 11 hafta 
boshni ushlash 
2 - oy 
1,5 - 3 oy 
qo'llarning yo'naltirilgan 
harakatlari 
4 - oy 
2,5 -5,5 oy 
ag'darilish 
5 – oy 
3,5 – 6,5 oy 
o'tirish 
6 – oy 
5,5 – 8 оy 
emaklash 
7 – oy 
5 – 9 oy 
erkin ushlash 
8 – oy 
5,5 – 10,5 oy 
Tik turish 
9 – oy 
6 -11 oy 
himoya bilan qadam tashlash 
9,5  oy 
6,5 – 12,5 oy 
erkin (o'zi) to'xtash 
10, 5 oy 
8 – 13 oy 
erkin (o'zi) yurish   
11,5 oy 
9 -  14 oy 
 
Sog'lom   bolalarda   harakat   aktivligi   shakllanish   bosqichlari 
1 oylikda. Ushlab turganda qisqa vaqtda boshini ushlab turadi. Narsalarga qaraydi 
va qisqa vaqt davomida ularni kuzatadi.  
2  oylikda.  Boshini  to'g'ri  tutadi.  Ko'zlari  bilan  harakatlanayotgan  shaxslarni 
kuzatadi, kulib qaragan shaxslarga jilmayadi, ovoz chiqaradi.   
3  oylikda.  Boshini  va  ko'kragini  qornida  yotib  ko'taradi,  harakatlari  aktiv. 
Ko'krakni taniydi. Yaqinlarini begonalardan farqlaydi.    

 
45 
4  oylikda.    Ko'krakdan  qoringa  aylana  oladi.  Narsalarni  ushlaydi.  Nimagadir 
(kimgadir), narslarga tashlanadi. qattiq kuladi. O'ynashni yaxshi ko'radi.   
6  oylikda.  Minimal  ushlaganda  o'tiradi,  qorindan  orqaga  aylanadi.  Narsalarni  bir 
qo'lidan boshqa qo'liga qo'yadi va og'ziga olib boradi. Ayrim xarflarni gapiradi.  
7-8  oyliklarida.  "Sensor  nutq"  rivojlanadi.  Emaklaydi.  Narsalarni  ag’daradi, 
"ona", "baba" so'zlarini gapiradi. O'yinchoqlarni bir qo'lidan ikkinchisiga beradi.   
12 oy. Tik turadi, ushlab turganda yuradi, 8-10 so'zni biladi. 2 ta narsani ushlaydi. 
So'raganda  o'yinchoqlarni  uzatadi.  Oddiy  harakatlarni  bajaradi.  Ovozni  biladi, 
so'zlarni takrorlaydi.  
18  oylikda.  Yugurishi  mumkin,  ko'tariladi  va  zinapoyalarga  ko'tarilishi  mumkin. 
O'zi ovqatlanadi. Oddiy gaplarni gapiradi.  
2 yosh. Tanish suratlarni biladi, narsalar haqida so'raydi, ularni nomini aytadi, uy 
ishlariga qiziqadi. O'zini o'yinchoqlarini taxlaydi. Ertaklar eshitadi. Zinapoyalardan 
ishonchli ko'tariladi. 
3 yosh. Zinalarda yuradi. Bir oyogda qisqa vaqtda turadi, 3 - hildirakli velosipedda 
yuradi.  Eshikni  ochadi.  "Nimaga"  yoshi  deyiladi.    Sakraydi,  o'ynaydi,  rasm 
chizadi.  
4  yosh.  Joyida  sakraydi,  aylana  chizadi.  Asosan  6  ta  asosiy  ranglarni,  familiya, 
ismi,  yoshi,  jinsini  biladi.  Boshqa  bolalar  bilan  o'ynaydi.  So'zlarni  grammatik 
to'g'ri tuzadi. Chet tillarini bilishga qobiliyati katta.  
5 yosh.  Bir necha bosh harflarni yozadi, rasm chizadi, botinkasini ipini bog'laydi. 
Rasmlarni chizadi.  
 
Bola  ruhiyatining  shakllanishi  4 bosqichga bo'linadi 
Birinchi  bosqich  -  motor,  bola  hayotining  birinchi  yilida  motor  ko'nikmalarni 
bilish bilan xarakterlanadi.  
Ikkinchi  bosqich  -  sensor,  bir  yoshdan  uch  yoshgacha  davom  etadi.  harakatlar 
psixomotor xarakterga ega, ya'ni bilib harakat qiladi. Sensomotor rivojlanish  
barcha ruhiy funksiyalarni shakllanishida baza hisoblanadi, jumladan qabul qilish, 
e'tibor, maqsadli harakat, fikrlash va tan olish.  
Uchinchi  bosqich  -  affektli  davr,  uch  yoshdan  un  ikki    yoshgacha  davom  etadi.  
Shaxsiy doimiy xarakterdagi muloxazalarga ega.  
Tortinchi  bosqich  -  ideatorli  davr  (12  -  14  yosh).  Murakkab  tushuncha 
shakllanadi, tushunish, izoh berish, aqlni jamlash yuzaga keladi. Bolalar fikrlarini  
oldindan  rejalashtiradilar.  Fikrlashlari  abstraktli  bo´ladi.  Shaxs  shakllana 
boshlaydi.  
Bola hayotining alohida davrlarida ruhiy buzilishlar va kasalliklar paydo bo'lishiga 
moyillik yuqori bo´ladi. Bu davrlar krizis deb ataladi.  
Krizisning 2 xili mavjud: 2-7,5 yoshda va 12-15 yoshda.  
Birinchi krizisda - parapubertat davrda ruhiy va jismoniy sifatlar hayot bilan 
ta'minlovchi  tuzimlar  faoliyatiga  ta'sir  ko'rsatadi.  Bu  yoshdan  ruoiy  sferaning 
qisman og'rikli holatlari boshlanadi.  
Ikkinchi  krizis  -  pubertat  davr  -  ichki  sekresiya  bezlarining  hayta  tiklanishi 
bilan  bog'liq  bolalar  tez  o'sadi,  jinsiy  metamorfoz  kuzatiladi. Bu  davrda  bolalarni 
jaxli tez chiqadi, alohida e'tibor talab qiladi.  

 
46 
Imprinting - darrov xotirasida saqlab qolish mexanizmi, bunda birinchi esda 
tutish ta'sir etish harakterini aniqlaydi, keyinchalik hayoti va organizm faoliyatiga 
ta'sir  qiladi.  Uning  o'rni  uzoq  vaqt  davomida  bolaning  asab  ruhiy  rivojlanishida 
yetarlicha o'rganilmagan. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, imprinting bolaning asab - 
ruxiy  shakllanishida  va  kelajakdagi  xatti  -  harakatlarida,  uzoq  yillar  davomida 
aniqlanadi.  
Bolaga ona tomonidan parvarish keyinchalik jamiyatda o'z o'rnini egalashda 
asosiy  hisoblanadi.  Bolani  harakteri  va  hatti  -  harakati,  ayniqsa  maktab  yoshida, 
ularni bolaligida kim parvarishlaganiga ham bog'liqdir.  
Atrof  -  muhit  sharoiti,  tarbiyasi  va  turli  -  xil  kasalliklar  bolada  oliy  asab 
faoliyatining  normal  rivojlanishini  orqada  qoldirishi  mumkin,  shuning  uchun 
umumiy  amaliyot  shifokori  ota  -  onalarga  bolani  barkamol  tarbiyasi  haqida 
maslahat berishlari kerak.  
 
Markaziy asab tizimining buzilish semiotikasi 
Markaziy asab tizimi (MAT) faoliyati o'zgarishini har xil sabablar chaqirishi 
mumkin.  Bu  neyroinfeksiya,  har  xil  etiologiyali  intoksikasiya,  qandli  diabetda 
koma holatlari, turli etiologiyali jarohatlar, shuningdek tug'ruq, o'tkir va surunkali 
buyrak,  jigar  va  buyrak  usti  bezi  yetishmovchiliklari.  Tug'ruq  vaqtidagi 
asfiksiyaham MAT zararlanishiga olib kelishi mumkin.  
MAT zararlanganda hatti - harakat, bilish, shartsiz reflekslar, spontan, passiv 
va aktiv harakatlar hajmi, shuningdek pay, suyak usti va yuzaki reflekslar buziladi, 
mushak tonusi o'zgaradi.   
Chuqur  sezishga  vibrasion  sezish,  bosim  va  og'irlikni  sezish  kiradi.  Korik 
vaqtida  bolaning  o'zini  his  qilishi  va  hushining  buzilishiga  e'tibor  berish  kerak. 
qo'zg'alishning  eyforiya  bilan  kechishi.  O'yin  faoliyati  va  harakat  aktivligini 
yuqoriligi  odatdagidan  tashqari  ko'p  gapirish.  Yaqinlari  bilan  muloqot  pasayadi, 
ishtaha  pasayadi,  uyqu  va  uyqudan  uyg'onish  vaqti  ko'payadi.  qo'zg'alishning 
negativizm  bilan  kechishi.  Umumiy  qo'zg'alish  holati  fonida  ijobiy  emosiya 
yo'qoladi, bola injiq bo'lib qoladi, baqiradi va xar xil  baxona bilan yig'laydi. qo'lga 
olishni  talab  qiladi,  uxlay  olmaydi.  Terining  sezgirligi  yuqori  -  sal  tekganda 
reaksiya beradi, odeyalni otib tashlaydi. Teri va pay reflekslari yuqori. qo'zg'alish 
samnolentlik  bilan  birga  kelishi:  qo'zg'alish  davri  vaqtinchalik  tinch  bo'lib  qolish 
bilan almashadi, bola lanj, uyquchan bo´ladi. Terining yuqori sezgirligi saqlanadi, 
reflekslari yuqori yo’ki normal bo´ladi.  
Somnolentlik.  Doimiy  uyquchanlik  va  lanjlik,  uyqu  qisqa  davrlar  bilan 
yuzaga keladi, yuzaki. Yig'i va baqirish o'rnini tinchlik egallaydi, ona parvarishiga 
reaksiyasi  bilinar  -  bilinmas.  Ko'ruvga  va  yo'rgaklashga  kuchsiz  reaksiya  beradi. 
Teri sezuvchanligining va pay refleksining pasayishi kuzatiladi.  
Stupor.  Chuqur  uyqu,  karaxtlik.  Bolani  qo'zg'otish  qiyin.  Teri  sezgirligi 
aniqlanmaydi. Pay reflekslari qiyin chaqiriladi va doimiy emas. Og'riqga reaksiyasi 
aniq  emas.  qorachiq  va  tojsimon  parda  reflekslari  saqlangan.  Kulish  kuchsiz, 
yutish saqlangan.  
Koma. Reflekslar va teri  sezgirligi  aniqlanmaydi, in'eksiyaga  reaksiya  yo'q. 
qorachiq keng, yorug'likga reaksiya yo'q, shoxsimon refleks yo'q. Stupor, sopor va 

 
47 
koma  holatida  hayot  uchun  zarur  bo'lgan  barcha  organlarning  regulyator  faoliyati 
buziladi,  asosan  miyaning  o'zak  bo'limlari.  Bu  buzilishlar  natijasida  noregulyar 
nafas  (Cheyn  Stoks  yo’ki  Biot)  yuzaga keladi. Nafas  va  tomir  harakat  markazlari 
paralichi  kuzatiladi. Shu  sababli, es-hush  buzilishining  progressirlanuvchi  belgisi, 
o'zak buzilishlariga olib keladi va shosqilinch intensiv teragiyani talab qiladi.  
 
SEZGI A’ZOLARI 
Ko'rish.  Chaqaloqlar  uchun  qisman  fotofobiya  xarakterli,  uning  ko'zlari 
doimiy  yopiq;  qorachig'i  qisqargan,  yosh  bezlari  faoliyat  ko'rsatmaydi.  3  - 
haftalikdan boshlab, bola qarashini harakatsiz predmetlarga qaratadi va qisqa vaqt 
harakatli narsalarni kuzatadi. Bola 6 oylikdan boshlab, aniq sariq va qizil tonlarni 
qabul  qiladi,  ko'zlari  harakatini  ustunlik  bilan  koordinatsiya  qiladi.  9  -  oylikda 
borliqni  stereoskopik  qabul  qilish  qobiliyati  yuzaga  chiqadi,  joylashgan 
narsalarning chuqurligi va uzoqligi haqidagi tasvir vujudga keladi. Bir yoshda bola 
geometrik shakllarni qabul qiladi. 3 yoshdan keyin hamma bolalar rangli ko'rishni 
rivojlanganligi  bilan  ajralib  turadi.  4  yoshda  ko'rish  maksimal  o'tkirligi  yuzaga 
chiqadi, bola boshlang'ich o'qishga tayyor bo´ladi.  
Eshitish. 
Chaqaloqlar 
qulog'ining 
morfologik 
rivojlanishi 
yetarli. 
Chaqaloqlar  eshitadi  va  ularni  ovozga  reaksiyasi,  umumiy  harakat  reaksiyasi, 
qichqiriq,  yurak  urish  ritmi  yo’ki  nafas  ritmi,  EKG  va  EEGlarda  ko'rinadi. 
Keyinchalik  esa  eshitishni  qabul  qilish  sezgisi  shakllanadi,  ovozni  baland  yoki 
pastligi,  chastotasi,  tembriga  qarab  ajratishadi.  hid  bilish.    Burun  to'siqlari  shilliq 
qavatida  resepterli  xujayralar  va  yuqori  burun  yo'lida  reseptor  xujayralar 
joylashgan.  Bola  hayotining  2  va  4  -  oyligidan  boshlab  hid  bilishning  asab 
mexanizmlari  yetarli  faoliyat  ko'rsatadi.  Bu  vaqtda  yogimli  va  yogimsiz  hidlarga 
bolaning  reaksiyasi  yaxshi  bilinadi.  Murakkab  xidlar  differensirovkasi  kichik 
maktab yoshida yakunlanadi.  
Ta'm  bilish.  Ta'm  bilish  piyozchasi  homila  ichi  rivojlanishi  oxirgi  oylarida 
shakllanadi.  Chaqaloqlarda  ta'm  bilish  reseptorlari  katta  maydonni  egallaydi 
(kattalarga nisbatan). Chaqaloqlarda ta'm bilish kattalarga qaraganda yuqori. Sekin 
-  asta  rivojlanadi  va  kichik  maktab  yoshida  asosiy  ta'mni  bilish,  konsentrasiya 
gradasiyasini  va  xar  -  xil  komponentli  ta'm  bilishlar  o'rtasidagi  munosabatlar 
shakllanishi tugallanadi.  
Terining  sezgirligi  homila  ichi  rivojlanishning  3  -  oyligiga  kelib,  og'riq 
sezish  reseptorlari  vujudga  keladi  va  chaqaloqlar  darrov  og'riqni  sezishadi,  katta 
yoshdagi  bolalarga  va  kattalarga  nisbatan  og'riqga  sezgirlik  ularda  yuqori.  
Terining taktil sezgirligi erta boshlanadi, boshida og'iz  atrofi sohasida joylashgan, 
keyin  tezda  tarqaladi  va  11  -  12  xaftalarida  homila    terisining  hamma  yuzasi 
refleksogen  zonaga  aylanadi.  homila  va  chaqaloqlar  taktil  sezgirligi  o'zining 
yuzaga kelish muddati bo'yicha qolgan barcha sezgi organlaridan oldinda  bo´ladi. 
Chaqaloqlarda  termoresepnsiya  morfologik  va  funksional  jihatdan  tugallangan 
bo´ladi. Sovitish reseptorlari  isitishga  qaraganda 70 marta yuqori.   
 
 
 

 
48 
Sezgi a’zolarini tekshirish usullari 
Chaqaloqlarda ko’rish funksiyasini  yorug'lik manbaini uning ko'zlariga olib 
kelish bilan tekshirish mumkin. Agar bola uxlamayotgan bolsa, u kozlarini yumadi 
va yuzini yoruglikka qaratishga harakat qiladi. 2 oylikdan boshlab, ko'radigan bola, 
yuziga yaqin joylashgan yorug' o'yinchoqlarga  e'tibor beradi.  
Chaqaloqlarda  eshitish  analizatori    funksiyasi  shovqin  yo’ki  qarsak 
chalganda javob reaksiyasi bilan   tekshiriladi. Eshitadigan bola qovog'ini uchiradi 
va boshini ovoz tomonga  qaratadi. 
Taktil  sezishni  tekshirish  uchun  bolaning  terisiga  paxta  bo'lagini 
tegizilgandagi bolaning reaksiyasi   bilan  aniqlanadi.  Eng sezgir sohalari barmoq 
uchi,  labning  qizil  qismi,  jinsiy    a'zolar.  Katta  yoshdagi  bolalarda  bu  tekshiruv 
turini  o'tkazganda  ko'zini  yumish    talab  qilinadi  va  tegizilsa,  bola  "ha"  deb  javob 
beradi.    
Temperaturali sezgi - teriga sovuq va issiq suvni tekkazish bilan aniqlanadi. 
Katta yoshdagi bolalar "issi" yoki "sovuq" deb javob beradi.  
Og'riq  sezgisi.  Boladan  ko'zini  yumish  so'raladi  va  unga  igna  sanchiladi, 
ignaning  to'mtoq  uchi  bilan  almashtiriladi.  Og'riq  sezgisining  saqlanishi  bolada 
"o'tkir" yoki "o'tmas" javobi bilan aniqlanadi.  
Mushak  -  bo'g'in  sezishi  (chuqur  sezishga  kiradi)  -  tana  qismlarining 
bo'shliqdagi  joylashuvidan  tasavvur  beradi.  Tekshirish  bolaning  ko'zlari  yumuq 
holatda  o'tkaziladi.    Shifokor  qo'l  yoki  oyog  barmoqlarini  siqish  yoki  yozishni 
talab  qiladi.  Bola  boshqa  qo'l  yoki  oyogdan  qaysi  barmog'i,  qanday  yonalishda 
xarakterlanganini  aytishi  yoki ko'rsatishi kerak.  
 
BOLA TERISINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI. 
SHIKASTLANISH   SEMIOTIKASI 
Bola  terisi  tuzilishi  va  funksional  jihatdan  katta  odamlar  terisidan  ko’p 
jixatlari  bilan  farq  qiladi.  Teri  homila  ichi  davrining  5-xaftasidan  rivojlanadi  va 
bola  yoshining  indikatori  bo'lib  hisoblanadi.  Oyog  kaftidagi  teri  egatlari  32-34 
haftada  paydo  bo'ladi  va  yuqori  kaftda  ko'ndalang  rivojlanadi.  Xomiladorlikning 
37-haftasida egatlar oyog kaftining 2/3 qismini egallaydi. 40-haftada egatlar butun 
tovon  boylab  tarqaladi.  Bolalar  terisi  katta  odamlar  singari  epidermis  va  derma 
qavatlaridan  iborat.  Epidermis  juda  nozik,  yupqa,  2-3  qavat  dag'al  xujayradan 
iborat. Epidermis doimiy ko'chib turuvchi epiteliy qavatdan va faol osuvchi asosiy 
qavatdan  iborat.  Derma,  xususiy  teri  qavati  bo'lib,  so'rg'ichsimon  va  retikulyar 
qavatdan  iborat.  Bunda  biriktiruvchi  to'qima  asosi  va  mushak  qavati  sust 
rivojlangan.  Epidermis  va  derma  orasida  joylashgan  va  kattalarda  ular  o’rtasida 
o'zaro  bog'liqlikni  ta'minlovchi  bazal  membrana,  bolalarda  siyrak  bo'lib,  o'zida 
biriktiruvchi  va  elastik  to'qima  saqlamaydi.  Shuning  uchun  yangi  tug'ilgan 
chaqaloqlarda  epidermis  dermadan  osonlikcha  ko'chadi.  Chaqaloqlar  terisining 
o'ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  bu  ko’p  miqdordagi  kapillyalardan  iborat  qon 
tomirlar  hisoblanadi,  u  teriga  dastlab  yorqin,  song  och-pushti  rang  beradi.  Yog 
bezlari homila ichi davrida o'z funksiyasini boshlaydi va hayotining birinchi yilida 
teri  yuzasiga  ko'p  miqdorda  yog'  ajratadi.  Tuhilgandan  so'ng  bola  tanasi 
tvorogsimon  qoplam  bilan  qoplanadi.  Teri  bezlari  rivojlangan  bo´ladi,  lekin 

 
49 
soqlom  bolalarda  ter  ajralishi  3-4  oyligidan  boshlanadi,  bu  termoregulyasiya 
markazining yetilmaganligi bilan bog'liq. Bola hayotining birinchi 2 oyligida ko'p 
ter  ajralishining  kuchayishi  organizm  ichki  muhiti  buzilishining  muhim  belgisi 
hisoblanadi.  homiladorlik  davrining  20-haftasidan  boshlab  teri  mayin  tukchalar 
bilan  qoplanadi.  Ular  butun  tanani  o'rab  olishadi.  Homiladorlikning  33-haftasiga 
kelib,  bu  tukchalar  asta-sekin  yuzdan,  keyin  tana  va  oyog  qo'llardan  keta 
boshlaydi.  40-haftasiga  kelib  faqat  kuraklarida  qoladi.  Tuqilishi  bilan  butunlay 
yogolib  ketadi.  Ko'krak    sorg'ichlari  va  oreolalar  34-haftasiga  kelib  teridan 
kotarilib  chiqadi.  36-xaftasiga  kelib  bez  to'qimalari  tugunchasi  1-2  mmga,  4-
xaftasiga kelib esa 7-10 mmgacha yetadi. Bez to'qima bola hayotining 3-haftasiga 
kelib  bemalol  palpatsiya  qilinadi.  Chaqaloqlar  boshidagi  sochlarning  o'zagi 
bolmaydi va bir  yoshga kelib ular o'zgaradi. Bola  hayo'tining birinchi yilida shox 
qavat  va  terining  asosi  -biriktiruvchi  to'qima  rivojlanadi.  Kapillyarlar  ko'p 
vaqtgacha kengayganligicha qoladi va teriga nozik pushti rang berib turadi. Boshqa 
bolalik davrlarini oladigan bolsak, jinsiy  yetilish  davrida  og'il bolalarning  yuzida, 
qo'ltiq osti, qovuq usti sohalarida tukchalar rivojlanadi, terining ta'sirlanishi ortadi. 
Teri bezlari faoliyati kuchayadi va keyinchalik ularning yallig'lanishi va yiringlash 
holatlari  kuzatiladi.  Teri  osti  klechatkasi  homila  ichi  rivojlanishining  5-oyidan 
boshlab  shakllanadi,  lekin  8-9  oylarda  maksimal  rivojlanadi.  Erta  yoshdagi 
bolalarda  tana  masssasining  12%ini,  kattalarda  8%ini  tashkil  etadi.  Ko'krak 
yoshidagi bolalarda yog' kislotalarining tarkibi ko'krak suti tarkibiga yaqin bo´ladi. 
U  qattiq palmitin va stearin kislota va kam  miqdorda olein kislotani saqlaydi. Bu 
esa  ona  sutidagi  yoglarni  bevosita  o'zlashtirish  imkonini  beradi.  Bola  hayotining 
birinchi  yilida  mahalliy  qattiqlashish  xamda  teri  va  teri  osti  yog'  qavati  shishiga 
moyillik  bo´ladi.  Bolada  to'qimalarning  zichligi  ancha  yuqori  bo´ladi.  Bolalarda 
oziga  xoslik  bolib,  yog'  to'qimasining  ko'krak  qafasida,  ko'ks  oralig'ida,  yirik 
tomirlar  atrofida  va  ichki  organlarda  joylashganligi  hisoblanadi.  U  chaqaloqlarda 
issiqlik  ishlab  chiqarishning  yuqori  darajasini  ta'minlaydi.O'sishda  teri  osti  yog' 
qavatining  yo'g'olishi  o'ziga xos  tartibda kechadi: oldin  qorin  va  ko'krakda, keyin 
tana oxirlarida va yuzda. 
 
Teri  funksiyalari  turlicha  bo'lib,  lekin  ulardan  asosiysi  dag'al  mexanik, 
kimyoviy ta'sirlardan himoyadir. Bola hayotining 1-yilida bu funksiya juda yupqa 
bolgan epidermis va boy qon bilan ta'minlash hisobiga yetarli bo'lmaydi. 
 
Boshqa funksiyalar yetarlicha yaxshi namoyon bo'ladi: 
1. Nafas olishda ishtirok etish 
2. Ayirish 
3. Vitamin D hosil qilish 
4. Sezish 
5. Haroratni sezish 
6. Yuzaki og'riqni sezish  
Bolalarda  terini  o'ziga  xos  fiziologik  xususiyatlari  yangi  tug'ilgan  chaqaloqlar  va  
yoshidagi bolalar terisining o'ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi: 
1. Chaqaloqlarning fiziologik giperemiyasi yoki eritemasi. 
2. Fiziologik qipiqlanish - muguzlangan xujayralarning ko'chishi. 

 
50 
3.  Mayda  sariq  rangdagi  tugunchalar  (milia)  -  bular  chaqaloqlarning  yuz  terisida 
uchraydi. 
4.  Chaqaloqlarda  teri  infitsirlanganda  pufakcha  yuzaga  kelishi  mumkin.  Bu 
epidermis bilan dermani yetarli bo'lmagan bog’liqligidan yuzaga keladi. 
5. Chaqaloqlar va ko'krak yoshidagi bolalarda yozning issiq oylarida isib ketganida 
ko'plab  polimorf  xarakterdagi,  to'q  pushti  rangli,  kattaligi  tonog'ich  boshi 
kattaligidagi element bilan qoplanadi. 
6.  Gigienaga  rioya  hilmaslik  natijasida  bo'yin,  chov  sohasi,  quloq  orqasida 
bicqilish yuzaga keladi. 
Termoregulyasion  va  ayirish  funksiyasi  rivojlanishi,  asab  markazlari  rivojlanishi 
bilan  birga  boradi. Kattalarda    nafas  funksiyasi  juda  bilinmaydi,  o'pkaga  nisbatan 
teri  100  marta  kam  nurlanadi.  Ko'krak  yoshidagi  bolalarda  terining  nafas  olish 
funksiyasi  kattalarga  qaraganda,  katta  axamiyatga  ega,  shox  qavati  yupqaligi  va 
uning qon bilan ta'minlanishi yuqoriligi hisobiga. Ultrafialet nurlanish ta'sirida teri  
pigmenti  vit  D3  hosil  bo'lishida  faol  qatnashadi.  Sezish  harorat,  yuzaki  og´riq 
sezgisi, eksteroreseptorlar keng maydonini ta'minlaydi. Terining haddan tashqari  
qo'zgalishi  bolani  bezovtalanishiga  sabab  bo´ladi,  uyqu  buzilishi,  asab-trofik 
funksiyasi buzilishi va distrofiya rivojlanishiga olib keladi. 
Teri va teri osti yog qavatining shikastlanish semiotikasi 
Bola  terisining  palpasiyasi  yuzaki  bolishi  kerak,  bolaga  ozor  bermaslik 
uchun  asosan  yallig'lanish  infiltratlari  o'rnida  uni  extiyotkorlik  bilan  o'tkazish 
lozim.  Shifokorning  qo'li  toza,  issiq  va  quruq  bo'lishi  kerak.  Palpatsiya  vaqtida 
bolaning  mimikasini  kuzatib  turish,  tekshirish  vaqtida  uning  diqqatini  gap  bilan 
chalg'itish zarur. 
 
Terining  elastikligi  va  qalinligini  aniqlash  uchun, terini  ko'rsatgich  va  bosh 
barmoqlar bilan uncha  katta bo'lmagan  burmalar xolatida  ushlanadi  (teri  osti  yog' 
qatlamisiz), keyin barmoqlarni qo'yib yuboriladi. Agar teri burmalari barmoqlarni 
olgandan  so'ng  darrov  tarqalsa  teri  elastikligi  normal  hisoblanadi.  Agar  teri 
burmalarining tarqalishi sekin asta yuz bersa, teri elastikligi pasaygan hisoblanadi. 
qaerda  teri  osti  yog'  qavati  kam  bo'lsa,  o'sha  yerda  terini  ushlash  lozim:  qo'lning 
ustki  yuzasi;  ko'krak  qafasining  oldingi  yuzasi,  qovurg'alar  ustida,  tirsakning 
egilgan joyida. 
 
Teri  osti  yog' qavatini  baholash uchun  chuqur palpasiya  talab  etiladi  (terini 
tekshirishga qaraganda): o'ng qo'l bosh va ko'rsatgich barmoqlari bilan teri va teri 
osti yog' qavati ushlab olinadi. 
 
Teri  osti  yog'  qavatining  qalinligiga  qarab,  normal,  ko'p  va  yog'  to'planishi 
yetarli  emas  deb  aytiladi.  Teri  osti  yog'  qavatining  tekis  yo’ki  notekis 
tarqalganligiga  e'tibor  beriladi.  Teri  osti  yog'  qavati  qalinligini  quyidagi  ketma-
ketlikda aniqlanadi: 

 
avval qorinda - kindik tengligida va undan tashqarida 

 
to'sh suyagida - o'ng qirrasida 

 
orqada - kurak ostida 

 
oyog- qo'llarida - son va yelka ichki orqa yuzasida. 
 

 
51 
Teri  osti  yog'  qavati  ob'ektiv  ravishda  qalinligi  kaliper  yo’rdamida  triseps, 
biseps,  kurak  osti,  teri  burmalari  qalinligi  yig'indisi  hisobga  olingan  holda 
aniqlanadi. 
Yumshoq to'qimalar turgori  o'ng qo'l bosh  va ko'rsatgich  barmoqlari bilan son va 
yelka ichki yuzasidagi teri va hamma yumshoq to'qimalarni bosib ko’rish  
orqali  aniqlanadi.  Bunda  qarshilik  yo’ki  taranglik  seziladi  va  u  toqimalar  turgori 
deb  ataladi.  Sog'lom  bolalarda  to'qimalar  turgori  qoniqarli  bo´ladi.  Agar  kichik 
yoshdagi  bolalarda  to'qima  turgori  pasaygan  bo'lsa,  bosilganda  lanj  va  kuchsizlik 
aniqlanadi. 
 
Terida organizmda kechadigan ko’pgina patologik jarayonlar aks etadi. Ko’p 
kasalliklarda  teri  xarakterli  tusga  ega  bo´ladi:  gemolitik  anemiyalarda  sariq;  gipo 
va  aplastik  anemiyalarda  mumsimon;  septik  endokarditda  sutli  kofe  rangida; 
yiringli  -  septik    kasalliklarda  va  toksikozlarda  yer  rangi  yoki  kulrang;  xlorozda 
ko'kimtir. Patologik giperemiya - bezgak, eritrositoz bilan kechadigan kasalliklarda 
vujudga keladi.Teri va sklera, til pastki yuzasi va yumshoq tanglay sariqligi virusli 
gepatitda  yuzaga  keladi.  Terining  sianozi,  kokimtir  rangda  bo'lishi-  qonda 
oksigemoglobin  miqdori  9%dan  kamaysa  paydo  bo´ladi.  Total  sianoz  -  tananing 
hamma yuzasini egallaydi, regional - og'iz oldida (og'iz atrofi, og'iz - burun atrofi 
uchburchagi), tananing distal qismi sianozi (burun uchi,  quloq  yumshoq joyi, lab, 
til  uchi, oyog  -  qo'l kaft  va  barmoqlar) - akrosianoz  deb ataladi. Bolalarda  ba'zan 
terining kumush  rangi uchraydi, bu surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligida  
kuzatiladi. Ko'rik vaqtida teri qoplamlarida venoz to'r rivojlanishiga e'tibor berish 
kerak.  Bu  venoz  to'r  "meduza  boshi"  korinishida  bo'lib,    darvoza  venasi  tizimi 
dimlanishida  paydo  bo´ladi.  Ba'zida  teri  tomirlari  tomirlar  yulduzchasini  hosil 
qiladi.  Tomir  yulduzchalari  jigar  surunkali  kasalliklarida    "jigar  kafti",  "tovoni" 
bilan  birgalikda  uchraydi.  Terining  morfologik  elementlari  terida  kechadigan 
patologik jarayonning tashqi korinishi hisoblanadi. 
Dog' - chegaralangan sohalarda terining rangi o'zgarishi bo'lib, teridan chiqib 
turadi, zichligi bo'yicha sog'lom teri sohasidan farq qilmaydi. Oq - pushti yoki qizil 
rangdagi dog'cha nuqtadan,  5 mmgacha o'lchamda bo´ladi va rozeola deyiladi. 1-2 
mm o'lchamdagi ko’pgina rozeolalar mayda nuqtali toshma hosil qiladi. 5 mm dan 
10  mmgacha  dog'lar   mayda  doqli  toshma,   10  dan 20  mmgacha  o'lchamdagi  esa 
yirik dog'li toshma, terining giperemiyalangan katta qismlari eritema deyiladi.  
Yallig'lanishsiz dog'larga, qon talashlar natijasida hosil bo'lgan doglar kiradi: 
petexiya - nuqtali qon talashlar, purpura - 5mm va undan  katta olchamli ko’pgina 
gemorragiyalar.  Bu  guruhga  yana  tomirlarni  noto'g'ri  rivojlanishi  natijasida  hosil 
bo'lgan 
teleangiektaziya, 
tug'ma 
tomirli 
dog'lar 
kiradi, 
shuningdek 
giperpigmentlangan  (jigar  dog'lari),  nevuslar  va  depigmentasiyalidoqlar,  terida 
melanin toplanishining buzilishi tufayli paydo bo'lgan - vitiligo kiradi. 
Yallig'lanishsiz  dog'lar    terini  bosganda  yogolmaydi,  yalli?lanishli  esa 
aksincha bosganda yo'qoladi. 
Papula  -  chegaralangan,  teri  satxidan  biroz  ko'tarilib  turuvchi  yassi  yoki 
gumbazsimon yuzali hosila. Katta o'lchamli papula pilak deb nomlanadi. 
Bo'rtiq - chegaralangan, zich, bo'shliqsiz element. Teri sathidan ko'tarilib turuvchi 
va diametri 5-10 mmgacha boruvchi, ozidan keyin chandiq va yara qoldiradi. 

 
52 
Tugun - zich, teri sathidan kotarilib turuvchi yoki uning qalin qismida joylashuvchi 
hosila,  o'lchami  10  mm  va  undan  yuqori  bo'lishi  mumkin.  Yirik  ko'k  qizil, 
paypaslanganda og'riqli tugunlar - tugunli eritema deb nomlanadi. Yallig'lanishsiz 
tugunlar terini hosilasida uchraydi. 
Qavariq  -  o'tkir  yallig'lanishli  element,  terini  so'rg'ichli  qavatini  chegaralangan 
shishi hisobiga yuzaga keladi. Teri sathidan ko'tarilib turadi, dumaloq shaklga ega. 
O'lchami 20 mm va undan yuqori, tez yo’qoladii, o'zidan keyin iz qoldirmaydi. 
Pufakcha - yuzaki, teri sathidan bir oz ko'tarilib turadi. Boshlig'i seroz yo’ki qonli 
suyuqlik    bilan  to'lib  turadi.  O'lchami  1-5  mm.  Evolyusiyada  qurishi  mumkin. 
Bunda  tiniq  yo’ki  xira  postloq  hosil  qiladi.    Ochilganda  namlanuvchi 
chegaralangan eroziya hosil bo´ladi. Pufakchada leykositlar to'planganda u  yiringli 
pustulaga aylanadi. 
Pufak  -  pufakchaga  o'xshash  element,  lekin  o'lchami  jixatdan  katta  (3-15  mm). 
Seroz, qonli, yiringli suyuqlik bilan to'lgan. Kochib po'stloq hosil qilishi mumkin. 
O'zidan  keyin  turg'unsiz  pigmentasiya  qoldiradi.qipiq  -  epidermisni  muguz 
plastinkalarining  yig'ilishi  natijasida  yuzaga  keladi,  1-5  mm,  mayda  bo'lishi 
mumkin. 
Qatqaloq  -  pufakdagi  ekssudatning  qurishi  natijasida  yuzaga  keladi.  Qatqaloq 
seroz,  yiringli,  qonli  bo'lishi  mumkin.  Bolalar  yonog'idagi  ekssudativ  kataral 
diatezdagi qatqaloq "sutli qotir" deb ataladi. 
Yara - terining chuqur defekti, ba'zida ostidagi a'zolargacha yetib boradi. Birlamchi 
elementlargacha  parchalanishi  natijasida,  limfa  va  qon  aylanishi  buzilishi,  jaroqat  
va trofik buzilishlarda yuzaga keladi. 
Chandiq  -  zich  biriktiruvchi  to'qima,  terini  chuqur  defektini    toldiradi.  Yangi 
chandiqlar qizil rangli bo´ladi. Vaqt o'tishi bilan rangi oqaradi.Teri osti yog' qavati 
o'zgarishini palpasiya bilan aniqlash kerak. Agar teri osti yog' katlami qattiq bolsa, 
bu  sklerema  deyiladi.  Teri  osti  yog'  qavati  qattiqligi  bilan  shish  birga  kuzatilsa, 
skleredema  deyiladi.  Shishlar  yuzda,  qovoqda,  oyog'-qo'llarda  bo'lishi  mumkin, 
umumiy  shish  bo'lsa  anasarka  deyiladi.  Shish  teriga  bosilganda  aniqlanadi, 
chuqurcha hosil bo´ladi, asta-sekin yo’qoladii. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin