Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


KIChIK YoShDAGI BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING   KEChISh



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30

KIChIK YoShDAGI BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING   KEChISh 
XUSUSIYaTLARI VA TAShXISOT MEZONLAR
Bolalik  davrida  uchraydigan  bronxial  astma  GINA-2002  bo'yicha  (Global 
initiative for asthma, 2002)  "tashhis qo΄yishga qiyin bo'lgan holatlarga kiritilgan. 
Ishchi konsepsiyasiga  ko'ra, yilida   ikki martadan ko'p  yo'tal, ?ushtaksimon  nafas 
yoki  hansirash  bilan  shikoyat  qilgan  har  qanday  bola  bronxial  astmaga  gumon 
?ilingan  bemor  hisoblanadi  va  bu  tashhisni  istisno  qilish  yoki  tasdi?lashni  talab 
?iladi.  Asosan  bu  erta  yoshdagi  bolalarga  tegishli,  chunki  bu  yoshda  bronxial 
astma kўpincha istisno tari?asida ?ўyiladi va muammoga to'laroq to'xtalishni talab 
?iladi.  Bronxial  astma  bu  yoshdagi  bolalarda  turli  xil  klinik  ko’rinishi  bilan 
far?lanadi.  Kasallik  allergiyaga  nasliy  moyillik  bilan  bog'liq  bo'ladi.  70-80% 
bolalarda  bronxial  astmaning  rivojlanishi  erta  yoshdagi  bolalarga  to'g'ri  keladi. 
Bolalarda  bronxial  astmaning  erta  rivojlanishiga  homilaichi  sensibilizasiyasi, turli 
ta'sirlar    natijasida  yuzaga  kelgan  fetoplasentar  barerning  yuqori  o'tkazuvchanligi 
sabab  bўladi.  Kasbiy  zararli  odatlar,  aktiv  va  passiv  chekish  ham  ta'sir  qiladi. 
Postnatal sensibilizasiya  omillari ўrtasida antigen  ekspozisiya  hayotining birinchi 
ikki  yilligida  muhim  ahamiyatga  ega.  Bola  hayotining  birinchi  yilida  asosiy 
sensibillovchi  omil  ovqat  allergenlari  hisoblanadi.  Eng  ahamiyatlisi,  tovuq  oqsili, 

 
163 
sigir  suti,  bug'doy  va  boshqa  donlilar,  baliq,  yong'oq,  kakao,  sitruslar  va  boshqa 
sariq-qizil  rangli  mevalar,  sabzavotlarga  bўlgan  sensibilizasiya  hisoblanadi.  Bola 
hayotining birinchi yili oxirida maishiy  allergenlarning o'rni ortadi. Bu yoshda uy 
changiga va kapa allergenlariga sensibilizasiya ko'pgina bemorlarda aniqlanadi. 3-
4  yoshlarga  kelib,  chang  allergenlarining  o'rni  ortadi,  bu  turli  xil  iqlim  geografik 
zonalarda  xar-xil  bo'ladi.  Erta  yoshdagi  bolalarda  sensibilizasiya  spektrining 
almashib  turishi  har  doim  ham  bosqichma-bosqich  tarzda  kuzatilmaydi.  Keng 
spektrli  allergenlarga  bўlgan  sensibilizasiya  ko'p  aniqlanadi.  Shuning  uchun,  erta 
yoshdagi  bolalarda  allergologik  tash?is  (bu  yoshda  provokasion,  ingalyasion 
sinamalar  o'tkazilmaydi,  teri  sinamalari  kam  sezgirli  -skarifikasiya  o'rnida 
bo'rsildoq  ko'pincha  bўlmaydi  va  musbat  reaksiyaning  birgina  belgisi  eritema 
hisoblanadi),  to'liq  yig'ilgan  anamnez  mu?im  rol  ўynaydi.  Bolalarda  bronxial 
astmaning erta rivojlanishida patologik kechgan  homiladorlik oqibatida MNSning 
perinatal  zararlanishi, homilaning anti va intranatal gipoksiyasi, tu?ru? jarohatlari 
sabab  bo'ladi.Bola  hayotining  birinchi  yilida  gipoksiya  va  jarohatdan  keyingi 
perinatal  ensefalopatiya  belgilari  asosiy  rol  o'ynaydi.  25%  bemor  bolalarda  
nevrologik buzilishlar katta yoshdaham saqlanadi, bronxial astma kechishiga ta'sir 
qiladi.  Ekspirator  hansirashni  birinchi  tipik  kechishiga,  atopik  dermatit,  turli  xil 
ovqat  mahsulotlariga  bo'lgan  o'tkir  allergik  reaksiya,  dori  vositalariga,  profilaktik 
emlashlarga  (ekzantema,  eshakemi,  Kvinke  shishi,  intoksikasiyasiz    va 
gipertermiyasiz, ammo  yaqqol    kataral  holatlar  bilan kechadigan ?ayta    respirator 
kasalliklar)  sabab  bo'ladi.  Respirator  allergiyaning  ushbu  kўrinishlari  shifokorlar 
tomonidan o'tkir  respirator virusli infeksiya, bronxitlar, pnevmoniya deb yuritiladi. 
Bemorlar  antibiotiklar  bilan  davolanadilar,  bu  esa  dori  sensibilizasiyasiga  olib 
keladi,  dori  allergiyasining  turli  klinik  ko'rinishi  bilan  namoyon  bўladi.Erta 
yoshdagi bolalarda bronxial astmaning tipik xuruji muhim sababga ega allergenlar 
bilan muloqotda bo'lgandan keyin rivojlanadi.  
 1-2 kun oldin xuruj darakchisi paydo bo’ladi (bola  yig’loq, qo’zg’aluvchan 
yoki  lanj  bўlib  qoladi),  ishtahasi  pasayadi,  terida    qichishish  va  boshqa  allergik 
reaksiyalar  paydo  bўladi.  Yo’talish  asta-sekin  qaytalanuvchi    quruq  yo’talga 
aylanadi.  Nafas  qisish  xuruji  sutkaning    har  qanday  vaqtida    paydo  bo’ladi  va 
ekspirator yoki aralash hansirash-ekspirator komponentni ustunligi  bilan kechadi, 
ko’krak  qafasi  tortilishi,  emfizematoz  shish,  ba'zan  qusishgacha  olib    keluvchi 
asabli  quruq  yo’tal,  quruq  yoki  nam  balg’amli  yo’tal,  o’pkada    tarqoq  quruq  
xirillashlar,  shuningdek,  turli  kalibrdagi  nam  xirillashlar  eshitiladi.    Shovqinli 
hushtaksimon  nafas  masofadan  eshitiladi,  teri  rangi  oqargan,  og’iz-burun 
uchburchagining  ko’karishi,  akrosianoz  aniqlanadi.  Xuruj  dinamikasida  quruq 
yo’tal  nam  yo’talga  aylanadi.  Erta  yoshdagi  bolalarda  to’liq  davolanmagan  yo’ki 
tez-tez  qayta  xurujlar  astmatik  holatga  olib  keladi.  Yuqorida  ko’rsatilgan  xuruj 
davrining  varianti  o’ziga  xos  klinik  va  funksional  kўrinishga  ega  bo’ladi.  Bolalar 
shikoyat  qilmasliklari  mumkin,  ularning  o’zini  his  qilishi  o’zgarmasligi  mumkin, 
bolalar doimiy nafas yetishmovchiligiga  moslashgan bўladi. Ekspirator  hansirash 
yaqqol ifodalanmaydi, ammo  ba'zan jismoniy zo’riqishdan keyin zo’rayadi, bolani 
doimiy  quruq  yo’tal  bezovta  qiladi,  ko’krak  qafasi  shishadi,  o’pkada    kuchsiz 
nafas,  tarqoq  xirillashlar  eshitiladi,  teri  rangi  oqarishi,  akrosianoz  kuzatiladi.Bu 

 
164 
davrda  infeksiyaning  qo’sqilishi,  stress  holatlar,  o’tkir  xurujlar  rivojlanishi  bola 
holatining  yomonlashishiga  olib  keladi.  Buyrak  usti  bezi  po’stloq  funksiyasining 
buzilishi  erta  yoshdagi  bolalarda  astmatik  holatni  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi, 
shifokordan  o’z  vaqtida  mos  davo  o’tkazishni  talab  qiladi.  Erta  yoshdagi 
bolalarning  anatomo-fiziologik  xususiyatlari  tufayli  (bronxial  daraxt  yorug’ining 
torligi,  mushak  qavatining  kuchsiz  rivojlanganligi,  qon  va  limfa  tomirlarining 
yaxshi  rivojlanganligi)  bronxial  astma  xuruji  patogenezida  bronxospazm  yetakchi 
mexanizm bo’laolmaydi. 
 Bolalarda  bronxial  astma  patogenezida  birinchi  o’rinda  bronx  shilliq 
qavatining yallig’lanishi, shish va shilliq gipersekresiyasi turadi. S.G.Zvyaginseva 
(1958  y)  tushunchasi  bo’yicha  bu  yoshda  o’ziga  xos  "ho’l  astma"  klinik 
manzarasini  yuzaga  keltiradi,  xurujlar  uzoq  davom  etadi.  Bunda    o’pkada  ko’p 
miqdorda  nam  xirillashlar  eshitiladi,  5-10  kungacha,  ba'zida  uzoq  muddat 
saqlanadi.  Kasallikning  astmatik  bronxit  ko’rinishida  kechishi  ko’p  xollarda 
o’pkaning infeksion-yallig’lanish kasalliklari giperdiagnostikasiga sabab bo’ladi va 
bu  yoshda  bronxial  astmaning  gipodiagnostikasiga  olib  keladi.    Bola  yoshi  va 
kasallik  davomiyligiga  qarab,  jismoniy  yoki  psixoemosional  zo’riqish,  tamaki 
tutini, nam  yoki ifloslangan  atmosfera havosi, boshqa nospesifik  qo’zg’aluvchilar 
bronxial  astma  xuruji  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi.  Erta  yoshdagi  bolalarda 
bronxial  astma  xuruji    qo’zg’atuvchisi  o’tkir  respirator  virusli  infeksiya  bo’lib, 
organizmga kuchli sensibillovchi ta'sir ko’rsatadi, turli xil allergenlar uchun nafas 
yo’llarining  zararlangan  shilliq  qavatini  yuqori  o’tkazuvchanligiga  olib  keladi, 
shuningdek,  viruslarning  antigen  xususiyati,  makroorganizmning  immunologik 
jarayonga  qayta  tuzilishi  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Bronxial  astma  xurujining  o’tkir 
respirator  virusli  infeksiya  tomonidan  qo’zg’atilishi,    o’tkir  obstrukttiv  bronxit 
bilan  klinik  ko’rinishi,  funksional  va  laborator  o‘zgarishlari  o’xshash  bo’lishi 
differensial tashhisni qiyinlashtiradi. Erta yoshdagi bolalarda uzoq vaqt davomida, 
bronxial 
astma 
"bronxoobstruktiv 
sindrom 
bilan 
kechuvchi 
O’RVI", 
"qaytalanuvchi obstruktiv bronxit" deb talqin qilinadi va bemorlar norasional davo 
olishadi.  Bir  necha  yillardan  keyin  obstruktiv  bronxit  tipik  bronxial  astmaga 
o’tganligi  aniqlanadi.  Alohida  kuzatuvlar  natijasi  shuni  kўrsatdiki,  8-10  yil 
o’tgandan  keyin  bu  bolalardan  yarmida  bronxial  astma  bilan  kasallanganlik 
aniqlanadi.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  bronxial  astmaning  obstruktiv  bronxitdan  farqi 
nasliy  allergik  kasalliklarga  yuqori  moyillik,  dorilarga,  ovqat  mahsulotlariga, 
profilaktik  emlashlarga  allergik  reaksiyaning  yuqoriligi,  O’RVIning  boshlanish 
davrida  bronxoobstruktiv  sindromning  tez  avj  olishi  va  kam  davomiyligi; 
bronxolitik  terapiyaning  aniq  samaradorligi,  immunologik  reaksiyaning  yaqqol 
rivojlanganligidir. Lekin klinik  belgilarning, laborator ko’rsatgichlarning ko’pligi, 
differensial  -diagnostikada  qiyinchilik  tug’diradi.  Amaliyotda  bu  ko'rsatgichlarni 
hech  qaysi  biri  obstruktiv  bronxit  va  bronxial  astmaning  differensial-diagnostik 
mezoni bo’lmaydi. 
 
 
 

 
165 
Bronhial astma va obstruktiv bronxitning qiyosiy tashxisi 
Belgilari 
Bronxial astma 
Obstruktiv bronxit 
Yoshi 
1,5 yoshdan katta 
1 yoshdan kichik 
Bronxoobstruktiv  sindrom  ning 
yuzaga chiqishi 
  
ORVIning  birin  chi 
sutkasida 
 
va kechroq 
Oldingi 
bronxoobstruktiv 
sindrom epizodlari  
2  marta  va  undan 
ko’proq 
 
Kuzatilmagan  yoki  bir 
marta 
Allergik  kasalliklarga  nasliy 
moyillik 
Bor 
Yo’q 
Ona tomonidan bronxial astma 
Bor 
Yo’q 
Ovqat mahsulotlariga, dorilarga, 
profilaktik 
emlashlarga 
anamnezida allergik reaksiya  
mavjudligi  Bor
 
yo’q 
 
Maishiy 
antigenga 
zoriqish, 
yashash  joyida    zax,  chang 
bo’lishi 
Kuzatiladi 
Yo’q 
 
Tashhislash 

 
  Anamnez va fizikal tekshirishlar. 
 Anamnez yigilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak. 
-  Atopik  dermatit, allergik  rinokon'yunktivit, oilasida  bronxial  astma  yoki  boshqa 
atopik kasalliklar mavjudligi. 
Quyidagi simptomlardan bittasi borligi: 
-yo'tal, kechqurinlari kuchayadi; 
-qaytalovchi hushtaksimon xirillashlar; 
-qiyinlashgan nafas qayta epizodlari; 
-ko'krak qafasida siqilish hissi. 
Simptomlarning paydo bo'lishi yoki kuchayishi: 
-tungi vaqtlarda; 
-hayvonlar bilan muloqotda bo'lsa; 
-ximik aerozollar bilan; 
-uy changi; 
-gul changlanishi; 
-tamaki tutuni; 
-atrof-muhit harorati tushganda; 
-aspirin, adrenoblokatorlar qabul qilinganda; 
-jismoniy zo'riqishdan so'ng; 
-O'RVI; 
-kuchli emosional zo'riqishdan so'ng; 

 
Fizikal tekshirishda BAning quyidagi belgilariga ahamiyat berish zarur: 
-ko'krak qafasi giperekspansiyasi; 
-nafas chiqarishning uzayishi; 
-quruq yo'tal; 
-rinit; 

 
166 
-periorbital  sianoz  "allergik  soyalar"  (ko'z  tagida  qorong'i  aylana,  venalardagi 
dimiqish hisobiga,  
nazal obstruksiya fonida yuzaga keladi) 
-burun qanotlarida ko'ndalang burmalar 
-atopik dermatit. 
 
Shuni  ta'kidlash  kerakki,  remissiya  davrida  patologik  simptomatika 
bўlmasligi mumkin (normal fizikal kartina BA tashhisini bartaraf etmaydi). 
 
5  yoshgacha  bo'lgan  bolalarda  BA  tashhisi  asosan  klinik  tekshirishlar 
natijasiga asoslangan bo'ladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda triggerlar ta'sirida 3 yoki 
undan  ko'p  hushtaksimon  xirillash  epizodlari  bo'lsa,  BAga  gumon  qilinadi, 
tekshirish va differensial tashhis o'tkaziladi. 
Laborator va instrumental tekshirish 
Spirometriya. 5 yoshdan katta bolalarda OFV1 (nafas chiqarishning kuchaytirilgan 
hajmi), FJEL (o'pkaning hayotiy kuchaytirilgan hajmi)  va  OFV1/FJELni aniqlash 
zarur.  Spirometriya  obstruksiya  darajasini  aniqlab  beradi,  uning  qaytalanishi, 
shuningdek,    og'irlik  darajasini  aniqlaydi.  OFV1  va  FJEL    ko'rsatgichlarini 
baholashda yosh gradasiyasini hisobga olish kerak. O'pkaning normal funksiyasida 
OFVning  FJELga  nisbati  80%ni  tashkil  qiladi,  bolalarda  90%dan  yuqori  bo'lishi 
mumkin.  quyida  keltirilgan  ko'rsatgichlardan  past  ko'rsatkichlar  bronxial 
obstruksiya  haqida  o'ylashga  imkon  beradi.  Bronxolitik  ingalyasiyasidan  keyin 
OFV1ni 12%ga ko'tarilishi, yoki glyukokortikoidlar bilan ўtkazilgan sinov davoga 
javobi BA tashhisini qo'yishga yordam beradi. 
Pikfloumetriya.  Pikfloumetriya  (nafas  chiqarishning  yuqori  tezligini  aniqlash)  - 
tashhis  qo'yishning  asosiy  usuli  bo'lib,  BAning  keyingi  davosini  nazorat  qilish 
uchun zarur hisoblanadi. Pikfloumetrning oxirgi modellari  qimmat emas, portativ, 
plastikdan  yasalgan  va  5  yoshdan  katta  bemorlarda  uy  sharoitida  ham  ishlatsa 
bo'ladi.  Pikfloumetr  BA  kechishida  har  kunlik  ob'ektiv  monitoring  o'tkazish 
maqsadida  ishlatiladi.  PSV  (nafas  chiqarishning  yuqori  tezligi)  ko’rsatgichini 
baholashda  bolaning  bo’yini  hisobga  olish  zarur  (maxsus  normagrammalar  bor), 
lekin  individual  ko’rsatgichlarni  aniqlash  uchun  2-3  hafta  davomida  kunlik  PSV 
monitoringini  o'tkazish  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  PSV  ertalab,  ko'rsatkich  eng 
past bo'lganda va kechqurun uyqudan oldin PSV eng yuqori bo’lganda o’tkaziladi. 
Bronxolitiklarni  qo'llaganda  esa  PSVni  dorini  qo’llashdan  oldin  va  keyin 
o'tkaziladi.  BAni  davolashda  simptomlarni,  pikfloumetr  natijalarini  va  davo 
natijalarini  yozib  borish  uchun  kundalik  tutish  muhim  ahamiyatga  ega.  PSV 
monitoringi  kasallik  xurujining  erta  belgilarini  aniqlash  uchun  informativ 
hisoblanadi.  PSV  kunduzgi  ko'rsatgichi  tarqoqligining  20%  dan  yuqori  bo'lishi 
BAning  tashhisot  belgisi  hisoblanadi,  normaga  nisbatan  siljishi    esa  kasallikning 
og'irlik darajasiga to'gri proporsional hisoblanadi.  
Nafas yo'llari giperreaktivligini aniqlash 
 
BAga  xarakterli  belgilar  bo'lgan  bemorlarda,  o’pka  funksiyasi  ko'rsatgichi 
normal  bo’lsa,  nafas  yo'llarining  metaxolin,  gistamin  yoki  jismoniy  zo'riqishga 
bo’lgan ta'sirini tekshirish tashhis qo'yishda yordam beradi. BA diagnostikasida bu 
testlar yuqori sezuvchanlikka, lekin past spesifikaga ega. 

 
167 
 
Ba'zi bolalarda BA belgilari faqat jismoniy zo'riqishdan so'ng paydo bo'ladi. 
Bu guruxda 6 daqiqalik zo'riqish testini o'tkazish zarur. Bu test bilan birga, OFV1 
yoki PSVni aniqlash BA tashhisini qo'yishga yordam beradi. 
Laborator tekshiruvlar. BA tashhisini qo'yishda teri testi yokiqon zardobida IgEni 
aniqlash  kam  axborot  beradi,  lekin  bu  tekshirishlar  moyillik  omillarini  va 
triggerlarni aniqlashga yordam beradi, ular asosida, atrof-muxit omillariga talluqli 
nazorat  tavsiya  qilinadi.Differensial  tashhislash  BAni  differensial  tashhislash  
quyidagi kasalliklar bilan o’tkaziladi. 
-ovoz boylamlari disfunksiyasi (psevdoastma) 
-bronxiolit 
-ko’krak yoshdagi bolalarda yot jism yoki sut bilan aspirasiya 
-mukovissidoz 
-birlamchi immuno tanqisliklar 
-birlamchi seliar diskineziya sindromi 
-traxeobronxomalyasiya 
-tomirlar rivojlanish nuqsonlari, nafas yollarini tashqi tomondan bosilishi 
-nafas  yollarini  gemangiomasi  yoki  boshqa  o’smalari,  granulyoma  yoki  kistasi, 
stenozi yoki torayishi,  
-obliterlanuvchi bronxiolit 
-o'pkaning interstisial kasalligi 
-yurak dimlanish nuqsonlari 
-sil 
-bronx-o'pka displaziyasi 
-bo’lakcha emfizemasi 
-quyidagi simptomlar aniqlanganda BAga gumonqilinadi: 
Anamnez ma'lumotlari: 
- kasallik simptomlari 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda paydo bo'lishi; 
- respirator distress sindrom yoki sun'iy o'pka ventilyasiyasi; 
- neonatal davrda nevrologik disfunksiya; 
-bronxolitiklar qo'llanilganda effekt yo'qligi; 
-hushtaksimon xirillashlar, emizish yoki qusish bilan bog'liq bo'lsa; 
-yutishning qiyinlashuvi yoki qaytalanuvchi qusish; 
-diareya; 
-tana vazniga kam qo’shilishi; 
-kasallik xurujidan keyin oksigenoterapiyaga bo’lgan talabning saqlanishi. 
-Fizikal ma'lumotlar: 
-nog'ora tayoqchalari ko'rinishidagi barmoqlar deformasiyasi
-yurakdagi shovqinlar; 
-stridor; 
-o'pkadagi o'choqli o'zgarishlar; 
-auskultasiyada krepitasiya; 
-sianoz 
-laborator va instrumental tekshirish natijalari: 
-ko’krak qafasi organlari rentgenogrammasida o'chog'li yoki infiltrativ o'zgarishlar; 
-kamqonlik; 

 
168 
-nafas yo'llarining qaytmas obstruksiyasi; 
-gipoksemiya; 
Bronxial astmaning  davosi 
BA  ni  davolashdan  maqsad  kasallikni  nazorat  qilishga  erishish  va  uni  ushlab 
turish. Bolalarda BAni davolash quyidagilarga qaratilgan: 
-  hayot uchun xavfli bo'lgan holatlarni va o’limning oldini olish; 
-  Klinik belgilarni bartaraf qilish yoki kamaytirish; 
-  Tashqi nafas funksiyasi kўrsatkichlarini normallashtirish yoki yaxshilash; 
-  Bolaning aktivligini tiklash, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni oshirish; 
-  Bronxolitik preparatlarga muhtojlikni kamaytirish; 
-  Davoning nojo'ya ta'sirining oldini olish; 
-  Nogironlikning oldini olish. 
 
Bronxial astmaning kompleks davosi quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi: 
-  Kasal  bolalarni  va  ularning  ota-onalarini  quyidagilarga  o’rgatish:  davoning 
maqsadini  bilish,  o'zini  nazorat  qilishni  o’rganish,  ingalyasiya  qilish  texnikasi, 
xuruj boshlanganda o'ziga yordam berish 
-  Kasallikning avj olishiga sabab bo’luvchi omillarni bartaraf qilish (eliminasiya) 
-  Kasallik  avj  olishini    oldini  oluvchi  (yallig’lanishga  qarshi)  va  xuruj  vaqtida 
simptomlarni kamaytiruvchi 
-  dorilarni rasional qo’llashni bilish (bronxolitiklar) 
-  Spesifik  immunoterapiya  
-Doimo  vrach  nazoratida  bo’lish  va  o'z  vaqtida  davoni  korreksiya  qilish  hozirgi 
vaqtda  BAni  davolashda  pog'onali  terapiya  usulidan  foydalanilmoqda,  ya'ni, 
kasallikni  og'irlik  darajasiga  qarab,  dori  moddalarni  qo'llash  tavsiya  etilmoqda. 
Dorilarni qabul qilish dozasi vaqti kasallikning og'irlik darajasi ko'tarilganda yoki 
simptomlar    bartaraf  qilinishiga  bog'liq    holda  o'zgartiriladi.Yallig'lanishga  qarshi 
dorilar  prolongirlangan  ta'sirga  ega  (  adrenomimetiklar  yoki  teofillin  preparatlari) 
bronxkengaytiruvchilar bilan birga qo'llaniladi.  
Ambulator  bosqichda  bronxial  astmaning  yengil  xurujida  birlamchi  yordam  tez 
ta'sir qiluvchi  adrenomimetiklar dozali aerozol ingalyatorlarni qo'llashdan iborat.  
O'rta  og'ir  va  og'ir  xurujlarda    adrenomimetiklar  takror  bir  soat  mobaynida  20-30 
minut interval bilan qo'llaniladi, keyin zaruriyatga qarab, har 4 soatda qo'llaniladi. 
Nebulayzer terapiyadan ham foydalaniladi. Bronxkengaytiruvchi ta'sirni bromidlar 
qo'llash  bilan  kuchaytirish  mumkin.Agar  effekt    yetarli  bo'lmasa,  prednizolon 
ichishga  91  yoshgacha  1-2mg/sutkada,  1-5  yoshda  10-20mg/sut)  beriladi  yoki 
parenteral  yuboriladi.  BA  ning  qo'zish  davrida  budesonid  suspenziyasi  bilan 
davolanadi,  uni  fiziologik  eritmaga  aralashtirib  qo'llaniladi,  shuningdek, 
bronxolitik  eritmalari  (salbutamol,  bromid0  bilan  qo’shib  beriladi.  Dozasi  bolalar 
uchun  0,25-0,5mg  (1mg  gacha)  kuniga  2  marta  beriladi.Bemorlarda  og'ir  qo’zish 
davrida klinik kartinasida hamma simptomlar ham namoyon bo’lmasligi mumkin, 
sianoz,  "soqov  o'pka",  umumiy  holsizlik,  nafas  chiqarishning  yuqori  tezligi 
30%dan  past  bo'lsa,  shifokor  bunday  bemorlarni  kasalxonaga  yotqizish  haqida 
o’ylash  kerak.Bir  soat  davomida  o'tkazilayotgan  davo  effektivligi  bilinmasa, 
bemorni  shoshilinch  ravishda  shifoxonaga  yuborish  zarur.  BA  va  allergik  rinitda 

 
169 
bazis terapiya pog'onali usulidan foydalanib o'z vaqtida va rasional qo'llash, uzoq 
remissiyaga sabab bo’ladi, allergik kasalliklarni avj olishini oldini oladi. 
Birlamchi  profilaktika  -  yuqori  xavf  guruhidagi  shaxslarda  kasallikni  paydo 
bo’lishigani  oldini  olish.    Postnatal  profilaktika  quyidagi  tadbirlarni  o’tkazishga 
qaratilgan: 
-go’dak yoshidagi bolalarda ko’krak suti bilan ovqatlantirishni targ’ibot qilish; 
-chekuvchi ota-onalarga chekishni bola uchun zararli tomonlarini tushintirish; 
Ikkilamchi  profilaktika.    BA  kasalligi  rivojlanmagan,  lekin  organizmda 
sensibilizasiya bor bolalar uchun o’tkaziladigan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. 
- BA oilaviy  anamnez yoki allergiya (ona tomonidan irsiy moyillik bor bo’lsa BA  
rivojlanish xavfi 50% gacha). 
-bolada  boshqa  allergik  kasalliklar  mavjudligi  (atopik  dermatit,  allergik  rinit,  risk 
BA - 10-20%). 
-umumiy    IgE  miqdorining  30  ME/mldan  ortiqligi,  maxsus    IgE-AT  sigir  suti 
Oqsiliga/tuxum sarig’iga kuzatilgan bo’lsa; 
Uchlamchi  profilaktika BAni chaqiruvchi omillarni kamaytirishga qaratilgan. 
Eliminasion rejim 
-Uy changi va allergenlarni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar. 
 -Gilamlarni linoleum bilan almashtirish zarur. 
-Barcha oqliqlarni qar haftada issiq (55-60 °S) suvda yuvish. 
-Gilamlarni tanin kislotasi bilan tozalash kerak; 
- Tozalash uchun HEPA-filtrli chang yutgichlardan foydalanish zarur; 
-Yumshoq o’yinchoqlarni issiq suvda yuvish yoki vaqti-vaqti bilan muzlatish;  
-Uy hayvonlarini yotoq xonaga va yashash joyiga qoymaslik zarur. 
-Shaqar uylarida suvaraklar ko’payishiga yo’l qo’ymaslik kerak.   
Erta  yoshdagi  bolalarda  ovqat  allergiyasi  kamdan-kam  qo’llarda  BA  qaytalanishi 
omili bo’lib hisoblanadi. 
  
NOREVMATIK KARDITLAR 
Norevmatik kardit - nospesifik yalliglanish xususiyatli o’zgarishlar hisobiga 
yurak  mushaklarining  shikastlanishi.  Autopsiya  ma'lumotlariga  ko'ra  bolalar 
aholisi orasida kattalarga  qaraganda karditlarning tarqalishi yuqori; og’ir shakllari 
erta  yoshdagi  bolalarda  uchraydi.  Ko’pincha  karditlar  virusli  epidemiya  vaqtida 
ancha  ko’payadi.  Etiologiya  va  patogenezi.  Qo'zgatuvchisidan  qat'iy  nazar  turli 
infeksion kasalliklar kardit bilan asoratlanishi mumkin. Lekin ko’pchilik ho’llarda 
kardit  o’tkir  virusli  infeksiyali  bolalarda  rivojlanadi.  Ularning  paydo  bo’lishigada 
Koksaki  virusi,  ayniqsa  A  va  V  guruhlari  va  ECHO  virusi  katta  ahamiyatga  ega. 
Boshqa etiologik omillarga gripp va paragripp, qizilcha, parotit, sitomegalovirus va 
boshq.  kiradi.  Norevmatik  kardit  bakteriyalar,  rikketsiyalar,  zamburuglar  va 
boshqa  infeksion  agentlar  tomonidan  cha?irilishi  mumkin.  Noinfeksion  kelib 
chiqish xususiyatiga ega norevmatik karditlar ham farqlanadi, jumladan allergik va 
toksik  miokarditlar.  Bakterial  karditlar  ko’krak  yoshidagi  bolalarda  teri,  otogen 
sepsis  sababli  rivojlanadi,  ancha  kattalarda  esa  -  gematogen  osteomielit  fonida 
paydo  bo’ladi.  Zamburug’li  karditlar  surunkali  kasalliklari  mavjud  bemorlarda, 
uzoq vaqt antibiotik olganlarda paydo bo’ladi.Oxirgi yillarda irsiy omilar diqqatni 

 
170 
tortyapti.  Bunday  qo’llarda  kardit  kam  simptomli,  yurak  yetishmovchiligi 
rivojlanishi  faqat  oxirida  bo’ladi. Uning  asosida  genetik determinirlangan  virusga 
qarshi  immunitet  nuqsoni  yotadi.  O’tkir  va  surunkali  kardit  patogenezi  turlicha. 
O’tkir karditda infeksion omil (boshlovchi omil) ta'siri ahamiyata ega, yallig'lanish 
mediatorlarini  ajratish,  gipersezuvchanlik  reaksiyasining  yuqori  bo’lishiga  va 
hujayra  infiltrasiyasi  tomirlar  devorlarini  shikastlaydi.  Autoallergiya  kasallikning 
o’tkir  kechishida  faqat  komponent  bo’lishiga  mumkin,  lekin  yetakchi  emas. 
Immun  komplekslarning  turli  tuzilishi,  ular  olchamlari,  joylashish  joyi  va 
miokardning  reparativ  reaksiyalari  turli-tumanligi  sababli  o’tkir  karditning  yaxshi 
sifatli  va  yomon  sifatli  oqibati  bo’lishiga  mumkin.Surunkali  kechishida 
qo’zgatuvchi  asosiy  ahamiyatga  ega  emas  va  kasallik  asosida  autoimmun 
buzilishlar yotadi. Bu holda autoantitanachalar (antikardial antitanachalar) va/yoki 
sensibilizasiyalangan limfositlarning autoallergenlar bilan o'zaro ta'sir qilishi sodir 
bo’ladi.  Ikkilamchi  autoantigenlarga  javoban  antikardial  antitanachalar  paydo 
bo’ladi,  odatda  agressiv.  Bunday  holat  hosil  bo’lishiga  T-supressorlarning  past 
faolligi  natijasidir,  bu  xelper  ta'sir  hiluvchi  va  giperstimulyasiyalangan  V-
limfositlarga bog’liq. Avvalo surunkali karditlar (o’z-o’zini tutib turuvchi jarayon, 
tizimli  xususiyatli,  yomon  sifatli  va  residivlanuvchi  kechishi,  terapiyaga 
rezistentligi)  ularning  shakllanishida  autoimmunn  mexanizm  haqida  oylashni 
taqozo  qiladi.  Ko’p  yillik  kuzatuvlar  asosida  Belokon  N.A.  hammualliflari  bilan 
bolalardagi norevmatik karditlarning ishchi tasnifini berishdi. Norevmatik karditlar 
tugma  va  orttirilgan  bo’ladi.  Kasallik  tasnifi  uning  kechishini  aks  ettiradi. 
Norevmatik  karditlarda  jadal  boshlanishi  bilan  kechadigan,  yurak-qon  tomir 
yetishmovchiligi  mavjud  va  nisbatan  terapiyaga  moyil  o’tkir  kechish  turlarini 
ajratish  mumkin.O’tkir  osti  karditlar  ba'zi  qo’llarda  xuddi  o’tkirdek  boshlanishi 
mumkin,  lekin  sohayish  18  oygacha  davom  etadi,  boshqa  qo’llarda  kasallikning 
ancha engil kechishi va sekin-asta rivojlanishi bo’lishiga mumkin (birlamchi o’tkir 
osti  kechishi).Davomli  surunkali  kardit  (18  oydan  ko’p)  ba'zi  bemorlarda  o’tkir 
yoki  o’tkir  osti  boshlanish  xarakeriga  ega,  boshqalarida  esa  u  kuzatilmaydi 
(birlamchi  surunkali  kechish).Tug'ma  karditlar  ham  o’tkir  va  o’tkir  osti  kechish 
xususiyatlariga  ega.  Kardit  og’irligi  kompleks  klinik-instrumental  ma'lumotlar: 
yurak  o’lchamlari,  yurak  yetishmovchiligi  ifodalanganligi,  EKG  dagi  ishemik  va 
metabo’lik  o’zgarishlar  darajasi,  kichik  qon  aylanish  doirasi  holatiga  bog’liq. 
Yurak  etishmovchiligini  baholash  karditlarda  o’zining  xususiyatlariga  ega. 
Bemorlarni  kompleks  tekshirish  chap  va  o'ng  yurak  yetishmochiligi  darajalarini 
ajratishga imkon berdi. 
 
Norevmatik karditlarning tasnifi (Belokon N.A., 1984) 
Kasallik paydo bo’lishi davri      Orttirilgan Tug'ma (antenatal) - erta va kechki 
 
Etiologik omil 
Virusli,  virus-bakterial,  bakterial,  parazitar, 
zamburug’li, iersinoz, allergik, idiopatik 
 
Shakli 
(jarayonning 
asosiy 
joylashishiga qarab) 
Kardit 
Yurak otkazuvchi tizimi shikastlanishi 
 
O’tkir - 3 oygacha 

 
171 
 
Kechishi 
 
O’tkir osti - 18 oygacha 
Surunkali - 18 oydan ancha ko’p 
(residivlanuvchi, birlamchi surunkali): 
dimlanish, gipertrofik variantlari 
Kardit og’irligi 
 
engil orta og’irlikdagi og’ir 
 
YuE shakli va darajasi 
chap qorinchali I, IIA, IIB, III daraja 
o’ng qorinchali I, IIA, IIB, III daraja 
Total 
 
Oqibati va asoratlari 
 
 
Kardioskleroz, 
miokard 
gipertrofiyasi, 
o′tkazuvchanlikning  buzilishi,  gipertenziya, 
klapan  apparatining  shikastlanishi,konstriktiv 
mioperikardit, tromboembo’lik sindrom 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin