Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


BOLALARDA   KONSTITUSIYa  ANOMALIYaLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30

BOLALARDA   KONSTITUSIYa  ANOMALIYaLARI. 
DIATEZLAR 
Diatezlar  (diatheses:  grek  tilidan  diatesis  biror  narsaga  moyillik)  - 
konstitusiya  anomaliyalari,  ba'zi  bir  kasalliklarga  moyillik  va  odatdagi 
qo’zgalishlarga ma'lum bir tiplarning noadekvat reaksiyalari bilan xarakterlanadi. 
 
Asrlar o’tishi bilan "konstitusiya" atamasining moqiyati o’zgardi. Gippokrat 
"yaxshi  konstitusiya"  atamasida  organizmning  to’rt  suyuqlik  garmoniyasini 
tushungan;  Galen  "pnevmaning"  turli  xil  holati  haqida  aytgan;  Paraselz  sog’lom 
odam tanasida tuzlar, oltingugurt yoki simobning ustunligi bilan tushuntirgan. 
 
Keyinchalik    kasallik  tananing  alohida  tuzilishi  yoki  tarkibi  bilan  bog’liq 
degan  fikrlar  aytilgan.  XVII  asrda  konstitusiya  -    temperament  haqidagi  bilimlar, 
keyinchalik  konstitusiyani    tana  tuzilishining  tashqi  xususiyatlari  bilan  ham 
boqlashgan.  XIX  asr  o’rtalarigacha  odam  patologiyasi  haqidagi  fanlarda  gumoral 
yonalish  (qon,  limfa,  sharbatlar  o’zgarishi)  saqlangan.  Konstitusiya  to’g’risidagi 
noilmiy  tasavvurlar  ko’p  yillar  davomida  saqlangan.  1846  yilda  Rokitanskiy 
tomonidan    (o’ha  vaqtlarda  tibbiyotda  tan  olingan  mualliflardan)  "Patologik 
anatomiya"  kitobi  chop  etilgan,  unda  kasallikning  patologo  -  anatomik  tomonlari 
korsatilishi  bilan  birga,  qon  tarkibining  buzilishi  hisobiga  kasallikning  paydo 
bo’lishi  teoriyasi  kelib  chiqadi  degan  fikr  kiritilgan.  Virxov  ishlaridan  keyin  
kasalliklarning yuzaga kelishi qon tarkibidagi o’zgarishlardan paydo bo´ladi degan 
fikr inkor qilindi,  kasallikka esa hujayra patologiyasi deb qarala boshlandi.   
 
Pediatrlarni  konstitusiya  va  diatezlarning  umumiy  tibbiy  va  klinik 
tushunchalari    bilan  Mixail  Stepanovich  Maslov  tanishtirdi.  M.S.  Maslov 
pediatriya tarixiga ko’p vaqti va ishlarini bolalardagi konstitusiya anomaliyalari va 
diatezlarni organishga ba?ishlagan olim sifatida kirdi. 
 
Hozirgi  vaqtda  diatez  tushunchasi  deganda,  bola  organizmining  nasldan-
naslga  o'tadigan  alohida  xususiyatga  ega  holati, kasalliklarni  yengilroq  yoki  og’ir 
kechishini  aniqlaydigan,  odatdagi  muhit  ta'siriga  organizmning  noadekvat  javobi 
tushuniladi. 
 
Diatez tushunchasidan korinib turibdiki, bu holatlarga hech qachon kasallik 
deb  qarash  kerak  emas.  Aniqroqi  diatezlarni  noqulay  tashqi  va  ichki  ta'sirlar 
natijasida  (bolaning  norasional  kun  tartibi,  ovqatdagi  o’zgarishlar,  parvarish 
nuqsonlari,  surunkali  yuqumli  kasallik  va  emosional  stresslar)  kasallikka  olib 
keluvchi odam konstitusiyasining anomaliyalari yoki adaptasiyaning buzilishi deb 
qarash mumkin. 
 
Diatezlarning rivojlanish mexanizmi vegetativ nerv tizimi va ichki sekresiya 
bilan  bog’liq.  Tashqi  muhit  sharoiti    o’zgarganda  (ovqatlanish,  kun  tartibining 
buzilishi,  organizm  kasalliklari),  markaziy  yo’ki  vegetativ  nerv  tizimining 
funksional  buzilishlarida  nerv-regulyator  mexanizmlar  organlar  va  moddalar 

 
128 
almashinuvining  to'g'ri  funksiyasini  ta'minlay  olmaydi,  buning  natijasida 
organizmning  tashqi  muhitga  moslanishi  susayadi,  reaktivligi  ozgaradi,  aniq  bir 
kasalliklarga moyillik yuzaga keladi. Diatezlarda hattoki fiziologik qo’zgatuvchilar 
va  odatdagi  hayot  sharoiti  patologik  reaksiyalarni  chaqirishi  va  kasallikka  olib 
kelishi  mumkin.  Kasalliklarga  moyillikni  pasaytirish  yo’ki  ba'zida  bartaraf  qilish 
mumkin. 
 
Konstitusiya anomaliyalari bor bolalar o’tkir respirator infeksiyalar bilan tez 
kasallanadi,  ularda    kislota  -  asos  balansining  buzilishi,  oqir  toksikozlar,  talvasa 
sindromi,  septik  va  yalliglanish  jarayonlar  rivojlanishiga  moyillik  bo´ladi. 
Diatezlarning  alohida  shakllari  keyinchalik  teri,  oshqozon-ichak  trakti,  siydik 
chiqarish  yo’llari  va  suyak-bo'g’im  tizimining  surunkali  patologiyasiga  aylanishi 
mumkin.Ekssudativ-kataral  (ekssudativli)  diatez  -  erta  yoshdagi  bolalarga  xos 
konstitusiya  anomaliyasi  bo’lib,  teri  va  shilliq  qavatlarning  qaytalanuvchi 
deskvamativ  zararlanishi,  allergik  reaksiyalar  rivojlanishi  va  yalliglanish 
jarayonining choziluvchan kechishi, shuningdek, suv-tuz almashinuvi buzilishi va 
limfoid  giperplaziyaga  moyillik  bilan  xarakterlanadi.  30-53%  erta  yoshdagi 
bolalarda ekssudativ - kataral diatezning qisqa vaqtli belgilari aniqlanadi. Ko’pgina 
bolalarda    ekssudativ  -  kataral  diatez  patogenezida  oshqozon-ichak  traktining 
yuqori  o’tkazuvchanligi,  semiz  hujayralar  membranalarining  yetarli  bo’lmagan 
stabilligi,  biogen  aminlar  va  oqsillarni  parchalaydigan  fermentlar  aktivligining 
pastligi muhim ahamiyatga ega. 
 Ekssudativ-kataral  diatezning  asosiy  xususiyati  shundan  iboratki  uning 
boshlanish  vaqti  ona  (bolani  ko’krak  suti  bilan  emizganda)  yo’ki  bola  ovqatida 
gistamin  va  gistamin  liberatorlari  ko’p  bo’lgan  maxsulotlar  -  qulupnay,  yer 
yonqoq,  sitruslilar,  shokolad,  baliq,  pishloq,  kolbasa,  tomatlar,  karam  iste'mol 
qilinishi  bilan  bog’liq;  bunda  yuzaga  keladigan  allergik  reaksiyalar  immun 
mexanizmlar ishtirokisiz paydo bo´ladi. 
 
Ekssudativ-kataral 
diatezli 
bolalarga 
xarakterli 
bo’lgan  belgilarga 
quyidagilar  kiradi:  tana  vaznining  ortiqligi,  kerikish,  hayotining  birinchi  oyidan 
boshlab  bicqilish,  gneys  (boshining  soch  qismida  yogli  seboreyali  tangachalar), 
terining  quruqligi  va  oqarishi,  sutli  strup  –  yo’noq  terisi  va  jag’ning  qizarishi, 
keyinchalik  qipiqlanish.  Ko’p  ho’llarda  terida  eritematoz-papulezva  eritematoz-
vezikulez  qichishadigan  toshmalar,  tirnalganda  ikkilamchi  infisirlanishi  mumkin 
bo’lgan toshmalar paydo bo´ladi. "Geografik til", ozgaruvchan najas, choziluvchan 
kon'yuktivitlar,  rinitlar,  obstruktiv    bronxitlar,  ko’p  ho’llarda  kamqonlik,  raxit 
aniqlanadi. 
 
Organizmda suv, natriy, kaliy va xloridlar ushlanib  qolishi kuzatiladi, lekin 
interkurrent  kasalliklarda  suvsizlik  tez  rivojlanadi.  Moddalar  almashinuvining 
xususiyati  metabo’lik  asidoz,  erkin-radikal  lipidlarning  qayta  oksidlanishi, 
gipoproteinemiya,  giperglikemiya  va  giperlipidemiyaga  moyillik,  jigar  funksiyasi 
buzilishi  hisoblanadi.  3-4  yoshda  ekssudativ-kataral  diatez  vujudga  kelishi  asta-
sekin yo’qoladi. 
 
Diagnoz  anamnestik  va  klinik  ma'lumotlarga  asoslangan.  Differensial 
tashxis allergik diatezlar bilan o’tkaziladi. Agar teri va boshqa allergik ko'rinishlar 
oddiy allergen ta'sirlar natijasida yuzaga chiqsa, davolashga qaramasdan kuchayib 

 
129 
borsa va bolaning ota-onasi allergik kasalliklar bilan kasallangan  bo’lsa, bemorda 
allergik  diatez  va  aniq  allergikkasallik  (masalan,  atopik  dermatit)    tashxisi 
qo’yiladi. 
 
Ekssudativ-kataral  diatezi  bor  bolalar  pediatr  dispanser  kuzatuvi  ostida 
bo’lishiga kerak. Kerak bo’lganda allergolog, dermatolog va boshqa mutaxasislar  
konsultasiyasi  o’tkaziladi.  Bola  va  onasiga  ko’krak  suti  bilan  emizish  vaqtida, 
rasional ovqatlanishni  uyushtirish  muxim  axamiyatga  ega. Allergiya  chaqiradigan 
maxsulotlarni,  yengil  hazm  bo´ladigan  uglevodlarni  chegaralash  lozim.  Bir 
yoshgacha  bolalarni  sun'iy  ovqatlantirilganda    nordon  aralashmalar  tavsiya 
qilinadi.  Allergenlarni  topishda  anamnez,  "ovqat  kundaligini"  tuzish  va  maxsus 
allergolik tekshirish yordam beradi. Uyda gipoallergenli muhit yaratish zarur, eng 
ko’p  tarqalgan  allergik  vositalarni  man  etish  (penisillin,  asetilsalisil  kislota, 
vitamin  V1,  biologik  dori  vositalari).  Profilaktik  emlash  haqidagi  savollar 
individual yecqiladi, ular medikamentoz tayyo’rlashdan keyin (giposensibilizasiya, 
antigistamin  dori  vositalari)  ekssudativ-kataral  diatez  qaytalangandan  keyin,  1-
oydan kam bo’lmagan vaqtda o’tkaziladi. 
 
Allergik zararlanishda V6, A, Ye, V5 vitaminlari yoshiga mos davo dozasida 
asta-sekin  qollaniladi,  antigistamin  dori  vositalari  (masalan,  suprastin,  tavegil, 
dimedrol,  ketotifen,  zaditen)  qo’llaniladi.  Teri  zararlanishi  bo’lgan  bolalarga 
moychechak,  moychechak  damlamasi  bilan  vannalar,  1%li  indometasin  moyi 
buyuriladi. 
 
Ekssudativ-kataral  diatezning  birlamchi  profilaktikasi  perinatal  davrda  olib 
boriladi va homilador ayollar va ko’krak yoshidagi bolalarni rasional ovqatlanishi, 
obligat allergenlar bilan muloqotni bartaraf qilishni o’z ichiga oladi. 
 
Allergik  diatez  -  allergik  kasalliklarga  moyillik  bilan  xarakterlanadigan 
konstitusiya  anomaliyasi.  Yu.E.Veltishev  (1984  y)  va  I.M.Voronsov  (1985  y) 
immunologik  reaksiyalar  xususiyatlariga  bog’liq  holda  allergik  diatezni  quyidagi 
shakllarini ajratishni taklif qiladi: atopik, autoimmun, infeksion-allergik. 
 
Allergik    diatez    poligen  irsiylanishga  ega.  Turli  oilalarda    allergik  
reaksiyalarga yuqori moyillik turli  omillarga bog’liq:  IgYe ning  yuqori  sintezi, 
immun    tanqislik,  nafas  yo’llari  va    ichak    epiteliyalari  gliko’proteinlari, 
bakteriyalar,  zamburug’lar  va  boshqalar  bilan    o’xshashligi  bilan    xarakterlanadi. 
Allergik kasalliklar   allergenlarni parchalanmagan  holda tabiiy barer  orqali o'tishi 
natijasida  va    atrof-muxit    omillari,  infeksiya  ham  qo’zg’atuvchi  rolni  o'ynaydi, 
gipovitaminozlar,  shilliq  qavatlarning  to’siq    xususiyati    buzilishi  natijasida  
yuzaga  kelgan  anemiya  ta'sirida  rivojlanadi.  
 
Allergik  diatezlarda  bola  hayotining  birinchi  yilida  ekssudativ-kataral 
diatezga  oxshash  terining  zararlanishi  bo’lishiga  mumkin,  shuningdek,  ekzema, 
maktabgacha  yoshda  nafas  yollari  allergik  kasalliklari,  immun-kompleks 
kasalliklar (masalan, biriktiruvchi to’qimaning diffuz kasalliklari), maktab yoshida  
asosan  ekzema,  atopik  dermatit,  teri  va  nafas  organlarining  bir  vaqtdagi  allergik 
kasalliklari, autoimmun va immunokompleks  kasalliklar  kuzatiladi. 
 
Allergik  diatez  diagnozi  genealogik  anamnezga  asoslanadi,  agar  allergik 
kasallik o’rtasida bo’lsa 30% bolalarda bu diatez rivojlanadi,  agar allergik kasallik 
onasida  bo’lsa  bolada  50%    holda,    agar  allergiya  ikkala  ota-onasida  diagnostika 

 
130 
qilingan  bo’lsa  75%  bolalarda  diatez  rivojlanadi.  Bolada    allergik    zararlanishni 
yuzaga  kelishi  tashqisni  asoslaydi,  uning  rivojlanishida  immun  mexanizmlar 
qatnashadi  (ekssudativ-kataral  diatezdan  farqi);  oxirgi  tashqis  allergologik 
tekshiruvdan so’ng   qo’yiladi. 
 
Allergik  zararlanishning  davosi  mutaxasislar  tomonidan  o’tkaziladi 
(masalan, allergolog, dermatolog).  
Limfatiko-gipoplastik  (limfatik)  diatez  -  bola  hayotining  birinchi  7 
yoshigacha  bo’lgan  davrdagi  konstitusiya  anomaliyasi,  limfa  tugunlari  va 
ayrisimon  bezning  generalizasiyalashgan  kattalashishi,  endokrin  tizimning 
disfunksiyasi  (buyrak  usti  bezining,  simpatik-adrenal  tizimning  gipofunksiyasi), 
atrof  muhitga  bo’lgan  o’zgarishning  pasayishi,  yuqumli  va  allergik  kasalliklarga 
moyillikning ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu diatezning yuzaga kelishida homila 
ichi  davrida  va  homiladan  tashqari  hayotining  birinchi  haftasida  toksik-infeksion 
va uzoq muddatli gipoksiya  rol oynaydi.  
Limfatiko-gipoplastik  diatezli  bolalar  uchun  kichik  mushak  og’irligiga 
qaramasdan, tana vazninig ortiqligi, kerikish, kalta bo’yin, suyaklarning qo’polligi, 
periferik limfa tugunlarining kattalashishi, tanglay va tomoq bodomcha bezlarining 
kattalashishi  xarakterlidir.  Bolalar  apatik,  lanj,  tez  charchaydi.  Tomoq  bodomcha 
bezlarining  osishi  bilan  burundan  nafas  olish  buziladi,  bolalar  og'iz  orqali  nafas 
oladi,  yomon  uxlaydi.  Yuqumli  kasalliklar  choziluvchan,  to’lqinsimon  kechadi, 
uzoq  subfebrilitet  qoldiradi.  Qon  tekshirilganda  kamqonlik,  limfositoz,  EChT 
ko’tarilishi  aniqlanadi.  
Limfatiko-gipoplastik  diatezning  yaqqol  ko’rinishi  maktabgacha  yoshga 
to’g'ri keladi, keyinchalik u yo’qoladi. 
Tashqis qo'yish anamnestik va klinik ma'lumotlarga asoslanadi. 
Differensial  tashqis  irsiy  immunotanqislik  holatlar  va  homila  ichi  infeksiyalari 
bilan  o’tkaziladi.  Limfatiko-gipoplastik  diatez  bilan  og’rigan  bolalar  pediatr 
dispanser  kuzatuvida  bo’lishiga  kerak.  Rejali  chiniqtirish,  massaj  va  gimnastika, 
tabiiy  ovqatlantirish  va  uni  rasional  kengaytirish,  yo'ldosh  kasalliklarni    erta 
aniqlash  va  kompleks  davolash  (gipovitaminozlar,  kamqonlik,  yuqumli 
kasalliklar). Profilaktik emlash individual jadval asosida olib boriladi. Immunitetni 
stimullash  uchun  A,  Ye,  V5,  V6,  V12,  V15  vitaminlari, organizmning  nospesifik 
himoya  kuchini  ko’taradigan  dori  vositalari  (masalan,  dibazol,  pentoksil,  metasil, 
nukleinat natriy), dorivor adaptogenlar (eleuterokokk damlamasi, jenshen), buyrak 
usti bezi glyukokortikoid funksiyasini stimulyatorlari (glisiram, etimizol, askorbin 
kislotasining katta dozasi) buyurtiriladi. 
 
Limfatiko-gipoplastik  diatezning profilaktikasi  ayollarda  homiladorlikgacha 
surunkali  infeksiya  o’choqlarini  bartaraf  qilish,  homilaning  to'g'ri  rivojlanishini 
ta'minlash,  uning  rivojlanishdan  orqada  qolishini  va  gipoksiyani  erta  aniqlash, 
davolashni o’z ichiga oladi. 
Nerv  -  artritik  diatez  -    semizlik,  qandli  diabet,  podagra  va  moddalar 
almashinuvi  buzilishiga  moyillik  tug’diruvchi  konstitusiya  anomaliyasi  bo’lib, 
organizmda  asosan  siydik    kislotasi    va  purinlar  almashinuvining    buzilishi,  kam  
miqdorda lipid va uglevod almashinuvi buzilishiga moyilligi bilan xarakterlanadi. 
Nerv-artritik diatezning  poligen  irsiylanishi isbotlangan. 

 
131 
 
Bolalarda  bir  yoshdan  keyin  ishtaha  yomon  bo’lishiga,  uyqu  buzilishi 
kuzatiladi.  Ba'zida  kechki  enurez,  xar  qanday    virusli  yoki  bakterial  kasalliklar 
fonida  talvasa  kuzatiladi.  Tana  tuzilishiga  ko'ra  bolalar  ozg’in,  keyinchalik  tez 
vazniga  qo'shiladi.  Ularni  qabziyat,  jigar  kattalashishi,  asetonemik  qusish  davriy 
xurujlari  (siklik  asetonemik  qusish  sindromi  deyiladi)  bezovta  qiladi.  Artritik 
organizmda  purin  moddalarining  to’planishi  natijasida,  aseton  hidli  davriy  qusish 
xurujlari  paydo  bo´ladi,  peshobda  va  qonda  vrachlar  keton  tanalari  miqdorining 
yuqoriligi  aniqlanadi.  Shuning  uchun  bu  bolalarda  qusish  asetonemik  deb 
yuritiladi,  ya'ni  qonda  aseton    miqdorining  yuqoriligi  bilan  kechadi.    Ba'zi 
tekshiruvchilar  fikriga  kora,  erta  yoshda  bu  xolatlar  keyinchalik  migrenning 
birinchi belgisi hisoblanadi. Ba'zida qusish xurujlari to’liq va qisman och qolganda 
ovqatlanishning  buzilishi  yoki  ovqatda  past  miqdorda  uglevodlar  ishlatilganda, 
lekin  hayvon  yog'lari  ko’pligi,  shuningdek,  turli  xil  kasalliklar,  go’daklarda  esa 
qo’rquvlar bilan birga kechadi.  
 
Qusishning  yuzaga  chiqishida  asosiy  sabab  gormonal  va  metabo’lik 
buzilishlar,  insulin  miqdori  yuqoriligi  sababli  qonda  glyukoza  miqdorini 
kamayishidir. Artritik bolalar qonida glyukozaning kamayishi jigar disfunksiyadan 
dalolat  beradi.  Bu  nerv-artritik  diatezning  xususiyati  hisoblanadi.  Asetonemik 
qusish godaklarda stasionar davolashni talab etadi. 
 
Ko’pgina  xollarda  qonda  siydik  kislotasi  miqdori  uning  sintezi  oshishi 
sababli  ko’tariladi,  buning  natijasida  uraturiya  (siydik-nordon  diatezi)  vujudga 
keladi. qorinda og’riq xurujlari, bosh og’rishi paydo bo’lishiga mumkin. 
 
Noqulay  sharoitda  yosh  o’tishi  bilan  podagra,  modda  almashinuvi  buzilishi 
natijasidagi  artritlar,  qandli  diabet,  peshobda  siydik  kislotasining  miqdori  yuqori 
bo’lganligi  sababli  pielonefrit,  siydik  tosh  kasalligi  rivojlanadi.  Kasalliklarning 
zo'rayishi  quyidagi  omillarga  bog’liq  -  psixoemosional  zo’riqish,  purinlarga  boy 
mahsulotlarni  ko’p  qo’llash  (misol,  go’sht,  jigar,  pashtet,  sardinlar,  seledka, 
shokolad, kakao, donlilar). 
 
Nerv  -  artritik  diatezli  bolalar  pediatr  kuzatuvida  bo’lishiga  kerak.  Kun 
tartibiga  rioya  qilish  katta  ahamiyatga  ega,  ovqat  tarkibida  puringa  boy 
mahsulotlarni  (og’ir  holatlarda  umuman  olib  tashlash)  chegaralash  buyuriladi. 
Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, chiniqish zarur. Ishqoriy mineral suvlar juda 
foydali  hisoblanadi.  Vaqti-vaqti  bilan  purin  almashinuviga  ta'sir  qiladigan  dori 
vositalarini  qo'llash  zarur  -  kalsiy  pantotenat,  sitrat  aralashmasi,  etamid, 
allopurinol. 
 
Tashqis  genealogik  anamnez  (qarindoshlarida  nevrologik  va  moddalar 
almashinuvi  buzilishi  bilan  kechadigan  kasalliklarning  topilishi),  klinik  belgilari, 
siydikda uratlar miqdorining ko’payganligiga asoslanadi. 
 
Differensial  tashqis  nevrozlar,  ensefalopatiyalar,  Lesh-Nayxen  sindromi 
bilan o’tkaziladi. 
 
 
 
 
 

 
132 
RAXIT 
 
Raxit  -  moddalar  almashinuvining  polietiologik  kasalligi  bo’lib,  o’suvchi 
organizmning  fosfor  va  kalsiyga  bo’lgan  talabining  yuqoriligi, ularning  transporti 
va  metabolizmga  qo'shilishini  ta'minlovchi  tizimning  mos  kelmasligi  bilan 
xarakterlanadi. Raxit osteoidlarni yetarli darajada  mineralizasiya bo’lmasligi bilan 
yuzaga keladigan suyaklardagi buzilishlar bilan xarakterlanadi. Bir yoshdan katta  
bolalarda va kattalarda bunday holat osteomalyasiya va osteoporoz deyiladi. 
 
Raxit - bir yoshgacha bolalarda eng ko’p uchraydigan kasallik. Lekin uning 
aniq  tarqalishi  organilmagan,  ko’pgina  bolalarda  bu  kasallikning  u  yo’ki  bu 
qoldiqlari  (chaynash  va  tishlar  o'sishi  nuqsoni,  ko’krak  qafasi,  oyog-qo'llar,  kalla 
deformasiyasi      va  boshqalar).  Raxit  bilan  og'rigan  bolalar  keyinchalik  tez-tez 
kasallanuvchilar guruhiga kiritiladi. 
Raxit sabablari. Patogenezi. 
 
Raxit  birinchi  bo’lib  XVII  asrda  Angliyada  o’rganilgan.  O’sha  vaqtlarda 
uning  sabablari  aniq  emas  edi,  lekin  kasallikning  paydo  bo’lishigada 
insolyasiyaning  yetishmasligi  ahamiyatga  egaligiga  e'tibor  berilgan.  XX  asrning 
30-yillarida  vitamin  D  topilgan.  Shu  vaqtda  ultrabinafsha  nurlanish  sintezi  terida 
yuzaga  kelishi  xam  aniqlangan.  Ko’p  yillar  mobaynida  raxitning  asosiy  sababi 
vitamin  D  tanqisligi  deb  hisoblangan.  Lekin  oxirgi  yillarda  qonda  vitamin  D 
metabo’litlari  konsentrasiyasini  aniqlash  imkoniyati  paydo  bo’lgandan  song  D 
gipovitaminozi raxit rivojlanishi sabablaridan faqat biri ekanligi aniqlandi. Hozirgi 
vaqtda raxitning yetakchi sababi fosfatlar va kalsiy tuzlarining yetishmasligi, lekin 
bunda  gipokalsiemiyaga  qaraganda  gipofosfatemiya  ko’proq  uchrashi  va  katta 
ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. 
 
Erta  yoshdagi  bolalarda  fosfat  va  kalsiy  tuzlarining  tanqisligi  sabablari 
quyidagilar: 

 
Chala  tuqilish  (homilaga  kalsiy  va  fosfor  tushishi  homiladorlikning  oxirgi 
oylarida ko’payadi) 

 
Noto’g’ri  ovqatlantirish    natijasida    kalsiy  va  fosforni  yetarli  darajada 
organizmga tushmasligi 

 
Intensiv  o'sish  davrida  minerallarga  bo’lgan  talabning  yuqoriligi  (raxit  - 
osayotgan organizm kasalligi) 

 
Oshqozon  -  ichak  trakti,  buyrak,  suyaklar  orqali  fosfor  va  kalsiy  transportining 
buzilishi,  buning  sababi  organlar  patologiyasi  yoki  ferment  sistemasining  yaxshi 
rivojlanmaganligidir. 

 
Nomuvofiq  ekologik  sharoit  (organizmda  xrom,  stronsiy  toplanishi,  temir, 
magniy tanqisligi) 

 
Irsiy  moyillik  (misol  uchun,  ohil  bolalar  qiz  bolalarga  qaraganda,  raxitni  og’ir 
o’tkazadi, O (І) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (ІІ) guruhdagilar 
ko’proq  kasallanadi) 

 
Endokrin  buzilishlar  (qalqonsimon  bez  va  qalqonsimon  bez  oldi  bezi 
funksiyasining  buzilishi) 

 
Ekzo- va  endogen  vitamin  D  tanqislikligi. 
 

 
133 
Vitamin Dning organizmdagi almashinuvi juda murakkab jarayo’n. Vitamin 
Dning  boshlang’ich  shakllari  -    organizmga  ovqat  bilan  tushuvchi  ergokalsiferrol 
(vitamin D2) va xolekalsiferol (vitamin D3) (vitamin D3 shuningdek, terida UBN 
ta'sirida ham hosil bo´ladi) - biologik jihatdan faolligi yetarli emas. Vitamin Dning 
oraliq  metabo’lit  shakl  25-gidroxolekalsiferrolga  o’tishi  bilan  kechuvchi  birinchi 
gidroksillanishi jigarda yuzaga keladi. 25-gidroxolekalsiferrol birlamchi shakllarga 
qaraganda  1,5  -  2  marta  faoldir.  Keyin  25-gidroxolekalsiferrolning  buyrakka 
transporti  vujudga  keladi,  u  yana  gidroksillanishga  uchraydi  va  1,25-
digidroxolekalsiferrol  hamda  24-25-digidroxolekalsiferrol  deb  nomlanuvchi  aktiv 
gormonga  oxshash  metabo’litga  aylanadi.  Ushbu  metabo’litlar  qalqonsimon  bez 
gormonlari bilan fosfor-kalsiy almashinuvida ishtirok etadi. 
Vitamin D ekzogen tanqislikligidan tashqari, ichak funksiyasining tugma va 
orttirilgan  buzilishi  (turli  xil  malabsorbsiyalar),  jigar,  buyrak,  vitamin  D 
metabolizmining  nasliy  defekti  xam  axamiyatga  ega.  XX-asrning  80-yillarida 
qonda  vitamin  D  metabo’litlarining  aniqlanishi  organizmning  bu  vitamin  bilan 
haqiqiy ta'minlanishini  aniqlab berdi. Shunisi ajablanarliki ko’p homilador, tuqqan 
ayollarda,  erta  yoshdagi  bolalarda  raxitning  turli  xil  klinik  va  bioximik  belgilari 
bo’lishigaa qaramay, gipovitaminoz D aniqlanmagan. Bu esa o’z navbatida raxit va 
gipovitaminoz D bir tushuncha emasligiga asos bo´ladi. Gipovitaminoz vitamin D 
ichgan  yo’ki  ichmagan  bolalarda  bir  xilda  uchraydi.  Bundan  tashqari, 
gipovitaminoz  D  xar  doim  ham  fosfor-kalsiy  almashinuvining  buzilishi  bilan 
kechmaydi.  Klassik  gipovitaminoz  D    qonda  fosforni  normal  miqdori  bilan 
kechadi,  tipik  raxit  -  bu  gipofosfatemiya.  Raxit  bilan  kasallangan  bolalarning  15-
20%da  qonda  vitamin  D  metabo’litlari  pasayishi  aniqlangan.  Raxit  bu  kasallik 
emas,  balki,  o'tuvchi,  chegaradosh,  tanqislik    holat  -  diatezdir.  Raxitning 
"fiziologik  asosi"  bo’lib,  bola  hayotining  birinchi  yilida  suyak  to'qimasining  75-
80%  intensiv  remodellashuvi  va  suyak  tuzilishining  elektrostatik  boshqarilishini 
buzuvchi majburiy gipokineziya hisoblanadi.  
 
Shuni ta'kidlash lozimki,  qonda fosfor va kalsiy  miqdorini  ba'zi gormonlar 
ham boshqaradi.   
Raxitda  paratgormon  miqdori  oshadi,  u  buyrak  kanalchalarida  fosfatlar 
reabsorbsiyasini  kamaytiradi,  bir  vaqtning  o’zida  buyrakda  vitamin  D  ning 
gidroksillanishini,  ichakda  kalsiy  sorilishini  va  suyakdan  kalsiy  rezorbsiyasini 
kuchaytiradi  va  shu  yo’l  bilan  gipokalsiemiyani  bartaraf  qiladi.  Shuningdek 
qalqonsimon  bez  aktivligi  o’zgarishi,  chunki  kalsitonin  kalsiyning  suyakka 
o’tishini  va  vitamin  D  ning  kam  aktiv  shaklini  yuqori  aktiv  shaklga  o’tishini 
kuchaytiradi.  
Raxitning ishchi tasnifi 1988 yilda Ye.M.Lukyanova va xammualliflar tomonidan 
taklif qilingan. 
Kasallik davri 
Og’irlik darajasi 
Kechishi 
Boshlang’ich 
 
 
I daraja - yengil 
o’tkir 
Avj olish 
  
II daraja – o´rta 
 
Rekonvalessensiya
 
III daraja  
 og’ir  
o’tkir osti 
qoldiq belgilar 
 

 
134 
Raxitning klinikasi 
Boshlanish    davri.  Kasallikning  birinchi  belgilari  bola  hayotining  2-3 
oylarida paydo bo´ladi. Bolaning xatti-harakatlari ozgaradi: bezovtalik,  
chochish,  yuqori  qo’zg’aluvchanlik,  tashqi  qo’zgalishlarga  qaltirash  (qattiq 
shovqin, to'satdan  yorug'lik  tushishi).  Bolaning  uyqusi  yuzaki  va  qo’rquvli  bo’lib 
qoladi.  Ter  ajralishi  kuchayadi,  asosan  boshning  soch  qismida  va  yuzda,  turg’un 
qizil  dermografizm  aniqlanadi.  Ter  nordon  hidli  bo’ladi  va  terini  qichishtiradi. 
Bola  boshini  yostiqga  ishqalaydi, ensa  sohasida  soch  to’kilishi  paydo  bo’ladi. Bu 
yosh  uchun  xos  bo’lgan  mushaklar  fiziologik  gipertonusi,  mushak  gipotoniyasi 
bilan almashinadi. Katta lihildoq chegaralari va kalla choklari mortlashadi, suyak-
toqay birikkan joyda qovurgalar yo’qonlashadi ("raxit tasmalari"). 
 
Kaft  suyaklari  rentgenogrammasida  suyak  toqimalarining  siyraklashishi 
kuzatiladi. Qon bioximik tekshiruvida kalsiy konsentrasiyasi normal  yo’ki yuqori, 
fosfat  konsentrasiyasi pasayganligi aniqlanadi; ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori 
bo’lishiga  mumkin.  Peshob  tahlilida  fosfaturiya,  ammiak  va  aminokislotalar 
miqdori ortadi. 
 
Kasallikning  avj olish  davri 
 
Kasallikni  avj  olgan  davri  bola  hayo’tining  birinchi  yarim  yilligi  oxiriga 
to’g’ri  keladi  va  asab  tizimi,  tayanch-harakat  apparatining  yanada  kuchliroq 
o’zgarishlari  bilan  xarakterlanadi.  Raxitning  o’tkir  kechishida  yaqqol  namoyo’n 
bo’luvchi  osteomalyasiya  jarayo’ni  kalla  yassi  suyaklarining  yumshoqlanishiga 
olib  keladi  (kraniotabes),  keyinchalik,  ko’p  qo’llarda  ensaning  yassilanishi 
kuzatiladi.  Ko’krak  qafasining  yumshashi  va    deformasiyalanishi  korinadi: 
to’shning  pastki  qismi  siqiladi  ("etikdoz  kokragi")  yoki  bo’rtib  chiqadi  ("tovuq 
ko’kragi").  Uzun  naysimon    suyaklarning  O-simon  (kam  qo’llarda  X-simon) 
qiyshiqligi  kuzatiladi.  Toraygan  yassi  raxitik  tos  shakllanadi.  qovurg'alarning 
yumshoqligi  natijasida  diafragmaning  birikkan  chizigida  chuqurcha  hosil  bo’ladi 
(xarrison  egatchasi).  Raxitning  o’tkir  osti  kechishida  ustunlik  hiluvchi  osteoid 
toqimalar giperplaziyasi, ensa va peshona domboqlari, kaft sohasida yogonlashish, 
qovurg'a-tog'ay  birikkan  joyida  va  qo’l  barmoqlari  falangalararo  boqimlarida 
"bilakuzuklar", "raxit tasmalari", "munchoq iplari" bilan namoyon bo’ladi.  
Uzun  naysimon  suyaklar  rentgenogrammasida  metafizlarning  jomsimon 
kengayishi, dastlabki ohaklanish sohasining o'pirilishi va yaxshi korinmasligi  
kuzatiladi. 
 
Gipofosfatemiya, gipokalsiemiya, ishqoriy fosfataza faolligi yuqori bo´ladi. 
Rekonvalessensiya davri 
 
Bu davr uchun bola o'zini yaxshi his qilishi va holatining  yaxshilanishi xos. 
Statistik funksiyalari normallashadi yoki yaxshilanadi.  
Rentgenogrammada o'sish zonasining bir tekis bo’lmagan qattiqlashuvi kuzatiladi. 
qonda  fosfor  miqdori  normallashadi  yoki  normadan  birmuncha  ortadi.  Unchalik 
yuqori bo’lmagan gipokalsiemiya saqlanadi, ba'zida ko’tariladi. 
 
Qoldiq belgilar davri 
Bioximik  ko’rsatgichlar  normallashuvi  va  raxit  faolligi  yogolishi 
kasallikning  faol  davrdan  nofaol  davriga  -  qoldiq  belgilar  davriga  otganligini 

 
135 
bildiradi. O'tkazilgan raxit belgilari (skelet deformasiyasi va mushak gipotoniyasi) 
uzoq vaqt saqlanadi. 
Raxitning kechishi va og’irlik darajasi 
 
Raxitning  o’tkir  kechishi  uchun  barcha  simptomlarning  tez  rivojlanishi 
xarakterli,  nevrologik  buzilishlar  yaqqol  rivojlangan,  aniq  gipofosfatemiya, 
osteomalyasiya jarayoni ustunlik qiladi. 
 
Raxitning  o’tkir  osti  kechishida  nevrologik  buzilishlar  qisman  rivojlangan 
yo’ki  unchalik  rivojlanmagan,  qonning  bioximik  tarkibi  kam  o’zgargan,  osteoid 
giperplaziya jarayoni ustunlik qiladi. 
 
Qaytalanuvchi  (to’lqinsimon)  kechishida  bolada  faol  raxitning  klinik, 
laborator  va  rentgenologik  belgilari  aniqlanadi.  Hozirgi  vaqtda  raxitning 
qaytalanuvchi kechishining bo’lishiga gumon bo’lib hisoblanmoqda. 
 
Raxit tashhisi 
 
Tashqis  kasallikning  klinik  manzarasiga  asoslanib  qo’yiladi  va  qonning 
bioximik  tahlili  bilan  tasdiqlanadi  (fosfor,  kalsiy  konsentrasiyasi    va  ishqoriy 
fosfataza faolligi aniqlanadi). Bu korsatgichlarning dinamikasi va  nisbati kasallik 
davrini aniqlaydi. 
 
Raxitda  fosfor  konsentrasiyasi  0,65  mmol/l  gacha  pasayishi  mumkin 
(bolalarda  normada  bir  yoshgacha  1,3-2,3  mmol/lga  teng),  kalsiy  konsentrasiyasi 
2-2,3  mmol/l  (normada  2,5-2,7  mmol/lga  teng).  Ishqoriy    fosfataza    faolligi  
ko’tariladi. 
 
Raxit  uchun  rentgenogrammada  suyaklar  o’zgarishi  xarakterli:  metafizar 
zonada  epifiz  va  diafiz  orasidagi  yoriq  ortadi;  epifiz  likopcha  shaklida  bo´ladi, 
suyaklanish  yadrosi    aniq  korinmaydi,  ohaklanish  sohasi  aniq  emas,  osteoporoz 
aniqlanadi.   
 
 
Rekonvalessensiya  davrida  ohaklanish  zonasi  notekis  qattiqlashishi 
natijasida  shakli  o’zgaradi.  O’sish  zonasidagi  buzilishlar  fosfor  va  kalsiy 
tanqislikligiga 
xarakterli. 
Gipovitaminoz 
 
Dda 
umumiy 
osteoporoz 
kuzatiladi.Qiyo’siy  tashqis  raxitga  o'xshash  kasalliklar  bilan  o’tkaziladi. 
Amaliyotda  raxit  MNSning  perinatal  zararlanishi  bilan  qiyosiy  taqqoslanadi. 
Bundan  tashqari  ba'zi  dori  vositalari  ko’p  miqdorda  qo’llanilganda,  misol, 
glyukokortikoidlar (vitamin D antagonisti, kalsiy transportiga ta'sir qiladi), geparin 
(suyaklarda  fosfor-kalsiy  to'planishiga  to’sqinlik  qiladi,  furosemid,  fosfatlar, 
magniy,  antasidlar  -  alyuminiy    saqlovchi  dorilar  (gipokalsiemiyani  chaqiradi)  va 
boshqalar ikkilamchi raxitni bartaraf qilish kerak. 
Raxitning davosi 
 
Raxit  davosi  kompleksli,  uzoq  muddatli  va  raxitni  chaqiruvchi  sababini 
bartaraf  qilishga  qaratilgan    bo’lishiga  kerak.    Nospesifik  davo  katta  ahamiyatga 
ega,  bolani  yoshiga  mos  holda,  rasional  ovqatlantirish,  kun  tartibiga  rioya  qilish, 
toza  havoda  uzoq  sayr  qilish,  yetarli  insolyasiya,  davo  gimnastikasi  va  massaj, 
chiniqtirish, yo’ldosh kasalliklarni davolash. 
 
Spesifik davosi kalsiy, fosfor dorilari, vitamin D tavsiya qilishdan iborat. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin