Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


BOLALARDA QON TIZIMIXUSUSIYaTLARI. SOGLOM BOLALARDA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30

BOLALARDA QON TIZIMIXUSUSIYaTLARI. SOGLOM BOLALARDA 
QON TIZIMINI TEKShIRISh 
Embrionning  erta  rivojlanish  bosqichi  -  gestasiyaning  3  haftasida    qon 
yaratish  o’choqlari  -  qon  orolchalarida  paydo  bo´ladi.  Mezenximal  xujayralar 
toplanishi  sariq  qopcha  devorida  joylashgan.  Bu  ochoqlar  tashqi  elementlari 
differensirovkasi    natijasida  qalinlashadi    va  tomirlar  endoteliyasini  hosil  qiladi, 
ichki  elementlari  xujayra  ichi  bog'lamlaridan  ozod  bo´ladi,  birlamchi    qon  
tanchalari        hosil          bo'lishi        boshlanadi.  Embriogenezning  4-5-  xaftasida  qon 
yaratish  xujayralari  paydo  bo´ladi.  Odam  homilasi  rivojlanish  davrida  qon 
yaratilishi  tomir  ichida  yuz  beradi  va  angioblast  davri  deyiladi.  Birinchi 
makrofaglar  homila  ichi  rivojlanishi  4-xaftasida  jigar  portal  zonasida  paydo 
bo´ladi.  10  -  xaftasida  bu  zonalarda  birinchi  granulositlar  hosil  bo´ladi,  ularning 
soni  8%  dan  oshmaydi,  umumiy  qon  xujayralar  soniga  nisbatan  olinadi.  6- 
xaftadan  boshlab,  jigarda  megakariositlar  hosil  bo´ladi,  homila  ichi  rivojlanishida 
ular  soni  juda  kam  bo´ladi.  4-oydan  boshlab  suyak  to´qimasi  va  suyak  iligi 
rivojlanadi,  suyak  iligida    qon  yaratish  hosil  bo´ladi,  u  asta-sekin  asosiy  rolni 
o'ynaydi.  Prenatal  davrda  suyak  iligi  qizil,  3-4  yoshdan  boshlab  ba'zi  suyaklarda 
sariq rangga kiradi. homiladan tashqari hayotda suyak iligida eritrositlar, donachali 
leykositlar,  trombositlar  va  monositlar  hosil  bo´ladi.  Limfatik  tugunlarda,  taloq 
follikulalarida,  ichak  peyer  pilakchalari  va  boshqa  limfoid  hosilalarda  limfositlar 
hosil  bo´ladi.  qon  tomirlar  holatini  aniqlash  uchun  quyidagi  simptomlar 
qo'llaniladi: 
Tasma simptomi (Konchalovskiy-Rumpel-Leepe simptomi). Arterial bosimni 
o’lchash  apparati  rezinali  tasmasi  yoki  manjetni  yelka  o’rta  qismiga    qo'yiladi. 
Bunda  venoz  oqim  to’xtatilib,  arterial  qon  kelishi  saqlanishi  kerak,  puls  tirsak 
arteriyasida  saqlanadi.  Manjet  qo'yilgandan  so'ng,  bosim  sistolik  bosimgacha 
ko’tariladi.  3-5  minutdan  keyin  tirsak  bukilgan  joyi  va  bilakda  teri  qaraladi. 
Normada  teri  o'zgarmaydi,  tomirlarning  yuqori  sinuvchanligida  terida  petexial 
toshma  paydo  bo´ladi.  4-5ta  petexial  elementlar    paydo  bo'lsa,  bu    patologiya 
hisoblanadi. 

 
101 
Chimchilash  simptomi. Ko´krak old yoki yon yuzasida teri burmalari ikkala 
qo'l bosh va ko’rsatgich barmoqlari bilan teri osti yog´ qavatisiz ushlanadi (o’ng va 
chap  qo'l  barmoqlari  o’rtasitdagi  masofa  2-3  mm  bo’lishi  kerak)  va  burmalar 
uzunligi  ko'ndalangiga  qarama  -  qarshi  yo´nalishda  joylashtiriladi.  Normada  
chimchilash o'rnida gemorragiy paydo bo'lmaydi.  
Palpasiya.  Limfa  tugunlarini  tekshirish  uchun  sakrovchi  palpasiya 
qo'llaniladi. Limfa tugunlarini tekshirish uchun uning o´lchami va soni aniqlanadi,  
harakatchanligi,  teriga  munosabati,  teri  osti  yog  qavati  va  ular  o’rtasidagi 
sezuvchanlik  aniqlanadi.  Sog'lom  bolalarda  3-guruxdan  ortiq  bolmagan  limfa 
tugunlari  palpasiya  qilinadi  (jag'  osti,  qo'ltiq  osti,  chov).  Agar  qar  bir  guruxda  3 
tadan ortiq limfa bezlari paypaslansa, unda limfa tugunlari kamdan - kam deyiladi. 
Agar  3  tadan  ko'p  limfa  tugunlari  paypaslansa, unda  ko'pgina  limfa  tugunlari  bor 
deb yuritiladi. Shartli ravishda quyidagi olchamdagi limfa tugunlari ajratiladi: arpa 
doni olchami  (I dar),  yasmiq  doni  (II  dar), no'xotdek (III dar), loviyadek  (IVdar), 
grek  yong'og'i  (VII  dar),  kaptar  tuxumi  (VII  dar).  Normal  o'lchami  deb,  yasmiq 
ddonidan unchalik katta bo´lmagan no´xatchadek kattalikdagi limfa tuguni (II - III 
dar) normal o'lcham  deyiladi.  Sog’lom bolalarda limfatik tugunlar konsistensiyasi 
elastik, palpasiyada og´riqsiz.  
Ensa  limfa  bezlari  -  ensa  suyaklari  sohasida  joylashgan.  Ularni  paypaslash 
uchun  tekshiruvchi  qo'li  ensa  suyagiga  qo´yiladi.  Aylana  harakatlar  bilan, 
barmoqlarni  qayta  harakatlantiriladi,  ensa  suyagi  hamma  yuzasi  paypaslanadi. 
Sog’lom  bolalarda  ensa  limfa  bezlari  paypaslanmaydi.  Jag'  osti  limfa  bezlarini 
paypaslash uchun bolani boshi yengil pastga bukiladi, tekshiruvchi barmoqlari iyak 
sohasini paypaslaydi. 
Jag’  osti  limfa  tugunlari  -  bolani  boshi  pastga  qaratilgan  holda  palpasiya 
qilinadi.  Tekshiruvchining  yarim  bukilgan  qo'lining  4ta  barmoqlari  pastki  jag' 
shoxchalariga  olib  kelinadi  va  u  yerdan  sekin  harakatlantiriladi.  Odatda  jag'  osti 
limfa tugunlari yengil paypaslanadi, mayda no´хat o´lchamidek kattalikda bo´ladi. 
Old  bo'yin  yoki  tonzillyar  limfa  tugunlari  m.  sternocleidomastoideus  oldida 
joylashgan, bu sohada uning palpasiyasi o'tkaziladi.  
Sog'lom  bolalarda  bu  limfa  tugunlari  no´hotdek  o´lchamda  paypaslanadi. 
Boyin  orqa  limfa  tugunlari  m.sternocleidomastoideus  va  trapesiyasimon  mushak 
orqasida joylashgan. Sog'lom bolalarda bu tugunlar paypaslanmaydi. 
O’mrov 
usti 
va 
tagi 
limfa 
tugunlari 
ham 
soglom 
bolalarda 
paypaslanmaydi.qo'ltiq  osti  limfa  tugunlari  mushak  chuqurchasida  joylashgan. 
Bolalarda  qo'ltiq  osti  limfa  tugunlarini  paypaslash  uchun  boladan  qo'lini 
tekshiruvchi tomonga olib borish soraladi, bu paytda tekshiruvchi barmoqini qo'ltiq 
osti  sohasiga  kiritadi.  Shundan  so'ng  boladan  qo'lini  tushirish  soraladi  va 
tekshiruvchi ko´krak qafasi yuzasida bu tugunlarni paypaslash mumkin. 
Tirsak yo’ki kubital limfa tugunlarini tekshirish uchun tekshiruvchi chap qo'l 
barmoqlari bilan qarama - qarshi qo'l yelka pastki qismi tekshirilayotgan bolaning 
qarama-qarshi qo'lini ushlaydi, uning qo'lini tirsak boqimida to'g'ri burchak ostida 
bukadi  va  o'ng  qo'l  korsatgich  va  orta  barmoqlari  bilan  ko'ndalang  sakrovchi 
harakat  bilan  sulcus  bicipitalis  medialis  tirsak  sohasida  va  undan  yuqorida 
paypaslanadi. Normada qo'ltiq osti va kubital limfa tugunlari paypaslanmaydi. 

 
102 
Torakal limfa tugunlari lin.axillaris anterior dan  ichkarida joylashgan, katta 
ko'krak mushaklari pastki qirrasida joylashgan. Normada paypaslanmaydi. 
Chov  limfa  tugunlari  -  chov  boylamlari  bo'yicha  joylashgan.  Odatda  ular 
sog'lom bolalarda paypaslanadi. Uning o’lchami no’ho’tdek kattalikda  
 bo´ladi. 
 Taloq o'lchami - palpasiya va perkussiya usuli bilan aniqlanadi. paypaslayotganda 
qora  taloqni  bola  orqasi  bilan  yotadi;  tekshiruvchining  chap  qo'l  qora  taloqni  li 
chap  qovurga  osti  sohasiga  fiksasiyalanadi,  o'ng  qo'l  bilan  pastdan  palpasiya 
o'tkaziladi:bunda  asta-sekin  barmoqlar  pastdan  yuqoriga  harakatlantiriladi,  uning 
pastki  maydoni  aniqlanadi.  Sog'lom  bolalarda  qora  taloq  palpasiya  qilinmaydi. 
Qora taloqni tekshirish uchun tinch perkussiya qo'llaniladi. Bunda uning kondalang 
olchami aniqlanadi (o´rta o´mrov chizigi bo'ylab) va bo´yiga o'lchanadi. 
 
Orqa chegarasi orqasidan aniqlanadi (VII-IX qovurga bo'ylab), old chegarasi 
-  qorin  tomondan,  uning  uzunligi  yonalishida  aniqlanadi.  Normada  qora  taloq 
pastki chegarasi qovurg´a yoyi qirrasidan chiqmaydi.  
Bolalarda  periferik qon xususiyatlari 
 2-3  kunlik  yoshida:  eritrositlar  fiziologik  gemoliziga,  ya'ni  eritropoetin 
miqdori    ishlab chiqarish pasayishiga bog'liq. Gemoglobin soni  
ham  kamayadi,  eritrositlar  gemolizi  davom  etadi,  bu  chaqaloqlar  fiziologik 
sariqligining boshlanishi ko´rinishida bo´ladi. 
 
5-6  kunlik  yoshida:  asosiy  xususiyati  -  birinchi  fiziologik  kesishish  yuz 
berishi, neytrofillar va limfositlar soni tenglashadi va 43-45%ni tashkil qiladi. 
 
hayotining  birinchi  oyligida:  eritrositlar  va  gemoglobin  soni  normada 
bo´ladi. Neytrofillar soni pasayishda davom etadi, limfositlar ko’payadi. 
 
2-3 oyligida: fiziologik anemiya boshlanadi, eritrositlar 3,7-4,0 x10g/lgacha 
kamayadi, gemoglobin-110-115g/l. 
 
6-12  oylarida:  qo´shimcha  ovqat  berilishi  bilan  fiziologik  anemiya  tugaydi, 
limfositlarning  maksimal  soni  -  60-65%,  neytrofillar  minimal-25-30%ni  tashkil 
etadi. 
 
1 yoshdan keyin limfositlar soni asta-sekin kamayadi, neytrofillar ko’payadi. 
 
5-6  yoshida  ikkinchi  fiziologik  kesishuv  yuz  beradi,  neytrofillar  va 
limfositlar  soni yana tenglashadi va 43-45%ni tashkil etadi. 
 
5-6 yoshdan keyin - neytrofillar soni ko'payadi, limfositlar soni pasayadi. 
 
12-15  yoshda:  neytrofillar  soni  maksimal  -  60  -  65%,    limfositlar  soni 
minimalni - 25 - 30%  tashkil etadi. 
 
 
Sog’lom bolalar gemogrammasi 
 
 
 
 
 
 
 
kindikda 
18 
9-30 
61 
31 


2-xafta 
12 
5-12 
40 
63 


3-oylik 
12 
6-18 
30 
48 


6oy-
6yosh 
10 
6-15 
45 
48 


7-12  
yosh 

4-13,5 
55 
38 



 
103 
Y
o
s
h
 
Y
o
s
h
i
 

E
ri
tr
o
si
tl
ar
 
H
b

g
/l
 
L
ey
k
o
si
tl
ar 
 
(1
mm
3
 m
ln
) 
Н
ей
т
ро
ф
ил
ла
р 
(1
мм
3
 м
лн

g
 l
imf
o
si
tl
ar
 
Fo
rm
u
la, 
%
 
mo
n
o
si
tl
ar
 
E
o
zi
n
o
fi
ll
ar 
 
Bazo
fi
ll
ar 
 
2-4 xafta 
5,31 
170,0 
10,25 
26,0 
58,0 
12,0 
3,0 
0,5 
1-2 oy 
4,49 
142,8 
12,1 
25,25 
61,25 
10,3 
2,5 
0,5 
2-3 oy 
4,41 
132,6 
12,4 
23,5 
62,5 
10,5 
2,5 
0,5 
3-4 oy 
4,26 
129,2 
11,89 
27,5 
59,0 
10,0 
2,5 
0,5 
4-5 oy 
4,45 
129,2 
11,7 
27,5 
57,75 
11,0 
2,5 
0,5 
5-6 oy 
4,55 
132,6 
10,9 
27,0 
58,5 
10,5 
3,0 
0,5 
6-7 oy 
4,22 
129,2 
10,9 
25,0 
60,75 
10,5 
3,0 
0,25 
7-8 oy 
4,56 
130,9 
11,58 
26,0 
60,0 
11,0 
2,0 
0,5 
8-9 oy 
4,58 
127,5 
11,8 
25,0 
62,0 
10,0 
2,0 
0,5 
9-10 oy 
4,79 
134,3 
12,3 
26,5 
61,5 
9,0 
2,0 
0,5 
10-11 oy 
4,69  
125,8   13,2  
31,5  
57,0  
9,0  
1,5  
0,25  
11oy-1 
yosh yosh 
4,67 
129,2 
10,5 
32,0 
54,5 
11,5 
1,5 
0,5 
1-2 yosh 
4,82 
127,5 
10,8 
34,5 
50,0 
11,5 
2,5 
0,5 
2-3 yosh 
4,76 
132,6 
11,0 
36,5 
51,5 
10,0 
1,5 
0,5 
3-4 yosh 
4,83 
129,2 
9,9 
38,0 
49,0 
10,5 
2,0 
0,5 
 
Sog’lom bolalarda leykositlar soni va leykositar formula 
Y
o
sh

 
E
ri
tr
o
si
tl
ar
 
Hb,
 г

 
 (1
mm
3
 ml
n
)  
  
  
  
  
  
   
  
H
b

g
/l
 
L
ey
k
o
si
tl
ar 
(1
mm
3
 
ml
n
)  
  
 
eo
zi
n
o
fi
ll
ar, 
%
  
o
rt
ach
a mi
k
d
o
ri
 
 
mo
n
o
si
tl
ar%
 o
rt
ac
h

mi
k
d
o
ri
 
4-5 yosh  4,89 
136,0 
10,2 
45,5 
44,5 
9,0 
1,0 
0,5 
5-6 yosh  5,08 
139,4 
8,9 
43,5 
46,0 
10,0 
0,5 
0,25 
6-7 yosh  4,89 
136,0 
10,6 
46,5 
42,0 
9,5 
1,5 
0,5 
7-8 yosh  5,1 
132,6 
9,98 
44,5 
45,0 
9,0 
1,0 
0,5 
8-9 yosh  4,84 
137,7 
9,88 
49,5 
39,5 
,5 
8,5 
2,0 

0,5 
9-10 
yosh 
yosh 
yosh 
4,9 
136,0 
8,6 
51,5 
38,5 
8,0 
2,0 
0,25 
10-11 
ёш 
4,91 
144,5 
8,2 
50,0 
36,0 
9,5 
2,5 
0,5 
11-12 
ёш 
4,83 
141,1 
7,9 
52,5 
36,0 
9,0 
2,0 
0,5 
 
12-13 
ёш 
5,12 
132,4 
8,1 
53,5 
35,0 
8,5 
2,5 
0,5 

 
104 
13-14 
yosh ёш 
5,02 
144,5 
8,3 
56,5 
32,0 
8,5 
2,5 
0,5 
14-15 
ёш 
4,98 
146,2 
7,65 
60,5 
28, 
9,0 
2,0 
0,5 
 
Homilaning  2-3-haftalik  muddatida  qujayra  tizimi  va  nospesifik  immun 
javob  tizimi,  multipotent  o'zak  hujayralar  shakllanadi.  Hayo’tining  9-15-haftasida 
hujayra  immuniteti    faollashadi.  Tuhilgandan  keyin  bolada  T-limfositlarning 
absolyut  soni  kattalarga  nisbatan  yuqori,  lekin  ularning  faolligi  kattalarga 
qaraganda  past  bo´ladi.  Jigar  va  suyak  iligida  V-hujayra  differensirovkasi 
boshlanadi.  V  -  hujayra  oldi  hujayraga  aylanishi,  immunoglobulinlar 
produksiyasiga    olib  keladi,  timus  omillari  ta'sirida  yuz  beradi.  V-sistema 
hujayralari antitelalar produksiyasiga moyilligi homila 11-12-xaftasida yuz beradi. 
Homila ichi  rivojlanishi davrida immunoglobulinlar sintezi chegaralangan, homila 
ichi    rivojlanish  davrida  homilaga  transplasentar  ba'zi  ona    immunoglobulinlari 
(IgG) utadi. 
Bola onasidan keng spesifik antitela kompleksini oladi. Hayotining  birinchi 
oylarida immunoglobulin IgG sinfi erishi va yo’qolishi davom etadi, transplasentar 
o'tgan 
holatdagi 
IgG 
yo’qoladii.  Bir  vaqtning  o’zida  hamma  sinf 
immunoglobulinlari  osishi  kuzatiladi.  4-6  oy  davomida  onadan    o'tgan 
immunoglobulinlar  toliq  yemiriladi  va  shaxsiy  immunoglobulinlar  sintezi 
boshlanadi.  V-limfositlar  IgM  ni  sintezlaydi,  ularni  tengligi  xuddi  kattalar 
ko´rsatgichiga  yetadi,  shaxsiy  IgG  sintezi  sekin  yuz  beradi.  Bola  tug’ilganda 
sekretor immunoglobulinlar bo'lmaydi, ularning  
izi  hayotining  birinchi  haftasi    oxirlarida  topiladi,  sekretor  IgA  miqdori  10-12 
yoshiga kelib  maksimal darajaga yetadi. Erta yoshdagi  bolalarda immunitetning  
fiziologik  xususiyatlari  muhitning  infeksion  omillariga  sezgirligi  va  allergik 
ekspozisiyaga 
sezgirligi 
yuqoriligini 
aniqlaydi. 
Zardob 
va 
sekretor  
immunoglobulinlar  o'shishi  5  yoshda  kuzatiladi,  yuqumli  kasalliklar  pasayishi 
bilan xarakterlanadi. 
 
BOLALARNI   RASIONAL   OVQATLANTIRISh 
          Tabiiy  -  ko'krak  suti  bilan  ovqatlantirish.  Bu  bola  tuhilgandan  1-1,5  yil 
ichida  adekvat  ovqatlantirishning  tabiiy  shakli  hisoblanadi.  Ko'krak  suti  bilan 
emizish bola hayotining birinchi 6-oyligida to'g'ri  ovqatlantirishning yagona usuli 
hisoblanadi.  Tugruqxonada  chaqaloqni  birinchi  marta  ko'krakga  qo'yish  birinchi 
muloqot muolojasi  bilan olib boriladi.  
Vaqtiga  yetib  tuhilgan  chaqaloqda  tug'ilgandan  so'ng  102-150  min  orasida 
ovqat  qidirishning  tug'ma  dasturiga  asosan  ko'krakni  emish  uchun  imkoniyatlar 
bor:  ona  ko’kragiga  emaklab  borish,  oqzini  katta  ochgan  holda  qol  va  ogizning 
koordinasion  xarakati  bilan  ko'krak  uchini  qidirish,  ko'krakni  so'rish  va  uyqusi 
kelgunicha emish.  
Ko'krak  bilan  emizishni  bola  tug’ilgandan  keyin  birinchi  soat  davrida 
boshlash  kerak,  chunki  bu  vaqtda    bolaning  ikkala    refleksi  (qidiruv  va  sorish), 
ko'krak  bezi  sohasi  sezgirligi  onaning  taktil    stimulyasiyasi  bu  vaqtda  yuqori 

 
105 
bo´ladi.  Tug´ruqdan  keyin  teri  muloqoti  yaqinroq  bo'lishi  kerak,  asoratlanmagan 
tug'ruqdan so'ng, ona qorniga bolani yotqizib qo´yish tavsiya etiladi.  
 
Doimiy    ko'krak    suti  va  sigir  suti  (100  mlda)  tarkibi  va  bola  ozuqa 
aralashmasi  tarkibi  tog'risida   tavsiya 
 
№  Komponentlar 
Ko'krak suti ortacha 
kiymati 
Bola ozuqa 
aralashmasi
 
Sigir suti 

Energiya (kdJ) 
280 
250-315 
276 

Energiya (kkal) 
67 
60-75 
66 

Oqsil (g) 
1,3 
1.2-1,95 
3,2 

Yog (g) 
4,2 
2,1-4,2 
3,9 

Uglevod (g) 

4.6-9,1 
4,6 

Natriy (mg) 
15 
13-39 
55 

Xlor (mg) 
43 
32,5-81 
97 

Kalsiy (mg) 
35 
59 
120 

 Fosfor (mg) 
15 
16,3-58,5 
92 
10   Temir (mg) 
76 
325-975 
60 
11 
vitA 
60 
39-117 
35 
12 
Vit S 
3,8 
5,2 
1,8 
13 
Vit D 
0,01 
0,65-1,63 
0,08 
 
Ona va bola sog'ligi uchun ko’krak suti bilan emizishning afzalliklari 
 
Emizikli  bola uchun: 

 
Dispeptik kasalliklarning tarqalishi va davomiyligi pasayadi 

 
Respirator infeksiyalardan himoyani ta'minlaydi 

 
Otit va otit  qaytalanishining tarqalishini kamaytiradi 

 
Chaqaloqlar nekrotik enterokoliti, bakteremiya, meningit, botulizm va siydik   
yo’llari  infeksiyasidan himoyalaydi 

 
Autoimmun kasalliklarga moyillikni kamaytiradi 

 
To’satdan o´lim sindromiga moyillikni kamaytiradi 

 
Sigir sutiga allergiya rivojlanishi moyilligini pasaytiradi 

 
Katta yoshdagi bolalarda semirishga moyillikni kamaytiradi 

 
Sut tarkibida yarim to’yinmagan yog’ kislotalarni borligi tufayli psixomotor 
rivojlanish va ko’rish o'tkirligi oshadi 

 
IQ  shkalasi  boyicha  aqliy  rivojlanish  ko´rsatgichi  ortadi,  bu  sut  tarkibidagi 
omillar yoki yuqori stimulligi bilan bog'liq 

 
Jag' nuqsonlari kamayadi 
 
Ona uchun: 

 
Bola  tuhilgandan  keyin  ko'krak  bilan  emizishni  erta  boshlash,  onaning 
tug'ruqdan  keyin  kuch  tiklashiga,  bachadon  involyusiyasi  tezlashuviga  va  qon 
ketishni  oldini  olishga,  shu  bilan  birga  onalar  o'limini  pasayishiga,  onada 

 
106 
gemoglobin  zahirasini  saqlashga,  qon  ketishini  pasayishi  hisobiga,  uning  
organizmida temir miqdorini ko'payishiga olib keladi 

 
Klimaks oldi yoshi davrida ko'krak bezi saramasiga moyillikni kamaytiradi 

 
Tuxumdonlar saramasiga moyillikni pasaytiradi 

 
Suyaklar  mineralizasiyasini  yaxshilaydi  va  shu  orqali  klimaks  oldi  yoshi 
davrida son suyagi sinishiga moyillikni pasaytiradi. 
 
Chaqaloqlar hayotining birinchi kunlarida og'iz sutining ahamiyati.  
Og'iz suti xarakteristikasi 
Og'iz suti - sariq yo’ki kulrang-sariq  rangdagi yelimsimon, quyuq suyuqlik, 
homiladorlikning    oxirida  va    tug'ruqdan  keyin  birinchi  3  kunida  ajraladi. 
Isitilganda    yengil  eriydi.  Og'iz  sutida  oqsil, vit  A,  karotin,  askorbin  kislotasi, vit 
V12,  Ye,  tuzlar,  doimiy  sutga    nisbatan  ko'p  bo´ladi.  Albumin    va  globulin 
fraksiyalari  kazeindan  ko'proq.  Kazein  laktasiyaning  4-kunidan  boshlab  paydo 
bo´ladi,  uning  miqdori  asta-sekin  ko’payadi.  Bolani  ko'krakga  qo´yishdan  oldin 
og´iz  sutida  IgA,  yog  va  sut  shakari  yetuk  sutga  nisbatan  kam  bo´ladi.  Og'iz  suti 
oqsili bola oqsil zardobiga o´xshashligi sababli  o'zgarmagan holda so'riladi. Og'iz 
suti gemotrof va amniotrof oziqlanish davrlari o’rtasitdagi oraliq shakli va laktotrof 
oziqlanish  boshlanishi  hisoblanadi.  Birinchi  kunlarda  og’iz  sutining  energetik 
qiymati 1500 kkal/l, 2-kunda - 1100kkal/l, 3 - kunda 800 kkal/lga teng keladi. 
Etuk  (doimiy)  sut  -  bir  necha  kundan  keyin  ishlab  chiqiladi,  uning  miqdori 
oshadi, ko’krak bezlari to´lishadi, shishadi va og'ir bo´ladi. Bu xolat "sutni otishi" 
deb ataladi. Erta sut - emizishning boshida ishlab chiqiladi. 
Kechki  sut  -    emizishning  oxirida  ishlab  chiqiladi.  Rangi  oq,  erta  sutga 
nisbatan unda yoglar ko'p. Bu yog´ tabiiy ovqatlantirishda asosiy energiya manbai 
bo'lib hisoblanadi. Erta sut kechki sutga qaraganda, havorang tusda, u ko'p  hajmda 
ajraladi va boshqa komponentlar bilan ta'minlaydi. Birinchi 6 oyligida  issiq iqlim 
bo’lishiga  qaramay,  qo´shimcha  suyuqlik  ichirish  mumkin  emas.  Agar  bola 
chanqashni suv bilan qoniqtirsa, ko'krak sutini kam miqdorda emadi.  
 
Ona  sutining  afzalliklari: 
1.  Og'iz  suti  va  ona  sutida  ichak  infeksiyasi  chakiruvchisiga,  esherixiy,  shigella, 
enterovirus,  respirator  infeksiyaga,  virusli  kasalliklar    qo'zg'atuvchisiga,  bakterial 
infeksiyalarga qarshi antitelolar bor. 
2.  Og'iz  sutida  immunoglobulinlarning  barcha  sinflari,  asosan  IgA  (90%)  bor. 
Laktasiyada uning miqdori kamayadi, lekin sutkalik talabi yuqoriligicha qoladi. Bu 
immunoglobulin invaziyaga qarshi birinchi himoya vazifasini o'taydi, bakteriyalar 
adgeziyasini pasaytiradi, viruslarni neytrallaydi, allergizasiyani kamaytiradi. 
3. Laktasiyaning birinchi 4-haftasida ona sutida laktoferrin (50-100mg/l) bo´ladi, u 
fagositozni  aktivlashtiradi,  ichakda  ionizasiyalashgan  temirni  boqlaydi,  bakterial 
florani yangidan  hosil  bo´lishini bloklaydi. U sutdagi umumiy  oqsilni 15-20%ini 
tashkil qiladi. Sigir sutida laktoferrin 10-15 marta kam. 
4.Og'iz sutida S3 komplement komponentlari (30mg kunda) va S4 (10mg kunida) 
mavjud. 

 
107 
5.Ona sutida sigir sutiga qaraganda lizosim miqdori 100-300 marta yuqori bo´ladi. 
Uning  ta'siri  bakteriya  qobig'ini  zararlashdan  iborat,  so'lakda  amilazaning  hosil 
bolishini stimullaydi, oshqozon kislotaligini ko´taradi. 
6.Ona  sutida  bifidus-faktor  bor,  uning  aktivligi  sigir  sutiga  nisbatan  100  marta 
yuqori. Bu uglevod bifidus flora, sut va sirka kislotasi hosil bo’lishini ta'minlaydi, 
o'z navbatida stafilokokk, salmonella, shigella, esherixiy o’sishiga tosqinlik qiladi. 
Tabiiy  ovqatlantirishda  ichakda  laktobakterin  va  boshqa  mikroorganizmlarning 
nisbati 1000:1; sun'iy ovqatlantirishda esa - 10:1ga teng. 
7. 1  ml  ona suti  tarkibida 0,5-1  mln  gacha  tirik  hujayralar,   makrofaglar  50-80%, 
limfositlar  -  10-15%  Sutdagi  makrofaglar  interferon,  laktoferrin,  lizosim, 
komplement  komponentlarini  sintezlaydi,  ular  o'z  hususiyatlarini  ichak 
infeksiyalarida ham saqlaydilar. 
8.  Ona  sutiga  allergiya  aniq  emas,  bir  yoshgacha  bo'lgan  bolalarda  sutli 
aralashmaga allergiya esa 18%ni tashkil qiladi. 
9. Ona suti, asosan og'iz suti, sigir sutidan farqli, o'z tarkibida gipofiz, qalqonsimon 
bez gormonlarini saqlaydi. 
10. Ona sutida 30 ga yaqin ferment bor, ular gidrolizda hatnashadi, bu ona sutining 
yuqori hazm bolishini ta'minlaydi. 
11.  Ona  sutida  oqsil  2  marta  kam,  lekin  uglevodlar  (laktoza)  xayvon  sutiga 
nisbatan  ko'proq.  Yog´lar  miqdori  bir  xilda. Uglevodlarning  energetik  bahosi  ona 
sutida - 45%, sigir sutida - 30%, yog - 50% energetik qiymatini tashkil qiladi. 
12. Ona sutida sigir sutiga qaraganda kul kamroq bo´ladi. 
13. Zardobdagi laktoalbumin va laktoglobulinlar miqdori kazeinogenga nisbati 3:2 
ni  tashkil  etadi,  shuning  uchun  moslashtirilgan  aralashmalar  zardobli  oqsil  bilan 
to´yingan. Ona sutida proteolitik fermentlar ham bo´ladi. 
14.  Ko’krak  sutida  yoglarni  asosiy  komponentlari  -  uch  gliseridlardir. 
Bolalardaoshqozon  osti  bezi  lipazasi  aktivligi  pastligi  va  konyugasiyalashgan  ot 
tuzlarining  past  konsentrasiyasi  yog´  gidrolizini  qiyinlashtiradi.  Ko'krak  sutida 
palmitin kislota miqdori past, u yengil gidrolizni ta'minlaydi. 
15.  Ko'krak  sutida  sut  glyukozasi  (laktoza)  sigir  sutiga  nisbatan  ko’proq,  ko’krak 
sutida  -  laktoza,  ingichka  ichakda  sekin  hazm  bo´ladi  va  yogon  ichakda 
grammusbat bakterial flora o'sishini ta'minlaydi. 
16.  Ko'krak  sutida  kalsiy  va  fosforning  nisbati  2-2,5:1,  sigir  sutida  -1:1,  bu 
ularning  sorilishi  va  hazm  bo’lishigaa  ta'sir  ko’rsatadi.  Ko'krak  sutida  kalsiyning 
hazm  bolish  koeffisienti  60%,  sigir  sutida  -  jami  20%.  Ona  suti  sigir    sutiga 
qaraganda temir, miss, sink, yogda eriydigan vitaminlarga boy bo´ladi. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin