Xalmatova b. T. Boboyeva u. R



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

Jismoniy rivojlanishi. Bola  tug'ilgandagi, 1  yosh, 2, 3 va 5 yoshdagi tana 
vazni  va  bo'yini  ko'rsating.  Tana  vaznining  ortishi  yoki  kamayishi;  sut  tishlari 
chiqishi va tushish muddati.  
 

 
28 
Rivojlanishning  asosiy  belgilari.    Aniqlang,  qaysi  yoshda  bola  qornida  yotgan 
holatda  boshini  ko'targan  va  ushlagan,  orqaga  va  qorniga  aylangan,  ushlab 
turganda  yoki  o'zi  o'tiradi,  oyogda  turadi,  ushlab  turganda  yuradi  va  o'zi  yuradi, 
birinchi  so'zlari,  gapiradi,  bir  necha  so'zlar  birikmasini  gapiradi,  boylamlarni 
bog'laydi, o'zi kiyinadi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  (3  yoshgacha)    hayot  anamnezi    ota  -  onalardan 
so'raladi.  
1.  Nechanchi  homiladorlik  va  nechanchi  bolasi  (agar  homiladorlik  birinchi 
bolmasa, oldingisi qanday tugagan)? 
2. Onada homiladorlik qanday o'tgan?  
3. homiladorning kun tartibi va ovqatlanish xususiyati.  
4. Tug'ruqlar qanday o'tgan (davomiyligi, asorati).  
5. Bola darrov yig'laganmi? Ovozi qanday bo'lgan (baland yoki sekin)?  
6. Tug'ilgandagi vazni va bo'yi.  
7.  Ko'krakga  qachon  qo'yilgan,  ko'krakni  qanday  olgan,  emizilgan  soati,  vaqti  va 
sanasi.  
8. Kindik qoldig'i qachon tushgan va kindik yarasi qanday bitgan?  
9.  Chaqaloqlar  tana  vaznining  fiziologik  yo'qotilishi  bo'lganmi  va  u  qachon 
tiklangan?  
10. Chaqaloqlik davridagi  kasalliklari.  
11. Nechanchi kuni  va necha kg vaznda uyiga javob berilgan?  
12.  Bolaning  jismoniy  rivojlanishi:  bola  hayotining  birinchi  yilida  va  bir 
yoshgacha vazni va bo'yi ortishi.  
13. Motorika va statikasining rivojlanishi: qachon boshini ushlay boshlagan, yonga 
aylangan,  orqadan  qorniga  aylanadi;  qachon  o'tira  boshlagan,  emaklagan,  tik 
turgan, yurgan, yugurgan?  
14. Ruxiy  rivojlanishi: qachondan jilmaygan, g'u-g'ulagan, onasini taniydi, alohida 
so'zlarni gapiradi, bir yoshda va 2 yoshligida so'zlar bazasi qancha?  
15. Bolani uyda va kollektivda o'zini tutishi;  
16. Uyqu, uning davomiyligi va xususiyati.  
17. Bola qanday ovqatlantirishda? - tabiiy, sun'iy, aralash. 
18. Tishlariqachondan chiqqan va tishlarning chiqish tartibi 
19.  O'tkazgan  kasalliklari  (qachon  va  qanday)  jumladan,  infeksion  va  xirurgik 
muolajalar. Kasallikning kechish xususiyatlari, asoratlari. 
20.  Silga,  shol,  ko'k  yo'tal,  qoqshol,  bo'o'g'ma  va  qizamiqqa  qarshi  emlashlar. 
Emlashga reaksiyalar. 
21. Silga qarshi sinamalar qachon o'tkazilgan, uning natijalari? 
22. Yuqumli kasalliklar bilan muloqotda bo'lganmi? 
 
Katta yoshdagi bolalar hayot anamnezi 
1. Oilada nechanchi bola? 
2. Erta bolalik davri qanday o'tgan? 
3. Uyda va kollektivda o'zini tutishi: o'quvchilar uchun - maktabda shug'ullanishi, 
qaysi fanlarni yogtiradi 
4. O'tkazgan kasalliklari va xirurgik muolajalar. 

 
29 
5. Profilaktik emlashlar 
6. Sil sinamalari, qachon o'tkazilgan, natijalari. 
7.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  muloqotda  bo'lganmi?  Sotsial  rivojlanishi.  quyidagi 
omillarga e'tibor berish kerak: 
1. Uyqusi: kunduzgi va tungi uyqu xarakteri va davomiyligi, uyqu rejimi, bolaning 
o'rni  qanaqa va uning joylashuvi, uyg'uchanlik, qo'rquv hissi, alahsirash. 
2.  Gigienik  ko'nikmalar:  yogimlilik,  ozodalikka  o'rganish  usuli,  enurez  yoki 
enko’prez  bor-yo'qligi  va  bunga  ota-onasining  munosabati,  bolani  kasalxonaga 
yotqizganda oilada siydik ajralishi va defekasiya ajralishini kanday jumlalar bilan 
gapiriladi, buni aniqlash kerak. 
3.  Nutqi:  gapiraolmayapti;  duduqlanadi,  bolalarga  xos  so'zlashuv;  so'zlar  zahirasi 
qanday?.  Odatlari:  kiprigini  pirpiratishi;  barmog'ini  so'rishi;  tirnog'ini  so'rishi; 
ishtahasi  yo'qligi; ritual hatti-harakatlar. 
4.  Intizomi:  bolaning  harakatini  ota-onasi  tomonidan  baholanishi;  intizomi; 
tarbiyalash usullari, uning samaradorligi, negativizm; o'zini parvarishlash; agressiv 
tutishi. 
5.  O'rgatish:  bolaga  qarash,  bolalar  bog'chasiga  necha  yoshdan  borgan  va 
adaptasiyasi,  ota-onalarining  qoniqqanligi,  o'qishdagi  muvaffaqiyatlari  va 
qiyinchiliklari. 
6.  Jinsiy  rivojlanishi:  qarama-qarshi  jinsga  munosabati;  jinsiy  munosabatga 
qiziqishi;  homiladorlik;  bolaning  savollariga  ota-oasining  javobi;  onanizm;  xayz 
ko'rishi; tungi pollyusiya haqida tarbiyaviy suhbat; ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy 
yo'l bilan yuqadigan, OITS va boshqa kasalliklar to'g'risidagi tushunchasi. 
7.  Bolaning  shaxsi:  mustahillik  darajasi,  ota-onasi  bilan  munosabati;  aka-opalari, 
tengdoshlari  bilan  munosabati;  guruhda  o'zini  tutishi;  individual  faollik;  yakin 
o'rtoqlari (real va tasavvuridagi), sifat va qobiliyat, o'zi haqida tasavvur qilishi. 
 
 Bolalar  kasalliklari.  O'tkazgan  somatik  kasalliklardan  tashqari,  oxirgi 
paytlarda  yuqumli  kasalliklar  bilan  muloqatda  bo'lganmi?  Baxtsiz  hodisa  va 
jarohatlar,  operativ  muolajalar,    gospitalizasiya.  Bu  xodisalarga  ota-onasi    va 
bolaning  munosabati.  Boladan  unga  qulay  formada  jarohatlarni  oldini  olish  va 
ehtiyotkorlik  choralari  to'g'risida  so'rab  surishtiring. 
 
Oilaviy anamnezi. 
1.  Ota-onasining yoshi 
2. Ota-onasi va  yaqin qarindoshlarining sog'ligi, ota va ona tomonidan aniqlangan 
kasalliklar  (sil,  zaxm,  toksoplazmoz,  alkogolizm,  ruhiy,  asab,  endokrin  va 
allergik). 
3.  Sajara  daraxti  holati,  uch  avlod  miqyosida,  kasal  boladan  bobosigacha  va 
buvisigacha vertikal bo'yicha, aka va opalari gorizontal bo'yicha. 
4.  Oilada  nechta  farzand,  ularning  sog'ligi,  agar  nobud  bo'lgan  bo'lsa,  sababi? 
Olingan ma'lumotlar genetik kartaga kiritiladi. 
 
Oilaning yashash sharoiti 
1. Ota-onasining ish joyi, kasbi, oila a'zolarining jami ish haqqi? 

 
30 
2.  Oila  qanday  sharoitda  yashaydi:  umumiy  maydoni,  yorug',  quruq,  issiq  va 
boshqa, yashayotganlar soni (bolalar va kattalar). 
3. Bolalar muassasiga boradimi? 
4. Bolaga kim qaraydi? qarovchining sog'ligi qanday? 
5. Bolaning alohida yotish joyi bormi? 
6. Bolani tez-tez cho'miltirishadimi? O'yinchoqlari bormi?  
7. Mavsumiy kiyimi bormi? 
8. Kun tartibiga rioya qiladimi? Uyqu va sayr qilish davomiyligi. 
9. Ovqatlanish tartibi, maktabdagi yuklamasi, qo'shimcha yuklamalari.  
 
 
BEMORLARNI KLINIK TEKShIRISh 
Erta  tashhis  qo'yish  usullariga  anamnez  yig'ish,  bemorni  umumiy  ko'rish, 
palpasiya, perkussiya, auskultasiya  kiradi.  
Bemorni  ko'rish  tashhis  qo'yishning  muhim  bosqichi.  U  ikki  qismdan 
iborat: umumiy va maxsus ko'rik. Umumiy ko'rik bemorning shikoyatlariga bog'liq 
bo'lmagan  holda,  hamma  holatlarda  o'tkaziladi.  Maxsus  ko'rik  mutaxassis  (LOR, 
okulist, ginekolog)  tomonidan  maxsus asboblar yo’rdamida o'tkaziladi.  
Bemorni  umumiy    ko'rigi  issiq,  yaxshi  jihozlangan,  izolyasiya  qilingan 
xonada  o'tkaziladi.  Bemor  ko'rigi  maxsus  reja  asosida  o'tkaziladi.    Avval 
bemorning umumiy holati  baholanadi, tanasining xolati, umumiy ko'rinishi, qaddi 
- qomati, terisining rangi, yuz   ko'rinishi, tana vazni, bo'yi, yurishi.   Keyin boshi, 
yuzi,  bo'yni,  ko'krak  qafasi;  oyo’q-qo'llari,  tashqi    jinsiy  a'zolari;  teri  osti  yo’q 
qatlami; suyak - mushaklari  tizimi, limfa  tugunlari  sohasi  ko'riladi.  
Kichik  yoshdagi  bolalarda  tomog'i  ham  ko'riladi.  Yaxshi,  diqqat  bilan 
o'tkazilgan  bemor  ko'rigi  tashhis  qo'yishda  va  taxminiy  kasallik  haqida  o'ylashga 
asos  bo´ladi.  Palpasiya  (lotincha  palpatio  -  silash)  -  bemorni  manual  tekshirishga 
asoslangan klinik tekshirish usuli.   
Paypaslash  bilan  turli  organlarning  joylashgan  o'rni  (ularni  normal 
lokalizasiyasi  yoki  joyidan  siljigani),  konsistensiyasi  va  organ-to'qimaning 
elastikligi, organlar  harakati, xarakteri,  lokal  harorat, og'riqli  joylar, jarohat o'rni,  
tana  bo'shliqlarida    patologik  o'smalar    bor-yo'qligi  va    boshqalar.  Paypaslash 
yuzaki  va  chuqur  bo´ladi.  Chuqur  paypaslash  yuzakidan  keyin  bajariladi.  Tizimli 
tekshirishda  teri    qoplami,  mushak    va  suyaklar,  ko'krak  qafasi,  qorin  bo'shlig'i, 
limfa  tugunlari  to'plami    ketma-ketlikda    olib  boriladi.  Ichki  organlarni  yaxshilab 
tekshirish  uchun    paypaslashni  maxsus  turi  o'tkaziladi:  buyrakni  bimanual 
paypaslash,  kichik  chanoq    organlarini    transrektal  paypaslash,    bachadonni  qin 
orqali paypaslash va  boshqalar. 
 
Paypaslashning umumiy qoidalari 
1.Palpasiya o'tkaziladigan joy issiq bo'lishi kerak 
2.Tananing paypaslanadigan joyi aniq bo'lishi kerak 
3.Bemorning holati tekshirish maqsadiga bog'liq 
4.Shifokor holati qulay bo'lishi kerak, zo'riqish va charchash chaqirmasligi kerak, 
erkin harakat ta'minlanishi lozim. 
5.Shifokor bemordan o'ngda joylashadi, yuzini unga haratadi. 

 
31 
6.Shifokorning qo'llari issiq, tirnoqlari kalta olingan bo'lishi kerak. 
7.Paypaslash  harakati  yengil  va  yumshoq,  har  xil  bosimlar  asta-sekin  bo'lishi 
kerak. 
8.Paypaslashni  sog'lom  tomondan  boshlash  kerak,  keyin  og'riyotgan  joy 
paypaslanadi. 
9. Taqqoslovchi palpasiya: har doim sog' va kasal tomon taqqoslanadi. 
 
Perkussiya  (lotincha  percussion  -  tukullatish)  -  tananing  turli  qismlarini 
tukullatish    orqali  bemorni  klinik  tekshirish  usuli,  tukullatganda  olingan  tovushni 
talqin  qilishga  asoslangan.  Bu  usul  to'qimalar  dag'alligini  (past  ovoz),  yashirin 
bo'shliqlar  borligi  va  havo  to'planganligi  (jarangdor  ovoz),  elastikligini  (baraban 
ovoz)  aniqlashga  yo’rdam  beradi.  Tananing  har  xil  qismini  tukullatganda  organ-
toqimalarning  to'lqinlanishi  kuzatiladi.  Bu  to'lqinlanishni  shifokor  qulog'i  orqali 
aniqlaydi. Ovozning balandligi tukullatilgan soha qattiqligiga proporsional: o'pkani 
perkussiya  hilganda  (to'qimaning  past  zichligi)  past  ovoz  vujudga  keladi,  yurakni 
tukullatganda (qattiq dag'al to'qima) yuqori ovoz eshitiladi. 
Perkutor  ovozning  balandligi  tukullatish  kuchiga  proporsional,  davomiyligi 
qisqa  bo'lsa,  perkussiya  qilinayotgan  organ  qattiqroq  eshitiladi.  Yuqori  zichlikka 
ega  bo'lgan  zonalarni  perkussiya  qilinganda  past  perkutor  ovoz  hosil  bo´ladi: 
mushaklar,  suyaklar,  bo'shliqlarga  suyuqlik  to'planganda.  Katta  bo'shliqlarni 
perkussiyasi  uchun  nog'ora  tovushi  xos:  oshqozon  bo'shlig'i;  plevra  bo'shlig'i 
pnevmotoraksida  (plevra  bo'shlig'iga  havo  to'planishi).  Bolalarda  kattalarga 
nisbatan tinch perkussiya usuli qo'llaniladi. 
Auskultatsiya  (lotincha  auscultare  -  eshitish)  -eshitish  va  ovozlarni  talqin 
etuvchi  klinik  tashhisot  usuli.  Auskultatsiya  to'g'ri  va  bilvosita  turlarga  ajratiladi. 
Agar shifokor qulog'ini bemor tanasiga to'g'ridan-to'g'ri qo'ysa - to'g'ri, stetosko’p 
yo’rdamida bo'lsa - bilvosita deyiladi.  
Normada  ichki  organlar  faoliyati  xarakterli  ovozlar  bilan  kechadi.  Ichki 
organlarni  u  yoki  bu  patologik  jarayonga  uchrashida,  ularni  funksiyasini 
ko'rsatuvchi  ovozlar  o'zgaradi.  Bu  ovozlarni  bilish  va  talqin  qilish  perkussiya 
usullarini yaratadi. Misol, o'pka va bronxlarning har -xil zararlanishida xirillashlar, 
yurak  qopqoqlari  zararlanganda  shovqinlar  xarakterini  bilgan  holda  taxminiy 
tashhis qo'yish mumkin. 
Bemorga  tashhis  qo'yishda  klinik  tekshirish  usullari  asosiy  hisoblanadi. 
Bemorga  klinik  tashhisot  texnikasini  bilish,  olingan  ma'lumotlarni  to'g'ri  talqin 
qilish, shifokorni to'g'ri yo'naltirishga, diagnozni to'g'ri qo'yishga undaydi.  
Yuqorida  ko'rsatilgan  tekshirish  usullari,  qachonki  qo'shimcha  tekshirish 
usullari (laborator va instrumental usullari)qulay bo'lmaganda,  umumiy qulaylikka 
ega  va  hech  qanday  maxsus  instrumentlarni  talab  qilmaydi,  har  -xil  vaziyatlarda 
ularni to'g'ri baxolaydi. 
 
UMUMIY KO'RIK. ES-HUSh VARIANTLARI. TANA TUZILIShI 
Ko'rik (constitute) - bemor organizmi ko'rinishi va funksiyasini ko'rish orqali 
olingan ma'lumotga asoslangan klinik tekshirish usuli. 
Umumiy ko'rik o'tkazganda baholash kerak: 

 
32 
1. Bemorning umumiy ko'rinishi. 
1.1. Bemorni umumiy ahvoli 
1.2. Bemor holati 
1.3. Bemor es-hushi 
1.4. Tana tuzilishi, konstitusiyasi 
1.5. Bo'yi 
1.6. Tana vazni, ovqatlanishi 
1.7. qaddi-qomati 
1.8. Yurishi 
1.9. Boshi, yuzi, og'zi, burni, bo'yin ko'rinishi 
2. Teri holati 
3. Teri osti yog' qatlami 
4. Limfa tugunlari holati 
5. Mushak tizimi holati 
6. Suyak tizimi holati 
7. Bo'g'imlar holati 
 
Bolani  umuiy  ko'rikdan  o'tkazish  katta  ahamiyatga  ega,  chunki  bu  paytda 
shifokor nafaqat bola ahvoli to'g'risida ma'lumot olishi, balki ko'p gollarda tashhis 
qo'yishi ham mumkin. Bolani ko'rayotganda bolaga bilan yaxshi muloqat o'rtanish 
va ba'zi bir qoidalarga rioya qilish lozim. 
 
Ko'rish texnikasi va qoidalari: 
1.  Bolani  ko'rayotganingizda  albatta  yonida  ota-onasi  bo'lishi  kerak.  Bu  bolani 
ancha tinchlantiradi. 
2.  Tabiiy  kunduzgi  yorug'lik  mavjudligi.  Agar  sun'iy  yorug'lik  bo'lsa,  kunduzgi 
chiroq bilan. Bemorni ko'rayotgan xonada harorat 20-22°S bo'lishi kerak. 
3.  Yorug'lik  to'g'ridan  va  yondan  tushishi  kerak.  To'g'ridan  tushuvchi  yorug'likda 
butun  tana,  uning  a'zolari  va  ranglari  aniqlanadi.  Yondan  tushuvchi  yorug'likda 
ichki organlarharakati ko'rinadi. 
4.  Ko'krak  yoshidagi  bolalar  maxsus  yo'rgak  stolida,  katta  yoshdagi  bolalar  esa 
kushetkada  yoki  krovatda  ko'riladi.  Ko'rik  boshida  pasient  beligacha  echintirib 
ko'riladi.  Tanasi  va  ko'krak  qafasi  vertikal  holatda,  qorni  vertikal  va  gorizonlal 
holatda ko'riladi. 
5.  Bolani  ob'ektiv  ko'rish  ona  bilan  suhbat  o'tkazilayotgan  vaqtdayog  boshlanadi. 
Bu  vaqtda  siz  bolaning  xarakati,  atrofdagilarga  bo'lgan  munosabati,  ovozini 
o'rganishingiz  mumkin.  Agar  bola  uxlabyotgan  bo'lsa,  uni  uyg'otmang.  Aksincha 
bola  uxlab  yotganda  uning  nafas  olish  soni  va  yurak  urishini  tekshirish  yengillik 
tug'diradi.  Uyqudagi  bolani  palpasiya  qilish  xam  ko'p  ma'lumot  olishga  yo’rdam 
beradi. 
Bemor     ahvolining    turlari 

 
qoniqarli: 
- bola harakatchan, atrofdagilar bilan qiziqadi; 
- yaqqol ifodalanmagan lanjlik, kam harakat, bezovtalik; 
- tana harorati normal yoki subfebril; 
-teri rangi och-pushti yoki bir oz qizargan

 
33 
- boshqa organ va sistemalarda buzilishlar aniqlanmaydi yoki ular sezilarli emas. 

 
O'rta og'irlikda: 
-  yaqqol  ifodalangan  intoksikasiya  belgilari  -  bola  holsiz,  gaplashgisi  yo'q 
uyquchanlik; 
- tana harorati 38-39 °S; 
- terisi giperemiyalangan yoki sianotik; 
- nafas olishi bir oz tezlashgan; 
- taxikardiya; 
- qayd qilish, ich ketish, maktabgacha yoshdagi bolalarda - qorni dam bo'lishi. 

 
Og'ir: 
-hush buzilishining turli bosqichlari kuzatiladi 
 
- talvasa bo'lishi mumkin. 
- tana xarorati 39-40 °S. 
- terisi rangpar yoki sianotik, mikrosirkulyasiyaning buzilishi  
- hansirash 
- taxikardiya yoki bradiaritmiya. 
- oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar 
- takroriy qayd qilishlar; 
- ichak parezi natijasida qorinning dam bo'lishi; 
- diareya. 
- diurezning kamayishi. 
 
Bemorning  umumiy  ahvoli  uning  o'zini  his  qilishi,  ya'ni  sub'ektiv  hisdan 
farq  qiladi.  Shikoyatlari  ko'p  bo'lishiga  qaramay  bemorning  umumiy  ahvoli 
qoniqarli bo'lishi mumkin va aksincha.  
Bemor   ahvolini   baholashning  klinik   mezonlari. 
Bemor  umumiy  ahvolini  baholash  katta  ahamiyatga  ega.  U  davolash 
tadbirlarining  hajmi  va  ketma-ketligini  aniqlaydi,  shuningdek  kasallikning  shu 
bosqichida  kerakli  qo'shimcha  laborator-instrumental  tekshirish  usulidan 
foydalanish  mumkin.Bemor  ahvolini  baholash,  bu  bemorni  intensiv  terapiya  va 
jonlantirish  bo'limiga  gospitalizasiya  qilishni  hal  qiladi,  kasalni  alohida  boks, 
odatdagi  palataga  joylashtirish  zarouratini  aniqlashda  yo’rdam  beradi.Bemorni 
umumiy  ahvoli  og'irlik  darajasi  4  ga  bo'linadi:  qoniqarli,  o'rta  og'irlikda,  og'ir, 
shuningdek  o'ta  og'ir  yoki  terminal  holat.  Ahvolning  og'irligini  shifokor  bemorni 
ko'rganda  baholaydi,  u  faqatgina  kun  davomida  emas,  balki  soat  va  sutkada  ham 
o'zgarishi mumkin. 
 Katta  yoshdagi  bolalarda  umumiy  ahvolni  baholash  uchun  ikkita  asosiy 
mezon qo'llaniladi: 
1. 
Toksikoz sindromining rivojlanish darajasi 
2. 
U yoki bu tizim funksional buzilishining rivojlanish darajasi 
quyidagi  klinik  belgilarning  rivojlanishi  va  darajasi  ketma-ketligiga  qarab, 
toksikoz og'irligi belgilanadi: lanj (apatiya), kam harakatlanish (adinamiya), vaqti-
vaqti  bilan  bezovtalik,  uyg'uchanlik,  stupor,  sopor,  koma,  talvasa  sindromi  bilan 
almashinadi. 
Bemor    holati    turlari: 

 
34 
Aktiv - bola o'zini erkin tutadi, vrach iltimosiga ko'ra holatini o'zgartira oladi. 
Passiv  (bemor  xushsiz  bo'lganda  yoki  o'ta  xolsiz  bo'lganda)  -  bemor  harakatsiz, 
boshi va oyog-qo'llari osilib turadi. 
Majburiy  -  bu  bemorni  og'riqdan  xolos  etuvchi  holat  (ba'zi  bir  kasalliklarda 
spesifik belgi hisoblanadi): 
-    meningitda  -  boshini  orqaga  tashlab  yonboshlab  yotish,  qorni  ichiga  tortilgan, 
oyoglari qorniga keltirilgan
-  o'tkir  peritonitda  -  oyoglarini  buklab  orqasida  yotish,  har  bir  harakat  qorinda 
kuchli og'riq chaqiradi; 
-  o'tkir  pnevmoniyada  -  zararlangan  o'pka  tomonida  yotadi, bunda  zararlanmagan 
o'pka ekskursiyasi samaraliroq bo´ladi; 
- bronxial astmaning og'ir xurujida - qo'llariga tirangan holda o'tirish yoki turish; 
- yaqqol yurak yetishmovchiligida - o'tirish yoki yonboshlash. 
Umumiy  ko'rikda  shuningdek  bolaning  gavdasiga,  qadam  bosishiga,  yuzining 
ifodasiga  e'tibor  berish  lozim.  Sog'lom  bola  gavdasini  tik  tutadi,  shahdam  qadam 
bosadi, erkin harakat qiladi. 
Hush xiralashining belgilari 
1) bemorning parishonligi (atrofdagi olamni to'g'ri idrok hilaolmaslik). 
2) makon va zamonda orientirni buzilishi. 
3) o'z shaxsiga nisbatan orientirni buzilishi. 
4)    fikrlarning poyma-poyligi 
5) to'liq yoki qisman amneziya   
 
Hush    buzilishi    turlari 
1.  Stupor  -  karaxtlik  holati,  bunda  bemor  qisqa  vaqt  gaplashadi,  lekin  atrof-
muhitda yomon orientasiya qiladi, savollarga sekin va kechikib javob beradi. 
2. Sopor (uyg'uchanlik) - bemor uyquga ketgandek bo´ladi,  unga qaratilgan nutqqa 
reaksiyasi  yo'q  va  savollarga  "ha",  "yog"  deb  javob  beradi,  lekin  palpasiya, 
perkussiya, ko'ruvga reaksiyasi bo´ladi. 
3. Koma - hushni batamom yo'qolishi, reflekslar pastligi yoki yo'g'ligi. 
Tana  tuzilishi  -  organizm  morfologik  xususiyatlari  to'plami,  irsiy  va  orttirilgan 
xossalarga  asoslangan  (orttirilgan  xossalari  bemorni  atrof-muhit  holati  bilan 
aniqlanadi).  Konstitutsiya  (lot.constitution-tuzilish)  -  bu  organizm  funksional  va 
morfologik xususiyati yig'indisi, irsiy va orttirilgan xossalarga asoslangan,  
uning ekzogen va endogen omillarga ta'siri bilan aniqlanadi (M.V. Chernoruskiy). 
Odam    organizmining   konstitusion   turlari 
1. Normostenik 
2. Astenik 
3. Giperstenik 
 
 
Normostenik  turi  -  tananing  asosiy  o'lchamlari  proporsionalligi  bilan  ta'riflanadi, 
astenik va giperstenik tana tuzilishi turlari orasida oraliq holatni egallaydi. 
Astenik turi -  tananing bo'yi uzunligi, ko'ndalangidan ustunlik qiladi, oyog-qo'llari 
tanasidan,  ko'krak  qafasi  qornidan,  yurak  va  parenximatoz  organlar  normostenik 

 
35 
turiga  nisbatan  kichik  ulchamda,  o'pka  uzunroq,  ichaklar      qisqa,  qorin  pardasi 
uzun, diafragma pastda joylashgan. 
Giperstenik  turi  -  tana  ko'ndalang    o'lchamlari  uzunligidan  ustunligi  bilan 
ta'riflanadi.  Gavdasi  oyog-qo'llarga  nisbatan  uzunroq,  qorin  o'lchami  bilinarli, 
diafragma yuqori joylashgan. hamma ichki a'zolari, asteniklarga nisbatan, o'pkadan 
tashqari, katta o'lchamda, ichaklari uzunroq,  devorlari  qalin. 
Antropometriya  -  morfologik  va  funksional  belgilarni  o'lchashga  asoslangan 
tekshirish  usuli.  Klinik  antropometriya  asosiy  belgisi  tana  vazni  va  bo'y  uzunligi 
hisoblanadi. 
 
JISMONIY RIVOJLANISH. ANTROPOMETRIYA 
Insonning  fizik  rivojlanishi  deganda  morfologik  va  funksional  belgilar 
yig'indisi, o'zaro bir-biri bilan bog'liqligi tushuniladi. Bola organizmini shakllanish 
va  rivojlanish  jarayoni  intensiv  kechadi,  tashqi  muhitga  alohida  sezgirligini 
aniqlaydi.  Bolaning  jismoniy  rivojlanishiga  iqlim  sharoiti,  yashash  sharoiti,  kun 
tartibi,  ovqatlanish  xarakteri  ta'sir  qiladi,  shuningdek  o'tkazgan  kasalliklari. 
Jismoniy  rivojlanish  tempiga  irsiy  omillar,  konstitutsiya  turi,  moddalar 
almashinuvi intensivligi, organizmning endokrin foni, qondagi fermentlar aktivligi 
va  oziqlanish  bezlari  sekresiyasi  ham  ta'sir  ko'rsatadi.  Shu  sababli,  bolalarni 
jismoniy  rivojlanishini  tengligi,  ular  sog'ligini  ishonchli  ko'rsatgichi  bo'lib 
hisoblanadi. 
Bolalarni  jismoniy  rivojlanishini  baholashda  quyidagi  ko'rsatkichlarni  hisobga 
olish kerak: 
1.  Morfologik  ko'rsatkichlar:  tana  vazni  va  bo'yi,  ko'krak  qafasi  aylanasi,  3 
yoshgacha bo'lgan bolalarda bosh aylanasi. 
2.  Funksional  ko'rsatkichlar:  o'pkaning  tiriklik  sig'imi,  barmoqlar  mushak  kuchi 
va boshqalar. 
3.  Mushaklar va mushak tonusi rivojlanishi,  qaddi-qomat holati, tayanch-harakat 
apparati, teri osti yog' qatlami rivojlanishi, to'qimalar turgori. 
Tana  uzunligi.  Tana  uzunligi  ko'rsatkichi  jismoniy  rivojlanish  bosh?a 
ko'rsatkichlarga  nisbatan  stabil  hisoblanadi.  Bola  hayotining  birinchi  3  oyligida 
bo'yi  eng  yuqori  tempiga    chiqadi.Bola  to'g'ri  rivojlanganda  birinchi  oylarida 
byining  o'sishi  11-12  sm,  uch  yoshligida  -  8  sm,  4  yoshda  -  6  sm.  4  yoshda 
bolaning boyi 100 sm ga yetadi. Keyinchalik (10 yoshgacha) bo'yining o'sganligini 
aniqlash uchun quyidagi formuladan qo'llaniladi: 
Bola bo'yining uzunligi  
R = 100 sm + 6 (n-4), 
n  -  bolaning  yoshi,  6  -  o'rtacha  har  yili  qo'shiladigan  bo'yi  uzunligi,  sm.  Eng 
intensiv bo'yi 5-7 yoshga va jinsiy shakllanish boshlanish davriga to'g'ri keladi. 
Tana  vazni.  Bu  labil  ko'rsatgich  bo'lib,  konstitusion  xususiyatlar,  nerv-endokrin  
va  somatik  buzilishlar  ta'sirida  o'zgarishi  mumkin,  u  ekzogen  sabablarga  ham 
bog'liq (ovqatlanish, kun tartibiga). Bolaning tana vazniga eng intensiv  qo'sqilishi 
1 yoshgacha va pubertat davrga to'g'ri keladi.  
Chaqaloqlarda o'g'il bolalarda  o'rtacha tana  vazni 3494  gr,  qizlarda -  3348  gr. 4 -
4,5  oyligida  bolaning  tana  vazni  2  barobarga,  1  yoshda  3  barobarga  ortadi.  1 

 
36 
oyligida  bola  600  gr,  2  va  3  oyligida  800  gr  qo'sqiladi.  3  oylikdan  keyin  tana 
vazniga  qo'sqilishi  xar  bir  keyingi  oylar  uchun  quyidagicha  topiladi,  keyingi 
oylarga qo'sqilishi 50 gr yoki  
 
quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
 
X = 800 - 50 x (n - 3), 
X - kutilayotgan xar bir oyda qo'sqiladigan tana vazni, n - oylar soni. 
Bolalarda tana vaznining ortish tempi 2 yoshdan keyin sekinlashadi va  o'rtacha xar 
yili 2 kg ni tashkilqiladi. 
 
10  yoshgacha  bolalarda  kutilayotgan  tana  vazni  quyidagi  formula  bo'yicha 
hisoblanadi: 
 
R = 1 yoshli bola tana vazni + 2 kg x (n -1),  
R - kutilayotgan vazn, n - yoshi. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin