Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


SUYAK-MUShAK   TIZIMINING  ANATOMO-FIZIOLOGIK



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

SUYAK-MUShAK   TIZIMINING  ANATOMO-FIZIOLOGIK 
XUSUSIYATLARI VA   SHIKASTLANISH SEMIOTIKASI 
 
Bola tug'ilganda naysimon suyaklar diafizi  suyak to'qimasidan iborat, lekin 
epifizlar,  hamma    g'ovak    suyaklar  va  oyog  suyaklarining  bir  qismi  toqay 
toqimadan  iborat  bo´ladi.  Bola  tug'ilgandan  keyin  faqat  son  va  katta  boldir 
epifizlarida    suyaklanish   nuqtalari aniqlanadi.  Epifizlarda suyaklanish nuqtalari 
paydo  bo'lguncha  naysimon  suyaklarning  bo'yiga  o'sishi  suyaklarning  tugash  
qismini  hosil  hiluvchi  o'suvchi  va  tog'ay  to'qimalarning  rivojlanishi  hisobiga 
kuzatiladi.  Suyaklanish  nuqtalari  paydo  bo'lgandan  so'ng,  o'sish  o'suvchi  tog'ay 
to'qimalar,  qisman  suyaklangan  epifiz  va  metafiz  o’rtasitda,  metaepifizar  zonada 
rivojlanish  hisobiga  yuz  beradi.  Bola  hayotining  birinchi  oyi    va    yilida      suyak  
skeleti  intensiv  o'sishi   bilan birgalikda suyak to'qimasi tizimi ko'p martalik qayta 
tiklanishi,  dag'al  tog'ayli  tuzilishdan  ikkilamchi  gaversov  strukturasidagi 
plastinkali  suyakkacha  o'zgaradi.  Suyaklar  qattiqligi  tog'ay  to'qimaning  osteoid 

 
53 
bilan almashinuvi va mineralizasiya darajasiga  bog’liq. Metafiz va epifizlarni qon 
bilan  ta'minlanishi  metafizar  va  epifizar  arteriyalar  bilan  amalga  oshiriladi, 
gematogen osteomielitning tez rivojlanishiga olib keladi. 
Bolalar skeletining o'ziga xos  xususiyati shundan iboratki, suyak pardasi bir 
muncha qalin va funksional jixatdan aktivligi yuqori, shu sababli, suyak to'qimalari 
ko'ndalang  o'sishida  yangilanish  jarayonlari  bilan  xarakterlanadi.  Bolalarda  suyak 
tizimining anatomik-xususiyatlari: 

 
tug'ilgandan keyin naysimon suyaklar diafizi suyak to'qimasidan iborat; 

 
 ko'pgina epifizlar, kaft suyaklari tog'ay to'qimadan tuzilgan;  

 
naysimon  suyaklarni  bo'yiga  o'sishi  epifizlarda  suyaklanish  nuqtasi  paydo 
bo'lguncha o'suvchi tog'ay to'qimalar hisobiga olib boriladi;  

 
hayotining  birinchi  oyi  va  yillarida  suyak  to'qimasi  tizimi  qayta  tiklanishi 
dag'al  tolali  tuzilishdan  plastinkaligacha  ikkilamchi  gaversov  tuzilishlari  bilan 
boradi;  

 
suyak to'qimasi tashqi muhit ta'siriga, asosan ovqatlanishni buzilishiga, bolani 
harakat rejimiga, mushak tonusi holati va boshqalarga juda sezilarli bo´ladi; 

 
osteogenez  intensivligi  va  qayta  modellashtirish  erta      yoshdagi    bolalarda 
suyak to'qimasi zichligi va qattiqligi  pasayishi bilan boradi 

 
suv miqdori ko'p;    

 
suyak to'qimasi qon bilan intensiv ta'minlangan; 

 
suyak  usti  pardasi  qalin  va  suyakning  ko'ndalang  o'sishi  funksional  aktivlik 
hisobiga yuz beradi; 

 
suyak  ichi  bo'shliqlari  hajmi  nisbatan  katta  emas  va  yoshi  katta  bo'lishi  sari 
shakllanadi; 
 suyak chiqib turgan joylari mushaklar funksiyasi boshlangandan keyin shakllanadi 
va tortiladi;  

 
  suyak  to'qimasi  tashqi  tuzilishi  va  differensirovkasi  12  yoshga  kelib,  katta 
odamlar suyak xarakteristikasiga yaqinlashadi. 
 
Mushak to'qimasining  anatomo-fiziologik xususiyatlari 
Bolalarda  kattalardan  farqli  ravishda  mushak  vazni  tana  vazniga  nisbatan 
kichik. 
Chaqaloqlarda 
bukuvchi 
mushaklar 
tonusning 
yuqoriligi 
bilan 
xarakterlanadi.  Mushak  tolalari  rivojlanishi  bilan  parallel    ravishda  mushaklar 
biriktiruvchi 
to'qimasi 
karkasi 
shakllanadi, 
8-10 
yoshda 
qoshimcha 
differensiyasiga yetadi. Chaqaloqlarda uyqu vaqtida mushaklar boshashadi. Skelet 
mushaklarining  doimiy  aktivligi  bir  tomondan  ularning  qisqaruvchi  termogenez 
reaksiyalarida  ishtirok  etishi,  boshqa  tomondan  esa,  bu  aktivlik  va  mushaklar 
tonusining osuvchi organizmning anabolik jarayonlarida ishtiroki bilan aniqlanadi. 
Bolalarda  mushaklarning  rivojlanishi  bir xilda  bormaydi. Birinchi  navbatda  yelka 
yirik  mushagi,  yelka  oldi  mushagi  rivojlanadi,  keyinroq  qo'l  kafti  mushaklari 
rivojlanadi.  6  yoshgacha  bolalar  barmoqlari  bilan  yengil    ishlarni  bajara 
olmaydilar. 6-7 yoshdan boshlab, bolalarni asta-sekin yozishga o'rgatish  mumkin. 
8-9  yoshdagi  bolalarda  boylamlar  zichlashadi,  mushak  rivojlanishi  kuchayadi, 
mushak  hajmi  ko’payishi  aniqlanadi.  Jinsiy  shakllanish  davri  oxirida  faqat  qo'l 

 
54 
mushaklari  emas,  orqa,  yelka,  oyoq  mushaklari  o'sa  boshlaydi.  15  yoshdan  keyin 
kichik mushaklar intensiv rivojlanadi, mayda harakatlar koordinasiyasi va aniqligi 
shakllanadi. 
 
Suyak va mushak tizimining shikastlanish semiotikasi. Tekshirish usullari 
 
Bolalarda    suyak  tizimi  shikastlanishi  tug'ma  va  orttirilgan  bo´ladi.  Tug'ma 
nuqsonlarda  son  suyagining  tug'ma  chiqishi,  skelet  ba'zi  qismlarining  tug'ma 
nuqsonlari,  ikkinchi  o'rinda  skelet  tug'ma  displaziyasi  turadi.  Ular  xondro-  va 
osteodisplaziyaga  bo'linadi  va  skeletning  turli  xil  deformatsiyasi  bilan  kechadi, 
bolaning  o'sish  jarayonida  yuzaga  keladi.  Erta    yoshdagi    bolalarda  orttirilgan 
suyak kasalliklaridan raxit ko’p uchraydi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarning 
yoysimon  qiyshiqligi,  oyoqlarning  O  va  X-simon  qiyshiqligi,  shuningdek  raxitik 
gidrosefaliya uchraydi. Orttirilgan suyak kasalliklaridan ba'zida osteomielit uchrab  
turadi.  Maktab  yoshidagi  bolalarda  suyak  to'qimasining  jarohatlanishi  ko'p 
kuzatiladi. Suyak sinishlari. Suyak tizimini ob'ektiv tekshirish ko'rik, palpatsiya va 
o'lchash bilan o'tkaziladi. 
 
Ko'rikni  yotgan,  o'tirgan  va  tik  turgan  holatda,  qo'llari  erkin  tushgan  holda 
o'tkazish  kerak.  Keyin  boladan  yotish,  otirish,  qo'l-oyoglarini  bukish,  ochish  va 
boshqalar  talab  qilinadi.  Kichik  yoshdagi  bolalarda    suyak  -  boqim  tizimini 
baholash  uchun  bola  oynayotgan  vaqtda  uni  kuzatish  kerak.  Old  tomondan  korik 
bosh, boyin, ko'krak qafasining shakli, xolati va proporsiyasini aniqlashga yordam 
beradi.  Orqa  tomondan  ko'rikda  kurak,  umurtqa  pog'onasi,  oyoq-qo'l  bo'g'imlari 
burchaklari bukilishi va yozilishiga e'tibor beriladi. 
 
Suyak  tizimi  quyidagi  ketma-ketlik  tartibida  tekshiriladi:  bosh,  umurtqa 
pog'ona,  ko'krak  qafasi,  oyog  va  qo'llar.  Bosh  ko'rigida  uning  olchami  va  shakli 
aniqlanadi,  bosh  aylanasi  o'lchanadi.  Normada  bosh  aylana  shaklida  bo´ladi. 
Paypaslash  bilan  liqildoq,  choklarning  holati,  suyaklarning  zichligi  aniqlanadi. 
Paypaslash  ikkala  qo'l  bilan  o'tkaziladi,  bosh  barmoq  peshonaga,  kaft,  chakka 
soxasiga,  o'rta    va  ko'rsatgich  barmoqlar  bilan  tepa  suyaklar  tekshiriladi,  ensa 
sohasi, choklar va kichik liqildoq ham tekshiriladi. 
 
Katta  liqildoq  peshona  va  tepa  suyaklar  o'rtasida  joylashgan,  to'g'ri  romb 
shaklida  bo´ladi.  Kichik  liqildoq  ensa  va  tepa  suyaklar  o'rtasida  joylashgan. 
Tug'ilgandan  keyin  ko’pgina  chaqaloqlarda  kichik  liqildoq  yopiq,  25%  bolalarda 
esa  4-8  haftada  yopiladi.  Yetuk  tugilgan  bolalarda  yon  lihildoqlar  yopiq  bo´ladi.  
Chaqaloqlarda  o'qsimon,  ensa  choklari  ochiq  va  3-4  oylikda  yopiladi.  Katta 
liqildoqni  paypaslab,  liqildoq  o'lchami  aniqlanadi,  liqildoqning  ikkita  qarama  - 
qarshi  tomonlaridagi  masofasi  o'lchanadi,  diagonali  bo'yicha  o'lchanmaydi. 
Tug'ilganda  katta  likildoq  o'lchami  2,5x2,5  sm  yo’ki  3,0x3,0  smga  teng,  1-1,5 
yoshda  katta  liqildoq  yopiladi  (normada).  Oxirgi    yillarda,  uning  9-10  oylarda 
yopilishi  kuzatilmoqda.  Boshni  ko'rish  vaqtida  kallaning  miya  va  yuz  qismi 
taqqoslanadi,  ularning  taqqoslanishi  bolaning  biologik  shakllanishini  belgilaydi. 
Miya va yuz qismini taqqoslash erta yoshdagi bolalarda 2:1, kattalarda 1:2 ga teng. 
Ko'krak qafasini ko'rganda uning shakli baholanadi. Chaqaloqlarda ko'krak qafasi 
shakli    bochkasimon,  ya'ni  old-orqa  o'lchami  ko'ndalangiga  teng.  Ko'krak  qafasi 
keng  va  kalta.  Maksimal  nafas  olish  holatini  egallaydi,  qovurg'alar  gorizontal 

 
55 
joylashgan.  Erta  yoshdagi  bolalarda  silindrik,  7-8  yoshdan  keyin  epigastral 
burchak  o'lchamini  aniqlash  uchun  quyidagi  usul  qollaniladi:  ikkala  qo'l  kafti 
qirrasi (qovurg'asi) bilan to'sh va qovurg'alar yoyi o’rtasitda hosil bolgan burchak 
tomonga    yo'naltiriladi,  15-  yoshda  -  ko´krak  qafasi  ko'ndalang  diametri 
kattalashadi. 
 
Mushak  tizimini  tekshirishda  mushak  vazni  yoki  rivojlanish  darajasi 
aniqlanadi.  Tonusi,  kuchi,  shuningdek  hajmi  va  harakat  xarakteri  baholanadi. 
Mushaklarning  og'irligi,  mushaklarni    ko'rish  va  paypaslash  bilan  aniqlanadi, 
bolaning  tanasi  va  oxirlari  xolatiga    qarab,  mushaklar  tonusi  vizual  baholanadi. 
Sog'lom  chaqaloqlarning  qo'llari  tirsakka  bukilgan,  tizza  va  son  qorniga  tortilgan 
bo´ladi.  Mushaklar  tonusi  palpator  aniqlanadi,  navbat  bilan  turli  xil  muskul 
guruxlari palpatsiya qilinadi, oxirlar sekin bukiladi va yoziladi. Ko'krak  yoshidagi 
bolalarda  yuqori  oxirlar  muskul  tonusi  traksiya  sinamasi  yordamida  tekshiriladi. 
Orqasi  bilan  yotgan  bola  kaftidan  ushlanib  va  sekin  o'ziga  tortiladi,  uni  o'tirgan 
holatga  keltirishga  harakat  qilinadi.  Bola  oldin  qo'llarini  ochadi,  keyin  xuddi 
shifokorga    yordam  bergandek    butun  tanasi  bilan  tortiladi.  Ko'krak  yoshidagi 
bolalarda  mushak  kuchi  o'yinchoqni  olib  qo'yish  bilan  aniqlanadi,  katta    yoshda  
(5-6 yosh) dinamometr yordamida tekshiriladi. Shifokor passiv harakatlar hajmini 
aniqlaydi,  bo'g'imlarni  bukish  va  yozish  bilan  aniqlanadi,  bo'g'imlarda  aktiv 
harakatlar hajmini bola  o'zi aniqlaydi. 
 
BOLALARDA NAFAS OLISh TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK 
XUSUSIYaTLARI.  ShIKASTLANISh  SINDROMLARI   VA 
TEKShIRISh  USULLARI 
Bolalarda  nafas  olish  organlari  nisbatan  kichik  o'lchami  va  anatomo-
gistologik rivojlanishi tugallanmaganligi bilan farqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda 
burun nisbatan kichik, burun yo'llari tor, pastki burun yo'li bo'lmaydi. Burun shilliq 
qavati  nozik,  nisbatan  quruq,  qon  tomirlarga  boy.  Burun  yo'llari  torligi  va  yaxshi 
qon bilan ta'minlanganligi natijasida kichik yoshdagi bolalarda yengil yallig'lanish 
burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradi. Bolalar hayotining birinchi yarim yilida 
ogiz orqali nafas ololmaydi, chunki tili katta, xalqum usti tog'ayini orqaga siqadi. 
Erta yoshdagi bolalarda burundan chiqish - xoana juda tor, shuning uchun u uzoq 
vaqt davomida burun orqali nafasni buzilishiga sabab bo´ladi. 
Chaqaloqlarda  burun  bo'shlig'i  past  (balandligi-17,5  mm)  va  tor.  Burun 
supralari  nisbatan  qalin.  Yuqori  burun  yo'li  bo'lmaydi,  o'rta  va  pastkisi  yaxshi 
rivojlanmagan.  Pastki  burun  suprasi  burun  boshlig'i  tubiga  tegib  turadi.  Burun 
supralari burun bo'shlig’i to'sig'igacha yetmaydi, umumiy burun yo'li erkin qoladi 
va u orqali chaqaloqlar nafas oladi, xoanalar past joylashgan. hayotining 6 oyligida 
burun bo'shlig'i balandligi 22 mm gacha kattalashadi va o'rta burun yo'li, 2 yoshida 
pastki,  2  yoshdan  keyin  -  yuqoridagisi  shaklllanadi.  10  yoshda  burun  bo'shlig'i 
uzunligi  bo'yicha  1,5  marta  kattalashadi.  Bu  yoshda  eniga  kam  kattalashadi. 
Chaqaloqlar  burun  oldi  boshliqlaridan  faqatgina  yuqori    jag'  boshlig'i  kuchsiz 
rivojlangan. Boshqa boshliqlar tuhilgandan keyin shakllanadi. Peshona bo’shlig’i 2 
yoshda paydo bo´ladi, ponasimon - 3 yoshda, g'alvirsimon suyak katakchalari - 3-
6-yoshda,  8-9  yoshda  yuqori  jag'  bo'shlig'i  suyakning  hamma  qismini  egallaydi. 

 
56 
Yuqori  jag'  bo'shlig'i  burun  bilan  qo'shilganda  hosil  bo'lgan  teshik  2  yoshgacha 
bo'lgan bolalarda oval, 7 yoshda esa aylana ko'rinishida bo´ladi. Peshona bo'shlig'i 
5  yoshga  kelib  no'xatdek  o'lchamda  bo´ladi.  Pastga  qarab  torayadi,  g'alvirsimon 
voronka  orqali  o'rta  burun  yo'li  bilan  birikadi.  Ponasimon  bo'shliq  o'lchami  6-7 
yosh  bolalarda  2-3  mmgacha  yetadi,    g'alvirsimon  suyak  bo’shliqlari  7-yoshga 
kelib  
bir-biriga  mahkam  bog'lanadi;  14-yoshda  tuzilishi  bo'yicha  ular  katta  odamlar 
g'alvirsimon katakchalariga oxshash bo´ladi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  Yevstaxiev  nayi  keng  bo´ladi  va  bolani  gorizontal 
holatida  patologik  jarayon  burun  tomondan  o'rta  quloqqa  yengil  o'tadi,  o'rta  otit 
rivojlanishini  chaqiradi.  Chaqaloqlar  xalqumi  nisbatan  katta  o'lchamga  ega; 
kattalarnikiga  nisbatan  u  kalta,  keng,  voronkasimon,  yuqori  joylashgan  (II-IV 
umurtqa  tengligida).  Til  osti  suyagi  yuqori  joylashgan.  Xalqumda  chiqish  
bolmaydi.  Chaqaloqlarda  xalqum  ko’ndalang  oqi  orqaga  siljigan  va  traxeya  bilan 
burchak  hosil  qiladi,  orqaga  ochiq,  buni  intubasiya  hilayotganda  hisobga  olish 
zarur.  Chaqaloqlarda  va  ko'krak    yoshidagi  bolalarda  xalqum  til  ozagidan 
birmuncha  yuqori  joylashgan,  shuning  uchun  bola  ovqat  bo’lakchalari 
(suyuqliklarni)  yutganda  xalqum  ustini  tomoqning  halqum  qismi  noksimon 
cho'ntakdan  lateral  tomondan  o'tadi.    Buning  natijasida  bola  bir  vaqtning  o'zida 
nafas  oladi  va  yutadi.  Bu  so'rish  aktida  muhim  axamiyatga  ega.  Kattalarnikiga 
qaraganda,  xalqum  kirish  joyi  chaqaloqlarda  nisbatan  keng.  Kirish  oldi  qisqa, 
shuning uchun ovoz yorig'i uzunligi 6,5 mm (kattalarnikiga nisbatan 3 marta qisqa) 
parda o’rtasi va tog'ay o’rtasi qismlari uzunligi bo'yicha teng 93,5 va 3 mm.  
Bola hayotining birinchi 3 yoshida va keyin, jinsiy shakllanish davrida ovoz 
yorig'i  yaqqol  kattalashadi.  Xalqumning  elastik  konusi  tor,  kalta.  Chaqaloqlarda 
uning  balandligi  9-10  mm.  Chaqaloqlarda  va  bolalik  davrida  xalqum  mushagi 
kuchsiz  rivojlangan.  Uning  eng  intensiv  o'sishi  jinsiy  shakllanish  davriga  to'g'ri 
keladi.  Bola  hayotining  birinchi  tort  yilida  halqum  tez  osadi.  Jinsiy  rivojlanish 
davrida  (10-12  yoshdan  keyin)  yana  faol  osishi  boshlanadi,  u  erkaklarda  25 
yoshgacha  va  ayollarda  22-23  yoshgacha  davom  etadi.  Bolalik  yoshida  halqum 
o’sishi  bilan  (u  asta-sekin  pastlashadi)  uning  yuqori  qirrasi  va  til  osti  suyagi 
o’rtasitdagi  masofa  kattalashadi.  7  yoshga  kelib,  halqumning  pastki  qirrasi  VI-
bo'yin  umurtqasi  yuqori  qirrasiga  teng    joylashadi.  Xalqumning  kondalang  oqi 
vertikal  holatni  xalqum  14-20  yoshdan  keyin  egallaydi.  Erta  yoshda  halqumni 
jinsga qarab farqlash kuzatilmaydi. Keyinchalik halqum o'sishi og'il bolalarda, qiz 
bolalarga  nisbatan  xalqum  yirikroq  bo´ladi.  10-12  yoshda  ohil  bolalarda  xalqum 
yaqqol  chiqib  turadi.  Jinsiy  shakllanish  davrida  xalqum  olchami  ovoz  boylamlari 
uzunligi og'il bolarda qiz bolalarga nisbatan katta bo´ladi.  
Chaqaloqlarda halqum toqaylari yupqa, yosh o'tgan sari qalinlashadi, ammo 
o'zining  qayishqoqligini  saqlaydi.  qari  va  keksa  yoshlarda  halqum  toqaylarida, 
halqum  ustidan  tashqari,  kalsiy  tuzlari  toplanadi;  tog'aylar  suyaklashadi,  tez 
sinadigan va mo'rt bo'lib qoladi. 
 
Chaqaloqlarda  traxeya  uzunligi  3,2-4,5  sm,  voronkasimon  ko'rinishda 
bo´ladi.  O'rta  qismida  kengligi  0,8  sm  atrofida.  Traxeyaning  pardasimon  devori 
nisbatan  keng,  traxeya  toqaylari  yaxshi  rivojlanmagan,  yupqa,  mayin.  Keksa  va 

 
57 
qarilik  (60-70  yosh)  yoshida  traxeya  tog'aylari  qattiq,  mo'rt  bo´ladi,  bosilganda 
yengil sinadi.Tug'ilgandan keyin birinchi 6 oyligida traxeya tez o'sadi, keyin o'sishi 
sekinlashadi va yana o'smir yoshda (12-22 yoshlarda) tezlashadi. 3-4 yoshga kelib 
traxeya  kengligi  2  martaga  kattalashadi.  Chaqaloqlarga  nisbatan,  10-12  yoshli 
bolalarda  traxeya  2  barobar  uzun,  20-25  yoshda  uzunligi  uch  barobarga  ortadi. 
Chaqaloqlarda kekirdak shilliq qavati yupqa, mayin, bezlari yaxshi rivojlanmagan. 
Chaqaloqlarda kekirdak orta chiziqdan birmuncha o'ngda yuqori joylashgan. Uning 
boshlanishi    II-IV  boyin  umurtqasiga  to'g'ri  keladi.  Traxeya  bifurkasiyasi  II-III 
ko´krak  umurtqasiga  tog'ri  keladi.  1-2  yoshli  bolada  yuqori  qirraci  IV-V  bo'yin 
umurtqa  tengligida,  5-6  yoshda  V-VI  umurtqadan  oldinroqda,  osmir  yoshda  VI 
bo'yin umurtqaga to'g'ri keladi. Bolaning 7 yoshligida traxeya bifurkasiyasi  IV-V 
ko'krak umurtqasidan oldinroqda, 7 yoshdan keyin V ko'krak umurtqasi tengligiga 
tog'ri keladi, xuddi katta odamlarnikidek bo´ladi. 
 
Chaqaloqlarda  o'ng  bosh  bronx  kekirdakdan  chiqadi  (uning  oqidan),  kichik 
burchak  ostida  (20%),  chapga  nisbatan  (49%)  va  o'zining  yonalishiga  ko'ra 
traxeyaning  davomi  hisoblanadi.  Bola  hayotining  birinchi  yilida  va  jinsiy 
shakllanish davrida bosh bronxlar tez osadi. 
 
Chaqaloqlarda o'pka notogri qonus shaklda; yuqori bo'laklari nisbatan katta 
bolmagan  o'lchamda;  o'ng  o'pka  o'rta  bo'lagi  o'lchami  bo'yicha  yuqori  bo'lakka 
teng, pastkisi nisbatan katta. Bola hayotining 2 yoshida o'pka vazni 57g (39 dan 70 
g.gacha),  xajmi  67  sm.kub.  nafas  olmayotgan  o'pka  zichligi  1,068  (o'lik  tuhilgan 
bolalar o'pkasi suvda chokadi), nafas olayotgan bolada o'pka zichligi -0,490. Bola 
tuhilgandan  keyin  bronxial  daraxt  asosan  shakllangan;  1  yoshida  intensiv  o'sishi 
kuzatiladi (bolakli bronx o'lchamlari 2 marta, bosh bronx -1,5 marta kattalashadi). 
Jinsiy  shakllanish  davrida  bronxial  daraxt  o'sishi  yana  kuchayadi.  20  yoshlarga 
kelib  uning  hamma  qismlari  o'lchamlari  3,5-4  martaga  kattalashadi  (chaqaloqlar 
bronxial  daraxti  bilan  taqqoslaganda).  40-45  yoshli  odamlarda  bronxial  daraxt 
katta  olchamda  bo´ladi.  50  yoshdan  keyin  bronxlarning  yosh  involyusiyasi 
boshlanadi.  
Keksa  va  qarilik  yoshida  ko'pgina  segmentar  bronxlar  uzunligi  va  diametri 
birmuncha  kichrayadi,  ba'zida  uning  devorlarida  cho'tkasimon  chuqurchalar, 
yollari egri-bugriligi kuzatiladi. 
 
Chaqaloqlarda  o'pka  asinuslari  unchalik  ko’p  bo’lmagan  kichik  o'pka 
alveolalar sonidan iborat. Bola hayotining birinchi yilida va keyin yangi alveolyar 
yolaklar  paydo  bo'lishi  hisobiga  asinuslar  o'sadi  va  devorlarda  yangi  o'pka 
alveolalar hosil bo´ladi. Alveolyar yo'laklar yangi shoxchalanishi hosil bolishi 7-9 
yoshda tugaydi, o'pka alveolalari esa 12-15 yoshda; bu vaqtda alveola o'lchami ikki 
barobarga  kattalashadi.  15-25  yoshlarda  o'pka  parenximasi  shakllanishi  tugaydi. 
25-40  yoshda  o'pka  asinusi  tuzilishi  o’zgarmaydi.  40  yoshdan  keyin  asta  sekin 
opka  to'qimasi  eskiradi:  alveolalar  oraliq  to'sig'i  yassilanadi,  opka  alveolalari 
kichrayadi,  alveolyar  yo'laklar  bir-biri  bilan  qo'sqiladi,  asinuslar  o'lchami 
kattalashadi.  Bola  tug'ilgandan  keyin  o'pkaning  o'sish  va  rivojlanish  jarayonida 
uning  hajmi  birinchi  yilda  4  marta,  8  yoshda  8  marta,  12  yoshda  10  marta,  20 
yoshda  20  martagacha    kattalashadi  (chaqaloqlar  o'pka  hajmiga  taqqoslaganda). 
Yosh  'tishi  bilan  o'pka  cho'qqisi  I-qovurg'a  to'g'risida  joylashadi.  Keyinchalik  I-

 
58 
qovurg'adan  chiqib  turadi  va  20-25  yoshlarda  I-qovurg'adan  3-4  sm  yuqori  
joylashadi  (omrov  suyagidan  1-2sm  yuqori).  Chaqaloqlarda    o'ng  va  chap  o'pka 
pastki chegarasi kattalarnikiga qaraganda bir qovurg'a yuqorida bo´ladi. Bola yoshi 
osgan  sari  bu  chegara  asta  -  sekin  tushadi.  Bolalarda  nafas  chuqurligi  kattalarga 
qaraganda  kichik  bo´ladi.  Bu  o'pkaning  kichik  olchamligi  bilan  tushuntiriladi  va 
ko´krak  qafasi  xuddi  nafas  olish  xolatidagidek  bo´ladi,  oldi  orqa  o'lchami  yon 
o'lchamiga teng, qovurg'alar umurtqa pog'onadan to'g'ri burchak ostida chiqadi. Bu 
shu  yoshda  nafas  olishning  diafragmal  xarakterini  ta'minlaydi.  Oshqozonning 
tolganligi,  qorin  shishi,  ko'krak  qafasi  harakatini  chegaralaydi.  Yosh  o'tgan  sari 
umurtqa  inspirator  xolatdan  asta-sekin  normal  holatga  o'tadi,  bu  esa  nafas 
olishning ko´krak turi rivojlanishiga sabab bo´ladi. Kattalarga qaraganda, bolalarda 
kislorodga  talab  yuqori.  Shunday  qilib,1  yoshgacha  bo'lgan  bolalarda  kislorodga 
talab  tana  vaznining  1  kg  ga  8ml/min  ni  tashkil  qiladi,  kattalarda  -  4,5  ml/min. 
Bolalarda  nafas  olishning  yuzaki  xarakteri  nafas  olish  sonining  ko'pligi  bilan 
kompensasiyalashadi (chaqaloqlarda minutiga 40-60 marta, 1 yoshda 30-35 marta, 
5  yoshda  25  marta,  10  yoshda  -20  marta,  kattalarda  16-18  marta),  nafas  olishda 
o'pkaning  katta  qismi  ishtirok  etadi.  Kattalarga  nisbatan,  erta  yoshdagi  bolalarda, 
nafas olish sonining ko’pligi hisobiga, nafas olish minutli xajmi 1 kg tana vazniga 
2  marotaba  yuqori  bo´ladi.  Opkaning  tiriklik  sig'imi  (OTS),  bu  havo  miqdori 
(millilitrlarda),  maksimal  nafas  olgandan  keyin  maksimal  chiqarilgan  havo, 
bolalarda  kattalarga  nisbatan  past  bo´ladi.  OTS  alveola  xajmi  o'sishi  bilan 
kattalashadi.  Sog’lom  bolalarda  teri  va  shilliq  qavatning  pushti  tusi,  arterial  va 
kapillyar  qonda  gemoglobinning  kislorod  bilan  optimal  toyinganligi  hisobiga 
kuzatiladi. Normal sharoitda bu to'yinish arteriyalarda 95-96% maksimalga yetadi 
(gemoglobin  xar  bir  grammi  439  ml  kislorodni  boqlaydi,  100  ml  plazma 
aralashtirilgan holatda 0,3 ml kislorodni tashiydi; 100 ml arterial  qonda 19-20 ml 
kislorod  bo´ladi.  Shu  xajmdagi  venoz  qonda  13-15  ml  kislorod  bor).  Bola  qattiq 
yig'laganda,  baqirganda,  kuchanganda  arterial  qonning  kislorodga  toyinishi 
92%gacha pasayadi. Bundan ham past ko'rsatkich patologik hisoblanadi. 
 
Ko'krak yoshidagi bolalarda nafas olishning  xususiyatlari 
Ko'krak  yoshidagi  bolalarda  nafas  olishning  asosiy  va  birinchi  xususiyati  - 
uning yuzaki xarakteri, ya'ni unchalik katta bo'lmagan chuqurligidir. 
Kattalar  bilan  taqqoslaganda  erta  yoshdagi  bolalarda  nafas  olish  chuqurligi  8-10 
marta kam. Birinchi nafas harakatlarida yuzaki nafas olish hisobiga, opkaning toliq 
ocqilishi  kuzatilmaydi,  bu  opkaning  orqa-pastki  qismlarida  joylashgan  fiziologik 
atelektazga olib keladi. 
Ikkinchi  xususiyati  -  bir  minutda  nafas  olish  sonining  ko’pligi.  Chaqaloqlar  bir 
minutda  50-60  marta  nafas  olishadi,  bu  fiziologik  xolat  hisoblanadi.  Asta-sekin 
yoshga  qarab,  nafas  olish  soni  kamayadi.  Erta  yoshdagi  bolalarda  nafas 
harakatining  yuqori  soni  yuzaki  nafas  harakatini  konpensasiyalaydi.  Tez-tez  va 
yuzaki  nafas  kislorodning  yomon  ishlanishi  va  karbonat  kislotani  yomon 
chiqarishiga olib keladi. 
Uchinchi xususiyati - bola hayo’tining birinchi 2 haftaligida nafas aritmiyasi, ya'ni 
nafas olish va nafas chiqarish pauzalarining notogri almashinishi, nafas olish nafas 

 
59 
chiqarishga nisbatan qisqa va ba'zi hollarda tanaffus bilan bo´ladi, nafas harakatlari 
o’rtasitdagi pauzalar bir xil emas, turli xil tashqi qo'zg'atuvchilar ta'sirida ritm juda 
oson buziladi, uyqu vaqtida nafas bir me'yorda bo´ladi. Nafas ritmining xususiyati 
nafas  markazining  yaxshi  rivojlanmaganligi  bilan  bog’liq  va  o'pka  vagus 
reseptorlarining  va  adashgan  nerv  barcha  tizimining  yuqori  qo'zg'aluvchanligiga 
bog’liq.  
Bolalarda  nafas  olishning  to’rtinchi  xususiyati  -  bola  yoshi  va  jinsiga  aniq 
bog’liqlikdir:  chaqaloqlar  ko´krak  mushaklarining  nafas  olishda  kuchsiz 
qatnashishi hisobiga nafas oladi, ko´krak yoshidagi bolada nafas olishning ko´krak 
qorin  turi      ustun  bo´ladi.  2-chi  yil  boshida  nafas  olish  aralash  turda  bo´ladi  va 
diafragmal-ko´krak  nafasi  kuzatiladi,  ba'zi  hollarda  nafas  birinchi  turi  ustunlik 
qiladi,  boshqasida  ikkinchi  turi  ustunlik  qiladi.  3-4  yoshda  ko'krak  nafasi 
diafragmal nafasdan ustunlik qiladi. 7-14 yoshda jinsiga bog'lik holda, nafas olish 
farqlanadi. Pubertat oldi davri va jinsiy shakllanish vaqtida ohil bolalarda - qorinli, 
qizlarda - ko´krak orqali nafas olish kuzatiladi.  
                    
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin