Biznes rejalashtirish fanining predmeti reja biznes-rejaning mohiyati va vazifalari



Yüklə 26,83 Kb.
səhifə1/4
tarix22.10.2023
ölçüsü26,83 Kb.
#159855
  1   2   3   4
referat 2



Biznes rejalashtirish fanining predmeti
REJA
1. Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
2. Biznes-rejaning resurslar bilan ta'minlanganligi
3. Biznes-reja tushunchasi


Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
Iqtisodiѐtning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat rejalari, qurilish rejalari, transport-moliya rejalari qaysi tarmoqqa qarashli ekaniga qarab o‘z o‘rnini biznes-rejalarga bo‘shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.Ko‘pchilik, ayniqsa, amaliѐtchilar ushbu hujjatni tayѐrlashning nafaqat muhim, balki juda murakkab ekanligidan ham xabardorlar. «Bir lahzada tayѐrlanuvchi biznes- reja» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznes-rejaga ega bo‘lib, siz professionalga aylanasiz, o‘z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo‘ladi»5 deb aytganligi bejiz emas, albata. Haqiqatdan ham, biznes-reja bu biznes ummonidagi maѐq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bo‘laѐtgan biznesning yuragidir.Ko‘ngildagidek ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. Eng asosiysi u ѐki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplovchi miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. To‘g‘ri, biznes-reja faqat shu bilan cheklanib qolmaydi, chunki u funksional vazifalariga ko‘ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog‘liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi. Bu haqda biz keyinroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz.Aytish kerakki, biznes-reja xo‘jalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliѐtiga ko‘ngildagidek tez kirishib ketgani yo‘q. Masalan, oz fursat davomida turli ѐndashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes- rejalarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiѐtlarning yetishmasligi o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘plab korxonalarning biznes-rejalari yuqorida darajada asoslanganlik bilan ajralib turmadi va ko‘p hollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.
Biznesni rejalashtirish bo‘yicha xorijiy adabiѐtlar oqimining o‘sishi ushbu sohaga ma'lum bir aniqlik kiritib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini boyitdi. Ayrim mualliflik fikr va mulohazalarini keltirib o‘tishga harakat qilamiz.Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan «Bir lahzada tayѐrlanuvchi biznes-reja» asarida bu savol asosan yakka tartibda o‘z biznesini ochish niyatida bo‘lgan shaxslarga bog‘liqdir. Unda, xususan, «biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo‘lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog‘liq bo‘lgan eng ahamiyatli holat bu menejmentdir. qisqasi bu - siz».Edvard Blekvellning «qanday qilib biznes-reja tuzish» asarida ko‘rsatilishicha:«Biznes-reja bank ѐki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo‘lganda, shuningdek, aksiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».1998 yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan «Korxona. 1996 yilda Gorfinkel' V. L. va Kupryakova Ye.M. muharrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki «tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko‘zda tutilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman kutilaѐtgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim»7.Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog‘liq degan fikr ham mavjud:
• biznes yuritish konsepsiyasini ishlab chiqish;
• korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;
• pul mablag‘larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko‘rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o‘z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank ѐki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi./arblik iqtisodchi olimlarning o‘z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilaѐtganliklarini tushunish mumkin (Amerikaliklar shiorini eslaylik «biznesmen – millatning oltin fondi»). Shu sababli ular o‘z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o‘z biznesi bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan shaxslarga yo‘naltiradilar.

Yüklə 26,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin