I. A. Karimov 1-mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 30,16 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü30,16 Kb.
#190357
  1   2   3   4   5
3055C3D0-A18F-4A35-BA36-F7DFCF9F213A.1-мавзу. Минт. иқт фан предмети, ваз ва моҳияти


Ilmu fan shunday bir sohaki, qarib qolish, keksayish, safdan chiqib qolish kabi holatlar uning tabiatiga begonadir.
I.A.Karimov
1-MAVZU. MINTAQAVIY IQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI


1.“Mintaqaviy iqtisodiyot” tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni rivojlanishdagi roli va ahamiyati.
2.“Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining predmeti, o‘rganish ob’ekti, iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi roli
3. “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining asosiy tamoyillari va usullari
4.Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi


Tayanch iboralar: mintaqa, iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, hudud, rayon, mamlakat, demografik, tabiiy-ekologik, texnik-iqtisodiy


1.“Mintaqaviy iqtisodiyot” tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni rivojlanishdagi roli va ahamiyati.
Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, qonuniyatlari va tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etadi; mamlakat umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo‘nalishlarini belgilaydi; hududlar iqtisodiyotini va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o‘rganadi. Bundan tashqari, mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o‘rganadi. Zero, har bir hudud iqtisodiyoti, eng avvalo, mamlakat yagona xo‘jalik majmuasining tarkibiy qismidir.
Shu bilan birga, mazkur fan mamlakat va hududlarning tabiiy resurs salohiyatini, mamlakatning jahon xo‘jaligi tizimidagi o‘rni, aholi, mehnat resurslari va hozirgi demografik muammolarni o‘rganadi; bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil qiladi hamda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy omillarini aniqlaydi.
Mintaqa - mamlakat yagona xalq xo‘jalik majmuasining hududiy kichik tizimi hisoblanadi. U demografik, tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-iqtisodiy jarayonlarning ichki aloqasi va o‘zaro munosabati tufayli hosil bo‘lgan yaxlit birlikdir.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, respublika markaziy boshqaruv organlari vazifalarining asosiy qismini mahalliy hokimiyatlar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklash hamda ularning vakolatlarini oshirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda (jumladan, 2 palatali parlament tizimi barpo etildi). Shundan kelib chiqib, endilikda mintaqaviy iqtisodiyot fani mamlakat hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqishi, mintaqaviy rivojlanishga va investitsiyalarni joylashtirishga ta’sir ko‘rsatadigan iqtisodiy vositalarni aniqlashi lozim.
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov o‘zining Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash majlisida so‘zlagan nutqlarida: «… uzoq va davomli rejalarni, prognozlar va makroiqtisodiy balanslarni tuzmasdan, ustuvor va strategik yo‘nalishlarni aniqlab olmasdan, bu strategiyaga mamlakat iqtisodiyoti rivojining falsafasini bo‘ysundirmasdan bozor iqtisodiyoti o‘zidan o‘zi rivojtopishi mumkin emas»ligi haqida gapirgan. Shundan kelib chiqib, hududiy dasturlar ishlab chiqish va ularni bajarilishi bo‘yicha doimiymonitoringlar tashkil etish hudud iqtisodiyotining muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Yüklə 30,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin