Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


Ko’krak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30

Ko’krak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari 
 
Agar  navbatdagi  emizishdan  keyin  godak  ko'krakni  qo´yib  yuborsa, 
"qoniqqan"  ko'rinishga  ega  bo'lsa,  keyingi  emizishgacha  tinch  uxlasa,  demak  sut 
unga  yetarli  bo´ladi.  Sut  hajmining  yetarli  ekanligining  ob'ektiv  belgilariga  yosh 
normasi,  tana  vazniga  qo´shilishi,  boshqa  antropometrik  ko'rsatgichlarning 
ko’payishi,  teri  holatining  yaxshiligi,  yumshoq  to´qimalar  turgorining 
saqlanganligi, peshob va axlat ajralishining normal miqdori kiradi. 

 
108 
 
Bola  hayotining  birinchi  10-kunida  kerakli  sut  miqdori  yetuk  tuhilgan  bola 
uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
 
 
N.P.Shabalov formulasi: 
bir  marta emizilgandagi  sut miqdori (ml) = 3ml x hayoti kuni x vazni(kg) 
 
G.I.Zayseva  modifikasiyasiga ko´ra, N.F.Filatov formulasi: 
Sutkalik sut miqdori (ml)= 2% tana vazni x hayot kuni 
 
Bola  hayotining  10-kunidan  boshlab,  sutkalik  sut  miqdori  ikki  xil  usul  bilan 
hisoblanadi: 
 
Geybner-Cherni "xajmiy" usuli. 
Ovqat hajmi yoshi va tana vazniga bog´liq  xolda tavsiya etiladi. Bunda tana vazni 
o´rtacha yosh normasiga mos kelishi kerak.  
Sutkalik sut  miqdori 1 litrdan oshmasligi kerak.  
  
10 kundan 1,5 oygacha-faktik tana vaznining 1/5 qismi; 
1,5-4 oyda-1/6; 
4-6-oyda-1/7; 
6-12oyda-1/8 faktik tana vaznining qismlarini tashkil qiladi 
 
 
M.S.Maslov bo'yicha kaloriyali usul: 
Ovqatlanishning  energiyali  kiymati,  bolaning  1  kg  tana  vazniga  ?uyidagicha 
bolishi kerak: 
Yilning birinchi choragida - 120 kkal/kg  sutkada 
Ikkinchi choragida - 110kkal/kg sutkada 
Turtinchi choragida - 100 kkal/kg sutkada 
Bir litr ko’krak sutida 700 kkal bor. 
 
Bir martalik emizish xajmini aniqlash uchun= sutkalik ovqat xajmi  
                                                                         umumiy emizish soniga 
Bir  yoshgacha  bo´lgan  bola  sutka  davomida  1000-1100  mldan  ortiq  ovqat  qabul 
hilmasligi kerak* 
 
Sun'iy va aralash ovqatlantirish 
 
Sun'iy  ovqatlantirish  -  bolani  ona  suti  o'rnini  bosuvchi  aralashmalar  bilan 
shisha  idishdan  ovqatlantirish,  bunda  bolani  kuniga  bir  marta  ko'krak  suti  bilan 
emizish yo’ki ko'krak suti xajmi 50-100 ml ga teng bolishi ham mumkin. 
 
Sun'iy ovqatlantirish bola uchun  fiziologik hisoblanmaydi, bolaning kelgusi 
hayotidagi  biologik  xususiyatlarni  o'zgarishi  va  kasallanish  spektrini  o'zgartiradi. 
Aralash  va  sun'iy  ovqatlantirish  faqatgina  hayot  ko´rsatmasiga  asosan  o'tkaziladi, 

 
109 
agar  onasida  adekvat  laktasiya  bolmasa,  bolada  surunkali  och  qolishga  yuqori 
moyillik bo'lsa. 
4-10% tuqqan ayollarda adekvat laktasiya bo´lmaydi. 
Ona  tomonidan  tabiiy  ovqatlantirishga  qarshi  ko'rsatmalar: 

 
Sil kasalligining basillo ajralishi  bilan kechadigan ochiq shakli; 

 
VICh infeksiyasi; 

 
O´ta xavfli infeksiya (chechak, sibir yarasi), qoqshol; 

 
Yurak, buyrak, jigar kasalliklarining dekompensasiya davri; 

 
O'tkir ruhiy  kasalliklar; 

 
Xavfli o´smalar; 
 
          Agar  onasi  quyidagi  yuqumli  kasalliklar  -  qizamiq,  suv  chechak  bilan 
kasallangan  bo'lsa,  u  holda  bolaga  immunoglobulin  yuborilgandan  so'ng  ko’krak 
bilan  emizilsa  bo´ladi. Terlama, surunkali  gepatit, ich burug, salmonellezda  - ona 
sutini sog´ib, sterilizasiyadan keyin bolaga berish mumkin. O’RVI, angina, bronxit 
va  pnevmoniyadan  keyin  onaning  tana  qarorati  tushsa  va  umumiy  ahvoli 
yaxshilansa bolani emizishga ruxsat beriladi. Bunda niqobdan foydalanish kerak va 
emizish orasida ona va bola muloqotini chegaralash kerak. 
 
Bolani  emizishga  jiddiy  qarshi  ko’rsatma,  shuningdek  sog'ilgan  sut  bilan 
xam  boqishga  qarshi  ko'rsatma  bo’lib,  onaning  davosida  ba'zi  dori  vositalarni 
ishlatish hisoblanadi. 
 
Tabiiy ovqatlantirilganda dori  vositalar (Tatochenko V.K., 2000) 
 
Qarshi korsatma 
Ishlatmaslik yoki juda 
ehtiyotkorlik  bilan   qabul   
qilish
 
Extiyotlik  bilan  qabul    
qilish 
 
Amfetaminlar 
Bromkriptin 
Dietilstilbestrol 
Immunodepressantlar 
Tavegil 
Meprobamat 
Metamizol 
Oltin preparatlari 
Litiy preparatlari 
Yotalga qarshi dorilar 
Yod tuzlari 
Tetrasiklinlar 
Tiourasil 
Fenindion 
Xloramfenikol 
Siklosporin 
Simetidin 
Antraxinonlar 
kuchsizlantiruvchilar  (sano, 
sholg’om, 
itshumurt 
po’stlog’i) 
Bromidlar 
Vitamin D 
Metaklopramid 
Metronidazol 
Narkotiklar 
Oral kontraseptivlar 
Psixotrop dori vositalari 
Rezerpin 
Salisilatlar (aspirin) 
Fenobarbital 
Estrogenlar 
 
Aminazin 
Anestetiklar 
Antibiotiklar 
Antigistaminlar 
(tavegildan 
tashqari, 

qarshi korsatilgan) 
Antikoagulyantlar 
Antitireoid dori vositalari 
Vitaminlar 
Galoperidol 
Gipotenziv dori vositalari 
Indometasin 
Kodein 
Siydik haydovchi dorilar 
Mushak relaksantlari 
Parasetamol 
Prednizolon 

 
110 
Ergotamin 
 
Talvasaga qarshi 
Yurak glikozidlari 
Eufillin 
Bola  tomonidan  ko’krak  sutini  emishga  qarshi  ko'rsatmalar: 
moddalar  almashinuvining  irsiy  kasalliklari,  galaktozemiya,  fenilketonuriya, 
laktaza yetishmovchiligi.  
Bugungi  kunda  aralash  va  sun'iy  ovqatlantirish  sanoat  ishlab  chiqarishiga 
asoslangan  moslangan  quruq  va  suyuq  sut  aralashmalari  bilan  olib  boriladi.  Bola  
hayotining  birinchi  yilida  sun'iy  ovqatlantirish  uchun  tarkibida  soya  saqlovchi 
sutsiz    mahsulotlardan  foydalaniladi,  ularning  ozuqa  ahamiyati  sigir  sutidan 
tayyorlangan  aralashmalardan  kam  emas.  Ular  asosan  allergik  kasalliklarga 
moyilligi bo'lgan bolalarda ishlatiladi. 
 
Sun'iy   ovqatlantirish   texnikasi 
 
Aralash  ovqatlantirilganda  faqat  bitta  aralashmani  ishlatish,  sun'iy 
ovqatlantirilganda  ikkitadan  ortiq  bo’lmagan  aralashmani  qo'llash  qulaydir. 
Nordonroq  aralashmalarni  shirin  yoki  chuchuk  bilan  berish  mumkin,  u  sutkalik 
ovqat  hajmining  1/3-1/2  qismini  tashkil  qiladi.  Agar  nisbatan  erta  aralash 
ovqatlantirishga  o'tkazish  zaruriyati  bo’lsa  (3-5  oylardan  oldin)  laktasiyani 
qo'zgatish  uchun  emizish  sonini  ko’paytirish  kerak,  keyin  bir  necha  hafta 
davomida aralashmalar bilan to'liq bo’lmagan ustama ovqatlantirish beriladi, so'ng 
to'liq  qo'shimcha  ovqat  bilan  emizish  sonini  oldingi  holatiga  qaytiladi.  Agar 
laktasiya  bir  me'yorda    bo'lsa  (200-400  ml)    aralash  ovqatlantirishda  bolani  avval 
ko'krakka tutish, so'ngra sutli bo'tqani berish kerak bo´ladi.  
Aralash  va  sun'iy  ovqatlantirishda  ikki  pog'onali  ovqatlantirish  tizimidan 
foydalanish ma'qul: sut miqdorini aniqlash va aralashmani tanlash.  
 
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarni sun'iy ovqatlantirish 
 Yoshi 
Amerika va Ovrupa 
maktablari 
Rossiya maktabi
 
Kun davomida emizishlar soni 
Haoytining 1-haftaligi 
6 – 10 
7 – 8 
1 haftalik - 1 oylik 
6 – 8 
7 – 8 
1 - 3 oylari     
5 – 6 
7 – 6 
3 - 7 oylari 
4 – 5 
6 – 5 
4 - 9 oylari 
3 – 4 
6 – 5 
8 - 12 oylari 


 
Bir martalik emizishda aralashmalar hajmi, ml 
birinchi 2 haftaligi 60  
90 
70 
3 haftalikdan  
2 oygacha  120 
150  100 
2- 3 oylari 
150 
180  120 

 
111 
3 - 4 oylari 
180 – 210 
160 
5 - 12 haftaliklari 
210 - 240 
200 
 
 
Aralashmalar  bolaning  tuz  va  vitaminlarga  extiyojini  qondiradi.  Sun'iy 
aralashmalarning  osmolyarligi  baland  bo'lgani  uchun  ko'p  suyuqlikni  talab  etadi. 
Buni qondirish uchun bolani ovqatlantirishdan so’ng yoki oralig'ida qaynagan suv 
berish  kerak.  Sun'iy  ovqatlantirishdagi  eng  asosiy  muammo  bu  bola  organizmiga 
zarar  yetkazmaydigan,  optimal  adaptirlangan  sut  aralashmalarini  tanlash 
hisoblanadi.  Bugungi  kunda  O'zbekiston  xududida  "Nestle"  (Shveysariya) 
kompaniyasi  tomonidan  tavsiya  etilgan  sut-qatiq  mahsulotlari  keng  qo'llanib 
kelinmoqda. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarga zamonaviy moslashtirilgan sut-qatiq 
aralashmasi  zarur.  Yangi  "NAN  Kislomolochniy"  1  va  2  aralashmalari    ichak 
mikroflorasi  tarkibini  yaxshilash,  immunitetni  mustahkamlash,  o'tkir  ichak 
infeksiyalari  rivojlanish  xavfini  pasayishi,  oqsilning  oson  hazm  bo’lishi  va 
singishi, mikroelementlarning mukammal tarzda singishi va yaxshi  hazm qilinishi 
bilan  boshqa  sut  aralashmalaridan  tubdan  farq  qiladi.  "NAN  nordon  sutli  "  1va  2 
aralashmalari  ona  suti  bo'lmaganda  yoki  yetishmaganda  beriladi.Ba'zi  qollarda 
adaptirlangan  aralashmalar    "kazeinli  formula"  deb  ataladi.  Ularni  tayyo’rlashda 
sigir sutidan foydalaniladi, uning asosini oqsil komponenti kazeini tashkil etadi. 
"Kazeinli" formulalarga  uyidagilar  kiradi  "Similac"  (SShA),  "Nestogen" 
(Shveysariya), "Malyutka" va "Malish" (Rossiya). 
OPTI  PRO  ajoyib  oqsil  komponenti  -  oqsilning  oson  hazm  bolishi  va 
singishiga yo’rdam beradi. 
Birlamchi va ikkilamchi laktaza yetishmovchiligi bor bolalarga yangi "NAN 
Bezlaktozniy" aralashmasi tavsiya etiladi. Uning afzalliklari: laktoza va saxarozaga 
ega  emasligi,  nukleotidlar  bilan  boyitilganligi,  uzun  zanjirli  politoyinmagan  yog 
kislotalari mavjudligi va optimallashtirilgan oqsil tarkibi. 
Ovqat  allergiyasi,  atopik  dermatit,  ekzemasi  bor  bolalarga  Nestle 
kompaniyasining 
"Alfare" 
gipoallergen 
aralashmasi 
tavsiya 
etiladi. 
Adaptirlanmagan sutli aralashmalarni (sigir suti yo’ki boshqa xayvon suti) 9 oydan 
oldin bolalarga berib bo'lmaydi.  
Aralash  ovqatlanish  asosan  onada  gipogalaktiya  bo  нордон  сутли  lganda 
tavsiya etiladi. Gipogalaktiyaga shubha bo'lsa bolada tekshiruv emizish o'tkaziladi 
va qo'shimcha sut miqdori topiladi.  
Aralash  va  sun'iy  ovqatlantirishda  ham  sutkalik  sut  miqdori  tabiiy 
ovqatlantirish singari aniqlanadi.  
Gipogalaktiya  -  laktasiya  vaqtida  sut  bezlari  ajratish  funksiyasining 
kamayishiga  aytiladi.    Ko'pincha  onada  gipogalaktiya  emizish  texnikasi 
buzilganda, ovqatlantirishda yo нордон сутли l qo'yiladigan xatoliklarda, onaning 
surunkali  kasalliklarida,  emosional  zo'riqishda,  xolsizlikda,  yaxshi  uxlamaslikda, 
emizishga  onada  va  uning  oila  a'zolarida  xoxish  bolmaganda    kelib 
chiqadi.Gipogalaktiyaning erta (tugruqdan keyingi birinchi 10 kun) va kechgi turi 
bor. 
Bolaning sutkalik ehtiyo’jiga kora sut defisitiga bog’liq holda gipogalaktiyaning 4 
darajasi ajratiladi: 

 
112 
I - tanhislik 25% gacha; 
II -  50%; 
III -  75%; 
IV -  75% yuqori 
Gipogalaktiyaga  shubxa  bo'lganda  bola  emib  olgan  sut  miqdorini  aniqlash  uchun 
tekshiruv emizishini kamida uch marotaba o'tkazish kerak.  
Laktasiyani ushlab turish usullari 
1. Kun tartibiga rioya qilish: uyqu - kuniga 10 soat, toza havoda aylanish - kamida 
2 soat; 
2. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish (kuniga 1,5-2 l)  
3. Bolani tez - tez ko’krakka tutish, tungi emizishni cheklamaslik. 
4. R.I.Zeyts bo'yicha dush va massaj qabul qilish: bolani emizgandan so'ng va sutni 
sog'ib bo'lgandan so'ng ko'krak beziga issiq suv qo'yish (45° S)  bilan bir mahalda 
massaj  (yuqoridan  pastga  so'rgichdan  periferiyaga)  o'tkaziladi,  shu  vaqtda  sut 
soqiladi. Davomiyligi 5-10 daqiqa, muolaja kuniga ikki mahal o'ng va chap ko'krak 
uchun o'tkaziladi.   
5. Emizishdan 30 daqiqa oldin sutli choy ichiladi. 
6. Emiziklik onaga polivitaminlar  buyuriladi. 
 
QO'SHIMCHA OVQATLANTIRISh 
Qo'shimcha  ovqat  berish  deb  -    emizikli  bolalarga  ovqat  maxsulotlari  va 
suyuqliklarni    ko'krak  sutiga  qo’shimcha  ravishda  berishga  aytiladi.    Qo’shimcha 
ovqat  maxsulotlari  bolaga 6 oyligidan boshlab beriladi. 
Nima  sababdan  qo'shimcha  ovqat  buyurish  zarur  va  bunda  nimaga  asoslanish 
kerak. 

 
Bola  o'sib  ulg'ayishi  bilan  birga  uning  harakatlari  aktivlashadi  va  uning 
ovqatga  bo'lgan  va  fiziologik  extiyojlarini  to'la  qondirish  uchun  ko’krak  suti 
yetishmaydi.  Bu  extiyojlarni  (quvvat,  temir  va  boshqa    ona  suti  bilan  kiruvchi 
kerakli  elementlarni)  qondirish  uchun,  o’sayotgan  bolaga  qo’shimcha  ovqat 
buyurish  zarur  bo´ladi.  qo'shimcha  ovqat  asab-mushak  koordinasiyasining 
rivojlanishi uchun ham kerak bo´ladi. 

 
qoshimcha  ovqatni  rasionga  to'g'ri  va  o'z  vaqtida  kiritish    bolaning 
salomatligini  tiklash,  ovqatlanish  statusini  yaxshilash  va  jismoniy  osib  ul?ayishni 
ta'minlaydi.  

 
Bolaga  qo'shimcha  ovqat  buyurilishiga  qaramay  ona  suti  emizikli  bola  
rasionida asosiy ovqat turi xisoblanadi.  
o  9  oylik  bo'lguncha  bolalarga  sigir  sutini  ichish  uchun  berish  mumkin  emas, 
lekin 6-9chi oylarda qo'shimcha ovqat tayyo’rlash uchun sigir sutidan foydalanish 
mumkin. Bolaga 9-12 oyligidan boshlab sigir sutini ichishga berish mumkin.  

 
Kam quvvatga ega qo'shimicha ovqat maxsulotlari quvvatni cheklashi mumkin, 
shuning  uchun  ortacha  quvvat  zichligi  4,2  kDj  (1  kkal)/g  kam  bolmasligi  kerak. 
Bolalarga 2 yoshgacha yog’ miqdori kam bo’lgan sut berish mumkin emas. 

 
Bola  rasionidagi  qo’shimcha  ovqat  konsistensiyasi,  mazasi,  va  ko'rinishi 
jihatdan  har  -  xil  bo’lishi,  bir  vaqtni  o'zida  ko'krak  suti  bilan  boqishni  davom 
ettirish kerak.  

 
113 

 
qo'shimcha  ovqat  mahsulotlari  tuzli  bo’lishiga  kerak  emas  va  ularni 
tayyorlaganda ovqatga tuz qo'shilmaydi.  
 
Qo'shimcha ovqatni qanday berish kerak va qaysi maxsulotlarni bunda ishlatish 
mumkin? 
Qo'shimcha ovqat 2 turga bo'linadi: 

 
Oraliq  davridagi  ovqat  -  bu  maxsus  qo'shimcha  ovqat  bo'lib,  emizikli  bolani 
fiziologik va spesifik ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan. 

 
Oila  dasturxonidan  ovqat  yoki  uy  ovqati  -  bu  erta  yoshdagi  bolalarning 
qo'shimcha  ovqat  uchun  ishlatiladigan  maxsulotlari  bo'lib,  boshqa  oila  a'zolari 
qabul qiladigan mahsulotlar bilan o'xshash bo´ladi. 
 
Faqat  ko'krak  suti  bilan  parvarish  qilishdan  bolani  ko'krak  suti  bilan 
emizmaslikka o'tish davrida, yosh bolalarni asta sekin uy ovqatiga o’rgatish kerak 
bo´ladi.    Bola  1  yoshga  to'lganida  oila  dasturxonidan  ovqatlanishga  jismonan 
tayyor hisoblanadi.  Og'ir ovqatlarni rasionga kiritish davriga va bu  mahsulotlarni 
ko'krak 
yoshidagi 
bolalar 
qabul 
qilishga 
tayyorligi 
asab-mushak 
koordinasiyasining  rivojlanishiga  ta'sir  ko’rsatadi.  Rivojlanishning  har  xil 
bosqichlarida  kelib  chiquvchi  ko'pgina  ovqatlanish  reflekslari,  qar  xil  turdagi 
ovqatlarning rasionga kirishini  yengillashtiradi yoki og’irlashtiradi.  
Bolalar  ovqatni  og'ziga  olib  kelishni,  chaynashni  va  boshqa  ovqat  qabul 
qilish  shartlarini  bajarishni  organganlarida  ularni  rag'batlantirish  juda  muhimdir. 
Bu shartlarni  bolaga o'z vaqtida o'rgatilmasa,  keyinchalik ahloq va ovqatlantirish 
muommolari tug'ilishi mumkin.  
Bolani  sun'iy  ovqatlantirishda  birinchi  qo'shimcha  ovqat  (sabzavotli  bo'tqa)  
rasionga  4,5-5  oyligida,  ikkinchi  qo'shimcha  ovqat  5,5  -  6  (sutli  bo'tqa)  oydan 
boshlab 
kiritiladi. 
Birinchi 
qo’shimcha  ovqat  vitaminlarga,  temirga, 
mikroelementlarga  boyitilgan  sutli  bo'tqa  bo'lishi  ham  mumkin.  Tuxum  sariqi  6 
oydan, go'sht esa 7 oydan boshlab beriladi.  
 
Ko'krak yoshidagi va erta yoshdagi bolalarda nerv tizimi rivojlanishi va 
uning  turli davrlardi qanday maxsulotlarni ishlatish mumkinligidagi  axamiyati 
 
Yoshi(oy) 
Paydo bo'lgan refleks 
ko'nikmalari 
Qo'llanilishi 
mumkin bo'lgan 
maxsulot turlari
 
Maxsulotlarga 
misollar 
0 – 6 
So'rish ko'krakni 
so'rish va yutish 
Suyuqliklar 
ko'krak suti 
4 – 7 
Birinchi 
chaynash 
harakatlari 
paydo 
bo'lishi,  so'rish  kuchi 
oshadi, 
qusish 
ref 
leksining  tilning  o'rta 
qismidan 
orqa 
qismiga 
o’tishi 
Ovqat bo'tqa 
korinishida 
sabzavot yoki meva, 
yaxshi tekshirilgan va 
maydalangan jigar va 
go’sht 

 
114 
kuzatiladi 
7 – 12 
qo’shiqni lab bilan 
tozalash, tishlash va 
chaynash, tilning yon 
harakati va ovqatni 
tishlarga joylashtirish 
qo'l bilan yeyish 
mumkin bo’lgan 
maydalangan yoki 
bolaklarga 
ajratilgan ovqat 
yo’ki mahsulot ёки 
маҳсулот 
Go’sht maydalagich 
dan o'tkazilgan va 
yaxshi tekshirilgan 
go´sht va jigar, 
qaynatilgan va 
maydalangan meva 
va sabzavotlar, xom 
meva va sabzavotlar
boshoqlilar va non. 
12 - 24 
Aylanma chaynash 
harakati, jag'lar 
turg'unligi 
Oila stolidan ovqat 
 
 
 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, ovqat mahsulotlarini qo'shimcha ovqat 
sifatida  bolalar  rasioniga  kiritish  bolaning  jismoniy  rivojlanish  bosqichlariga  va 
reflekslarning shakllanishiga bog'liq.  
Sxematik buni 4 bosqichga bo’lishi mumkin. 
1-  bosqich.  Bolani  qoshiq  yordamida  ovqatlanishga  o’rgatish.  Kam  miqdorda 
ovqat berishdan boshlash (taxminan, 1 yoki 2 qoshiq).  
2-  bosqich.  qoshiq  yo’rdamida  ovqatlanish  ko'nikmasini  o’rganganidan  so'ng 
bolaning  ovqat  rasionini  kengaytirish  va  harakat  konikmalarini  o'rgatish  lozim. 
quyuq  ovqatlarni  bolaga  buyurish  ularni  bemalol  tayanchsiz  otira  olishiga,  bir  
qo’lidan ikkinchi qo'liga buyumlarni bemalol olishni bilishini ko’rsatadi.  
3-  bosqich.  Chaynashni  organish.  harakat  konikmalarini  organganidan  va  tishlari 
chiqqanidan  so'ng  bolalar  narsalarni  qo'lida  ushlash  va  og'ziga  olib  borish  va 
ovqatni chaynashni o’rganadi.  
4-  bosqich.  Bolani  ovqatlantirish  o'zi  mustahil  kattalar  yo’rdamida  ovqat  qabul 
qilish bilan birga kechadi. 
 
Qo’shimcha ovqat kiritishning asosiy  qoidalari 
Qo'shimcha ovqat qabul qilishning eng qulay vaqti bu bola qorni ochgan va 
ona  bolaga  ko'p  vaqt  ajrata  oladigan  vaqtdir.  Kunning  birinchi  yarmi  eng  qulay 
vaqt  xisoblanadi.qo’shimcha  ovqat  kam-kamdan  choy  qoshigidan  boshlab    sekin 
astalik  bilan  kupaytirib  boriladi.    Buning  uchun  ortacha  quyuqlikdagi  bir  massali 
bo'tqalardan,  masalan  guruchli  sutli  bo'tqa  yo’ki  kartoshkali  bo'tqadan  (pyure) 
boshlash  mumkin.  Bola  qo'shimcha  ovqatga  oson  organishi  uchun  ovqatga 
sohilgan  ko'krak  sutini  qo'shish  mumkin.  Ko'krak  suti  kamayishining  oldini  olish 
maqsadida  bolaga  qo’shimcha  ovqatni  ko'krak  suti  berilganidan  so'ng  buyurish 
mumkin. 
5-6 kundan so'ng ikkinchi qo'shimcha ovqatni, yana 5-6 kundan keyin 3-chi 
yangi  ovqatni  berish  mumkin.  Bu  vaqt  ichida  bola  ovqat  rasioniga  ko'p 
komponentli 
ovqatlarni 
kiritish 
mumkin: 
go'sht+sabzavotlar, 
go'sht+ 
sabzavotlar+donli  mahsulotlar.  
Qo'shimcha ovqat quyuq bo’lishiga, lekin bola uni qoshiq yo’rdamida qabul 
hila olishi kerak.  Qo'shimcha ovqat assortimenti bo'yicha har xil  mahsulot bo'lishi 
kerak.  

 
115 
Donli mahsulotlar tanlanganda glyutensiz: guruch, grechka, joxori va shunga 
o'xshashlarni      tanlash  kerak.      Glyuten    mannka,    perlovka  va  ovsyanka 
krupalarida bor. 
Kamqonlikni  oldini  olish  maqsadida,  temir  deposi  bo'lgan  go'sht  bir 
yoshgacha bolgan bolalarning ovqat rasionidagi eng kerakli mahsulot hisoblanadi. 
Go´sht bola 6 oylik bo'lganidan so'ng  qiymalangan qaynatma holda, keyinchalik 
to'qralgan  holda  buyuriladi.  Bolani  ovqatlantirishda  yogsiz  mol,  qo'y,  parranda 
go´shtidan foydalaniladi.  
3  yoshgacha  bo'lgan  bolalar  ovqatini  tayyo’rlashda  tuz,  shakar  va  boshka 
ziravorlardan foydalanish shart emas.   
 
Qo’shimcha ovqatni notogri buyurish nimalarga olib kelishi mumkin? 
 Bolalarni  notogri  ovqatlantirish  yo’ki  boqish  usullari,  ularning  jismoniy, 
aqliy  rivojlanishining  buzilishiga  va  bu  ozgarishlar  bolaning  salomatligiga  salbiy 
ta'sir  ko’rsatishiga  olib  kelishi  mumkin.  qo’shimcha  ovqatni  oz  vaqtida  bola 
rasioniga  kiritish  muhim  rol  oynaydi.  Juda  erta  yo’ki  kech    qo’shimcha  ovqatni 
berish bolaning o’sib ulg’ayishiga  havfli ta'sir ko’rsatishi mumkin. 
 
Qo’shimcha ovqatlanishni  o’z vaqtida boshlamaslik bilan bog’liq bo’lgan  
xavf 
Juda erta boshlash 
Juda kech boshlash 
 
Bola ona sutini emmay qo’yadi, bu esa 
ko’krak suti ajralishining kamayishiga 
va bolaning yetarli darajada energiya va 
ozuqa moddalarini qabul qilishiga 
to'sqinlik qiladi. 
Faqat ko’krak suti bilan ovqatlan tirish 
bolaning energiya va ozuq moddalariga 
bo'lgan extiyojini to'liq qondira olmaydi 
va buning natijasi da bola jismoniy 
rivojlanishdan orqada qoladi 
Kasallik chaqiruvchi mikroblar bilan 
zararlangan qo'shimcha ovqat moddalari 
va suyuqliklar  bolada dispeptik 
kasalliklarga va oziqlanishning 
buzilishiga moyillikni orttiradi 
O'suvchi organizmning mikronutri 
yentlarga bo'lgan talabini ko'krak suti 
tolik qondira olmaydi (asosan, temir, vit 
A, rux) 
Ko'krak yoshidagi bolalarda ichak 
faoliyatining yetuk emasligi ovqat 
allergiyasiga moyillikni orttiradi.. 
Harakat ko'nikmalarining optimal 
rivojlanishi ta'minlanmagan, jumladan, 
chaynash, yangi ta'm va ovqat 
strukturasini bola ijobiy qabul qilishi 
ta'minlanmaydi 
Onalarga fertillik tezroq qaytadi 
 
Turli    yoshdagi  bolalarni    ovqatlantirish  uchun  tavsiya  etiladigan  ozuqa 
maxsulotlari ("ovqatlanish  savati") 
 

 
6-11 oylik bola 

 
Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog’+sut (aralashtirilgan 1:1) 

 
Non 

 
116 

 
Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa 

 
Go´sht, baliq, jigar, tuxum sariqi 

 
qatiq, kefir, suzma 

 
Mevalar bo'tqasi yoki sharbati 
 

 
12-23 oylik bola 

 
Guruch, makaron mahsulotlari yo’ki b'tqa  

 
Bo'tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog+sut (aralashtirilgan 1:1) 

 
Non 

 
Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa 

 
Go'sht, baliq, jigar, tuxum sariqi 

 
qatiq, kefir, suzma 

 
Mevalar 
 

 
24 oylik va undan kattalarga 
 

 
Non+sariyog yoki go'sht 

 
qatiq+tvorog 

 
Non, pechene 

 
qaynatilgan kartoshka va sabzavot 

 
Mevalar 

 
Sigir suti yoki qatiq 
 
Shisha   va    so'rgichlar  nima  uchun  zararli? 

 
Shisha  idishdan  emizish  ich  ketishiga  moyillikni  ko’paytiradi,  tish  va  o'rta 
quloq yalliglanishini kuchaytiradi va og'iz boshlig'i dinamikasini o'zgartiradi 

 
Ko'krak yoshidagi bola ovqatlantirish vaqtida yetarli darajada  diqqat e'tibor  
ololmasliklari xavfi ortadi. 
Shisha  idish  va  so'rgichlarni  cho'tka  bilan  doimiy  yuviv,  keyin  qaynatib 
sterilizasiya  qilish  lozim,  bunda  issiqlik    energiyasi    ko'p  yo'qotiladi.  Shuning 
uchun respublikamizning qishloq sharoitida buni amalga oshirish qiyin.  

 
Ko'p hollarda shishadagi aralashmalarga shirin qattiq moddalar qosqiladi, bu 
esa  tishlar    kariesiga    moyillikni  oshiradi,  xuddi  sorgichlarni  asal  va  shakarga 
xollab berilgan singari. 

 
Shisha idishdan ovqatlantirilgan bola ko'krak sutini yaxshi ema olmaydi. Bu 
ko'krak bilan emizish soni va intensivligini buzadi. 
 
Ko'krak  yoshidagi  bolalarni  emizishni    alternativ  usuli  piyoladan 
ovqatlantirish  hisoblanadi.  Bu  usulni  ko'pincha  ko'krak  bilan  emizishni  kechroq 
boshlash  kerak  bo'lgan  bolalarga  tavsiya  qilinadi.  Piyoladan  to'g'ri  ovqatlantirish 
bolaga ovqat kirishini nazorat qilishni boshqarishga yo’rdam beradi; bolani oqziga 
sutni quymaslik kerak. 
 
 

 
117 
Piyo’ladan  ovqatlantirishning afzalliklari: 

 
Bola ovqatlantirilganda tilidan foydalanadi 

 
Bola o'zi piyoladan  ovqatlanadi, qancha ovqat qabul qilish va uning  vaqtini o'zi 
belgilaydi 

 
Piyo’la  shishaga qaraganda xavfsiz, uni suv va sovunda oson yuvsa bo´ladi. 

 
Shishaga  qaraganda  piyolani  kamroq  olib  yuriladi  shuning  uchun  bakteriyalar 
ko’payishiga imkoniyat kamroq bo´ladi. 

 
Ona  yo’ki  bolani    parvarishlaydigan  boshqa  shaxs  piyoladan  ovqatlantirilganda 
bolani  ushlab  turishi    va  u  bilan  ko'proq  muloqotda  bo’lishiga  mumkin,  bu  esa 
shishadan ovqatlantirishga nisbatan, bolani ruxiy  stimullaydi. 

 
Piyo’la  bilan  ovqatlantirishni  6-oygacha  qo'llash  qulay,  chunki  qoshiq  bilan 
ovqatlantirish  ko'p  vaqtni  talab  qiladi  va  ona  bola  to'yguncha  ovqatlantirishni 
toxtattib qoyishi mumkin. 
 
6-9-oylik  bolalar  uchun taxminiy  menyu 

 
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti beriladi 

 
Bo’tqa  (guruchli,  marjumak  (grechka),  arpali)  -  sigir  suti  bilan  aralashtirilgan 
(1:1)-150-200 gr+4 gr sariyog 

 
kartoshkali va sabzavotli bo'tqa - 150 gr, maydalangan go'sht (qush yo’ki baliq) - 
10-30 gr+ o’simlik yog’i 5 gr, meva bo'tqasi yo’ki sharbati 50 gr. 

 
Tvorog (suzma) 10-40 gr+qatiq - 100-150 gr, pechene 5 gr, tuxum sariqi 1 dona 
 
9-12-oylik   bolalar  uchun taxminiy  menyu 

 
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti 

 
Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib (1:1)-150-200 gr+4 gr 
sariyo’g 

 
Kartoshka  va  sabzavotlar  maydalangan  yoki  bulakchalarga  kesilgan  150  gr, 
maydalangan go'sht (1ush yo’ki baliq) -30-60 gr+osimlik yogi - 5 gr, meva botqasi 
yoki sharbati 50 gr. 

 
Tvorog (suzma) 40-50 gr+ qatiq 150 gr, non 5-10 gr, tuxum, sariyog 1 dona, sigir 
suti - 100-150 gr12-23 oylik  bolalar  uchun taxminiy  menyu 

 
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti 

 
Bo'tqa  (guruchli,  grechkali,  arpali)  sigir  sutiga  aralashtirib  250  gr+5  gr  sariyog, 
non 10 gr, tuxum 1-dona 

 
qatiq (kefir) 200 gr, bulochka-25 gr 

 
Sabzavotli va go´shtli shorva (40-50 gr)-200 gr, non-10 gr, mevalar- 100 gr yo’ki 

 
Shovla (go'sht 40-50 gr) - 200 gr, non - 10 gr, meva sharbati - 100 gr yo’ki 

 
Moshli sho'rva -200 gr, non 10 gr, mevalar - 100 gr, tvorog (suzma)-60 gr+qatiq 
200 gr, pechene - 15 gr 

 
Sigir suti 200-300 gr24 oylik  yoshdagi  bolalar  taxminiy  menyusi 

 
Botqa  (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib 250 gr+10 gr sariyog, 
non 20 gr, tuxum 1-dona 

 
Tvorogli blinchik yo’ki somsa, mevalar -100 gr 

 
118 

 
Qovurilgan  kartoshka go'shti bilan - 200 gr, sabzavot va kokatli salat 50 gr, non - 
40 gr, mevali sharbat - 100ml 

 
qatiq (kefir) 200 gr+bulochka 50 gr 

 
Mastava - 200 ml, non 40 gr, qatiq – 100 ml 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
119 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin