Xalmatova b. T. Boboyeva u. R



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30

 
 
 

 
136 
Vitamin D ning davolovchi dozasi 
Raxit 
og’irlik 
darajasi 
Vitamin D sutkalik dozasi, ME 
Kurs davomiyligi, 
sutkada 

1000-1500 
30 
II 
2000-2500 
30 
III 
3000-4000 
45 
 
Bugungi 
kunda 
suyaklar 
rentgenografiyasi 
tashqisot 
qilish 
maqsadida 
o’tkazilmaydi. 
 
Davo  kursi  yakunlangandan  keyin  vitamin  D  profilaktik  dozada  (100-200 
ME/sutkada,  400  MEdan  oshmasligi  kerak)  tavsiya  qilinadi.  Profilaktik    dozasini  
oshirish  gipervitaminoz  Dga olib keladi. 
 
Oxirgi  vaqtlarda  vitamin  Dni  individual  tavsiya  etish  ko’zda  tutilmoqda 
(qonda  uning  metabo’litlarini  aniqlagandan  so’ng).  Ko’pgina  pediatrlar  bolalarga 
vitamin D emas, balki vitaminlar kompleksini (misol, Podivit Bebi, bolalar uchun 
Biovital  gel  va  boshqalarni)  tavsiya  etadi,  chunki  raxit  ko’p  qo’llarda 
poligipovitaminoz  bilan  kechadi.  Vitamin  Ddan  tashqari  bu  kompleksga 
gipervitaminozga  moyillikni kamaytiruvchi vitamin  A  kiradi. Agar  raxit davosida 
vitamin  D  qo’llanilsa,  uni  kamroq  dozada  tavsiya  etiladi.Odatda  vitamin  D3 
dorilari qo’llaniladi (xolekalsiferol) - Videxol, Vigantol. Ko’pgina mualliflar suvda  
eriydigan  vitamin  D3ni  tavsiya  qiladi,  chunki  u  oshqozon-ichak  traktidan  yaxshi 
so’riladi va yog'da eriydiganga qaraganda uzoq   ta'sir etadi. 
Raxit profilaktikasi 
 
Hozirgi vaqtda asosiy e'tibor raxitning nospesifik profilaktikasiga qaratilgan 
bo’lib, u bola tuhilganigacha va tuhilgandan so’ng olib boriladi. 

 
Raxitning  antenatal  profilaktikasi  homiladorlarni  to’g’ri  ovqatlantirish,  toza 
havoda  sayr  qilish,  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanish,  homiladorlar  uchun 
doimiy  ravishda  vitamin  komplekslarini  mikroelementlar  bilan    birga  qo’llash 
(pregnavit).  homiladorlik  davrida  UBN  qabul  qilgan  ayollarning  bolasida 
MNSning  perinatal  zararlanishi  ko’p  uchraydi  va  og’ir  kechadi.  Vitamin  D  katta 
dozada  yoldosh  tosig’ini  zararlaydi  va  homilaning  homila  ichi  rivojlanishini 
orqada qolishiga sabab bo’ladi. 

 
Raxitning postnatal profilaktikasi tabiiy ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, 
bolani chiniqtirish, massaj, gimnastika, emizikli onalarga doimiy ravishda vitamin 
komplekslarini  qabul  qilish,  ochiq  havoda  sayr  qilish  buyuriladi.  Sayr  vaqtida 
bolaning  yuzini  yupqa  toqima  bilan  yopish  tavsiya  etilmaydi,  chunki  bu  teriga 
quyosh  nurlari  tushishiga  to’sqinlik  qiladi.  Shuningdek,  bolani  quyosh  tik 
tushishidan  asrash  zarur.  Yozda  bolaning  vitamin  Dga  bo’lgan  haftalik  ehtiyojini 
qondirish uchun daraxtlar soyasida 10-30 minutli havo vannasi yetarli hisoblanadi.  
Oqibati 
Raxit  oqibati  uning  og’irlik  darajasiga,  o’z  vaqtida  tashxis  qoyishga  va 
adekvat terapiyaga bog’liq. Og’ir holatlarda  raxit skeletning deformasiyasiga olib 
keladi, asab-ruhiy rivojlanish va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, ko’rishni 

 
137 
buzilishi,  shuningdek,  pnevmoniya  va  oshqozon-ichak  kasalliklari  kechishi 
uzayadi.  Lekin,  og’ir  oqibatlari  odatda  ekstremal  holatlarda  yuzaga  keladi  (urush 
vaqtida,  ochlikda  va  boshqalar).  Odatdagi  sharoitda  raxitning  bunday  oqibati 
kuzatilsa,  boshqa  sabablarni  hidirish  zarur.  Chala  tug’ilgan  bolalarda  raxit  (kam 
vaznli bolalardagi suyak  kasalligi) 
 
Kasallik  uzoq  muddat  davomida  parenteral  ovqatlanishda  bo’lgan,  kam 
vaznli    bolalarda  uchraydi;  ko’krak  suti  yo’ki    chala  tug’ilgan  bolalar  talabiga 
moslashtirilmagan  ko’krak  suti  aralashmalarini  iste'mol  hilganda  kelib 
chiqadi.Chala  tug’ilgan  bolalarda  raxitni  aniqlash  qiyin,  raxitning  aniq 
manifestasiyasi kam uchraydi, 6-8 haftagacha klinikasi aniqlanmaydi. 
Chala tug’ilgan bolalarda raxitni rivojlanishiga olib keladigan omillar Suyak 
substrati  tanqislikligi:  kalsiy,  fosfor,  oqsilni  noadekvat  iste'mol  qilish;Substratni 
yuqori    miqdorda  yo'qotish:    asidozda  giperkalsiyuriya,  siydik  qaydovchi  dorilar 
bilan o'tkazilgan terapiyadan keyin giperkalsiuriya (asosan furosemiddan keyin) 
Suyak  mineralizasiyasi  uchun  gormonlar  aktivligining  mosemasligi:  vitamin  D: 
ko’krak  sutida  kam  miqdordaligi,  nisbiy  steatoreyada  absorbsiyaning  kamayishi, 
chala tug’ilgan bolalarda vitamin D sintezining  pasayishi. 
Paratgormon: chala tug’ilgan bolalarda nisbatan javob yo'qligi. 
 
Taxminan 2-oylik davrida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi: 
1) uzun suyaklar diafizlari oxirining kengayishi; 
2) qovurga-toqay birikkan joyining kengayishi ("raxitik tasmalar"); 
3) bo’rtib chiqqan, yonboshlari yassilangan yumshoq bosh suyagi 
4)  kalla  suyagining  yomon  rivojlanganligi  hisobiga,  katta  lihildoqning  olchami 
nisbatan katta; 
5) qovurgalar yoki uzun suyaklar yorig'i 
 
Odatda 
rentgenologik 
o’zgarishlar 
xarakterli 
bo´ladi. 
Suyaklar 
rentgenogrammasida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi: 
1) yaqqol rivojlangan hamma suyaklar osteoporozi; 
2) 
yalliglanish genezli metafiz oxirlari giperemiyasi; 
3) 
metafiz oxirlarida konturlanishning yo'qligi; 
4) 
kalsinoz boshlanish chizigining rivojlanishi bilan erta tiklanish belgilari; 
Epifiz  rivojlanishi  orqada  qoladi.  qonning  bioximik  tahlilida  ishqoriy 
fosfataza  ko’rsatgichi  yuqori  bo´ladi  (800  MEdan),  plazmada  fosfor  miqdori 
kamaygan,  kalsiy  miqdori  kam  yo’ki  normada.  Rentgenologik  belgilari  darrov 
rivojlanmaydi  va  kasallikni  og’ir  kechishini  ko’rsatadi,  chala  tug’ilgan  bolalarda 
raxit  borligiga  ko'rsatma  bu  ishqoriy  fosfatazaning  doimiy  yuqoriligidir,  agar 
bunga boshqa asoslar bo’lmasa (misol, xolestaz).  
Hozirgi  vaqtda  chala  tug’ilganlarda  raxitni  kelib  chiqish  sababi,  vitamin  D 
tanqisligi, 
uning 
metabolizmining 
noadekvatligi 
emas, 
balki, 
suyak 
mineralizasiyasi  substratining  tanqisligi    deb  tushuntirilgan.  Oqsil,  kalsiyni  
noadekvat  iste'mol  qilinishi  chala  tug’ilgan  bolalarda  raxit  rivojlanishiga  sabab 
bo’lishi mumkin, lekin  fosfor yetishmasligi eng asosiy sabablardan biridir. Yaqqol 
fosfor  tanqisligida,  kalsiy  utilizasiyasi  kamayadi,  shuning  uchun  giperkalsiemiya 
aniqlanadi.  homiladorlikning  oxirgi  uch  oyligida  homila  qar  kuni  7,5  mmol/l 
(300mg)  kalsiy  va  5  mmol/l  (150mg)  fosfor  oladi,  kam  vaznli  bolalar  kalsiy  va 

 
138 
fosfor    yuqoridagi  miqdorda    parenteral  va  enteral  ovqatlantirilganda    hazm 
hilaolmaydi. Buning natijasida suyak toqimalarida depolashgan  mineral  moddalar 
tanqisligi  rivojlanadi.  Chala  tug’ilgan  bolalarni  ovqatlantirish  uchun  tavsiya 
qilingan aralashmalarda fosfor ko’p miqdorda bo’ladi, bundan tashqari ular fosfor 
va  kalsiyni  absorbsiya  jarayonini  ko’krak  sutiga  nisbatan  katta  miqdorda 
ta'minlaydi. 
 
Bunday  aralashmalarni  qo’llaganda  raxit  kam  uchraydi.  Maxsus  tavsiya 
qilingan  aralashmalarda  kalsiy  fosfor  nisbati  2  ga  teng,  bunda  kalsiy  100  ml 
aralashmada 50-80 mg, fosfor esa 20-45 mg bo’lishiga kerak. Chala tug’ilganlarda 
raxitni  davolashda  suyak  mineral  moddalariga  talabni  oshirish  uchun  100  ml  sut 
aralashmasiga  10-15  mg  neytral  fosfor  qo’sqiladi  yoki  infuzatda  fosfor  miqdori 
ko’paytiriladi  (parenteral  ovqatlantirilganda).  Qon  zardobida    fosfor  miqdori 
korsatgichi tushsa, ishqoriy fosfataza aktivligi ortsa (800MEdan yuqori),  fosforni  
qo’shimcha  berishga  ko’rsatma  bo’lib  hisoblanadi.  Ko’krak  suti  bilan 
ovqatlantiriladigan bolalar hayotining birinchi kunidan boshlab, qo’shimcha fosfor 
olishlari  kerak.  Ko’krak  sutini  qo’shimcha  kalsiy  bilan  20-40  mg/100  ml  sutkada 
to'yintirish ham tavsiya etiladi (standart aralashma).  
 
Bundan tashqari chala tug’ilganlarga hayotining 10-14 kunlaridan vitamin D 
profilaktik dozasini berish ko’rsatilgan.  Lekin vitamin Dni yuqori dozada tavsiya 
qilish  (2000  ME/kuniga)  sezilarli  natijalarga  olib  kelmagan.  Chuqur  chala 
tug’ilgan  bolalarga  neonatologiya  bo’limlarida  yotganda  vitamin  D  qo’shimcha 
800ME 
sutkada 
tavsiya 
etiladi 
(1600 
MEdan 
oshmasligi 
zarur), 
kasalxonadanchiqarilgandan  song  (  yo’ki  1,5-2  oyga  yetganda)  vitamin  D  dozasi 
kamaytiriladi,  yetuk tug’ilgan bolalarnikidek - 400mg/sutkada bo’ladi. 
 
SPAZMOFILIYa 
 
Spazmofiliya  hozirgi  vaqtgacha  alohida  kasallik  deb  qaralgan.  Tetaniya 
spazmofiliyaning asosiy klinik ko'rinishi bo’lib, turli xil etiologiyali va patogenetik 
mexanizmga ega. Raxitning spazmofiliya bilan bog’liqligi aniq. Patogenetik nuqtai 
nazardan  spazmofiliya  va  raxit  kalsiy  va  fosfor  almashinuvi  buzilishining  ikki 
bosqichi bo’lib, organizmda vitamin D yetishmasligi oqibatida rivojlanadi. Maslov  
fikriga  ko'ra,  XX  asrning  60-yillarigacha,  spazmofiliya  3,7%  godak  yoshidagi 
bolalarda aniqlangan.  
Oxirgi  vaqtda  raxit  kasalligi  kamayganligi  sababli  bolalarda  spazmofiliya 
kam  uchramoqda.  Talvasa  va  boshqa  spastik  kasalliklarni  paydo  bo’lishiga  asab 
tizimi,  asosan  asab-mushak  apparatining  yuqori  qo’zg’aluvchanligi  bilan  bog’liq. 
Spazmofiliya rivojlanishiga gipokalsiemiya, giperfosfatemiya va alkaloz natijasida 
yuzaga  kelgan  ion  tengligining  buzilishi  sabab  bo’ladi.  Fosfor  miqdorining 
ko’payishi  va  alkaloz  oshishi    gipokalsiemiyaga  olib  keladi.  Qonda  kalsiy 
miqdorining  kamayishi,  uning  ionlarining  kamayishi  bolalarda  talvasa 
rivojlanishiga  sabab  bo´ladi.  Ishqorlarning  hujayra  ichiga  ko’p  kirishi  ham 
talvasaga  olib  keladi  (natriy  gidrokarbonat,  nitratlar).  Spazmofiliya  ultrabinafsha 
radiasiyasi  ta'siri  bo’lgan  qishning  oxiri  va  bahorda  paydo  bo’ladi,  shuningdek, 
raxit  rekonvalessensiyasi  davrida,  kalsiy-fosfor  almashinuvining  yaxshilanishi, 
qondan  kalsiy  mobilizasiyasining  kuchayishi  va  uning  suyaklarda  toplanishi 

 
139 
natijasida  roy  beradi.  Bir  vaqtda  qalqonsimon  bez  oldi  funksiyasi  pasayadi. 
Spazmofiliyada talvasaga ko’p qayt qilish, kuchli yig’lash, qo’rquv sabab bo’ladi. 
Bu omillar  kislota-asosli holatni alkaloz tomonga siljishiga,  qonda ishqoriy holat 
kalsiy  ionizasiyasi  kamayishiga  olib  keladi.  Bunday  holatlarda  kalsiy  miqdori 
kamayishi  shart  emas,  alkaloz  nerv-mushak  qo’zg’aluvchanligini  kuchaytiradi. 
Bunga  qarama-qarshi  metabolik  asidoz  tetaniyani  rivojlanishiga  sabab  bo´ladi, 
chunki yuqori рNda kalsiy ionizasiyasi kuchayadi.  
Spazmofiliya 
shuningdek, 
hujayra 
tashqarisi 
suyuqligida 
magniy 
yetishmasligi  bilan  ham  bog’liq,  kalsiy  miqdori  normada  bo’ladi.  Bu  holat  sut 
bilan ovqatlantirilganda yoki organizmda magniyni notoliq singishida, shuningdek 
magniyning  siydik  orqali  ortiqcha  chiqarilib  yuborilishida  yuz  beradi.  Normada 
qon  zardobida  magniy  miqdori  0,8-1,5  mmol/l  ni  tashhil  qiladi,  uning  miqdorini 
0,5 mmol/l ga kamayishi talvasani chaqiradi. Shuningdek, talvasa paydo bo’lishiga 
vitamin  V1  yetishmasligi  sabab  bo´ladi,  raxitda  kuzatiladi  va  spazmofiliyada 
kuchayadi.  Bunda  glikolitik  zanjirda  buzilish  paydo  bo’ladi,  pirouzum  kislotasi 
hosil bo’ladi, talvasa paydo bo’lishiga olib keladi. 
 
Spazmofiliya  yashirin  va  latent  turlariga  ajratiladi  yo’ki  "yashirin  tetaniya" 
va  aniq  spazmofiliya  deb  ataladi.  Spazmofiliyaning  yashirin  shaklida,  "yashirin 
tetaniya", asab-mushak qo’zg’aluvchanligi yuqoriligidan paydo bo’ladi. Ota-onalar 
shikoyat  qilishmaydi,  bola  normal  rivojlanadi,  raxit  belgilari  aniqlanadi.  Yashirin 
spazmofiliyada  ko’p  uchraydigan  belgilarga  Xvostek  (yuz  fenomeni),  Lyust, 
Trusso, Erba, Maslov simptomlari kiradi. 
 
Xvostek  simptomi  -  bolg′acha  bilan  yuz  nervi  shoxchasi  orniga,  ordak  kafti 
sohasiga,  fossae  caninae  ga  urilganda  og’iz,  burun,  koz  ichki  burchagi 
mushaklarining hisqarishini chaqiradi. 
Lyust  simptomi  -  (peroneal  yoki  fibulyar)  -  kichik  boldir  nervi,  kichik  bo’ldir 
suyagining  orqa  va  pastki  sohasiga  tukullatilganda,  oyog′  ustki  qismi  bukilishi, 
tashqariga  burilishini  chaqiradi.  Shunga  o′xshash  ko′rinishni  holda  ham  kuzatish 
mumkin, tirsak nervi sohasiga bilak suyagi boshchasiga tukullatganda kuzatiladi. 
Trusso simptomi  - yelkani bir necha daqiqaga tasma bilan bosilganda (nerv-tomir 
tutamiga),  qo’l  barmoqlarining  tirishishi  va  "akusher  qo’li"  ko′rinishi  yuzaga 
keladi. 
Erba simptomi - galvanik tok ta'sirida nervlar elektr qo’zg’aluvchanligining 
kuchayishi  kuzatiladi.  Agar  tok  kuchi  5mAdan  kichik  bo’lganda  mushaklar 
hisqarsa, bu yuqori qo’zg’aluvchanlik deyiladi. Spazmofiliyada u 1-2 mA ga teng 
bo´ladi. 
Maslov  simptomi  -  igna  sanchganda  bolalar    nafas  olishining  tezlashishi 
kuzatiladi.  Yashirin  spazmofiliyada  nafas  mushaklarining  spazmi  natijasida  nafas 
olganda va nafas chiqarganda bir necha daqiqaga to′xtaydi. 
 
Laringospazm.  Aniq  spazmofiliya  simptomlaridan  biri  laringospazm  va 
yutish mushaklari spazmi hisoblanadi. Ba'zida tinch holatda, ko’pincha zoriqishda, 
hayajonlanganda,  qo’rquvda  yoki  yig’laganda  nafas  olish  qiyinlashadi  va  o’ziga 
xos  shovqinli  nafas  paydo  bo’ladi,  nafas  bir  necha  sekundga  to′xtashi  mumkin. 
Bola  oqarib  ketadi,  keyin  kokaradi,  yuzida  va  tanasida  sovuq  ter  paydo  bo’ladi. 
Xuruj  shovqinli  nafas  chiqarish  bilan  tugaydi  va  nafas  asta-sekin  normallashadi. 

 
140 
Laringospazm  kun  davomida  takrorlanishi  mumkin.  Uzoq  spazmda  qushini 
yogo’tish va klonik talvasa kuzatilishi mumkin. 
 
Karpopedal spazm (yaqqol tetaniya).  Qo’l va oyog′ mushaklarining ogriqli 
spazmi. Bunda barmoqlar "akusher qo’li" holatida bo’ladi, shuningdek,  
oyoq  barmoqlari  ekvin-varus  holatini  oladi,  oyog′lar  kaft  qismiga  qarab  bukiladi, 
kaftda teri burmalar hosil qiladi. Spazm bir necha sekunddan bir necha minutgacha 
davom etadi, ba'zida uzoqroq. Mimik mushaklar (tetanik yuz)  zoriqishi, chaynash 
mushaklarining  tortilishi  (trizm),  bo’yin  mushaklari,  nafas  mushaklari  (nafas 
toxtashi, ushlanishi)  kuzatiladi. Silliq  mushaklar spazmi  ham  kuzatilishi  mumkin, 
yurak  toxtashi  bilan,  olim  holati  xam  kuzatilishi  mumkin.  Ba'zida  karpopedal 
spazmlar klonik talvasalar bilan birga keladi. 
Eklampsiya.  hushni  yogo’tish  bilan  kechuvchi  keng  tarqalgan  talvasa 
xurujlari.  Ba'zida  talvasalar  og’iz  uchida  va  ko′zda  yuz  mushaklarining  uchishi 
bilan  boshlanadi,  oyoggacha  tarqaladi.  Xuruj  davomiyligi  bir  necha  minutdan  bir 
necha  soatgacha  (eklamptik  status  deb  yuritiladi).  Ba'zida  talvasalar  uyquda 
boshlanadi.  Tetaniyasi  bor  bolalarda  xurujlar  oraliqida  EEGda  patologik 
o’zgarishlar  aniqlanmaydi.  Mushak  spazmlarida  EEGda  patologik  to′lqinlar 
registrasiya  qilinadi,  serebral  anoksiya  va  ishemiyada  kuzatiladigan  o’zgarishlar 
aniqlanadi.  Kalsiy  miqdori  va  EEG  ma'lumotlari  o’rtasitda  aniq  o’zaro  bog’liqlik 
yo’q. Chaqaloqlar  tetaniyasi. hayotining birinchi kunida gipokalsiemiya va talvasa 
holati  (chaqaloqlar  tetaniyasi)  chala  tug’ilgan  bolalar,  egizaklarda, infeksiyalarda, 
sariqlik  sindromida  va  boshqalarda  ko’p  uchraydi.  Tug’ilgandan  keyin  kalsiyni 
organizmga  kam  tushishi,  periferik  reseptorlarni  o′tuvchi  rezistentligi,  kalsitonin 
sekresiyasi  yuqoriligi  katta  ahamiyatga  ega.  Hayotining  birinchi  haftasida  bolada 
gipokalsiemiya ovqatlanish xususiyati, uning organizmga tushishining buzilishi va 
bolani  erta  sigir  suti  bilan  boqishga  o’tish  bilan  bog’liq.  Kam  qo’llarda 
chaqaloqlarda gipokalsiemiya ona organizmida kalsiy va vitamin D  yetishmasligi 
natijasida  paydo  bo’ladi.  Chaqaloqlarda  gipokalsiemiya  nerv-mushaklarning 
tarqalgan yuqori qo’zg’aluvchanligi va talvasa, respirator simptomlar, taxikardiya, 
qayd qilish natijasida yuzaga keladi. 
Davosi. Yashirin va aniq spazmofiliyada 10%li kalsiy xlor eritmasi bir choy 
yo’ki  desert  qoshiqdan  yoki  kalsiy  glyukonat  1-2  grdan  kuniga  3  mahal  tavsiya 
etiladi.  Laringospazmning  yengil  xurujlari  toza  havo  yo’rdamida  bartaraf  etiladi 
(toza havo kirishi ta'minlanadi), yuzga sovuq suv sepiladi; choziluvchan xurujlarda 
til  o’zagi  va  tomoq  orqa  devori  qo’zg’atiladi,  sun'iy  nafas  -  birinchi  nafas  olish 
paydo  bo’lgunga  qadar  o’tkaziladi.  Tetaniyada  va  karpopedal  spazmda  1-2%li 
xloralgidrat  eritmasi  bir  choy  qoshiqda  yoki  desert  qoshiqda  tavsiya  etiladi,  vena 
ichiga  10-15  ml  10%  kalsiy  xlor  yo’ki  glyukonat,  keyin  ichishga  kalsiy  0,1-0,15 
g/kg sutkada beriladi.  
Talvasa  xurujlari  kuzatilgan  bolalarda  ovqatlanish  tartibini  aniqlash  muhim 
ahamiyatga ega. Talvasa kuzatilgan davrda 8-12 soat davomida parhez choy, meva 
sharbatlari  bilan  o’tkaziladi.  Keyin  ko’krak    suti  bilan  ovqatlanadigan  bolalarga 
sutga  nordon  aralashmalar  qo’sqiladi,  sun'iy  ovqatlantirilganda  sigir  suti  donor 
(ko’krak  suti)  va  nordon  aralashma      bilan    almashtiriladi;  meva  va  sabzavot 
sharbatlari, sabzavot bo’tqasi tavsiya etiladi.  

 
141 
Profilaktik  tadbirlardan  raxitni  o’z  vaqtida  oldini  olish,  kun  tartibini  togri 
tashkillashtirish,  toza  havoda  yetarli  sayr  qilish,  davriy  ravishda  kalsiy  dorilari 
tavsiya  qilinadi.  Qish-bahor  mavsumida  yuqori  qo’zg’aluvchan  va  raxit  bilan 
og’rigan  bolalarga  kalsiy  bilan  birga  bromidlar  tavsiya  etiladi.  Surunkali 
gipoparatireoidizmda  vitamin  D2  (ergokalsiferol)  300  000  -  400  000  HB/sutkada 
beriladi.  qondagi  kalsiy  miqdori  normallashganda  (2,2  mmol/l)  vitamin  D2    1 
yoshgacha bolalarga 50 000 XB/sutda va bir yoshdan katta bolalar uchun 75 000-
125 000 HB/sut davom ettiriladi. O’rindosh davo maqsadida qalqonsimon bez oldi 
bezining  suyuq  ekstrakti  (paratireoidin)  tavsiya  etiladi,  qonda  kalsiy 
konsentrasiyasini  ko′taradi.  Dorilar  teri  ostiga  yo’ki  mushak  orasiga  12  ml/sut  da 
qollaniladi,  qon  zardobida  kalsiy  miqdorini  nazorat  qilish  kerak.  0,1% 
digidrotaxisterolning yog′li eritmasi (tuzilish va ta'siri bo’yicha vitamin Dga yaqin) 
yaxshi  samara  beradi,  kalsiy  va  fosfor  almashinuvini  nazorat  qiladi,  ichak  orqali 
kalsiy so′rilishi, peshob orqali fosfor ekskresiyasini kuchaytiradi. Dori ichishga 0,5 
mg (20 tomchi) kuniga 3 mahal tavsiya qilinadi. Kalsiy dorilari bilan bir ?atorda, 
qondagi  kalsiy  va  fosforni,  peshobda  Sulkovich  reaksiyasi  korsatgichini  nazorat 
qilib turish kerak. Parhezda kalsiy miqdori ko’p,  fosfor kam miqdorda bo’lishiga 
zarur.  Oshqozon-ichak  orqali  fosfatlar  sorilishini  kamaytirish  uchun  alyuminiy 
gidrookis tavsiya qilinadi. Dorini ichishga suspenziya (4%)  ko′rinishida suv bilan 
bir choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta beriladi.  
 
NAFAS OLISh ORGANLARI KASALLIKLARI 
BRONXITLAR 
 
Bronxit  -  bronxlarning  turli  etiologiyali  yalliglanish    kasalligi  (infeksion, 
allergik,  fizik-ximik  va  boshq).  Bolalarda  bronxitlarning  quyidagi  shakllari 
ajratiladi: 
1. O’tkir oddiy bronxit (OB) 
2. O’tkir obstruktiv bronxit (OOB) 
3. O’tkir bronxiolit  
4. qaytalanuvchi bronxit (QB) 
5. qaytalanuvchi obstruktiv bronxit (QOB) 
6. Surunkali bronxit (SB) - birlamchi va ikkilamchi 
7. Surunkali bronxiolit obliterasiya bilan birga 
 
 
Bronxitlarning  hamma  shakllari  zotiljamning  klinik  belgilarisiz  bronx 
yalliglanishining klinik simptomlarida diagnostika qilinadi. 
O’tkir oddiy bronxit - bronxlarning obstruksiya belgilarisiz kechadigan bronxitdir. 
Etiologiyasi. O’tkir oddiy bronxit etiologik omili viruslar (paragripp 1 va 2 turlari, 
RS-viruslari, adenoviruslar, gripp virusi, sitomegalovirus) hisoblanadi. Fizik-ximik 
omillar  ta'sirida,  sovuq  qo’tishda    burun-tomoqda  autofloraning  aktivlashuvi  
kuzatiladi. Ko’p hollarda o’tkir bronxit etiologiyasida virus-bakterial assosiasiyasi 
tasdiqlanadi,  nafas  yollaridagi  epiteliyalarda  joylashgan  viruslar  tropizmga  ega 
bo’lganligi uchun ularni zararlaydi, bronxlar devori barer xususiyatini pasaytiradi 
va  bakterial  yalliglanish  rivojlanishiga  sharoit  yaratib  beradi.  Shartli  patogen 
bakterial  autofloraning  invaziv  emas,  intralaminar  ko’payishi  haqida  so′z  boradi. 

 
142 
Bronxit  quyidagi  bolalar  infeksiyasi,  jumladan,  qizamiq  va  kok  yotal  kechish 
jarayonida  paydo  bo’ladi.  Katta  yoshdagi  bolalarda  etiologik  omil  bo’lib, 
Mycoplasma pneumonia, Chlamydia pneumonia hisoblanadi. 
 
Patogenezi. Bronx shilliq qavatlari yuqumli kasalliklari gipersekresiyaga va 
shilliqning 
fizik-ximik 
xossasini 
(elastiklik, 
adgeziyasi, 
shilamshi?ligi) 
o’zgarishiga  olib  keladi,  bu  seliar  hujayralarda  ish  faoliyatini  qiyinlashtiradi, 
mukoseliar  klirensi  (nafas  yo’llari  sanasiyasini  ta'minlaydi)  buzilishiga  sabab 
bo´ladi.  Adashgan  nerv  afferent  reseptorlarining  qo’zgalishi  natijasida  paydo 
bo´ladigan yo′tal bronxlar tozalovchi funksiyasini kuchaytiradi. 
 
Klinikasi.  Ko’p  qo’llarda  etiologiyasiga  bog’liq.  Kasallik  tana  qaroratining 
kotarilishi,  bosh  og’rishi,  o’zini  yomon  his  qilish,  ishtaha  pasayishi  bilan 
boshlanadi.  O’tkir  oddiy  bronxit  o’tkir  virusli  respirator  infeksiyalardan  so′ng 
rivojlanadi, kasallikning birinchi kunlarida yuqori nafas yollari zararlanish belgilari 
kuzatiladi.  O’tkir  oddiy  bronxit  asosiy  belgisi  yotal  hisoblanadi.  Kasallik  boshida 
yo′tal  quruq  bo´ladi.  Traxeobronxitda  yo′tal  qichishish  va  to′sh  suyagining 
orqasida ogriq bilan kechadi. Erta yoshdagi bolalarda yo′talganda yuzning qizarishi 
va  yig′lash  to′sh  suyagining  orqa  qismida  og′riqdan  dalolat  beradi.  Bir  necha 
kundan  keyin  yo′tal  yumshoq,  nam,  ko’p  bo’ladi.  Kichik  yoshdagi  bolalar 
balhamni chiqara olmaydi va yutib yuboradi. 
 
O’pka auskultasiyasida o’tkir bronxitda dag’al nafas, diffuz quruq, nam, orta 
kalibrli  xirillashlar  eshitiladi,  yo′talgandan  keyin  uning  miqdori  kamayadi. 
Gematologik  siljishlar  virusli  infeksiyalarni  yoki  og’ir  bo’lmagan  bakterial 
yalliglanishni ko’rsatadi. O’tkir bronxitning davomiyligi 2 haftadan oshmaydi. 
 
Differensial tashqisi. Pnevmoniya, bronx-o′pka kasalliklari bilan o’tkaziladi, 
uning  qaytalanishi  o’tkir  bronxit  klinikasi  bilan  kechadi  (mukovissidoz, 
bronxektatik  kasallik  va  boshqalar).  Pnevmoniyaga  gumon  qilinganda  ko’krak 
qafasi rentgenografiyasi o’tkaziladi. 
 
O’tkir obstruktiv  bronxit va  bronxiolit 
O’tkir  obstruktiv    bronxit  (OOB)  -  bronxlar  obstruksiyasi  sindromi  bilan 
kechadigan  kasallik.  Kattalarga  qaraganda,  bolalarda  ko’p  uchraydi,  og’irroq 
kechadi.  Zamonaviy  tasavvurlarga  kora  o’tkir  bronxiolit  OOBga  kiradi,    mayda 
bronxlar  va  bronxiolalarning  virusli  etiologiyali  zararlanishi  bilan  kechadi.  O’tkir  
bronxiolit bilan asosan ikki yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi. 
Etiologiyasi. O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolitda  asosiy etiologik omil 
RS-viruslar,  paragripp  III  turidagi  viruslar,  adenoviruslar  hisoblanadi.  Katta 
yoshdagi bolalarda o’tkir obstruktiv bronxit  rivojlanishida miko’plazmalar va Ch. 
Rneumoniae asosiy o’rinni o’ynaydi. 
Patogenezi.  Bronxoobstruktiv  sindrom  -  patofiziologik  tushuncha  bo’lib, 
o’tkir va surunkali kasalliklar fonida bronxlar  otkazuvchanligining buzilishi bilan 
xarakterlanadi.  Bolalarda  bronx-o′pka  kasalliklarida  bronxlar  obstruksiyasining 
asosiy komponentlari quyidagilar: 
Bronxlar shilliq qavatining qalinlashishi. Bu komponentning asosiy sababi - 
shilliq va shilliq osti qavatining shishi va hujayra infiltrasiyasidir.  

 
143 
Bola  qanchalik  kichik  bo’lsa,  bronxlar  shilliq  qavatining  qalinlashuvi 
shunchalik yaqqol bilinadi, bu esa bronxobstruktiv sindromning rivojlanishiga olib 
keladi; 
 Nafas  yo’llari  kalibri  kichik  bo’lsa,  yalliglanish  yuqori  bo’ladi  va  qaytmas 
obliterasiyaga  olib  keladi.  Bronxlar  bez  apparatining  giperplaziyasi  ham  shilliq 
qavatning qalinlashish darajasiga ta'sir qiladi.  
Bronxlarning  gipersekresiya  va  reologik  xususiyatining  o’zgarishi  erta 
yoshdagi  bolalarda  bronxobstruktiv  sindromning  rivojlanishida  katta  ahamiyatga 
ega.  Ekssudativ-kataral  va  limfatiko-gipoplastik  konstitusiya  anomaliyalari  bor 
bolalarda  bronxobstruksiya  sindromi  rivojlanishiga  moyillik  yuqori  bo´ladi. 
Bronxlar 
diametrining 
kichrayishida, 
bronxial 
sekretning 
suvsizlanishi 
obstruksiyaning  boshqa  komponentlariga  bog’liq,  bu  esa  ko’p  ishlab  chiqarilgan 
bronxial sekretning  yuqori  yopishqoqligiga  olib keladi va  qattiq  shilliq to’siqning 
rivojlanishiga  sabab  bo’ladi,  natijada  nafas  yollarini  to′sib  qo’yadi.  Balham 
reologik  xususiyatining  o’zgarishi  (yopishqoq  sekret)  mukovissidozda  bronxial 
obstruksiya  shakllanishining  asosiy  sababi  hisoblanadi.  Siliar  diskineziya 
sindromida    o’zgarmagan    yo’ki  infisirlangan  bronxial  sekret  evakuasiyasi 
buziladi. 
Bronxlar  shilliq  mushaklarining  spazmi  -  tez  rivojlanadigan  va  yengil 
qaytuvchi  obstruksiya  komponenti.  Bola  yoshi  kattalashgan  sari  va  obstruksiya 
epizodlari qaytalanishida u katta ahamiyatga ega.  Tez-tez qaytalanuvchi yoki uzoq 
vaqt davom etuvchi spazm bronxlar shilliq mushaklari spazmiga olib keladi.  
Bronxlar o’tkazuvchanligining buzilishida opkaning shishi, havo yollarining 
emfizematoz  o’pka  to′qimasi  bilan  bosilishi  obstruksiyani  kuchaytiradi.  Yuqorida 
keltirilgan obstruksiya mexanizmlaridan tashqari, timomegaliya, ko’krak ichi limfa 
tugunlarining    kattalashishi,  o’pkaning  tugma  bolakli  emfizemasi,  diafragmal 
churra,  oraliq  devor  osmasida  kompressiya  natijasida  nafas  yo′llarining  torayishi 
kuzatiladi. 
 O’tkir  bronxiolitda    epiteliy  deskvamasiyasi  bo’ladi,  kiprikchalari 
bo’lmagan  osuvchi  qavat  hujayralari  bilan  almashinadi.  Bu  mayda  bronxlar  va 
bronxiolalar  shilliq  qavatining  erta  zararlanishi  hisoblanadi.  Epiteliylar,  fibrin 
tolalari,  shilliq  mayda  bronxlar  va  bronxiolalarda  qattiq  tiqin  hosil  qiladi,  bu 
bronxiolalarning toliq yo’ki qisman  obstruksiyasiga olib keladi.  
 RS-viruslar  bilan  chaqirilgan  bronxiolitning  og’ir  kechishida,  RS-IgE  anti 
tanachalarining  spesifik  titri  yuqori,  leykotrien  S  konsentrasiyasi,  shilliqda 
gistamin sekresiyasi yuqori bo´ladi.  
O’tkir RS-bronxiolit o’tkazgan bolalarda, ko’p qo’llarda bronxlar nospesifik 
giperreaktivligi shakllanadi va bronxial astmaga bo’lgan moyillik yuqori bo’ladi. 
Klinikasi. O’tkir obstruktiv bronxit tana qaroratining kotarilishi, yuqori nafas 
yollari  kataral  o’zgarishlari  bilan  o’tkir  boshlanadi.  Bolaning  umumiy  ahvoli 
birdan o’zgarmaydi.  
Respirator  buzilishlar  belgilari  kasallikning    birinchi  kunida  yuzaga  kelishi 
mumkin,  ba'zida  3-5  kunida  yuzaga  chiqadi.    Asta-sekin  nafas  olish  harakati  va 
nafas  chiqarish  davomiyligi  bir  minutda  50  martagacha  yetadi,  shovqinli, 
hushtaksimon  bo’ladi.  Perkutor  tovushning  qutichasimon  bo’lishiga  fonida,  nafas 

 
144 
chiqarishi  uzaygan,  ikki  tomonlama  quruq,  qushtaksimon  xirillashlar  eshitiladi. 
Bronxial  bezlar  gipersekresiyasi  natijasida,  kichik  yoshdagi  bolalarda  mayda  va 
o’rta  pufakli  nam  xirillashlar  eshitiladi  va  jarayonga  bronxiolalarning  qo’sqilishi 
kuzatiladi. Xirillashlar masofadan eshitiladi.  
Obstruksiya 
rivojlanishi 
kuchayganda 
bola 
bezovtalanadi, 
qo’zg’aluvchanligi  ortadi,  qollariga  tayangan  holda  majburiy  o’tirgan  holatni 
tanlaydi.  
Nafas  olishda  yo’rdamchi  mushaklar  qatnashadi,  burun  qanotlari  kerikkan, 
qovurg′alar  oralig′ida  va  epigastral  sohada  tortilish  kuzatiladi.  Ba'zida  og’iz 
atrofida yengil sianoz kuzatiladi. Periferik  qonning o’zgarishi virusli infeksiyadagi 
kabi bo’ladi (leyko’peniya, limfositoz, EChT qisman oshishi). 
O’tkir    bronxiolitda    obstruksiyaning  og’irlik  darajasi  va  nafas 
yetishmovchiligining  yaqqolligi  yalliglanishning  mayda  bronxlarda  joylashishi, 
erta  yoshdagi  bolalarda  brox-op’ka  tizimining  anatomo-fiziologik  xususiyati  va 
virusli yalliglanishning o’ziga xosligiga bog’liq. Nafas yo’llari yengil kataridan 2-4 
kundan keyin hansirash nafas harakatining minutiga 70-90 taga yetishi kuzatiladi, 
nafas  chiqarishning  qiyinlashishi,  yordamchi  ko’krak  mushaklarining  ishtirok 
etishi,  ko’krak  qafasi  chiqib  turgan  joylarining  tortilishi,  burun  qanotlarining 
kerikishi, og’iz atrofi sianozi kuzatiladi.  
Kasallik 
boshida 
yo’tal 
quruq, 
keyinchalik 
nam, 
balhamli 
bo’ladi.Temperatura  reaksiyasi  bronxiolitning  etiologiyasiga  bog’liq:  adenovirusli 
infeksiyasida  uzoq  febril  isitma  kuzatiladi,  boshqa  etiologiyali  bronxiolitlarda  - 
tana qarorati  38-39˚Sgacha ko’tariladi. Bu holat 1-2 kun davom etadi.  
Bolaning  umumiy  ahvoli  og’ir,  nafas  yetishmovchiligi  yaqqol  bilinadi. 
RaO2  55-60  mm  rt.st  gacha  pasayadi,  RaSO2  pasaygan  (giperventilyasiya),  bu 
asidozni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.  
Ko’krak  qafasi  shishgan,  perkussiyada  qutichasimon  tovush  aniqlanadi, 
yurak  nisbiy  chegarasi  kichraygan.  Auskultasiyada  uzaygan  nafas  chiqarish  yo’ki 
hushtaksimon  nafas  chiqarish,  nafas  olishda  va  nafas  chiqarishda  ko’p  mayda 
xirillashlar  eshitiladi.  Nafas  olish  tezlashganda  nafas  chiqarishning  uzayishi 
bo’lmasligi mumkin.  
Periferik qon o’zgarishi virusli infeksiyalardagidek bo´ladi. Rentgenda o’pka 
shishi  kuzatiladi,  o’pka  ildizi  kengaygan,  ildiz  oldi  o′pka  surati  kuchaygan, 
atelektazlar,  distelektazlar  aniqlanadi.  Asoratlanmagan    bronxiolitda  epiteliy 
regenerasiyasi    kasallik    boshlanishidan  2-3  kundan  keyin  paydo  bo’ladi,  4-kuni 
gipersekresiya  pasayadi,  kiprikchalarning  to’liq  tiklanishi  kasallikning  15-kuniga 
to’g’ri keladi.  
Differensial  tashqisi.    O’tkir  obstruktiv  bronxit    va  o’tkir  bronxiolitni    yot 
jismlar  bilan  aspirasiya,  bronxial    astma  xuruji,  ba'zan  -    pnevmoniya  bilan 
o’tkaziladi.Residivlanuvchi  (qaytalanuvchi)  bronxit.  Kasallik  oddiy  o’tkir 
bronxitning  qaytalanishi  bilan  kechadi  (obstruksiya  belgisisiz),  uning  epizodlari 
yilida 2-3 marta qaytalanadi, oxirgi 2-3 yil ichida qar bir xurujlar 3-hafta va undan 
ko’p marta davom etishi bilan xarakterlanadi.  
 

 
145 
Residivlanuvchi  bronxit    bolalik  davrlarida  ko’p  uchraydi.  Surunkali 
bronxitdan  farqi  progressivlanuvchi  kechishi  kuzatilmaydi,  bronx-o’pka  tizimida 
qaytmas funksional va morfologik  o’zgarishlar aniqlanadi. 
Etiologiyasi.  Residivlanuvchi    bronxit  erta  va  maktabgacha  yoshdagi 
bolalarda  ko’p  uchraydi.  qaytalanuvchi  bronxitda  ekzogen  va  endogen  omillar 
katta ahamiyatga ega, bolalarda respirator kasalliklarga sabab bo’ladi. 
Qaytalanuvchi  bronxitga  xurujlarni  mavsumiyligi  xarakterlidir,  bu  virusli 
respirator  infeksiyalarning  epidemik  ko’tarilishiga  to’g’ri  keladi,  ko’p  hollarda 
xurujlarni  rivojlanishiga  sabab  bo´ladi.  Bolalarda  qaytalanuvchi  bronxitning 
shakllanishi  va    kechishida  bakterial  infeksiyalarni  o′rni  katta:  pnevmokokk, 
gemofil tayogchalari, xlamidiya va miko’plazmalarni bir hilda uchrashi kuzatiladi. 
Bronxial  daraxtning  ushbu  mikroorganizmlardan  tozalanishi  sekin  kechishi 
xarakterli  xisoblanadi.  Bolalarda  qaytalanuvchi  bronxitda  nospesifik  rezistentlik 
(neytrofilli  leykositlarni  pasayishi)  va  immunologik  reaktivlik  xususiyati  mavjud 
(xuruj davrida supressorlar pasayishi va   remissiya davrida xelperlar aktivligi,  T-
limfositlar  faolligi  pasayishi,  xuruj  davrida  sekretor  IgA  pasayishi  kuzatiladi, 
zardob    immunoglobulinlari  miqdori  doimiy  normal  bo’lganda  kasallik  remissiya 
davrining uzayishi xarakterlidir).  
Klinikasi.  Bola  qanchalik  kichik  bo’lsa,  xurujlar  shunchalik  ko’p  uchraydi 
(erta  yoshdagi  bolalarda  yilida  ortacha  8  marta  qaytalanadi,  maktab  yoshidagi 
bolalarda  yilida    2-3  marta  kuzatiladi).qaytalanuvchi  bronxit  xuruji  o’tkir 
boshlanadi, tana harorati subfebrilgacha, ba'zida febrilgacha kotariladi, quruq yotal 
2-3 kundan keyin nam balhamli yo’talga aylanadi.  
Maktab  yoshidagi  bolalarda  qaytalanuvchi  bronxit  xuruji  tana  qaroratining 
ko′tarilmasligi bilan kechadi. Yo’tal odatda kun davomida bir xil  yo’ki ertalablari 
kuchaygan bo´ladi.  
Auskultativ,  perkutor  ma'lumotlari  va  rentgenologik    o’zgarishlar  o’tkir 
bronxitdagidek bo´ladi.  
 
Kasallik  remissiyasi  sekin  rivojlanadi.  Uzoq  vaqt  (3-4  haftadan  kam 
bo’lmagan)  qisman  yo’tal  saqlanadi,  ertalablari  shilliq  yo’ki  shilliq  yiringli 
balg’am ajralishi bilan kuzatiladi. 
Differensial  tashqisi.  Ikkilamchi  surunkali  bronxit,  surunkali  bronx-o′pka 
kasalliklarining  klinik  korinishi  bo’lishiga  mumkin:  mukovissidoz,  bronxoektatik 
kasallik.  O’pka  rivojlanishi  nuqsonlari,  siliar  diskineziya  sindromi  va  boshqalar. 
Bu  kasalliklarga  gumon  qilinganda  bola  pulmonologiya  bo’limida  tekshirilishi 
rentgen, funksional va instrumental bronx-o’pka tekshiruvidan o’tishi kerak.  
Oqibati.  qaytalanuvchi  bronxitda  yo’mon  emas,  ba'zida  surunkali  shaklga 
o’tishi  mumkin.  2%  bemorlarda  qaytalanuvchi    bronxit    bronxial  astmaga  o’tishi 
mumkin. 
Residivlanuvchi  obstruktiv  bronxit  -  bu  o’tkir  obstruktiv  bronxitning  qayta 
epizodlari bilan kechadigan kasallik. Ba'zan kasallik  etiologiyasida xlamidiyalarni 
o’rni katta.  
Klinik  ko’rinish  va  davolash  o’tkir  obstruktiv  bronxitnikidek  bo’ladi. 
Tashqis 3 - 4 yoshda qo’yiladi.  

 
146 
O’RVI  obstruksiya  epizodlarini  chaqiradi.  Bronxlar  giperreaktivligi    va  
obstruksiya  residivi  endogen  omil  bo’lib  hisoblanadi.  Bronxlar  giperreaktivligi  -
infeksion  va  noinfeksion  omillar  ta'siridagi  havo  o’tish  yo’llarining  noadekvat 
reaksiyasi, klinikada bronxlar obstruksiyasi bilan kechadi. 
Populyasion  tekshirishlar  bronxlarning  birlamchi  giperreaktivligini    (irsiy, 
tugma) aniqlaydi. 
 Ikkilamchi giperreaktivlik nafas yo’llarining infeksion, allergik zararlanishi 
natijasida  kelib  chiqadi.  Residivlanuvchi  obstruktiv  bronxit  differensial 
diagnostikasidan  maqsad  qar  bir  bemorda  bronxlar  giperreaktivligini  aniqlashdan 
iborat. Bronxial astma bilan  qaytalanuvchi bronxit o’rtasitdagi differensial tashqis 
qiyinchilik  tug’diradi.  30-50%  erta  yoshdagi  bolalarda  bronxial  astma  xurujida 
virusli infeksiyaning o′rni yuqori bo´ladi.  
Qaytalanuvchi  obstruktiv  bronxitda  oilaviy  anamnezda  allergik  kasalliklari 
kuzatilmaydi va atopiyaning o’pkadan tashqari zararlanishi bo’lmaydi.  
Umumiy  va  spesifik  immunoglobulin  IgE  miqdori  normada  bo´ladi, 
obstruksiya  xurujli  xarakterga  ega  emas,  noinfeksion  ekzogen  allergenlar  ta'siri 
bilan  bog’liq  emas,  astmaga  qarshi  bazis  terapiyadan  samara  bo’lmaydi.  20% 
bolalarda    residivlanuvchi  obstruktiv  bronxit  anamnezida  bronxlarning  tugma 
giperreaktivligi sababini aniqlash mumkin: tug’ilganda  kichik vazn, homiladorlik 
vaqtida  onasining  tamaki  chekishi,  nafas  yollarining  kichik  kalibrligi. 
Residivlanuvchi  obstruktiv  bronxit  xurujini  virusli  infeksiya  kuchaytiradi.  3  -  4 
yoshda epizodlar to’xtaydi. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin