Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


  yoshdan  keyin  tana  vaznining  I.M.Voronsov  formulasi  bo'yicha  aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

10  yoshdan  keyin  tana  vaznining  I.M.Voronsov  formulasi  bo'yicha  aniqlash 
mumkin: 
10 yoshdan katta bola tana vazni = yoshi x 3 + oxirgi yoshi soni 
 
Tana yuzasi maydonini aniqlash 
 
Tana yuzasining maydoni  (м²)= √tana vazni (kg) x bo'yi (sm) : 3600  
 
 
Bosh  va  ko'krak  qafasi  aylanasi.  Tug'ilganda  yetuk  chaqaloqlarda  bosh 
aylanasi 33 - 37,5 sm, u ko'krak qafasi aylanasidan 1-2 sm dan oshmasligi kerak.  
Birinchi 3-5 oyligida har oyda 1-1,5 sm, keyingi oylarda 0,5-0,7 sm qo'sqiladi. Bir 
yoshda bosh aylanasi 10-12 sm ortadi va 46-48 sm ga yetadi. 1-3 yoshda bolaning 
bosh aylanasi bir  yilda 1 sm ga ortadi. 4 yoshdan bosh aylanasi har yili 0,5 sm ga 
ko'payadi.  6  yoshda  50-51  sm,  keyingi  yillarda  5-6  sm  ga  ortadi.Chaqaloqlarda 
ko'krakqafasi  aylanasi  33-35  sm.  hayotining  birinchi  yilida  har  oyda  qo'sqilishi 
o'rtacha  1,5-2  smni  tashkil  qiladi.  Bir  yoshda  ko'krak  qafasi  aylanasi  15-20  smga 
ortadi,  keyin  bu  ko'rsatkich  intensiv  oshishi  pasayadi  va  maktabgacha  yoshdagi 
davrda  3  sm,  maktab  yoshida  1-2  sm  yilida  ko'payadi.  Ko'pchilik  yetuk  tug'ilgan 
chaqaloqlarda  ko'krak  qafasi  oldi  -  orqa  o'lchami,  ko'ndalang  o'lchamdan  kichik 
yoki  unga  teng.  hayotining  birinchi  yili  oxirida  ko'ndalang  o'lchami  orqa  -  oldi 
o'lchamidan  kattaroq  bo´ladi  va  ko'krak  qafasi  shakli  kattalar  konfigurasiyasiga 
yaqin bo´ladi, ya'ni kengayadi. 
Jismoniy  rivojlanishni  baholash  va  monitoring  qilish  uchun  ma'lum  vaqt  ichida 
bolani o'lchab turish zarur: 

 
tana vazni va qo'sqilish tezligi; 

 
bo'y o'sish tezligi 

 
bosh aylanasi va o'sish tezligi; 

 
37 

 
psixomotor va aqliy rivojlanishi. 
 
Tana vaznini qaysi vaqtlarda va necha marta o'lchash kerak? 
Birinchi o'lchash    
tug'ilganda 
Ikkinchi 
15 kunlik 
Uchinchi 
30 kunlik 
Har oyda 
 
Bir yoshgacha 
Har 3 oyda 
1-3 yosh 
Har 6 oyda 
3-5 yosh 
Har yili 
Keyingi yoshlarda 
 
 
Bolaning xronologik yoshi yillarda va oylarda ko'rsatiladi. Masalan: 
O'lchangan vaqti:                          2003, 30 aprel=03.04/12 
Tugilgan vaqti:                             2001, 29 mart=01.03/12 
Xronologik yoshi:                         03.04/12- 01.03/12=02.1 (2 yosh 1 oy)   
 
Jismoniy  rivojlanish  monitoringini  o'tkazish  orqali  o'sishning  orqada 
qolishini klinik belgilar yuzaga kelishidan oldin aniqlash mumkin. 
hamma  bosqichlarda  bolada    o'tkaziladigan  o'lchashlar  -  bo'yi,  tana  vazni,  bosh 
aylanasi  standart  diagrammada  nuqta  ko'rinishida    belgilanadi  va  jismoniy 
rivojlanishning  (egri  chiziq)  grafigi  tuziladi,  diagrammaning  o'zi  bolaning 
rivojlanish kartasida bo'lishi kerak. 
Har bir grafikda 5 ta egri chiziq bo'lib, ulardan asosiylari - mediana 0, -2 va 
+2 standart og'ish (SO) hisoblanadi.  
Bo'yi  va  vazni  -2SO  va  +2SO  ga  to'g'ri  kelgan  bolalarning  jismoniy 
rivojlanishi normada hisoblanadi.  
-2SO  dan past  va  -3SO    gacha bo'lgan, +2SO  dan  yuqori  va  +3SO  gacha  bo'lgan 
natijalar  past  va  normadan  yuqori  xisoblanadi  va  bunday  bolalar  ozish  va 
semirishga moyil bo'lgan bola sifatida alohida e'tiborni talab qiladi. 
-3SO  dan  past  va  +3SO  dan  yuqori  ko'rsatkichli  bolalar  yomon  ko'rsatkichli 
hisoblanadi.  
Bola  rivojlanishi  proporsionalligini  baholash  uchun  ba'zi  antropometrik 
indekslardan foydalaniladi.  
Chuliskiy indeksi (Oziqlanishni baholash indeksi):  
3 x yelka aylanasi, + son aylanasi+ boldir aylanasi - tana uzunligi.  
Bir yoshgacha bolalarda 20 - 25 sm, 2 - 3  yoshda - 20sm, 6 - 7 yosh 15-10 sm. 
Erisman indeksi.  Ko'krak aylanasi (sm) - yarim bo'yi (sm).  
Bolaning ko'krak qafasi rivojlanishi va oziqlanishini xarakterlaydi.  
 
Ko'krak qafasi aylanasi bir yoshgacha bolalarda bo'yining yarmidan 10-13,5 
sm ga ortiq, 2-3 yosh - 9 - 6 sm, 6  -7 yosh 4 - 2 sm, 8  -10 yosh - 1 smdan katta 
yoki  3  smdan  kichik.  Bolaning  jismoniy  rivojlanishini  individual  baholashda  shu 
region  uchun  maxsus  ishlab  chhilgan  antropometrik  ko'rsatgichlarni  normativ  va 
standartlar bilan taqqoslash, bolaning klimatogeografik  yashash sharoitini hisobga 

 
38 
olish lozim. Taklif qilingan normativlar bilan bola rivojlanishini  morfofunksional 
baholash, sigmal  regression yoki sentil usullarda bajarilishi mumkin.  
Tishlari.  Bir  yoshdan  keyin  (14  -  16  oylarda)  kichik  ildizli  tishlar  yorib 
chiqadi (oldingi tishlar), 16  -  20 oylarda yon tishlar, 20  - 24 oylarda orqa kichik 
ildizli tishlar chiqadi. Bola 2 yoshligida 20 ta sut tishlari bo´ladi. Sut tishlari sonini 
aniqlash uchun, bola 2 yoshgacha bo'lishi kerak, hayotini oylari sonidan 4 ayiriladi.  
Misol, 1 yoshda bolani (12 - 4) - 8 ta tishi bo´ladi, 18 oylarda (18 - 4) - 14 
tishi va boshqalar.  
 
BOLALARNING  JINSIY  RIVOJLANIShI 
Jismoniy  rivojlanish  ko'rsatgichida  jinsiy  farqlanish  -  jinsiy  yetuklik  paydo 
bo'lishi  bilan  yaqqol  yuzaga  chiqadi.  Organizm  biologik  yetuklikka  yetgan  davr 
pubertat  davri  deb  ataladi  va  ikkilamchi  jinsiy  belgilar  paydo  bo'lishi  bilan 
xarakterlanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo'lish vaqti sog'lomlik  holati, 
ovqatlanish tartibi, iqlim sharoiti va genetik xususiyatlarga bog'liq.  
Bolalarning jinsiy rivojlanishi 3 davrga bo'linadi:  
 
1. Pubertatgacha bo'lgan davr - 6-7 yoshgacha, gormonal jimlik vaqti.  
2. Pubertat oldi davri - 6 dan 9 yoshgacha qiz bolalarda va 7 dan 10-11 yoshlarda 
o'g'il bolalarda, gipotalam - gipofizar - gonad tizim faollashadi.  
3. Pubertat davr 9 - 10 dan 14 - 15 yoshgacha qiz bolalarda, ko'krak bezlari o'sishi, 
qovuq va qo'ltiq ostiga tuklanishi, dumba va tos shakli o'zgarishi, hayz  kelishi, va 
11-12 dan 16-17 yoshgacha o'g'il bolalarda, genitaliy o'sishi kuzatiladi, tuk chiqishi 
erkaklar  turiga  xos,  ovoz      yo'g'onlashuvi,  spermatogenez,  eyakulyasiya  yuzaga 
keladi.  
Jinsiy  yetilishni  baholash 
Jinsiy  yetilish  bosqichida  ikkilamchi  jinsiy  belgilar  yaqqol  aniqlanadi.  Qiz 
bolalarda,    jinsiy  bezlar  konfigurasiyasi,    qovuq  sohasi  tuklanish  darajasi      va 
xarakteri  yaqqol ifodalanadi. O'g'il bolalarda  jinsiy yetilish mezoni bo'lib, tashqi 
jinsiy  a'zolar  o'lchami  va  qovuqni  tuklanishi  hisoblanadi.  Odatda  oddiy  ko'rik 
o'tkazish  yetarli,  lekin  o'smirlarda  pubertat  davrining  oldingi  bosqichlaridi  sut 
bezlari yoki tuxumdon palpasiyaqilinishi kerak. 
Qiz bolalarning jinsiy rivojlanish davri  (J.M.Tanner) 
 
Bosqichlar 
qovuq   tuklari 
Ko'krak bezlari 

Pubertat oldi 
Pubertat oldi 

siyrak,  yengil    pigment-  lashgan, 
tori,  mayin,  yumshoq,  lablar  
bo'ylab (11,5) 
Ko'krak 
va 
so'rg'ich 
ko'tarilgan,    areola  diametri 
kattalashgan  (11,0) 

Ancha  qalinlashgan,    o'ralish 
boshlangan (12,5) 
Ko'krak 
va 
areola 
kattalashgan, 
umumiy 
konturga ega (12,0) 

qattiq, 
o'raluvchan, 
lekin 
kattalarga  nisbatan  kam,  sonda 
bo'lmaydi (13,0) 
Areola va so'rqich ko'krak bezi 
konturidan 
chiqib turadi (13,0) 

 
39 

Katta  ayollarga  xos  uchburchak, 
sonning  ichki  yuziga  tarqalgan 
(14,5) 
Etilgan  ko'krak  bezi,  so'rqich 
chiqib turadi,  
areola - umumiy konturning  
yarmiga teng (15,5) 
 
O'g'il bolalarning jinsiy rivojlanish bosqichlari   J.M.Tanner 
 
 Bosqichlar       qovuq tuklari  
  Jinsiy a'zo,  urug'don 
 1 
yo'q 
Pubertat oldi 
2  
siyrak, 
uzun, 
kam 
pigmentlashgan, 
yumshoq 
(13,5) 
Jinsiy  olat  kattaligi  o'rtacha, 
moyak 
katta, 
to'q 
rangda, 
burmali  
(11,5) 

Ancha tuk, o'ralish boshlangan, 
ko'p emas, olat asosida (14,0) 
Olat 
uzunligi 
kattalashgan, 
moyak va urug'don  
kattalashgan (13,0) 

qattiq,  o'raladi,  kattalar  tipida, 
lekin  kamroq,  sonda  yo'q 
(14,5) 
Olat 
kengaygan,  moyak 
va 
urug'don kattalashgan,  
terisi to'q rangda (14,0) 

Kattalar  ko'rinishida,  sonning 
ichki yuzasida, lekin gorizontal 
chegarada (15,0)   
Kattalarnikidek o'lchamida  
(15,0) 

Kindikkacha tarqalgan   
 
     *qavs ichida bosqich boshlanishi ko'rsatilgan (yoshda); 
 
Jinsiy  rivojlanishda  qiz  bolalar  o'g'il  bolalarga  nisbatan  2  yil  oldin  yetiladi, 
bu  geteroxronlik  yetilganlik  hisoblanib,  shu  yoshdagi  jinslarning  o'zaro  aloqasida  
muammolar  keltirib  chiqaradi.  Bir  xil  jinslarning  yetilishiham  xar-xil  bo'lishi 
mumkin.  Psixologlarning  kuzatuvi  ko'rsatadiki,  rivojlanishi  o'rta  yoshga  to'g'ri 
kelgan  qizlar  o'zini  baholashi  ijobiy,  kech  yetilgan  kizlarda  esa  erta  yetilganlarga 
nisbatan  o'zini  baholash  ancha  yuqori  turadi.  O'g'il  bolalar  esa  aksincha,  kech 
rivojlanganda  qayg'uradi,  ularning  o'zini  baholashi  tushib  ketadi,  kattalarga  tobe 
bo'lib  qoladi  va  tengdoshlaridan  o'zini  olib  qochadi,  ota-onalariga  bog'liq  bo'lib 
qoladi. Erta  yetilgan o'g'il bolalar ancha  o'zini ustun qo'yadi va  rahbarlik  qilishga 
moyil  bo´ladi.  Agar  o'smir  bolada  urug'donlarning  (pubertatli)  kattalashishi  13,5 
yoshda  kuzatilmasa  yoki  jinsiy  rivojlanishning  3-  bosqichi  ikkinchi  bosqichi 
boshlangandan keyin to'rt yil davomida yuzaga kelmasa bunday holatlarda,  jinsiy 
yetilishning ortda qolishi haqida fikrlash mumkin.Ko'pgina qizlar hayz ko'rishmasa 
xavotirga  tushadilar.  Agar  ko'rikda  jinsiy  a'zolarning  anatomik  nuqsoni 
kuzatilmasa,  JBE  ning  3  bosqichi  boshlangan  qizlarda  yetilish  normada 
ketayotganidan  va  yaqin  oradahayz  ko'rishidan  darak  beradi.  Agar  13  yoshli  qiz 
bolalarda  ko'krak  bezlarining  kattalashuvi  kuzatilmasa  yoki  pubertat  o'zgarishlar 
boshlanishidan  hayz  ko'rgunicha  oradan  5  yil  o'tsa,  bunday  hollarda  jinsiy 

 
40 
yetilishdan orqada qolish xaqida o'ylash mumkin. Agar jinsiy yetilish ortda qolsa, 
endokrin statusni tekshirish lozim.  
 
O'SMIRLIK YOShI DAVRLARI 
Xronologik  yosh  va  JBE  yetarli  mezonlari  yordamida  pubertat  
o'zgarishlarning erta, o'rta yoki kech davrlarini aniqlash mumkin.  Har bir davr bir-
biridan belgilari bilan farq qiladi.   
Erta  davr.  O'smir  bu  davrda  tanasidagi  o'zgarishlar  bilan  band  bo´ladi.  Ularning 
ideal  tana  tuzilishi  haqida  o'z  fikrlari  bor.  Pubertat  davrning  boshida  o'smirlar 
ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishini qiziqish bilan kuzatadilar. Ular oz ota-
onalariga  yangichasiga  qarashadi  va  birinchi  marotaba  to'g'ri  tarbiya  olganlarmi, 
ota-onalari    hurmatlimi,  hamma    havas  qiluvchi  obrazga  to'g'ri  keladimi  yoki 
yo'qmi deb o'ylaydilar. 
O'rta  davr.  Bu  davr  taxminan  1,5  yil  davom  etadi,  qiz  bolalarda  13-15  yosh  va 
o'g'il  bolalarda  16  yoshlarda.  O'smirlar  o'z  qobiliyatining  o'sishiga  qarab  erkin 
bo'lishga  harakat  qiladi.  qarama-qarshi  jinsga  nisbatan  qiziqish  uyg'onadi.  Aqliy 
rivojlanish  ortadi,  abstrakt  tushunchalarni  o'ylash  hosil  bo´ladi,  gipotezalar 
tuqiladi, kelajakhakida o'ylaydi. 
Kechki  davr.  Ko'proq  kelajakda  kim  bo'lib  yetishish  va  qayerda  o'qish  haqida 
o'ylaydi. Bu  davrda  osmirlar ko'proq o'ziga  ishonish  hissi  paydo bo´ladi  va  jinsiy 
aloqa  qilishda  o'ziga  qat'iy  ishonch  hosil  bo´ladi.  Aqliy  rivojlanish  davom  etadi, 
logik o'ylash, fikrlash ustun turadi. 
 
BOLALARDA ASAB  TIZIMI  XUSUSIYaTLARI 
1.
 
Bolalarda asab tizimining anatomo - fiziologik xususiyatlari 
   
Chaqaloqlarda bosh miyaning o'lchami nisbatan katta bo´ladi. O'rtacha vazni 
o'g'il  bolalarda  390  g  (340  -  430  g),  qiz  bolalarda    355  g  (330-370  g),  ya'ni 
tananing 12-13% qismini tashkil qiladi (kattalarda 2,5%). Kattalarnikiga qaraganda 
chaqaloqlarda  miya  vazni  tana  vazniga  nisbatan  5  barobar  katta  va  1/8 
munosabatda aniqlanadi (kattalarda esa 1:40). Bola hayotining 1 yoshligini oxiriga 
kelib, miya vazni 2 barobar ortadi, 3-4 yoshda esa 3 barobar ortadi. Keyinchalik (7 
yoshdan  so'ng)  miya  vazni  sekin  osadi  va  20-29  yoshlarda  maksimal  darajaga 
yetadi (erkaklarda - 1355 va ayollarda 1220 g). 
Bola tug'ilgandan keyin bosh miyaning rivojlanishi tugallanmaydi. Miyaning  
katta  yarim  sharlari  yoshga  xos  xususiyatga  ega:  egatlar,  kichik  balandlik  va 
chuqurlikga  ega bo'lgan yirik bursharlardan tashkil topgan. Mayda bursharlar oz, 
ularning  soni  bola  hayotining  birinchi  oylarida  ko'payadi.  Kattalarnikiga 
qaraganda,  peshona  bo'lagi  o'lchami  kichik,  ensa  bo'lagi  -  aksincha  katta  bo´ladi. 
Miyacha yaxshi rivojlanmagan, uning yarim sharlari kichik  o'lcham va kenglikda, 
egatlari  yuzaki.  Yon  qorinchalar  keng,  tortilgan.  Yangi  tug'ilgan  chaqaloqlarda 
filogenetik  rivojlanishda  miyaning  boshqa  qismlari  yaxshi  rivojlangan  bo´ladi. 
Miya  o'zagining  vazni  10,0-10,5  g,  bu  tana  vaznining  2,7  %  ni  tashkil  qiladi 
(kattalarda  2  %),  miyacha  esa  -  20g  (tana  vaznining  5,4%  ni  tashkil  etadi).  Bola 
hayotining 5 oyligida miyacha vazni 3 barobar ortadi, 9 oyligida 4 barobar oshadi 
(bola tik turadi, yuradi). Miyacha yarim sharlari intensiv rivojlanadi. 

 
41 
 Chaqaloqlarda oraliq miya ham yaxshi rivojlangan. Bosh miyaning peshona 
qismi sezilarli chiqgan va unchalik katta emas. Chakka bo’laklari yuqori. Orolcha 
bo’laklari  chuqur  joylashgan.  Bola  hayotining  4  yoshigacha  bosh  miya  kengligi, 
uzunligi  va  balandligi  teng  o'sadi,  keyinchalik  miya  o'sishida  balandlik  ustunlik 
qiladi, peshona va tepa bo'laklari tez o'sadi.  
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bosh miya yarim sharlari yuzasida burshar va 
egatlar bo´ladi. Asosiy egatlar (markaziy, lateral va boshqalar) yaxshi rivojlangan, 
asosiy  egatlar  shoxchalari  va  kichik  egatchalar  kuchsiz  rivojlangan.  Keyinchalik, 
bola  yoshining  ortishi  bilan,  borozdalar  chuqurroq,  ular  o’rtasitdagi  egatchalar 
relefli  bo´ladi.  Asab  to'qimalarining  mielinizasiyasi  filogenetik  rivojlanishida 
miyaning asosiy qismlarida miyaning yangi qismlariga nisbatan erta boshlanadi va 
tugallanadi.  Bosh  miya  po'stlog'ida  asab  to'qimalari  mielinizasiyasi  erta 
boshlanadi, bu esa sezishning har xil turlariga olib keladi. Miyacha yadrolar bilan 
bog'lanadi.  Afferent  to'qimalar    mielinizasiyasi  2  oyligidan  boshlanadi  va  4-5 
yoshda  tugallanadi.  Efferent  to'qimalar  esa  keyinroq,  4-5  oydan  7-8  yoshgacha  
rivojlanadi.  
Kul  rang  moddani  oq  moddadan  farqlash  qiyin,  mielin  qobig'i  bo'lmaydi. 
Bola  tug'ilganda  gipotalamus  yadrosi,  piramidal  yo'l,  qadoksimon  tana  yaxshi 
rivojlanmagan  va  funksional  sust  bo´ladi.  Chaqaloqlarda  po'stloq  osti  markazi 
barcha  organlar  faoliyatini  boshqaradi.  Chaqaloqlarda  asab  tizimi  nisbatan  sust 
rivojlanishiga  qaramasdan,  uning  asab  sistemasi  shartsiz  tug’ma  reflekslarni 
ta'minlaydi,  bir  tomondan  ovqatlanish,  atrof  muhit  bilan  muloqot,  himoya 
vazifasini 
o'tasa, 
boshqa 
tomondan 
keyinchalik 
murakkab 
jarayonningtakomillashuviga 
asos 
bo´ladi. 
Chaqaloqlarda 
burshar 
va 
egatchalarning  kalla  suyagi  va  choklar  bilan  o'zaro  bog'liqligi  kattalarnikiga 
nisbatan  bir  oz  boshqacharoq.  Markaziy  yo'lakcha  tepa  suyagida  joylashgan.  Bu 
yo'lakchaning pastki - lateral qismi kranial - tangachasimon  chokdan 1,0 - 1,5 sm 
joylashgan.  Chakka  -  ensa  egati  lyambdosimon  chokdan  12  mm  oldinda 
joylashgan.  Miyaning  burshar,  egatlari  va  choklarning  tuzilishi  6-8  yoshlarda 
xuddi kattalarnikidek bo´ladi.  
Chaqaloqlarda  qadoqsimon  tana  yupqa,  qisqa,  bosh  miyaning  katta  yarim 
sharlari  rivojlanishi  va  kengayishi  bilan  qadoqsimon  tana  kranial  va  kaudal 
yo'nalishlarda  o'sadi,  oraliq  miyaning  bo’shlig’i  ustida  joylashadi  (III  qorincha 
ustida).  Katta  yarim  sharlar  rivojlanishi  bilan  qadoqsimon  tana  kengligi  ortadi 
(kattalarda 1 sm gacha)  qadoqsimon tana aylanasi (valik) 2 sm gacha, komissural 
asab to'qimalarining ko’payishi bilan bog'liq (kattalarda 200 - 300 ml ).  
Bola hayotining birinchi kunidanoq barcha sezgi organlari faoliyat korsatadi. 
Chaqaloqlarda  reaksiyalar  nodifferensial  xarakterga  egaligi  va  generalizasiyaga 
moyilligi bilan xarakterlanadi. U yo’ki bu reseptorlar qo'zg'alishi, lokal emas, balki 
tarqoq reaksiyalarni chaqiradi.  
Bolalarda  miya,  kattalarga  nisbatan  yaxshi  qon  bilan  ta'minlanadi,  bu 
kapillyar  to'rning    boyligi  bilan  tushintiriladi.  Miyaning  to'liq  qon  bilan 
ta'minlanishi, tez  o'sayotgan  nerv  to'qimasining kislorodga bo'lgan  yuqori  talabini 
ta'minlaydi.  Bir  yoshgacha    bo’lgan  bolalarda  qon  oqimi  bosh    miyada 
sekinlashgan, chunki diploid venalar lihildog'larning yopilishidan  keyingina hosil 

 
42 
bo´ladi.  Bu  bir  yoshgacha  bolalarda  infeksion    kasalliklarda  toksik    moddalar  va 
buzilgan  metabolizm  mahsulotlarining  akkumulyasiyaga  uchrashi  natijasida 
neyrotoksikoz  bilan  asoratlanishiga    moyillik    yuqoriligi    tushintiriladi.  Bunga 
yana, gemato - ensefalik barerning  yuqori o'tkazuvchanligi  ham sabab  bo´ladi.  
Asab sistemasining rivojlanishi bola tug'ilgandan pubertat davrgacha davom 
etadi. Bosh miyaning eng intensiv  o'sishi va  rivojlanishi bola hayotining birinchi 
yiliga  to'g'ri  keladi.  Postnatal  davrda  asab  sistemasining  turli  bo'limlari  har  -  xil 
muddatlarda  rivojlanishdan  to'xtaydi.  Birinchi  yarim  yillikda  piramidal  yo'llar  - 
ko'ndalang  yadrosi  shakllanishi  tugaydi.  Shu  sababli  mushaklar  tarangligi  
to'xtaydi,  tartibsiz  harakatlar  tartibli  harakatlar  bilan  almashiniladi.  Miyacha 
intensiv  o'sadi  va  hayotining  ikkinchi  yarim  yilligida  rivojlanadi,  2  yoshda  uning 
rivojlanishi tugaydi. Miyacha rivojlanishi bilan harakat koordinasiyasi shakllanadi. 
Asab  -  ruhiy  rivojlanish  muammolaridan  biri,  tartibli  koordinasiyalashgan 
harakatlarning rivojlanishi hisoblanadi. Asosan, po'stlog'ning rivojlanishi, peshona, 
chakka,  tana  sohalarining  rivojlanishi  bilan  bog'liq,  neyronlar  proliferasiyasi  bir 
yilgacha davom etadi.  
 
Bosh miyaning anatomik xususiyatlari:  

Bosh  miyaning  o'lchami  yangi  tug'ilgan  bolada  nisbatan  katta  bo´ladi 
(kattalarnikiga nisbatan) 

Yirik  burshar  va  egatlar  yaxshi  rivojlangan  bo´ladi,  lekin  chuqurligi  kichik 
bo´ladi.  

Mayda egatlar oz, ular bola hayotining birinchi yilligida paydo bo´ladi.  

Peshona bo'lagi o'lchami kichik, ensa bo'lagi, aksincha katta bo´ladi.  

Miyacha yaxshi rivojlanmagan, keng emas, yarim sharlar o'lchami kichik va 
egatlar yuzaki.  

Yondosh qorinchalar bir oz tortiladi.  

qattiq miya qobig'i chaqaloqlarda yupqa bo´ladi.  

Venoz bo'shliqlar yupqa devorli.  

Chaqaloqlarda  miyaning  yumshoq  va  o'rgimchak  qobiqlari  yupqa,  subdural 
va subaraxnoidal bo'shliqlar kichraygan.  

Miya asosi sisternalari nisbatan yuqoriroq.  

Silviev jo'mragi kattalarnikiga nisbatan keng.  

O'tkazuvchi yo'llar mielinizasiyasi 3 - 5 yoshda tugaydi.  

Lihildoqlarni yopilishi bilan diploid venalar hosil bo´ladi.  

Gematoensefalik barer o'tkazuvchanligi  yuqori.  
Orqa miyaning anatomik xusisiyatlari.  

Orqa miya tug'ilganda bosh miyaga nisbatan yaxshi rivojlangan.  

Chaqaloqlarda  bo'yin  va  bel  kengliklari  aniqlanmaydi,  3  yoshdan  keyin 
bilinadi.    

Orqa  miya  vazni  va  o'lchami  o'sish  tezligi  bosh  miyaga  nisbatan  sekin 
kechadi.  

Orqa  miya  uzunligiga  nisbatan  sekin  rivojlanadi  (umurtqa  pog'ona 
uzunligiga  nisbatan,  shuning  uchun  orqa  miyaning  pastki  uchi  yosh  o'tgan  sari 
yuqoriga qarab suriladi,  yupqa bo´ladi).  

 
43 
Bolalarda ruhiy - motor funksiyalarning shakllanishi
Tarbiyaning o'rni, imprinting 
Bola  hayotining  birinchi  kunidayog  barcha  sezish  organlari  o'z  faoliyatini 
boshlaydi. 
Chaqaloqlarda 
farqlanadigan 
xususiyati 
shundan 
iboratki, 
generalizatsiyaga  moyilligi  bo'lgan  barcha  reaksiyalar  nodifferensial  xarakterga 
ega.  Bir  necha  reseptorlarni  qo'zqatish  lokal  reaksiyalarni  emas,  balki  tarqoq 
reaksiyalarni  chaqiradi.  Etuk  tug'ilgan  bolada  bir  qancha  tug'ma  yo’ki  shartsiz 
reflekslar bo´ladi. Ularga so'rish, yutish, qovog'ini yumish, yo'tal, aksirish, siydik  
ajralishi,  defekasiya  va  boshqalar  kiradi.  Ular  organizmning  atrof  -  muhitga 
moslashuvini ta'minlaydi va bola hayotining birinchi yilida evolyusiyaga uchraydi. 
Shartsiz  refleks  shaklidagi  tug’ma  reaksiyalar  bola  hayotining  birinchi 
kunlaridayo’q  dunyoga  kelganini  harakterlaydi.  Keyinchalik  bolaning  hayotida 
orttirilgan reflekslar rol o’ynaydi, organizmning tashqi muhit bilan  o'zaro ta'sirini 
ta'minlaydi. 
 Birinchi  oyning  oxirida,  2  oy  boshlarida  bolada  oddiy,  nisbatan  turg'un  shartli 
reflekslar shakllanadi.  
Quyida rudimentar, tranzitor shartsiz reflekslar keltiirilgan.  
1.    Moro  refleksi:  bola  yotgan  stol  ustiga  tukullatilganda,  bola  qo'llarini  yonga 
yozadi keyin xuddi quchoqlaganday birlashtiradi.  
Normada bu refleks 4 oyda yo'qoladi. 
2.  Robinson  refleksi:  bolaning  kaftiga  biron  narsani  berilsa  qattiq  ushlab  oladi. 
Normada 2-4 oyda yo'qoladi. 
3.  Kaft-og'iz  refleksi  (Babkin  refleksi):  barmoq  bilan  bolaning  tenerlariga 
bosilganda uning og'zi ochiladi. 3 oyda yo'qoladi. 
4. Emaklash  refleksi (Bauer  refleksi): bola  qornida  yotganda  tovonlariga qo'llarni 
qo'yib turilsa, u oldinga harakat qiladi. Normada 4 oylarda yo'qoladi. 
5.  Kernig  refleksi:  bolani  oyoglari  tos  son        bo'g'imiga  to'g'ri  burchak  ostida 
bukilganda,  bola  oyoglarini  tizza  bo'g'imiga  to'liq  uzata  olmaydi.  Normada  bu 
refleks 4 oydan keyin yo'qoladi. 
Uchinchi oyning oxirlarida bolada murakkab, differensiyalashgan reflekslar 
paydo  bo´ladi,  ular  bosh  miya  po'stlog'ining  analizator  funksiyasi  rivojlanishini 
ko'rsatadi.  Oliy  asab  faoliyatining  taraqqiy  etishi,  ya'ni  shartli  reflekslarning 
yuzaga kelishi, bola hayotining birinchi yilida tez shakllanadi. Kattalarga nisbatan 
bolalar  tashqi  muhit  bilan  shartli  bog'liqlarni  yengil  vujudga  keltiradi  va  ular 
bolalarda turg'unroq bo´ladi.  Bolalar o'zini tutish va ko'nikmalarni tezda o'rganadi 
va  butun  hayoti  davomida  saqlanib  qoladi.  Bola  hayotida  nutq  katta  ahamiyatga 
ega.  Nutqning  shakllanishi  bosh  miyaning  funksional  shakllanishi  va  sensor 
tizimning  funksiyasi  tiklanishiga  bog'liq.  Shuni  esda  tutish  lozimki,  nutqning 
rivojlanishi  bolalarning  kattalar  bilan  muloqotda  bo'lishi,  tarbiyaviy  faollikning 
natijasi hisoblanadi. Bolaning rivojlanishi va tarbiyasi kun tartibi, unga o'rgatilgan 
muhim  ko'nikmalar,    sharoit  yaratishdan  iboratdir.  Bu  esa  o'z  navbatida  bolaning 
jismonan  barkamol  rivojlanishi,  kayfiyati  yaxshi  bo'lishiga  olib  keladi.  Bola 
hayotining  ikkinchi  yilida  ruhiy  motor  va  jismoniy  rivojlanishi  intensivlashadi. 
Shartli  reflekslar  bu  yoshda  tez  shakllana  boshlaydi.  Bolada  harakatlar  juda  faol, 
o'zini  tutishida  ijobiy  emosiya  yaqqol  ko'rinadi,  ular  ko'pgina  ovoz  va  so'zlarni 

 
44 
keltiradi, tez  -  tez  va  qattiq  kuladi,  atrofdigilarga  qiziqish  uyg'otadi.  hayotining  2 
yoshligi,  birinchi  yarim  yilligida  yura  boshlaydi,  nutq  va  harakat  koordinatsiyasi 
yaxshilanadi, so'z boyligi ko'payadi.  
Ikkinchi  yarim  yilligida  o'ynashni  yaxshi  ko'radi,  bolalar  bir  -  birlari  bilan 
o'ynashga harakat qiladi, kattalarning talablarini bajaradi. O'zini tutishni elementar 
talablariga o'rganadi. Bola hayotining 3 yoshligida motor ko'nikmalari shakllanishi 
davom  etadi.  Atrofdagilar  bilan  kirishuvchan,  nutqi  mukammallashadi,  ko'proq 
o'ynaydi. 
4  -  5  yoshlarda  bolada  o'ziga  xonlik  paydo  bo´ladi.  Ular  faqatgina  atrof  - 
muhit ta'sirini emas, balki eshitish yoki kitob o'qish, kattalarni gapirib berganlarini 
tez  eslab  qoladilar.  Bolalar  darslarda  jamiyat  va  tabiat  haqidagi  ma'lumotlarni 
yaxshi  qabul  qilishadi.  Shu  davrda  bola  yangi  so'zlarni  tez  eslab  qoladi,  rasm 
chizish, musiqani o'rganish, oddiy mehnat ko'nikmalarni bajaradi.  Shu bilan birga 
estetik qabul qilish,  jamoat o'rtasida o'zini tutish shakllanadi. Fikrlash rivojlanadi, 
boshida  aniq  -  realistik,  maktab  yoshining  boshida  esa  -  abstrakt  fikrlash  paydo 
bo´ladi. 13-15 yoshlarga kelib fikrlashni yuqori bosqichi tugallanadi.  
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin