Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


BOLALAR VA O’SPIRINLARDA OSHQOZON VA O’N IKKI BARMOQ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30

BOLALAR VA O’SPIRINLARDA OSHQOZON VA O’N IKKI BARMOQ 
ICHAKNING YARA KASALLIGI 
Yara kasalligi -oshqozon va on ikki barmoq ichak bilan bir qatorda patologik 
jarayo’nga ovqat hazm qilish tizimi boshqa a'zolari qosqilishi, bemor  
hayotiga  xavf  soluvchi  asoratlar  rivojlanishi  bilan  kechuvchi  progressivlashish 
moyilligiga  ega  surunkali  va  qaytalanuvchi  kasallik.  Yara  kasalligi  (YaK)  ning 
solishtirma  og’irligi  barcha  gastroenterologik  kasalliklarning  13,5%  ni  tashkil 
etadi,  va  duodenal  yaralar  ustun  keladi  (90-95%).  Lekin  5-8%  qo’llarda  yara 
kasalligi perforasiya, penetrasiya, perivessiritlar, stenozlanish, oshqozon-ichak qon 
ketishlari  bilan  asoratlanadi.  Oxirgilari  hayot  uchun  real  xavf  soladi, sababi  hatto 
juziygina qon ketishlar ham bolalar tomonidan og’irroq boshdan o’tkaziladi. 
Etiologiyasi va patogenezi.  
Zamonaviy  harashlarga  binoan  YaK  polietiologik  kasallik  sifatida  haraladi, 
uning sabablari tarkibiga quyidagilar kiradi:  

 
irsiy moyillik  

 
220 

 
homila  gipoksiyasiga,  shu  jumladan  oshqozon  gipoksiyasiga  olib  keluvchi 
perinatal  patologiya  (bola  tashlash  xavfi,  homiladorlik  gestozlari,  tug’ruq 
patologiyalari, MNT ning perinatal zararlanishi)  

 
oshqozon  shilliq  qavati  (OShQ)  allergik  shikastlanishi,  bunda  to’qima 
eozinofiliyasi va IgE ishlab chiharuvchi hujayralar soni oshishi qayd qilinadi  

 
ovqatlanish xususiyatining o’zgarishi: 
1) sun'iy ovqatlantirishga erta o’tkazish 
2) yangi meva va sabzavotlarning; makro- va mikroelementlarning; enterosorbent 
vazifasini bajaruvchi ovqat tolalarining yetishmovchiligi  
3)  rafinasiyalangan  oqsil  va  uglevodlarning  ovqatlanish  rasionida  ko’pligi, 
shuningdek  tarkibiga  pestisidlar,  metalorganiq  birikmalar,  mikotoksinlar, 
antibiotiklar,  gormonlar  kiruvchi  ko’p  miqdorda  yo’q  va  qonservirlangan 
mahsulotlarni qabul qilish  
4) maktab o’quvchilarida tartibsiz ovqatlanish  

 
ekologik  sharoitning  yomonlashuvi,  organizmga  suv  bilan  ksenobiotiklar,  og’ir 
metallar tuzlari, turli metabo’litlar tushishi  

 
ichak disbakteriozi 

 
antimikrob  va  ulserogen  dori  vositalarini  (kortikosteroidlar,  NYaQD)  tez-tez  va 
uzoq kurslar bilan qabul qilish  

 
bolalarda  oshqozon-ichak  trakti  (OIT)  ning  sil,  zahm,  zamburu?li  zararalanishi 
ehtimoldanholi emas  

 
gelmintozlar, parazitar kasalliklar  

 
tez  uchraydigan  infeksion  kasalliklar:  virusli  gepatitlar,  rotavirus  infeksiyalar, 
dizenteriya, salmonellez  

 
mikrob 
florasining 
boshqa 
vakillari: 
bakteroidlar, 
laktobakteriyalar, 
fuzobakteriyalar,  stafilokokklar,  streptokokklar,  neyseriyalar  va  boshq.,  ular 
shartli-patogen  flora  bo’lishigaa  haramasdan  oshqozonning  ishqorlanishiga  va 
shuning bilan birga oshqozon shirasining proteolitik faollligi oshishiga olib keladi  

 
boshqa  somatik  kasalliklar:  jigar,  oshqozon  osti  bezi,  ichak,  yurak-qon  tomir 
tizimi,  buyraklar,  kamqonlik  bilan  kechuvchi  qon  kasalliklari;  endokrin  tizimi 
kasalliklari  (qandli  diabet),  motor-evakuator  buzilishlar  bilan  sodir  bo’luvchi 
gipodinamiya, stress omillari  

 
urbanizasiya,  chunonchi  bolalarning  erta  ishlab  chiharish  faoliyati,  yomon 
material ta'minot, ota-onalarning alkogolizasiyasi 

 
bolalardagi, asosan ospirinlarda neyrovegetativ va ruhiy-emosional buzilishlar  

 
reflyuks, sfinkter apparati yetishmovchiligi bilan namoyon bo’luvchi ovqat hazm 
qilish tizimi sfinkterlarining faoliyati buzilishi 

 
almashinuv jarayo’nlarining  muvozanati buzilishi va  zoriqishi, neyrogumoral va 
endokrin boshharuvning tuzilishi, immunogenezning etilmaganligi  

 
ikkilamchi  immunotanqislik  holatlar,  ko’pincha  ekologik  noqulay  regionlarda 
yashovchi  bolalarda  YaK  hosil  bo’lishigada  NR  patogenetik  ahamiyati,  ularning 
oshqozon piloroantral bo’limi shilliq pardasini kolonizasiyalash va on ikki barmoq 
ichak  piyozchasida  oshqozon  metaplaziya  ochoqlarini  shakllantirish  xususiyati 
bilan bog’liq.  

 
221 
   
NR  komplement  tizimini  faollashtirib  komplement  bog’liq  yalliglanish 
chaqiradi,  immunokomponent  hujayralarni  qo’zg’atadi  va  ularning  lizosomal 
fermentlari  oshqozon  va  o’n  ikki  barmoq  ichak  shilliq  qavati  epiteliositlarini 
shikastlaydi, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliqi gliko’proteinlari sintezini 
va  sekresiyasini  pasaytiradi,  oshqozon  va  o’n  ikki  barmoq  ichak  shilliq  qavati 
rezistentligini  kamaytiradi,  shu  bilan  N+  retrodiffuziyasi  kuchayishi  bilan  shilliq 
qavatning  proteolitik  "buzilishi"ga  olib  keladi.  Patogenetik  jarayonlarda 
xelikobakter  ahamiyati  uning  maxsus  oqsil  -  xlorid  kislota  sekresiyasini 
ingibitorini  ishlab  chiharadi,  shuningdek  epitelial  qavat  butunligini  buzuvchi 
proteaza  va  fosfolipazani  faollashtiradi,  epitelial  qavatni  zararlovchi  katalaza  va 
alkogol-degidrogenazani  kuchaytiradi.YaK  rivojlanishidagi  endogen  omillar 
ichidan eng ahamiyatlisi qatoriga OShQ va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavatiga 
ta'sir  hiluvchi  agressiv  omillar  (kislota  ishlab  chiharish  sathi,  yuqori  proteolitik 
faollik,  asosan  pepsinogenning  oshgan  miqdori  hisobiga)  va  uning  himoya 
elementlari  holati  (shilliq  ishlab  chiharish  xususiyati  va  darajasi,  shu  jumladan 
gliko’proteidlar  va  glikoaminoglikanlar  almashinuvi,  prostoglandin  Ye2, 
bikarbonatlar,  sekretor  immunoglobulin  A  ishlab  chiharilishi,  OShQ  dagi  qon 
aylanishi)  orasidagi  nisbatdir.  YaK  da  ushbu  muvozanatning  himoya  omillari 
kamayishi  tomon  o’zgarishi  korsatilgan,  bu  OShQ  va  on  ikki  barmoq  ichak 
shikastlanishiga  sharoit  yaratadi.  Muhim  rol  bemorning  asab-ruhiy  zoriqishi, 
asosan vegetativ statusning parasimpatik yonalishi mavjud bolalarda ancha  
ifodalangan  gastroduodenal  motorikaga  beriladi.  Oshqozon  motor  faolligi 
kuchayishi  undan  nordon  tarkibning  o’n  ikki  barmoq  ichakka  tezda  o’tishiga, 
OShq  morfologik  o’zgarishlariga  olib  keladi.  Duodenogastral  reflyuks  borligi 
oshqozo’nga  yog  kislotalari  tushishiga  sharoit  yaratadi,  shilliq  himoya  barerini 
shikastlaydi.  Korsatilgan  vaziyat  NR  mavjudligi  bilan  chuqurlashadi,  u  ?imoya 
qavatiga  kirib  oshqozonning  antral  bo’limi  qoplovchi  epiteliysida  adgeziyalanadi. 
Epiteliy  bilan  bog’lanish  mahalliy  yalliglanish  va  tizimli  immun  reaksiya 
rivojlanishi bilan kechadi,  himoya shilliq qavatining degenerasiyasiga olib keladi. 
Yalliglangan  shilliq  qavat  kislotaga  va  pepsinga  juda  ham  sezgir  va  oxir-oqibat 
yara chuqurchasi paydo bo’lishiga mumkin. Oshqozon boshatilishi natijasida uning 
nordon  tarkibi  o’n  ikki  barmoq  ichakning  epiteliysi  bilan  qontaktga  tushadi, 
natijada  unda oshqozon  metaplaziyasi  rivojlanadi. NR  ning  oshqozon  epiteliysiga 
bo’lgan yuqori va spesifik oxshashligi on ikki barmoq ichakdagi metaplazirlangan 
ochoqlar paydo bo’lishigaa olib keladi.  
Shunday  qilib,  hozirgi vaqtda  YaK  rivojlanishida  NR  yetakchi  rol  o’ynashi 
haqida tola asos bor.  
Yara kasalligi tasnifi Joylashishiga qarab:  
1. Oshqozonda  
2. O’n ikki barmoq ichakda.  
3. Oshqozon va o’n ikki barmoq ichakda 
Klinik-endosko’pik  bosqich:  yangi  yara;  yarali  defektning  epitelizasiyalanishining 
boshlanishi; yara defektining duodenit saqlangan  
sharoitda bitishi; klinik-endosko’pik remissiya. 
Og’irligi bo’yicha:  

 
222 
-yengil;  
-o’rta og’irlikda;  
-og’ir 
Asoratlar:  
-qon ketishlar;  
-perforasiya;  
-penetrasiya;  
-stenoz;  
Klinikasi.  Yara  kasalligining  klinikasi  bolalarda  kasallik  bosqichi  va  yara 
joylashishiga  bog’liq.  Eng  doimiy  va  ahamiyatli  simptom  og’riq  hisoblanadi. 
Ushbu  og’riqning  xususiyatli  xossasi  -  ovqat  qabul  qilish  bilan  bog’liqligi.  hatto 
ogriq  u  yo’ki  bu  doimiy  xususiyatga  ega  bo’lganda  ham  uning  ovqatdan  keyin 
biroz  vaqtdan  so’ng  kuchayishini  aniqlash  mumkin.  Og’riqlar  bevosita  ovqatdan 
keyin  -  30-60  daqiqadan  so’ng  (erta  og’riqlar  deb  ataluvchi),  yo’ki  2-3  sotadan 
keyin  (kech  ogriqlar)  paydo  bo’lishiga  mumkin.  Tungi  ogriqlar  katta  tashxisiy 
ahamiyatga  ega,  ular  ko’pincha  juda  ham  jadal  bo’ladi  va  aksar  qo’llarda  ovqat 
(sut,  qatiq,  bir  nechta  huplam  suv)  qabul  hilgandan  so’ng  otib  ketadi.  Xususiyati 
bo’yicha og’riqlar xurujsimon, kesuvchi, sanchuvchi, belga, o’ng yelkaga, kurakka 
irradiasiya  qiladi.  Oriqlar  joylashishi  yara  joylashishi  bilan  aniqlanadi:  og’riqlar 
ko’pincha  epigastral  sohada  va  or’ta  chiziqdan  o’ngda  paydo  bo’ladi.  Avj  olish 
davrida  bemorlar  ogriqni  kamaytiruvchi  eng  qulay  vaziyatni  izlashadi.  Ko’pincha 
bunday  vaziyat  otirgan  holda  yo’ki  yonboshga  yotgan  holda  tanani  egish  va 
oyoglarni qorin tomo’nga tortish korinishida bo’ladi. Agar yara  
oshqozonning oldingi devorida joylashgan bo’lsa, unda ogriq chalqancha yotganda 
yo’ki  orqaga  egilgan  holatda  yengillashadi.  Og’riq  sindromining  juda  tashxisiy 
hamiyatiga  haramasdan,  ba'zi  bolalarda  u  yo’q  bo’lishiga  mumkin:  bu  "yashirin" 
yo’ki  maxfiy  kechuvchi  yaralarada  kuzatiladi.  Ma'lumki,  yara  kasalligining  qon 
ketishi va perforasiya  kabi,  og’ir asoratlari ogriq ifodalanmagan bemorlarda sodir 
bo’ladi. Yara kasalligining eng erta va tez uchraydigan simptomi jihildon qaynashi 
hisoblanadi.  Ko’pincha  u  ogriqlardan  oldin  keladi  va  davriy  xususiyatga  ega 
bo’ladi:  och  qoringa,  tungi  jihildon  qaynashi.  Og’riq  va  jihildon  qaynashiga 
haraganda  kekirish,  ko’ngil  aynishi  va  qusish  bemorlarda  kam  kuzatiladi.  qusish 
ogriq  bilan  bog’liq.  Simptomlarning  quyidagi  ketma-ketligini  belgilash  mumkin: 
jihildon  qaynashi  –  og’riq  -  ko’ngil  aynishi  -  qusish  -  dispepsik  sindrom 
yengillashishi.  
Bolalarda  ishtaha  ko’pincha  saqlangan,  ba'zida  kuchaygan.  Til  oq  karash  bilan 
qoplangan,  nam.  Ich  qotishi  kasallik  qo’zishi  bor  bemorlarga  xos.  Og’riq  va 
dispeptik  sindromlarning  mavsumiyligi  (bahor,  kuz)  qayd  qilinadi.  Ko’rikdan 
o’tkazishda  ortamiyona  surunkali  intoksikasiya  va  gipovitaminoz  belgilari 
aniqlanadi. qorin paypaslanganda qorinning yuqori qismida va o’ng qovurga ostida 
og’riqlilik va qorin oldingi devori mahalliy mushak himoyasi aniqlanadi.  
Yara kasalligi asoratlari: 
1.  qon  ketishlar,  qon  qoshilmalari  bilan  qusish,  melena,  holsizlik,  bosh  aylanishi, 
taxikardiya bilan birga kechadi

 
223 
2.  Penetrasiya  (yaraning  boshqa  a'zolarga  kirishi)  qattiq  og’riq  sindromi,  belga 
tarqaluvchi keskin og’riqlar, yengillik olib kelmaydigan qusish va kuchli  
jihildon qaynashi bilan xususiyatlanadi;  
3.  Perforasiya  (yaraning  qorin  boshlig’iga  kirishi),  o’tkir  paydo  bo’luvchi  va 
epigastral sohadagi keskin ogriq va qorin parda boshlig’i qitiqlanishi bilan kechadi. 
Tashxisoti.  Gastroenterologik  klinikadagi  kuzatuvlar  natijasi  ko’rsatadiki, 
anamnezni  puxtalik  bilan  organish,  xavf  omillarini  tahlil  qilish,  kasallik  klinik 
korinishlarini  ba?olash,  bolani  korikdan  o’tkazish  va  paypaslash  olib  borish  70-
80% qo’llarda oshqozon va o’n ikki barmoq ichak kasalligini oz vaqtida aniqlash 
imqonini  beradi.  Kasallik  rivojlanishining  erta  bosqichlaridagi  tashxisiy 
qiyinchiliklar  ko’pincha  patologik  jarayo’nga  ovqat  hazm  qilish  tizimi  boshqa 
a'zolari  (oshqozon  osti  bezi,  o’t  chiharuv  tizimi,  ichak)  ning  qoshilganligi  bilan 
bog’liq,  bu  bolalardagi  yara  kasalligi  korinishining  "noaniqligini"  keltirib 
chiharadi.  
Oshqozon  va  o’n  ikki  barmoq  ichakni  qo’shimcha  tekshirish  uslublari  uchta 
guruhga ajratilishi mumkin:  
1. Oshqozon va o’n ikki ichak  morfologik  o’ziga xosligini teshirishga asoslangan 
uslublar (rentgenologik tekshiruvlar, gastroduode  
-nofibrosko’piya,  
gistologik, gastroduodenal shilliq qavati bioptatlarini gistokimyoviy organish).  
2.  Gastroduodenal  tizim  funksional  holatini  tekshirish  uslublari  (fraksion 
oshqozonni zondlash, PN-metriya, radiotelemetriya,  
manometriya va boshq.).  
3. Xelikobakter pilorini aniqlash uslublari.  
Yara kasalligi tashxisini tasdiqlashda gastroduodenosko’piya hozirgi kunda asosiy 
hisoblanadi.  Uni  terapiya  ta'siri  ostida  yara  holatini  baholash  uchun  kasallik 
dinamikasida  bajarib  boriladi.  Klinik  kechishi  xususiyatlari  va  qo’shimcha 
tekshiruv  natijalari  asosida  shifokor-gastroenterolog  tashxisni  aniqlaydi  va 
kompleks terapiya tayinlaydi. 
Bolalarda yara kasalligini davolash quyidagi asosiy yonalishlarni o’z ichiga 
oladi:  
- Nr infeksiyasini bartaraf qilish
- oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavati himoya xossalarini oshirish;  
- vegetativ nerv tizimi bo’limlarini korreksiyalash maqsadida unga ta'sir qilish.  
Yara 
kasalligidagi 
parhezli 
terapiya 
va 
ovqatlanish 
tartibi 
surunkali 
gastroduodenitlardagi tadbirlardek amalga oshiriladi.  
Kasallikning  avj  olishi  vaqtida  bolani  maxsuslashtirilgan  bolalar 
gastroenterologik kasalxonasiga joylashtirish maqsadga muvofiq. Lekin ba'zi  
qo’llarda,  ya'ni  bola  gospitalizasiyaga  harshi  bo’lsa  uy  sharoitida  davolash 
mumkin.  Psixoterapiya  juda  muhim,  asosan  katta  yoshdagi  bolalarda  va 
ospirinlarda.  Uni  ota-onalar  bilan  birga  olib  borish  yaxshi.  Umumiy  tadbirlardan 
ovqatdan keyin 30-40 daqiqa toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi.  
Ovqatdan keyin 2-3 soat davomida gorizontal holatda yotish mumkin emas. 
Tungi  uyqu  8-10  soat  bo’lishiga  kerak.  Bolalar  qorin  parda  ichi  bosimini  keskin 
kuchaytiruvchi  kuchli  fizik  yuklamalar:  sakrashlar,  jadal  yugurish,  og’irlik 

 
224 
ko’tarish  mumkin  emas.  Parhez  kasallik  shakli  va  oshqozon  shirasi  kislotaligiga 
harab  tashkillashtiradi.  Ovqatlanish  tez-tez:  kuniga  4-5  marta,  uncha  katta 
bo’lmagan  hajmda  bo’lishiga  kerak.  Ovqatlanish  orasidagi  eng  ko’p  tanaffus  4 
soatdan  oshmasligi kerak.  Ovqatni oxirgi  qabul  qilish 19-20-soatlarda. Rasiondan 
o’t  chiharishini  kuchaytiruvchi  mahsulotlar:  osimlik  va  hayvonat  yog’lari  toza 
holda, qovurilgan ovqat, tuxum sariqi, uvildiriq, qaymoq, yog’li qaymoq, tortlar va 
pishiriqlar  chiharib  tashlanadi.  Nordon  sut  mahsulotlarini  qabul  qilish  tavsiya 
etiladi.  Oshqozonning  va  on  ikki  barmoq  ichakning  surunkali  kasalliklari  mavjud 
barcha bolalarga yuqori gazlangan ichimliklar ("Koka-kola", "Pepsi-kola", "Fanta" 
va  boshq.)  ichish  man  qilinadi.  Xavfli  omil  sifatida  saqichni  uzoq  vaqt  (10-15 
daqiqadan  ko’p)  qollash  ham  hisoblanadi.  Mu'adil  ich  kelishiga  erishish 
majburiydir.  Ich  qo’tishga  moyillik  bo’lganda  ovqatda  sabzavotlar,  asosan 
lavlagini  qo’shishi  tavsiya  etiladi.  Rasio’nga  qora  olxori,  bargak,  boqda 
yumshatilgan  quruq  mevalar  qo’sqiladi.  Ich  ketishiga  moyillik  bo’lganda 
sabzavotlar  rasiondan  olib  tashalanadi.  Guruchli  va  yorma  botqasi,  yangi  tvorog 
afzal. 
Medikamentoz  terapiya.  Xelikobakter  infeksiya  borligiga  harab  turli 
antibakterial  dori  vositalari  taynlanadi.  Ushbu  mikroorganizmni  bartaraf  qilish 
"eradikasiya"  deb  ataladi.  Gastroenterologlar  tavsiyasi  bo’yicha  NR  eradikasiyasi 
gastroduodenal yaralarda infeksiya aniqlangan hollarda ham qo’zish davrida, ham 
remissiya  davrida,  shuningdek  atrofik  gastritli  bemorlarda  qat'iy  muharrardir. 
Antixelikobakter terapiya yarasiz dispepsiyalarda; nospesifik yalliglanishga harshi 
dorilar  qollanilganda;  uzoq  vaqt  antisekretor  dorilar  qabul  qilingan  reflyuks-
ezofagitda;  yara  kasalligi  asoratlarini  operativ  davolashdan  keyin  tavsiya  etiladi. 
Ko’pincha 
bolalarda 
kuzatiladigan 
simptomsiz 
kechgan 
holatlarda, 
gastroenterologik  bo’lmagan  kasalliklar  qoshilib  kelganda  (o’pka  patologiyasi, 
allergik  kasalliklar,  endokrin  tizimi  patologiyalari)  ham  antixelikobakter  terapiya 
belgilanadi. 
 Hozirgi  vaqtda  bolalarda  va  kattalarda  H.pylori  ni  davolashning  standart 
sxemasi (protokoli) ishlab chihilgan:  
Bir  haftalik  uchlik  terapiya  "protonli  pompa"  ingibitorlarini  (omeprazol) 
metronidazol  va  klaritromisin;  yoki  amoksisillini  va  klaritromisin;  yoki 
amoksisillin va metronidazol bilan birga qollash.Bir haftalik uchlik terapiya vismut 
dori vositalarini tetrasiklin va metronidazol yoki tinidazol bilan birga qollash.  
Bir  haftalik  "kvadro"-  terapiya:  omeprazol+vismut  vositasi  tetrasiklin  va 
metronidazol  yo’ki  tinidazol  bilan  birga.  Davolashdan  keyin  bir  yildan  so’ng 
bakteriyalarning  paydo  bo’lishiga  qayta  infisirlanish  deb  baholanadi  va  NR 
eradikasiyasi  uchun  yangitdan  terapiya  boshlanadi.  Antixelikobakter  terapiyani 
tayinlashda  ichak  mikroflorasini  tekshirish  va  antibakterial  davolash  vaqtida 
hamda  undan  keyin  biopreparatlar  tayinlash  majburiydir.  Nr  infeksiyasining 
oilaviy xususiyatini hisobga olgan holda terapiya kurslarini bemor bola bilan birga 
yashovchi  barcha  harindoshlariga  tayinlash  kerak.  Yaraga  harshi  terapiyaning 
ikkinchi  muhim  komponenti  antasidlarni  va  antisekretor  dori  vositalarini  tanlash 
hisoblanadi. Oshqozonning kislota hosil qilish funksiyasining oshgan va saqlangan 
vaziyatlarida  maaloks,  almagel,  fosfalyugel  ishlatiladi.  Ranitidin,  famotidinni 

 
225 
qollash  samarali.  Bu  dorilar  bazal  kislota  hosil  bo’lishigani  12-24  soatgacha 
bloklaydi.  Bolalar  gastroenterologlari  orasida  "proton  pompa"  ingibitorlari  dori 
vositalari  borgan  sari  ommalashmoqda,  ular  fermentni  bloklash  hisobiga  vodorod 
ionlari  transportiga  ta'sir  qiladi  (omeprazol,  pantoprazol,  lansoprazol).  Terapiya 
kompleksiga  M-xolinolitiklar  guruhi  dori  vositalari  -  gastrosepin  ham  qosqiladi. 
Bu  dorilar  shilliqning  ?imoya  xossalarini  oshiradi  va  gastrinning  shikastlovchi 
ta'sirini  pasaytiradi.  Duodenal  tarkibning  oshqozo’nga  tushishi  bo’lganda 
enterosorbentlar:  enterosgel,  smekta,  xolestiramin,  faollashtirilgan  komir 
ishlatiladi.  OITning  togri  peristaltikasini  tiklash  maqsadida  motilium  qo’llaniladi. 
Yara  kasalligini  davolashning  bazis  terapiyasidan  biri  sukralfat  (venter) 
hisoblanadi,  u  oshqozon  va  o’n  ikki  barmoq  ichak  shilliq  qavati  xossalarini 
tiklaydi.  Kolloid  vismut  dori  vositalari  (de-nol,  ventrisol,  bismofalk  va  boshq.) 
yarali defekt mavjud bo’lganda pediatriyada keng qollaniladi.  
Simptomatik  sifatida  protektor  dori  vositalari:  solkoseril,  aktovegin  ishlatiladi. 
Ammo  bu  dorilar  buzoq  qonidan  olinishi  sababli,  hozirgi  vaqtda  ularning 
qollanilishiga  doir  harashlar  ensefalopatiya  epidemiyasi  (mol  quturishi)  xavfi 
sababli  qayta  korib  chihilmoqda.  Yondosh  kasalliklar  mavjudligiga  harab 
qo’shimcha  medikamentoz  dori  vositalari  qo’llaniladi.  Reabilitasiya  bosqichida 
fizioterapiya,  ignali  refleksoterapiya,  fitoterapiya,  gomeopatik  dori  vositalari 
qo’llaniladi 
 
SURUNKALI  NOSPESIFIK  ENTEROKOLIT 
Surunkali  nospesifik enterokolit  (SNEK)  - ingichka va yo’qon ichak  shilliq 
qavatining  yallig’lanish-distrofik  zararlanishi.  Bolalarda  SNEK  tarqalishi  hazm 
qilish organlari barcha kasalliklari orasida 27%ni tashkil etadi. Bolalarda ingichka 
va  yOo’qon  ichak  zararlanishi  ko’pincha  birga  keladi.  Faqat  ingichka  ichakning 
zararlanishi  "surunkali  enterit",  yo’qon  ichakning  zararlanishi  esa  -"surunkali  
kolit" deb ataladi. 
Etiologiyasi.  SNEK  -  polietiologik  kasallik  bo’lib,  uning  kelib  chiqishida 
ekzogen omillar muhim rol o’ynaydi: 
1)  choziluvchan  ichak  infeksiyalari,  asosan  hayotining  birinchi  yilida  otkazilgan 
bo’lsa, yo’ki noadekvat terapiya natijasida ichak infeksiyalarining kam simptomli 
kechishi; 
2) uzoq parazitar  ichak invaziyasi, asosan  lyamblioz; 
3) ovqat  allergiyasi; 
4)  uzoq  muddatda  ba'zi  dorilarni  nazoratsiz  qo’llash  (salisilatlar,  indometasin, 
kortikosteroidlar, immunodepressantlar, antibiotiklar); 
5) toksik moddalar ta'siri (margumish, rux, fosfor), ionizasiyalashgan  radiasiya; 
6) immunotanqislik holatlar. 
Patogenezi. SNEK patogenezida quyidagilar muhim ahamiyatga ega: 
1)  ichak  shilliq  qavatining  yalliglanish  -  distrofik  o’zgarishlari  bilan  kechuvchi 
immunologik himoyaning umumiy va mahalliy  
zvenolarining buzilishi; 
2) ichak disbakteriozi, mikroflora sifati va miqdoriy tarkibining o’zgarishi; 

 
226 
3)  ichak  asosiy  funksiyasi  buzilishi  natijasida  hazm  qilish  va  so’rilishning 
buzilishi. 
 
Tasnifi 
Kelib 
chiqishiga 
ko’ra 
Og’irlik 
darajasiga 
ko’ra   
Davrlariga ko’ra
 
 
Kechishiga ko’ra
 
 
Morfologik 
o’zgarishlar 
Birlamchi 
 
ikkilamchi 
 
engil 
o’rta og’ir 
og’ir 
Xuruj davri 
Subremissiya 
Remissiya 
Monoton 
Residivlanuvchi  
Toxtovsiz 
residivlanuvchi 
Latent 
 
yallig’lanishli 
Atrofik 
(I,  II,  III  -dara-
jali) 
 
 
Klinik  ko’rinishi.    Bunda  hazm  qilish  va  sorilishning  buzilishi  bilan 
xarakterlanuvchi enteral turi hamda og’riq va  dispeptik simptomlar  
bilan  
kechuvchi kolitik sindromlar ajratiladi. 
Og’riq  kindik  atrofida,  qorinning  orta  qismida,  yoki  butun  qorin  bo’ylab 
joylashadi: 
1) intensiv, xurujsimon yo’ki  monoton; 
2)  haddan  tashhari  ko’p  ovqat  yeganda,  ovqat  tarkibida  yһqlar,  shirinliklar  ko’p 
bo’lsa ogriq kuchayadi.Surunkali  enteritda qorinning dam bo’lishiga, mezogastral 
sohada  yengil  ogriq  kuzatiladi.  Surunkali  enterit  uchun  Obrazsov  simptomi 
xarakterlidir.  
Surunkali    kolitda  ogriq  jarayonning    lokalizasiyasi  va  tarqalishiga  bog’liq. 
Surunkali  kolit  uchun    imperativ  (bosh)  chaqiruvlar  va  tenezmlar  (ogriqli 
cha?iruvlar)  xos.  Defekasiyadan  so’ng,  gazlar  ajralishidan  keyin  ogriqning 
kamayishi  xarakterli,  lekin  ko’p  qo’llarda  ichakning  to’liq  boshamaganligi 
kuzatiladi. 
SNEKda 
dispeptik 
buzilishlar 
meteorizm 
va 
diareya 
bilan 
xarakterlanadi.Surunkali  enteritda  najas  ko’p  miqdorda,  botqasimon,  ba'zida 
ko’kimtir  va  hazm  bo’lmagan  ovqat  qoldiqlari  bilan  kuzatiladi,  badboy  hidli 
bo’ladi. Defekasiyaga chaqiruvlar ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin  15-20 min 
otgandan  keyin  kuzatiladi  va  kuchli  ich  ?uldirashi,  qorinda  og’riq  bilan  kechadi. 
Ich  kelishi  kuniga  5-6  marta.  Surunkali  enteritda    ko’programmada  steatoreya  
ustunlik 
qiladi 
(yo’q 
kislotalar 
va 
ishqorlar), 
ba'zida 
yodofil 
flora 
aniqlanadi.Surunkali    kolit  avj  olish  davri  uchun    najasnikuniga  3-5  martagacha 
kam  miqdorda  kelishi  xarakterli,  lekin  qabziyat  bilan  ichketishning  almashinishi 
xam  kuzatiladi.  Najas  shilimshiq  aralash  bo’ladi.  Ba'zida  (eroziv  jarayonda) 
najasda  qon  topiladi.  Surunkali    kolitning  remissiya  davriga  qabziyat  bo’lishiga 
xos. qorinni paypaslab korilganda, ingichka ichakda ogriq va ?uldirash aniqlanadi, 
ba'zida  spazmga  uchragan  sohalar  paypaslanadi.  Ko’programmada  -  shilliq, 
leykositlar,  eritrositlar  aniqlanadi.Umumiy  enteral  sindromda    trofik  buzilishlar, 

 
227 
moddalar  almashinuvi  buzilishi,  poligipovitaminoz  kuzatiladi.  Tana  vazni 
tanqisligi  SNEK  og’irlik  darajasiga  bog’liq.  SNEKning  og’ir  shakllari  uchun 
anemiya,  asosan,  temir  sorilishining  buzilishiga  bog’liq  bo’lgan  (gipoxrom), 
ba'zida  -  oqsil  va  vitamin  V12,  folat    kislotasi,  V6    tanqisligi,  qon  yo’qo’tish 
kuzatiladi. 
Tashqisi. 
SNEKni 
tashqislash 
kliniko-anamnestik 
ma'lumotlarga, 
ko’prologik, gistologik va  rentgenologik tekshiruvlar natijalariga asoslangan. 
Differensial    tashqis.  SNEKda  differensial  tashqis  ingichka  ichak 
kasalliklari, malabsorbsiya sindromi, yogon ichak diskineziyasi, disbakterioz bilan 
o’tkaziladi. Seliakiya bilan differensial tashqis o’tkazish murakkabroq hisoblanadi. 
Agar najasda qon topilsa, nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi, o’tkir dizenteriya, 
kampilobakterioz,  amebiaz  va  balantidiaz,  ichak  tuberkulezi,  ichak  polipozi, 
anorektal yoriqlar bilan differensial tashqis o’tkaziladi. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin