I. A. Karimov 1-mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Mintaqaviy iqtisodiyot fanining asosiy tamoyillari va usullari



Yüklə 30,16 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü30,16 Kb.
#190357
1   2   3   4   5
3055C3D0-A18F-4A35-BA36-F7DFCF9F213A.1-мавзу. Минт. иқт фан предмети, ваз ва моҳияти

3.Mintaqaviy iqtisodiyot fanining asosiy tamoyillari va usullari
Mintaqaviy iqtisodiyot bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy uslublardan foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
Tizimli tahlil. Ushbu uslub bosqichlilik tamoyiliga asoslanadi (maqsad qo‘yish, vazifani aniqlash, ilmiy taxminni bayon etish, tarmoqlarni joylashtirish xususiyatlarini kompleks o‘rganish); u tarmoqlar tuzilmasi, ularning o‘zaro aloqadorligini o‘rganish imkonini beradigan ilmiy bilish uslubidir.
Tizimlash uslubi. U o‘rganilaytgan hodisalarni alohida belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda tasniflash, tipologiya, umumlashtirish va boshqa usullar qo‘llaniladi.
Balans uslubida iqtisodiy tahlillar tarmoq va hududiy balanslar yordamida tushuntiriladi. Iqtisodiy-geografik tadqiqotlar uslubi o‘z navbatida yana 3 tarkibiy qismdan iborat: hududiy usul (ijtimoiy ishlab chiqarishni joylashtirish va rivolantirish yo‘llarini mintaqaviy darajada o‘rganish); tarmoq uslubi (tarmoqlar iqtisodiyotini geografik aspektda tadqiq etish); mahalliy uslub (ishlab chiqarishni uning birinchi bo‘g‘ini - alohida shahar, aholi punkti darajasida joylashtirish va rivojlantirishni o‘rganish).
Kartografik uslub. Ushbu uslub ishlab chiqarish xususiyatlarini ko‘rgazmali aks ettirish imkonini beradi.
Iqtisodiy-matematik modellashtirish (mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishining hududiy proporsiyalarini modellashtirish, mintaqa xo‘jaligini tarmoqlar bo‘yicha modellashtirish, mintaqa xo‘jalik majmualarining shakllanishini modellashtirish).
Taksonomik uslub. Ushbu jarayon muayyan hududni unga bo‘ysunuvchi ierarxik taksonlarga ajratib chiqishdan iborat. Taksonlar - ierarxik pog‘onaning quyi bosqichlarini egallab turgan ma’muriy-hududiy birliklar hisoblanadi. Masalan, viloyatga nisbatan tuman va shaharlar.
Ijtimoiy so‘rovlar uslubi. Ular juda xilma-xil: standart holda intervyu; alohida tarmoqlar vakillari bilan yakka tartibda suhbat, olimlar, mutaxassislar va mintaqalar rahbar xodimlarining ochiq chiqishlari bo‘yicha faktlarning tahlili va b.q. Shunday qilib, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni o‘rganish nihoyatda ko‘plab usul va vositalarga tayanadi. Ulardan mintaqashunos mutaxassislar o‘zlarining ish jarayonlarida, shu bilan birga, talabalar va aspirantlar kurs, diplom ishlari va dissertatsiyalarini yozish davomida foydalanishlari mumkin.



Yüklə 30,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin