Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


Qon aylanish organlarining shikastlanish semiotikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30

 
Qon aylanish organlarining shikastlanish semiotikasi. 
Tekshirish usullari 
  
Yurak  qon-tomir  xolatini  baxolash uchun  EKG-tekshirish  usuli  qo'llaniladi. 
EKGga  tushirish,  usulning  teoretik  asoslari  hamma  yoshdagilar  uchun  bir  xildir. 
Bolalarda  EKG  natijalari  (ba'zi  EKG  korsatgichlarining  yoshidagi  farqiga  bog’liq 
xolda) murakkab.   
 P- tishi – qo’zgalishni bolmachalar miokardi boylab qozgalishini ifodalaydi. 
Tishning  birinchi  yarmi  uning  cho'qqisigacha  o'ng  bo'lmacha  qo'zgalishiga  teng, 
ikkinchisi - chap bo'lmachada. Sog'lom bolalarda R-tishining davomiyligi 0,1s dan 
oshmaydi. III standart yo'nalishda tish manfiy, ikki fazali yoki tekislangan bo´ladi. 
R-Q  yo’ki  R-R  intervali  o'z  ichiga  R-tishini  va  izoelektrik  chiziq  R-tishi  tugagan 
joyidan  Q  tishigacha  yoki  R  masofani  oladi.  Puls  tezlashuvi  natijasida  interval 
o'zgaradi va uning kerakli normal qiymati jadval bo'yicha baholanadi.  
Q  -  tishi  bolalar  EKGsining  doimiy  bo'lmagan  elementi.Ba'zida,  sog'lom 
bolalarda chuqur Q- tishi III-standart yo'nalishida kuzatiladi. 
R-tishi yuqoriga yo'nalgan (tug'ma dekstrakardiyadan tashqari). Chaqaloqlar 
uchun  bir  yoki  bir  necha  yonalishlarda  tishlar  balandligining  to'lqinlanishi 
xarakterlidir.  
S-tishi  doimiy  bo'lmagan  manfiy  tish.  Erta  yoshda  I-standart  yonalishda 
chuqur bo´ladi. 
 
QRS-qorinchalar  kompleksi  miokarddagi  qo'zgalishning  tarqalishini 
(depolyarizasiya)  va  bu  qozgalishning  pasayishini  (repolyarizasiya)  aks  ettiradi, 
bolalarda  uning  umumiy  davomiyligi  0,35-0,40s  ortmaydi    va  yurak  qisqarishlar 
soni bilan uzluksiz bog'liq bo´ladi.  
Yurak  elektr  o'qi  -  qorinchalar  elektr  faolligi  bir  tomonlama  ustunlik 
darajasini va yurakni ko´krak qafasida joylashishini ko'rsatadi.  
Ko'krak yo'nalishlarida R va S tishi yosh o'tishi sari o'zgaradi. Bu bola hayotining 
birinchi  yilida  yuz  beradigan  yurak  burilishi  va  o'ng  qorinchaning  ko'krak  qafasi 
yuzasiga joylashish darajasi o'zgarishiga bog'liq.  
Kattalardan  farqli  bolalarda  15  yoshgacha  T-  tishi  V1-  V2  yonalishlarda 
manfiy  yoki  ikki  fazali  bo'lishi  mumkin,  bu  norma  hisoblanadi.  15  yoshdan 

 
73 
kattalarda  T-tishi  katta  odamlarnikidek  bo´ladi.  Tishlar  qiymatini  baxolashda 
millimetrdagi absolyut qiymati emas, balki bir-biri  bilan nisbati qo'llaniladi. 
 
Yosh xususiyatini hisobga olgan xolda EKG tishlari nisbati 
Standart yo'na-
lishlarda tishlar 
Chaqaloq   2yoshgacha 
3 dan 7 yoshgacha 

yoshdan 
katta  
R-tishi 
1/3  
R-tishi 
1/6 
R-tishi 
1/8-1/10  
R-tishi 
1/8-1/10  
R-tishi 
Q-tishi 
1/3-1/2 
 R-tishi 
1/3-1/2  
R-tishi 
Doimiy emas 
R-tishi  
1/4 
katta 
emas 
T tishi 
1/4 kam  
1/4 kam  
R-tishi 
 
1/4  
R-tishi 
R-тиши  
1/3-1/4 
 
Yurak elektr o'qi yoshga bog’liq. Normada 15 yoshdan katta bolalarda yurak 
elektr  o'qi normal xolatda  bo´ladi. 2  yoshgacha bolalarda  yurak  elektr  o'qi o'ngga 
siljigan.  Agar  chaqaloqlarda  chapgramma  aniqlansa,  unda  yurak  tug'ma  nuqsoni, 
fibroelastoz  bo'lishi  mumkin.  2-7  yosh  (50%)  bolalarda  yurak  elektr  o'qi  o'ngga 
siljigan,  qolgan  50%  bolalarda  yurak  elektr  o'qi    boshqa  turlari  aniqlanadi.  7-15 
yoshda  60%  bolalarda  yurak  elektr  o'qi  normal  xolati  registrasiya  qilinadi.  40% 
bolalarda yurak elektr o'qi holatining qolgan turlari uchraydi. 
 
R-Q  davomiyligining  yuqori chegarasi 
Yosh 
yillar 
Puls 
< 70 
71-90 
91-110 
111-130 
S 130 
1,5kichik 
0,16 
0,15 
0,145 
0,135 
0,125 
1,5-6 
0,17 
0,165 
0,155 
0,145 
0,135 
7-13 
0,18 
0,17 
0,16 
0,15 
0,14 
14-17 
0,19 
0,18 
0,17 
0,16 
0,16 
 
2 yoshgacha bolalarda P-Q o'rtacha 0,10-0,12 sek, maktab yoshigacha 0,12-
0,14 sek, kichik maktab yoshida 0,13-0,15 sek, katta yoshda 0,14-0,18 sekga teng. 
Fonokardiogramma  -  yurak  tonlarini  ob'ektiv  baxolaydi  va  qoshimcha 
shovqinlarni aniqlaydi. I-ton strukturasida uchta komponent, II-ton strukturasida  2 
ta  komponent    ajratiladi.  I-ton  birinchi  komponenti  mushak  va  bo'lmachalar 
qisqarishini  xarakterlaydi;  ikkinchi  komponent  yopilayotgan  klapanlar  tabaqalari 
zo'riqishi  bilan  bog'liq;  oxirgisi  -  past  amplitudali  komponent  -  qorinchalar 
miokardi,  aorta  va  o'pka  arteriyasi  devorlari  vibrasiyasiga  bog'liq.  Bolalarda 
FKGning  xususiyati  past  chastotalarda  yurak  choqqisida  III-  tonning  nisbatan 
ko'proq  bo'lishidir.    Bolalarda  shuningdek  past  chastotalarda  IV  ton  (bolmacha) 
ham  registrasiya  qilinadi.  U  1/3  bolalarda  to'sh  suyagidan  chapda  III  qovurga 
oralig'ida aniqlanadi. 6% bolalarda yurak cho'qqisi  sohasida V-ton yoziladi. FKG 
xususiyatlaridan  yana  biri  kichik  yoki  funksional  shovqinlarning  aniqlanishidir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda sistolik shovqin eng tipik hisoblanadi. 

 
74 
Rentgenogramma - yurak shakli va o'lchamini baxolaydi. 
Exokardiografiya  -  yurakni  ultratovush  orqali  tekshirish  usuli,  yurak 
boshliqlari  o'lchami,  devori  va  tosiqlarining  qalinligi,  aorta  o'lchami,  o'pka 
arteriyasi  o'lchami  haqida  ma'lumot  beradi,  klapan  tabaqalari  harakati,  uning 
shakli,  klapan  tabaqalarining  osilib  qolishi  va  boshqalarni  ko'rsatadi.  Shuningdek 
bu  tekshiruv  yo’rdamida  perikard  bo'shliqida  yallig'lanish  suyuqligi,  yurak  ichi 
o'lchami yo’ki trombni aniqlash mumkin. 
Sfigmografiya - arteriya devorlari harakatini, xar bir yurak qisqarishida, qon 
to'lqinlari bosimi ostidagi arteriya devori harakatining registrasiyasi. 
Reokardiografiya  -qon  aylanishini  tekshirish  usuli,  uning  asosida,  puls 
to'lqinlari o'zgaruvchan elektr toki ovoz chastotasiga qarshiligi yotadi. 
 
 
OVQAT HAZM QILISh  SISTEMASI.  ShIKASTLANISh SINDROMLARI 
VA TEKShIRISh USULLARI 
Ovqat  hazm  qilish  organlarining  shakllanishi  embrional  davrning  3-4 
haftasida  boshlanadi,  embrional  plastinkadan  birlamchi  ichak  hosil  bo´ladi.  4-
haftaligidan  og'iz  teshigi  hosil  bo´ladi,  keyinroq  qarama-qarshi  tomonida  anal 
teshig  paydo  bo´ladi.  Ichagi  tezda  uzunlashadi,  embrional  davrning  5-haftasidan 
boshlab,  ichak  nayi  ikki  qismga  chegaralanadi,  ingichka  va  yogon  ichak 
shakllanishiga  asos  bo´ladi.  Bu  davrda  birlamchi  ichakning  kengayishidan 
oshqozon ajrala boshlaydi. Bir vaqtning o'zida shilliq, mushak va seroz oshqozon 
ichak  trakti  qavatlari  hosil  bo´ladi,  unda  qon  va  limfa  tomirlari  shakllana 
boshlaydi, nerv tutamlari, endokrin hujayra shakllanadi. 
Chaqaloqlar  og'iz  bo'shlig'i  kichkina  o'lchamda  bo´ladi.  Og'iz  oldi  og'iz 
boshlig'idan alveolyar o'simta bilan emas milk qirrasi orqali chegaralangan. Lablari 
qalin, shilliq qavati sorgichlar bilan qoplangan, labning ichki yuzasida ko'ndalang 
valiklar  bo´ladi.  Oraliq  qismi  (o'tish  zonasi)  bor,  og'iz  aylana  mushagi  yaxshi 
rivojlangan. 
Yassi  qattiq  tanglay  tomoq  gumbazi  tengligida,  yumshoq  tanglay  qisqa, 
gorizontal  joylashgan.  Tanglay  ilgichi  tomoq  orqa  devori  bilan  birlashmaydi, 
emgan vaqtda erkin nafas olishgacha yetadi.  
Qattiq  tanglay  shilliq  qavati  kuchsiz  rivojlangan  ko'ndalang  burmalardan 
tuzilgan  va  bezlarga  boy  emas.  Chaqaloqlarning  tili  keng,  kalta,  qalin,  kam 
harakatli.  U  og'iz  bo'shlig'ini  to'liq  egallaydi.  Og'iz  bo'shlig'i  yopiq  bo'lganda  til 
milk  qirrasidan  chiqadi  va  lunjgacha  yetadi.  Oldindan  til  pastki  va  yuqori  jag'lar 
o'rtasidan  chiqib  turadi.  Til  so'rgichlari  rivojlangan,  til  bodomchasi  kuchsiz 
rivojlangan. Sut tishlari paydo bo'lishi bilan birinchi bolalik davrida  yuqori jag'da 
alveolyar  o'simta  o'lchami  kattalashadi,  pastki  jag'  va  og'iz  boshlig'i  alveolyar 
qismi  o'lchami  kattalashadi.  qattiq  tanglay  gumbazi  ko'tariladi.  Chaqaloqlarda 
tanglay  bodomchasi  unchalik  katta  o'lchamda  (7  mm  gacha)  bo'lmaydi,  og'iz 
bo'shlig'i ochilganda yaxshi ko'rinadi, oldingi  yoyi  bilan kuchsiz  qoplangan. Bola 
hayotining  birinchi  yilida  bodomchalar  tez  o'sishi  natijasida  bodomcha 
chuqurchasidan medial tomonga chiqib turadi. Bolalarda bodomcha bezlar nisbatan 
katta o'lchamda bo´ladi. 16 yoshda bodomcha bezlar maksimal o'lchamga (28 mm) 
ega bo´ladi. 

 
75 
Chaqaloqlarda  so'lak  bezlari  kam  rivojlangan.  4  oydan  keyin  2  yoshgacha 
ular  intensiv  rivojlanadi.  Keyinchalik  bezlar  bo'yiga  kattalashadi,  uning  yollari 
shoxchalardan iborat bo´ladi. Quloq oldi so'lak bezi yoli pastga qaragan yoysimon 
korinishda  va  past  joylashgan,  birinchi  ildiz  tishiga  yaqin  ochiladi.  Bolalarning 
lunjlari  bo'rtib  turadi,  bu  teri  va  yaxshi  rivojlangan  lunj  muskullari  orasida 
aylanasimon  yoy  tanasi  borligi  natijasida  yuz  beradi.  Yosh  o'tishi  bilan  yog 
tanachalari yassi bo´ladi va orqaga so'riladi, chaynash mushagi orqasida bo´ladi. 
Chaqaloqlar tomog'i chuqurcha shaklida bolib, yuqori  qismi baland va keng, 
pastki  qismi  esa  kalta,  tor  bo´ladi.  Tomoq  pastki  qirrasi  chaqaloqlarda  umurtqa 
oraliq  diski  tengligida  bo´ladi,  II  bolalik  davrida  (  11-12  yosh)  III  va  IV  bo'yin 
umurtqalar  tanasi  o'rtasida,  balog'at  yoshida  esa  V-VII  bo'yin  umurtqasiga  teng 
bo´ladi.  Tomoqning  burun  qismi  qisqa,  gumbazi  yassiroq,  chaqaloqlarda  tomoq 
uzunligi  3  sm  atrofida,  ko'ndalang  o'lchami  2,1  dan  2,5smgacha,  old-orqasi  1,8 
smga  teng.  Tomoqning  burun  qismi  o'lchami  2  yoshga  kelib  2  marotaba 
kattalashadi. 
Chaqaloqlardaeshituv  nayi  tomoq  teshigi  qattiqtanglay  tengligida,  tanglay 
ilgichiga yaqin tirqish ko'rinishida yorig'i bor. 2-4 yoshdan keyin teshik yuqori va 
orqaga joylashadi,12-14 yoshda tirqishsimonshaklda yoki oval ko'rinishida bo´ladi. 
2  yoshgacha  bodomcha  bezlari  kuchli  rivojlanadi,  keyinchalik  sekinlashadi. 
Chaqaloqlarda  tomoq  bodomchalaritomoqning  yuqori-orqa  devori,  shilliq  qavati 
qalinligida  joylashgan  va  oldinga  chiqib  turadi.  Bola  hayotining  birinchi 
yilidabodomchalar o'lchami kattalashadi. 12-14 yoshda sekinlashadi, keyin qisman 
qayta  rivojlanish  davri  boshlanadi.  20-22  yoshdan  keyin  tomoq  bodomchalari 
o'lchami ham o'zgaradi. Chaqaloqlarda nay bodomchasi eshituv nayi tirqishsimon 
teshigidan  orqada  va  pastda  joylashgan  va  ba'zida  orqa  tomondan  tomoq 
bodomchasi  bilan  birikadi,  past  va  oldindan-tanglay  bilan  birikadi.Chaqaloqlar 
qizilongachi naysimon shaklda, uzunligi 10-12 sm va diametri 0,4 dan 0,9 smgacha 
(2  oyligida)  kam  rivojlangan  anatomik  siqilishlar  bilan  qizilo'ngachning  yuqori 
qismi  (tomoq  torayish)  yaqqol  ko'rinadi.  Ikkinchi  bolalik  davri  oxirida  (11-12 
yosh)  qizilongach  uzunligi  ikki  barobarga  oshadi  (20-22  sm).  Chaqaloqlarda 
tishdan oshqozonning kardial qismigacha bo'lgan masofa 16,6 sm, 2 yoshda - 22,5 
sm, 5 yoshda - 26 - 27,9 sm, 12 yoshli bolada - 28,0 - 34,2 smga teng. qizilo'ngach 
yorig'i 2-6 oylik bolada 0,85-1,2 sm, 6 yoshdan katta bolalarda 1,3-1,8 smga teng.  
Chaqaloqlarda  qizilo'ngach  boshlang'ich  qismi  umurtqalararo  disk 
barobarida,  III-IV  bo'yin  umurtqa  pog'onasi  tanasi  o’rtasitda,  keyin  tomoqning 
patslashishi  bilan  qizilongach  yuqori  chegarasi  ham  pastga  tushadi  (2  yoshda  IV-
V,  10-12  yoshda  V-VI,  18  yoshda  -  VI-VII  bo'yin  umurtqa  qismiga  teng).  Keksa 
odamlarda  u  I  ko'krak  umurtqa  pog'onasi  tengligida  bo´ladi.Chaqaloqlarda 
qizilo'ngachning  mushak  qavati  kuchsiz  rivojlangan, 12-15  yoshgacha    u  intensiv 
o'sadi,  keyinchalik  kam  o'zgaradi.  Bir  yoshgacha  bolalarda  shilliq  qavatda  bezlar 
kam, ko'ndalang burmalar 2 - 2,5 yoshda yuzaga keladi. 
Chaqaloqlar  oshqozoni  silindr  yoki  buqa  shoxi  shaklida  bo´ladi.  Kardial 
qismi,  tubi  va  pilorik  qismi  kuchsiz  rivojlangan,  qorin  bo'yni  qismi  keng. 
Oshqozon  xajmi  50  kub  sm,  uzunligi  5  sm,  kengligi  -  3  sm.  Bola  hayotining 
birinchi yilida oshqozon uzayadi, 7 yoshdan 11 yoshgacha kattalarnikidek bo´ladi. 

 
76 
Ikkinchi bolalik davri boshida (8 yosh) kardial qismi shakllanadi. Birinchi  yilning 
oxirida oshqozon uzunligi 9 smga yetadi, kengligi 7 sm, hajmi 250-300 kub sm.ga 
kattalashadi, 2 yoshda oshqozon hajmi 490-590 kub sm, 3 yoshda 580-680 kub sm, 
4  yoshda  750  kub  sm.  Ikkinchi  bolalik  davri  oxirida  (12  yosh)  hajmi  1300-1500 
kubsmga  kattalashadi.  Suniy  ovqatlanishda  bo'lgan  bolalarda,  oshqozon      asosan 
oldingi devorida tortilgan bo´ladi.  
Chaqaloqlarda oshqozonning ma'lum biriktiruvchi qismi (kardiya, tub qismi, 
tanasi)  chap  qovurga  ostida  joylashgan  va  jigar  chap  bo'lagi  bilan 
qoplangan.Oshqozonning  katta  egriligi  ko'ndalang  chambarsimon  ichakka 
yondosh.  Jigar  chap  bo'lagi  kichrayishi  bilan  oshqozon  qorin  old  devoriga 
yaqinlashadi  va  charvi  usti  sohasiga  o'tadi.  Chaqaloqlarda  oshqozonning  chiqish 
teshigi  VII-IX  ko´krak  umurtqasiga,  oshqozonning  boshlanish  teshigi  XI-XII 
ko´krak umurtqasiga  teng.  Bolaning  o'sishi va  rivojlanishi  bilan  oshqozon  pastga 
tushadi va 7 yoshda tananing vertikal holatida uning kirish teshigi XI-XII ko'krak 
umurtqalari  o'rtasiga  proeksiya  qilinadi.  Chiqish  joyi  XII  ko'krak  va  I-bel 
umurtqalariga to'g'ri keladi. Chaqaloqlarda oshqozon shilliq qavati nisbatan qalin, 
burmalari  yuqori.  Oshqozon  maydoni  o'lchami  1-5  mm,    oshqozon  chuqurchalari 
soni 200 000 ta. hayotining 3 oyiga kelib bunday chuqurchalar soni 700 000 gacha 
ko'payadi, 2 yoshda 1 300 000, 15 yoshda 4 mln ni tashkil etadi.  
Chaqaloqlar  ingichka  ichagi  uzunligi  1,2  -  2,8  m,  2-3  yoshda  o'rtacha 
uzunligi 2,8 m. Ikkinchi bolalik davri ortalariga kelib, uning uzunligi katta odamlar 
ichagi  uzunligiga  teng  bo´ladi  (5  -  6  m  atrofida).  Ingichka  ichak  yorig'i  kengligi 
hayotining birinchi yilida 16 mm ni tashkil etadi, 3 yoshda 2-3,2 mm bo´ladi. 
Chaqaloqlar  o'n  ikki  barmoqli  ichagi  halqa  shaklida,  egatchalari  keyinroq 
shakllanadi.  Boshi  va  oxiri  I-bel  umurtqasiga  teng  joylashadi.  5  oydan  keyin  o'n 
ikki  barmoqli  ichak  yuqori  qismi  XII  ko'krak  umurtqasi  tengligida  joylashadi;  7 
yoshda tushuvchi qismi II bel umurtqasiga tushadi va undan ham pastroqda bo´ladi 
(12  yoshda).  Chaqaloqlar  duodenal  bezlari  unchalik  katta  o'lchamda  emas,  ular 
kuchsiz  shoxchalangan  (kattalarga  nisbatan).  Bu  bezlar  intensiv  o'sishi  bola 
hayotining birinchi yiliga to'g'ri keladi. 
Chaqaloqlarda  yonbosh  ichak  ilgagi    turli  xil:  gorizontal  va  vertikal,  bu 
charvi  ildizi  va  ichak  funksional  holati  bilan  bog'liq.  Shilliq  qavat  burmalari  va 
kipriklari  kuchsiz  rivojlangan.  Bola  hayotining  birinchi  yilida  ichak  bezlari  soni 
kattalashadi.  Yakka  va  guruhli  limfa  tugunlari  chaqaloqlar  shilliq  qavati 
ichaklarida  bo´ladi.  Mushak  qavati  kuchsiz  rivojlangan,  asosan  uning  ko'ndalang 
qavati.  Chaqaloqlar  yo’g’on  ichagi  qisqa,  uning  o'rtacha  uzunligi  -  63  sm, 
chambarsimon  ichak  gaustralari  va  yog  o'simtalari  yog.  6    oylikda  gaustralar 
birinchi bo'lib paydo bo´ladi, keyin bola hayotining 2-yilida yog osimtalari paydo 
bo´ladi. Ko'krak yoshi oxirida ingichka ichak 83 sm gacha uzayadi, 10 yoshda 118 
sm  ga  yetadi.  Chambarsimon  ichak  tasmalari  gaustralar  va  yog'  o'simtalari  6-7 
yoshda qo'shimcha shakllanadi. 
Chaqaloqlar 
ko'r 
ichagi 
chuvalchangsimon 
o'simtadan 
aniq 
chegaralanmagan, uning kengligi (1,7 sm) uzunligidan (1,5 sm) ustun bo´ladi. Ko'r 
ichak birinchi bolalik davrining oxirida (7 yosh) katta odamlarnikidek bo´ladi. Ko'r 
ichak  yonbosh  suyak  qanotlaridan  yuqorida  joylashgan.  O'smir  yoshi  (14  yosh) 

 
77 
ortalarida  ichak  o'ng  yonbosh  chuqurchasiga  tushadi,  tushuvchi  chambarsimon 
ichak o'sishiga bog'liq. Chaqaloqlar ileosekal teshigi halqasimon yoki uchburchak 
yorig'i bor. Bir yoshdan oshgan bolalarda u tirqishsimon bo´ladi. Ileosekal qopqoq 
unchalik 
katta 
bo'lmagan 
burma 
ko'rinishida 
bo´ladi. 
Chaqaloqlar 
chuvalchangsimon    o'simtasi  2  sm  dan  8  sm  gacha  bo´ladi,  diametri  0,2-0,6  sm. 
Yorugli  teshik  orqali  kor  ichak  chuvalchangsimon  o'simta  bilan  birlashadi. 
Chuvalchangsimon  o'simta  kirish  joyi  qopqog'i  shakllanishi,  bola  hayotining 
birinchi  yoshida  o'simtaga  kirish  joyida  burmalar  hosil  bo'lishi  bilan  belgilanadi. 
Bu  davrda  chuvalchangsimon  o'simta  uzunligi  6  sm,  ikkinchi  bolalik    davri 
o'rtasida  (10  yosh)  9  sm  ga,  20  yoshlarda  -  20  sm  ga  yetadi.  Chaqaloqlar 
chuvalchangsimon  osimtasining  shilliq  qavati  hayotining  birinchi  yillarida  ko’p 
sonli limfoid tugunlardan iborat bo´ladi. Tugunlarning eng yuqori rivojlanishi 10-
14 yoshga to'g'ri keladi.  
Ko'tariluvchi chambarsimon ichak kuchsiz rivojlangan, chaqaloqlarda u jigar 
bilan  qoplangan.  4-oylikda  jigar  uning  yuqori  qismida  yotadi.  7  yoshda 
ko'tariluvchi  ichak  oldindan  charvi  bilan  qoplangan.  O'smirlarda  ko'tariluvchi 
chambarsimon  ichak  xuddi  katta  odamlarnikidek  bo´ladi.  Uning  maksimal 
rivojlanishi 40-50 yoshlarga to'g'ri keladi.  
Chaqaloqlarda  ko'ndalang  chambarsimon  ichak  katta  qorindan  iborat  (2  sm 
gacha). Oldindan ichak jigar bilan qoplangan. Erta bolalik davrining boshida (1-2 
yosh) qatqorin kengligi  5,0-8,5  sm  ga kattalashadi, ichak  harakatini ortishiga olib 
keladi. Bola hayotining birinchi yillarida ko'ndalang ichak uzunligi 26 - 28 sm. 10 
yoshda  uning  uzunligi  35  sm  ga  yetadi.  Keksa  odamlarda  ko'ndalang 
chambarsimon ichak eng yuqori uzunlikka ega bo´ladi.  
Chaqaloqlar tushuvchi chambarsimon ichagining uzunligi 5 sm atrofida. Bir  
yoshda uning uzunligi ikki barobarga ortadi, 5  yoshda 15 cm, 10 yoshda 16 smga 
teng. Ichakning eng yuqori uzunligi keksa yoshdagilarda bo´ladi.  
Chaqaloqlar  sigmasimon  chambar  ichagi  (uzunligi  20  sm  atrofida)  qorin 
bo'shlig'ida yuqori joylashgan, uzun qoringa ega. Uning ilgagi qorin bo'shlig'ining 
o'ng tomonida yotadi, ba'zida ko'r ichak bilan birikadi.  
5  yoshda  sigmasimon  ichak  ilgagi  kichik  tosga  (dumg'aza  suyagiga)  kirish 
joyida joylashadi. 10 yoshda ichak uzunligi 38 sm gacha kattalashadi, uning ilgagi 
kichik tos boshlig'iga tushadi. 40 yoshda sigmasimon ichak yorugi kengayadi. 60-
70 yoshdan keyin ichak uning devorlari yemirilishi bilan atrofiyaga uchraydi. 
Chaqaloqlar  to'g'ri  ichagi  silindrik  shaklda,  ampula  va  egatlari  bo'lmaydi, 
burmalar  yaxshi  rivojlanmagan,  uning  uzunligi  5-6  sm  ga  teng  bo´ladi.  Birinchi 
bolalik  davrida  ampula  shakllanishi  tugallanadi,  8  yoshdan  keyin-egatlar 
shakllanishi tugallanadi.  
Bolalarda  orqa  teshik,  ustun  va  boshliqlar  yaxshi  rivojlangan.  Togri 
ichakning  asosiy    o'sishi  ikkinchi  bolalik  davriga  (8  yoshdan  keyin)  togri  keladi. 
O'smirlik yoshi oxirida to'g'ri ichak uzunligi 15-18 sm, diametri 3,2-5,4 sm ga teng 
bo´ladi. 
Chaqaloqlarda jigar katta o'lchamda,  qorin bo'shlig'ining yarmidan ko'proq 
hajmini egallaydi. Chaqaloqlarda jigar vazni -135 gr, tana og'irligining 4,0-4,5%ni 
tashkil  qiladi  (kattalarda  2-3%),  jigar  diafragmal  yuzasi  chiqib  turadi,  jigar  chap 

 
78 
bolagi ong bolagi o'lchamiga  teng  yoki undan katta. Jigar pastki  qirrasi  bukilgan, 
uning  chap bolagi  ostida  chambarsimon   ichak  joylashgan. Jigar  yuqori chegarasi 
o'ng o'rta o'mrov chizig'i bo'yicha V-qovurgaga teng, chap chegarasi-VI qovurgaga 
teng. Jigar chap bolagi chap o'rta o'mrov chizig'i bo'ylab, qovurgalar yoyini kesib 
o'tadi.  3-4  oylik  bolada  qovurgalar  yoyini  jigar  chap  bolagi  bilan  kesishgan  joyi, 
uning  olchami  kichikligi  uchun  ko´krak  oldi  chizig'ida  joylashadi.  Chaqaloqlarda 
jigar pastki qirrasi o'ng o'rta o'mrov chizig'i bo'ylab, qovurgalar yoyidan 2,5-4,0 sm 
chiqib  turadi,  old  o'rta    chizig'i  hanjarsimon  o'simtadan  3,5-4,0  sm  pastda 
joylashgan. Ba'zida jigar pastki qirrasi o'ng yonbosh suyak qanotlariga yetadi. 3-7 
yoshli  bolalarda  jigar  pastki  qirrasi  qovurg'alar  yoyidan  1,5-2,0  sm  pastda  o'rta 
o'mrov  chizigida  yotadi. 7  yoshdan  keyin    jigar  pastki  qirrasi qovurgalar  yoyidan 
chig'maydi.  Jigar  ostida  oshqozon  joylashgan.  Bu  vaqtdan  boshlab,  bola  jigari 
skeletotopiyasi  kattalarnikidan  farq  hilmaydi.  Bolalarda  jigar  juda  harakatchan  va 
uning holati tana xolati  o'zgarishi bilan o'zgaradi. 
Chaqaloqlarda  o’t  pufagi  uzunroq  (3,4  sm),  ammo  uning  tubi  jigar  pastki 
qirrasidan chiqib turmaydi 10-12 yoshda o't pufagi uzunligi ikki martaga ortadi. O't 
pufagi  qorin  old  devorida  qovurg'a  yoyidan  pastda  proeksiyalanadi,  oldingi  o'rta 
chiziqdan  2  sm  o'ngda.  O't    pufagidan  pastda    o'n  ikki  barmokli  ichak,  ingichka 
ichak  qorin  qismi  halqasi  va  ko'ndalang  chambarsimon  ichak  joylashgan. 
Chaqaloqlarda  oshqozon  osti  bezi  juda  kichik  o'lchamda.  Uning  uzunligi  4-5  sm, 
vazni 2-5 gr. Bez kattalarga qaraganda birmuncha yuqori joylashadi. hayotining 3-
4 oyligida bezning og'irligi ikki barobarga kattalashadi, 3  yoshda 20 gr ga yetadi, 
10-12 yoshda uning vazni 30 gr ga teng.  
Chaqaloqlarda  oshqozon  osti bezi  qorin bo'shlig'ining  orqa devoriga  yaxshi 
fiksasiya  qilinmaganligi  sababli  nisbatan  harakatchandir. 5-6  yoshlarda  bez  xuddi 
katta  odamlarnikiga  oxshash  ko'rinishga  ega  bo´ladi.  Oshqozon  osti  bezining 
qo'shni organlar bilan topografik o'zaro bog'likligi, hayotining birinchi yili oxirida 
yuz beradi va katta odamlarnikidek xarakterga ega bo´ladi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  oshqozon-ichak  trakti  harakat  funksiyasi  ham  bir 
qancha  xususiyatlarga  ega. qizilongach  peristaltik  to'lqini  va uning  pastki  qismini 
ovqat  bolaklari  bilan  mexanik  qozgalishi  oshqozonga  kirish  qismida  reflektor 
qo'zgalishni  chaqiradi.  Oshqozon  motorikasi  peristaltikadan  (kardial  qismidan 
tubigacha  bo'lgan  qisqarishning  ritmik  to'lqini)  peristola  (ovqatni  tortuvchan 
ta'siriga  oshqozon  devori  ko'rsatadigan  qarama-qarshilik)  va  oshqozon  devori 
tonusi to'lqinlanishi, u ovqat yegandan 2-3 soatdan keyin boshlanadi. 
Ingichka ichak motorikasiga tebranuvchi harakat (ritmik to'lqinlanish, ichak 
tarkibidagilarni  ichak  sekreti  bilan  qo'sqilishi  va  so'rilish  uchun  qulay  sharoit 
yaratadi), ichak devorlari tonusi tolqinlanishi va peristaltikasi kiradi (ichak boylab 
chuvalchangsimon harakat ovqat harakatiga ta'sir qiladi). 
Yog'on  ichakda  ham  mayatniksimon  va  peristaltik  harakatlar  bo´ladi, 
proksimal qismlarda-antiperistaltika yuz beradi, bu najas  massasini shakllantiradi. 
Kattalarga  nisbatan,  bolalarda  ovqat  bo'tqalarining  ichakdan  otish  vaqti  qisqa 
bo´ladi.  Chaqaloqlarda  4  soatdan  8  soatgacha,  katta  yoshdagi  bolalarda-bir  sutka 
atrofida  bo´ladi.  Sun'iy  ovqatlantirishda  bu  muddat  uzayadi.  Ko'krak  yoshidagi 

 
79 
bolalarda  defekasiya  akti  qoqishsiz  reflektor  yuzaga  keladi,  faqatgina  bola 
hayotining birinchi yili oxirida ixtiyoriy bo´ladi.  
Chaqaloqlar  hayotining  birinchi  soatlari  va  kunida  qora  -  zaytunsimon 
rangli, xidsiz birinchi najas yo’ki mekoniy ajraladi. Keyinchalik ko'krak yoshidagi 
sog'lom  bolalarda  najas  sariq  rangda,  nordon  reaksiyali  va  nordon  xidli, 
konsistensiyasi  botqasimon  bo´ladi.  Katta  yoshdagilarda  najas  shakllangan. 
Ko'krak  yoshidagi  bolalarda  najas  kelishi  sutkada  bir  martadan  4-5  martagacha, 
katta  yoshdagilarda  sutkada  bir  marta  bo´ladi.hayotining  birinchi  soatida  bola 
ichagi  bakteriyadan  ozod  bo´ladi.  Keyinchalik  oshqozon-ichak  trakti  mikroflora 
bilan  egallanadi.  Ko'krak  yoshidagi  bolalarning  og'iz  bo'shlig'ida  stafilokokk, 
streptokokk, pnevmokokk, ichak tayoqchasi va ba'zi boshqa bakteriyalarni aniqlash 
mumkin.  Najasda  ichak  tayoqchasi,  bifidobakteriyalar,  nordonsut  tayoqchalari  va 
boshqalar  paydo  bo´ladi.  Sun'iy  va  aralash  ovqatlantirishda  bakterial  infisirlanish 
fazasi  tez  yuzaga  keladi.  Ichak  bakteriyalari  ovqatni  fermentativ  hazm  bolish 
jarayoniga  olib  keladi.  Tabiiy  ovqatlanishda  bifidobakteriyalar,  nordonsut 
tayogchalari  kam  miqdorda-ichak  tayokchalari  ustunlik  qiladi.  Najas  och    sariq 
rangda,  nordon  xidli,  moysimon  ko'rinishda  bo´ladi.  Sun'iy  va  aralash 
ovqatlanishda  chirish  jarayoni  ustun  bo'lganligi  uchun  najasda  ichak  tayoqchasi 
ko'proq, daydi flora (bifidoflora, nordonsut tayokchasi) kam miqdorda bo´ladi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  o't  hosil  bo'lishi,  katta  yoshdagilarga  nisbatan  kam 
intensivlikda  bo´ladi.  Bolalarda  o't  o't  kislotalarga  boy  emas,  xolesterin,  lesitin, 
tuzlar  va  ishqorlar,  suv,  musin,  pigmentlar  va  mochevina,  tauroxol,  glikoxol 
kislotaga  nisbatan  ko’p  miqdorda  bo´ladi.  Shuni  ta'kidlash  kerakki,  tauroxol 
kislotasi  antiseptik  hisoblanadi.  O't  nordon  ovqat  va  botqalarni  neytrallaydi, 
oshqozon  osti  va  ichak  sekreti  faoliyatini  yaxshilaydi.  Bundan  tashqari,  ot 
pankreatik lipazani aktivlashtiradi, yoglarni emulsiyalaydi, yog' kislotalarni eritadi, 
ularni  sovunga  aylantiradi,  yog'on  ichak  peristaltikasini  kuchaytiradi.  Bola 
hayotining  birinchi  yilida  ovqatga  bo'lgan  talab  katta  yoshdagi  bolalarga 
qaraganda, nisbatan katta. Bolada hamma  kerakli ozuqa fermentlari bo´ladi, ovqat 
hazm  qilish  organlari  funksional  faoliyati  chegaralangan  va  bola  fiziologik 
ovqatlanishda bo'lsa, ko'krak suti bilan ovqatlansa yetarli bo'lishi mumkin. Ko'krak 
yoshidagi  bolada  ovqat  soni  va  sifatidagi    o'zgarishlar  ovqatlanish  buzilishiga 
(asosan  bir  yoshlik  hayotida)  va  keyinchalik  jismoniy  rivojlanishdan  orqada 
qolishiga sabab bo´ladi.  
 
Oshqozon-ichak traktini tekshirish ko'ruv, palpasiya va perkussiyadan iborat, 
bunda auskultasiya kam qo'llaniladi va katta axamiyatga ega emas.  
 
Ko’rik  qorindan  boshlanadi  va  og'iz  bo'shligini  ko'ruvi  bilan  yakunlanadi 
(kichik yoshdagi bolalarda). qorin ko'rigi gorizontal va vertikal holatda  o'tkaziladi. 
Ko'ruvda  qorinning  shakli,  uning  o'lchami,  simmetrikligiga  e'tibor  beriladi, 
oshqozon  va  ichak    peristaltikasining  ko’zga  ko'rinishi,  nafas  olishda  ishtirok 
etishiga  e'tibor  berish  kerak.  Anusni  (orqa  teshik)  ko’rishda  shilliq  qavatlarning 
yorilgani,  ichak  tushishi,  ochiq  qolishiga  ahamiyat  beriladi.Og'iz  bo'shlig'i 
koruvida tishlar va bodomcha bezlar holatiga e'tibor berish kerak. Kichik yoshdagi 
bolalarning og'iz bo'shlig'ini chuqur tekshirish uchun bolani mahkam ushlab turish 
kerak.  Buning  uchun  yo’rdamchi  yo’ki  bolani  onasi  bolani  orqasi  bilan  o'zining 

 
80 
tizzasiga o'tkazib, oyog'ini o'zining oyo’qlari orasida siqadi, o'ng qo'li bilan bolani 
tanasi  va  qo'lini  fiksasiya  qiladi,  chap  qo'li  bilan  boshini  ushlaydi.  Shifokor 
boladan  o'ng  tomonda  turadi  va  boshi  bilan  yorug'likni  berkitmaydi,  yoruglik 
bolani og'ziga tushib turishi kerak.  
Og'iz  boshlig'ini  shpatel  yo’rdamida  ko'rish  kerak.  Birinchi  navbatda  og'iz 
bushlig'i shilliq qavati, lablar shilliq qavati, lunj, milk, yumshoq va qattiq tanglay, 
til  va  tomoq,  tishlarni  ko’rish  kerak.  Og'iz  boshlig'ini  tekshirish  tomoqni  ko’rish 
bilan  tugallanadi.  Buning  uchun  shpatel  til  ildizigacha  olib  boriladi  va  pastdan 
sekin  bosib,  bolaga  og'zini  keng  ochish  tavsiya  etiladi,  til  bunda  og'iz  boshlig'ida 
joylashadi.  Agar    bola  tilini  zich  qilib  tursa,  shpatel  lunj  va  milk  o'rtasiga  olib 
boriladi va orqa ildiz tishlari tirqishi orqali til ildiziga bosiladi, bola og'zini ochadi 
va bunda tomoq va halqum usti yaxshi ko'rinadi. 
 
Palpasiya.  Palpasiyani  to'g'ri  o'tkazish  uchun,  shifokor  bemordan  ong 
tomonda, yuzi bilan unga  qarab turadi. Bola orqasi bilan yotadi, oyog, tos-son va 
tizza  bo'g'imlarini  yengil  bukadi.  Qollari  tanasi  bo'ylab  cho'ziladi,  boshi  tanasi 
bilan bir xil tenglikda turadi, bunda bolani chalg'itib turish kerak. 
 
Chuqur palpasiya o'tkazishning muxim shartlaridan biri bu a'zolarning qorin 
old devoriga proeksiyasini bilishdir: 
 
 
qorindagi  taniqli  chiziqlar  va 
soxalar: 
a -pastki qovurg'a chizig'i 
b - toj chizig'i 
v  -  qorin  togri  mushagining 
tashqi chet chizig'i 
1. o'ng qovurga osti sohasi 
2. epigastral soha 
3. chap qovurg'a osti sohasi 
4. ko'krakosti sohasi 
5. o'ng biqin sohasi 
6. kindik sohasi 
7. chap biqin sohasi 
8. o'ng qovurg'a-qorin sohasi 
9. qov usti sohasi 
10. chap qovurg'a-qorin sohasi 
 
 
Chap  qovurg'a  osti  sohasi:  oshqozonning  kardial  qismi,  oshqozon  osti  bezining 
dum qismi, qora taloq, chap buyrakning yuqori qismi.  
Epigastral  soha:  oshqozon,  o'n  ikki  barmoqli  ichak,  oshqozon  osti  bezining  tana 
qismi, jigarning chap bo'lagi. 

 
81 
O'ng qovurga osti soxasi: jigarning o'ng bolagi, o't pufagi, o'ng buyrakning yuqori 
qismi.Chap  va  o'ng  biqin  sohalari:  yogon  ichakning  tushuvchi  va  kotariluvchi 
qismlari, chap va o'ng buyrakning pastki qismlari, ingichka ichakning bir qismi. 
Kindik soxasi: ingichka ichakning sirtmoqlari, yo'g'on ichakning ko'ndalang qismi, 
o'n  ikki  barmoqli  ichakning  gorizontal  qismi,  oshqozonning  katta  egriligi, 
oshqozon osti bezining boshchasi, buyrak darvozalari. 
Chap qovurga-qorin soxasi: sigmasimon ichak, chap mochetochnik. 
Qov usti sohasi: ingichka ichak sirtmoqlari, siydik pufagi. 
O'ng qovurga-qorin soxasi: ko'r ichak, yogon ichakning terminal qismi, ko'r ichak. 
Jigar  palpasiyasi.  Jigar  palpasiyasi  ikki  asosiy  turga  bo'linadi:  Strajesko  boyicha 
sirg'anuvchi jigar palpasiyasida bemor xolati  quyidagicha - bemor orqasiga yotib, 
oyoglarini  yengil  bukadi,  bunda  yostiq  olib  tashlanadi.  qo'llar  tanasidan 
uzoqlashtirilgan  yo’ki  ko'krak  qafasida  yotadi.  Palpasiya  qiladigan  qo'llarning 
barmoqlari  bir  chiziq  hosil  qiladi  -  jigar  pastki  chegarasiga  parallel  qo'yiladi  va 
yengil  sirg'anuvchi  harakat  yuqoridan  pastga  qarab  o'tkaziladi.  Sirg'anuvchi 
palpasiya  bilan  jigar  yuzasini  palpasiya  qilib  seziladi.  Ko'krak  yoshi  va  erta 
yoshdagi  bolalarda  jigar  palpasiyasida  sirg'anuvchi  palpasiya  usuli  qo'llaniladi. 
Undan  keyin  V.P.  Obrazsov-Strajesko  usuli  bo'yicha  jigar  palpasiyasiga  o'tiladi. 
O'ng  qo'l  (palpasiya  qiladigan  qo'l)  qorin  devori  o'ng  tomoniga  kindik  tengligida 
yo’ki  undan  pastga  qo'yiladi.  Chap  qo'l  bilan  ko´krak  qafasi  o'ng  tomoni  pastki 
qismidan  ushlab  turiladi.  Bemor  chuqur  nafas  chiqarganda  o'ng  qo'l  qorin 
bo'shlig'iga  qo'yiladi  va  boladan  chuqur  nafas  olish  soraladi.  Nafas  olganda 
paypaslovchi  qo'l  old  va  yuqoriga  qaratilib,  qorin  boshlig'idan  chiqariladi.  Bunda 
jigar  past  qirrasini  palpasiya  qiladigan  barmoq  bilan    pastga  harakatlantirib    jigar 
past  qirrasi  topiladi.  Bu  palpasiyada  jigar  qirrasi  va  shakli,  uning  konsistensiyasi 
aniqlanadi. 5-7 yoshgacha b'lgan sog’lom bolalarda jigar  qovurg'a yoyi qirrasidan 
o'rta-o'mrov  chizigi  bo'yicha  1-2  smga  chiqib  turadi.  Sog’lom  bolalarda  jigar 
qirrasi  og'riqsiz,  o'tkir  va  yumshoq,  elastik  bo´ladi.  7  yoshdan  katta  sog'lom 
bolalarda jigar o'ng qovurg'a ostida palpasiya qilinmaydi. 
 
Sog’lom  bolalarda  o't  pufagi  palpasiya  qilinmaydi.  O't  pufagi  proeksiyasi 
qorin  to'g'ri  mushagi  tashqi  qirrasi  o'ng  qovurga  osti    bilan  kesishgan  joyida 
joylashadi. 
 
Grot  bo'yicha  oshqozon  osti  bezi  palpasiyasi.  Bola  orqaga  yotgan  holatda 
palpasiya  o'tkaziladi,  o'ng  qo'li  musht  holatda  siqiladi  va  bel  ostiga  olib  boriladi. 
Oyoglar tizzaga bukilgan  bolishi kerak.  O'ng  qo'l   barmoqlari qorin bo'shlig'ining 
chap yuqori kvadrati, chap togri mushak tashqi qirrasi bo'ylab qo'yiladi. Barmoqlar 
umurtqa  poqonasiga  yonaltiriladi.  Nafas  chiqarganda  palpasiya  otkaziladi, 
paypaslovchi  barmoqlar  umurtka  pog'onasining  kindik  tengligigacha  yetkaziladi. 
Oshqozon  osti  bezi  tasma  ko'rinishida,  umurtqa  pog'onasini  qiyshiq  yopib  turadi. 
Normada  oshqozon  osti  bezi  palpasiya  qilinmaydi.  O'ng  tomonga  yotgan  holatda 
va o'tirgan holatda oshqozon osti bezi palpasiyasi o'tkaziladi.  
 
Jigar chegarasi perkussiyasi va Kurlov bo'yicha jigarni o'lchash uchta chiziq 
bo'yicha olib boriladi: 
 

 
82 

 
o'rta omrov chizigi bo'ylab, yuqoridan jigar yuqori chegarasigacha, bolalarda 
V-qovurg'ada 

 
pastdan  kindikdan qovurga yoyi yonalishi boylab joylashadi. 

 
o'rta chiziqning o'rtasi bo'ylab (toshning o'rtasidan  o'rta chiziq bo'yicha) 

 
yuqoridan  jigar  yuqori  chegarasigacha,  jigar  yuqori  chegarasi  hilichsimon 
o'simta boshida joylashadi 

 
pastdan  kindikdan  yuqoriga,  uchdan  birining  yuqorisigacha  hilichsimon 
o'simta oxiridan jigar yon chegarasigacha, chap qovurga ostiga kiradi.  
 
Jigar  yon  chegaralari  quyidagicha  aniqlanadi:  qovurgalar  yoyi  boyicha 
perkussiya qilinadi, chap o'rta o'mrov chizigidan toshga qarab yonaltiriladi jigarni 
o'lchash  natijalari  yozuvi  quyidagicha:  11  x  9  x  9  sm.  Bola  yoshini  hisobga  olib, 
jigar  o'lchami  kichik  bo'lishi  mumkin  va  asosiy  orientiri:  yuqori  chegarasi-V-
qovurg'a va pastki chegarasi - qovurg'a yoyida bo´ladi. 
 
Sog'lom  bolalarda  qorin  auskultasiyasida  ichak  peristaltikasini  eshitish 
mumkin. Auskultasiya va perkussiya (auskultofriksiya) tekshirishning aralash usuli 
yo’rdamida oshqozon chegarasi aniqlanadi. Oshqozon sohasiga stetoskop qo'yiladi 
va perkussiya bitta barmoq bilan qorin oq chizig'i bo'ylab, hanjarsimon osimtadan 
kindikgacha  yuqoridan  pastga  qarab  o'tkaziladi.  Oshqozon  sohasida  stetosko’p 
orqali perkutor ovoz eshitilishi kuchayadi.  
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin