Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


Tashqi nafasni tekshirish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30

Tashqi nafasni tekshirish usullari 
Spirografiya  -  tashqi  nafasni  tekshirish  usuli.  Bunda  yopiq  xavo 
sirkulyasiyasi,  o'pka  xajmi  va  o'pka  ventilyasiyasi  grafik  registrasiyasini  apparat 
yo’rdamida tekshiriladi. Tashqi nafasni tekshirish nahorda tinch holatda o'tkaziladi. 
Usul  bolani  faol  qatnashishini  talab  etadi,    5  yosh  va  undan  katta  bolalarda 
qo'llaniladi.  Spirogrammada  nafas  harakati  qiymati  yig'indisi  hisoblanadi  (nafas 
olish  yo’ki  nafas  chiqarish).  O'rtacha  qiymati  aniqlanadi  va  spirograf  shkalasi 
masshtabiga  mos  holda  millilitrlarda  qayta  hisob  bajariladi.  Spirogrammada 
tishlarning  siljish  qiymatiga  qarab,  tinch  holatda  nafas  hajmi  aniqlanadi.havoning 
rezervli hajmi, tinch nafas olgandan keyin olish mumkin bolgan gazning maksimal 
hajmi,  maksimal  nafas  olishning  tinch  holatda nafas  olish  tengligidagi  tishlarning 
o'zgarishida  aniqlanadi  va  millilitrlarda  qayta  hisoblanadi.  Tekshirish  3-4  marta 
takrorlanadi, interval 30-40 sek va eng yuqori natija hisobga olinadi. 
 
O'pkaning  tiriklik  sig'imi  (OTS)  -  maksimal  nafas  olishdan  so'ng  nafas 
chiqarish  mumkin  bolgan  gazning  maksimal  miqdori.  Inspirator  choqqidan  
ekspirator  cho'qqigacha  bo'lgan  masofa  aniqlanadi  va  millilitrlarda  qayta 
hisoblanadi. O'hil bolalarda qizlarga nisbatan OTS yuqori bo´ladi.  Nafas olishning 
minutli  xajmi  (NOMH).  1  minutda  o'pkada  ventilyasiya  qilingan  havo  miqdori. 
NOMH - nafas olish sonining nafas chuqurligiga ko'paytmasi. 3-5 minutdagi nafas 
hajmi yig'indisi hisoblanadi va keyin 1 minutdagi o'rtacha qiymati aniqlanadi.  
 
O'pkaning maksimal ventilyasiyasi (OMV) - nafas olish chegarasi- 10 sekund 
ichida  tez  va  chuqur  nafas  olish,  keyinchalik  1  minut  davomida  qayta  hisoblash 
bilan  aniqlanadi.  Sog’lom  bolalarda  jismoniy  yuklama  bilan  o'tkazilgan  sinama 
qonning kislorodga to'yinishi pasayishiga olib kelmaydi. 
Pnevmotaxometriya  -  havo  oqimiga  qarshilik  ko’rsatishni,  bronxial 
otkazuvchanlik holatini aniqlaydigan usul, nafas mexanikasi ko'rsatgichlaridan biri 
hisoblanadi. 
 
 

 
60 
Nafas olish tizimi shikastlanishi semiotikasi va sindromi. 
Tekshirish usullari 
Bolani  ko'ruv  vaqtida  burundan  ajralma  kelishi  va  burun  orqali  nafas  olish 
qiyinlashuvini sezish mumkin. Tashqi ko'rikda nafas yetishmovchiligi teri sianozi, 
lab shilliq qavati va til sianozi bilan bilinadi. 
Yo'tal  va  ovozning  o'zgarishi  -  nafas  tizimi  zararlanishiga  xos  belgilardan 
biri. Yo'tal quruq, dag'al,"akillovchi", xo'l balg'am ajralishi bilan bo'lishi mumkin. 
Korik vaqtida og'iz boshlig'ida tomoq va bodomcha bezlari holatiga e'tibor berish 
kerak.  Shuningdek,  ko'rikda  nafas  turiga  e'tibor  berish  kerak  (kichik  bolalarda 
nafas olishning qorin turi), ko'krak qafasi harakati va shakli, nafas olishda ko'krak 
qafasi ikki tomoni sinxron qatnashishi, qovurg'alararo mushaklar tortilish xarakteri, 
bolani  korik  vaqtida  nafas  olishda  yo’rdamchi    mushaklarning  (qorin  to'g'ri 
mushagi,  ko'krak-o'mrov,  ko'krak)  qatnashishi  nafas  olishning  qiyinlashuvi,  ya'ni 
hansirashdan  dalolat  beradi.  Bunda  erta  yoshdagi  bolalarda  burun  qanotlari 
kerikishi va zo'riqishi  
kuzatiladi. 

 
inspirator xansirash - nafas  olish qiyinlashgan; 

 
ekspirator xansirash - nafas chiqarish qiyinlashgan 

 
aralash xansirash - ekspirator-inspirator 

 
stenotik nafas - yuqori nafas yollaridan havo otishining qiyinlashuvi 

 
nafas  yetishmasligi  xuruji  -  astmada  kuzatiladi  (nafas  olish  va  chiqarish 
jarangdor, masofadan eshitiladi) 

 
tug'ma  stridor.  Erta  yoshdagi  bolalarda  bo´ladi.  Nafas  olishda  inspirator 
shovqin bilan xarakterlanadi, 2-3 yoshda o'z-o'zidan yo’qoladi. 
 
Palpasiyada  ko´krak  qafasida  og’riqni  aniqlash  mumkin.  Bunda  yuzaki 
og’riq  (yuzaki  to'qimalar  (muskul,  nerv,  suyak)  bilan  bog’liq)  va  chuqur  (plevra 
shikastlanishi  bilan  bog’liq)  og'riq  ajratiladi.  Plevral  ogriqlar  nafas  olish  va 
chiqarishda kuchayadi, epigastral va qovurg'a osti soxasiga uzatiladi. Agar ko'krak 
qafasiga bosilsa, kamayadi. 
Ovoz dirillashi - bemor ko'krak qafasining ikki tomoniga, simmetrik qismlarga qo'l 
qo'yilganda  seziladi,  bu  vaqtda  bemor  ovozga  katta  vibrasiya  beradigan  so'zlarni 
aytadi  (ko’proq  "r"  xarfi  bo’lgan  sozlar,  "arra",  "qir?  to'rt"  va  boshqalar).  Ovoz 
dirillashini aniqlash uchun boladan yuqoridagi so'zlarni aytish talab etiladi, kichik 
yoshdagi bolalarda yig'laganda aniqlanadi. 
Ovoz  dirillashining  kuchayishi  o'pka  to'qimasi  qattiqlashuvi,  o'pkada  bo'shliqlar 
borligi  bilan  bog’liq.  Ovoz  dirillashi  pasayishi  bronxlar  tiqilib  (to'lib)  qolganda 
(o'pka  atelektazi),  ko´krak  devorlarida  bronxlarning  siqilishlarida  (ekssudat, 
pnevmatoraks,  plevra  o’smasi)  kuzatiladi.Nafas  olish  sonini  sanash  bolaga 
bildirilmaganholda otkaziladi, ko´krakka yo’ki qoringa qo'l qo'yib, chaqaloqlar va 
ko'krak  yoshidagi  bolalarda  -  nafas  olish  sonini  bolaning  burniga  stetosko’pni 
qo'yib (uyqu vaqtida) aniqlash ham mumkin. Nafas olish sonini sanash bir minutda 
o'tkaziladi. 
 
 

 
61 
Sog´lom bolalarda nafas olish soni (minutda) 
Chaqaloqlar - 40-60 ta 
6 oy - 35-40 ta 
1 yosh - 30-35 ta 
4-6 yosh - 24-26 ta 
10-12 yosh - 18-20 ta 
13-15 yosh - 16-18 ta 
 
Ko'krak  qafasini  perkussiya  hilganda  bolani  xolati  togriligiga  e'tibor  berish 
kerak.  Erta  yoshdagi  bolalarda  ko'krak  qafasi  old  yuzasini    bola  yotgan  xolatda 
perkussiya  qilish qulay, kichik bolani kimdir  ushlab turishi kerak. Boshini ushlay 
olmaydigan  bolalarda,  qoringa  yotqizib  yoki  bolani  chap  holga  olib  perkussiya 
qilinadi.  Bu  xolatda  bola  shifokorning  chap  qo'l  kaftida  orqasi  bilan  yotadi,  o'ng 
qo'lning  bosh  barmog'i  bolani  chap  qo'ltiq  ostiga  o'tkaziladi,  ko'rsatgich  barmoq 
o'ng  o'mroviga  qo'yiladi.  qolgan  barmoqlar  ko'krak  qafasining  o’ng  tomoni  yon 
yuzasiga qo'yiladi.  
Kichik yoshdagi bolalarni stulga otkazib perkussiya qilinadi. Katta yoshdagi 
bolalarni tik turgan holda perkussiya qilinadi. Bunda orqa yuzani perkussiya qilish 
uchun qo'l ko'krakka qo'yiladi va bir vaqtning o'zida oldinga bir oz engasqiladi. 
Ko'krak qafasi yon yuzasini perkussiya qilinganda qo'lni shu tomonga yengil olib 
borish  kerak.  Katta  yoshdagi  bolalarda  bevosita,  kichik  yoshdagi  bolalarda 
bilvosita perkussiya ishlatiladi.  
Bilvosita perkussiya bukilgan barmoqlar, orta va korsatgich barmoqlar bilan 
tukillatib  bajariladi.  Bunda  toqimalardagi  qarshilikni  qo'l  bilan  sezish  mumkin. 
Perkussiyaning  bu  usuli  erta  yoshdagi  bolalarni  tekshirishda  ishlatiladi.  Ko'krak 
yoshidagi  bolalarda  o'pkaning  taqqoslash  perkussiyasi  orqaga  yotgan  holatda, old 
tomondan  otkaziladi,  orqa  tomondan  bemor  o'tirgan  xolatda  oldinga  bir  oz 
engashadi, onasi old tomondan bolani ushlab turadi.  

 
62 
 
Ko'krak  qafasi  old  tomonida  vertikal 
tanitadigan chiziqlar 
1. 
oldingi o'rta chiziq 
2. 
to'sh chizig'i 
3. 
to'shsuyagi oldi chizig'i 
4. 
o'rta omrov chizig'i 
 
 
 
 
  
Ko'krak  qafasi  yon  tomonidagi 
vertikal tanitadigan chiziqlar 
1. 
1. old qo'ltiq osti chizig'i 
2. 
2. o'rta  qo'ltiq osti chizig'i 
3. 
3. orqa qo'ltiq osti chizig'i   
1.
 
 
Ko'krak  yoshidagi  bolalarda  qovurg'alararo,  shuningdek  qovurg'a  bo'ylab 
perkussiya  qilinadi,  ko´krak  qafasining  kuchsizligini  hisobga  olinadi.  Katta 
yoshdagi  bolalarda  o'pkaning  yuqori  chegarasi  old  tomondan  o'mrov  suyagi 
o’rtasitdan  2  -  4  sm  yuqorida,  orqa  tomondan  VII-  bo'yin  umurtqasidan  chiqib 
turmaydi. 
 

 
63 
 
Ko'krak  qafasi  orqa  tomonida  vertikal 
tanitadigan chiziqlar va soxalar 
1. 
orqa 
o'rta 
chiziq 
(umurtqa 
poqonasi)  
2. 
Umurtqa poqonasi oldi chizig'i 
3. 
kurak chizig'i 
a. kurak usti sohasi 
b. kuraklararo soha 
v. Kurak osti sohasi
 
 
  
 
    
   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ko'krak qafasining old  yuzasida 
o'pkaning taqqoslash perkussiyasining 
sxemasi 
       
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
64 
 
 
 
 
 
Ko'krak qafasining yon  yuzasida 
o'pkaning taqqoslash perkussiyasining 
sxemasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ko'krak qafasining orqa  yuzasida 
o'pkaning taqqoslash perkussiyasining 
sxemasi 
 
 
 
Erta yoshdagi bolalarda topografik perkussiyaning xususiyatlari:  
 

 
5-6  yoshgacha  bolalarda  opkaning  yuqori  chegarasi  aniqlanmaydi,  chunki 
o'pka choqqisi o'mrov suyagi tengligida bo´ladi. 

 
o'pkaning  pastki  chegarasi  bir  qovurg'a  yuqorida  joylashadi,  sababi 
diafragma yuqori joylashgan. 

 
o'pkaning  pastki  chegarasini  uch  tomondan  aniqlashda  uchta  chiziq    bilan 
chegaralanish mumkin:  

 
old tomondan - o'rta-o'mrov, yon tomondan-o'rta- qo'ltiqosti, orqadan -kurak 
chizig'i bo'ylab. 
 
Perkussiya  yo’rdamida  intratorakal  limfa  tugunlari  xolatini  aniqlash 
mumkin. Buning uchun bir qator simptomlar mavjud. 
Korani  simptomi.  7-8  ko´krak  umurtqalaridan  boshlab  pastdan  yuqoriga  qarab 
bevosita  perkussiya  qilinadi.  Normada  perkutor  tovushning  qisqarishi  kichkina 

 
65 
bolalarda  ikkinchi  ko´krak  umurtqasida  katta  yoshdagi  bolalarda  esa  4  ko'krak 
umurtqasida  aniqlanadi.  Bu  xolda  Korani  simptomi  manfiy  xisoblanadi.  Agar 
tovushning  qisqarishi  ko'rsatilgan  umurtqalardan  pastda  bo'lsa  simptom  musbat 
xisoblanadi.  Musbat  Korani  simptomi  bifurkasion  va  traxeal  limfa  tugunlari 
kattalashganda kuzatiladi.  
Filosofov  jomi  simptomi.  Ikkala  tomonda  birinchi  va  ikkinchi  qovurg'alar  orasida 
ko'krak  suyagi  tomonga  qaratib  perkussiya  qilinadi.  Normada  tovushning 
qisqarishi ko'krak suyagida aniqlanadi va simptom manfiy hisoblanadi. Paratraxeal 
limfa  tugunlari  kattalashganda  tovushning  qisqarishi  ko'krak  suyagiga  yetmasdan 
aniqlanadi. 
Arkavin  simptomi.  Oldingi  qo'ltiq  chiziqlari  bo'ylab  pastdan  yuqoriga  qo'ltiq 
chuqurchasiga qarab perkussiya  qilinadi. Normada tovush qisqarishi kuzatilmaydi 
(simptom manfiy). O'pka ildizi limfa tugunlari kattalashganda perkutor tovushning 
qisqarishi aniqlanadi va simptom musbat hisoblanadi. 
Auskultasiya. Bolani eshitish, hamda perkussiya qilishni o'tirgan holatda o'tkazish 
qulay,  kichik  yoshdagi    bolalarda  qo'llarini  ikki  tomonga  uzatib  yo’ki  tirsakka 
bukib va qo'lini qorniga olib kelib bajariladi.  
Auskultasiyada eshitiladigan nafas olish turlari: 

 
vezikulyar  (nafas olish va  chiqarish nisbati, nafas  chiqarish  nafas olishning 
1/3 tashkil etadi), 5-6 yoshdan keyin eshitiladi. 

 
pueril  nafas  -  nafas  chiqarish  nafas  olishning  yarmidan  ko’proqini  tashkil 
qiladi, 1-3 oydan 6-7 yoshgacha eshitiladi. 

 
bronxial nafas - bunda nafas chiqarish nafas olishdan uzunroq eshitiladi.  
Nafas  olish  xarakterini  baholashda    ovoz  fenomening  tembrdagi  farqiga  ham 
e'tibor  beriladi.  Soqlom  bolalarda  bronxial  nafas  old  tomondan  yoysimon 
chuqurcha,  halqum  va  kekirdak  ustida,  orqadan  esa  3-4  ko'krak  umurtqasi 
tengligida eshitiladi. 
Bolalarda  nafas  shovqinlari  -  bolalik  davrlaridagi  nafas  tizimi  anatomo-
fiziologik  rivojlanishi  xususiyatiga  bog’liq  bo'lgan  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega. 
Bola  hayotining  birinchi  oylarida  alveolalarning  yaxshi  rivojlanmaganligi, 
o'pkaning  kam  havoliligi  va  unda  elastik,  mushak  to'qimalarining  kuchsiz 
rivojlanganligi  sababli  nafas  shovqinlari  norma  hisoblanadi,  kuchsiz  vezikulyar 
nafasga  mos  keladi.  Bu  auskultativ  fenomen  bolalarda  1  yoshdan  10  yoshgacha 
yo’qoladii,  bunda  opkaning  anatomik  tuzilishi  va  funksiyasi  shakllangan  bo´ladi, 
ko'krak  devori  yupqaligi  va  ko'krak  qafasi  kichik  hajmi  ovoz  yaxshi  o'tkazishga 
olib  keladi.  Bu  yosh  davrida  nafas  shovqinlari  jarangdor,  ba'zida  kuchsiz 
aniqlanadi  va  plevra  bo'shlig'iga  oz  miqdorda  suyuqlik  to'planishidan  nafas 
shovqinlari  pasayadi,  lekin  to'liq  yoqolmaydi.  Bu  kattalarda  ko’p  uchraydi.  1 
yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda nafas shovqinlari xususiyati sababi (ovozni 
yaxshi  o'tkazishi,  bronxlarning  nisbatan  torligi  va  bronxial  nafasning  ko'krak 
devoriga  qisman  o'tkazilishi  (ovoz  yorig'ining  yaqin  joylashganligi)  bo´ladi.  1 
yoshdan  7  yoshgacha  vezikulyar  nafas  emas,  pueril  nafas  eshitiladi  (lot.  puer. 
bola). U vezikulyar nafasdan nafas chiqarishning kuchayishi va davomiyligi bilan 
farq qiladi. Kattalardagi dag'al nafasga to’g’ri keladi. 

 
66 
Bu  nafas bolalarda bronxit va  bronxopnevmoniyalarda  eshitiladi, kattalarga 
qaraganda erta paydo bo´ladi, nafas chiqarishda qo'shimcha kuchaygan shovqinlar 
bilan  xarakterlanadi,  asosan  alohida  tembrli  bo´ladi.  Bu  bilan  pueril  nafasdan 
farqlanadi.  Bolalarda  nafas  shovqinlari  diagnostik  bahosi  kattalarnikiga  oxshash 
bo´ladi. Nafas tizimi kasalliklarida  nafas olishning patologik o'zgarishi kuzatiladi. 
Susaygan  nafas  - nafas  aktining umumiy  pasayganligida, alveolalarga  havo 
kirishi  kamayganida  kuzatiladi  (halqum  torayishi,  nafas  mushaklari  nuqsoni), 
atelektaz, bronxospazm, obstruksiya sindromida, ekssudativ plevrit, pnevmotoraks, 
emfizema, o'pka yallig'lanishi, plevraning qalinlashuvida. 
Kuchaygan  nafas  mayda  yoki  maydaroq  bronxlar  torayishida,  yallig'lanish 
yo’ki spazm (astma xuruji, bronxiolitda), tana xarorati ko'tarilishi bilan kechadigan 
kasalliklarda kuzatiladi. 
Dag'al  nafas  -  qo'pol  vezikulyar  nafas,  nafas  chiqarishining  uzayishi  bilan 
xarakterlanadi. Bronxit va bronxopnevmoniyada kuzatiladi. 
Xirillashlar - qoshimcha shovqin, havo tashuvchi bo'shliqlarda  sekret, qon, 
shilliq, shish suyuqligining qayta harakatlanishi yo’ki tolqinlanishida hosil bo´ladi. 
Xirillashlar  quruq  va  nam  bo´ladi.  quruq  xirillashlar:  hushtaksimon,  baland,  past, 
musiqaviy.  Birinchisi  bronxlar  torayishida,  asosan  kichik  bronxlar  torayishida 
bo´ladi,  ikkinchisi  quyuq  balg'amni  to'lqinlanishidan  hosil  bo´ladi,  yirik 
bronxlarda, rezonansni beradi. 
Xo’l  xirillashlar  suyuqlik  orqali  havoning  o'tishidan  hosil  bo´ladi. Bronxlar 
o'lchamiga (kalibriga) qarab xirillashlar mayda, o'rta va yirik pufakli bo´ladi. Ular 
jarangdor  va  jarangsiz  xirillashlar  turlariga  bo'linadi.  Pnevmoniyada  jarangdor 
xirillashlar  eshitiladi.  Ular  shuningdek  bronxoektazdagi  bo'shliqlarda  ham  paydo 
bo´ladi.  Jarangsiz  xirillashlar  bronxiolitda,  bronxit,  opka  shishi,  atelektazda 
kuzatiladi.  
Xirillashlardan krepitasiyani farq qilish kerak. 
Krepitaеsiya    (alveolyar  krepitasiya)  patologik  yuqori  chastotali  nafas  shovqini, 
ekssudati  bor  o'pka  alveolari  devorlari  yopishishi  natijasida  hosil  bo´ladi. 
Krepitasiyaning xirillashdan farqi, chuqur nafas olish balandligida eshitiladi,  ko’p 
mayda ishqalanishning yuzaga chiqishi, barmoqlar orasida  sochning g'ichirlashiga 
o'xshaydi. 
Alveolyar  krepitasiya  -  o'tkir  krupoz  pnevmoniyaning  spesifik  belgisi, 
ekssudat  paydo  bolish  fazasiga  mos  keladi  (boshlang'ich  krepitasiya-  crepitatio 
indix).  Ba'zida  krepitasiya  o'tuvchi  auskultativ  fenomen  bo'lib,  rivojlangan 
atelektaz  ustida  bo´ladi,  shuningdek  disksimon  atelektazda  o'pkaning  pastki 
qismida  gipoventilyasiya  hisobiga  (bu  xolatlarda  bir  necha  chuqur  nafas  olishdan 
keyin  yo’qoladii).  Bu  paytda  bronxiola  devorlari  nafas  chiqarishda  yopishadi, 
keyingi nafas olishda ocqiladi, ovoz chiqaradi. 
Plevraning  ishqalanish  shovqini.  Yuzasi  fibroz  suyuqlik  bilan  o'zgargan 
(quruq  plevritda),  sklerotik  jarayon,  osmalar  elementi  (mezotelioma,  plevra 
karsinomatozi) bilan qoplangan plevra varag'larining ishqalanishidan  hosil bolgan 
shovqin. qar  xil  holatlarda  shovqin  chastota diapozoni turlicha (710-1400  Gs.)  va 
uni qabul qilish farqlanadi. Ba'zi holatlarda u qor ishqalanish yoki qichirlashidek, 
boshqa  paytlarda  xuddi  qattiq  yuza  ustida  qum  harakatidek  eshitiladi.  Yumshoq 

 
67 
moysimon  ovoz  beradi.  Shovqin  quloqqa  yaqin  eshitilayotgandek  qabul  qilinadi. 
Krepitasiya va xirillashdan  farq qilib, u nafas olish va chiqarishda ham eshitiladi, 
nafas chuqurligi kuchayganda yuqorilashadi, bemorni soq tomonga yotkazilganda, 
ba'zida stetosko’p bilan ko'krak devoriga bosilganda eshitiladi. 
 
Stridor  (lot.stridor  -  xushtak:  sinonimi  stridorli  nafas)  -  shovqinli  nafas, 
halqum yoki traxeya torayishi natijasida yuzaga keladi. Masofaviy xarakterga ega, 
bemordan  ma'lum  bir  masofada  eshitiladi,  tembri  bo'yicha  bronxial  yoki  amforik 
nafas,  shovqinli  ovoz,  nafas  olishning  qiyinlashuvi  va  nafas  chiqarishning  bir  oz 
qiyinlashuvi bilan kechadi. 
 
Tug'ma  stridor  -  ko'p  hollarda  laringomalyasiya  -  halqum  toqaylari 
shakllanishi  orqada  qolishi  bilan  xarakterlanadi,  buning  natijasida  xalqum 
tug'ruqdan  keyin  xam  mayin,  chokkan  bo´ladi.  Nafas  olganda  halqum  yumshoq  
devori ichkariga tortiladi va uning yorig'ini toraytiradi. 
Tuhilgandan  keyin  4-6  xaftasida  laringomalyasiyaga  bog’liq  stridor  paydo 
bo´ladi.  Tinch  xolatda  yoki  qorinda  yotqizilganda  stridor  yo’qoladii,  yig'laganda 
kuchayadi,  ba'zi  xolatlarda  doimiy  saqlanadi.  Bunda  bola  ovozi  jarangdor,  toza 
bolib  qoladi,  umumiy  axvoli  o'zgarmaydi.  Halqum  tog'aylari  o'sish  va 
rivojlanishida (1 yoshda) stridor yo’qoladii. 
Tuhilgandan  keyin  darrov  yuzaga  chiqadigan  stridor  qar-xil  tug'ma 
nuqsonlar - xoana atreziyasi, halqum kistasi, halqum va traxeya tug'ma stenozi va 
boshqalarga  bog’liqdir.  Agar  stridor  emizishda  paydo  bo'lsa,  traxeya  va 
qizilongach  o’rtasitdagi  teshik,  halqumning  tirqishidan  dalolat  beradi.  O'tkir 
respirator virusli infeksiya  qo'sqilishi stridorni kuchaytiradi. Ba'zida nafas yolllari 
otkazuvchanligi  buzilishi  natijasida  nafas  etishmovchiligi  belgilari  rivojlanadi 
(xansirash, sianoz, nafas olishda  qovurg'alararo  mushaklar tortilishi  va  boshqalar) 
stridor sababini aniqlash uchun bolani pediatr va otorinolaringolog ko'rishi kerak.  
Laringomalyasiyali  stridorda  bolani  kuzatish  lozim,  erta  chiniqtirish 
tadbirlari  bilan  o'tkir  respirator  virusli  infeksiya  profilaktikasi  o'tkaziladi.  O'RVI 
qo'shilganda, bolada xansirash paydo bo'lsa, tezda gospitalizasiya qilish kerak. 
 
Bronxofoniya  -  ovozni  bronxlardan  ko'krak  qafasiga  o'tishi,  auskultasiya 
yordamida 
aniqlanadi. 
Pnevmoniya, 
tuberkulez, 
atelektazda 
kuchaygan 
bronxofoniya  bo´ladi.  Susaygan  bronxofoniya  plevral  boshliqda  suyuqlik 
(ekssudativ plevrit, gidrotoraks, gemotoraks va  havo -pnevmatoraks) to'planganda 
yuz beradi. 
Nafas yetishmovchiligi - qonning normal gaz tarkibini ta'minlamaslik bo'lib, tashqi 
nafas  apparati  nofaol  ishi  hisobiga,  organizmning    funksional  imkoniyatlari 
pasayishiga olib keladi.  
 
Nafas yetishmovchiligi 4ta darajaga bo'linadi: 
Nafas  yetishmovchiligi  I  darajasi  -  tinchholatda  uning  klinik  korinishi 
bo'lmaydi yoki unchalik rivojlanmagan bo´ladi. Lekin yengil jismoniy zoriqishdan 
keyin qisman hansirash, og'iz atrofi sianozi va taxikardiya paydo bo´ladi. 
Nafas  yetishmovchiligi  II  darajasi  -  tinch  holatda  qisman  xansirash 
kuzatiladi  (nafas    qoni  25%  ga  normaga  nisbatan  kuchaygan),  taxikardiya,  teri 

 
68 
rangi  oqarishi va  og'iz  atrofi sianozi.  Puls tezlashgan, arterial bosim  ko'tarilishiga 
moyillik bor, asidoz. Kislorod berilganda bemorni axvoli yaxshilanadi. 
Nafas  yetishmovchiligi  III  darajasi  -  nafas  juda  tezlashgan  (50%  dan 
yuqori),  yer  rangidagi  sianoz  kuzatiladi,  marjon  ter  oqadi.  Nafas  yuzaki,  arterial 
bosim pasaygan, nafas rezervi nolgacha tushadi. 
Nafas yetishmovchiligi IV darajasi - aritmik, vaqti-vaqti bilan, yuzaki 
nafas olish. Umumiy sianoz (akrosianoz) kuzatiladi, bo'yin venalari bo'rtishi, 
gipotoniya. Kislorod ingalyasiyasi xar doim xam ahvolni yengillashtirmaydi, 
ba'zida umumiy ahvolini yomonlashtiradi. 
 
HOMILA VA  ChAQALOQLARDA QON AYLANISh TIZIMI.  
YuRAK-TOMIR TIZIMI ORGANLARI ShIKASTLANIShI SEMIOTIKASI 
VA TEKShIRISh USULLARI 
Yurak  pusht  varaklari  homila  ichining  2  haftasida  ikkita  alohida  yurak 
pushtlaridan boshlanadi, keyin bo'yin sohasida joylashgan bitta naychaga quyiladi. 
3  xaftalikda  tez  osishi  natijasida    S-simon  harfga  o'xshab  bukiladi.  4-xaftadan 
boshlab  bo'lmacha  va  arterial  yo’lak    yurak  trubkasiga  qarama-qarshi  oxirida, 
yurakda  ikki  kamerali  (baliqga  o'xshash)    venoz    sinus  va  bo'lmacha  o'rtasida 
klapan  hosil  bo´ladi.  5-  xaftadan  boshlab,  bo'lmachalararo  to'siq  hosil  bo´ladi  va 
yurak  uch  kamerali  bo´ladi  (amfibiyaga  o'xshash),  6-7  xaftadan  umumiy  arterial 
o'zak ikkiga bo'linadi. O'pka arteriyasi va aorta, qorinchalar o'ng va chap qismlarga 
bo'linadi.  4-xaftadan  boshlab  bir    vaqtning  o'zida  yurak  o'tkazuvchanlik  yo'llari 
shakllanadi,  asosiy  yo'llari  (sinoatrial,  atrioventrikulyar  tugun,  Giss,  Baxman, 
Venkebax,  Torelya  tutamlari),  bundan  tashqari  qo'shimcha  (Maxayma,  Kent, 
Djeyms  va  boshqalar)  yollari  shakllanadi.  Bola    tug’ilgandan  keyin  qo'shimcha 
tutamlar involyusiyaga uchraydi va 0,1-0,2% bolalarda qoladi. 
Chaqaloqlarda  yurak  nisbatan  katta  va  tana  vaznining 0,8% ni  tashkil  etadi 
(22 gr atrofida), kattalarda - 0,4%. O'ng  va chap  qorincha tenglashadi, devorlari 
qalinligi 5 mmni tashkil qiladi. Yoshi kattalashishi bilan yurakning vazni ortadi: 8 
oyligida  yurak  vazni  ikki  barobar,  3  yoshda  uch    barobar,  6  yoshda  11  martaga 
kattalashadi.  Chap  yurak  katta  zo’riqish  ostida    intensiv    osadi,  14  yoshda  chap 
qorincha devori qalinligi 10 mm (ong- 6 mm)ga yetadi. Ikkala bo'lmacha o'lchami 
katta,  ular  devorining  qalinligi  2  mm.  Bir    vaqtning    o'zida    to'qima 
differensirovkasi yuz beradi. Chaqaloq miokardi juda yupqa  mushak to'qimasidan  
iborat,  biriktiruvchi  to'qima  kuchsiz  rivojlangan,    ko’ndalang    fibrillyardan    va 
ko'ndalang  chiziqdan  iborat.  Yadrosi  ko’p  sonda  bo´ladi,  lekin    mayda,  kam 
differensiyalangan, kichik arteriyalar yaxshi rivojlangan va  yurak mushaklarining  
yaxshi  qon  bilan  taqsimlanishini  ta'minlaydi.  Magistral    tomirlar  nisbatan  katta 
o'lchamga  ega.  10-12  yoshgacha    bolalarda  o'pka    arteriyasi    aortaga    nisbatan  
keng,  keyin    uning    yorig'i  bir    xil    bo´ladi.  Jinsiy    shakllanishdan    keyin  qayta 
o'zaro  munosabati    tiklanadi.  Erta  yoshdagi  bolalarda  katta  qon    aylanish  arteriya 
va  venalari  yorig'i  yig'indisi  bir  biriga  yaqin  (1:1),  katta  yoshdagi    bolalarda  bu 
nisbat  1:3, kattalarda 1:5 ga teng. Bolalarda kapillyar tizim, kattalarga nisbatan va 
mutloq  keng,  temperatura  gomeostazi  ushlashini    qiyinlashtiradi.  Homila  qon 
aylanishi homila rivojlanishi uchun kerakli mahsulotlarni  ona qonidan  oladi, qon 

 
69 
bachadon  arteriyasi  orqali  yoldoshga  o'tadi  ("bola  o'rni"),  shuning  uchun  homila 
qon  aylanishi,  plasentar  deyiladi.  Yoldoshda  homila  ona  qonidan  ozuqa 
moddalarni  oladi.  Yo’ldoshdan  arterial  qon  homila  kindik  venasiga  boradi 
v.umbilicalis,  kindik  kanalchasi  tarkibida  jigar  pastki  qirrasiga  yonaladi,  kindik 
venasi    shariga  quyiladi  va  jigar  darvozasi  tengligida    2  ta  shoxchaga  bo'linadi. 
Birinchi  shoxcha    darvoza    venasiga,  ikkinchi    shoxcha  venoz  (aransiev)  yoliga, 
ductus  venosus  -  jigar  yoki  pastki  yarim  venaga  quyiladi.  Shunday  qilib, 
yoldoshdan    kindik  venasi  orqali  chiqayotgan    arterial  qonning  bir  qismi  pastki 
yarim venaga, bir  qismi esa jigarga o’tadi,  jigar  homila  qon hosil qilish organi  
hisoblanadi.  Keyin  jigar  venalaridan  qon    pastki    kovak  venaga  boradi,  bu  yerda  
venoz qon bilan  aralashadi.  
Pastki    kovak  venadan  aralashgan  qon  o'ng  bo'lmacha,  undan 
bolmachalararo  to'siq  orqali  chap  bo'lmachaga,  uning  oqimi  homilada  yaxshi 
rivojlangan  pastki  kovak  vena  qavatiga  (Evstaxiev  qavati)  yonaladi.  Chap 
bo'lmachadan qon  chap qorinchaga  tushadi, keyin  aortadan  organ va  to'qimalarga 
yonaladi. 
Venoz  qon  homila  tanasining  yuqori  qismidan  yuqori  yarim  vena  bo'ylab 
o'ng  bo'lmachaga  keladi.  O'ng  bolmacha  qorincha  teshigi  orqali  bu  qon  o'ng 
qorinchaga o'tadi, undan o'pka o'zagiga (arteriyasi), keyin yirik arterial (Batallov) 
yo'lga  oqadi,  ductus  arteriosus,  bevosita  aortaga  (chap  o'mrov  usti  arteriyasi 
chiqqan joydan pastroqda) o'tadi.  Aortaga chap qorinchadan o'tgan aralash qonga 
venoz qon yangi porsiyasi  qo'siladi. Bu aralashgan  qon aorta shoxchalari  orqali  
homila  tanasining  barcha  organ  va  to'qimalariga    ketadi.  Shunday    qilib  homila  
tanasining  yuqori  qismi  (bosh  miya  xam)  tananing  pastki  qismiga  nisbatan,  aorta 
yoyi  shoxchalari  bilan  qon  bilan  ta'minlanadi  (umumiy  uyqu  va  o'mrovosti 
arteriyalari),  kislorod va ozuqa moddalarga  boy qonni  oladi.  
Homila qonining kislorod va ozuqa moddalar bilan to'yinishi yo’ldoshda yuz 
beradi, aralashgan  qon aortadan ichki yonbosh arteriyaga, keyin uning shoxchalari 
orqali juft  kindik arteriya, a.umbilicalis -yoldoshga o'tadi.  
Chaqaloq  tuhilgandan  keyin,  tomir    tizimida  asosiy  o'zgarish  yuz  beradi: 
plasentar  qon  aylanish  o'pka  qon  aylanishiga  birdan  otadi.  O'pka,  o'pka  arteriyasi 
va    venalari  o'z  faoliyatini  boshlaydi.  Tug'ilgandan    keyin  bog’langan  kindik 
tomirlari  bo'shaydi:  kindik  vena  o'zagi  jigar  aylana  boylamiga  o'zgaradi,    kindik 
arteriyalari o’ng va chap lateral kindik boylamiga, arteriya yorig'i uning boshlanish 
qismlarida saqlanadi.  
Bu kindik boylamlari qorinning old devori orqa yuzasida joylashgan. Venoz 
yolak  venoz  boylamga,  homila  o'pka  o'zagini  aorta  yoyining  egilgan  qismi  bilan 
biriktirgan arterial yo'lak, arterial boylam  bo´ladi. O'pka o'zagini (yoki chap o'pka 
arteriyasi) aorta yoyi bilan biriktiradi. 
 
Bolalarda   yurak   qon  - tomir  tizimini tekshirish    usullari 
Sog’lom bolalarda yurak urish soni va puls soni o'rtasida farq bo'lmasligi kerak. 
 
 
 

 
70 
Sog’lom bolalarda bir minutda puls soni 
Yoshi  
Puls soni 
Chaqaloqlar 
120-140 
6 oy 
130 
1 yosh 
120 
5 yosh 
100 
8 yosh 
90 
10-12 yosh 
85 
 
Yurak  uchi  turtkisi  lokalizasiyasi  doimiy  emas  va  bola  yoshiga,  qorin 
boshlig'i  organlarining to'lalik darag'aciga bog'liq. 
 
Sog'lom bolalarda  yoshiga mos xolda  yurak  cho'qqi turtkisining xolati 
0-2 yosh 
2-7 yosh 
 
7-12 yosh 
Chap 
o'rta 
o'mrov 
chizig'ida  1,5  -  2  sm 
tashqarida  4-  qovurg'a 
orasi   
Chap 
o'rta 
omrov 
chizig'ida 

sm 
tashqarida,  V-  qovurg'a 
oralig'ida 
Chap  o'rta  o'mrov  chizig'idan 
0,5 - 1 sm ichkarida,  
V - qovurg'a oralg'ida. 
 
  
7 yoshda chap o'mrov chizig'iga tenglashadi 
 
Normada yurak turtkisi maydoni 2x2 sm gacha bo´ladi.   
Bolalarda yurak chegaralarini perkutor aniqlash qoidalari. 
1. Perkussiya tinch holatda o'tkaziladi. 
2. Plessimetr-barmoq qidirilayotgan chegaraga  parallel joylashadi. 
3.  Plessimetr-barmoq  qadami  katta  bo'lmasligi,  barmoq  kengligidan  o’shmasligi 
kerak. 
4. Perkutor urish yo'nalishi oldindan orqaga bo'lishi kerak. 
5. Qidirilayotgan perkutor chegara plessimetrning tashqi qirrasidan boshlanadi.  
 
Sog'lom bolalarda yurak nisbiy chegarasi 
Chegaralar 
0-2 yosh 
2-7 yosh 
7-12 yosh 
O'ng    
O'ng 
parasternal 
chiziq 
Parasternal 
chiziqdan 
bir 
oz 
ichkarida 
O'ng  parasternal  va 
tosh  suyagining  o'ng 
qirrasi  o'rta  teng  lik 
masofasida 
Chap 
Chap  o'rta  'mrov 
chizig'idan 
1,5-2 
sm  tashqari  1V  - 
qovurg'a oralig'ida 
Chap  o'rta  o'mrov 
chizig'idan 1 sm tash  
qarida,  V  -  qovurg'a 
oralig'ida 
 
Chap  
o'rta 
o'mrov 
chizig'idan  0,5-1  sm 
ichkarida, 
V-qo- 
vurg'a  oralig'ida.  7 
yoshda  chap  o'rta 
o'mrov 
chizig'iga 
tenglashadi 

 
71 
Yuqori  
II qovurg'a  
II qovurg'a oralig'ida   III qovurg'a 
Ko'ndalang 
(o'ng va 
chap 
chegaralari 
masofasi) 
6-9 sm  
 
8-12 sm 
 
9-14 sm 
 
 
Sog’lom bolalarda yurak  mutloq  chegarasi 
Chegaralar 
0-2 yosh 
2-7 yosh 
7-12 yosh 
O'ng  
To'sh suyagining chap chetida 
Chap  
Chap o'rta o'mrov va 
parasternal chiziq 
o’rtasitda o'rta 
o'mrov chizig'iga 
yaqin  
Chap o'rta o'mrov va 
parasternal chiziq  
yarmida 
Chap o'rta o'mrov va  
parasternal 
chiziq 
o'rtasida 
parastrenal 
chiziqga yaqin  
Yuqori  
III qovurg'a  
III qovurg'a oralig'i 
IV qovurg'a 
Ko'ndalang   2-3 sm 
4 sm 
5-5,5 sm 
 
Bolalarda  yurak  chegarasini  aniqlashda bilvosita perkussiyadan  foydalanish 
maqsadga muvofiq, bunda perkutor ovoz yo’nalishi oldindan orqaga bo´ladi. Odatda 
bolalarda yurak mutloq chegarasi perkussiya qilinmaydi. 
 
Auskultatsiya.  Bolani  eshitish  vertikal,  gorizontal  va  chap  yonga  yotgan 
holatda o'tkaziladi. Xuddi kattalarnikidek bolalarda, yurak auskultasiyasi klapanlar 
yaxshi  eshitiladigan  joylarda  o'tkaziladi:  mitral  klapan  -  yurak  choqqisida,  uch 
tabaqali  klapan  -  to'sh  suyagining  o'ng  qirrasida,  to'sh  tanasining    hilichsimon 
o’simta bilan birikkan joyida, aorta - to'sh qirrasidan o’ngda II qovurga oralig'ida, 
o'pka  arteriyasi  klapani  -  to'sh  suyagidan  chapda  II  -  qovurga  oralig'ida. 
Qo'shimcha V-nuqta (Botkin-Erba nuqtasi) III qovurga bilan to'sh suyagining chap 
qirrasi  kesishgan  joyda,  aorta  klapani  ovozi  eshitiladi.  Sog'lom  bolalarda 
bolalikning  barcha  davrlarida  yurak  cho'qqisida  I  ton  II  tonga  nisbatan  balandroq 
eshitiladi.  
 
 
 
Yurak  klapanlarini  auskultasiya 
qilish nuqtalari. 
 
1.Mitral klapan 
2.Aortal klapan 
3.o'pka arteriyasi 
4.Uch tabaqali klapan 
5. Botkin nuqtasi 
 

 
72 
Bolalarda 2,5-3  yoshligida kattalarnikiga  o'xshab, II -  qovurgalar orasida  II 
ton yaxshi eshitiladi, 8-12 yoshgacha o'pka arteriyasi ustida II ton aortaga nisbatan 
yaxshiroq  eshitiladi.    Sog’lom  bolalarda  ba'zan  diastola  boshlanishida  qonning 
o'tishida,  qorinchalar  devorining  tez  tortilishi  natijasida  III  ton  eshitiladi.  U  II 
tondan  keyin  yurak  cho'qqisida  yo’ki  undan  bir  oz  ichkarida,  hamda  V-  nuqtada 
eshitiladi.  Sog'lom  bolalarda  ba'zan  aorta  va  o'pka  arteriyasi  klapanlarining  turli 
vaqtlarda qarsaklanishi natijasida II -ton ikkilanib eshitiladi, qo'shimcha tonlardan 
tashqari,  sog'lom  bolalarda  barcha  bolalik  davrlarida  funksional  shovqinlar 
eshitiladi.  Funksional  shovqinlar  chegaralangan  sohani  egallaydi,  yotgan  holatda 
ko'proq  V-nuqtada,  choqqi  tagida,  bo'yin  tomirlarida  yaxshi  eshitiladi,  vertikal 
holatda  yo’ki  jismoniy  zo’riqishdan  so'ng  intensivligi  pasayadi.  Funksional 
shovqin doimiy emas, yurakdan tashqari sohalarga uzatilmaydi. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin