Xalmatova b. T. Boboyeva u. R



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30

JIGAR SIRROZI 
Jigar  sirrozi  -  jigarning surunkali  progressirlanuvchi  kasalligi, biriktiruvchi 
to’qima  o’sishi  va  parenximaning  patologik  regenerasiyasi  natijasida  jigar 
bolakchali  strukturasi  buzilishi  bilan  xususiyatlanadi;  jigarning  funksional 
yetishmovchiligi  va  portal  gipertenziya  bilan  namoyon  bo’ladi.      Jigar  sirrozi 
bolalarda  kattalarga    haraganda  kam  uchraydi.  Ko’pincha  u  yashirin,  sariqliklsiz 
shaklida  kechuvchi    virusli  gepatitdan    keyin  rivojlanadi.  Chaqaloqlik  davrida  va 
erta  yoshdagi  bolalarda  jigar  sirrozi  antenatal  davrda  virusning  plasenta  orqali 
kirishida  jigar  oshikastlanishi  bilan  bog’liq  bo’lishiga  mumkin.  Virusli  gepatit 
bilan  kasallanganlar  orasida  jigar  sirrozi  uchrash  tezligi  0,5%  gacha  yetishi 
mumkin.  
Jigar sirrozi sababi sifatida o’t yo’llari anomaliyalari (o’t yollari atreziyasi, 
umumiy  o’t  yo’li  kistasi,  o’t  yo’llarining  qisman  stenozi),  fermentopatiyalar 
(galaktozemiya,  glikogenoz,  1-antitripsin  yetishmovchiligi),  gepatoserebral 
‘distrofiya  va’  boshq.  bo’lishiga  mumkin.  Alimentar  bog’liq  jigar  sirrozi 
kvashiorkorli’  bolalarda  kuzatiladi.  Kattalardan  farqli,  bolalarda  toksik  (shu 
jumladan  dori  vositalari),  alkogol  va  dimlanish  sirrozlari  kam  uchraydi.Jigar 
sirrozining asosiy belgilari jigarning’ kattalashishi’ va zichlashishi (80-90%), taloq 
kattalshishi  (70-80%),  kamroq  (40%)  qorin  sohasidagi,  bel,  ko’krak  qafasi,  yelka 
kamarida teri osti venoz tori rivojlanishi, teri sariqligi, skleralar subikterikligi, teri 
qichishi,  palmar  eritema,  teleangiektaziyalar,  assit  va  kasallikning  boshqa  ham 
kattalar,  ham  bolalar  uchun  xos,  etiologiyasi,  sirroz  davomiyligi,  portal 
gipertenziya ifodalnganligi darajasiga bog’liq korinishlari. Bolalar, odatda fizik va 
jinsiy  rivojlanishdan  orqada  qolishadi,  lekin  kasallikning  bjshlang’ich  davrida, 
asosan  qizlarda  vaqtidan  ilgari  jinsiy  yetilish  kuzatilishi  mumkin,  bu  gormonal 
gomeostaz buzilishi bilan bog’liq.  
Kompensasiya  bosqichida  sirroz  uzoq  vaqt  simptomatikasiz  kechishi 
mumkin  va  tasodifan  aniqlanishi  mumkin,  masalan  profilaktik  korik  vaqtida. 
Ammo  hatto  ushbu  davrda  ham  kuchaygan  charchashlik,  umumiy  ahvolining 
buzilishi, subfebrilitet, tana vazni ko’payishining orqada qolishi, o’ng qovurga osti 
sohasida  va  epigastral  sohada  ogriq,  dispeptik  buzilishlar,  ba'zi  bemorlarda  - 
teleangiektaziyalar,  oqsil  (dispro’teinemiya,  chokma  sinamalrining  o’zgarishi)  va 
yo’q  (gipoxolesterinemiya,  qonda  b-lipopro’teidlar  miqdori  oshishi)  almashinuvi 
buzilishlari  aniqlanadi.  Bracha  bolalarda  jigarning  kattalashishi  va  zichlashishi 
kuzatiladi, yarmida - taloq kattalashishi.  
Subkompensasiya bosqichi simptomatika ortishi, portal gipertenziya va jigar 
yetishmovchiligi belgilari bilan xususiyatlanadi. Dekompensasiya bosqichida assit 
paydo  bo’ladi,  gastroezofagal  va  tez-tez  burundan  qon  ketish  kabi  asoratlar 

 
240 
qosqiladi.  Erta  va  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  jarayon  nsibatan  tez 
rivojlanadi, 
gepatomegaliyaning 
kuchli 
ifodalanganligi 
va 
biokimyoviy 
korsatkichlarning  siljishlari  aniqlanadi.  Maktab  yoshidagi  bolalarda  kasallik 
jigardan tashhari belgilar - poliartrit, gemolitik kamqonlik, nefro’tik sindrom bilan 
kechadi.  hayo’tining  birinchi  yilidagi  bolalarga  haraganda  maktab  yoshida  gi 
bolalarda  gipersplenizm  belgilari  kuchli  bo’ladi.  Kasallikning  eng  og’ir  kechishi 
feno’tipida HLA-antigen A9 mavjud bolalarda sodir bo’ladi. 
 Tashxiso’ti  kattalardagi  kabi  amalga  oshiriladi.  Kasallikning  bjshlang’ich 
davrlarida  bolalarda  kompyuter  tomografiya,  dinamik  gepatobilissintigrafiya  va 
angiografiya  (spleno-  i  mezenterikografiya)  alohida  ahamiyatga  ega,  kamroq 
qo’llarda - jigarning punksion biopsiyasi. Differensial tashxislash tugma fibroz va 
jigar steatozi bilan, glikogenozlar, Goshe, Nimann - Pik va boshq. kasalliklar bilan 
amalga oshiriladi.  
Davolash  xuddi  kattalardagi  kabi.  Bashorat  jiddiy.  Masalan,  jigar  ichi  yollari 
streziyasi  sababli  rivojlangan  jigar  sirrozi  bola  hayotining  birinchi  yilidayoq 
o’limga olib keladi. 
 
SIYDIK AYIRISh TIZIMI INFEKSIYaLARI 
Siydik  yo’llari infeksiyalari  -  bolalar  patologiyasi  orasida  ko’p uchraydigan 
kasallik  bo’lib,  o’tkir  respirator  virusli  infeksiyalardan  keyingi  orinda  turadi. 
Siydik  yo’llari  infeksiyalari  -  7-  yoshga  kirgan  7-9%  qizlarda  va  1,6-2%  og’il 
bolalarda  uchraydi.  Shuni  ta'kidlab  o’tish  lozimki,  siydik  ayirish  yollari 
infeksiyalari 1-yoshli bolalar orasida jinsidan qat'iy nazar ko’p uchrab, xuddi o’tkir 
pielonefrit ko’rinishida kechadi. Agar shu davrda kasallik aniqlanib, to’g’ri tashqis 
qo’yilmasa, mos davo choralari olib borilmasa, keyinchalik nefroskleroz ochoqlari 
shakllanib  boradi.  30%  qizlarda  bir  yil  davomida  va  50%  o’g’’il  bolalarda  5  yil 
davomida o’tkir pielonefritning qaytalanishi kuzatiladi. o’g’il bolalar uchun siydik 
ayirish yo’llari infeksiyasining  qaytalanish soni bir yil ichida kamroq bo’lib - 15-
20%ni  tashkil etadi. Keyinchalik ular uchun pielonefritning qaytalanishi xarakterli 
emas.  
Siydik  ayirish    yo’llari  infeksiyasida  obstruktiv  uropatiya  qizlarda  2%  va 
o’g’il  bolalarda  10%  hollarda  uchraydi.  O’tkir  sistit  klinik  belgilarining  paydo 
bo’lishiga  asosan  2-6  yoshli  qizlarda  kuzatiladi.  O’tkir  sistitning  klinik 
belgilarining  paydo  bo’lishiga  asosan  2-6  yoshli  qizlarda  uchraydi.  Siydik  yollari 
tizimi  infeksiyalari  rivojlanishiga  ta'sir  hiluvchi  omillarga  siydik  yollari 
anomaliyalari  va  siydik  passaji  (chiqishining)  buzilishi,  siydik  qopi-siydik  nayi 
reflyuksi yo’ki siydik yo’llari obstruksiyalari sabab bo’ladi.  
 Siydik qopi - siydik nayi reflyuksida siydik siydik pufagidan siydik nayiga 
retrograd (teskari) o’tadi. Birlamchi va ikkilamchi  pufak nay reflyuksi ajratiladi. 
 Birlamchi  pufak  nay  reflyuksi  tugma  bo’lib,  siydik  qopi-siydik  nayi 
Og’zining 
anormal 
rivojlanishi 
natijasida 
paydo 
bo’lgan  antireflyuks 
mexanizmning  buzilishiga  bog’liq.  Antireflyuks  mexanizmning  samaradorligi 
siydik nayi shilliq osti qavati uzunligi bilan bevosita bog’liq. Shuning uchun, uning 
bir oz qisharishi bu mexanizmning buzilishiga olib keladi. 

 
241 
Ikkilamchi  siydik  qopi-siydik  nayi  reflyuksida  siydik  pufagining  dinamikasi 
buziladi,  bu  esa  normal  antireflyuks  mexanizmning  buzilishiga  olib  keladi  va 
natijada  siydik  nayi  obstruksiyasi,  siydik  qopining  neyrogen  disfunksiyasi 
(giporeflektor  va  giperreflektor  turi),  keyinchalik  sistitning  uzoq  vaqt  kechishiga 
sabab  bo’ladi.  Siydik  yo’llari  infeksiyasi  buyrakning  bujmayib  qolishiga  olib 
keladi.  
Pielonefritning  qaytalanuvchi  kechishi  bilan  kasallangan  bemorlarning 
taxminan  10-20%da  nefroskleroz  yuzaga  keladi,  rentgenologik  yo’ki  radiologik 
tekshirganda  buyrak  parenximasining  ochoqli  va  tarqoq  shikastlanishi  bilan 
kosachalar hajmining kichrayishi va deformasiyasi  kuzatiladi. 
 Buyrakning  bujmayishi  pufak-nay  reflyuksining  buzilishi  bilan  bog’liq 
bo’lib,  reflyuks  nefropatiya  deb  ataladi.  Bolalarda  jarayon  bir  tomonlama  bo’lib, 
bunda  buyrakning  kompensator  gipertrofiyasi  rivojlanadi,  lekin  buyrak 
funksiyasining  butunlay  buzilishi  sodir  bo’lmaydi.  Agar  buyrak  ikki  tomonlama 
zararlansa  buyrak  jomchalarini  filtrasion  tezligi  pasayib  ketishi  kuzatiladi  va 
keyinchalik  surunkali  buyrak  yetishmovchiligi  rivojlanadi.  10-20%  bemorlarda 
birlamchi  siydik  yollari  infeksiyasidan  keyin  dializ  va    buyrak  transplantasiyasini 
o’tkazish talab qilinadi. 5-20% bolalarda pufak-nay reflyuksi - reflyuks nefropatiya 
kasalligi  shakllanadi,  buyrak  parenximasida  sklero’tik  ochoqlar  shakllanishi  bilan 
xarakterlanib  (bir  yo’ki  ikkita  buyrakda),  siydik  yollari  infeksiyalari  rivojlanib 
boradi.  Bunda  10%  bemorlarda  arterial  gipertenziya  kuzatiladi.  Arterial 
gipertenziya  rivojlanishi  natijasida  30%  bemorlarda  ikki  tomonlama  nefroskleroz 
rivojlanadi.  Shuni  ta'kidlash  kerakki,  ayollar,  bolalik  va  baloqat  davridagi  bolalar 
siydik  yollari  infeksiyalarini  o’tkazsa,  jarayonni  qaytalanishiga  moyillik  yuqori 
bo’ladi,  pielonefrit  va  homiladorlik  nefropatiyasi    rivojlanishi  xavf  omillari 
hisoblanadi.  Nefroskleroz  kuzatilgan  ayollarda  arterial  gipertenziya  va 
homiladorlikni  asorati  bilan  kechishiga  moyillik  yuqori  bo’ladi.Siydik  yollari 
infeksiyasini  qo’zg’atuvchi  mikroblar  ko’p  qo’llarda  Enterobacteriaceae,  ichak 
tayogchalari,  asosan  ichakdagi  o’zgarishlarni  keltirib  chiharadi  (qabziyat  va 
disbakterioz).  Siydik    ayirish  tizimining    zararlanishida  asosan  ikkita  asosiy  yol  - 
ko’tariluvchi  va  gematogen  (ko’proq  chaqaloqlarda)    yo’llari  ajratiladi.  Hozirgi 
vaqtgacha  infeksiyaning  limfogen  yo’l  bilan  tarqalishi  aniqlanmagan.  Siydik 
yollari  infeksiyalarida  transuretral    tibbiy  muolajalar  natijasida  zararlanish 
korsatgichlari  yuqori  hisoblanadi.  Siydik  pufagida  va  yuqori  siydik  sistemasi 
qismlarida  yalliglanish  jarayonlarini  rivojlanishiga  harshilik  hiluvchi  bir  nechta 
himoya omillari mavjud. 
Mexanik:  siydik  bilan  mikroblarni  yuvilishi.  Bunda  nafaqat  siydik  ajratish  soni, 
balki  siydikning  to’liq  ajralishi  ahamiyatga  ega.  Erta  yoshli  bolalarda  fiziologik 
ravishda  siydik  pufagini  to’liq    boshashishi  kuzatilmaydi.  Bunday  holat  siydik 
yollari  tizimi  infeksiyasining  rivojlanishida  yana  bir  xavf  omili  bo’lib  xizmat 
qiladi,  bu  guruhga  4-5  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  kirib,  ularda  siydik  pufagi 
funksiyasining  po’stloq  nazorati  hali  to’liq  emasdir.  Bundan  tashhari  siydik 
pufagining to’liq boshamasligi surunkali qabziyat fonida ham kuzatiladi. 
Kimyoviy:  muko’polisaxaridlar  plenkasi  -  glikozaminoglikan  -  siydik  pufagi 
epiteliysini oraydi va uroepiteliy bilan bakteriyalar kontaktiga to’sqinlik qiladi. Bu 

 
242 
oz  navbatida  siydik  yo’llari  shilliq  qavatida  mikroorganizmlar  adgeziyasini 
qiyinlashtiradi.  Bundan  tashhari  siydikning  o’zi  antimikrob  xususiyatga  ega 
(nordon  reaksiya,  yuqori  osmolyarlik,  mochevina  va  organik  kislo’talarni  ko’p 
ajralib chiqishi).  
Gumoral: sekretor immunoglobulin A bakteriyalar adgeziyasini pasaytirishga ega. 
Ko’krak  suti  bilan  ovqatlantirilgan  bolalarda  siydik  tarkibida  sekretor 
immunoglobulin A yuqori darajada bo’ladi.  
Siydik yo’llari infeksiyalarini diagnostika qilishda to’g’ri yihilgan nefrologik 
anamnez  (nasliy  omil)  va  laborator-instrumental  tekshirish  usullari  muhim 
hisoblanadi.  Bundan  tashhari  qo’shimcha  usullarni  qollash  ham  tashqisni 
tasdiqlash  uchun  yo’rdam  beradi.  Yalliglanish  jarayonlari  aktivligini  aniqlash 
uchun  umumiy  qon  tahlili,  qonning  bioximik  tahlili  (oqsil,  mochevina,  S  reaktiv 
oqsil),  siydik  umumiy  tahlili  va  zarur  bo’lsa,  siydikni  Nicheporenko  usulida 
aniqlash  zarur.  Infeksiyalarga  erta  tashqis  qoyish  va  davolashni  togri  tanlab  olib 
borish kasallikni og’ir asoratlari rivojlanishining oldini oladi. Buning uchun siydik 
ta?lilini klinik tekshirishga bir qator ko’rsatmalar bor: 

tana  harorati  38-Sdan  yuqori  yo’ki  uzoq  davom  etayo’tgan  sababsiz 
subfebrillitet (barcha bolalarda, asosan erta yoshli  bolalarda) 

isitmalayo’tgan va tashqis qo’yib gospitalizasiya qilishga yollanma berilgan 
bemor bolalar, MNS zararlanishi bilan bog’liq bo’lmagan holatlarda; 

noma'lum etiologiyali qayd qilish va qorinda ogriq; 

tez-tez siydik ajratish, dizuriya, enurez 

ishtahaning pasayishi va yogolishi; 

chaqaloqlarda sariqlikning chozilib ketishi; 

gematuriya va gipertoniya
 
Diagnostik usullardan yana bir muhim tekshirish usuli bu siydikni floralarga 
ekib  tekshirishdir.  Bu  tekshirish  etio’trop  davo  boshlangunga  qadar  o’tkaziladi. 
Ma'lumki,  agar  mikroorganizm  sezuvchanligiga  ta'sir  hiluvchi  antibakterial 
dorilarni  hatto  bir  marta  qollash  24  soatdan  keyin  bakteriuriyaning  manfiy 
bo’lishigaa  olib  keladi.  Siydikdagi  mikrofloralarning  antibiotiklarga  sezgirligini 
aniqlash  diagnostik  ahamiyatga  egadir.  Bu  siydik  yollari  tizimi  infeksiyasida 
bjshlang’ich  va  ushlab  turuvchi  terapiya  o’tkazishga  yo’rdam  beradi.  Siydik 
tizimida  yalliglanish  jarayonlari  faolligini  aniqlash  uchun  ishlatiladigan 
yo’rdamchi  usullariga  uroleykositogramma,  siydikda  kam  uchraydigan  infeksiya 
qo’zg’atuvchilarini (xlamidiya, miko’plazma, ureaplazma, zamburug’lar) sitolitik, 
serologik usullar, polimerazzanjirli reaksiyani qollash ishlatiladi.  
Keyingi  yillarda  bolalar  orasida  tuberkulez  keng  tarqalayo’tganligi  sababli 
siydikda  sil  tayo’qchalarini  aniqlash  muhimdir  (siydikni  ekish,  ekspress 
diagnostika).  Gumoral  va  hujayra  immunitetini  tekshirish  siydik  yollari 
infeksiyalarini  tashqislashda  qo’shimcha  tekshirish  usullaridan  biridir.  Siydik 
ajratish  tizimining  funksional  holatini  baholash  uchun  birinchi  navbatda  azo’t 
ajralishi  va  buyrakni  konsentrasion  holatini  tekshirish  muhimdir.  Shu  maqsadda 
qonda  kreatinin  va  mochevina  konsentrasiyasini  aniqlash  (endogen  kreatinin 
klirensini  tekshirish)  va  Zimniskiy  sinamasini  o’tkazish  kerak.  Bundan  tashhari 

 
243 
siydik (rN) reaksiyasi holati va diurezni nazorat qilish zarur. Siydik ajratish hajmi 
va ritmini aniqlash siydik ajratish yollarini funksional holatini baholashga yordam 
beradi.  
Qo’shimcha  tekshirish  usullariga:  siydik  orqali  beta2  mikroglobulinlar 
ekskresiyasi,  siydikni  osmolyar  bosimi    va  fermentlarni  (membranaga  bog’liq, 
lizosomal,  mitoxondral)  aniqlash  kiradi.  Klinik  laborator  va  instrumental 
tekshirishlar  orqali  buyrak  faoliyati  va  siydik  ajratish  yo’llari  holati  baholanadi. 
Siydik yollari infeksiyalari bilan kasallangan har bir bolani birinchi navbatda A/B 
o’lchash  va  siydik  ajratish  tizimini  UTT  tekshirish,  yotgan  va  turgan  holatda 
fiziologik gidratasiya sharoitlari siydik ajratguncha va ungacha o’tkaziladi. Bundan 
tashhari  erta  yoshli  bolalarda  (asosan  1  yoshgacha  bo’lgan  bolalarda)  siydik 
yo’llari sanasiyasidan keyin albatta sitografiya o’tkazish kerak.  
Maktab  yoshigacha  va  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarda  miksion 
sitografiya  o’tkazishga  ko'rsatma  bo’lib,  infeksiyalarning  qaytalanishi,  UTT 
ma'lumo’tiga  ko’ra,  siydik  tizimining  yuqori  qismlarining  o’zgarishi  yo’ki 
buyrakni  radioizo’top  tekshirishlarga  ko’ra,  oilaviy  anamnezida  reflyuks 
nefropatiyasi bo’lganda o’tkaziladi. Siydik tizimi a'zolari holatini batafsil organish 
uchun  buyrak  ichi  gemodinamikasini  (renal  tomirlar  dopplerografiyasi)  baholash, 
buyrak  parenximasi  zararlanish  holati  va  darajasi  (dinamik  va  statistik 
nefrossintografiya,  radiopreparatlar  bilan)  pastki  siydik  yollari  shilliq  qavatlari 
holati (sitoskopiya) diagnostik usullaridan foydalanib baholanadi. Ayrim qo’llarda 
kompyuter  va  magnit  rezonans  tomografiya  qollaniladi.  Zarur  bo’lsa  urolog, 
xirurg,  okulist,  nevropatolog,  o’tolaringolog,  stomatolog  va  ftiziatr  ko'rigi 
o’tkaziladi. 
 
ENUREZ 
Enurez  -  beixtiyoriy  siydik  ajralishi.  5  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  orasida 
enurez  20%, 10  yoshgacha  bo’lganlar  orasida  5%, 12-14  yoshliklar  orasida  2-3% 
hollarda uchraydi. Qizlarga qaraganda o’g’il bolalar orasida ko’proq tarqalgan. 
Sabablari: 

 
Siydik ajratish sistemasi kasalliklari 

 
Siydik ajratish sistemasi anomaliyalari  

 
Bosh miyaning organik zararlanishi  

 
Orqa miya bel segmenti funksiyasining buzilishi (spinal enurez) 

 
nevrozsimon enurez (kuchli ?or?uv, yangi sharoitga konikish yo’ki organish)   
Davosi: 

 
Nomedikamentoz  (uyquga  ketishdan  oldin  suv  miqdorini  kamaytirish, 
uyquga ketgandan so’ng 2-3 soatdan keyin  
uyqo’tish va siydik qopini  
boshatish.  

 
Medikamentoz: 
-amitriptillin (7 yoshdan katta bolalarga 12,5 - 25 mg dan kuniga 1-3 marta) 
-imipramin (1-7 yoshgacha bolalarga 0,01 g/kuniga boshlab 0,02 g gacha va 8-14 
yoshli bolalarga  0,03 - 0,05 g/kuniga)  

 
244 
-nevrologik buzilishlarning korreksiyasi.    
Siydikni  tutib  turaolmaslik  -  siyishga  extiyoj  paydo  bo’lganda  uni  tutib 
turaolmaslik  
Siydikni tutolmaslik - siyishga extiyoj bo’lmaganda siydik ajralishi  
 Siyishning  kamayishi  -  bu  sutka  davomida  normaning  pastki  chegarasidan  xam 
kam bo’lgan siydik ajratish soni  
Pollakiuriya - oz miqdorda (tomchilab) siydik ajralishi  
 
Siydik tutaolmaslikning asosiy turlar
"Shosqilinch 
tutaolmaslik" 
siydik qopini boshatishga katta extiyoj bo’lganda  
 
Stress 
holatida 
tutaolmaslik 
siydik  xaydovchi  mushak  hisharmasligi  fonida  qorin 
bo’shlihidagi bosimning ortishi  
Siydik  qopi  to’lganda 
tutaolmaslik. 
Siydik qopi tolganda peshob kam-kam miqdorda ajraladi 
Reflektor 
 
odatdagi siydik pufagini boshatishga bo’lgan extiyojning 
yo’qligida anomal reflektor aktivlikning paydo bo’lishi 
gahaqiqiy yoki to’tal 
siydik  qopida  bir  oz  siydik  paydo  bo’lishiga  bilan  uni 
boshatishga extiyoj paydo bo’lishiga 
Ekstrauretral 
siydik  chiharish  kanalining  anomal  joylashuvi  orqali 
siydik ajralishi   
 
SISTIT 
O’tkir  sistit  siydik  qopi  shilliq  pardasining  mikrobli  yallig'lanishidir. 
Kasallikning bunday tasniflanishining ahamiyatga moyil tomoni shundan iboratki, 
siydik  ajratish  tizimi  yuqori  qismining    infeksion  yallig’lanishi  siydik  ajratish 
pastki  qismining    infeksion  yallig’lanishiga  nisbatan,  mukammal  tekshiruv, 
davolash va kasallikni dinamikada kuzatishni talab etadi. O’tkir sistit qiz bolalarda, 
og’il bolalarga nisbatan 3-5 maro’taba ko’p uchraydi. Bu hol qiz bolalarda siydik 
ajratish tizimining pastki qismi, endokrin tizimidagi  o’ziga xos o’zgarishlar bilan 
tushuntiriladi. 
Etiologiyasi.  Kasallikning  rivojlanishida  infeksiyaning  ahamiyati  katta. 
Patogen  bakteriyani  siydik  qopiga  yengillik  bilan  tez  o’tishi    ayollarda  siydik 
ajratish  tizimining  o’ziga  xosligi  -  uretraning  kalta  va  kengligi,  qin  va  to’g’ri 
ichakning  yaqin  joylashganligidir.  Kasallikning  rivojlanishida  quyidagi  omillar 
muhim  rol  oynaydi:  nur  bilan  davolanish,  nefropatiya,  jinsiy  a'zolarning 
yalliglanishi,  sovuq  qo’tish.  Siydik  qopi  shilliq  pardasida  mahalliy  qon 
aylanishining  buzilishi,  yuqori  verulentlikka    ega  bo’lgan  bakteriyalarning  siydik 
qopida  uzoq  vaqt  davomida  qolib  ketishi  kasallik  rivojlanishiga    sabab  bo’ladi. 
Surunkali  sistit  siydik  qopining  toshi,  osmasi,  tuberkulezi  hisobiga  bo’lishiga 
mumkin, bunday qo’llarda  surunkali sistit ikkilamchi bo’lib, shifokordan buni  o’z 
vaqtida  aniqlash  vazifasini  talab  qiladi.  Birlamchi  surunkali  sistit  deyarli 
uchramaydi.  Odatda  birlamchi  surunkali  sistit  ostida    boshqa  urologik  kasalliklar 
bo’lishiga mumkin. 

 
245 
Klinikasi.  Siydik  qopining  yalliglanish  kasalligi  birdaniga  rivojlanishi 
mumkin,  lekin  ko’p  qo’llarda  kasallik  asta-sekin  rivojlanadi.  Kasallik  siydik 
chiharish  mahalida  uretrada  va  chot  orasida  achishish  va  qichishish    hissi  bilan 
namoyon  bo’ladi.  Bu  belgilar  siydik  ajralgandan    keyin  ham  saqlanadi.  Siydik 
ajralishi  tez-tez,  og'riqli  bo’lib,  siydik    miqdori    borgan  sari    kamayib  boradi. 
Siydik ajralishining oxirida ba'zan  siydik qon aralash  keladi. Ko’p qo’llarda tana 
harorati  normal korsatgichda bo’ladi, ba'zan subfebril bo’lishiga mumkin. Sistitda 
tana  haroratining  ko’tarilishi  ko’p  qo’llarda  infeksiyaning  siydik    ajratish 
tizimining  yuqori  qismiga  o’tganligini  bildiradi.  qovuq    ustining  palpasiyasi    va 
perkussiyasi ba'zida  og'riqli bo’ladi.  Bolalarda   qorin   oldi  devori  mushaklarining  
taranlashuvi  asosan  bolalarda  kuzatiladi.  O’tkir  sistitda  peshob    tahlilida    ko’p 
miqdorda  leykosit  va  eritrositlar  aniqlanadi.  Infeksion  sistitda    bakteruriya  har-
doim  aniqlanadi.  1  ml  siydik  tarkibida    100  000  mikrobning  aniqlanishi  o’tkir 
jarayon ketayo’tganligini ko’rsatadi. qonning umumiy tahlilida ortacha korsatgichli 
leykositoz va EChT yuqori bo’ladi. O’tkir sistitning kliniko-laborator ko’rinishlari 
kasallikni to’g’ri davolaganda 7-14 kun ichida asosratsiz yo’qoladi. Surunkali uzoq 
vaqt  kechuvchi  sistit  siydik  qopi  -  siydik  chiharish    kanali  yo’piluvchi 
mexanizmining  buzilishiga  olib  keladi.  Bu  esa  keyinchalik  ikkilamchi  pielonefrit 
rivojlanishiga  sabab  bo’lishiga  mumkin.  Tashqi  tomondan  surunkali  sistit    siydik 
qopi  devorida  qaytmas  struktur  o’zgarishlar,  deformasiyalar  va  mushak    tolalari  
gistoarxitektonikasining  buzilishiga  sabab  bo’lishiga  mumkin. 
Tashhisot:  O’tkir    sistit  tashqisi  bemordagi  dizurik  belgilar,  palpasiyada 
qovuq  usti  sohasida  paydo  bo’ladigan  lokal  og’riqlar,  peshob  tahlilida  namoyon 
bo’ladigan  leykosituriya,  gematuriyaga    asoslanib  qo’yiladi.Asosiy  tekshirish 
usullaridan  biri  siydikni  ekish    va  mikrofloraning    antibakterial  hamda 
ximioterepevtik  dorilarga  sezuvchanligini  aniqlash    hisoblanadi.  Bu  usul    sistitda 
rasional antibakterial davo o’tkazishga yo’rdam beradi,  ammo  buning  uchun  48 
soat  vaqt talab qilinadi.  
Siydik  agar  steril    chiqsa  bunda  sistitning  sababi  tuberkulez  bo’lishiga 
mumkin.  
Kechishi:  O’tkir  sistit    bilan  og’rigan  bemor  yotoq  rejimiga  rioya  qilishi, 
sovuq  qo’tmasligi    zarur.  Qovuq    ustiga      issiq  grelka  qo’yish,  o’tiruvchi  issiq 
vannalar  ogriqni  kamaytiradi.  Ovqat  o’tkir  pripravalar    va  konservandlarsiz 
bo’lishiga kerak. Sutli choy qabul qilish tavsiya etiladi. 
Asosiy  davolash    yo’li  antibio’tiko’terapiya  o’tkazishdan  iborat. 
Antibio’tikni  siydik  ekmasining  javobi    chiqishini    kutmasdan  boshlash  lozim. 
qollaniladi: biseptol 2 tabletkadan kuniga 2  mahal, nevigramon 0,5 dan  4  mahal, 
furadonin 0,2 dan 4 maxal, furagin 0,2 dan  kuniga 3 mahal buyuriladi. 
Davolash  5-10  kun  davom  ettiriladi.  Agar  kasallik  kechishi  cho’zilib  ketsa 
va  bakteruriya  aniqlanishi  davom    etilaversa  (1  ml  siydikda  100  000  mikrob 
tanachalaridan    ortiq),    antibio’tiklar  tavsiya  etiladi.  Bunday  hollarda  ampisillin 
500 mgdan kuniga 4 mahal, mushak  orasiga  qilinadi. 
Profilaktikasi:  Shaxsiy  gigiena    qoidalariga  rioya  qilish,  qabziyat  va 
ginekologik kasalliklarni o’z vaqtida  davolash. 
Oqibati: o’z vaqtida davolash tadbirlari olib borilganda - yaxshi tugaydi. 

 
246 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin