Xalmatova b. T. Boboyeva u. R



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30

Surunkali  bronxit 
Birlamchi  surunkali  bronxit  -  kattalardagi  surunkali  bronxitga  oxshash, 
bolalarda  juda  kam  uchraydi.  Bu  tashqis  mukovissidoz,  siliar  diskineziya, 
surunkali pnevmoniya tashqislarini iste'sno qilingandan so′ng qo’yiladi. 
Ikkilamchi  surunkali  bronxit  -  bronx-o’pka  tizimi  kasalliklarining  yuqorida 
korsatilgan belgilari aniqlansa qo’yiladi. 
Bolalarda surunkali bronxitlarning tashqisot  mezonlari: 
1) 
Balhamli yotal; 
2) 
3 oy va undan ko’p vaqt davomida doimiy xirillashlar; 
3) 
Yilida  uch va undan ko’p marta xurujlar takrorlanishi
4) 
Bronx devorida morfologik belgilarning aniqlanishi. 
Klinikasi.  Bronxoobstruktiv  sindrom  xarakterlidir.  Tashqi  nafas    tekshirilganda 
ko’krak  ichi  bosimi  ortganligi,  o′pkaning  qoldiq  hajmi  oshganligi,  bronxial 
o′tkazuvchanlik  buzilganligi  aniqlanadi.qaytalanuvchi  yo′tal,  auskultasiyada 
zararlangan o’choq ustida sust nafas, mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. 
Ular  doimiy  eshitilishi  mumkin,  bu  esa  pnevmoniya  bilan  tashqis  o’tkazishda 
qiyinchilik  tug’diradi.  Nafas  yetishmovchilik  belgilari  total  zararlanishda 
kuzatiladi. 
 
 
 
 
 

 
147 
PNEVMONIYa 
Pnevmoniya  (yunon  tilidan  rneumon  -  "o’pka";  sin:  o’pka  yalliglanishi)- 
o’pkaning  respirator  bo’limlaridagi  yalliglanish  jarayoni  bo’lib,  alohida  kasallik 
yo’ki  biror  bir  kasallikning  asorati  sifatida  kuzatiladi.  Pnevmoniya  bilan 
kasallanish  bir  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  orasida  1000  bolaga  10-15  tani,  1-3 
yoshgacha bo’lganlarda 1000 bolaga 15 - 20 ta va 5 yoshdan song 1000 bolaga  5-
6 ta  to′g′ri keladi. 
Tasnifi.  Rossiya  Federasiyasi  Sog’liqni    Saqlash  vazirligining  1995  yilda 
o′tkazilgan      bolalar  pulmonologlari  va  irsiy  determinallangan  o’pka 
kasalliklarining  Muammoli    komissiyasi  tomonidan    bolalardagi  pnevmoniyaning 
ishchi  tasnifi  kiritilgan. 
Bu tasnifga asosan pnevmoniyalar quyidagi turlarga bo’linadi. 
Kelib chiqishi bo’yicha: 

 
Uy pnevmoniyasi 

 
Kasalxona pnevmoniyasi 

 
Perinatal  

 
Immunitet tanqisligidagi pnevmoniya 
Morfologik korinishi bo’yicha: 

 
O’choqli 

 
Segmentar  

 
O′choqlar qosqilishi 

 
Krupoz  

 
Interstisial  
Kechishi bo’yicha: 

 
O’tkir 

 
Cho′zilgan 
Asoratlar bo’lishigaa qarab: 

 
Asoratlanmagan  

 
Asoratlangan  (toksikoz, infeksion  -  toksik    karaxtlik, sinpnevmonik  plevrit, 
metapnevmonik  plevrit,  kattalar  turidagi  respirator  distress  sindrom,  o’pka 
destruksiyasi, DVS-sindrom). 
 
Kasalxona  ichi  pnevmoniyasi,  shifoxonada  bo’lganda  48  soatda  yoki 
shifoxonadan  chiqqandan  keyin  48  soat  ichida  rivojlanadi.  Kasalxona  ichi 
pnevmoniyasi (nozokomial)  erta (birinchi 4 sutkada sun'iy o’pka ventilyasiyasidan 
song)    va  kechki  (sun'iy  o’pka  ventilyasiyasidan  song  4  sutkadan  ortiq)  
ventilyasion  pnevmoniyalarga  bo’linadi.Pnevmoniyaning  choziluvchan  kechishi 
pnevmonik  jarayonning  kasallik  boshlanishidan  6  haftadan  8  haftagacha 
yogolmasligi  kuzatilganda  qo’yiladi.  Pnevmoniyani  og’irlik  darajasi    (engil,  o’rta 
og’ir,  og’ir)  toksikoz  rivojlanishi,  nafas  yetishmovchiligi  va  yurak  qon  tomir 
o’zgarishlariga  qarab  belgilanadi.  Bu  esa  o′z  navbatida  qo’zg’atuvchi  turi, 
infeksiya  ko’pligi  va  makroorganizm  holatigagina  (reaktivlikga)  bog’liq  bo’lmay, 
balki o’z vaqtidagi va rasional terapiyaga ham bog’liq.  
Etiologiyasi.  Uy  sharoitida  kasallangan  6  oydan  5  yoshgacha  bo’lgan 
bolalarda  pnevmoniyaning  eng  ko’p  tarqalgan  qo’zg’atuvchisi    -  pnevmokokk 

 
148 
(Streptococcus  pneumonia)  va  gemofil  tayoqchasi  -  Haemophylus  influenzae  b 
hisoblanadi.  60-70-yillarda  bolalarda  pnevmoniyaning    birinchi  orinda  turadigan 
sabablaridan biri tilla rang stafilokokk hisoblangan.  
 Epidemik  mavsumda  (avgust-noyabr)  erta  yoshdagi,  maktabgacha  va 
maktab yoshidagi bolalarda Mycoplasma pneumoniae (miko’plazmalar) ahamiyati 
yuqori  
bo´ladi.  O’smir  yoshda  Chlamidia  pneumoniae  (xlamidiyali  pnevmoniya) 
kasallikni sababchi omili bo’lishi extimolini unutmaslik kerak.  
Viruslar  asosan  bir  yoshgacha  bo’lgan  bolalarda  virusli  pnevmoniya 
rivojlanishida  katta  ahamiyatga  ega.  Ko’p  qusadigan,  nafas  yo′llari  aspirasiyasi 
bor,  mukovissidoz  bilan  og’rigan  zaiflashgan  bolalarda  pnevmoniyaning 
sababchisi  ichak  tayogchasi,  tilla  rang  stafilokokk,  ba'zida  Moraxella 
(Branchamella)  catharalis  bo’ladi.  Legionellalar  bilan  chaqirilgan  pnevmoniya 
sababi  L.  Rneumophila  (legionerlar  kasalligi  sababchisii)  bo’lib,  bolalarda  kam 
uchraydi.  homila  ichi  infisirlanishida  ko’pincha  xlamidiyali  pnevmoniya 
tashqislanadi. Kam ho’llarda muddatidan oldin tug’ilgan bolalarda pnevmosistozli 
pnevmoniya  (qo’zg’atuvchisi-  pnevmosistlar);  og’ir  darajali  chala  tug’ilgan 
bolalarda  ureaplazma  va  Mycoplasma  hominis  chaqirgan  pnevmoniyalar 
aniqlangan.  
Immunodefisitning  gumoral  shaklida  (birlamchi  va  immunoglobulinlar 
yetishmasligi  bilan  kechadigan)  pnevmoniyani  soglom  bolalardagidek  o’pka 
florasi  chaqiradi,  lekin  kasallik  og’ir  kechadi  va  qaytalanuvchi  bo´ladi. 
Immunodefisitning  hujayraviy  shaklida  ko’pincha  pnevmosistli  pnevmoniya 
(asosan  VICh  -  infeksiyada),  kam  qo’llarda  -  sitomegaloviruslar  chaqirgan 
pnevmoniya kuzatiladi.   
Alohida  katta  guruxni  boshqa  kasallik  tufayli  kasalxonaga  yo’tkazilgan 
bolalarda  rivojlanuvchi  kasalxonaichi  pnevmoniyasi  tashkil  qiladi.  Bunday 
pnevmoniya  antibiotiklarga  yuqori  rezistent  bo’lgan  "shifoxona"  shtammlari 
(stafilokokk, klebsiella, psevdomonas – ko’k yiringli tayo’qcha), yo’ki bemorning  
autoflorasi  bilan  chaqiriladi.  Bu  pnevmoniya  rivojlanishiga  oddiy  o’pka  florasi 
buzilishiga  olib  keluvchi  antibakterial  davo  imkon  yaratadi.  Buning  natijasida 
nafas yo′llarining pastki qismlari bola uchun yot mikroorganizmlar bilan tolishiga 
yol ochib beriladi. Kasalxona ichi pnevmoniyasi gospital deb ham yuritiladi. 
Patogenezi.  Kasallik  chaqiruvchi    mikroorganizmlar  o’pkaga  ko’pincha 
aerogen  yo′l  orqali  tushadi.  Mikroblarning  bronxlar  shilliq  qavatida  joylanib 
olishiga  bola  immun  mexanizmining  zaiflashuviga  olib  keluvchi  o’tkir  respirator 
virusli infeksiyalar sababchi bo´ladi
.  
Sepsisda  mikrob  tanachalarining  qon  orqali  gematogen  yo’l  bilan  o’pkaga 
o’tishi  kuzatiladi.  O’pka  toqimasidan  infeksiya  limfogen  yo’l  orqali  yaqin 
organlarga  va  plevraga  tarqaladi.  Infisirlanganda  mayda  bronxlarda  yalliglanish 
rivojlanadi.  Bu  ventilyasiyaning  buzilishiga  va  alveolalarga  (kislorod  va  karbonat 
angidrid  almashinuvi  kuzatiladi)    havo  kirishini  chegaralanishiga  olib  keladi. 
Atelektaz    (alveolalar  yopishishi) va  o’pka  to’qimasi  yalliglanishi  kuzatiladi. Gaz 
almashinuvining buzilishi natijasida barcha organlarda gipoksiya  yuzaga keladi.  

 
149 
Yalliglanishning  asoratlanmagan  kechishida  o’zgarishlarning  toliq  ortga 
qaytishi 3 hafta davomida kuzatiladi. O’pkaning yallig’langan sohasidagi atelektaz 
yo’ki  yiringli  jarayonning  sorilishi  uchun  4-6  hafta  kerak  bo´ladi.  Plevraning 
zararlanishidan keyingi sog’ayish 2-3 oygacha davom etadi. 
Infeksiyaning respirator bronxiolalarga yaqin joylarda yalliglanish reaksiyasi 
bilan  chegaralanishida  o’choqli  va  o’choqlar  qo’sqilishi  turidagi  pnevmoniya 
rivojlanadi.  Bakteriyalar  va  shish  suyuqligining  alveolalardan  bir  segment 
doirasida  tarqalishi  va  segmentar  bronxlarning  infisirlangan  shilliq  bilan  tiqilib 
qolishi  natijasida  segmentar    pnevmoniya  paydo  bo’ladi,  infisirlangan  shish 
suyuqligining  o’pkaning  bir  bolagiga  tarqalganda  esa  bo’lakli  (krupoz) 
pnevmoniya yuzaga keladi.  
Bolalarda  pnevmoniyaning  xarakterli  belgisi  bo’lib  patologik  jarayonga 
regionar  limfa  tugunlarining  (bronxopulmonal,  bifurkasion,  paratraxeal)  jalb 
qilinishi  hisoblanadi,    bu  ob'ektiv  tekshirganda  o’pka  ildizining  kengayishi  bilan 
namoyon bo´ladi. 
Bir  yoshgacha  bo’lgan  bolalarda  pnevmoniya  ong  o’pkaning  II  segmentida 
yo’ki  ikkala  tomonning  IV-VI  va  IX-X  segmntlarida  joylashadi.  Katta  yoshdagi  
bolalarda o’ng tomonlama II, VI, X segmentlar, chap tomonlama VI, VIII, IX,  X 
segmentlar zararlanadi.  
Pnevmoniyada  vujudga    keluvchi  kislorod  yetishmovchiligi  MNSning 
faoliyatiga  ta'sir  qiladi.  Bolalarda  kasallik  avj  olgan  davrda  asab  tizimining  
vegetativ  qismida simpatik qismning ustunligi bilan xarakterlanuvchi disfunksiya 
vujudga    keladi.  Toksikozdan  chiqish  davrida    esa  xolinergik  reaksiya  ustunlik 
qiladi.  
Pnevmoniyada    bemordagi  yurak  qon-tomir  tomonidan  kuzatiluvchi 
o’zgarishlar  MNSning  buzilishi,  xamda  nafas  yetishmovchiligi,  o’pkaning 
tolaqonligi,  toksikoz  bilan  bog’liq.  Bolalarda  pnevmoniya    kasalligida  boshqa  
tizimlarda    ham  funksional  o’zgarishlar  kelib    chiqadi:  hazm  qilish  tizimida 
(fermentlar  faolligi pasayishi, oshqozon-ichak  trakti motorikasi  buzilishi va erta 
yoshdagi  bolalarda  qorin  dam  bo’lishiga,  disbakterioz,  parenteral  dispepsiya); 
endokrin  tizimida  (katexolaminlar,  glyukokortikoidlar  sekresiyasi  pasayishi); 
siydik  ayirish  tizimida  (buyrakning  filtrasion,  reabsorbsion  va  sekretor  funksiyasi 
buzilishi,    jigarning  mochevina  hosil  hiluvchi  va  dezaminirlovchi  funksiyasining 
pasayishi); immunologik reaktivlikning  buzilishi  kuzatiladi. 
O’choqli  pnevmoniya  
Q’choqli    pnevmoniya  -  o’pkaning  eng  ko’p  uchraydigan  yalliglanish  turi 
bo’lib, erta yoshdagi bolalarda, maktabgacha va maktab yoshidagi  bolalarda  turli 
hil kechadi. 
Klinikasi: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda o’choqli pnevmoniya 
klinikasi  "o’pka"  (respirator)  shikoyatlari,  intoksikasiya  belgilari,  lokal  fizikal 
o’zgarish  belgilaridan  iborat.  Kasallik  1-chi  va  2-chi  haftani  oxirida  xarakterli 
belgilarning sekin-asta rivojlanishi bilan  asta-sekin boshlanishi, yoki birinchi uch  
Kunidayo’q  klinikasi  yaqqol  namoyon  bo’lgan  to’satdan  boshlanishi    ham 
mumkin. 

 
150 
Birinchi 
ko’rinishida 
O’RI 
bilan 
kasallangan 
bolada, 
qisqa 
muddat 
ahvoliniyaxshilanishi  yo’ki  intoksikasiya  belgilari  kuchayishi  mumkin:  tana 
qarorati ko’tarilishi, bosh  og’rishi, o’zini yomon  his qilish va ishtahani pasayishi, 
lanjlik va atrof-muhitga bo’lgan qiziqishni pasayishi, bezovtalik, uyqu buzilishi, til 
karash bilan qoplangan, taxikardiya, noadekvat bezgak darajasi kuzatiladi. 
"O’pka"  shikoyatlari  yuqori  nafas  yo’llarining  kamayib  boruvchi  katari 
fonida kuchayadi, nam yo’tal, hansirash, ba'zida ko’krak qafasining yon tomonida 
ogriq paydo bo´ladi. Shovqinli ekspirator hansirash pnevmoniya uchun xos emas. 
Shilliq  qavatlari  rangi  o’zgarmagan  holda  teri  qoplamlari  oqimtir  bo´ladi,  ba'zida 
perioral  sianoz  kuzatiladi,  nafas  olishda  yo’rdamchi  ko’krak  mushaklari  ishtirok 
etadi:  burun  qanotlari  kerikkan,  qovurgalararo  tortilish,    o’mrov  usti  chuqurchasi 
tortilishi xosdir. 
O’pka ustida lokal fizikal o’zgarishlar aniqlanadi: zararlangan o’choq ustida 
perkutor  tovushning  hisqarishi,  shu  yerda  sustlashgan  yo’ki  dag’al  nafas, 
krepitasiyalovchi  va  jarangli  doimiy  mayda  pufakli  xirillashlar  aniqlanadi. 
Pnevmoniya uchun lokal simptomlarni doimiyligi xarakterlidir. 
Klinik  qon  tahlilida  leykositoz,  leykoformulaning  chapga  siljishi,  EChT 
ortishi  kuzatiladi.  Rentgenologik  tekshirishda  bitta  o’pkada  o’choqli  soyalar 
aniqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda o’choqli pnevmoniyaning kechishi birmuncha 
boshqacha  bo’ladi.  Birinchi  o’rinda  nafas  yetishmovchiligi  paydo  bo´ladi,  lokal, 
fizikal  o’zgarishlar  esa  keyinroq  aniqlanadi,  jarayon  ba'zida  ikki  tomonlama 
xarakterga ega bo´ladi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  kasallikning  boshlanish  davrida  kataral  belgilar 
aniqlanadi:  tumov,  aksa  urish,  quruq  yotal,  subfebril  yoki  febril  tana  qarorati, 
umumiy  ahvolining  o’zgarishi  kuzatiladi.    Ko’rik  vaqtida  bola  lanj,  adinamiya, 
mushaklar  gipotoniyasi,  hansirash,  nafas  olishda  yordamchi  mushaklarning 
ishtirok  etishi,  teri  rangi  oqarishi,  peroral  va  tarqalgan  sianoz  aniqlanadi. 
Hansirashdan  tashqari,  nafas  aritmiyasi,  qisqa  vaqtli  apnoe  kuzatilishi  mumkin. 
Ob'ektiv tekshirganda o’pka shishi belgilari: perkutor tovushning qutichasimonligi, 
yurak nisbiy chegarasi torayishi kuzatiladi.  
Pnevmoniyaning  boshlanish  davrida  sust  nafas  eshitiladi.  Mayda  kalibrli 
jarangli  lokal  va  krepitasiyalovchi  xirillashlar  pnevmoniyaning  birinchi  kunlarida 
yarim  bolalarda  eshitiladi,  keyinchalik  ko’pgina  bemorlarda  aniqlanadi.  O’pka 
ustida tarqoq xirillashlar eshitilishi bronxit, bronxiolit belgilariga kiradi. Bronxiolit 
bir haftadan ortiq  davom etsa pnevmoniya bilan asoratlanadi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  o’choqli  pnevmoniya  o’pka  shishi,  o’pka  ildizi 
kengayishi  va  o’pka  suratining  kuchayishi  bilan  xarakterlanadi.  Soyalar  ba'zida 
qo’sqilib  ketadi.  Rentgenda  o’choqli  qoshilgan  soyalar  abssess  rivojlanishiga 
moyillik tug’diradi. 
Oqibati.  Yaxshi  tugaydi,  antibiotiklarga  bog’liq.  Klinik  va  rentgenologik 
sohayish 3-4 haftadan so’ng yuz beradi. 
Segmentar pnevmoniya 
O’choqli  pnevmoniya  bir  yoki  bir  necha  segmentni  egallasa  segmentar 
pnevmoniya deb ataladi.  
Segmentar pnevmoniyaning uchta varianti aniqlangan. 

 
151 
 Birinchi  variantda  kasallikning  kechishi  yaxshi  tugaydi.  Ko’pincha  bu 
variant  tashqis  xam  qilinmaydi,  fokal  o’zgarishlar  bir  necha  kun  saqlanadi,  nafas 
etishmovchiligi,  yo’tal,  intoksikasiya  bo’lmasligi  ham  mumkin.  Tashqis 
rentgenologik  tekshiruv  ootkazilganda  qo′oyiladi.  Segmentar  pnevmoniyaning 
ikkinchi  variantida  krupoz  pnevmoniya  klinik  ko′rinishiga  o′xshash  bo´ladi, 
tosatdan  boshlanadi, bezgak  va  kasallikning  siklik  kechishi  kuzatiladi.  Segmentar 
pnevmoniya belgilaridan biri qorinda, ko’krak qafasida og’riq hisoblanadi. 
Uchinchi  variantida  segmentar  soya  birdan  paydo  bo’lmaydi,  balki 
kasallikning birinchi va ikkinchi haftalarida paydo bo´ladi. 
Klinik    manzarasi:  Maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalarda  ochoqli 
pnevmoniya  klinikasiga  oxshash  bo´ladi,  auskultasiyada  sust  vezikulyar  yo’ki 
dagal  
nafas  eshitiladi,  bronxofoniya  kuchaygan,  xirillashlar    eshitilmaydi.  O’pka 
to′qimasi qattiqlashuvi to’g’risida ma'lumot beruvchi o’pka tovushi hisqarishi aniq 
emas.  Plevraning  zararlanishi  va  atelektaz  ko’p  kuzatiladi.  Abssess,  destruksiya, 
cho’ziluvchan kechishiga moyillik yuqori bo’ladi. 
 
Krupoz pnevmoniya 
Maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalarda  krupoz  pnevmoniyaning  tipik 
ko’rinishi kuzatiladi, kam qo’llarda 1-3 yoshda va bir yoshgacha bo’lgan bolalarda 
uchraydi.  Krupoz  pnevmoniyaning  patogenezida  allergik  reaktivlik  katta 
axamiyatga ega bo’lib, u giperergik reaksiyalarga moyil bo’lgan pnevmokokklarga 
sensibillashgan  organizmda  vujudga  keladi.  Ko’krak  yoshidagi  bolalarda  krupoz 
pnevmoniyaning  kam  uchrashi  bu  yoshda  pnevmokokklarga  sensibilizasiyaning 
bo’lmasligi bilan tushuntiriladi.  
Bolalarda  krupoz  pnevmoniyada  o’pkaning  barcha  bolaklari  ham 
zararlanmaydi,  yalliglanish ochoqlari bir nechta segmentlarda  bo’lishiga mumkin. 
Bolalarda krupoz pnevmoniya ong o’pkaning yuqori va pastki qismida joylashadi. 
Klinik    ko’rinishi:  Kasallik  to’satdan    ORIsiz,  tana  qaroratining  39-40?S 
gacha    ko’tarilishi  bilan  boshlanadi,  bosh  og’rishi,  umumiy  holatning  birdan 
o’zgarishi,  yo’tal  "zangsimon"  balhamli  bo´ladi,  ko’krak  qafasida  og’riq. 
Prodromal davri bir necha soatgacha davom etadi. Ko’pgina bemorlar kasallikning 
boshlanish davrida o’ng yo’nbosh sohasida va kindik atrofidagi og’riqdan shikoyat 
qiladi.  Pnevmoniyani  bu  turdagi  kechishi  ong  o’pkaning  pastki  bo’lagidagi 
zararlanishda kuzatiladi va vissero-visseral refleks bilan bog’liq. Bolada hansirash, 
tomir  urishi  kuchayishi,  tana  harorati  ko’tarilishi,  ko’krak  qafasining  bir  tomoni 
nafas  olishda  orqada  qolishi  kuzatiladi,  qorin  ekskursiyasi  erkin  bo’ladi,  qorin 
devori tarangligi bo’lmaydi, bu esa shifokorga to’g’ri yol ko’rsatadi.  
Ba'zi  maktabgacha  bolalarda  kasallikning  boshlanishida  yuqori  tana  
harorati,  bosh  og’rishi,  qusishdan  tashqari,  alahlash,  ensa  mushaklari  tarangligi, 
klonik  talvasalar  kuzatiladi,  bu  belgilar  meningitni  klinik  ko′rinishini  eslatadi. 
Pnevmoniyaning bu kechishi patologik jarayonni o′ng o’pkaning yuqori bo’lagida 
joylashganida kuzatiladi.  
Bemor  ko’rilganda,  bosh  miya  tormozlanishi,  teri  rangining  oqarishi, 
yonoqlarning  qizarishi,  ko’zlarining  yaltiroqligi,  lablari  quruq,  lablarida  va  burun 

 
152 
qanotlarida  gerpes,  hansirash,  nafas  olishda  yo’rdamchi  mushaklarning  ishtirok 
etishi  kuzatiladi.  Pnevmoniyaning  boshlanish  davrida  omrov  usti  chuqurchasi 
cho′kkanga o′xshaydi, yelka oldinga va yon tomonga chiqqan bo´ladi.  
Tekshirib  ko’rilganda  ko’krak  qafasining  bir  tomoni  nafas  olishda  orqada 
qoladi  va  o’pkaning  pastki  qirralari  harakati  chegaralangan  bo´ladi,  ovoz  titrashi 
pasaygan,  bronxofoniya  kuchaygan,  terisi  kerishgan,  zararlangan  o’choq  ustida 
qisqargan  timpanik tovush  aniqlanadi. Kasallikning birinchi  soatlarida  nafas  olish 
o’zgaradi,  qisqa  va  og’riqli  yo′tal,  shilamshiq,  oynasimon  balham  ajralishi  bilan 
xarakterlanadi. Bola chuqur nafas olganda yon tomonda og’riq sezadi. Keyinchalik 
tana qarorati yuqori darajada ushlanadi, yo′tal kuchayadi, azobli va ogriqli bo´ladi, 
hansirash  kuchayadi,  sianoz,  yuz  va  lablar  shishi  aniqlanadi.  2-3  kundan  keyin 
fizikal tekshirilganda bronxial nafas, perkutor tovush hisqarishi, doimiy bo’lmagan 
mayin  krepitasiyalovchi  xirillashlar  aniqlanadi.  Ba'zida  xirillashlar  keyinroq 
eshitiladi.  
Krupoz  pnevmoniya    avj  olgan  davrida    o’pkadan tashqaridagi  o’zgarishlar 
ham  kuzatiladi:  yurak  qon-tomir  tizimi  (yurak  tonlari  bog’iqligi,  yurak  nisbiy 
chegarasi  kengaygan,  mayin  sistolik  shovqin,  tomir  tonusi  pasayishi    - 
gipotenziya);  asab  tizimi  (uyqusizlik,  bosh  og’rishi,  pay  va  teri  reflekslari 
o’zgarishi);  jigarda  (kattalashish  va  og’riq),  laborator  tekshirishda  - 
zararsizlantirish    funksiyasi  buzilishi);  buyrakda  (unchalik  katta  bo’lmagan  
albuminuriya,  ba'zida    eritrosituriya  va    silinduriya).Klinik    qon  tahlilida 
leykositoz,  neytrofilez,  formulaning  chapga  siljishi,  EChT  ortishi  kuzatiladi. 
Rentgenda  bolakli  o’choqli  soyalar  aniqlanadi.  Kechishi.  Bolalarda  kasallikning 
davomiyligi  o’tkazilgan  terapiya  va  organizmning  reaktivligiga  bog’liq.  Bemor 
holati  asta-sekin  yaxshilanadi,  yotal  nam  bola  boshlaydi,  ammo  kattalarga  xos 
bo’lgan "zangsimon" balhamli yotal bolalarda kam uchraydi. Kasallikning boshida 
eshitilgan  krepitasiyalovchi    xirillashlar  (crepitatio  indux)  yo’qoladii,  keyin 
pnevmoniyani  tuzalish  davrida  (crepitatio  redux)  eshitiladi.  Krupoz  pnevmoniya 
atipik  kechishi  mumkin,  yaqqol  rivojlanmagan  asosiy  klinik  simptomlari  yoki 
jarayonni  ikki  tomonlama  rivojlanishi  bilan  kechadi.    Kattalarda  va  bolalarda  
so’nggi  yillarda    antibiotiklar  bilan  erta  davolash  natijasida  klassik  krupoz 
pnevmoniya kam uchramoqda. 
Oqibati. Krupoz pnevmoniyada erta boshlangan davoda oqibati yaxshi tugaydi. 
 
Interstisial pnevmoniya 
1946  yil  R.Lenk  o’tkir  pnevmoniyalar  guruhidan  quyidagi  rentgenologik 
ko′rinishga ega bo’lgan  pnevmoniyani ajratdi: 
 1.  Peribronxial  infiltrasiya  natijasida  o’pka  suratining  kengaygan  ildizdan 
urchuqsimon kuchayishi 
2. Zararlangan  tomonda o’pka  surati  to’rsimon, katakchalardan iborat  bo´ladi. Bu 
ikki o’choqli o’zgarishlar fonida, ochoqli atelektaz  
rivojlanishi mumkin, shuningdek mayda  dog’lar paydo bo´ladi.  
3. Bronxlarning torayish belgilari, aniq chegaralangan soyalar aniqlanadi. 

 
153 
1842  yilda  K.Rokitanskiy    ushbu  pnevmoniyani  ta'riflab  bergach,  R.Lenk  bu 
pnevmoniyani  interstisial  deb  atadi.    V.K.Tatochenko  fikriga  kora  interstisial 
pnevmoniya bolalarda kam uchraydi, o’tkir pnevmoniyaning 1% ni tashkil etadi. 
Etiologiyasi. 
Kasallikning 
chaqiruvchilari 
viruslar, 
pnevmosistlar, 
xlamidiyalar, miko’plazmalar, patogen zamburuglar hisoblanadi. 
Patogenezi.  Interstisial  pnevmoniya  bilan  kasallangan  bemorlarda  o’pka 
zararlanishining quyidagi bosqichlari aniqlanadi: 
1) 
arteriolalarning tarqalgan   spazmi - I bosqich; 
2) 
mahalliy trombogemorragik sindrom - II -bosqich; 
3) 
o’pka  mikroatelektaziga  olib  keluvchi  surfaktant  tanqisligi  va  alveolalar 
yopishishi - III-bosqich. 
 
Klinik  ko’rinishi.  Interstisial  pnevmoniyaning  klinik  kechishi  uning      ikki 
turga bo’lishiga imkon beradi: 
Manifestli,  o’tkir  turi.  Erta  va  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  allergik 
diatez korinishida uchraydi. Kasallik og’ir, neyrotoksikoz va nafas etishmovchiligi 
bilan  kechadi  (hansirash,  nafas  soni  1  minutda  80-100  ta,  og’iz-burun  atrofi 
sianozi,  tirnoqlar  sianozi,  bola  bezovta  bo’lganda-  generallashgan  sianoz,  burun 
qanotlari kerikkan, qovurg′alar orasi tortilgan), bezgak, keyinchalik azobli, tez-tez 
yotal  qo’sqiladi.  Kataral  holatlar  aniq  bo’lmaydi:    quruq  xirillashlar,  ba'zida 
krepitasiyalovchi xirillashlar va bakterial  infeksiya  qo’shilganda - hol xirillashlar 
eshitiladi.  
O’pka  perkussiyasida  timpanit,  o’pka  qirralari  pastda  joylashgan  bo´ladi, 
yurak nisbiy chegarasi toraygan, o’pka ildizi kengaygan bo´ladi. Perkutor tonning 
qisqarganligi xarakterli emas. 
Gemorragik  grippoz  pnevmoniya  og’ir  kechadi,  unda  bezgak,  og’ir 
neyrotoksikoz  va  nafas  yetishmovchiligi,  qon  aralash,  ba'zida  ko’pikli  balg′am, 
kollaps  kuzatiladi.  O’pkani  tekshirganda  nam  va  quruq  xirillashlar,  krepitasiya 
aniqlanadi.  
Gemorragik sindrom tomir ichi qon ivishi bilan bog’liqligi gumon qilingan. 
Yurakning  o’ng  bo’limida  o’tkir  va  o’tkir  osti  yetishmovchilik,  jigarning  qisman 
kattalashishi, mikrogematuriya xarakterlidir. 
Kam  simptomli,  cho’ziluvchan  turi.  Maktab  yoshidagi  bolalarda  ko’p 
uchraydi.  Bolalarda  O’RIdan  keyin  tez  charchash,  kamquvvatlik,  ishtaha  pastligi, 
subfebril tana qarorati, bosh og’rishi, kuchsizlik, yo’tal kuzatiladi.  
Fizikal  ma'lumotlar  bunday  bolalarda    yaxshi  bilinmaydi:  intoksikasiya 
belgilari  qisman  rivojlangan,  unchalik  katta  bo’lmagan  jismoniy  zo’riqishda 
hansirash,  o’pka  surati  o’zgargan,  o’pka  ildizi  kengaygan,  kam  miqdorda  quruq 
xirillashlar.  Ko’krak  qafasi  rentgenogrammasida  interstisial  pnevmoniyani 
tasdiqlovchi belgilar aniqlanadi.  
Bolalarda  interstisial  pnevmoniya  uchun  immunitet  pasayishi,  tetrada 
simptomlar    xarakterlidir:  hansirash,  gipoksemiya,  diffuz  interstisial  infiltrasiya, 
yotal. 
Oqibati.    Interstisial  pnevmoniya  o’tkir  turida  og’ir.  Bolalar  virusli 
ensefalitdan,  ichki  organlarni  virusli  zararlanishidan    nobud  bo´ladi.  Kasallikni 

 
154 
yaxshi  kechishida  o’pkadagi  rentgenologik  o’zgarishlar  6-8  haftagacha  saqlanadi.  
Interstisial  pnevmoniya  oqibati  pnevmosklerozni  rivojlanishi  yoki  qayta 
shakllanishi bo’ladi. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin