Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


Bolalarda ovqat hazm qilish a'zolarining shikastlanish semiotikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30

Bolalarda ovqat hazm qilish a'zolarining shikastlanish semiotikasi 
Qorinda  og'riq  ovqat  qabul  qilish  yoki  ovqat  bilan  bog'liq  bo'lmagan  holda 
yuzaga  kelishi  mumkin.  Erta  og'riqlar  gastrit,  ezofagitlarda  kuzatiladi.  Kechki 
og'riqlar  -  gastroduodenitlar,  yaralarda  bo´ladi.  Og'riq  lokalizasiyasi  alohida 
ahamiyatga  ega.  Epigastral  sohadagi  og'riqlar  ezofagit  va  gastritga  xarakterli, 
piloroduodenal  sohadagi  og'riqlar  -  antral  gastrit,  gastroduodenit  va    o'n  ikki 
barmoqli  ichak  yara  kasalliligiga  xos.  O'ng  qovurga  osti  sohasidagi  og'riqlar  o't 
ajratish  yo'llari  kasalligiga  xarakterli.  Kindikdan    yuqori  va  chapda  belboqsimon 
og'riqlar  pankreatitda  kuzatiladi.  qorinning  hamma    qismida  og'riqlar 
enterokolitlarda  kuzatiladi.  O'ng  yonbosh  sohasidagi  og'riqlar  appendisit, 
proksimal  kolit,  ileitga  xos.  Qorin  palpasiyasi  og'riqli  nuqtalar  va  oldingi  qorin 
devoridagi  og'riqli  sohalarni  aniqlaydi,  ular  orqali  qaysi  organ  zararlanganligi 
to'g'risida bilib olish mumkin. 
Shoffar zonasi - ikkita o'zaro perpendikulyar chiziqlar o'rtasida hosil bo'lgan yuqori 
o'ng  burchak,    kindik  orqali  o'tadi,  bissektrisalarni  teng  ikkiga  bo´ladi.  Bu  yerda 
oshqozon  osti  bezining  tanasi  joylashadi.  Dejarden  nuqtasi  -  o'ng  yuqori 
kvadrantning  bissektrisasida  joylashgan.  Bu  oshqozon  osti  bezi  boshchasi 
shikastlanishida kuzatiladigan og'riq nuqtasi.  
Meyo-Robson  nuqtasi  -  chap  yuqori  kvadrant  bissektrisasida  joylashgan, 
qovurgalar  yoyiga  1/3  qism  yetmaydi.  Bu  oshqozon  osti  bezi  dumchasi 
zararlanganda  kuzatiladigan  og'riq  nuqtasi.  Bolalarda  o't  pufagini  paypaslab 
bo'lmaydi, lekin  togridan-togri o't pufagi va  o't yullari   zararlanishini bildiradigan 
ko'p sonli simptomlar mavjud. 

 
83 
Merfi  simptomi.  Tekshiruvchi  qo'l  barmoqlarini  o't  pufagi  proeksiyasi  sohasiga  - 
qovurgalar  yoyining  pastki  qirrasiga  qo'yadi  (o'ng  qorin  to'g'ri  mushagini 
qovurgalar  yoyi  bilan  kesishgan  joyi).  Nafas  olganda  bemor  kuchli  va  birdan 
yuzaga keluvchi og'riqni sezadi. 
Ortner  simptomi.  Nafas  olganda    qo'l  qirrasi  bilan  o'ng  qovurga  osti  sohasiga 
tukullatganda  og'riq  paydo  bo´ladi.  Bu  vaqtda  bemor  nafas  chiqarganda  og'riq 
bo'lmaydi.  Kuchli  yallig'lanish  bo'lsa  og'riq  o'ng  qovurg'a  osti  sohasiga 
tukullatganda ham seziladi. 
Ker simptomi. Oddiy palpasiyada nafas olganda o't  pufagi sohasida og'riq seziladi. 
Frenikus  simptomi  (Myussi  simptomi).  Ko'krak  o'mrov-so'rgich  mushaklari 
oyoglari o'rtasiga bosilganda og'riq seziladi. 
Boas  simptomi.  Orqada  VIII-umurtqadan  o'ngga  bosilganda  reflektor  og'riq 
seziladi. 
Mendel  simptomi  -  bukilgan  barmoqlar  bilan  epigastral  soxaga  tukullatilganda 
og'riq paydo bo'lishi. Bu simptom oshqozon yara kasalligida mumbat bo´ladi. 
Ishtaha  -  bola  sog'ligi  holatini  baholovchi  juda  keng  tarqalgan  va  universal 
mezonlardan  biri.  Ishtaha  yuqoriligiga  qaraganda,  ko'proq  ishtaha    pasayishiga 
shikoyat  qilishadi.  Bu  ikkala  holat  ham  bir  xildagi  e'tiborni  talab  etadi.  Normada 
ovqatni  qabul  qilish  jarayoni  ikkita  gipotalamik  markaz  bilan  boshqariladi:  yon 
tomondan  "och  qolish"  markazi  va  ventromedial  "toyish  markazi".  "Toyish 
markazi"  "och  qolish"  ni  sondiradi,  ovqat  qabul  qilingandan  keyin  bu  toyinish 
hissiga  olib  keladi.  Xolesistokinin  peptidi  to'yish  ta'sirini  chaqiradi  va  ovqatni 
tutish  regulyasiyasida  qatnashadi.  Oshqozon  mushaklari  gipertonusi  ishtaha 
kotarilishiga  sabab  bo´ladi,  oshqozonning  gipotoniyasi  -  ishtahaning  pasayishiga 
olib keladi. Ota-onalarning eng ko'p shikoyati bolada ishtaha yog'ligi, ishtahaning 
yomonligi yoki ovqat vaqtida injiq bolishidan iborat bo´ladi. 
Anoreksiya  (anorexis)  -ovqat  yeyishdan  bosh  tortish,  ovqat  yeyishni 
hoxlamaslik,  ishtahaning  pasayishi  (hyporexis).  Anoreksiyani  sitofobiya  bilan 
almashtirmaslik kerak.  
Sitofobiya  bu  ovqatlangandan  song  ogriq  yo’ki  behalovatlik  hissi  paydo 
bo´ladi deb gumon qilib, ovqat yeyishdan qorqishga aytiladi. Sitofobiya oshqozon 
yarasi, regionar enterit yoki ichak ishemiyasida klassik simptom hisoblanadi. Ota-
onaning  bolada  ishtahaning  yomonligi  to'g'risidagi  shikoyati  xar  doim  tanqidiy 
muhokamani  talab  qiladi.  Agar  bola  yaxshi  rivojlansa,  normal  oziqlangan, 
jismonan va ruhiy faol, jismoniy zo'riqishni yaxshi ko'tarsa, u holda bola sog'lom, 
undagi  ishtaha  pastligi  organik  buzilishlar  bilan  emas,  balki  psixogen  ta'sirlanish, 
ota-ona  va  bola    o'rtasidagi  kelishmovchiliklar  bilan  bog'liqdir.  Anoreksiya 
ko’pgina  kasalliklarda  rivojlanadi,  shuning    uchun  unchalik  katta  diagnostik 
ta'sirga ega emas. Lekin ishtahaning uzoq  muddat  buzilishi, anoreksiyani boshqa 
simptomlar  bilan  taqqoslashda  katta  diagnostik  ahamiyatga    ega.  Chaqaloqlarda  
anoreksiya  markaziy  nerv    tizimining    perinatal  shikastlanishida,  aminoasiduriya, 
umumiy    kasalliklardagi intoksikasiyada    (pnevmoniya, sepsis,  otit, pielonefrit  va 
boshqalar),  kuchsiz  va  chala  tuhilgan  bolalarda,  og'iz    boshlig'ining  tug'ma 
nuqsonida  kuzatiladi.    Bola  hayotining    birinchi  yilida  ishtahaning    pasayishi 
(ko'krakdan  bosh  tortish),  o'tkir    kasalliklar  boshlanishi  (pnevmoniya,  ichak 

 
84 
infeksiyasi  va  boshqalar),  ichak    disbakteriozi,  temir  tanqisligi  anemiyasi,  
gipovitaminoz D, nerv-artritik diatez, otit va boshqalarda kuzatiladi. Maktabgacha 
va  maktab  yoshidagi  bolalarda  ishtaha  pastligi  bir  tomonlama  ovqatlanishda  va 
gipovitaminozlarda, o'tkir va surunkali infeksiyalarda, og'ir anemiyalarda, endokrin 
disfunksiyalarda, intoksikasiya, nerv-artrit diatezda, harakat yetishmovchiligida va 
boshqalarda  kuzatiladi.  Anoreksiyaning  nevrotik  shakli  zo'rlab  ovqatlantirilganda 
yuzaga  keladi.  O'tkazilgan  kasalliklardan  keyin,  bola  tana  vaznini    tiklashi  uchun 
uni  zo'rlab  ovqatlantirishga  harakat  qilish  shartli  manfiy  reflekslarni    yanada 
kuchaytiradi.  Bolaning    ishtahasi  bolalar  bog'chasi  yoki  maktabga    qatnashdan  
oldin xayajonlanish, ovqatdan oldin shirinliklar iste'mol qilish yoki ko'p miqdorda 
sut  ichish,  shuningdek,  bola  oynayotganda  emizish  natijasida  pasayishi  mumkin. 
Fruktozani  qabul  hila  olmaslikda  ishtahaning  o'zgarishi  tanlangan  turda  bo´ladi 
(bolalar mevalar, shirinliklarni iste'mol qilishmaydi) 
Ishtahaning  ortishi  (hyperorexis),  polifagiya  (polys-  ko'p,  phagein-  ko'p 
yeyish)  yoki  "bori  ishtaha"-bulimiya  (bus-  tana,  (xokiz)  limos-och  qolish  (bola 
haddan    tashqari  tana    vazniga  ko'p  qo'shsa,  ota-onalar    shifokorga    murojaat 
etishga  majbur  bo´ladilar,  ba'zi    ota-onalar  bola  ishtahasi  yuqoriligidan    xursand 
bo´ladilar,  bu  holatni  sog'lomlik  belgisi  deb  baxolaydilar,  bundan  tashqari  oilada 
hamma ko'p ovqat yeyishi va semizlikni hisobga olish zarur. Bolalarda ishtahaning 
yuqori bo'lishi qandli  diabetda, surunkali  pankreatitda, tireotoksikozda kuzatiladi. 
Bulimiya  massiv  kortikosteroidli    terapiya    natijasida  ham  bo´ladi.  Miya  ozagi 
yallig'lanishi,  ensefalit qoldiqlari  bulimiyaga olib kelishi mumkin, u aqliy zaiflik 
va  ba'zida    kandsiz  diabet  bilan  bog'langan.  Gijjalar,  asosan  tasmali  gijjalar  bilan 
zararlanish  ham ishtahani yuqori  bo'lishi  bilan  xarakterlanadi.  
Bulimiya  rivojlanishi  oila  ichidagi  munosabatlar  buzilishiga  -  ona  va  bola 
o'rtasida majoraga olib  keladi, bola o'zini tashlangandek his qiladi, bunda bola uni 
erkalashlaridan ko'ra  ovqatlanishdan  ijobiy emosiya oladi. 
Aynigan  ishtaha  (paraorexis)  -  yeyish  mumkin  bo'lmagan,  ist'emol 
qilinmaydigan maxsulotlarni ist'emol qilish, bular yer, shtukaturka, qog'oz, ko'mir 
va  boshqalar.  Bu  xolatlar  debil  (aqliy  zaiflik),  tashlangan  bola  va  nevropatiyada 
kuzatiladi. Ta'mning buzilishi  temir  yetishmovchilik  holatlarida  ham kuzatiladi. 
Ko’ngil aynash - yogimsiz, og'riqli sub'ektiv sezgi bo'lib, qayd qilishga olib 
keladi yo’ki qayd qilishdan keyin kuzatiladi. Ko'ngil aynashi oshqozon funksional 
aktivligining pastligi va o’n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak harakat funksiyasi 
o'zgarishi bilan  bog’liq. Ko'ngil  aynashi intraduodenal bosim  yuqoriligida  yuzaga 
keladi,  shuning  uchun  ko'proq  o'n  ikki  barmoqli  ichak  kasalliklarida  kuzatiladi: 
duodenit, gastroduodenit,  o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi.   Qusish bilan bir 
vaqtda bo'luvchi ko'ngil aynashi vegetativ nerv tizimi aktivligining o'zgarishi bilan 
keladi (asosan parasimpatik): teri rangining  oqarishi, ko'p ter ajralishi, ko'p so'lak 
ajralishi,  kamquvvatlik,  bosh  aylanishi,  quloqlarda  shovqin,  gipotenziya  va 
bradikardiya (vazovagal sindrom). 
Qusish  (vomitus)  -  oshqozondagi  ovqatni  og'iz  orqali  reflektor  chiqarish  akti. 
qusish  uzunchoq  miyada  joylashgan  ikkita  xar-xil  funksional  markazlar  bilan 
boshqariladi:  qayd  qilish  markazi  va  xemoreseptor  trigger  zona  bilan  bog'langan. 
Xemoreseptorlar qusish aktini o'z-o'zidan chaqira olmaydi, lekin uning aktivasiyasi 

 
85 
uzunchoq miyada joylashgan qusish markaziga efferent impulslarni yuboradi, u esa 
o'z navbatida qusish aktini chaqiradi. Bu ikki markaz bir-biriga va vegetativ hamda 
vazomotor  funksiyalarni  nazorat  hiluvchi  miya  o'zagining  boshqa  markazlariga 
yaqin  joylashgan.  qusish  markazi  afferent  signalni  ichak  va  boshqa  organlardan 
oladi, yuqorida ko'rsatilgan kortikal markazlardan asosan, ichki quloq apparati  va 
trigger  zonasidan  oladi.  Qusishda  diafragmal  nerv  (diafragmaga),  orqa  miya 
nervlari  (qorin  devori  mushaklariga)  va  visseral  efferent    nervlar  (oshqozon  va 
qizilongachga asosiy efferent o'tkazuvchi yo'l bo'lib xizmat qiladi. qusish simpatik 
va  vegetativ  nerv  tizimi,  tomoq,  oshqozon-ichak  trakti  va  ko'krak  qafasi,  skelet 
mushaklari,  qorin  boshlig'ini  o'z  ichiga  oluvchi  fiziologik  aktning  oxirgi 
bosqichidir. qusishning boshlanishi xolsizlik, oqarish, ter ajralishi, bradikardiya va 
arterial qon bosimining tushishi bilan kechadi.  
Bemor  chuqur  nafas  oladi,  halqum  usti  tushadi  va  halqum  ko'tariladi,  bu 
nafas  yo'llariga  qusqi  moddalari  tushishidan  saqlaydi.  qusish  aktida  muhim  rolni 
diafragma va qorin old devori mushaklari qisqarishi o'ynaydi, oshqozon boshlanish 
qismi yopilganda oshqozon mushagining  
antiperistaltik  qisqarishi  yuzaga  keladi.  Barcha  o'rganlar  kasalliklari  asosan  bosh 
miya  kasalliklari  qusish  bilan  kechadi.  Kelib  chiqish  mexanizmiga  qarab, 
qusishning bir qancha turlari ajratiladi. 
 
Markaziy  (miya,  nerv)  qusish.  Nerv  tizimi  kasalliklari  (bosh  miya  shishi, 
yallig'lanish, gipoksemiya, jaroxat, o'tkir gidrosefaliya, osmalar va boshqalar) kalla 
ichi  bosimini  oshiradi,  qusishga  sabab  bo´ladi.  Ichki  quloq  apparati  va  uning 
markaz  bilan  bog'liqligining  shikastlanishi  ham  ko'ngil  aynash  va  qusish  bilan 
kechadi. Miyaga bog'liq qusish ovqat yeyish bilan bog'liq bo'lmaydi, kungil aynash 
kuzatilmaydi, bu turdagi qusish bemor holatini engillashtirmaydi, qusiq moddalari 
xidsiz,  xira  bo´ladi.  Klinikasida  bosh  og'rishi,  ko’rishning  buzilishi  va  xushsizlik 
ustunlik qiladi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari kuzatilmaydi. 
 Gematotoksik qusish - jigar va buyrak yetishmovchiligida, moddalar almashinuvi 
kasalliklarida (galaktozemiya, asetonemik qusish, diabetik prekoma va boshqalar), 
digitalisli  intoksikasiya,  gipervitaminoz  D,  o'tkir  zaharlanish  va  boshqalarda 
kuzatiladi. 
 
Visseral  yo’ki  chin  reflektor  -  bu  qizilo'ngach,  oshqozon,  ichakli  qusishdir. 
qizilongachli qusishni (chin qusish va qayd qilishdan farqi) ovqat va suyuqliklarni 
oshqozonga  yetib  bormasdan  chiqarib  tashlash,  bu  tug'ma  qizilongach  atreziyasi, 
tug'ma  yoki  orttirilgan  qizilo'ungach  stenozlari,  uning  divertikuli,  axalaziyasida 
kuzatiladi.  qusish  ovqatdan  keyin  darrov  yuz  beradi,  bunda  hushi  moddalari 
nordon,  hidsiz  (oshqozon  shirasi  bilan  bog'liqligi  bo'lmaydi),  oz  miqdorda,  hazm 
bo'lmagan  ovqatdan tashkil topgan bo´ladi. 
 
Oshqozondan qusish - ko'proq oshqozon kasalliklarida yuzaga keladi. O'tkir 
va  surunkali  gastritlar,  gastroduodenitlar,  yara  kasalligi,  ichak  infeksiyalari  va 
toksikoinfeksiyalarda  qusish  kongil  aynash  bilan  bog'langan,  bu  uni  qusish 
markazini    qo'zgalishi  bilan  bog'liq  qusishdan  farqlaydi.  U  odatda  ovqat  yeyish 
bilan  bog'liq,  bolaga  vaqtinchalik  yengillik  olib  keladi.  Oshqozondan  keladigan 
qusuq moddasiga nordon xid xos. qusuq moddasida hazm bolmagan ovqat qoldigi, 
shilliq, qon (kofe quyqasi rangi) aniqlanadi.  

 
86 
Yengillik olib kelmaydigan qusish, gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi 
kasalliklariga  xarakterlidir.  K'p  qusganda  qusuq  moddalarda  o't  aniqlanadi,  uni 
chaqiruvchi  sababiga  bog'liq  emas.  Uni  yuzaga  kelishiga  duodenogastral  reflyuks 
sabab  bo´ladi.  O'n  ikki  barmoqli  ichakda  tug'ma  mexaniq  to'siqlik    (ichak  yorugi 
ichki  stenozi,  o'n  ikki  barmoq  ichak  atreziyasi,  anulyar  oshqozon  osti  bezi  va 
boshqalar), pilorostenozdan farqi, tuhilgandan keyin 4-5 kunda o't aralash qusishni 
vujudga  keltiradi.  qusish  akti  davomiy  va  kuchli  bo'lsa,  yuqori  bosim  ostida 
qizilongachning yo’rilishiga (Burxov sindromi) yoki oshqozon kardial qismi shilliq 
qavatining chiziqli yorilishiga olib keladi, bu oshqozondan qon ketishini chaqiradi 
(Mallori-Veyss  sindromi).  Bir  oygacha  bo'lgan  chaqaloqlarda  "favvorasimon" 
qusish  kuzatiladi.  Bu  pilorostenozning  tipik  belgisi  bo'lib,  chuqur  tekshirishga 
ko'rsatma hisoblanadi (oshqozon UTTsi, kontrast moddasi bilan rentgenosko’piya). 
Oshqozon boshlanish joyi stenozida qusiq moddalari hajmi tushgan ovqatdan ko'p, 
chirigan  xidli,  o't  bo'lmaydi.  Megaduodenumda  aksincha,  qusqi  moddasida  o't 
bo´ladi. Pilorospazmda ko'p qusadi, hazm bo'lmagan ovqat miqdori unchalik ko'p 
emas.  Bola  hayotining  birinchi  yilida  qusish  turlari  qayd  qilish,  qorinning 
taranglashisiz, zo'riqishsiz yuzaga keladi.  
Oshqozondan qayd qilish bola xolatiga, emizishdan keyingi vaqtiga va kayd 
qilishning  kuchiga,  bolaning  kayfiyatiga,  ovqat  hazm  bo'lish  xajmi,  darajasiga 
bog'liq  emas.  Aynan  bu  reaksiya  qayd  qilish    va  qusish  o’rtasitdagi  differensial 
tashhisdagi  farq  bo'lib  xizmat  qiladi,  bu  bezovtalik,  tilni  sorish,  yuzning  qizg'ish 
yo’ki oqimtirligi bilan  almashinishiga  bog'liq. qayd  qilish ichak infeksiyalarining 
boshlanish  belgisi  bo'lishi  mumkin,  qayd  qilish  soglom  bolalarda  ham  kuzatiladi. 
qayd  qilish  bolani  sun'iy  ovqatlantirilgandan  keyin  tebratish,  birdaniga  va  tez 
qimirlatish,  epigastral  soxasiga  bosim  berish  natijasida  bolishi  mumkin.Chuqur, 
qar tomonlama tekshirish "kalta"  qizilo'ngach, kardiya axalaziyasini tashxislashga 
yordam beradi. 
Ichakdan  qusish  -  ichak  o'tkazmasligida  (invaginasiya,  buralib  qolish, 
o'smalar  va  boshqalarda)  kuzatiladi.  qusish  ko'p  miqdorda,  tez-tez,  najas  xidi 
(ichak  tarkibi  bilan),  najas  va  gazlar  ushlanib  qolishi  bilan  kechadi.  U  qorinda 
sanchiqsimon og'riqlar bilan xarakterlanadi.  
Qonli qusish  (gematemezis)  - gastroduodenal eroziya  va  yaralarda  ezofagit, 
oshqozon osmasi, yirik tomirlar shikastlanganda, portal gipertenziyada qizilongach 
va  oshqozonning  kengaygan  venalaridan,  gemorragik  diatez,  leykoz,  sepsis, 
oshqozon  shilliq  qavati  kuyishi,  Mallor-Veyss  sindromi,  gemangioma  va 
boshqalarda  yuzaga  keladi.  Qusiq  moddasida  qon  rangi  oshqozondagi  tuz 
kislotaning konsentrasiyasi va uni qon bilan aralashuviga bogliq. Agar qusish qon 
ketish  vaqtida  bo'lmasa,  birmuncha  vaqtdan  keyin    yuzaga  kelsa,  bu  vaqtdan  qon 
oshqozon tarkibi (tuz kislota)  bilan aralashadi, qusuq moddasi tuznordon gematin 
hisobiga kofe quyqasi  rangini oladi.   Nahorda ko'p  qusish  va yarim  tunda  qusish, 
toq-qizil  laxta-laxta,  qizilo'ngach  va  oshqozon  kardial  qismi  venalari  varikoz 
kengayishidan dalolat beradi. Oshqozon-ichak traktiga, o'n ikki barmoqli ichakdan 
pastga tushgan qon oshqozonda kam hollarda soriladi.  qusiq 
moddasida 
qon 
izlari  ona  ko'kragida  yoriq  bo'lsa,  bola  emganda  yoki  burundan,  burun-tomoq 
yuqori qismidan qon ketganda bolishi mumkin. Najasni bir martalik   qora rangda 

 
87 
bo'lishi  uchun  60  ml  qon  zarur,  o'tkir  qon  yogotishda,  ko'p  qon  miqdori  ajraladi, 
uch  sutka  davomida  melena  ko'rinishida  bo´ladi.  Najas  rangi  normallashgandan 
keyin  yashirin  qonga  test  bir  hafta  va  undan  ko’proq  davrda  ham  musbat  bo'lishi 
mumkin.  Fiziologik  jihatdan  qusish  hazm  sistemasining  himoya  reaksiyasi 
hisoblanadi.  Oshqozonni  sifatsiz  yoki  toksik  moddalardan  tozalaydi.  Shuningdek, 
uzoq, to'xtovsiz qusish, organizmdan suv va  elektrolitlarni yo'qotishga olib keladi, 
buning    natijasida  suvsizlanish  va  alkaloz  bilan  xlorpenik  koma  rivojlanadi, 
surunkali xolatlarda organizm charchaydi (quriydi). 
Regurgitasiya - ovqatning oshqozondan og'iz boshlig'iga qusishsiz 
qaytishidir. Regurgitasiya ko'pincha, gastroezofagal reflyuks, qizilo'ngachning 
mexanik yoki funksional torayishida (axalaziyada) kuzatiladi. 
Ruminasiya  -  bu  yaqinda  yeyilgan  ovqatni  qayta  chikarish,  tuflab  tashlash 
yo’ki qaytadan yutish. Bu sikl ovqat qabul qilingandan keyin bir soat davomida bir 
necha marta davom etishi mumkin va odatda og'izda nordon ta'm paydo bo'lgandan 
keyin  toxtaydi,  bolalar    buni  o'ziga  yogqandek  bajaradi,  pastki  jag'ni  harakatga 
keltirib,  til  bilan  xuddi  chaynayotganga  o'xshab,  bu  akt  yutish  harakati  bilan 
tugallanadi.  Ba'zida  bolalar  barmoqlarini  og'ziga  chuqur  tiqib,  regurgitasiyani 
chaqiradi.  Bu  xolatlar  aqliy  zaif  bolalarda,  bolalar  uyida  tarbiyalanayotganlarda, 
nevropatik  konstitusiyasi  bor  bolalarda,  tarbiyaviy  ishlar  yetarlicha  olib 
borilmaganda kuzatiladi. 
Qayd  qilish  va  qusish  bolalarda  oshqozon-ichak  trakti  funksiyasi 
buzilishining  belgisi  hisoblanadi.  Asosiy  kasallikning  klinik  simptomlari  aniq 
bo'lsa,  qusishning  funksional  sabablari  diagnostikasi  qiyinchilik  tu?dirmaydi. 
Organik genezli qusishni differensial-tashhislash uchun to'g'ri yihilgan anamnez va 
ob'ektiv  tekshirish  bilan  bir  qatorda,  qo'shimcha  maxsus  tekshirish  usullari 
(endosko’piya,  radionuklid  diagnostika,  angiografiya,  kompyuter  tomografiya  va 
boshqalar) talab qilinadi. 
Zarda - qizilongach  yolida, to'shning orqasida issiqlik yo’ki achishishni his 
etish,  va  qizilo'ngachga  oshqozondan  nordon  ovqat  qoldig'ini  o'tishi  bilan 
belgilanadi,  gastroduodenal  reflyuksda,  ezofagitda  kuzatiladi.  Epigastral  sohaga 
bosilganda  zarda  kuchaysa,  bu  kardiya  yetishmovchiligi  va    qizilongachning 
qizilongach teshigi churrasida bo´ladi. 
Kekirish - qizilongach yo’ki oshqozondan gazning og'iz boshlig'iga ajralishi, 
ba'zida  oshqozon  tarkibining  unchalik  ko’p  bolmagan  miqdori  bilan  kekirish 
intragastral  bosim  natijasida  kardial  sfinkter  yetishmovchiligida  yuzaga  keladi. 
Kekirish  ezofagitda  va  gastroduodenal  patologiyada  (diafragma  qizilo'ngach 
teshigi  churrasi,  kardiya  yetishmovchiligi,  ezofagit,  gastroduodenitda)  yuzaga 
keladi. Bolada bir yoshgacha kardial sfinkterning yaxshi rivojlanmaganligi sababli, 
ko'pincha  havo  bilan  kekirish  (aerofagiya)  kuzatiladi,  bu  emizishning  buzilishi 
(galaktoreya, ko'krakda keng yoriq va boshqalar) bilan belgilanadi. 
Meteorizm va flatulensiya. Ma'lumki sog'lom odamlarning ovqat hazm qilish 
trakti orqali qar sutkada gaz miqdori otadi va bu tabiiy jarayon deb qabul qilinadi. 
Ko'p  miqdorda  gaz  to'planishi  aerofagiya  bilan  chaqirilgan  bo'lishi  mumkin, 
disbakteriozda  ichakda  ko'p  miqdorda  gaz  hosil  bo'lishi  bilan  (uglevodlar  qabul 
qilish, karam, dukkaklilar, ichakda gaz sorilishining buzilishi, yurak kasalliklarida, 

 
88 
jigar sirrozida, to'liq yoki notoliq ichak tutilishida) kuzatiladi. Ko'pgina mualliflar 
fikriga  ko'ra,  qorinning  funksional  dam  bo'lishi  va  og'riq,  ichak  harakat 
aktivligining buzilishi bilan bog'liq, bemor ichagidagi gaz, sog'lom odam ichagida 
to'plangan  gaz  xajmidagidek  bolsa    ham  og'riq  sezadi.  Sog'lom  odamda  ovqat 
hazm bo'lganda 15 xil gaz hosil bo´ladi, uning   ko’p qismi ichak shilliq qavatida 
so'riladi, 2 litr  atrofidagisi tashqariga chiqariladi. Normada asosiy gazlarni  yo'g'on 
ichakda  hosil  bo´ladigan  uglevodorod  gazi  va  vodorod,  qo'shimcha  unchalik  ko'p 
bo'lmagan    yiringli  gazlar,  ichakda  ajralayotgan  gazga  xarakterli  xid  beradi. 
Ingichka  ichak  yuqori  qismida  SO2  hosil  bo´ladi,  oshqozondan  NSE  yo’ki  ovqat 
bilan  yog  kislotalari  bikarbonat  bilan  neytrallashtiradi.  20  dan  60%  gacha  gaz 
(ichakda  joylashadi)  yutayotgan  havo  qismiga  to'g'ri  keladi.  Xromatografik 
tekshiruvda azot va kislorod topilishi, ular manbaini ichakda  bo'lishi yutilgan havo 
orqali tushishi bilan tushuntiriladi. Ichakda yuqori gaz hosil bo'lishi, ma'lum ozuqa 
mahsulotlarini  ishlatishga  bog´liq,  jumladan,  karam,  donlilar,  qora  non,  uglevod 
sorilishi  buzilganda  (laktoza,  saxaroza),  ingichka  ichakda  patologik  bakterial 
kolonizasiya yoki lamblia intestinalis bilan infisirlanishga olib keladi.  
Flatulensiya (gazlar ajralishi) ich qotishda kuzatiladi, yiringli fermentasiya 
bilan  kechadi.  Ko'pincha  gazlar  defekasiya  vaqtida  chiqadi.  Yogon  ichakda  katta 
miqdorda  gaz  to'planishi,  gaz  ajralishiga  sabab  bo´ladi.  Meteorizmni  davosi 
diskomfortni  yengillashtirishga  qaratilgan,  maqsadi  aerofagiyani  pasaytirish, 
ichakda  gaz  hosil  bo'lishini  kuchaytiradigan  ozuqa  mahsulotlarini  ishlatishni 
chegaralash kerak. 
Najas  o'zgarishi.  Bolalarda  eng  ko’p  uchraydigan  shikoyatlardan  biri  najas 
o’zgarishidir. 1,5-2 yoshda sog'lom bolalarda najas konsistensiyasi tashqi va ichki 
anal  sfinkterlar    va    puborektal  ilmoqlar  hisobiga  ta'minlanadi.  Najasni  ushlab 
turmaslik,  defekasiya  refleksining  bolmasligi,  bu  refleks  bilan  boshqarishni 
boshqara  olmaslikka  aytiladi.  Defekasiya  aktida  orqa  miyaning  bel  va  dumg’aza 
qismida joylashgan markazlar  qatnashadi. Bundan tashqari defekasiya aktida bosh 
miya  po'stloп'i  qatnashadi.  Uzunchoq  miya  IV  qorincha  tubi  sohasida  qusish  va 
nafas  markazlarida  ham  defekasiya  markazi  joylashadi.  Markazlar  yaqinligi 
nafasning  kuchayishi  va  qusish  refleksi  pasayishi  bilan  tushuntiriladi,  anal 
sfinkterlar  tortilishi  va  nafas  to’xtaganda  boshqarilmagan  defekasiya  yuz  beradi. 
Yana bir markaz varoliev ko’prigi (bosh miya ko'prigi) sohasida joylashgan. Turli 
xil ruhiy ta'sirlar natijasida ich kelishining susayishi mumkin.  
Defekasiya  -  reflektor  akt,  o'z  navbatida  organ  va  tizimlarga  bir  qator 
reflektor  ta'sir  ko'rsatadi.  Yurak  qon  -  tomir  tizimiga  reflektor  ta'siri  natijasida, 
maksimal arterial bosim 40-60 mm.sim.ust, minimal - 10-20 mm. sim.ust., puls bir 
minutda  20  martaga  kuchayadi.  Defekasiya  refleksi  to'g'ri  ichak  reseptorlarining 
ta'sirida  kozg'alishi  mumkin,  uni  najas  massasi  bilan  to'lganda  va  bosimni  40-50 
mm.sim.ust. 
oshishi 
kuzatiladi. 
Supraspinal 
markazlar 
bu 
jarayonni 
progressivlashtiradi, togri va sigmasimon ichak  to'g'ri ichakda bosimni kotaradi va 
rektosigmal burchakni silliqlashtiradi. Ichki va tashqi anal sfinkterlarning boshashi 
najas  massalarining  evakuasiyasiga  olib  keladi  (ichki  va  tashqi  sfinkterlar 
defekasiyadan tashqari) tonik qisqarish holatida yotadi, najas massalari tushishiga 
olib  keladi.  Bu  jarayonda  qorin  ichi  bosimini  oshishi  Valsalva  qabuli  yo’rdamida 

 
89 
kuchaytirish bilan (220 mm. suv. ust.) tushuntiriladi. Aksincha defekasiya akti tos 
diafragma  ko’ndalang-yo’l-yo’l  mushaklari  qisqarishi  va  tashqi  anal  sfinkteri 
qisqarishi  bilan  tushuntiriladi.  Bu  togri  ichakni  surunkali  tortilishiga,  afferent 
signallarni pasayishiga, tonus susayishi va surunkali ich qotishiga olib keladi. 
Polifekaliya.  Bolalarda  najas  miqdori  yeyilgan  ovqat  va  ichilgan 
suyuqlikdan  2%  ortiq  bo´ladi.  Yosh  o'tgan  sari  najas  miqdori  ko’payadi.  1-3 
yoshda najas miqdori sutkada ortacha - 92,2 g, 4-7 yoshda - 118 g, 8-11 yoshda - 
153  g,  12-14  yoshda  -  157  g  ga  ko’payadi.  Bola  hayotining  birinchi  yoshida 
ekskrementlar miqdori katta yoshdagi bolalar va kattalarga nisbatan katta  bo´ladi. 
Ko'krak  yoshidagi  bolalarda  najasning  sutkalik  miqdori  ko'krak  suti  bilan 
emizilganda, unchalik katta emas, o'rtacha 20-25g, qabul qilingan ovqatning 25%ni 
tashkil  etadi.  Aralash  va  sun'iy    ovqatlantirilganda  najas  massasi  miqdori  aralash 
ovqatlantirishda 60 g, sun'iy ovqatlantirishda - 100 gr.  
Polifekaliya 
malabsorbsiya 
sindromiga 
xarakterlidir. 
Disaxaridaz 
yetishmovchiligida suyuq ko'pikli najas  patologik  aralashmasiz, nordon reaksiyali 
(rN  6  dan  kichik).  Seliakiyada  najas  gomogen,  patologik  aralashmasiz,  och-sariq 
rangda bo´ladi. Bola hayotining birinchi yilida sigir suti oqsilini qabul hilaolmaslik 
kuzatiladi  va    klinikada  atopik  dermatit  va  seliakiyaga  oxshash  sindrom  bilan 
yuzaga  chiqadi.  Surunkali  pankreatitda  polifekaliya  va  najas  buzilishi  fermentlar 
yetishmovchiligi  natijasida  bo'shliq  va  membrana  oziqlanishi  topografiyasi 
buzilishiga bog'liq bo´ladi.  
Neyropatik ich ketishi - ruhiy zoriqishda regulyar ich ketish (qo'rquv, stress, 
ota-onaning  uydan  ketishi  va  boshqalar),  ko’p  hollarda  anamnez  shunday 
holatlarga oilaviy moyillik borligidan guvoh beradi. Uxlatuvchi va xolinoblokator 
dorilarni ijobiy ta'siri tashqisni tasdiklaydi.   
Ich  qotish  -  uzoq  vaqt  ichak  boshashining  tutilishi  (48-soatdan  ko'p), 
defekasiya  aktining  qiyinlashuvi,  shuningdek  kam  miqdorda  (sutkada  100  grdan 
kam)  najas  kelishi  yoki  najasni  yuqori  qattiqligi,  bemor  ichagini  to'liq 
boshamaganligi hissini sezadi. Ich qotish organik va funksional xarakterda bo´ladi.  
Eng ko'p uchraydigan sabablari: 
1)  ovqatlanishdagi  nuqsonlar,  yetarli  ovqatlanmaslik,  bir  xil  sutli  ozuqalarni 
iste'mol qilish;  
2)  ichak  rivojlanishining  anatomik  nuqsonlari  (dolixosigma, Girshprung kasalligi, 
megakolon,  anorektal  zonaning  tug'ma  rivojlanish  nuqsonlari  (togri  ichak 
atreziyasi, ichak tug'ma stenozi va boshqalar).  
3) ichakning atonik xolati
4) orqa teshik va to’g’ri ichak yorig'i va tirnalishida reflektor ich qotishlar
 
Bolalarda  ko'p  hollarda  alimentar  ich  qotishi  kuzatiladi,  ishtahasi  yomon 
bo’lganda, kam miqdorda ovqat yeganda kuzatiladi, kletchatkaga boy bolmagan  
mahsulotlarni  ishlatish  (asosan  ona  sutida  yog’  ko’p  bo´ladi),  ovqatda  oqsil  va 
hayvon  yog'i  miqdori  yuqoriligi,  hamda  vitaminlar,  kalsiy  tuzlari  kam  (etarsiz) 
bolishida  ich  qotish  kuzatiladi.  Bola  tug'ilgandan  keyin  bir  necha  kungacha  ichi 
kelmasa,  ichak  tug'ma  nuqsonlari  haqida  oylash  kerak  (megakolon,  Girshprung 
kasalligi,  megasigma).  Ko´krak  yoshidagi  bolalarda  yuqorida  keltirilgan 

 
90 
kasalliklardan tashqari gipotireoz, giperparatireoz, tubulopatiya, gipervitaminoz D, 
gipokaliemiya, parxez   buzilishi va boshqalar kuzatiladi. 
 
Katta  yoshdagi  bolalarda  ich  qotish  gipotireozda,  kolitlarda,  dolixokolon, 
megakolonda  bo´ladi.  Ich    qotishga  mexaniq  to’siqlik,  dorilar  qabul  qilish 
(atropinga o'xshash, katexolamin), feoxromositoma, alimentar sabablar olib keladi. 
Funksional  ich  qotishlar  orasida  spastik  yoki  gipokinetik  ich  qotishlar 
(yo’g’on  ichakdan  najas  passajining  funksional  buzilishi  ko’zda  tutilgan)  ko’p 
uchraydi.  Gipermotor  diskineziyaga  parazitar  gijjalar  va  lyambliyalar,  ichak 
disbakteriozi  olib  keladi.  Gipermotor  diskineziyada  najas  -  qattiq,  alohida  
bo’lakchalardan tashkil topgan bo´ladi, bolalar qorindagi ogriqga shikoyat  qiladi. 
Gipomotor  turdagi  diskinetik  ich  qotish  astenik  tana  tuzilishidagi  bolalarda,  tana 
vazni  tanhisligi  bor  bolalarda  kuzatiladi,  ularda  gastro-  va  enteroptoz  aniqlanadi, 
shuningdek  mushak  gipotoniyasi  xarakterli  bo'lgan  kasalliklarda:    mushak 
gipotoniyasi;  Daun  kasalligi,  miopatiya;    sklerodermiya,  miksedema,  gipotireoz, 
raxit va boshqalarda kuzatiladi.  
Gipomotor diskineziyada najas massasi diametri kattalashadi (najas massasi 
kuchsiz  chozilgan  ichakni  to'ldiradi),  qorinda    kuchli,  sanchuvchi  og'riq  paydo 
bo´ladi.  Bolalarda  surunkali  ich  qotishda  chirish  mahsulotlarini  ichakda  sorilishi 
hisobiga ozini yomon his qiladi: tez charchash, bosh og'rishi, ishtaha pastligi, uyqu 
buzilishi  kuzatiladi.Shartli  reflektor  ich  qotishi  -  bolada  odatiy  turmush  tarzi 
ozgarganda,  defekasiya  vaqti  ozgarganda  kuzatiladi,  ya'ni  boqchaga,  maktabga 
qatnashishda. Psixogen ich qotish yuzaga kelishida uzoq va tez-tez stress holatlar, 
oilada,  maktabda,  gipodinamiya  bilan  bir  vaqtda  emosional  va  aqliy  zoriqish 
muhim rol oynaydi.  
 
Nevrotik  ich  qotishga  olib  keluvchi  psixogen  omillar  ichak  falaji  yo’ki 
spazmi  klinikasini  beradi.  Ich  qotishi  vissero-visseral  refleks  tarzida  hazm  qilish 
kasalliklari,  siydik  tizimi,  bosh  miya  va  orqa  miya  zararlanishi,  ruhiy  kasalliklar 
natijasida ham yuzaga keladi.  
Najasni  otkir  tutilishida  mexanik  yoki  paralitik  ichak  tutilishiga  gumon 
qilish  kerak.  Ich  qotishi  tashqisi  anamnez  ma'lumotiga  (qorinda  ogriq,  ishtaha 
pastligi, bir  necha  kun  najas ushlanishi,  qattiq  najas  chiqishi, dori  qabul qilish  va 
boshqalar),  anus  va  togri  ichakni  barmoq  bilan  tekshirish,  kolonosko’piya, 
irrigosko’piyaga asoslanadi. 
Najasni tutaolmaslik (enko’prez) - defekasiyaning funksional buzilishi, togri 
ichak  funksiyasi  buzilishi  va  orka  sfinkterning    tashqi  yoki  ichki  buzilishi, 
ixtiyorsiz  defekasiya  bilan  yuzaga  chiqadi.  Enko’prezga  olib  keladigan    sabablar 
turli xil. Najasni tutaolmaslik orttirilgan va tug'ma shaklda bo´ladi.  
Enko’prezning  tug'ma  shakli  orqa  miya  churrasida,  o'smalarda,  anal  teshik 
ektopiyasida, qorin - oraliq proktoplastikasida.  
Enkoprezning  orttirilgan  shakli  (funksional  enko’prez)  neyrogen  va  sensor, 
psixogen  (funksional  megakolon),  mushak  yo’ki  motor  (tos  cuyagi  sinishi, 
yaralarda,  nekrotik  paraproktit  va  boshqalar)  sabablarda  bo´ladi.  Bunda  tashqi  va 
ichki  anal  sfinkterlar  puborektal  mushaklar,  tashqi  va  ichki  sfinkterlar 
koordinasiyasi  buzilishi,  barcha  sfinkterlar  yogligi  yo’ki  zararlanishi  kuzatiladi. 
Bolalarda  chin  funksional  enko’prezning (kunduzgi, tungi, aralash shakli)  bo'lishi 

 
91 
mumkin,  to'g'ri  ichak  sfinkter  apparati  faoliyati  buzilishi,  yashirin  yo’ki  aniq 
ta'sirlarda,  bir  marotabalik  yo’ki  uzoq  ta'sir  hiluvchi  ruhiy  effektlar  ta'sirida 
bo´ladi,  yolg'on,  opstinasion  (najasni,  paradoksal  ushlab  tura  olmaslik),  yo'g'on 
ichak  distal  qismlari  tolaligi  va  to'g'ri  ichak  reseptorlari  sezuvchanligi  pasayishi 
natijasida,  yogon ichakda surunkali dimlanish yuzaga keladi. 
Funksional  enko’prezning  birinchi  sabablaridan  biri  turli  xil  sabablar  bilan 
chaqirilgan vaqtinchalik ich qotishdir. Vaqtinchalik ich qotish yirik fekaloma hosil 
bolishiga  olib  keladi,  to'g'ri  ichakni  ikkilamchi    kengayishi,  defekasiya  aktiga 
bo'lgan  talabni  yo'qligi  bilan  xarakterlanadi.  Ich  ketish  ustunlik  qiladi,  ichki 
sfinkter,  puborektal  ilgak  bilan  birga  anal  kanal  yuqori  qismi  kengayadi.  Suyuq 
najas,  fekalomadan  oqib,  sfinkter  apparati  bilan  boshqarilmaydi,  natijada  najasni 
ushlab turaolmaslik yuzaga keladi. 
Najasni tutib tura olmaslik  sabablarga bog'liq bo'lmagan holda, bir xil tipda 
klinik  namoyon  bo´ladi:  quruq  va  ozoda  bola  to'satdan  ko’p  yo’ki  kam  miqdorda 
najas  massasini  yo'qotadi.  Bu  holatlar  o'tkir  vujudga  kelishi  mumkin,  tez 
rivojlanadi  va  qisqa  vaqtda  sog'ayish  bilan  tugaydi  yoki  sekin  rivojlanadi  va 
kuchayib  boradi.  Bola  qar  kuni  va  doimo  joyini  bulg'alaydi,  undan  yoqimsiz  xid 
keladi.  Najasni  o'tkir  tutaolmaslik  o'tkir  ichak  yallig'lanishi,  og'ir  kasalliklarda 
xushni  yo'qotish  bilan,  epileptik  tutqanoqda,  qo'rquv  va  kuchli  vahimada 
kuzatiladi. Enko’prezni diagnostika  qilishda  anamnez  ma'lumotlari, ko'ruv  (tashqi 
yol  teshigi  o'lchami  aniqlanadi,  uning  shakli,  anal  oldi  va  dumba  sohalaridagi 
o'zgarishlar), anus va tog'ri ichakni tekshirish (anal refleksi, anal sfinkteri tonusi va 
erkin  qisqarishi),  rektoromanosko’piya,  sfinkterometriya  (anal  jomi  kuchi 
baholanadi), elektromiografiya  (mushak, to’qima va uning innervasiyasi, mushak 
qisqarishi),  dilatometriya  (anal  kolsosi    tortilishi),  rentgenologik  tekshirish 
(umurtqa poqona, tos cuyagi shikastlanishini bartaraf etish) o’tkaziladi. 
Ich  ketish,  diareya  -  ichakni  tezlashgan  boshashishi,  tarqoq,  ba'zida  ko’p 
najas  ajralishi  bilan  xarakterlanadi.  Sababi,  hazm  bo'lish  jarayonining  buzilishi, 
sorilish  va  asosiy  nutrientlar  transporti  buzilishi  hisoblanadi.  Diareyaning  to'rtta 
turi ajratiladi: osmotik, sekretor, motor va ekssudativ. 
Osmotik  diareya  turiga  ichak  bo'shlig'ida  osmotik  bosimning  ko'tarilishi 
xarakterlidir.  Uglevodlar  hazm  bo'lishi  va  sorilishining  buzilishi  kuzatiladi 
(disaxarid yetishmovchiligi: laktoza va saxaroza yetishmovchiligi; seliakiya - oqsil 
gliadin  yetishmasligi,  sigir  suti  oqsilini  kotaraolmaslik),  shuningdek  ichakda 
yuqori osmotik aktiv moddalarning   ko'p kelishi bilan xarakterlanadi. Ichak shilliq 
qavati suv va elektrolitlar uchun erkin o'tkazuvchi  hisoblanadi, plazma va ingichka 
ichak  o'rtasidagi  tenglik  kuzatiladi,  chunki  yo'g'on  ichakda  natriy  faol  ushlanadi, 
osmotik diareyada kaliyni yo'qotish natriyni yo'qotishga nisbatan yuqori. 
Ekssudativ  diareya  –  yo’g’on  ichak  yallig'lanish  kasalliklariga  xarakterli, 
divertikulez,  invaziv  infeksiyalar  (dizenteriya,  salmonellez  va  boshqalar), 
ekkssudativ  enteropatiyaga  (ichak  limfangiektaziyasi)  tegishli.  Ko'p  hollarda 
invaziv  diareyada  yogon  ichak  shilliq  qavatida  qo'zg'atuvchi  ko’payishi  yuzaga 
keladi, yallig'lanish yuz beradi va najasda qon, shilliq paydo bo´ladi. O’z-oz’idan u 
ingichka  ichakda  hazm  bo'lish  va  sorilishning  buzilishi  rivojlanishiga  olib 

 
92 
kelmaydi,  ekssudativ  yallig'lanishda  ko’p  oqsil  miqdori  yo’qoladii  va 
gipoproteinemiya rivojlanadi.  
Diareyaning  motor  komponenti  malabsorbsiya  sindromi  hamma  xolatlarida 
kuzatiladi,  u  ichakda  hazm  bo'lishning  kuchayishi  bilan  bog'liq,  osmo  -  va 
baroreseptorlarni  ichakda  o'zgarishi,  gormonal  moddalarni  aktiv  sintezi, 
motorikani kuchayishi  (metionin, serotonin va boshqalar) hisobiga yuz beradi. Bir 
qator holatlarda hazm bo'lishni pasayishi va ichak stazi kuzatiladi, bu disbakterioz 
rivojlanishiga  va  diareyani  boshqa  mexanizmlari  qo'sqilishiga  olib  keladi.  Bu 
kartina  yo'g'on  ichak  yallig'lanishi  kasalliklarida  (yarali  kolit,  Kron  kasalligi, 
yo’g’on ichak divertikulezi) kuzatiladi. 
Gastrointestinal  qon  ketishi.  Erta  va  katta  yoshdagi  bolalarda  oshqozon-
ichak traktidan qon ketishi ko'p uchraydi va hayot uchun xavfli hisoblanadi. Najas 
xarakteriga  ko’ra  qon  ketish  manbaini  aniqlash  mumkin.  Agar  qon  ketish 
oshqozon-ichak    trakti  yuqori  qismida  joylashsa,  qizilo'ngach,  oshqozon,  o'n  ikki 
barmoqli ichak va ingichka ichakdan  qon  ketsa, bemorda  melena kuzatiladi  (qora 
gomogen  najas),  qondagi  gemoglobin  oshqozon  shirasi,  ichak  florasi  ta'sirida 
o’zgarishi  hisobiga  yuz  beradi.  Bu  ko’pincha  qizilongach  venalarini  varikoz 
kengayishida, oshqozon va o'n ikki barmoq  ichak yara kasalliklarida, medikament 
genezli  otkir  yara  kasalliklarida,  gemorragik  gastritlarda  kuzatiladi.  Yo’nbosh 
ichak  terminal  qismida  va  yo'g'on  ichakdan  qon  ketishida  najasda  qon  rangi  kam 
o'zgaradi.  
Anal  teshigidan  toza  qon  ajralishi  ko'proq  qon  ketish  manbaini  yogon 
ichakda  joylashganidan    guvoqlik  beradi.  Bu  asosan,  yo'g'on  ichak  yoki  to'g'ri 
ichak  polipi  (ichak  polipozi  sindromlari:  Peytsa-Egersa,  Gardner),  to'g'ri  ichak 
shilliq  qavati  yorug'i,  gemorroy,  Mekkel  divertikul  yarasi,  yarali  kolit,  Kron 
kasalligi,  ichak  gemangiomasida  kuzatiladi.  Oshqozon-ichakdan  qon  ketishini 
50%ni togri ichakdan qon ketish tashkil qiladi. Orqa teshik yorugida qon och-qizil 
rangda,  najasdan  alohida  aniqlanadi.  Erta  yoshdagi  bolalarda    invaginasiyada 
najasda "maymunjon rangi"  ko’rinishida qon aniqlanadi. Suyuq najas qon aralash 
- dizenteriya belgisini bildiradi. 
Chaqaloqlarda  birinchi  kunlarda  qora  rang  najas  differensial  tashqisi 
qiyinroq  bo´ladi,  chunki  mekoniy  yashil-qora  rangda  bo´ladi.  Lekin  qon 
aralashmasiz mekoniy yo'rgakka yashil rang beradi, qon bilan birga mekoniy qizil 
rang  beradi.  Bolalarda  najasda  yashirin  qon  manbaini    qidirish  uchun  birinchi 
orinda og´iz boshlig´i va burunni ko’rish kerak. Najasni qora rangda bolishi temir, 
vismut,  gemagen,  karbolen  dori  vositalari  yo’ki  aniq  maxsulotlar  (jigar,  gilos  va 
boshqalar)  iste'mol  qilish  bilan  bog’liq.  Tashqis  anamnez  ma'lumotlariga  asosan, 
ezofagogastroduodenoskopiya, kolonosko’piya, skanir usuli, angiografiya o'tkazish 
bilan  qo’yiladi.  Najasda  yashirin  qonni  benzidin  va  ortotoulidin  sinamalari  bilan 
aniqlanadi. Musbat sinama oshqozon-ichak traktidan qon ketganda, tarkibida temir 
saqlovchi  dorilar  qabul  qilinganda,  ovqat  tayyo’rlashda  gosht  ishlatilgandi 
kuzatiladi,  shuning  uchun,  najasni  yashirin  qonga  tekshirishdan  3-kun  oldin 
rasiondan go´sht mahsulotlarini olib tashlash kerak, tishlarni tozalamaslik zarur. 
 

 
93 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin