Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


  YUVENIL REVMATOID ARTRIT



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30

 

 
209 
YUVENIL REVMATOID ARTRIT 
Yuvenil  revmatoid  artrit  (YuRA)  –  to’xtovsiz  progressiyalanuvchi  kechish 
xususiyatli  murakkab  autoimmun  patogenezga  ega,  patologik  jarayonga  ichki 
a'zolar  qo'shilishi  va  bolalarda  nogironlik  rivojlanishi  bilan  kechadigan  noma'lum 
etiologiyali bo’g’imlarning surunkali yalliglanish kasalligidir. 
YURA tasnifi 
Zararlangan bo’g’imlar miqdori va u yoki bu tizimli korinishlar ustunligiga harab 
quyidagilar ajratiladi:  
A) 
intermittirlanuvchi 
isitma, 
revmatoid 
toshma, 
gepatosplenomegaliya, 
limfadenopatiya,  poliserozit,  giperleykositoz,  anemiya  qo'shilishi  bilan  kechuvchi 
bo’g’imlardagi ekssudativ o’zgarishlari mavjud oligoartrit (mamlakatimiz tasnifiga 
binoan - YuRA ning allergoseptik varianti); 
V)  bo’g’imlardagi  proliferativ  o’zgarishlar  ustunligi,  bo’g’imlar  deformasiyasi  va 
qontrakturalar  tezda  rivojlanishi  va  limmfoadenopatiya  bilan  birga  umurtqa 
pOqonasi bo’yin bo’limi zararlanishi, gepatosplenomegaliya, anemiya, ortamiyona 
leykositoz,  ba'zida  isitma,  toshma  va  poliserozit  bilan  kechuvchi  poliartrit  yo’ki 
generalizasiyalangan artrit (mamlakatimiz tasnifi bo’yicha - Still varianti);  
2. Tizimli ko’rinishlarsiz YuRA ning poliartikulyar varianti:  
A) seropozitiv kichik tip (revmatoid omil (RO) borligi bilan);  
B) seronegativ kichik tip (RO siz); 
3. Tizimli korinishlarsiz YuRA ning oligoartikulyar varianti:  
A) antinuklear omil mavjud kichik tip, RO siz va iridosiklit rivojlanishining yuqori 
xavfi bilan;  
B) HLA B27 gistomoslik antigeni mavjud bo’lgan kichik tip, RO siz va iridosiklit 
rivojlanishi yuqori bo’lgan xavfi bilan;  
Klinik  manzarasida  isitma,  toshma,  limfadenopatiya,  gepatosplenomegaliya,  lekin 
turgun  artritsiz  artralgiyalar  bilan  qosqilib  keluvchi  giperleykositoz  ustun 
keladigan  kasallik  revmatoidsimon  kasallik  (Vissler-Fankoni  psevdosepsisi) 
sifatida  haraladi.  Revmatoid  artrit  sinovial  qobiglarning  surunkali  yiringsiz 
yalliglanishi  bilan  xususiyatlanadi.  Bo’g’im  suyuqligining  ortiqcha  sekresiyasi 
bo’g’im  ichi  nazlasi  hosil  bo’lishigaa  olib  keladi.  qalinlashgan  sinovial  qobiq 
bortiqlari  vorsinalar  hosil  qiladi,  ular  bo’g’im  boshligiga  chiqib  turadi; 
giperplazirlangan sinovial qobiq YuRA da bo’g’im tog'ayi yuzasi bo'ylab tarqaladi 
va u bilan yopishadi (pannus hosil bo’lishiga). Kattalar revmatoid artritiga nisbatan 
bo’g’im tOqaylarining turgun buzilishi kechroq yuzaga keladi; ko’pchilik YuRA li 
bolalarda  uzoq  davom  etayo’tgan  sinovitga  haramasdan,  ba'zan  bo’g’imlarning 
turg’un  zararlanishi  paydo  bo’lmaydi.  Bo’g’im  strukturalari  destruksiyasi  YuRA 
ning  revmatoid  omili  bo’yicha  musbat  shaklida  yo’ki  tizimli  korinishlar  bilan 
boshlanuvchi shaklida yuzaga keladi. 
YuRA ning poliartikulyar varianti 
A) seropozitiv kichik tipi (RO bilan)  
Bu  guruh  bemorlari  orasida  maktab  yoshidagi  qizlar  ko’p  uchraydi.  Klinik 
korinishlari:  50%  bemorlarda  bo’g’imlarning  deformasiyasi  bilan  simmetrik 
poliartrit, tana vazni kamayishi va boy osishda ortda qolish.  
V) seronegativ kichik tipi (RO siz)  

 
210 
Bu  variant  bo’g’imdan  tashhari  klinik  korinishlar  (subfebrilitet,  retikulogistiositar 
tizim  reaksiyasi,  kardit)  bilan  birga  kelishi  mumkin.  Ko’pincha  nogironlik 
rivojlanishi  15%  ga  yetadi.  Artrit  bora-bora  rivojlanadi,  sekin-asta  bo’g’imlar 
si?i?ligi oshishi, shishi va harakati pasayishi kuzatiladi. Bundan tashhari, artrit  
simptomlarining tosatdan paydo bo’lishiga bilan kechadigan kasallikning shiddatli 
shakllari bayon qilingan. Zararlangan bo’g’imlar shishgan, paypaslaganda qaynoq 
seziladi,  lekin  bo’g’im  sohasida  teri  qizarishi  uchrashi  kam.  Bo’g’imlarning 
qavariqligi  periartikulyar  shish,  bo’g’im  boshligida  nazla  paydo  bo’lishiga  va 
sinovial  qobiq  qalinlashishi  oqibatidir.  Zararlangan  bo’g’imlar  paypaslanganda 
ogriqli  bo’lishiga  mumkin,  og’riqlar  harakat  vaqtida  qayd  etiladi;  shu  bilan  birga 
ushbu  kasallik  uchun  kuchli  og’riqlar  xos  emas  va  ko’pgina  bolalar  aniq 
yalliglangan  bo’g’imlardagi  og’riqlarga  shikoyat  qilishmaydi.  Kasallikning  erta 
bosqichlarida  bo’g’imlar  harakatining  cheklanishi  muskulatura  spazmi,  bo’g’im 
boshligiga  nazla  chiqishi  va  sinovial  qobiqlarning  proliferasiyasi  bilan  bog’liq; 
ancha  kech  bosqichlarida  harakat  cheklanishi  bo’g’im  yuzalari  destruksiyasi  va 
ankilozi yo’ki yumshoq to’qimalar qontrakturasi natijasida sodir bo’ladi. Kichkina 
bolalarda,  bo’g’imlarning  ko’p  sonli  zararlanishida  serjagllik  oshishi  kuzatiladi. 
Bolalar  bo’g’imlarini  u  yoki  bu  harakatdan  qunt  bilan  ehtiyot  hilgan  holda  tipik 
vaziyatni egallashadi.Sinovial qobiqga ega harqanday bo’g’imni zararlovchi artrit, 
ko’pincha  tizza,  bo’ldir-tovon,  tirsak  va  bilak-kaft  kabi  yirik  bo’g’imlarda 
boshlanadi.  
Bo’g’imlar zararlanishi aksar qo’llarda simmetrik bo’ladi. Proksimal falangalararo 
bo’g’imlar  yallig'lanishi  barmoqlarda  urchuqsimon  yo’ki  fuziformli  o’zgarishlar 
hosil bo’lishigaa olib keladi; tez-tez kaft-falanga bo’g’imlarining zararlanishi qayd 
qilinadi; 
distal 
falangalararo 
bo’g’imlar  shikastlanishi  ham  bo’lishiga 
mumkin.Poliartritli  bolalarning  yarmida  tos-son  bo’g’imlarning  zararlanishi 
kuzatiladi,  ular  kasallikning  oxirgi  bosqichlarida  paydo  bo’ladi.  Bu  jarayon  son 
suyagi  boshchasi  buzilishiga  olib  kelishi  mumkin;  tos-son  bo’g’imining  og’ir 
zararlanishi  YuRA  ning  kech  bosqichlarida  nogironlikka  olib  keluvchi  sababi 
hisoblanadi.  
YuRA ning oligoartikulyar varianti  
A)  antinuklear  omili  mavjud  kichik  tip,  RO  siz  va  iridosiklit  rivojlanishi  yuqori 
xavfi  bilan.  Boshqacha  "kichkina  qizlar  kasalligi"  deb  ataladi  (sababi  bir  necha 
oydan  3  yoshgacha  bo’lgan  yoshda  paydo  bo’ladi).  Klinik  korinishi:  asosan, 
bo’ldir-tovon  va  tizza  bo’g’imlari  zararlanadi,  boshqa  bo’g’imlar  shikastlanishi 
kam  uchraydi;  30-50%  bemorlarda  iridosiklit  rivojlanadi.  Artrit  yaxshi  sifatli 
kechadi,  tos-son  bo’g’imlari  va  tos  kamari,  odatda  zararlanmagan,  sakroilet  ham 
xos  emas.  Qoldiq  oftalmologik  o’zgarishlar  (shu  jumladan  kozi  ojizlik)  10-20% 
bemorlarda kuzatiladi.  
V)  HLA  B27  gistomoslik  antigeni  mavjud  kichik  tip,  RO  siz  va  iridosiklit 
rivojlanishi yuqori xavfi bilan. Bu  guruhda oyog yirik bo’g’imlari - tizza, tos-son 
va dumgaza-yonbosh zararlanishi bor maktab yoshidagi o’g’il bolalar ko’pchilikni 
tashkil  etadi.  Periferik  artrit,  odatda  yaxshi  sifatli  kechadi  va  ko’pincha  tranzitor 
xususiyatga  ega.  Shu  bilan  birga,  vaqti-vaqti  bilan  tos-son  bo’g’imlarida  va  oyoq 
kaftidagi og’riqlar bag’oyat ifodalangan bo’ladi.  

 
211 
O’tkir  iridosiklit  5-10%  bemorlarda  paydo  bo’ladi.  Zarur  bo’lsa  xlamidiy 
infeksiyasini, psoriazni istisno qilish kerak. YuRA ning tizimli variantlari 
qisman bemorlarda bo’g’im sindromi klinik korinishida isitma, revmatoid toshma, 
gepatosplenomegaliya,  limfadenopatiya,  poliserozit,  giperleykositoz,  anemiya, 
mialgiya,  artralgiya  ustun  keladi.  Bu  holat  revmatoid  hodisa  sifatida  baholanishi 
mumkin  (Vissler-Fanqoni  psevdosepsisi),  uning  keyinchalik  YuRA  ga 
transformasiyasi  yuzaga  kelishi  mumkin.  Isitma  intermittirlanuvchi  xususiyatga 
ega,  har  kuni  yoki  kuniga  ikki  mahal  tana  harorati  39,5°S  gacha  va  undan  ko’p 
ortadi, keyin tezda me'yoriy yoki subnormal sathgacha pasayadi.Revmatoid toshma 
o’ziga  xos  korinish  va  otkinchi  qaytalanuvchi  xususiyatlariga  ega.  Ayrim 
elementlari  och  pushti-qizil  rangli,  uncha  katta  bo’lmagan  olchamdagi  makulalar. 
Makula  markazida  ko’pincha  ancha  rangpar  tusdagi  zona  aniqlanadi;  keng 
toshmalar aralashgan xususiyatga ega bo’lishiga mumkin.  
Ko’pincha  toshma  tanada  va  oyo’q-qo’llarning  proksimal  bo’limlarida 
paydo  bo’lishiga  mumkin,  lekin  tananing  turli  bo’limlarida,  shuningdek  qo’l  va 
oyog’  kaft  yuzalarida  ham  joylashishi  kuzatiladi.  Odatda  toshma  febril  davrda 
vujudga  keladi,  lekin  teri  travmasi,  issiqlik  ta'siri  va  hatto  emosiyalarda  paydo 
bo’lishiga mumkin.YuRAning tizimli ko'rinishi odatda bir nechta oylar davomida 
spontan  yo’qoladii,  lekin  ba'zida  qaytalanishi  mumkin.  Tizimli  YuRA  mavjud 
bolalar  ahvoli  oxir-Oqibat  artrit  bilan  aniqlanadi,  u  ba'zi  bemorlarda  surunkali 
kechish  xususiyatiga  ega  va  kasallikning  umumiy  belgilari  yo’qolishi  bilan 
persistesiyalanadi.YuRA ni davolash 
quyidagi  davolash  maqsadga  muvofiq:  bazis  terapiyaning  erta  boshlanishi, 
nosteroid 
yalliglanishga 
harshi 
dorilar 
(NYahD), 
sinovit 
holatida 
glyukokortikoidlarni (GK)  bo’g’im ichiga yuborish, yalliglanishga harshi malham 
va gellar bilan mahalliy terapiya, massaj, DFK, reabilitasion tadbirlar.  
      Bazis terapiya dorilarini qollash chizmasi:  
Metotreksat  -  7,5-10  mg/m2/hafta.  Davolash  kursi  2  yildan  kam  emas. 
Gepatotoksik  ta'sir  qilishi  mumkin.  Plakvenil  -  tana  vazni  >33  kg  bo’lganda  6,5 
mg/kg/.  Davolash  kursi  uzoq  vaqtli.  Asosiy  nojoya  ta'siri  -  retinopatiyalar 
rivojlanishi.  Sulfasalazin  -  30-40  mg/kg/  (dozani  hisoblab  belgilanganigacha 
oshirib borish zarur). Davolash kursi uzoq muddatli. Gepatotoksik ta'sir qilishi va 
sitopeniya (asosan leyko’peniyani) chaqirishi mumkin.  NPVP qo’llash chizmasi:  
Voltaren  -  kuniga  2-3  mg/kg  dan.  Asosiy  nojoya  ta'siri  -  oshqozon-ichak  trakti 
shilliq  qavati  yaralari.  Gastrosko’piya  nazorati  ostida  ko’p  yillar  qabul  qilish 
mumkin. Brufen (ibuprofen) - kuniga 30-40 mg/kg dan uzoq vaqt mobaynida (bir 
nechta oydan bir nechta yilgacha). Gepatotoksik ta'sir  qilishi mumkin. Naproksen 
(naprosin)  -  kuniga  10-20  mg/kg  dan  uzoq  vaqt  mobaynida  (bir  necha  oydan 
yillargacha).  Faqat  10  yoshdan  katta  bolalarga  tayinlash  mumkin.  Flugalin 
(flurbiprofen)  -  kuniga 5  mg/kg dan 2-3 oy. Kamro’q  aspirin qollaniladi  - kuniga 
60-80  mg/kg  dan,  lekin  kuniga  2,5-3,0  g  dan  ko’p  emas.  Davolash  kursi  2-3  oy. 
YuRA ning tizimli variantlarini davolash 
 Davolash 
maqsadi 

tizimli 
o’zgarishlarni,  bo’g’im  sindromini  va 
inerkurrentinfeksiyani yo’qo’tish. Buning uchun quyidagilar qo'llaniladi:  

 
212 
1) past dozalarda metilprednizolon bilan puls-terapiya (tezda yalliglanishga harshi 
samaraga erishishi uchun). Dori dozasi - 5-10 mg/kg; kiritish soni har kuni 1 dan 5 
gacha  yoki  kunora  mioperikardit,  isitma,  pnevmonit,  vaskulit,  poliserozit 
ifodalanganligiga bog’liq holda;  
2)  vena  ichiga  yuborish  uchun  immunoglobulin  (yo’rdamchi  va  "yumshoq" 
samaraga erishish). Dori dozasi - 0,3-1 g/kg bitta kursga; har kuni yoki kun ora;  
3)  antibiotiklar  (tizimli  korinishlarda,  neytrofilli  chapga  siljish  leykositozda,  faol 
interkurrent 
infeksiyalarda). 
Keng 
spektrli 
dorilar 
maqsadga 
muvofiq 
(aminoglikozidlar - amikasin, uchinchi va to'rtinich avloddagi sefalosporinlar), ular 
7-10  kun  vena  ichiga  yoki  muskul  ichiga  tayinlanadi;  dori  dozasi  bemor  yoshiga 
mos holda belgilanadi;  
4)  metiprednizolonni  yoki  disprosanni  bo’g’im  ichiga  yuborish  (ekssudat,  ogriq 
sindromi  va  funksiya  buzilishi  mavjud  bo’lganda  bo’g’im  sindromini  bartaraf 
qilish,  metilprednizolonli  puls-terapiyaning  yalliglanishga  harshi  samarasini 
uzaytirish  imqonini  beradi).  Yirik  bo’g’imlarga  kiritishda  dorilar  dozasi  -  1,0  ml; 
orta  boimlarga  -  0,5-0,7  ml;  kaftning  mayda  bo’g’imlarga  -  0,1-0,2  ml.  har  bir 
bo’g’imga GK 1-3 oyda bir martadan ko’p bo’lmagan holda yuboriladi;  
5)  peroral  GK  lar  (metilprednizolonli  puls-terapiya,  GK  larni  bo’g’im  ichiga 
kiritishning, vena ichiga yuboriladigan immunoglobulinli terapiya samarasizligida) 
kuniga 0,2-0,3 mg/kg dozada, lekin kuniga 0,5 mg/kg dan ko’p emas; qabul qilish 
davomiyligi  1  yildan  ortiq  emas.  Peroral  GK  larni,  ularning  og’ir  nojo’ya 
ta'sirlarini  hisobga  olgan  holda  YuRA  ni  uzoq  vaqt  davolash  uchun  birinchi 
qatordagi dori vositalari sifatida ishlatish maqsadga muvofiq emas;  
6)  NYaQD  -  eng  xavfsiz  vasamaralisi  -  voltaren,  kuniga  2-3  mg/kg  dozalarda; 
YuRA  ning  poliartrit  va  tizimli  shakli  mavjud  RO  bor  bemorlarda  bo’g’imlar 
funsiyasiga nisbatan bashorat eng yomon. Umuman olganda bashorat ijobiy.  
Eng  kamida  75%  bemorlarda  oxir-oqibat  bo’g’imlarning  turg’un  shakl  buzilishi 
yo’ki funksiyasi yo’qolishi kuzatilmaydigan uzoq vaqtli remissiya boshlanadi. 
 
BOLALARDAGI SURUNKALI GASTRITLAR VA 
GASTRODUODENITLAR 
 Surunkali  gastrit  (SG)  -  bu  oshqozon  shilliq  va  shilliq  osti  qavatining 
surunkali  yalliglanishli  qaytalanuvchi  kasalligi,  u  hujayra  infiltrasiyasi,  fiziologik 
regenerasiya buzilishlari bilan birga sodir bo’ladi. Mos bo’lmagan davolashda SG 
sekin asta oshqozonning bez apparati atrofiyasi vujudga kelishi va sekretor, motor 
hamda  inkretor  funksiyalari  buzilishlarining  rivojlanishiga  olib  keladi.  Terapevtik 
amaliyotdan farqli bolalarda faqat 10-15% dagina SG alohida kasallik hisoblanadi. 
Ko’pincha duodenit-gastroduodenit bilan birga keluvchi antral gastrit uchraydi. SG 
tarqalishi  juda  keng  -  chamasi  30  dan  50%  gacha  yer  aholisi  xastalanadi. 
Bolalardagi  ovqat  hazm  qilish  tizimi  kasalliklari  ichida  oshqozon  va  on  ikki 
barmoq  ichak  kasalliklari  eng  ko’p  tarqalgan  va  bolalar  gastroenterologik 
patologiyalari strukturasida 58-65% ni tashkil etadi hamda 1000 bolaning 100-150 
tasida  uchraydi.  Helicobacter  pylori  (NR)  ning  bolalar  surunkali  gastriti  va  yara 
kasalligi  etiologiyasidagi  yetakchi  orni  isbotlanganligiga  qaramasdan  patologik 

 
213 
jarayon  vujudga  kelishiga  va  uning  kelgusi  amalga  o’shishiga  ta'sir  hiluvchi  xavf 
omillarini ham inobatga olish darkor. 
SG paydo bo’lishigada ekzogen xavfli omillar: 

 
alimentar - "quruq ovqat", o’tkir va qovurilgan ovqatni iste'mol qilish, oqsil va 
vitaminlarning  yetishmovchiligi,  oziq  qo’shimchalarini  ishlatish,  ovqatlanish 
tartibini buzish va boshq.  

 
 ruhiy emosional omil - stress, depressiya  

 
ekologik omillar: atmosfera holati, ovqatda nitratlar mavjudligi, yomon sifatli 
ichimlik suvi  

 
dori  vositalari  -  nosteroid  yalliglanishga  harshi  dorilar  (indometasin, 
asetilsalisil kislotasi, kortikosteroidlar va h.)  

 
yomon odatlar - chekish, alkogol 

 
parazitar infeksiyalar (asosan lyamblioz) 

 
ovqat allergiyasi va ma'lum oziq mahsulotlarini kotarolmaslik 

 
tish-jag tizimining qoniharsiz holati 

 
gormonal disfunksiyalar 
SGning endogen omillari: 

 
HP-infeksiya 

 
safroning oshqozonga reflyuksi  

 
endokrin izdan chiqishlar 
Yuqori samarali terapevtik texnologiyalar, endosko’piya, oshqozon shilliq qavatini 
morfologik tekshiruv, ba'zi biokimyoviy va bakteriologik uslublarning rivojlanishi 
gastritni quyidagi mustahil turlarga ajratish imqonini berdi (Sidney tasnifi): 
A turidagi gastrit (endogen, autoimun gastrit) Endogen gastrit oshqozonning 
qoplovchi  hujayralariga  nisbatan  autoantitanachalar  ishlab  chiharilishi  natijasida 
paydo  bo’ladi.  Bolalarda  kam  uchraydi,  faqat  gastritning  1-3%  qollarida. 
Gastritning  ushbu  varianti  uchun  oshqozonning  tanasi  va  tubida  joylashgan 
birlamchi atrofik  o’zgarishlar, oshqozon sekresiyasining kamayishi,  qonda gastrin 
miqdorining ko’payishi xos. V turidagi (bakterial) gastrit HP-assosiirlangan gastrit. 
Bolalarda ushbu gastrit shakli barcha gastroduodenal patologiyalarning 80-85% ni 
tashkil etadi. V turidagi SG patogenezida persistirlanuvchi NR infeksiya yotadi, bu 
ko’pchilik  bemorlarning  oshqozoni  pilorik  bo’limida  ushbu  mikroorganizm 
topilishi bilan tasdiqlanadi. Infeksiya yuhishi peroral ovqat bilan yoki endosko’pik 
manipulyasiyalar,  zondlash  vaqtida  sodir  bo’lishiga  mumkin  (NR-infeksiyaning 
patogenezini  saytdagi  pediatriya  qismidagi  yara  kasalligiga  bahishlangan 
ma'ruzadan harang). 
S  turidagi  gastrit  (reaktiv,  kimyoviy  gastrit,  reflyuks-gastrit)  S  gastriti 
patogenezida  hal  hiluvchi  orinni  o't  kislotalari  tushishi  bilan  kechadigan  va 
oshqozon  shilliq  qavatini  hamda  epiteliyni  shikastlovchi  duodenogastral  reflyuks 
egallaydi.  Ushbu  variantning  boshqa  sabablari  orasidan  yetakchi  orinni  nosteroid 
yalliglanishga  harshi  dorilar  (asetilsalisil  kislota  va  boshq.)  egallaydi.  Nosteroid 
yalliglanishga  harshi  dorilarning  antiprostoglandinli  ta'siri  oqibatida  bikarbonatlar 
va shilliq ishlab chiharilishi to’xtatiladi, keyinchalik eroziyalar, mikrosirkulyasiya 
buzilishlari  rivojlanadi.  Ukraina  pediatrlari  tomonidan  qo’llaniladigan  va  Ukraina 

 
214 
SSV  tavsiya  etgan  (2000)  SG  ning  zamonaviy  tasnifi  "Sidney  tasnifi"  ga  (1990) 
javob  beradi.  Bolalardagi  SG  odatda  irsiy  moyillik  va  yuqorida  korsatilgan  xavf 
omillari  mavjudligida  paydo  bo’ladi.  SG  klinikasi  turli-tuman  va  oshqozonning 
sekretor,  evakuator  funksiyalari  buzilishi  xususiyati,  bolaning  yoshi  va 
xususiyatining  oziga  xosligi  bilan  bog’liq.  Qo’zish  davrida  xlorid  kislotasi 
sekresiyasi bilan bog’liq SG ning quyidagi klinik xususiyatlari qayd qilinadi: 
Xlorid kislotasining kuchaygan (yo’ki normal) sekresiyasida (ko’pincha V turdagi 
gastrit) 
Og’riq  sindromi:  jadal  va  davomli,  ovqat  iste'mol  qilish  bilan  bog’liq.  Erta 
ogriqlar  fundal  gastrit  uchun,  kechqurungi  ogriqlar  esa  antral  gastrit  uchun  xos. 
Tungi vaqtdagi ogriqlar. Yil fasli, parhez buzilishi bilan aniq bog’liqlik yo’q. Katta 
yoshdagi bolalarda paypaslash vaqtida epigastral sohada va piloroduodenal zonada 
ortamiyona  og’riq  qayd  qilinadi.  Dispeptik  sindrom:  "achchiq"  kekirish,  havoli 
kekirish,  jihildon  qaynashi,  ko’ngil  aynishi,  ich  qo’tishlarga  moyillik.  Nospesifik 
intoksikasiya  va  asteniya  sindromlari  ozgaruvchan.  Vegetativ  o’zgaruvchanlik, 
jizzakilik,  ruhiy  va  fizik  zoriqishlarda  tezda  charchash  nazarni  tortadi.Xlorid 
kislotasining  kuchsiz  sekresiyasida  (ko’pincha  A  turidagi  gastrit)og’riq  sindromi 
kuchsiz ifodalangan, epigastral sohadagi simillovchi tarqoq ogriqlar xos. Ovqatdan 
so’ng  qorinning  yuqori  qismida  og’irlik  va  tolish  sezgisi;  ogriqlar  ovqat  sifati  va 
hajmiga  bog’liq  ravishda  paydo  bo’ladi  va  kuchayadi.  Paypaslashda  epigastral 
sohada  kuchsiz  "tarqoq"  og’riqlilik.  Dispeptik  sindrom  ogriq  sindromidan  ustun 
keladi.  Ovqat  bilan  kekirish,  ko’ngil  aynishi,  og’izda  achchi?  his  qilish,  ishtaha 
pasayishi,  meteorizm,  ozgaruvchan  ich  kelishi  kuzatiladi.  Pasaygan  sekretor 
faollikka  ega  gastritda  ba'zi  ovqat  mahsulotlariga  (botqa,  sutli  ovqatlar  va  h.) 
jirkanish.  Nospesifik  intoksikasiya  sindromi  ancha  ifodalangan,  asteniya  ustun 
keladi.  Bemorlar  rangpar,  ovqat  hazm  bo’lishiganing  oshqozon  bosqichi  buzilishi 
va  oshqozon  osti  bezi  tomonidan  ikkilamchi  buzilishlar  natijasida  tana  vazni 
kamaygan,  og’ir  qo’llarda  poligipovitaminoz  ko’rinishlari,  kamqonlik  paydo 
bo’ladi.  Mamlakatimiz  pediatrik  amaliyotida  oshqozonning  kislota  hosil  qilish 
funksiyasiga  katta  e'tibor  beriladi,  u  nafaqat  gastroenterologik  patologiyaning 
klinik  ko’rinishlari  xususiyatlariga  ta'sir  etadi,  balki  antisekretor  terapiya  va 
reparantlarni  asoslangan  holda  tayinlash  imkonini  beradi.Oshqozonning  kislota 
hosil qilish funksiyasini aniqlashning zamonaviy uslubi me'da ichi rN-metriyasidir. 
Bu  uslub  oshqozonning  tanasi  va  antral  bo’limi  rN  ni  aniqlash  imqonini  beradi. 
Oshqozon  tanasi  normal  rN  och  qoringa  5  yoshdan  katta  bolalarda  1,7-2,5  ni 
tashkil  qiladi,  gistamin  yuborgandan  keyin  -  1,5-2,5  ga  teng.  Kislotani 
neytrallovchi  me'daning  antral  bo’limi  5  dan  katta  rN  ga  ega  (Shabalov  M.P., 
1999).  Ya'ni  oshqozonning  tanasi  va  antral  bo’limlari  rN  farqi  normada  2  dan 
ko’pligi kompensasiyalangan holatni ko’rsatadi. Ushbu  farqning kamayishi antral 
bo’limning  neytrallovchi  xossasi  pasayishidan  va  on  ikki  barmoq  ichak 
kislotalanganligidan (dekompensasiyalangan holat) dalolat beradi. Ba'zi, me'da ichi 
rN-metriyasini  amalga  oshirish  imqoni  yo’q  davolash-profilaktik  muassasalarda 
oshqozonning rN ni tekshirish turli qitiqlovchilar yo’rdamida fraksion usulda olib 
boriladi.  SG  tushunchasi  klinik-morfologik.  Oshqozon  zararlanishining  eng  toliq 
manzarasini me'daning antral, fundal bo’limlari va burchagi bioptatlarini kompleks 

 
215 
organish  beradi.  Ta'kidlash  joizki,  yetakchi  gastroenterologlar  nuqtai  nazaridan 
oshqozonni  morfologik  tekshiruvdan  otkazmasdan  gastrit  tashxisini  qoyish 
qonunga  togri  kelmaydi.  Morfologik  tekshiruvgacha  dastlabki  tashxis  sifatida 
yarasiz  dispepsiya  terminini  qollash  tavsiya  etiladi.  SG  ni  zamonaviy  tekshiruv 
sxemalari gastrit turi, oshqozonning sekretor funksiyasi, bola yoshi, vegetativ nerv 
tizimi holati va uning ruhiy-emosional ahvoliga bog’liq.  
Bolalardagi  qorin  ogriqlarining  ko’pchiligi  psixogen  xususiyatga  ega  ekanligi 
inobatga olinsa - SG tashxisini endosko’pik va gistologik verifikasiya qilish kerak 
va  faqat  shundan  keyingina  birga  qosqilib  kelgan  gastroenterologik,  somatik  va 
ruhiy somatik patologiyalarni inobatga olibgina terapiyani boshlash zarur. 
A turidagi gastritni davolash tamoyillari 
Me'yorga yaqin oshqozon funksiya qilish sharoitlarini yaratishga haratilgan ornini 
bosuvchi  terapiya,  oshqozon  shilliq  qavati  atrofik  jarayonlarini  kompensasiyalash 
amalga oshiriladi. 
Terapiyaning  asosiy  uslubi  -  davo  ovqatlanishdir.  Q’ozish  bosqichida 
oshqozon  shilliq  paradasini  funksional,  mexaniq,  termik  va  kimyoviy  asrashni 
ta'minlovchi  №1a  parhezi  va  5-6  martalik  ovqatlanish  tayinlanadi.  Rasionda 
oshqozon  shilliq  paradasini  qitiqlovchi  ovqatlar  (tuzlangan,  dudlangan,  seryog 
shorva,  marinad,  o’tkir  ziravorlar,  qovurilgan  go´sht  va  baliq)  bo’lmasligi  kerak. 
Bemorlar  ko’pincha  qaymogi  olinmagan  sutni,  uzum  sharbatini,  qaymoqni 
ko’tarolmasligi  inobatga  olinsa  ularni  rasiondan  chiharib  tashlash  zarur.  Tuz, 
quyuq  choy  va  qahva,  ularning  sun'iy  turlarini  iste'mol  qilish  cheklanadi. 
Yalliglanish  bartaraf  qilinishi  bilan  fundal  bezlarni  sekin  asta  oshib  boruvchi 
funksional stimulyasiyasi  ko’rsatilgan. Bu  maqsadda №2  yo’ki  hatto  №15  parhez 
tayinlanadi.  Bunda  go´shtning  va  baliqning  yo’g’li  navlarini,  ?iyin  eriydigan 
hayvon  moylarini,  qovurilgan  kartoshkani,  quymoqsimon  xamir  ovqatni, 
qonservlangan mahsulotlarni, dudlanmalarni, shirinliklarni qabul qilish cheklanishi 
darkor.  Sut  yangi  nordon-sut  mahsulotlari  (chuchuk  qatiq,  qatiq,  tvorog,  o’tkir 
bo’lmagan  tvorog)  bilan  almashtiriladi.  Yangi  va  qora  non,  yog  va  shirinlik 
qoshilgan  xamirdan  tayyorlangan  mahsulotlar,  qaymoq,  quyuq  qaymoq,  karam, 
ichakda  gaz  hosil  hiluvchi  uzum  iste'moli  cheklanadi.Antixolinergik  va  antasid 
vositalari  A  turidagi  gastritda  tayinlanmaydi.  Og’riq  va  dispeptik  sindrom 
mavjudligida  metoklopramidni,  sulpiridni,  no-shpani,  butilsko’polaminbromidni 
(busko’pan) ichishga buyurish yo’ki m/o qo’llash yaxshi samara beradi. qoplovchi 
va burishtiruvchi o’simlik vositalari: bargizub barglaridan tayyorlangan damlama, 
plantaglyusid  granulalari,  dastarbosh,  moychechak,  yalpiz,  qizilpoycha,  valeriana 
ildizi keng qollaniladi. Osimliklar damlamasi 1/3-1/2 stakandan kuniga 4-5 mahal 
ovqatdan oldin 2-4 hafta mobaynida beriladi.  Oshqozonning sekretor funksiyasini 
stimulyasiya  qilish  maqsadida  sekresiyani  stimullovchi  kombinirlangan  osimlik 
vositalarini:  gerbogastrin,  gerbion  me'da  tomchilari,  bargizub  va  uning  dori 
vositalarini  (pantaglyusid)  qollash  mumkin.  O’rnini  bosuvi  terapiya  uchun  xlorli-
vodorod  kislotasini,  pepsinni  va  boshqa  vositalarni  ishlatsa  bo’ladi.  Oshqozon 
shilliq qavati trofikasini yaxshilash borasida mikrosirkulyasiyani, oqsil sintezini va 
reparativ  jarayonlarni  kuchaytiruvchi  vositalar:  nikotin  kislotasi  dorilari,  V  va  S 
guruhi  vitaminlari,  metilurasil,  solkoseril  qollaniladi.  qosqilib  kelgan  megaloblast 

 
216 
kamqonlikda  qo’shimcha  ravishda  vitamin  V12  in'eksiyasi  tayinlanadi.  qozish 
davrining  bosilish  bosqichida  fizioterapiya  uslublarini,  mineral  suvlar  bilan 
davolashni  qollash  mumkin.  Kasallik  qo’zishi  yo’q  bo’lgan  davrlarda  bemorlarga 
sanator-kurort  davo  tavsiya  qilinadi.V  turidagi  gastritni  davolash  tamoyillari. 
Ko’pchilik qo’llarda V turidagi gastritlarni NR chaqirishi inobatga olinsa, bunday 
gastritni  davolash  asosida  xelikobakter  infeksiyani  eradikasiya  qilish  yotadi. 
Antixelikobakter  terapiya  sxemasi  bo’yicha  ma'lumotlar  yara  kasalligiga 
bahishlangan  ma'ruzada  to’liq  keltirilgan.  Shu  bilan  bir  vaqtda  davolashning 
bjshlang’ich  bosqichlarida  parhezli  ovqatlanish  ozining  ahamiyatini  yo’qotmadi. 
№1  parhez  tayinlanadi,  u  oshqozon  shilliq  pardasiga  mexaniq  va  kimyoviy 
ta'sirlarni  ortamiyona  kamaytiradi.  Ovqat  qabul  qilish  miqdori  kuniga  4-6 
martagacha  ko’paytiriladi.  Qo’zish  davrida  ogriq  sindromining  juda  ham 
ifodalanganligida  spazmolitiklar  -  drotaverin  (drotaverin-KMP,  no-shpa,  no-x-
shpa),  galidor,  papaverin  qo’shimcha  tayinlanadi.  Ba'zi  qo’llarda  xolinolitiklar  - 
atropin, 
busko’pan 
samarali. 
Oshqozon 
shirasining 
yuqori 
kislotaligi 
korsatkichlarida selektiv  
M-xolinolitiklar  guruhi  antisekretor  dori  vositalari  -  pirenzepin  (gastrosepin)  4 
haftagacha  muddatga  tayinlanadi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  dori  dozasi 
tabletka  shaklida  12,5  g  dan  kuniga  2  mahal,  maktab  yoshidagilarda  esa25  g  dan 
kuniga  2  mahal.  Gistamin  N2-reseptorlar  blokatorlari  (famotidin,  ranitidin)  2 
haftagacha beriladi. 10 yoshdan katta bolalarga famotidin 0,02-0,04 g dan uyqudan  
oldin tayinlanadi. Antisekretor terapiya kursi tugatilishidan keyin fosfalyugel kabi 
kompleks  antasidllar  qollaniladi,  yoki  gidroksid  magniyli  algedrat  saqlovchi  dori 
vositalari  (almagel,  almol,  maaloks)  beriladi.  Diosmektit  (smekta)  ni  2  yoshdan 
katta  bolalarda  6-9  g  kuniga  suvdagi  eritma  korinishida  tayinlash  mumkin. 
Davolash  kursi  tugatilgandanoq  eradikasion  terapiyaning  samaradorligini 
tasdi?lash  uchun, asosan  qoldiq  dispeptik  va  og’riq  korinishlarida  sitoprotektorlar 
kursi - skralfat (antruksal, venter) tayinlanadi. Sukralfat dozasi bolalarda 0,5-1,0 g 
dan  4  marta  qabul  qilishga  (tunda  bir  marta  qabul  qilish  sharti  bilan)  bir  oy 
davomida  beriladi.  Oshqozon  osti  shilliq  qavati  trofikasini  yaxshilash  maqsadida 
chakanda  moyi,  polivitamin  dori  vositalari  3-4  haftagacha  muddatga  qollanilishi 
mumkin.  Kompleks  terapiyada  2-3  haftagacha  traknvilizatorlar  -  diazepam 
(seduksen,  sibazon),  tazepam  va  boshq.  tayinlash  asosli  bo’ladi.  O’simlik  sedativ 
dori vositalari  - valeryana  ekstrakti, persen  samarali. S turidagi  gastritni davolash 
tamoyillariMotorika  buzilishlari,  duodenogastral  va  gastroezofagal  reflyukslar 
bilan  kechuvchi  S  turidagi  gastrit  (reflyuks-gastrit)  ni  davolashda  metoklopraimd 
(reglan,  serukal)  ni  tayinlash  korsatilgan,  u  kardiyning  yopuvchi  funksiyasini 
me'yorlashtiradi.  Metoklopramid  shuningdek  oshqozon-qizilo’ngach  reflyuksini 
ham  pasaytiradi,  oshqozonning  boshatilishini  tezlashtiradi  va  oshqozon  shilliq 
qavatining  shikastlarga  harshiligini  oshiradi.  Kamdan-kam  qo’llarda  giperkinetik 
hodisalar,  uyquchanlik,  quloqdagi  shovqinlar,  og’iz  shilliq  qavatlari  quruqlashuvi 
kabi  nojoya  ta'sirlar  kuzatilishi  mumkin.  Me'da  motorikasini  domperidon 
(motilium) normallashtiradi. Bu dori vositasi serukalga nisbatan yumshoqroq ta'sir 
qiladi,  nojo’ya  ta'sirlari  kam.  Gastroezofagal  reflyuksda  selektiv  xolinomimetik 
sizapridning  qollanilishi  istiqbo’llidir  (yurak  o’tkazuvchi  tizimi  buzilishlarida 

 
217 
ehtiyotkorlik  bilan  ishlatish  zarur).  Oshqozon  shilliq  qavatiga  safroning  agressiv 
ta'sirini neytrallash maqsadida fosfalyugel tayinlanadi, u antasid ta'siridan tashhari 
ot kislotalarini adsorbsiyalaydi va qoplab oluvchi ta'siriga ega. Yaxshi sitoprotektiv 
ta'sir  qilish  xususiyatiga  sukralfat  (ankrusal,  venter,  ulgastran,  sukreyz)  ega.  Dori 
vositasining  reflyuks-gastritda  ta'sir  mexanizmi  shikastlangan  shilliq  qavat 
yaqinidagi  to’qimalarning  oqsillari  bilan  kompleks  birikmalar  hosil  qilishdan 
iborat.  Sukralfat  pepsinni  va  ot  kislotalarini  adsorbsiya  qiladi,  shilliq  qavatning 
kislotali-pepsinli omilga turg’unligini ta'minlaydi. Sitoprotektor ta'sirga diosmektit 
(smekta) ham ega. Prostoglandinlarning sintetik analogi sitoprotektorlari (saytotek, 
arboprostil  va  boshq.)  eng  samarali.  Ta'sir  mexanizmi  bo’yicha  ular  bolalarda 
qo’llash  uchun  istiqbo’lli  bo’lishiga  mumkin,  sababi  bazal  va  stimulyasiyalangan 
me'da  sekresiyasini  pasaytiradi,  regenerasion  jarayonlarni  stimullaydi.  Lekin,  bu 
dori vositalari ko’pincha dispeptik hodisalarni, reproduktiv tizim tomonidan  qator 
nomaqbul samaralarni, allergik reaksiyalarni yuzaga chiharishi mumkin va shuning 
uchun  faqat  eroziv  gastrit  mavjud  ospirinlarda  qollaniladi.  Alohida  SG  lar  yo’ki 
duodenitlar  bolalarda  kam  uchraydi,  ko’pincha  biz  gastroduodenit  bilan 
to’qnashamiz.  Yetakchi  pediatrlar  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan  holda 
gastroenterologik  patologiya  bo’yicha  og’irlashgan  anamnezi  mavjud  bolalardagi 
surunkali  gastroduodenit  yara  oldi  holati  deb  haraladi.Surunkali  gastroduodenit 
(SGD)  -  yalliglanishli  xususiyatga  ega  surunkaliresidivlanuvchi  kasallik,  u 
oshqozon  va  on  ikki  barmo’q  ichak  shilliq  qavati  va  bez  apparati  nospesifik 
struktur  qayta  qurilishi  (distrofik,  yalliglanishli  va  regenerativ  o’zgarishlar),  turli 
sekretor va motor buzilishlar bilan kechadi.  
SGD  -  surunkali  gastroduodenal  kasalliklarning  eng  ko’p  tarqalgan  shakli. 
Oshqozon  va  on  ikki  barmoq  ichak  kasalliklari  strukturasida  58-74%  ni  tashkil 
etadi.  Tashxislashda  SGD  rivojlanishi  xavf  omillari  mavjudligini  va  irsiy 
moyillikni  hisobga  olish  kerak.  Kasallik  klinikasi  yalliglanish  jarayonining 
bosqichi  va  ifodalanganligiga,  oshqozon  sekretor  funksiyasi,  me'da  va  on  ikki 
barmoq  ichakning  motor-evakuator  buzilishlariga  bog’liq.  SGD  qo’zish  davrida, 
xuddi yara kasalligi singari, ogriq, dispeptik va surunkali nospesifik intoksikasiya 
klinik  sindromlari  uchraydi.  Klinik  manzaraning  o’ziga  xosligini  gepatobiliar 
tizim, ichak, oshqozon osti bezi patologiyalari belgilaydi. Klinik simptomlar xuddi 
yara kasalligidagidek, lekin ogriq sindromining mavsumiyligi yo’q, tungi og’riqlar 
kamdan-kam qo’llarda kuzatiladi.  
Og’riq  sindromi.  qorindagi  og’riqlar  eng  xususiyatli,  ular  zirqirovchi,  uzoq 
davom  etuvchi,  ertalab  och  qoringa  va  ovqatdan  1,5-2  soatdan  keyin  boshlanadi. 
Ko’pincha o’tkir, xurujsimon,  qisqa vaqtli og’riq bo’ladi, epigastral sohada, o’ng 
qovurga  ravoqi  ostida,  kindik  atrofida  joylashadi.  Ovqat  iste'mol  hilgandan  so’ng 
va fizik yuklamadan keyin kuchayadi. Eroziv giperasid SGD da och qoringa, tungi 
va  kech  ogriqlar  qosqilib  keladi.  Paypaslaganda  epigastral  sohada  tarqoq  ogriq, 
piloroduodenal  zonada  ijobiy  Mendel  simptomi  aniqlanadi,  eroziyalarda  - 
mushaklarning lokal taranglashishi bo’lishiga mumkin. 
Dispeptik  sindrom:  tez-tez  kekirish,  jihildon  qaynashi,  uzoq  davom  etuvchi 
ko’ngil  aynishi,  ovqatdan  keyingi  og’irlik  hissiyoti,  og’izda  achchiq  ta'm, 
meteorizm, ich qo’tishlar, ancha kam qo’llarda - ozgaruvchan ich kelishi. 

 
218 
Nospesifik intoksikasiya sindromi: emosional labillik, tez-tez bosh og’riqlari, 
jizzakilik, umumiy holsizlik, astenizasiya. Zamonaviy sharoitlarda SG va SGD ni 
davolashda, adekvat tashxisotni va davolashni olib borish uchun yetarlicha 
paraklinik tekshiruv uslublarini bajarish lozim: 
Laborator tekshiruvlar:  
a) majburiy (bir martalik): 

 
qonning klinik tahlili; 

 
siydikning klinik tahlili; 

 
umumiy oqsil va qonning oqsil fraksiyalari; 

 
Helicobacter  pylori  ga  testlar  (tez  ureazli,  bakteriologik,  nafas  ureazli  test, 
serologik (IFA), najasdagi NR antigeni konsentrasiyasini tahlili, PSR); 
b) zarur bo’lganda: 

 
najasni yashirin qo’nga tekshirish (Gregersen reaksiyasi); 

 
bioptatlarni  gistologik  tashxisot  uslubini  qo’llagan  holda  gistologik 
(sitologik) tekshiruv - "oltin standart"; 

 
immunograma; 
Instrumental tekshiruvlar va tashxisot mezonlari: 
Majburiy: 

 
fibroezofagogastroduodenoskopiya,  moljalli  biopsiya  va  NR  ekspress 
diagnostikasini o’tkazish bilan (eroziv SGD da - ikki  
marta); 

 
oshqozon ichi RN-metriyasi (yoki oshqozon tarkibini fraksion tekshirish) - bir 
marta; 

 
qorin  parda  bo’shlig’i  a'zolari  UTT  -  qosqilib  kelgan  patologiyani  aniqlash 
uchun bir marta. 
Zarur bo’lganda: 

 
oshqozon  va  o’n  ikki  barmoq  ichakni  rentgenologik  tekshiruv  (motor-
evakuator buzilishlari, rivojlanish anomaliyalari); 

 
reografiya; 

 
qo’shilib kelgan patologiya xususiyatiga mos ravishda boshqa tekshiruvlar 
Davolashning  asosiy  tamoyillari  odatda  SG  terapiyasi  tamoyillariga  oxshash  va 
kasallik  davri,  klinik-endosko’pik  o’zgarishlar  xususiyati,  oshqozon  sekretor 
funksiyasi  holati  hamda  me'da  va  o’n  ikki  barmoq  ichakning  motor-evakuator 
funksiyasi buzilishlariga bog’liq bo’ladi.  
qozish davrida davolash (stasionar yoki ambulator), fizik faollik tartibi sharoitlarini 
aniqlash zarur.  
Bemor holatini hisobga olgan holda parhez tadbirlarini tayinlash (stol № 1 yo’ki № 
5). 
Kompleks terapiya tarkibiga kiradi: 

 
NR mavjudligida: eradikasion anti-NR-terapiya (odatda 7 kun mobaynida); 

 
Antisekretor dori vositalari: gistamin N2-reseptorlari blokatorlari 2-3 haftaga, 
selektiv M1- xolinolitiklar (pirenzepin 4 haftaga).  
Zarur  bo’lganda  sitoprotektiv  va  sorbsion  samarali  antasidlar  10-14  kungacha 
qosqiladi. Smekta 1 paketdan kuniga 3-4 marta; 

 
219 

 
Prokinetiklar  (domperidon)  reflyukslar va duodenostaz  bo’lganda tayinlanadi 
- 10 kunga. 

 
Spazmolitiklar (drotaverin, papaverin, metasin) - 7-10 kunga; 

 
Sedativ  dori  vositalari  va  trankvilizatorlar,  o’simlikdan  ishlab  chiharilgan 
tinchlantiruvchi  vositalar.Antisekretor  dori  vositalari  to’xtatilgandan  keyin 
reparantlar  -  smekta,  sukralfat,  likvitron,  chakanda  moyi  4-6  hafta  muddatga 
tayinlanadi. Bir vaqtning o’zida yondosh oshqozon osti bezi patologiyasi ferment 
dori vositalari tayinlash bilan davolanadi. O’spirinlarga ichak spazmolitiklari  
(disetel,  pinaveriy  bromid)  berish  mumkin,  ich  qo’tishlarda  ich  boshashtiruvchi 
dori vositalari (makrogol) va boshqalar tayinlanadi. Kasallik qo’zish davrida fizik 
davolash uslublari qollaniladi - elektrodavolash, issiqlik bilan davolash. Oshqozon 
va on ikki ichak motor-evakuator funksiyasini me'yorlashtirish va oshqozon shilliq 
pardasi  trofikasini  oshirish  uchun  lazer  va  magnit-lazer  terapiya  qollaniladi. 
Nomedikamentoz davolash uslublari ichidan refleksoterapiya qollaniladi.  
Klinik  remissiya  davrida:  fitoterapiya,  balneoterapiya,  fizioterapiya,  LFK, 
noan'anaviy nomedikamentoz terapiya. Stasionarda bo’lishi muddatlari ortacha 21 
kun (erozif SGD da - 28 kun).  
Stasionar  davolashni  mahalliy  gastroenterologik  sanatoriyda  davom  etish 
maqsadga muvofiq. SG va SGD da dispanser kuzatuv oxirgi qo’zish vaqtidan 5 yil 
mobaynida,  ko’rikdan  o’tkazish  yiliga  2  martadan  kam  bo’lmasligi  kerak. 
Bemorlarni  vrach-pediatr  6  oyda  1  marta  va  pediatr-gastroenterolog  bir  yilda  1 
marta  ko’rikdan  o’tkazadi.  Fibrogastroduodenoskopiya  yiliga  1  marta  bajariladi. 
Eroziv  SGD  da  tekshiruv  soni  yiliga  3  martagacha  ko’paytiriladi,  endosko’pik 
tekshiruv esa yiliga 2 marta.  
SGD  yo’ki  SG  bilan  kasallangan  bemor  bolani  dispanser  hisobotdan 
chiharish 5 yillik klinik-rentgenologik remissiya sharoitida amalga oshiriladi. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin