Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


 rasm. Ko’z kosasini  va burun yondosh



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

1.70 rasm. Ko’z kosasini  va burun yondosh 
bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya). 
Etmoidosfenoiditda subperiostal abssess.  O’ng 
ko’z kosasi medial va lateral devorlarida infil-
trasiya  zonasi,  yiring  orbital  voronka  tubiga 
tarqalmoqda  (strelka).  O’ng  g’alvirsimon 
suyak  hujayralarida  qorayish  aniqlanadi,  o’ng 
asosiy bo’shliqda sgilliq qavatini qalinlashgan-
ligi aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y). 
 

     KT da abssess orbitani yuqori qismida joylashadi, asosan suyak devorini yuqori 
va  lateral  sohasida  joylashadi, bunqa  qo’shimcha  ravishda  ko’z  mushagini  yuqori 
va lateral to’g’ri mushagi, ko’z yosh bezi va orbital voronka jarayonga qo’shilgan 
bo’ladi. (1. 71 rasm).   
   
      Yuqori  jag’   bo’shlig’ini  yallig’lanishidan kelib  chiqqan subperiostal  abssess. 
Kattalarda  kam  uchraydi,  bolalarda  ko’proq  uchraydi.  Bunga  sabab  faqatgina 
yuqori  jag’  bo’shlig’idagi  patologik  jarayon  bo’lib  qolmasdan,  balki  odonogen 
yuqori  jag’  bo’shlig’ini  osteomielitik  o’zgarishi  ham  keltirib  chiqarishi  mumkin. 
Abssessni  klinik  nomoyon  bo’lishi  yuqori  jag’ni  empiemasi  bilan  namoyon 
bo’ladi.  Yallig’lanishga  yaqin  sohada  pastki  qovoqni  qizarishi,  shishi  aniqlanadi. 
Gohida  esa  yonoq  sohada,  ko’z  olmasi  konyunktivasini  pastki  qismlarida  xemoz 
rivojlanadi.  KT  da  ko’z  kosasini  ichki  va  medial  devorigacha  infiltrasiya 
aniqlanadi, ko’zning tubigacha tarqalmaydi (1. 72 rasm). 
     
          
 
 
 
 
 
5.5.Ko’z qovog’ining abssessi.
 
     Ko’p  hollarda  ko’z  qovog’ini  abssessiga  peshona  bo’shlig’ini  yiringli 
yallig’lanishi,  kam  hollarda  yuqori  jag’  bo’shlig’ini  yiringli  yallig’lanishi  sabab 
bo’ladi. Pastki qovog’ga nisbatan yuqori qovoq ko’proq zararlanadi. Biz bilamizki 
1.71  rasm.
  Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh 
bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  Chap 
ko’z  kosasini  subperiostal  abssessi.  Ko’z 
kosasini  yuqori  va  lateral  devorlarida  yal-
lig’lanish  infiltratlari  (qora  strelka),  chap 
peshona boshlig’ini orbital devorini destruksiya 
maydoni (oq strelka), bo’shliq ichida gorizontal 
sath aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y). 
 
1.72  rasm.
  Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh  bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  O’tkir 
yiringli gaymorit asorati subperiostal abssess. A) chap orbitani pastki va medial devorida infiltarasi-
ya zonasi; b) chap gaymor bo’shlig’ida gorizantal sath aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y).
 

ko’z  kosasi  bilan  tazoorbital  fassiya  mustahkam  birikkan.  Peshona  bo’shlig’i 
nekrozi  hisobiga,  osteomielit  rivojlanadi  va  ko’z  kosasini  qirrasi  bo’ylab  yiring 
harakatlanadi, ko’z kosasiga birikkan fassiya yiringni retrobulbar sohaga kirishga 
yo’l qo’ymaydi. Ko’z kosasini yiqori devorida nu  qson  borligi  hisobiga  yiring 
tazoorbital  fassiya  bo’ylab  harakatlanib  yuqori  qovoqning  yumshoq  to’qimasiz 
teshib chiqadi.  
    Ko’z qovog’ining abssessi tashxis qo’yishga qiyinchilik tug’dirmaydi. Qovoqlar 
shishgan,  giperemiyalangan  va  harakatsiz,  koyuktiva  qizargan,  agar  uzoq  davom 
etgan  jarayon  bo’ladigan  bo’lsa  flyuktuasiya  aniqlanadi.  Ko’z  sihasida  spontan 
og’riq  bo’ladi,  qovoqqa  tegib  ko’rilganda  og’riqli,  gohida  esa  ko’zni  harakatga 
keltirganda og’riqli bo’ladi. Ekzoftalm yo’q, ko’z olmasi harakati to’liq saqlangan.  
KT  da  qovoq  yumshoq to’qimasida havoli  puffakni ko’rish  mumkin  bo’ladi  (teri 
osti emfizemasi) (1. 73 rasm). 
                  
  
 
 
 
 
      
5.6
.
Ko’z qovog’i va ko’z kosasi devori oqmasi.
 
    Yuqori  qovoqlar  va  burun  ildizi  sohasining  oqmalari  frontit  yoki  etmoiditda 
xosil bo’lishi mumkin. Etmoiditda ko’z kosasi ichki devorining oqmasi rivojlanadi. 
Kam  hollarda  gaymoritning  asorati  sifatida  xosil  bo’lgan  pastki  ko’z  qovog’i 
oqmasi xosil bo’lishi kuzatiladi. Surunkali sinusitlardan keyin xosil bo’lgan oqma 
yallig’lanish  jarayonini  burun  yondosh  bo’shlig’idan  ko’z  qovoqlariga 
tarqalishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Birlamchi orbita fistulasida ko’z kosasi 
va  qovoqlarning  yallig’lanishi  kuzatilmaydi.  Ikkilamchi  oqmalar  subperiostal 
abssess  to’liq  rivojlanishi  yoki  yetilishi  natijasida  xosil  bo’lib,  ko’pincha  ko’z 
kosasi yuqori chetining o’rtasida, ba'zan uning tashqi bo’limlarida joylashadi.  
    
1.73  rasm.
  Burun  yondosh  bo’shliqlarini  aksial  (a)  va  koronar  (b)  proeksiyalari.  Ko’z 
qovog’ini abssessi, o’ng qovog’ini katta bo’lmagan havo bilan infiltrasiya aniqlanadi (oq strel-
ka),  peshona  bo’shlig’ining  pastki  devorida  suyak  nuqsoni  aniqlanadi  (qora  strelka),  ikkala 
peshona bo’shlig’i yiring bilan qoplangan. (G.Z. Piskunov 2006 y). 

5.7.Ko’z kosasi flegmonasi. 
   Rinosinusogen  ko’z  asoratlari  ichida  eng  xavflilaridan  biri  hisoblanadi,  ko’z 
kosasi  nozik  to’qimasini  infiltrasiyasi  va  yiringli  yallig’lanishi.  Yiringni  barcha 
kletchatkalarda  tarqoq  joylashishi  flegmonaga  xos,  abssessda  esa  chegaralangan 
yiringli o’choq shakllanadi.  
    Flegmonaga  olib  keladigan  sabablar  turlicha.  Bularning  ichida  eng  asosiysi 
bo’lib  burun yondosh bo’shliqlarini empiemasi hisoblamadi (ko’proq polisinusit). 
Bundan tashqari yuzning saramasi, yiringli jarayonlarni metastazi hamda jarohatlar 
bo’lishi  mumkin.  S.I.  Tal`kovskiy  bolalarda  flegmonani  rivojlanishi  sababi 
gaymorit  va  etmoiditning  asoratlari  deb  hisoblanadi.  Ayrim  adabiyotlarda 
flegmonani kelib chiqishiga yiringli dakriosistitning va panoftal`mitning asoratlari, 
ko’z  qovoqlarida  va  burun  yondosh  bo’shliqlarida  bajarilgan  jarrohlik 
amaliyotlarining asorati keltirib chiqarishga sabab bo’lgan. 
     Jarayonni  rivojlanishi  uchun  bir  nechta  yo’llar  mavjud.  Yallig’lanishni  burun 
yondosh  bo’shliqlaridan  kontakt  yo’li  orqali  tarqalishi  boshling’ich  bosqichda 
periostit  rivojlanadi,  keyinchalik  subperiostal  va  retrobulbar  abssess  va  nihoyat 
flegmona  bo’lib  davom  etadi.  Flegmonani  rivojlanishida  faqatgina  bo’shliqning 
suyak devori emas, balki periorbitani butunligi ham buziladi.  
    Lekin  infeksiya’ni  tarqalishi  uchun  eng  yaxshi  yo’l  bo’lib-  gematogen  yo’l 
hisoblanadi.  Burun  yondosh  bo’shliqlarining  shilliq  qavatlari  venalari  orqali 
infeksiya  ko’z  kosasiga  keng  anastomoz  chigallari  orqali  o’tadi  (vv.palpebralis, 
frontalis,  supraorbitalis,  angularis  v.  fatsilis  bilan  anastomoz  xosil  qilib  v. 
ophtalmica ga quyiladi). Bu venalarda klapan bo’lmaganligi uchun, infeksiya yuz 
venalariga  yoki  g’orsimon  sinusga  o’tib  ketishi  mumkin.  Shundan  so’ng 
retrobulbar  sohada  rivojlangan  tromb  parchalanishga  olib  keladi:  retrobulbar 
sohani atrofida nekroz kletchatkalari rivojlanadi, yiringlaydi va mayda abssesslarni 
rivojlanishiga  sabab  bo’ladi.  Bu  bilan  rivojlangan  fibrozli  ekssudatsiya  esa 
retrobulbar sohada infiltrasiya rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari yiring 
qovoq terisiga va konyunktivaga tarqalishi mumkin. 
      Klinik  namoyon bo’lishi bemorda septik holat  kuzatiladi: tana harorati  yuqori 
bo’lishi (39ºC dan yuqori) doimiy yoki gektik tipda, bezgak tutishi, bosh og’rishi 
va boshq. Mahalliy belgilariga esa ko’z olmasini oldinga bo’rtib chiqishi, hamma 
tomonlama uni harakatini cheklanishi, ko’z bosib ko’rilganda kuchli og’riq bo’lishi 
va  uni  ko’zning  tubiga  uzatilishi,  gohida  ko’z  mushaklarini  pariz  yoki  paralichi 
kuzatiladi,  shox  pardaga  yara  toshadi,  ko’rish  maydonini  torayishi,  to’r  pardani 
venalarini tromboflebiti kuzatiladi. Flegmonaning klinikasi turlicha kechishi bemor 
organizmining  umumiy  holatiga  va  burun  yondosh  bo’shliqlarini  mahalliy 
o’zgarishini u yoki bu darajada rivojlanishiga bog’liq bo’ladi. 

                               
  
 
 
 
KT  da  umumiy  xarakterli  belgi  bo’lib  retrobulbar  kletchatkani  diffuz,  bir  xil 
bo’lmagan  zichligini  oshishi  (5-58  Hu)  va  ko’z  olmasi,  ko’z  mushaklarini  va 
ko’ruv nervini chegaralarini (1.75 rasm) notekis bo’lishi kuzatiladi. Ko’z olmasini 
nisbatan siljishi kuzatiladi. 
 
 
 
 
 
       
     Yuqori  jag’  bo’shlig’ini  yallig’lanishidan  kelib  chiqadigan  ko’z  orbitasi 
flegmonasi.  Ko’z  kosasini  flegmonasi  bo’lishiga  sabab  ko’p  hollarda  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ini  empiemasi  hisoblanadi.  Bunday  holatda  flegmonani  kelib  chiqishida 
yuqori  jag’  bo’shlig’i  bilan  ko’z  kosasini  bog’lab  turadigan  keng  venalar  to’ri 
hisoblanadi hamda yuqori ko’z yorig’i hisoblanadi. 
      Ayrim hollarda ko’z kosasi flegmonisini rivojlanishida yuqori jag’ bo’shlig’ini 
tishlar  yallig’lanishi  sababli  kelib  chiqadi.  Bunday  holatlarda  bo’shliqning  suyak 
devori yallig’lanadi va ko’z kosasini pastki devorini yallig’lanishiga sabab bo’ladi 
1.74  rasm.  Bolada  chap  tomonlama  o’tkir  etmoiditdan  so’ng 
rivojlangan chap ko’z kosasi flegmonasi. 
1.75  rasm.  Ko’z  kosasini   va  burun  yondosh  bo’shliqlarini KT  si  (aksial  proeksiya).  Chap  ko’z 
kosasini subperiostal abssessi va flegmonasi. A) retrobulbar kletchatkani diffuz infiltrasiyasi; b) ko’z 
orbitasini  yuqorimedial  qismida  puffakli  havo  (oq  strelka)  bilan  chegaralangan  zish  infiltrate aniqla-
nadi,  ko’z  kosasini  medial  qismlarini  destrusiyasi  (qora  strelka).  Bemorda-  chap  tomonlama  o’tkir 
yiringli gemisinusit. (G.Z. Piskunov 2006 y). 

yoki  tishning  alveolyar  qismi  to’g’ridan  to’g’ri  bo’shliq  ichiga  ochiq  bo’lib, 
yallig’langan  shilliq  qavatdan  yiring  vena  qon  tomirlariga  o’tadi,  shunday  qilib 
kontakt  yo’l  orqali  yallig’lanish  ko’z  kosasini  pastki  devoriga  va  orbitani 
kletchatkasiga  yetib  boradi.  1.76  rasm  da  o’ng  tomonlama  o’tkir  gaymoritdan 
keyingi rivojlangan ko’z kosasi flegmonasi keltirilgan.  
         
           
 
 
 
 
 
       
     G’alvirsimon  suyak    hujayralarini    yallig’lanishidan  kelib  chiqadigan  ko’z 
kosasi  flegmonasi.  G’alvirsimon  labirint  ham  gaymor  bo’shlig’iga  o’xshab  ko’z 
kosasi  flegmonasi  kelib  chiqishida  katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa  bunday 
yallig’lanish  bolalarga  xos  hisoblanadi,  lekin  bu  kattalar  kasallanmaydi  degani 
emas.  Bolalarda  bu  o’tkir  kasalliklardan-  qizamiq,  skarlatina  va  boshq.  keyingi 
asoratlardan  keyin  kelib  chiqadi.  Bu  hollarda  ajralib  turuvchi  belgilardan 
zararlangan tomonda ko’rish qobiliyatini pasayishi hisoblanadi, ayniqsa orqa guruh 
hujayralari  zararlangan  bo’lsa.  Agar  oldingi  guruh  hujayralari  zararlanadigan 
bo’lsa ko’z kosasi flegmonasiga ko’z yosh qopi flegmonasi qo’shiladi.  
     O’tkir  kattaral  yoki  yiringli  etmoiditda  flegmona  rivojlangan  bo’lsa,  qog’oz 
plastinkasi o’rnida digissensiya bo’rligidan dalolat bo’ladi. Shuni ta’kidlab aytish 
kerakki  KT  da  ko’z  kosasini  medial  devoriga  yaqin  retrobulbar  kletchatkada 
nisbatan  zich  infiltrat  aniqlanadi  va  shu  tomonda  g’alvirsimon  suyakni  qog’oz 
plastinkasi  ko’rinmaydi  (1.77  rasm).  Degissensiya  bor  sohadan  yallig’lanish 
qo’shni  retrobul’bar  kletchatkaga  o’tib  abssess  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi, 
keyinchalik  yallig’lanish  tarqab  kletchatkani  barcha  sohalariga  tarqab  flegmona 
rivojlanadi.  
1.76  rasm. Ko’z  kosasini   va  burun  yondosh  bo’shliqlarini KT  si (aksial  proeksiya).  O’ng  or-
bitani  flegmonasi.  A)  retrobulbar  kletchatkani  diffuz,  bir  xil  bo’lmagan  zichligi  oshishi,  ko’z 
mushaklari va ko’z mushaklari aniq ko’rinmaydi, ko’z olmasi oldinga siljigan; b) o’ng yuqori jag’ 
bo’shlig’ida  shilliq  qavat  qalinlashgan  va  gorizantal  sath  aniqlanadi.  Bemorda-  o’ng  tomonlama 
o’tkir yiringli gaymorit. (G.Z. Piskunov 2006 y). 

    
    
    Peshona bo’shlig’ini yallig’lanishidan kelib chiqadigan ko’z kosasi flegmonasi.  
Bunday asorat nisbatan ko’proq uchraydi. Bunday kelib chiqishiga yuqori sagittal 
sinusni septik trombozi hisobiga ko’z kosasi flegmonasi rivojlanadi.  
   Yallig’lanish  peshona  bo’shlig’idan  sagittal  sinusga  o’tishiga  sabab,  bo’shliq 
ichidagi venoz qon diploetik venalar orqali tashqi peshona venasiga, bu esa yuqori 
uzunchoq sinus bilan anastomoz xosil qiladi, bu esa o’z navbatida oldingi va orqa 
etmoidal  venalar  orqali  yuqori  ko’z  kosasi  venasi  bilan  aloqador  bo’ladi,  kalla 
ichki  qismi    esa  miya  qattiq  pardasi  venalari  bilan  anastomoz  xosil  qilgan.    Shu 
yo’l  orqali  yallig’lanish  talqalishi  mumkin.  Peshona  bo’shlig’ini  pastki  devorini 
nuqsoni orqali yiring kontakt yo’l orqali ko’z kosasiga tarqalishi mumkin. 
    Ponasimon bo’shliq yallig’lanishidan kelib chiqqan ko’z kosasi flegmonasi.    
   Pomasimon  bo’shliqni  izolyatsiyalangan  shaklida  ko’z  kosasi  flegmonasi  juda 
kamdan-kam  uchraydi.  Ponasimon  suyakning  osteomieliti  hisobiga  bosh  miya 
vena sinuslarida tromb rivojlanadi, birinchi navbatda g’ovaksimon, ko’ndalang va 
sagittal sinuslarda tromb rivojlanadi, keyinchalik flegmona bilan asoratlanadi. 
    Klinik  belgilari  g’ovaksimon  sinusni  trombozini  eslatadi:  ikki  tomonlama 
ekzoftalm,  sklerani  sarg’imtir  bo’lib  qolishi,  ko’z  qovoqlarida  shish,  xemoz, 
ko’rish qobiliyatini yo’qolishi va ko’z mushaklarini paralichi rivojlanadi. Ko’rish 
qobiliyatini yo’qolishi yiring ko’ruv nerviga o’tayotganligidan dalolat bo’ladi. 
    
5.8.Retrobulbar abssess.
 
    Bu ham ko’z kosasi kletchatkasini o’choqli yiringli yallig’lanishidir. Suyak usti 
pardasi  orqali  subperiostal  abssessmi  teshib  chiqishidan  yoki  infeksiya’ni 
gematogen yo’l orqali tarqalishi sababli kelib chiqadi. Retrobulbar abssessni kelib 
chiqishidan  qat’iy  nazar  kuchli  umumiy  intoksikatsiya  belgilari  bilan  boshlanadi: 
gektik  harorat,  bezgak  tutishi,  EChT  yuqori  bo’lishi  va  boshqa  septik  belgilar 
bezovta  qiladi.  Mahalliy  belgilariga  ekzoftalm,  ko’z  olmasini  harakati 
chegaralangan, bunga sabab qon-tomir limfa sistemasini stazi hisobiga rivojlanadi. 
Shunday  qilib  retrobulbar  abssess  subperiostal  abssessdan  ajratish  qiyinchilik 
tug’dirsa, og’ir hollarda ko’z kosasi flegmonasidan ajratish qiyin bo’ladi. 
1.77  rasm.  Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh 
bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  Chap 
tomonlama g’alvirsimon suyakning oldingi hujay-
ralarida qorayish aniqlanadi, retrobulbar kletchat-
ka  infiltrasiyalangan,  ko’z  olmasi  oldinga  va 
yuqoriga siljigan, ko’z mushaklari va ko’ruv ner-
vi aniq ko’rinmaydi (G.Z. Piskunov 2006 y). 

   KT  da  yog’  kletchatkasida  zichlik  (15-50  Hu)  yuqoriligini  ko’rish  mumkin 
bo’ladi, deyarli gomogen strukturaga ega. Hamma hollarda ko’z olmasini oldinga 
siljishi aniqlanadi (1.78 rasm). 
 
 
 
 
 
    Juda kam ikki tomonlama retrobulbar abssess uchraydi, lekin bo’lsa ham immun 
sistemasi past insonlarda infeksiya’ni gematogen yo’l orqali o’tishi hisobiga kelib 
chiqadi.  
    Subperiostal abssessni suyak usti pardasidan teshib chiqib retrobulbar abssessni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
 
5.9.Ko’z kosasi nevalarini trombozi
     Bu  asorat  kamroq  uchraydi  ,  asosan  burun  va  yuzning  yuqori  qismida 
rivojlangan  frunkullarida,  hamda  saramasli  yallig’lanishidan  keyin  kelib  chiqadi. 
Ko’z    kosasi  venalarini  trombozi  yuqumli  kasalliklaridan  keyin  kelib  chiqishi 
mumkin. Ko’pincha avval  v. angularis zararlanadi, keyinchalik yallig’lanish ko’z 
kosasini kichik venalariga o’tadi, natijada kichik yiringchalar rivojlanadi. Jarayon 
jadallashadigan bo’lsa  yiringchalar  qo’shilib  abssesslarni  xosil  qiladi.  Koz kosasi 
venalarini trombozi ko’pincha g’ovaksimon sinusni trombozi bilan birga kechadi. 
    Ko’z  kosasi  venalarini  trombozining  klinikasida  umumiy  va  mahalliy  belgilar 
tafovut qilinadi. Bemorning umumiy holati og’ir, septik, yuqori doimiy va gektik 
harorat,  bezgak  tutishi,  bosh  og’rishi  va  holsizlik  belgilari  bezovta  qiladi.  Agar 
g’ovaksimon  sinus  bu  jarayonga  aralashmagan  bo’lsa,  bemorning  holati  nisbatan 
og’irroq bo’ladi. 
    Mahalliy  belgilari  boshlang’ich  davrida  qovoqlarning  shishi  kuzatiladi,  qo’l 
bilan  ushlab  ko’rilganda  tromblangan  venalarni  sezish  mumkin  bo’ladi.  Shundan 
so’ng  bu  jarayonga  yallig’lanish  belgilari  qo’shiladi:  qovoqlar  qizaradi, 
zichlashadi,  konyunktivani  xemozi,  ekzoftalm  rivojlanadi.  Venalarni  ko’z  bilan 
1.78  rasm.  Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh  bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  A)  o’ng 
tomonda  ko’z  olmasini  orqa  sohasida  infiltrasiya  zonasi  aniqlanadi  (qora  strelka);  b)  o’ng  yuqori 
jag’ bo’shlig’ida shilliq qavatini notekis qalinlashuvi patologik suyuqlik bilan aniqlanadi, Suyak usti 
pyerdani kichik ossifikati aniqlanadi (oq strelka). (G.Z. Piskunov 2006 y) 

ko’radagan  darajaga yetadi. Ko’zdagi og’riq nisbatan retrobulbar yoki flegmonaga 
qaraganda    past.  Ko’z  harakati  pasaygan  yoki  butunlay  yo’qolgan.  Qoratshiq 
kengaygan, ko’rish qobiliyti buzulgan bo’lish mumkin. 
    Jaryon  chuqurlashishi  natijasida  g’ovaksimon  sinusni  tromboziga  o’tishi 
mumkin  bo’ladi.  F.I.  Chumakov  (1984)  ma’lumtlariga  ko’ri,  barcha  yallig’lanish 
kasalliklari ichida g’ovaksimon sinus trombozi 0,3- 0,4% ni tashkil etadi. Ko’proq 
infeksiya  manbai  bo’lib-  yuz  (burunlab  sohasini  furunkul  va  karbonkuli),  hamda 
ko’z kosasi- ko’z kosasini flegmonasi yoki tromboflebiti hisoblanadi. 
    G’ovaksimon  sinus  trombozi  rivojlanganda  bemorni  ahvoli  to’satdan 
og’irlashadi.  Bir  necha  soat  ichida  ikkinchi  ko’z  kosasini  venasini  trombozi 
rivojlanishi  mumkin.  Bunda  ko’z  kosasini  venalarida  va  ko’z  tubida  dimlanish 
belgiari,  yuqori  ko’z  arteriyasini  kengayishi,  ko’z  mushkaklarini  paralichi  va 
ko’rlik  rivojlanadi,  meningit  va  miya  abssessi  belgilari  rivojlanadi.  Ko’pincha 
yallig’linish  tomonida  ekzoftalm  rivojlanadi,  bundan  tashqari  mioz  yoki  midriaz, 
ptoz,  nistagm,  korneal  reflekslarni  pasayishi,  ko’z  yosh  oqishi,  to’r  pardani 
xiralashishi  va  yaralanishi  kuzatiladi.  Ayrim  hollarda  g’ovaksimon  sinusni 
trombozi bilan og’rigan bemorlarda venoz insultlar rivojlanishi mumkin (Gorbatsh 
I.N., 1997). 
    KT  da  g’ovaksimon  sinusni  trombozini  xarakterli  belgilari  ikki  tomonlama 
retrobulbar  sohada  o’zgarish  aniqlanishidir.  Bunda  orbital  venalarni  qalinlashishi 
aniqlanadi, ayniqsa ko’z kosasini yuqori qismlarida anig’roq ko’rinadi, sababi bu 
sohada asosiy venoz stvol- yuqori ko’z kosasi venasi joylashadi, bu esa to’g’ridan 
to’g’ri g’ovak venaga quyiladi (1.79 rasm). 
  
                 
               
 
 
 
 
 
Dimlanish jarayoni qo’shiladigan bo’lsa retrobulbar kletchatkani shishi kuzatiadi, 
KT  da  esa  yuqorida  aytib  o’tilgan  belgilar  namoyon  bo’lishni  boshlaydi.  KT  da 
1.79 rasm. Ko’z kosasini  va burun yondosh bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). Chap 
g’ovaksimon  sinusni  trombozi.  A)  retrobulbar  sohani  mayda  joylashgan  o’choqlarni  notekis 
zichligi  oshishi  (oq  strelka),  chap  tomonlama  ko’z  olmasini  chetlari  notekis  bo’lishi;  b) 
retrobulbar kletchatkani shishi hisobiga ko’z kosasini yuqori qismida orbital venani qalinlashishi 
(qora strelka). (G.Z. Piskunov 2006 y) 

g’ovaksimon sinusda o’zgarish bo’rligini aytib bo’lmaydi, lekin alohida holatlarda 
zichlik  oshishi  kuzatiladi.  Bosh  miyada  venoz  infarkt  rivojlanishi  hisobiga,  miya 
moddasida  gipodensiv  maydonchalar  xosil  bo’ladi,  bu  esa  bosh  miya  yarim 
sharlarida simmetrik joylashadi (1.80 rasm).   
     
            
 
 
 
 
 
     Qiyosiy  tashxisot.  Qovoqlar  shishini  umumiy  kasalliklarda,  masalan  buyrak 
kasaligi,  allergik  kasalliklar  va  turli  vegetativ-vazomotor  buzilishlardagi  shishdan 
farqlash  lozim.  Chaqaloq  va  yosh  bolalarda  gaymorit  va  etmoidit  kasalligini  lunj 
va  qattiq  tanglay  shishi  bilan  kechgan  yuqori  jag’  suyagining  o’tkir  odontogen 
osteomielitidan  farqlash  lozim.  Bundan  tashqari,  ko’z  qovoqlari  gematomasi, 
emfizemasi,  saramasi,  ko’z  kosasining  birlamchi  va  ikki-lamchi  o’smalari  inkor 
etilishi  kerak.  Ko’z  kosasi  yuqori-ichki  burchagining  subperiostal  qo’ppozi  ko’z 
yoshi  xaltasi  flegmonasidan  farqlanishi  lozim.  Yiringli  o’choq  ko’z    qovoqlari 
ichki burchagining  yuqori qismida  joylashganda -  subperiostal  abssessdan, pastda 
joylashganda-  ko’z  yoshi  xaltasi  yallig’lanishidan  dalolat  beradi.  1-tablisada 
qiyosiy tashxis ko’rsatilgan. 
     Davolash.  Rinogen  ko’z  kosasi  asorati  aniqlangan  bemor  shoshilinch  ravishda 
LOR yoki reanimatsiya  bo’limiga yot`qizilishi kerak. 
1) Ko’z kosasining yiringsiz asorati bilan kechgan o’tkir sinusitlarda burun ichiga 
qon tomirlarni toraytiruvchi dori vositalari (naftizin, galozolin, sanorin) tomiziladi, 
yallig’lanishga  qarshi  terapiya  o’tkaziladi,  bemorga  tana  haroratini  tushirish, 
og’riqsizlantiruvchi  va  antigistamin  dori  vositalari  tavsiya  qilinadi.  Ko’rsatmalar 
mavjud  bo’lgan  hollarda  yuqori  jag’  bo’shlig’i  teshilib,  teflon  naychadan 
tayyorlangan drenaj o’rnatiladi va peshona bo’shlig’i trepanopunksiyasi bajariladi. 
2)  Ko’z  kosasining  yiringsiz    kasalliklari  bilan  kechgan  surunkali  sinusitda  
zararlangan  burun  yondosh  bo’shliqlarida  tashqi  tomondan  ekstranazal  jarrohlik 
amali bajariladi va burun bo’shlig’iga ochiladigan keng yo’l xosil qilinadi;  
1.80  rasm

Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh  bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  O’ng 
g’ovaksimon sinusni trombozi:  a) ikkala ko’z kosasini  retrobulbar kletchatkada ko’p o’choqli zi-
chlashishi  (strelka),  g’alvirsimon  suyakning  hujayralarida  patologik  ajralma  aniqlanadi;  b)  o’rta 
miyada ishemiya zonasi. 
 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin