Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


Ko’z kosasini rinogen yiringli-yallig’lanish belgilarini qiyosiy- tashxislash



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Ko’z kosasini rinogen yiringli-yallig’lanish belgilarini qiyosiy- tashxislash 
(umumiy qabul qilingan tavsif). (1-tablisa) 
Klinik belgilari 
Qovoqlarni 
reaktiv 
shishi 
Ko’z 
kosasi 
periostiti 
Ko’z 
qovog’ini 
abssess 
Subperiostal 
abssess 
Retrobulbar 
abssess 
Flegmona 
Qovoq shishi 
va 
giperemiyasi 
+++ 

+++ 
+++ 
+++ 
+++ 
Bosh og’rig’i 

+++ 
+++ 
+++ 
+++ 
+++ 
Isitma 
 
+++ 
+++ 
+++ 
+++ 
+++ 
Xemoz  

 
 

+++ 
+++ 
Ekzoftalm 

 
 
+++ 
+++ 
+++ 
Ko’z olmasini 
harakatini 
pasayishi 
 

 

+++ 
+++ 
Ko’z olmasini 
siljishi 
 
++ 
 
+++ 
 
 
Orbita 
palpasiyada 
og’riqli 
 
+++ 
 
+++ 

+++ 
Orbitani tubida 
og’irlik hissi 
 
 
 
 
+++ 
+++ 
Ko’rishni 
buzilishi 
 
 
 
+++ 
+++ 
amavroz 
Qovoq 
flyuktuasiyasi 
 
 
+++ 
 
 
 
Konyunktiva 
sezmasligini 
hiz etmaslik 
 
 
 
 
+++ 
+++ 
 
bemorga  yallig’lanishga  qarshi  davolash  tadbirlari,  antigistamin  va  antibiotiklar 
buyuriladi; 
3) Ko’z kosasining yiringli kasalliklari asorati sifatida kechgan o’tkir va surunkali 
sinusitda  zararlangan  bo’shliqdagi  empiema  va  flegmona  shoshilinch  ravishda 
ochilib,  burun  yondosh  bo’shliqlarida  endo-  va  ekstranazal  jarrohlik  amali 
bajariladi. Bemorga intensiv reanimatsiya tadbirlari o’tkaziladi. 
4) Ko’z kosasi venalarining trombozi  bilan kechgan  o’tkir va surunkali sinusitda 
burun yondosh bo’shliqlarida endo va ekstranazal jarrohlik amali o’tkazilib, burun 
bo’shlig’iga  ochiladigan  keng  yo’l  xosil  qilinadi,  bemorga  antikoagulyantlar 
(geparin) 5 000 -10000 TB mushak orasiga 2-3 mahal tavsiya qilinadi, shu sohaga 
tibbiy zuluk qo’yiladi.  Ko’z kosasi flegmonasi va venalar trombozida dorilar vena 
punksiyasi    orqali  yuboriladi.  Davolash  tadbirlari  reanimatsiya  bo’limida  olib 
boriladi.  Antibiotiklardan  klofaron,  sefomizin,  sefotriksil,  amoksiklav,  ravolitsin; 
sul'fanilamidlardan  sul'fanometoksin,  biseptol,  metronidazol;  zamburug’larga 
qarshi  dorilardan  nizarol,  amfoteretsin;  desensibilizatsiya  vositalaridan  kal'siy 

xlorid,  kal'siy  glyukonat,  tavegil,  zirtek,  telfast,  allergodil,  suprastin; 
kortikosteroidlardan  prednezalon,  gidrokortizon  suspenziyasi  buyuriladi.  Bundan 
tashqari  bemorga  immunostimulyatorlar  (timolin,  T-aktivin,  IRS  -19,  imudon) 
remantodin,  ribomunil,  darmon-dorilar,  modda  almashinuvini  yaxshilovchi 
vositalar,  organizm  zaxarlanishini  kamaytiruvchi  va  siydikni  haydovchi  tadbirlar    
(tomir  ichiga  gemodez,  glyukoza  5-10%,  reopiglyukin,  0,9%  natriy  xlorning 
fiziologik eritmasi, qon, qon zardobini yuborish) o’tkaziladi, stafilakkokga qarshi  
anatoksin, gammaglobulin, simptomatik terapiya  buyuriladi. 
 
6.
 
RINOSINUSOGEN KALLA ICHI ASORATLARI. 
     Rinosinusogen  kalla  ichi  asoratlar  barcha  kalla  ichi  asoratli  kasalliklar  ichida 
10% ni tashkil etadi va  har xil burun va burun yondosh kasalliklari ichida 0,5% ni 
tashkil etadi. Bu otogen kalla ichi asoratlariga nisbatan 12-15 marta kam uchraydi, 
lekin  klinik  kechuvi  bo’yicha  nisbatan  og’irroq  kechadi.  Hozirgi  kunda  tashxisot 
va  zamonaviy  jarrohlik  amaliyotlari  ishlab  chiqilgan  bo’lsa  ham,  kalla  ichi  aso-
ratlaridan  o’lim  ko’rsatkichi  yuqoriligicha  qolmoqda  (30%  dan  yuqori)  (Fennish 
Nuretdin, 1991; Voronkin V.F., 1999). Rinosinusogen kalla ichi asoratalari ichida 
meningit va miya abssessi- 75% ni, oldingi muya chuqurchasi ekstra- va subdural 
abssessi-  0,75%  ni,  miya  sinuslarini  tromboz  va  flebiti-  6%  ni  tashkil  etmoqda. 
Yallig’lanish  jarayoni  subratentorial  joylashgan  bo’lsa,  ko’pincha  ventrikulit  va 
meningoensefalit  rivojlanishi  o’zak  stvolini  tentorial  qalinlashuvi  bilan  birga 
kechadi, subtentorial joylashgan bo’lsa katta ensa darchasida o’zak stvoli shishidi 
va dislokasiya bo’ladi. Har ikkala holatda ham o’lim bilan tugashi mumkin (Tento-
rium  cerebelli-  miya’ning  ensa  bo’lagini  miyatshadan  ajratib  turuvchi  miyatsha 
chodiri  hisoblanadi.  Uning  oldingi  erkin  qismini  darcha  chegaralab  turadi,  shu 
darcha orqali miya’ni o’zak qismi o’tadi). 
       Infeksiya’ni tarqalishi burun bo’shlig’ini, burun yondosh bo’shliqlarini va mi-
ya bo’shliqlarini  bosh miyaga yaqin va zich joylashganligi uchun, umumiy limfa 
va qon sistemasiga ega bo’lishi, bosh miya’ni perinevral aloqadorligi, suyak devo-
rini  nozik  bo’lishligi,  oldingi  miya  chuqurchasida  ko’p  miqdordagi  qon  tomir  va 
nervlar  uchun  teshiklar  bo’lishi  kalla  ichi  asoratlari  kelib  chiqishida  katta 
ahamiyatga ega. Infeksiya bosh miya’ni ichiga ko’pincha fistula orqali kiradi, aso-
san  miya  asosini  sinishida  suyak  devorini  destruksiyasi  hisobiga  va  burun 
bo’shlig’ida o’tkazilgan jarrohlik amaliyotidan- g’alvirsimon plastinka orqali bosh 
miyaga yallig’lanish o’tishi mumkin. 
      Kam  hollarda  gematogen,  limfogen,  perinevral  (limfatik  yoriqlar,  hid  bilish 
nervi  yo’li  orqali)  va  perivaskulyar  yo’llar  orqali  infeksiya  tarqalishi  mumkin. 
Gematogen  yo’lga  burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlarida  infeksiya’ni  ushlanib 

yoki  staz  bo’lib  qolishi  misol  bo’ladi.  Lekin  infeksiya  aralash  yo’llar  orqali  ham 
arqalishini unutmasligimiz kerak. Bundan tashqari infeksiya’ni tarqalishida burun 
yondosh  bo’shliqlarining  suyak  devorlarida  osteomielitik  jarayonlar  asosiy  kalla 
ichi asoratlarni kelib chiqishida ro’l o’ynaydi. Ayniqsa ponasimon suyakning turk 
egari sohasida osteomielitik jarayon bo’ladigan bo’lsa kalla ichi asoratlari uchrashi 
ehtimoli ko’proq bo’ladi.  
       Peshona  bo’shlig’i  bilan  kalla  bo’shlig’ini  limfa  sistemasi bilan  bog’lab  tura-
digan intraadventisial  va perivaskulyar  maydonlar bo’ladi. Lekin burun bo’shlig’i 
bilan  kalla  ichini  bog’lab  turadigan  alohida  limfa  sistemasi  yoq.  Burunning  hid 
bilish  sohasi  limfa  tomirlari,  kichik  ingichka  hid  bilish  nervlarni  peri-  va  endon-
evral  anastomozlar  orqali  subdural  va  subaraxnoidal  maydonlar  bilan  bog’langan 
bo’ladi. Infeksiya shu yo’llar orqali ham tarqalishi mumkin.  
      Burun yondosh bo’shliqlarining venalari bir biri bilan anastomoz xosil qilgan. 
Yuz,  ko’z  kosasi,  kalla  bo’shlig’i  va  venoz  chigallar  bilan  bir-  biri  bilan 
bog’langan, bularning ichida ko’z kosasi venalari g’orsimon sinus va qattiq miya 
pardasini  venoz  chigallari  bilan  anastomoz  xosil  qilgan.  Ponasimon  bo’shliqning 
venalari  to’g’ridan  to’g’ri  g’ovaksimon  sinusga  venoz  qon olib  boradi.  Burun  va 
burun yondosh bo’shliqlarini mayda venalari esa sinus longitudinalis ga quyiladi. 
Infeksiya’ni  tez  tarqalishiga  esa  venalarda  klapan  sistemasi  yo’qligidadir  (1.81, 
1.82 rasmlar). 
 
 
 
     
1.81 rasm. Bosh miya qattiq pardasi vena sinuslarlarini yuzning asosiy 
qon tomirlari bilan bog’liqligi. 

 
 
 
       G’alvirsimon va yuqori jag’ bo’shliqlarini yallig’lanishida kalla ichi asoratlari 
ko’z  asoratlaridan  keyin  rivojlanadi,  ponasimon  va  peshona  bo’shliqlaridan 
to’g’ridan- to’g’ri rivojlanadi.  
      Kalla  ichi  asoratlarini  kelib  chiqishini  yana  bir  sabablaridan  burun  va  burun 
yondosh  bo’shliqlarini  jarohatlari,  burun  to’sig’i  abssessi  va  burun  furunkuli 
bo’lishi mumkin. Bundan tashqari shuni ta’kidlab o’tish kerakki, kasallikni atipik, 
latent va qaytalanuvchi shakllarini bo’lishi, tashxisotdagi xatoliklar kalla ichi aso-
ratlariga  sabab bo’ladi.  Asoslanmagan  antibiotiklarni o’zgartirish  yuqoridagi  aso-
ratga olib kelishi mumkin. Ko’z kosasi asoratlari klinik kechishi ko’pgina omillar-
ga: burun yondosh bo’shliqlarida jarayonning joylashishi va xarakteriga, bemorn-
ing  yoshiga,  murojaat  vaqtiga  va  gospitalizasiyasiga  bog’liq  bo’ladi.  Kalla  ichi 
asoratlari esa juda og’ir kechishi va maxsus belgillari bo’lmasligi bilan farq qiladi. 
Asoratni  lokal  joylashuvini  aytish  taxminiy  bo’ladi,  sababi  ko’pincha  asoratlar 
qo’shilib keladi yoki boshqa shakliga o’tadi.  
     Rinogen kalla ichi asoratlarining quyidagi klinik shakllari tafovut qilinadi: 
- araxnoidit (leptomeningit); 
- ekstradural abssess ; 
- subdural abssess; 
- serozli va yiringli meningit; 
- bosh miya abssessi; 
1.82 rasm. Bosh miyada sinuslarni joylashishi. 

- bosh miya qattiq pardasi sinuslarining trombozi;  
- rinogen sepsis. 
        Kalla ichi asorati rivojlangan bemorda quyidagi belgilar kuzatiladi: 
1. Boshini qattiq og’rishi; 
2. Ovqatlanish bilan bog’liq bo’lmagan qusish; 
3. Ko’zlarning yuqori qovog’i va qosh usti terisi sohasini shishi va qizarishi; 
1. Es-hushni xiralashishi; 
5. Ko’rish o’tkirligini buzilishi; 
6. Bosh miya nerv tolalarining falaji; 
7. Talvasa holatlari
8. Sovqotish, qaltirash, terlash; 
9. Bemorning umumiy ahvolini sinusitga mos kelmasligi va juda og’ir bo’lishi; 
10. Bosh miya suyuqligi bosimini oshishi belgilari; 
11. Qondagi o’zgarishlar (leykotsitoz, EChT oshishi). 
Rinogen kalla ichi asoratida  bemorlarni  tekshirish  tartibi: 
1)  Tashqi  tekshiruv,  burun  yondosh  bo’shlig’i  devorini,  ko’z  kosasi  yumshoq 
to’qimalarini, peshona va bo’yin sohasini  paypaslash; 
2) Old va orqa rinoskopiya ; 
3)  Burun  yondosh  bo’shliqlari  va  kalla  suyagining  rentgenografiyasi,  kalla 
suyagining old aksial rentgenogrammasi; 
4) Qon va siydikning umumiy tahlili; 
5) Oftalmolog ko’rigi; 
6) Nevropatolog  va neyrojarroh ko’rigi; 
7) Yuqori jag’ bo’shlig’i punksiyasi, peshona bo’shlig’ining trepanopunksiyasi (za-
rur bo’lganda); 
8) Bosh miya orqa  bo’shlig’ini teshib ko’rish; 
9)  Exoensefalografiya,  pnevmoensefalografiya,  ventrikulografiya,  angiografiya, 
kompyuter tomografiyasi (ko’rsatma bo’yicha) . 
 
6.1.
 
Rinogen araxnoidit. 
     Araxnoidit-  miya’ning  yumshoq  qavatini,  asosan  miya’ning  to’r  qavatini  in-
feksiya’ni toksinlarini hisobiga yallig’lanishidir.  
     Araxnoiditning turlari: 
-
 
Tarqoq; 
-
 
Chegaralangan; 
-
 
Kistali; 
-
 
Yopishqoq; 
    Agar araxnoidit qavatlar bilan miya’ni orasida chandiqlanish bilan birga kechsa, 
buni-  yopishqoq  araxnoidit  deb  ataladi,  agar  kista  shakllanib,  ichi  likvor  bilan 

to’lgan bo’lsa- kistali araxniodit deb ataladi. Tarqalishiga araxnoidit chegaralanga 
va tarqoq bo’ladi. 
     Klinikasi.  Kasallik o’tkir  yoki o’tkir  osti boshlanadi. Uch shoxli  nerv  innerva-
siyasi husobiga miya pardasini jalb qilinishi hisobiga doimiy bosh og’riq bezovta 
qiladi va kalla ichi bosimi oshishi kuzatiladi. Gohida peshona sohasida og’riq va 
olib ketivchi nervni parezi jarayonga qo’shilishi mumkin.  
      Jarayonga doimo qon tomir devori qo’shiladi, shuning uchun ham chandiq xo-
sil  bo’ladi.  Chandiqli  araxnoiditda  birinchi  bo’lib  bosh  og’rig’i  bezovta  qiladi, 
bosh miya’ni katta yarim sharlarini po’stlog’ini qitiqlanishi belgilari paydo bo’ladi. 
Orqamiya  suyuqligini  oqimi  buzilishi  hisobiga  kalla  ichi  bosimi  oshadi.  Lekin 
meningit  yoki  miya  abssessiga  nisbatan  kalla  ichi  bosimi  araxnoiditda  pastroq 
bo’ladi. Chegaralangan kista o’smaga o’xshash bo’lib, gidrosefalyaga olib kelishi 
mumkin.  
    Tashxis.  EEG  da  alfa-,  delta-  ritmlarini  orqada  qolishi  belgilari  namoyon 
bo’ladi.  Orqamiya  suyuqligini  punksiya  qilib  tekshirilganda  oqsil-  hujayra  dis-
sotsiyasiyasi  aniqlanadi.  Kalla  suyagini  rentgenogrammasida  barmoq  bilan  bosil-
ganlik belgisi- kalla ichi bosimini oshganligi belgisi kuzatiladi. 
     Davolash.  Rinogen  araxnoidit  bilan  og’rigan  bemor  yallig’langan  burun  yon-
dosh  bo’shlig’ida  jarrohlik  amali  bajarilgandan  so’ng  nevrologiya  bo’limiga 
ko’chirilib, unga intensiv davolash  tadbirlari buyuriladi.      
6.2.
 
 Ekstradural abssess. 
      Ekstradural  abssess-    miya’ni  qattiq  pardasi  bilan  bo’shliqni  suyak  devori 
orasida  yiringni to’planishi.  
       Asosan peshona, ponasimon va g’alvirsimon bo’shliqlarning yallig’lanishidan 
kelib chiqadi.  
      Klinikasi.  Asosan  oldingi  miya  chuqurchasida, gohida  esa  o’rta  miya  chuqur-
chasida  (sfenoiditda)  abssess  joylashishi  mumkin.  Abssessni  kattaligi  har  xil 
bo’lib,  birlamchi  o’choqdan,  infeksiya’ni  tarqalish  yo’lidan,  infeksiya’ni  turidan, 
organizmni reaktivlik holatiga bog’liq bo’ladi.  
Nevrologik  belgilari:  abssessni  joylashgan  sohasida    bosh  og’rig’i,  gohida  og’riq 
diffuz bo’lishi. 
Kalla ichi gipertensiyasi belgilari: bradikardiya, ko’ngil aynishi, qusish, ko’z tubini 
o’zgarishi (dimlanish belgilari). 
Ruhiyat  buzilish  belgilari:  xotira  va  diqqatni  buzilishi,  ruhiyatni  susayishi  va 
uyquchanlik,  gohida  tutqanoq  xurujlari,  ensa  mushaklarini  rigidligi,  Kernig  simp-
tomini musbatligi. 
     O’choqli simptomlar kam aniqlanadi.  

     Agar abssess oldingi miya chuqurchasida joylashgan bo’lsa hud bilish buzuladi, 
yuz  mushaklari  bo’shashadi,  shox  parda  reflekslari  bo’shashadi,  qalqib  ketish  va 
manqalanish, ayrim  bosh miya nervlarini funksiyasini pasayishi kabi belgilari ku-
zatiladi.  Isitma  va  qon  tarkibini  o’zgarishi  ekstraderal  abssess  uchun  xarakterli 
hisoblanmaydi. 
     Ekstradural  abssessni  aniqlash  uchun  mahalliy  belgilar  ko’proq  informatsiya 
beradi:  yiring  joylashgan  sohani  suyak  qismiga  perkussiya  qilinganda  og’riqli 
hisoblanadi;  peshona  sohasida  to’qimalar  shishi  aniqlanadi;  mahalliy  bosib 
ko’rilganda mahalliy og’riqlar aniqlanadi.  
     Tashxis.  Rentgenogrammada  suyak  destruksiyasi  aniqlanadi.  Rinogen  kelib 
chiqishi burun bo’shlig’idan chiqqan sekretga bog’liq bo’ladi.  
     Davolash. Ekstradural abssessda barcha o’zgargan patologik to’qima olib tash-
lanadi  va  keng  qilib  ochib  qo’yiladi,  jarohatga  drenaj  qo’yolib  bo’shliq  antibioti-
klar bilan yuvib turiladi. 
6.3.
 
Subdural (qobiq ichi) abssessi. 
     Subdural abssess- yiringni miya’ning qattiq pardasi ostida yiring to’planishidir. 
Buning  kelib  chiqishi  asosan  ekstradural  abssess  tomondan  jarayonning  o’tishi, 
yoki qattiq miya pardani bo’shliq shilliq pardasi orqali boradigan venalari sababli 
infeksiya qattiq miya parda ostiga o’tishi mumkin.  
    Klinika.  Subdural  abssessni  yumshoq  miya  pardasidan  chandiqlar  yoki  granul-
yasiya  chegaralab  turadi.  Asosan  peshona  bo’shlig’ida,  frontitni  asorati  sifatida 
shakllanadi. Alohida uchrashi juda kam hollarda qayd qilinadi, ko’pincha boshqa 
asoratlar bilan qo’shilib keladi.  
    Subdural abssessni klinik namoyon bo’lishi qattiq miya pardani qaysi sohasi yal-
lig’lanish joyiga qarab va miya’ni peshona bo’lagini shishi yoki ezilishi hisobiga 
bog’liq bo’ladi. 
     Kasallikni  asosiy  belgilari  bo’lib  isitma  holati, kalla  ichi  bosimini  oshishi  (ab-
ssessni joylashgan joyiga qarab bosh og’rig’i, gohida diffuz bo’ladi; bradikardiya, 
ko’z  tubini  dimlanishi),  ruhiyatni  buzilishi,  meningeal  belgilarni  remitir  tipda 
kechishi.  Oldingi  miya  chuqurchasini  zararlanishi  ko’rish  qobiliyatini  pasayishi, 
ko’z olmasini harakatlantiruvchi nerv paralichi, motor afaziya, es-hushni buzilishi, 
patologik reflekslarni paydo bo’lishi, yuz va qo’l mushaklarini talvasa va paralich 
belgilari kuzatiladi. 
     Orqa miya suyuqligi tekshirilganda pleositoz va neytrofillarni oshishi, oqsil mi-
qdorini oshishi kuzatiladi.  
      Davolash. Yallig’langan bo’shliq sanasiya qilinganidan so’ng subdural abssess 
ochiladi. Jarrohlik mahalida qattiq miya pardasi yiring ustida subdural bo’shliqqa 
olib  boruvchi  sariq-  oq,  sariq-  yashil  rangli,  yupqalashgan,  usti  fibroz  yiring-  ne-

krotik qoplamali, granulyasiya bilan qoplangan, gohida shishgan, osilib chiqib tu-
radigan, pulsatsiyasiz, nekroz maydonlari, oqma bilan asoratlangan bo’lishi mum-
kin. Gohida o’zgargan qattiq miya pardasidan yiring chiqib turadi. 
     Subdural  abssessda  oqma  bo’lmasa  qattiq  miya  pardasini  3-4  yo’nalishda  4 
smdan chuqur bo’lmagan holatda diagnostik punksiya qilinadi. Qattiq miya parda-
ni ochilishi va rinogen abssessni drenajlash peshona bo’shlig’ini tashqi yo’l bilan 
oshilgandan  so’ng  amalga  oshiriladi.  Kapsulasi  yaxshi  shakllangan,  katta 
bo’lmagan  va  yuzaki  joylashgan  abssesslarni kapsulasi  bilan olib tashlanadi.  Bo-
lalarda  abssessni  kapsulasi  nozik  bo’lganligi  uchun  va  qattiq  miya  pardasi  bilan 
suyak  devori  orasi  yopishib  turganligi  uchun  abssessni  olib  tashlash  birmuncha 
qiyinchilik tug’diradi.  
6.4.
 
 Rinogen meningit. 
     Meningit-  meningeal  simptomlar  bilan  kechuvchi,  miya  qavatlarini  yal-
lig’lanishidir.  Yumshoq  miya  pardasini  yallig’lanishi  leptomeningit;  to’r  qavatini 
yallig’lanishi-  araxnoidit;  qattiq  miya  pardasini  yallig’lanishi-  paximeningit 
deyiladi.  Agar  yallig’lanish  jarayoni  yumshoq  va  to’r  qavatlarda  bo’lsa,  bunday 
holatdlarda meningit deb ataladi. 
     Yiringli  meningitni  qo’zg’atuvchilar  asosan  kokklar  hisoblanadi  (streptokokk, 
stafilokokk,  diplokokk),  kam  hollarda  mikroorganizmlar  keltirib  chiqaradi.  Lekin 
hozirgi  kunda  zamonaviy  tekshiruv  usullari  hisobiga,  ko’p  hollarda  surunkali  vi-
rusli infeksiya keltirib chiqarishi adabiyotlarda yozilib kelinmoqda.  
     Yiringli  meningit  asosan  peshona  va  etmoidal  bo’shliqlarda  yallig’lanishlar 
hisobiga, gohida og’ir kechuvschi subdural va miya abssesslari kabi asorat keltirib 
chiqarishi mumkin. 
     Tavsifnoma.  
 
Birlamchi-  o’tkir  kasalliklarda,  burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlaridagi 
birlamchi  o’choqlardan  bakterial  infeksiya  to’gridan-  to’g’ri  subaraxnoidal 
bo’shliqqa tushishi natijasida kelib chiqishi.  
 
Ikkilamchi- boshqa kalla ichi asoratlari fonida- subdural yoki miya abssessi, 
sinustrombozda kelib chiqishi, kechishi og’irroq bo’ladi. 
 
Yiringli. 
 
Seroz (toksinlarni o’tishi hisobiga kelib chiqadi)- seroz meningit bitta kasal-
likni bosqichi deb qaraladi, ya’ni bundan so’ng yiringli meningit shakllanadi. 
      Klinikasi.    Rinogen  meningit  klinik  kechishi  ikkilamchi  yirinli  meningitdan 
farq qilmaydi. 
      Kasallik o’tkir boshlanib, bir necha soat ichida rivojlanadi. Doimiy yuqori ha-
rorat, umumiy  holatni og’irligi, umumiy  holsizlik,  bo’shashganlik, teri qoplamla-
rini  oqarishi  va  bir  qancha  umumiy  belgilar  bemorlarni  bezovta  qiladi.  Bunda 

peshona  sohasida  tarqoq,  intensiv  doimiy  yoki  xurujsimon  bosh  og’rishi,  boshni 
harakatga keltirganda og’riqni kuchayishi, ko’ngil aynishi va qusish bilan kechu-
vchi hamda kalla ichida bosim oshishi hisobiga uzunchoq miya va adashgan nervni 
bosim bilan ezilishi hisobiga bradikardiya’ni bo’lishi, ko’z tubidagi dimlanish kabi 
belgilari bemorda kuzatiladi.  
      Bemorning  holati  majburiy,  “yalqov  it  holati”  ni  egallaydi.  Bunda  bemor  yon 
boshga,  oyoqlarini  qoringa  yig’ib  olingan,  qo’llari  bukilgan,  umurtqasi  yoysimon 
orqaga  egilgan,  boshni  esa  orqaga  tashlab  yotadi.  Es  xushi  qorong’ilashadi  yoki 
yo’qoladi, alahsirash va bosinqirash, monotonli qichqiriq, qo’zg’aluvchanlik yoki 
tormozlanish,  tovushlarga,  yorug’likka  va  taktil  ta’sirlarga  ta’sirchanligini  yuqori 
bo’lishi  kabi  belgilar  kuzatiladi.  Bel  sohasida  va  umurtqa  pog’anasini  o’tkir 
o’simtalarini bosib ko’rilganda og’riqli bo’ladi. 
    Meningial belgilar kuzatiladi: 
-
 
Ensa mushaklarini rigidligi
-
 
Kernig  simptomi  (bemor  oyog’ini  chanoq  son  bo’g’imiga  eg’ib  olganida, 
bemorni tizza bo’g’imini yozib bo’lmaydi yoki chegaralagan bo’ladi.); 
-
 
Yuqori  Brudzinskiy  simptomi  (bemorni  boshini  passiv  egilganda,  oyoqlari 
tizza va chanoq son bo’g’imlarida bukiladi);   
-
 
Lessajni  “ilib  qoyish”  simptomi-  (bolani  qo’ltiq  ostidan  ko’tarilganida 
oyoqlarini qorinlari tomon ko’tarib bukib oladi). 
     Bundan tashqari pay reflekslarini yuqori bo’lishi, patologik piramida simptom-
lari  (Babinskiy, Rossolimo, Oppengeyma  va  Gordona)  kuzatiladi va  alohida  bosh 
miya nervlarini nim falaji va falaji, klonik va tonik talvasalar kuzatiladi. 
     Ko’pincha  barcha  shifokorlar  fikrlarini  kalla  ichi  asoratlariga  qaratadilar, 
shuning uchun ham shikoyatga, burun va burun yondosh kasalligining xarakteriga 
unchalik ham e’tibor bermaydilar. Bemorda meningeal belgilar rivojlangan bo’lsa, 
kalla  ichi  asoratlarini  inkor  etish  maqsadida  burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlari 
jiddiy tekshirilishi lozim. Bemorda obektiv burundan nafas olishni qiyinligi, burun 
yondosh  bo’shliqlarini  palpatsiya  qilinganda  og’riqli  bo’lishi,  burun 
chig’anoqlarini  shilliq  qavatini  shishi,  burun  yo’llaridan  ko’p  miqdorda  shilliq- 
yiringli ajralma ajrayotganligi ko’rinadi.  
     Tashxis.Tashxisni quyidagi tekshirishlardan keyin tasdiqlanadi: 
1.
 
Burun  yondosh  bo’shliqlarini  rentgenografiyasi  bo’shliqni  pnevmati-
zatsiyasini buzulganligini aniqlaydi. 
2.
 
Orqa miya suyuqligini tekshirish. 
Orqa  miya  suyuqligi  seroz  minengitda  tiniq,  bosim  bilan  otilib  chiqadi;  lim-
fotsitlarni miqdori oshishi bilan birga kechadi. 
Orqa miya suyuqligi yiringli meningitda xira, katta bosimda tez oqib chiqadi; oqsil 
miqdori  yuqori  bo’ladi  (Pandi  reaksiyasi);  neytrofillir  miqdori  1  mkl.da  10  ney-

trofillardan 1000 va ko’p bo’lishi, glyukoza va xlorid miqdorini kamayishi aniqla-
nadi. Og’ir holatlarda mikrobni o’sishigacha aniqlanadi.  
      Qiyosiy  tashxis.  Ko’p  holatlarda  rinogen  meningitni  sil  meningitidan  qiyosiy 
tashxislanadi. 
1.
 
Sekin astalik bilan boshlanadi. 
2.
 
Normal yoki subfebril harorat. 
3.
 
Ko’z  harakatlantiruvhci  nervni  nim  falaji  (ptoz,  anizokariya),  yorug’likka 
reaksiyasi yo’q. 
4.
 
Mantu reaksiyasini musbatligi. 
5.
 
Qora 
miya 
suyuqligini 
tarkibini 
o’zgarishi: 
 
par-
chalanish,yyengilksantoxromiya, limfasitoz bo’lishi, ko’p miqdorda oqsil bo’lishi, 
5-6  soatdan  so’ng  fibrin  to’rini  xosil  bo’lishi,  suyuqlik  bosimini  yuqori  bo’lishi, 
glyukoza va xloridlarni kamayishi aniqlanadi. 
6.5.
 
Miya abssessi. 
      
Miya abssessi- infeksiyadan markaziy nerv sistemasidan tashqarida rivojlangan 
ikkilamchi  yiringli  o’choqdan,  miya  moddasida  chegaralangan  yiringni 
to’planishidir.  
     Bosh  miya  abssessi  asosan  kattalarda  uchraydi,  bolalarda  kamroq  uchraydi  va 
barcha neyrojarrohlik bosh miya patologiyalari ichida 2-4%ni tashkil etadi. 
     Bosh miya’ni abssessini etiologik qo’zg’atuvchilari bakteriyalar, zamburug’lar, 
sodda  turkumdagilar  va  gelmentlar  hisoblanadi.  Bakteriyal  qo’zg’atuchilardan 
yashil streptokokklar (S. anginosus, S. constellatus va S. intermedius) hisoblanadi, 
asosan  70%  hollarda  uchraydi.  30-  60%  hollarda  boshqa  bakteriyalar  bilan 
qo’shilib  keladi.  Tilla  rangli  stafilokokk  10-15%  hollarda  monokultura  shaklida 
aniqlanadi. Anaerob bakteriyalar 40-100% hollarda aniqlanadi, shulardan 20-40% 
bakteroidlar va  pevolettalar tashkil etadi.  
     Infeksiya  kontakt  (miya  qavatlari  zararlangandan  so’ng,  chegaralangan  sohada 
ensefalit rivojlanadi, u esa miya abssessiga o’tadi) yoki gematogen tarqaladi. 
      Avval  qattiq miya pardasi bilan burun yondosh bo’shlig’ining shilliq qavatini 
bog’lab turuvchi diploetik venalarda tromb shakllanadi. 
      Miya  abssessini  rivojlanishi,  barcha  rinogen  kalla  ichi  asoratlarini  ichida  eng 
xavflisi  hisoblanadi.  Abssess  asosan  peshona  bo’lagida,  peshona  bo’shlig’ini 
yiringli  yallig’lanishidan  keyin  orqa  devorini  zararlanishi  (kontakt  yo’li  orqali) 
hisobiga kelib chiqadi. Abssess zararlangan bo’shliq tomonda uchraydi. 
     Peshona bo’lagi harakatni, xulq atvorni boshqaradi va shakllantiradi. Aynan shu 
yerdan  kortispinal  va  kortikonuklear  yo’llar,  har  xil  efferent  harakatlantiruvchi 
sistemalar boshlanadi. Shu yerdan postloq ostiga va miya o’zagiga ko’p miqdorda 
o’tkazuvchi yo’llar boradi. 

    Abssessni shakllanish bosqichlari: 
1.
 
Ensifalit bosqichi; 
2.
 
Nekrotik parchalanish bo’shlig’ini shakllanishi; 
3.
 
Inkapsulyasiya; 
   Bu  abssess  travmatik,  rinogen  abssessdan  farq  qilib,  yomon  inkapsulyasiyaga 
uschraydi (gohida biriktiruvchi to’qimali kapsulasi bo’ladi), ko’proq tarqoq, to’liq 
chegarasiz miya moddasiga o’tadi, gohida esa katta hajmni egallaydi (1.83 rasm). 
                     
 
 
 
Peshona bo’lagini zararlanishida quyidagi belgilar kuzatiladi: 
1.
 
Markaziy nim falajlar yoki falajlar Qarama qarshi falaj- “bemor zararlangan 
o’choq tomonga qaraydi”. Yuz nervini periferik falaji. 
2.
 
Gipokinez; 
3.
 
Peshona ataksiyasi, turish va yurishni iloji bo’lmaydi. Tanani qarama- qarshi 
tomonga og’ishi aniqlanadi. 
4.
 
Peshona apraksiyasi (tugallanmagan ish); 
5.
 
Motor afasiya; 
6.
 
Tutqanoq xurujlari; 
7.
 
Ruhiy buzilish (tajovuzkorlik); 
8.
 
Es- xushni qisqa muddatga yo’qolishi; 
    Tavsif. 
    Abssess yakka yoki bir nechta bo’lishi mumkin. 
Abssessni klinik namoyon bo’lishi abssessni joylashgan sohasiga, kattaligiga, atrof 
to’qimalarga reaksiyasi va bosqichiga bog’liq bo’ladi. 
Miya abssessini 4 ta bosqichi bor. 
1.
 
Boshlang’ich  bosqichi-  infeksiya  va  toksikozga  birlamchi  reaksiya 
infeksiya’ni chegaralangan maydonga kirishi yoki intradural abssessni shakllanish 
bozqichiga  mos  keladi.  Bu  bosqich  bir  necha  kundan  2  haftagacha  davom  etishi 
mumkin. Bemorda umumiy va umumiy miya  belgilari kuzatiladi: ko’ngil aynish, 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin