Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


rasm. Endoskopik tasvir.  O’rta burun yo’lida yiringni ko’rinishi



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20

1.30.rasm. Endoskopik tasvir.  O’rta burun yo’lida yiringni ko’rinishi. 

                 
 
 
 
Shish  yoki  shilliq  qavatning  qalinlashishi  bo’shliqning  vualizasiyasiga  sabab 
bo’ladi,  agar  boshliq  ichi  yiring  yoki  shilliq  bilan  to’lgan  bo’lsa-  uning  intensiv 
soyalanishiga sabab  bo’ladi. Rentgenografiya qilinayotganda bemor vertikal holat 
tanlagani uchun suyuqlik yuqoridan pastga oqib tushganligi uchun rentgenogram-
mada gorizontal sath aniqlanadi. 
3.
 
KT  yoki  MRT  tavsiya  qilinishi,  qatshonki  yuz  skiletida  q’o’pol  chega-
ralangan  yallig’lanish  belgilari,  infeksiyalarga  yuqori  verulentliligi  bo’lsa,  immu-
nodefisit  holatida,  hamda  yallig’lanish  jarayoni  og’ir  klinik  kechishida,  yiringli 
asorat belgilari (yuz, orbita va retromandibulyar sohani  flegmonasi, bosh miya’ni 
sinuslarini trombozi) bo’ladigan bo’lsagina tavsiya qilinadi(1.32. rasm).   
 
 
 
Otkir  yallig’lanishda  KT  da  gaymor  bo’shligi  uchun  nima  xarakterli  degan 
savolga,  S.V.  Kuznesov  (1990)  KT  bilan  84  ta  o’tkir  rinosinusit  tashxisi  bemor-
larni  tekshirganda,  gripp  etiologiyali  o’tkir  yallig’lanish  jarayonida  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ining shilliq qavati qalinlashganini va infiltrasiyalanganini aniqlagan, bir 
vaqtning o’zida burun boshlig’ining ichki strukturalarida vualizasiya va qalinlash-
1.32. KT, koronar proeksiya, chap taraflama gaymorit. 
1.31.rasm. A) Normal gaymor bo’sglig’i rentgenogrammasi; B) Chap taraflama gaymorit 
rentgenogrammasi. 



ishni ko’rgan. Deyarli hamma vaqt yuqori jag’ bo’shlig’ida ma’lum bir miqdorda 
suyuqlik qoladi. 
4.
 
 “Sinuskan”  ultra  tovush  apparati  yordamida  yuqori  jag’  bo’shlig’ini  tek-
shirish. Bu usul quyidagilarga asoslangan: 1) u havo muhitidan o’ta olmaydi;  2) 
suyuqlik va zich to’qimalardan yaxshi o’tadi; 3) har xil zichlikdagi bir-biriga tegib 
turgan  muhitlarda  tasvir  paydo  bo’ladi,  masalan:  suyuqlik-suyak,  suyak-havo, 
suyak- kista.  
5.
 
Yuqori  jag’  bo’shlig’ini  punksiyasi.  Bu  amaliyot  ham  davolash  va  tashxis 
uchun  qo’llaniladi.  Punksiya  qilishdan  avval  burun  bo’shlig’ining  shilliq  qavati 
yaxshilab qon tomir toraytiruvchilar bilan anemizatsiya qilinadi (ayniqsa o’rta bu-
run  yo’li).  Maqsad  yuqori  jag’  bo’shlig’ini  sohasini  shilliq  qavatini  torayritishdir 
va  suyuqlikni  u  yerdan  ajrashini  yengillashtirish  uchundir.  Pastki  burun 
chig’anog’ini yo’lini 10% li lidokain ( 2% li dikain, 5% li kokain, 10% li dimedrol) 
eritmasi bilan surtiladi. 
 
 
 
 Eng  optimal  soha  pastki  burun  chig’anog’ining  gumbazi,  chig’anoqni  burunning 
lateral devoriga yopishgan qismi, taxminan pastki burun chig’anog’idan 1-1,5 sm 
uzoqlikda soha hisoblanadi. Igna bilan teshishi shu sohadan qulay, sababi bu yerda 
lateral devorning suyak qalinligi yupqa hisoblanadi. Pastki burun yo’liga Kulikov-
skiy ignasi tiqilganidan so’ng, ignani bosh qismini  medialroq suriladi, igna burun 
bo’shlig’ini lateral devoriga zich tegib turishi kerak bo’ladi va biroz kuch bilan ig-
na ko’zning tashqi burchagiga qarab yo’naltiriladi. Ignani barcha barmoqlar bilan 
mahkam  ushlanadi,  faqatgina  ko’rsatkich  barmoq  ignada  turadi.  Igna  tiqilganda 
taxminan  chuqurligi  10-15  mm  bo’lishi  kerak.  Tiqilgan  ignadan  shpris  orqali 
bo’shliq  ichidagi  suyuqlik  tortib  chiqariladi  va  bo’shliq  ichiga  antiseptik  qori 
vositasi  (furasillin,  xlorofillipt,  va  bosh)  kirgaziladi.  Ignadan  dori  vositasini 
tomchilab  turishi,  ignani  bo’shliq  ichida  ekanligi  va    boshliqning  tabiiy  teshigi 
ochiqligidan dalolat beradi. Dori kirgazilganidan so’ng, gaymor  bo’shlig’ining ta-
1.33. rasm. Yuqori jag’ bo’shlig’ini punksiyasi. A) paski burun chig’anog’ini ostiga ignani ki-
ritish. B)Suyuqlik oqimini sxemasi. 



biiy chiqaruv teshigi orqali dori vositasi bo’shliq ichidagi patologik suyuqlik bilan 
birga chiqishi kerak bo’ladi. Boshliq yuvilayotganda bemor boshini biroz oldinroq 
va  pastroq  egib  o’tiradi,  sababi  dori  vositasi  bo’shliqning  oldingi  devorini  ham 
yuvishi kerak bo’ladi.  
Agar  devorni  teshib  o’ta  olinmasa,  ignani  biroz  ichi  yuqoriroq  ko’tariladi  va 
pastki burun yo’lini orqaroqdan biroz ko’proq kuch ishlatib teshishiga harakat qi-
linadi. 
Agar  tabiiy  chiqarish  teshigi  patologik  suyuqlik  bilan  to’lib  berkilib  qolgan 
bo’lsa,  pastki  burun  yo’lidan  ikkinchi  igna  bilan  teshiladi  va  bo’shliq  yuviladi. 
Bo’shliqdan  chiqayotgan  suyuqlik  xarakteriga  qarab  kasallikni  aniqlash  aniqroq 
bo’ladi.   
Yuqori  jag’  bo’shlig’i  punksiyasini  mahalliy  va  umumiy  asoratlari,  kam 
uchraydi. Bu asoratlarni yuzaga kelishi amaliyotini hatto bajarishi tufaylidir.  Agar 
burundan  qon  ketadigan  bo’lsa,  burun  bo’shlig’iga  tampon  qo’yib  to’xtatiladi.  
O’rta  burun  yo’lidan  igna  tiqib  punksiya  qilish  natijasida,  gaymor  bo’shlig’ini 
yuqori va oldingi devorlarini jarohatlasa, yuborilayotgan suyuqlik ko’z kosasi atro-
fi yumshoq to’qimasiga va lunj yumshoq to’qimasiga o’tib keyinchalik bu suyuqlik 
yiringlab og’ir asoratlarni berishi mumkin.  Juda kam og’ir asoratlariga bosh miya 
yoki  yurak  qon  tomirlarini  emboliyasi  bo’lishi  mumkin.  Bu  asorat,  qatshonki 
bo’shliq  punksiya  qilinganidan  so’ng,  bo’shliqqa  havo  yuborilganidan  keyin  yu-
zaga  kelishi  mumkin.  Adabiyotlarda  bunday  asoratlar  kam  uchrashi  yozilgan, 
shuning  uchun  punksiya  qilish  qoidalariga  rioya  qilish  kerak  bo’ladi.  Ba’zan 
yuqori  jag’  bo’shlig’ining  o’ziga  xos  anatomik  nuqsoni,  ya’ni  uning  medial  yoki 
old devorini ichkariga bo’rtib chiqishi kuzatlishi mumkin. Bunday hollarda medial 
va ko’z kosasining pastki yoki old devorlari orasidagi masofa 2 martaga kamayadi. 
Shuning  uchun  punksiyadan  oldin  rentgenografiya  tekshiruvini  bajarish  maqsatga 
muvofiq hisoblanadi. 
      Kechishi  va  asorati.  O’tkir  gaymoritni  kechishi  har  xil  yo’nalishda  kechishi 
mumkin.  
a)
 
Tuzalish-  qatshonki  o’tkir  rinit  bo’lgandan  keyin  gaymor  bo’shlig’ida  kat-
taral o’zgargan hollarda bu yo’nalishda kechishi mumkin. Buning uchun organiz-
ning umumiy immuniteti yuqori bo’lishi, mikrob omilini virulentligini pastligi, en-
donazal strukturani normal anatomik tuzilishi, tabiiy chiqarish teshiklarini normal 
ishlashi kerak bo’ladi. 
b)
 
Adekvat davolash natijasida tuzalish bilan kechishi. 
c)
 
O’tkir gaymoritni surunkali gaymoritga o’tishi bilan kechishi. Buning uchun 
organizmning  umumiy  innuniteti  past  bo’lishi,  yallig’lanishni  keltirib  chiqargan 
mikrobni  virulentligini  yuqori  bo’lishi,  yuqori  nafas  yo’llarini  va  bronx  o’pka 
sistemasini surunkali kasalliklari, umumiy allergiya, gaymor bo’shlig’ini va burun 

anatomik  elementlarini  normal  tuzulmaganligidir  (burun  to’sig’ini  qiyshiqligi, 
chiqaruv tabiiy teshiklarini tor yok tiqilib qolishligi.) 
d)
 
Gohida  yallig’lanish  gematogen  yoki  limfogen    yo’llar  orqali  kalla  ichi 
(meningit,  miya  abssessi,  sinus  tromboz,  sepsis  va  hak)  yoki  ko’zga  (orbita 
flegmonasi,  retromandibulyar  soha  flegmonasi,  yuz  flegmonasi)  asorat  berishi 
mumkin.   
     Davolash. Konservativ va jarrohlik davolash usullariga bo’linadi.  
   Konservativ davolash usullaridan maqsadlar:  
1.
 
Yuqori jag’ bilan o’rta burun yo’lini biriktirib turuvchi tabiiy teshikni venti-
latsion va drenaj funksiyasini tiklash.  
2.
 
Bo’shliqdan  aktiv  usullar  qo’llagan  holda  patologik  ajralmalarni  chiqarib 
olish va u yerga dori vositalarini kirgazishdan iboratdir. 
3.
 
Umumiy  antibakterial,  desensibilizatsiyali  dori  vositalari  va  simptomatik 
moddalar qo’llashdan iborat. 
4.
 
Fizioterapevtik vositalarini qo’llashdan iborat. 
5.
 
Organizmni immun quvvatini oshiruvchi dori vositalarini qo’llashdan iborat. 
6.
 
Korsatmaga  asosan  organizmga  detoksikasiya  usullaridan  foydalanishdan 
iborat. 
7.
 
Bemorda  asorat  va  superunfeksiyalarni  rivojlanmasligi  uchun,  xavf  omil-
larini yo’qotish  va yaxshi sharoit yaratib berishdan iborat.  
8.
 
Bo’shliqda  yallig’lanish  manbalari,  o’choqli  infeksiyalarni  sanatsiya  qilish 
(masalan, o’tkir pulpit, surunkali paradontit yoki surunkali tonzillit ni xuruji) 
    Jarrohlik usullariga ikkilamchi o’choqli infeksiyalar qo’shilganda, masalan rin-
ogen  ko’z  orbitasi  flegmonasida  bo’shliqni  keng  ochib  atrof  to’qima  va  organ-
lardan yiringli eliminatsiya qilishdan iborat bo’ladi.  
   Yuqori jag’ bo’shlig’iga dori kirgazish va u yerdan patologik suyuqlikni chiqarib 
olish  ushun  Proets  usulidan  foydalaniladi.  Proets  usulida  burun  yuvish  burun 
bo’shlig’ida  manfiy  bosim  xosil  qilishdan  iborat.  Bir  tomondan  burun kattagidan 
shpris  bilan  dori  yuborilsa,  ikkinchi  burun  kattagidan  so’rib  oluvchi  apparatning 
olivasi orqali  dori vositasi so’rib olinadi. “Ku-ku” so’zini aytishdan maqsad esa, 
yumshoq  tanglay  halqum  orqa  devoriga  yopishadi,  bo’shliqlarda  manfiy  bosim 
paydo  bo’ladi,  aytilgan  so’z  orqali  bosim  o’zgaradi  va  dori  vositasi  ochiq  tabiiy 
teshik orqali bo’shliqqa kiradi. 
    Yuqori  jag’-  burun  kanalini  drenaj  funksiyasini  tiklash  uchun  burun  shilliq 
qavatiga  yoki  o’rta burun  yo’liga qon tomirlarni toraytiruvchi  moddalarni  surtish 
yoki  tomizishdan  iborat  bo’ladi.  Lekin  bu  unchalik  ham  yaxshi  foyda  beraver-
maydi.  Buning  uchun  yuqori  natijaga  erishishda  eng  yaxshi  usul  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ini  punksiyasi  va  uyerga  maxsus  drenaj  vazifasini  o’tovchi    kateter 
qo’yishdan iborat bo’ladi. Shunda bir vaqtning o’zida bo’shliqdan yiring chiqadi, 

aerasiyasi  tiklanadi, antiseptik  modda bilan  yuviladi  va  davolovchi  dori vositalari 
(proteologik fermentlar, antibiotiklar, steroid dori vositalari va bosh)  kirgaziladi. 
    Oxirgi  yillarda  burun  yondosh  bo’shliqlarini  teshmasdan  davolash  usuli,  ya’ni 
ularni  yuvish  usuli  keng  qo’llanilmoqda.  Bu  usul  G.I.  Markov  va  V.S.  Kozlov 
(1990) taklif qilgan “YaMIK” sinus- kateteri yordamida bajariladi. Ushbu mosla-
ma burun bo’shlig’ida manfiy bosim xosil qilinadi 
va  bir  tomondagi  burun  yondash  bo’shlig’idan 
patologik ajralma so’rib chiqariladi, keyin bo’shliq 
ichiga  turli  dorilar  yuboriladi.  Sinus  kateter  ikki 
shishadigan ballonga ega bo’lib, ularning biri (dis-
tal  ballon)  xoana  orqasiga,  ikkinchisi  (proksimal 
ballon) burun dahliziga o’rnatiladi. Har bir ballon-
chadan  klapanli  naycha  chiqariladi.  Ballonchalar 
orasida  sinus-kateterni  yuzida  uchunchi  naychan-
ing teshigi ochiladi.  
Burun  bo’shlig’i  og’riqsizlantirib,  burun  yondosh  bo’shliqlarining  chiqish 
teshiklariga  qon  tomirlarni  toraytiruvchi  dori  surtilib,  ularning  tabiiy  chiqarish 
tehsil;ari  kengaygandan  so’ng  sinus-kateter  burun  bo’shlig’iga  (dastlab  distal, 
keyin proksimal) kiritiladi. Shpris yordamida havo yuborilib, ballonlar shishiriladi, 
shunda  burun  bo’shlig’i  burun-halqum    va  burun  dahlizidan  ajralib  turadi.  Havo 
uchinchi  naycha  orqali  burun  bo’shlig’idan  so’rib  chiqarilgandan  so’ng  burun 
bo’shlig’ida  manfiy  bosimi  xosil bo’ladi.  Burun  yondosh  bo’shliqlari  esa  musbat 
havo  bosimi  saqlangan  bo’ladi,  shuning  uchun  patologik  ajralma  burun  yondosh 
bo’shliqlarining tabiiy teshiklari orqali burun bo’shlig’iga oqib chiqadi va kateter 
orqali  shprisga  kelib tushadi. Keyin  shprisga  antiseptik dori  eritmasini olib  burun 
yondosh  bo’shlig’iga  yuboriladi.  Dori  tabiiy  teshiklar  orqali  burun  yondosh 
bo’shlig’iga  yetib  borgandan  so’ng  shpris  bilan  qayta  tortib  olinadi.  Muolaja  bir 
necha  marta  tekrorlanadi.  Bo’shliqlardagi  patologik  ajralma  chiqarilib,  bo’shliq 
yuvilgandan so’ng burun yondosh bo’shliqlariga dori eritmasi yoki kontrast modda 
yuboriladi.   
    Asoratsiz  kechgi  o’tkir  sinusitlar  asosan  dori  darmonlar  bilan  davolanadi. 
Bemorga antibiotikaterapiya (augmentin, amoksisillin, ampisillin, sefozolin, sepo-
rin,  klaforan,  kefzol,  seftriakson,  doksisiklin,  eritromisin,  rulid,  sumamed, 
azitromisin, oleandomisin)  buyuriladi.  Ampisillin  mushak  orasiga  kuniga  500  mg 
dan  4-6  mahal  mushak  orasiga  yuboriladi.  Agar  bitta  antibotik  72  soat  davomida 
ijobiy natija bermasa, unda bemorga boshqa antibiotik buyuriladi. Antibiotiklar bi-
lan  davolash  odatda  10-12  kun  davom  ettiriladi.  Sulfanilamid  dori  vositalaridan: 
sulfadimetoksin  (birinchi  kuni  2g, keying  kunlari  1  g  dan),  biseptol  480  mg  yoki 
960  mg  (1  tab.kuniga  2  mahal  ovqatdan  keyin)  tavsiya  qilinadi.  Bundan  tashqari 
1.31. rasm. YaMIK kateteri. 

burun va burun yondosh bo’shliqlari shishini kamaytirish va yiringni chiqarilishini 
yaxshilash  maqsadida  antigistamin  dori  vositalari  (suprastin,  tavegil)  buyuriladi. 
Burun  bo’shlig’iga  qon  tomir  toraytiruvchi  dori  vositalari  tomiziladi:  0,1%  li  sa-
norin, 0,05- 0,1% li galazolin, 0,05-0,1% li naftizin tomiziladi.  
     Tarkibida  sekretolitik,  antibiotik  va  og’riqsizlantiruvshi  dori  vositasi  bo’lgan 
murakkab  endonazal  spreylarni  (rinofluimusin,  izofra,  fenilefrinli  polidesa  va 
boshq) burun bo’shlig’iga sepish yaxshi natija beradi. 
     Burun  bo’shlig’idan  yiringli  ajralmalarni  chiqishi  yengillashgandan  so’ng 
bemorga  issiq  muolajalar  buyuriladi.  LUCh-2  apparati  yordamida  mikroto’lqinli 
terapiya kontakt usulida qo’llanganda to’qima yaxshiroq isiydi va yaxshi natija be-
radi.  Bundan  tashqari,  burun  yondosh  bo’shlig’i  sohasini  UVCh  (8-12  muolaja), 
KUF (6-8 muolaja), UBN, lazeroterapiya yoki ko’k lampa yordamida isitish tavsi-
ya qilinadi.  
     O’tkir gaymoritda yuqori jag’ bo’shlig’ini teshish ambulatory sharoitda ham ba-
jarilishi  mumkin.  Bo’shliqda  patologik  ajralma  borligi  aniqlangandan  so’ng 
bo’shliq iliq 0,9% li fiziologik etirma, furatsillin (1:5000), yodinol eritmalari bilan 
bo’shliqdan toza eritma chiqquncha uviladi va kerakli dori darmon yuboiladi. Kul-
ikov  ignasi  chiqarib  olinmay  turib,  igna  ichiga  teflonli  naycha  kirgaziladi,  keyin 
igna  chiqarilib  olinadi.  Taflon  naycha  burun  dahliziga  yoki  yuqori  labga  leyko-
plastir  yordamida  yopishtirib  qo’yiladi.  Teflon  naychani  bo’shliq  ichida  2  hafta 
yordamida  qoldirish  mumkin.  Naycha  orqali  zararlangan  bo’shliq  furasillin  yoki 
boshqa  antiseptik  eritma  bilan  yuviladi.  Bo’shliq  ichiga  har  12  soatda  kuniga  2 
mahal  novokainda  eritilgan  antibiotik  500  mg,  dioksidin,  5mg  tripsin  yoki  gidro-
kartizon yuborish mumkin. 
Yuqori  jag’  bo’shlig’i  16  kun  davomida  yuvilsa-da,  lekin  undan  yiringli  ajralma 
chiqishi kamaymasa, bunday hollarda gaymorotomiya (endonazal gaymorotomiya, 
mikrogaymorotomiya) jarrohlik amali bajariladi.  
3.2. Yuqori jag’ bo’shlig’ini surunkali yaliig’lanishi

     Surunkali  gaymorit  (higmoritis  chronika)-  yuqori  jag’  bo’shlig’ini  shilliq  
qavatini surunkali yallig’lanishi. 
Etiologiya va patogenezi. Surunkali gaymoritni kelib chiqishida mikroblar, asosan 
anaerob flora, viruslar va zamburug’lar katta ro’l o’ynaydi. 3.3 bo’limda surunkali 
gaymoritni qo’zg’atuvchilari ko’rsatilgan.  
   Surunkali  gaymoritni  kelib  chiqishiga,  asosanxilpillovchi  epiteliy  aktivligini 
yetihsmasligi  hisobiga  o’tkir  gaymoritni  cho’zilishi  yoki  uni  2-3  oy  davomida 
kechishi  va  noto’g’ri  davolanish  natijalari  sabab  bo’lishi  mumkin.xilpillovchi 
epiteliy gipotrofik tipda bo’ladi, uning faoliyatini pasayishi surunkali jarayonni bir 
necha bor xuruj berishi natijasida  amalga oshadi. Bundan tashqari yallig’lanish na-

tijasida  xosil  bo’lgan  quyuq  shilliq  sabab  bo’lishi  mumkin,  bu  shilliq  tarkibida 
o’lgan  mikrob  tanatshalarining  endotoksinlari  bo’ladi.  Yana  bir  surunkali  gay-
moritlarning  sabablaridan  tabiiy  chiqarish  teshigini  fiziologik  torayishi  misol 
bo’ladi.  Bu  torayish  konvergirlangan  sinostoz  sohada  joylashgan  bo’lib,  asosan 
tanglay  suyagi,  pastki  burun  chig’anog’ining  suyagidan  (os  turbenali)  va 
g’alvirsimon  suyakning  plastinkasidan  xosil  bo’ladi.  Tabiiy  chiqarish  teshigini 
shilliq qavatini  shishi  obstruksiyasiga  sabab bo’ladi, buning natijasida bo’shliqda 
ekssudat  ko’payadi  va    u  yerda  bosim  ko’tariladi,  kislorod  to’qimaga  so’riladi. 
Buning  natijasi  ko’p  miqdorda  aerob  mikroblari  o’ladi  va  anaerob  flora  miqdori 
oshadi, gohida mikobakteriyalar bilan birga kelishi mumkin.  
   Tabiiy  teshiklarni  obstruksiyasiga  chin  (retension)  kistalar  va  psevdokistalar 
sabab  bo’lishi  mumkin.  Chin  kistalarning  ichki  qavatida  silindrik  epiteliy  bilan 
qoplangan  bo’ladi,  psevdokistalarda  esa  bu  qavat  bo’lmaydi.  Bu  kistalar  yal-
lig’lanish  jarayoni  to’xtatilganidan  so’ng  yo’qolib  ketishi  mumkin.  Chin  kistalar 
katta hajmda bo’lishi mumkin va bo’shliq devorini siqishi mumkin, natijada u yer-
da trofik buzilishlarga sabab bo’ladi. Keyinchalik suyak bilan birga so’rilib suyak 
nuqsoniga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda bemorlarning asosiy shikoyatlari 
bosh og’rig’iga bo’ladi. 
    Surunkali yallig’lanishga gaymor  bo’shlig’idagi ko’rfazlar sabab bo’lishi mum-
kin.  U  yerda  yiringli  massalar  oshib  anaerob  florani  ko’payishiga  olib  keladi. 
Yuqori  jag’ning  surunkali  yallig’lanishida  burun  va  shu  bo’shliqdagi  yug’ma  va 
orttirilgan  anatomik  kamchiliklar,  yuqori  nafas  yo’llarining  limfa  sistemasining 
surunkali o’choqli  infeksiyalari,  tishlar  sohasidagi  surunkali kasalliklar  va boshq. 
sabab bo’lishi mumkin.  
   Aytib  o’tkanimizdek  tishlarda  yallig’lanishdan  tashqari  shu  sohada  jarrohlik 
amaliyati o’tkazilgan mahal, tishni va yuqori jag’ni alveolyar o’simtasida operativ 
amaliyotlar, boshliqni perforasiyasi va bo’shliqqa infeksiya tushirish biilan tugashi 
odontogen  gaymoritga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Odontogen  gaymorit    bo’lishiga 
yuqori  jag’  bo’shlig’ini  pastki  devoriga,  ikkinchi  kichik  oziq  tishi,  birinchi  va 
ikkinchi  katta  oziq  tishlarining  ildizini  uchlari  kirib  turishi  yoki  nozik  suyak 
to’qimasi va shilliq parda bilan to’silgan bo’lishi mumkin. Yuqorida aytib o’tilgan 
tishlarning ildizlarini yallig’lanishi yuqori jag’ bo’shlig’ining yallig’lanishiga sab-
ab bo’ladi.  
  Bo’shliqlarda  surunkali  yallig’lanishni  og’ir  kechishiga olib keluvchi omillariga, 
iqlimning va ishlab chiqarishning noqulay sharoitlari, barotravma va allergiya ham 
misol bo’ladi. Ko’p kasal bo’ladigan toifa asosan avitaminoz, raxit, diatez, gipotro-
fiya bilan kasallangan insonlar surunkali sinusit bilan og’rishlari mumkin.  
     Patologik  anatomisi.  Surunkali  gaymoritni  quyidagi  patomorfologik  shakllari 
tafovut qilinadi.  

1.
 
Surunkali  kattaral  gaymorit  (yopiq  shakli),  bunda  bo’shliqning  drenaj 
funksyasi  buziladi  yoki  normal  ventilyasiyasi  amalga  oshmaydi.  Bunda  shilliq 
qavat  diffuz  giperimiyalangan,  qalinlashgan,  bo’shliqda  seroz  transsudat  aniqla-
nadi, kasallik tez qaytalanishi bilan xarakterlanadi. 
2.
 
Surunkali  yiringli  gaymorit.  Bo’shliqda  “eski”  yiring  kazeoz  massa  bilan, 
qo’lansa  hidli,  cho’ziluvchan,  kulrang tusda,  gohida go’sht  yuvundisiga o’xshash 
yiring,  katta  miqdordagi  nekrobioz  holati,  osteit  va  ostemielit  belgilari  bilan 
xarakterlanadi.  
3.
 
Surunkali polipli gaymorit. Bunda bo’shliqning shilliq qavati turli darajada  
 
 
patomorfologik  o’zgarishlarga  sabab  bo’ladi.  Bularning  ichida  tipik  hollardan- 
ko’p qavatli silindrikxilpillovchi epiteliy o’zining strukturasini va shilliq bezlarini 
sekresiya  qilish  xususiyatini  saqlagan  holda,  epiteliy  proliferasiyaga  uchragan 
bo’ladi.  Chet  el  adabiyotlarida  ko’p  qavatli  silindrik  epiteliyning  bu  turdagi 
proliferasiyasi  “tishli  arralar”  deb  nomlangan.  Keyinchalik  shu  o’zgarishlardan 
polipoz massalar xosil bo’ladi.  
4.
 
 Surunkali kistali gaymorit. Shilliq bezlarining sekretini retensiyasidan xosil 
bo’ladi.  Mikrokistalar  bo’lib,  bular  asosan  nosik  devorli  bo’lib,  bo’shliq  shilliq 
qavatining  ustida  joylashgan  bo’ladi  va  qalin  devorli  bo’lib,  bo’shli  shilliq 
qavatining chuqur qismlarida joylashgan bo’ladi (1.36 rasm). 
 
1.35  rasm.  Ko’p  qavatli  silindrikxilpillo-
vchi  epiteliyni  tishli  arralar  ko’rinishida 
prolefirasiyasiga uchrashi. 

                    
 
 
 
5.
 
Surunkali giperplastik gaymorit. Shilliq qavatni qon tomir chigallarini qalin-
lashishi va gialinli fibrozli o’zgarishi.  
6.
 
Surunkali  odontogen  gaymorit.  Bunda  bo’shliqning  suyak  qismlari 
jarayonda  qatnashishni  boshlaydi.  Yallig’lanish  natijasida  suyak  to’qima 
rezorbsiyaga uchrab, osteomielit xarakteriga ega bo’ladi. 
7.
 
Surunkali  xolesteatomali  gaymorit.    Bu  asosan  bo’shliqqa  epidermisni 
o’sishidan  kelib  chiqib,  o’ziga  xos  oqish  yaltiroq  qobiqqa  ega  (matrix)  bo’lgan, 
mayda  epiteliy  tangachalaridan  va  ichida  yog’simon  moddadan  iborat  yoqimsis 
hidli xosiatshalardir.  
8.
 
Yuqoridagi surunkali gaymoritlarni kombinasiyalari. 
    Simptomlari.  Simptomlarni  kelib  chiqishida  surunkali  gaymoritni  klinik 
shakllariga  bog’liq  bo’ladi.  Surunkali  gaymoritning  simptomlari  mahalliy  va 
umumiy bo’ladi. 
    Mahalliy simptomlarini o’zi subektiv va obektiv belgilarga bo’linadi.  
Mahalliy subektiv simptomlariga burundan doimiy yiringli ajralma kelishi, doimiy 
bosh  og’riq,  bu  og’riq  yuqori  jag’  sohasidagi  og’riq  kuchayganida  kuchayshiga 
bemorlar  shikoyat  qilishi  mumkin.  Og’riq  krizi  surunkali  jarayonning    xurujiga 
mos  keladi  va  og’riq  chakka  va  orbital  sohaga  irradiasiyalanadi.  Odontogen 
gaymoritda  og’riq  xarakteri  tish  og’rig’i  bilan  birga  kechadi.  Bundan  tashqari 
bemorlar  yallig’langan  bo’shliq  tomonida  og’irlik  va  shishganlik  hissini  his 
qiladilar.  Yomon  hidli  burundan  ajraluvchi  yiring,  bemorlarda  ko’ngil  aynashiga 
va  ishtahani  yo’qolishiga  sabab  bo’ladi.  Subektib  simptomlaridan  biri  burundan 
nafas olish qiyinligi, burun bitishi, hid bilishni pasayishi kabi shikoyatlar ham mi-
sol bo’ladi.    
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin