Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


rasm. Ponasimon bo’shliqni transseptal usulda ochish. (Kiselev A.S. bo’yicha., 1997)



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

1.61 rasm. Ponasimon bo’shliqni transseptal usulda ochish. (Kiselev A.S. bo’yicha., 1997): 1- 
ponasimon bo’shliq, 2- turk egari. 

c)
 
Kompression nazariya- tabiiy chiqarish teshiklarini bekilib qolishi natijasida, 
mukosele  tarkibidagi  suyuqlikni  agressiv  shakllanishi  va  osteoklasslarni 
aktivasiyasi suyakni parshalanishiga olib keladi deb aytadi. 
       Mukoseleni kelib chiqishida yallig’lanish natijasida tabiiy teshiklarni (osteoma 
yoki  travma)  yopilishi  yotadi.  Bunga  olib  keluvchi  omillarga  esa  yuz  skeletini 
anomal  rivojlanishi  sabab  bo’lishi  mumkin.  Shu  jumladan  burun  yondosh 
bo’shliqlarini  ham.  Bo’shliqda  drenaj  funksiya  ishlamagandan  keyin,  u  yerda 
parchalanish  mahsulotlari  va  shilliq  to’planishi  kuzatiladi.  Bo’shliqni  va  bez 
elementlari    normal  faoliyat  ko’rsatish  uchun  kislorod  yetishmaydi,  bu  esa  o’z 
navbatida  kattabolizmga  olib  keladi.  kattabolizm  esa  toksik  ta’sirga  ega  bo’lib, 
osteoklaslarni aktivlashtiradi  va  VNS nerv oxirlarini qitiqlaydi.  Bu o’z  navbatida 
shilliq  bezlarini  aktivligini  oshiradi,  naitjada  sekret  miqdori  ko’payadi.  Bunday 
xalqa  bo’shliq  ichida  surunkali  aseptik  ya’llig’lanishli  mukoseliga  olib  keladi, 
buning  yiringlashi  esa-  bo’shliqni  o’tkir  empiemasi.  Shu  bilan  bo’shliq  ichida 
suyuqlik to’planishi natijasida u yerda shilliq qavat va suyak devoriga bosim bilan 
bosilishni  boshliydi,  ularni  atrofiyasiga  sabab  bo’ladi,  natijada  mukosele 
bo’shliqdan tashqariga chiqib, qo’shni a’zolarga o’tishni boshliydi.   
       Patologik  anatomiya.  Gistologik  aniqlanishicha,  bo’shliq  ichidagi  ko’p 
qavatlixilpillovchi epiteliy mukoseleda o’zining kiprikchalarini yoqotadi. Bo’shliq 
ichidan  kista  chiqishidan  oldin  uning  shilliq  qavati  fibroz  qavat  bilan  qoplanadi. 
Mukosele tarkibidagi suyuqlik jelatinsimon, sarg’imtir- oq rangda, aseptik, hidsiz 
xususiyatlarga  ega.  Suyak  qavat  noziklashadi  va  atrofiyaga  uchraydi.  Suyak 
to’qimasida osteoklastlar miqdori ortadi. 
Klinikasi.  Mukosele  burun  yondosh  bo’shliqlarda  sekin  asta  rivojlanib,  3  ta 
bosqichni bosib o’tadi.  
a)
 
Latent  bosqich-  simptosiz  kechadi,  obektiv  va  subektiv  belgilari 
aniqlanmaydi.  Ayrim  hollarda  burun  bir  tomonida  rinoreya  kuzatiladi,  bunday 
holatda  burun-  peshona  kanali  vaqtinchalik  ochilib  yoki  g’alvirsimon  bo’shliqni 
burun bo’shlig’i bilan aloqador kattaklari orqali kista suyuqligi chiqishi kuzatiladi. 
b)
 
Eksterritorasiya  bosqichi-  bunda  subektiv  va  obektiv  belgilar  xarakterli 
hisoblanadi.  Agar  mukosele  peshona  bo’shlig’ida  joylashgan  bo’lib  har  xil  ko’z 
simptomlarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham bemor va atrofdagilar shishni 
his qiladilar. Ma’lum bir vaqtdan so’ng bemorda diplopiya rivojlanadi.  Agar kista 
ko’zning  tubiga  qarab  o’sadigan  bo’lsa  ko’z  nerviga  bosim  o’tkazadi  va  ko’rish 
nisbatan pasayadi, shu ko’zda periferik skatoma rivojlanadi. Agar kista pastga va 
oldinga  qarab  o’sadigan  bo’lsa  ko’z  yosh  yo’llarini  funksiyasi  buzilishi  hisobiga 
epifora  rivojlanadi.  Keyinchalik  uch  shoxli  nervni  I  tolasini  ezilishi  hisobiga 
bemorda  og’riq  rivojlanadi  va  ko’zga,  zararlangan  tomondagi  tishlar  va  yuqori 
jag’ga og’riq tarqaladi. 

       Hosil  bo’lgan  shishni  qo’l  bilan  ushlab  ko’rilganda  silliq,  zich  xosilani 
anglatadi.  Biroz  uni  harakatga  keltirilganida  suyak  nuqsoni  bo’lganligi  uchun 
kripitasiya  eshitilishi  mumkin.    Suyak  defktini  qirralari  notekis,  tashqariga 
aylantirilganga  o’xshash  bo’ladi.  Oldingi  rinoskopiyada  burun  bo’shlig’ida 
o’zgarish sniqlanmaydi. 
c)
 
Asoratlar  bosqichi-  har  xil  ikkilamchi  patologik  jarayonlar  aniqlanishi 
mumkin. 
      Tashxis.  Latent  bosqichida  to’satdan  yuz  sohasi  rentgenologik  tekshiruvdan 
o’tkizilayotganda aniqlanishi mumkin. Agar rentgenolog tajribali bo’lsa bo’shliqni 
katta hajmda total soyalanishi, devorni torayishi va siyraklanishi, bo’shliq ichidagi 
to’siqni o’rta chiziqdan surilishi kabi belgilarni aniqlashi mumkin bo’ladi. Ayniqsa 
bu bosqichda nevrologik belgilar namoyon bo’ladigan bo’lsa shifokorni rino- sinus 
sohasidan chiqarishi mumkin bo’ladi.  
       Eksterritorizasiya  bosqichida  aytib  o’tilganidek  ma’lum  bir  boshqa  kasallik 
tufayli  aniqlanib  qolishi  mumkin.  Bularga  dermoid  kista,  meningosele, 
ensefalosele  yoki  o’smani  misol  keltirishimiz  mumkin.  Bu  bosqichda  yakuniy 
tashxisni  har  doim  ham  rentgenologik  (KT,  MRT)  tekshirishlardan  keyin  ham 
qo’yish qiyinchilik tug’diradi. 
Qiyosiy  tashxis.  Osteoma,  osteosarkoma,  zaxm  osteoperiostiti  yoki  gumma, 
dermoid kista yoki meningosele va ensefalosele bilan o’tkaziladi. 
      Davosi. Faqat jarrohlik usulida davolanadi. Asosan peshona bo’shligida radikal 
jarrohlik  amaliyoti  o’tkaziladi.  Bundan  tashqari  peshona-  burun  kanalini 
shakllantiriladi. Jaroohlikdan keyin bo’shliqni 2-3 hafta mobaynida antiseptik dori 
vositalari bilan yuvib turiladi. 
 
4.
 
BURUN VA BURUN YONDOSH BO’SHLIQLARINI JARO-
HATLARI. 
    Harbiy  va  sport  mashg’ulotlarida,  ishlab  chiqarish  korxonalarida,  ko’cha 
transport    hodisalarda,  epilepsiya  xuruji  paytida  sodir  bo’lib,  hayotda  tez-tez  
uchrab turadi. 
    Jarohat  yetkazgan  jismning  ta'sir  kuchi  va  xususiyati,  uning    yo’nalishi  va 
to’qima  ichiga  qanchalik  chuqur  botishiga  qarab  burun  jarohatlari  ochiq  (teri 
qoplamining  zararlanishi)    yoki  yopiq  (teri  qoplamining  buzilmasligi)  bo’lishi 
mumkin. 
    Yopiq jarohatlarga lat yeyish, yumshoq to’qimalarga qon quyilishi, shilinish, bu-
run  yondosh  bo’shliqlari  devorlari,  ko’z  kosasi,  yonoq  suyagi,  g’alvirsimon 
bo’shliq kattaklarining siljishi yoki siljimasligi bilan kechuvchi burun suyaklarin-
ing sinishi kiradi. 

    Ochiq jarohatlar yirtilgan, kesilgan, yuzaki va chuqur, burun bo’shlig’iga kirgan 
yoki  kirmagan  jarohatlarga  bo’linadi.  Burun  bo’shlig’iga  kirgan  jarohatlarga 
ko’pincha o’tkir uchli jism sabab bo’ladi. Bunda burun  bo’shlig’i shilliq pardasi-
ning  yirtilishi,  burundan  qon  oqishi,  burun  bo’shlig’i  va  burun  yondosh 
bo’shliqlariga infeksiya kirishi, burun to’sig’i gematomasi va abssessi rivojlanishi  
kuzatiladi.  O’tkir  uchli  jismning  yo’nalishi  burun  bo’shlig’ining  yuqori  devoriga 
qaratilganda elaksimon plastinka sinib, bemorda orqa miya suyuqligini oshishi ku-
zatilishi mumkin. 
    Ko’pincha burun suyaklari va yuqori jag’ suyagining peshona o’sig’i o’rtasidagi 
chokni kengayishi yoki burun suyaklari va burun to’sig’ining sinishi, yoki chiqishi  
natijasida  tashqi  burunni  yon  tomonga  siljishi  qayd  etiladi.  Kam  hollarda  yuqori 
jag’ suyagi peshona o’sig’ining sinishi  kuzatiladi. 
                                                     
 
 
 
    A.E.Kitsera va A.A.Borisov (1993) bo’yicha tashqi burun shaklining buzilishlari 
quyidagicha tasniflanadi: 
          -Rinoskolioz - burunni yon tomonga siljishi; 
-Rinokifoz -    burun shaklini bukiri bo’lishi; 
     -Rinolordoz -   burunni botishi (egarsimon burun); 
-Platiriniya -  burun shaklini yassi bo’lishi; 
-Braxiriniya-   burun bo’shlig’i haddan tashqari kengayishi; 
-Leptoriniya-   burun bo’shlig’i haddan tashqari torayishi; 
-Molleriniya-  tashqi  burun  suyaklari  sinishi  natijasida  burunni  yumshoq 
bo’lishi. 
    Ko’pincha  yuz  jarohatlarida  ko’rish  o’tkirligining  pasayishi  yoki  butunlay 
yo’qotilishi  (amavroz)  bilan  kechuvchi  ko’z  olmasi  tubiga  qon  quyilishi  (gife-
malar), ko’z olmasining siljishi (enoftal'm), ko’zni harakatlantiruvchi  mushaklarn-
ing bosilishi natijasida falaji (diplopiya) kuzatiladi. 
1.62. rasm. Burun suyaklarini sinishi. Sinishning turli shakllari. 

    Burun  yondosh  bo’shliqlari  jarohati  bo’shliqlar  devorining  yorilishi,  sinishi, 
suyak parchalarini bo’shliq ichiga kirishi bilan namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, 
ular kalla bo’shlig’iga tarqalgan yoki tarqalmagan jarohatlarga bo’linadi. 
    Peshona bo’shlig’i odatda qosh usti sohasida jarohatlanadi; bo’shliqning old de-
vori  sinib,  kosmetik  nuqsonga  sabab  bo’ladi.  Burunni  botishi  peshona 
bo’shlig’ining tabiiy teshigini yopilishiga olib keladi. Peshona bo’shlig’ining orqa 
devori  kamdan  kam  hollarda  jarohatlanadi.  G’alvirsimon  bo’shliqning  jarohati 
ko’pincha    ko’z    kosasining    medial    qismida,  ya'ni  burun  bo’shlig’ining  yon 
tomonida  joylashgan  shilliq  pardaning  yirtilishi  natijasida  yuzda  teri  osti  em-
fizemasi paydo bo’lishiga olib keladi, bunda shish va teri osti emfizemasi, peshona 
va bo’yin sohasigacha tarqalishi mumkin. Old g’alvirsimon arteriya jarohatlangan-
da ko’z kosasi atrofi to’qimasiga qon quyiladi. 
   Peshona  va g’alvirsimon  suyaklarning  jarohati ko’pincha burun, ko’z olmasi  va 
ko’z  kosasi,  ba'zan  kalla  suyagi  jarohati  bilan  birga  kechadi.  Ko’z  kosasining 
pastki  qismi  va  yuz  sohasida  joylashgan  yuqori  jag’  bo’shlig’ining  jarohati 
bo’shliq old devorining sinishi, jarohat maydoni shaklining o’zgarishi, ko’z kosasi 
pastki devori, ko’z olmasi, g’alvirsimon bo’shliq, yonoq chakka suyaklari, tish va 
og’iz bo’shlig’ining jarohatlari bilan birga kechadi. 
   Ponasimon  bo’hliq  devorlarining  sinishi  ayni  paytda  kalla suyagi  asosining  sin-
ishi bo’lib, juda kam uchraydi va ko’rish nerv tolasi, ichki uyqu arteriya’ning jaro-
hati bilan birga kechib, o’lim holatiga sabab bo’lgan qon oqishlarga yoki jarohat-
dan so’nggi uyqu arteriyasi devori anevrizmasiga sabab bo’ladi. 
   Belgilari.  Burun  jarohatida  burundan  qon  oqishi,  burun  terisida  va  ko’z 
qovoqlarida  qontalashlar    paydo    bo’lishi,  yumshoq  to’qimalar  shishi  va  teri  osti 
emfizemasi,  suyak  parchalarining  harakati  kuzatiladi.  Burunning    nafas  olish 
funksiyasi buzilishi yoki hid sezish tirqishlarining yopilishi natijasida bemorda hid 
bilish qobiliyati pasayadi, hid bilish asab tolalari  uzilganda - burunning hid sezish 
faoliyati butunlay  yo’qoladi. 
   Aralash jarohatning belgilari xilma-xil bo’lib, burun yondosh bo’shliqlari va ular 
atrofida  joylashgan  a'zolar  jarohatiga  bog’liq  bo’ladi.  Bolalarda  burun  va  burun 
yondosh  bo’shliqlarining  aralash  jarohatlari  yuz  suyaklari  jarohati  bilan  birga 
uchraydi. Yuzning o’rta qismi jarohatlanganda yuz suyaklarining noto’g’ri o’sishi 
natijasida,  bolalarda  keyinchalik  yuz  tuzilishida  kosmetik  nuqsonlar  rivojlanishi 
mumkin. 
   Kalla suyagi bo’shlig’iga tarqalgan jarohatlarda bemorda bosh miya chayqalishi, 
yoki  qisilishi  belgilari  kuzatiladi.  Kalla  bo’shlig’iga  tarqalgan  jarohatlarda  kalla 
ichi  asoratlari  belgilari  paydo  bo’ladi.  Kalla  suyagi  singanda  va  bosh  miya’ning 
qattiq pardasi jarohatlanganda jarohat maydoni, burun yoki halqumdan orqa miya 
suyuqligini oqishi ( likvoreya) kuzatiladi. 

Tashxis  bemor  shikoyatlari,  anamnez,  tashqi  tekshiruv,  paypaslash,  zondlash, 
rinoskopiya, endoskopiya, rentgenografiya, KT tekshiruvlari asosida  qo’yiladi. 
    Tashqi  tekshiruv  va  paypaslashda  jarohat  maydonining  og’rishi,  yumshoq 
to’qimalar shishi, tashqi burun shakli buzilganligi aniqlanadi. Burun yon tomonga 
siljiganligi,  majaqlanganligi,  burun  usti  paypaslanganda  bo’rtishlar  (zina  belgisi), 
suyaklarning  patologik  harakatchanligi  va  suyak  parchalari  krepitatsiyasini 
aniqlanishi burun suyaklari singanligidan, bosib ko’rganda teri osti krepitatsiyasi -  
g’alvirsimon suyak singanligidan va shilliq parda  yirtilganligidan  dalolat beradi. 
    Rinoskopiyada  burun  bo’shlig’ida  qon  laxtalari,  qontalashlar,  shilliq  parda 
yirtilganligi,  burun  bo’shlig’i  torayganligi,  burun  chig’anoqlari  botgan  va  burun 
to’sig’i qiyshayganligi ko’rinadi. Burun to’sig’i shilliq pardasining bir tomonlama, 
ayniqsa ikki tomonlama shishi  burun to’sig’i gematomasidan darak beradi. 
    Jarohatning  chuqurligi  zond  yordamida  tekshiriladi.  Yopiq  jarohatda  yumshoq 
to’qimaning  shishi  tashxis  qo’yishni  qiyinlashtirishi  tufayli  bosib  ko’rganda  be-
morda  mahalliy  og’riq  borligi,  burun  sohasining  shishi,  qontalashlari,  burun 
to’sig’i qiyshiqligining bor-yo’qligi  e'tiborga olinadi. 
    Yuz  skeletining  jarohati  ko’pincha  ko’z  qovoqlari  va  ko’z  kosasi  atrofiga  qon 
quyilishi "ko’zoynak belgisi" bilan kechadi. Ammo bu belgi kalla suyagi asosining 
sinishida,  g’alvirsimon  sinus  jarohatida  ham  kuzatiladi.  Aniq  tashxis  qo’yish 
maqsadida  orqa  miya  punksiyasi  bajariladi.  Kalla  suyagining  asosi  singanda  orqa 
miya suyuqligida qon borligi aniqlanadi (subaraxnoidal qon quyilishi). Bemordagi  
shok,  karaxtlik  (eshitishni  butunlay  yoki  qisman  yo’qotilishi)  talvasa  holati  yuz 
berishi kalla suyagining asosi singanligini bildiradi. Bunday hollarda bemor boshi 
fiksatsiya  qilingan  holda  kasalxonaga  keltiriladi.  Unga  hatto  rentgenografiya  ham 
darhol qilinmaydi, chunki tekshiruvda boshini yon tomonga burish kerak bo’ladi. 
     G’alvirsimon  suyakning  elaksimon  plastinkasi  sinib,  bosh  miya  qattiq  pardasi 
zararlanganda bemorda orqa miya suyuqligini oqishi kuzatiladi. Bemorning burni-
dan  bir  paytning  o’zida  ham  qon,  ham  orqa  miya  suyuqligini  oqishi  tashxis 
qo’yishni  qiyinlashtiradi.  Jarohatning  birinchi  kuni  "juft  dog’"  belgisi  kuzatiladi, 
ya'ni  oq  matodagi  qon  dog’ining  atrofi  rangsiz  doira  bilan  o’ralgan  bo’ladi;  qon 
oqishi  to’xtatilgandan  so’ng  burundan  rangsiz  ajralma  oqadi.  Laboratoriya  tek-
shiruvida burundan oqayotgan ajralma tarkibida glyukozani  aniqlanishi orqa miya 
suyuqligi ekanligini tasdiqlaydi. Yuz skeletining rentgenografiya, rentgenoskopiya, 
KT va MRT- tekshiruvlari jarohat hajmi va xarakteri haqida qimmatli ma'lumotlar 
olishga yordam beradi. 
    Davolashda    burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlari  jarohatining  xarakteri, 
chuqurligi, bemorning umumiy ahvoli e'tiborga olinadi. Shoshilinch tibbiy yordam 
og’riqsizlantirish,  qon  oqishini  to’xtatish  va  bemorni  darhol  kasalxonaga  yubor-
ishdan  iborat.  Lat  yeyish  yoki  yumshoq  to’qimalarning  ochiq  jarohatida 

ifloslangan jarohat maydoniga birlamchi jarrohlik ishlovi beriladi; jarohat maydoni 
dastlab antiseptik eritma bilan yuviladi, keyin maxsus qoshiqcha yordamida singan 
suyak  va  tog’ay  parchalari  olib  tashlanadi,  yumshoq  to’qima  esa  qoldiriladi. 
Bemorga qoqsholga qarshi anatoksin (emlangan bemorga - 0,5 ml, emlanmaganga 
-  1  ml  dan  teri  ostiga),  teri  ichi  sinamasidan  so’ng  -  Bezredko  usuli  bo’yicha 
qoqsholga qarshi qon zardobi (3000 ME) yuboriladi. Hayvon burun sohasini tish-
laganda birinchi tibbiy yordamdan so’ng bemor quturish kasalligiga qarshi  emla-
nadi. Birlamchi chok jarohatdan 1 sutka o’tgandan so’ng qo’yiladi. 
  Odatda  singan  burun  suyaklari  o’z  joyiga  o’rnatilgandan  so’ng  burundan  qon 
oqishi  o’z-o’zidan  to’xtaydi.  Aksariyat  hollarda  ilgaksimon  old  burun  tampon-
adasi, ba'zan orqa tamponada bajariladi. Tamponada har 24 - 48 soatda almashtiri-
ladi.  Bolalarga  odatda  elastik  tamponada  qo’yiladi.  Jarohatlangan  burun  terisida 
qontalashlarni  va  yumshoq  to’qima  shishini  kamaytirish  maqsadida  5-6  soat 
davomida burun tersi ustiga muz parchalari qo’yiladi. 
    Burun  suyaklari  sinib,  o’z  joyidan  siljiganda  hamda  tashqi  kosmetik  nuqson 
paydo bo’lganda burun suyaklari va burun yondosh bo’shliqlari devorlarining re-
pozitsiyasi  (o’z  joyiga  o’rnatish)  va  suyak  parchalarini  ichki    yoki  tashqi 
fiksatsiyasi amali asosiy davolash usuli hisoblanadi. Suyak parchalarini o’z joyiga 
o’rnatish  muhim  kosmetik  ahamiyatga ega. Jarohatning birinchi kuni bajarilgan 
repozitsiya eng optimal usul deb tan olingan, lekin bosh miya, kalla ichining og’ir 
asoratlarida uni jarohatdan so’nggi 3 hafta davomida bajarsa bo’ladi. 
     Bemor kursida o’tirgan holatida burun bo’shlig’i mahalliy  (shilliq pardaga 10% 
lidokain, 2% dikain, 5% kokainni surtish yoki singan maydonga 1% novokain, 2% 
lidokain eritmalari yuborish) va infil'tratsiya  usulida og’riqsizlantiriladi. 
     Barmoq  yordamida  bajarilgan  repozitsiya.  Tashqi  burun  chap  tomonga 
siljiganda o’ng qo’lning bosh barmog’i, o’ng tomonga siljiganda esa chap qo’lning 
bosh  barmog’i  bilan  umumiy  og’riqsizlantirish  ostida  repozitsiya  qilinadi.  Suyak 
parchalari o’z joyiga tushganda o’ziga xos qirsillash tovushi eshitiladi. 
     Yu.N.Volkov  burun  elevatori  yordamida  bajarilgan  repozitsiya  ham  mahalliy 
yoki  umumiy  og’riqsizlantirish  ostida  bajariladi.  Bunda  o’ng  burun  elevatori  bu-
running  o’ng  tomoniga,  chap  burun  elevatori  -  uning  chap  tomoniga  ma'lum 
chuqurlikka kiritiladi. Elevatorning uchi oldinga va yuqoriga yo’naltirilgan traksi-
ya harakati bilan  burunning singan, cho’kkan suyaklari o’z joyiga o’rnatiladi. 
     Suyaklarni barmoq va asbob yordamida o’z joyiga o’rnatish usuli singan suyak 
parchalari orqaga va yon tomonga siljiganda qo’llanadi. Bunda bir vaqtning o’zida 
elevator yordamida oldinga traksiya bajariladi, bosh barmoq yordamida esa singan 
suyaklar o’z joyiga qo’yiladi. 

        
     Elevator  bo’lmagan  hollarda  repozitsiya  muolajasi  uchi  steril  paxta  bilan 
o’ralgan  yoki  rezina  qo’lqop  barmog’i  kiydirlgan  pinset  yoki  qisqich  yordamida 
bajariladi. 
     Burun  suyaklari  o’z  joyiga  o’rnatilgandan  so’ng  singan  suyak  parchalarini 
kerakli  holatda  ushlab  turish  kerak  bo’ladi.  Mahalliy  og’riqsizlantirishdan  so’ng 
burunning yuqori va o’rta yo’lida eritilgan parafinga (harorati 50-54ºC) shimdiril-
gan  doka pilikcha bilan tampon  qo’yiladi,  parafin  qisqa  vaqt ichida sovib,  burun 
suyaklarini to’g’ri holatda ushlab turadi, bunda bemor burunning pastki qismi or-
qali nafas oladi. Parafinli tampon 7 kundan so’ng chiqarib olinadi, ba'zan u burun 
bo’shlig’ida 12 kunga qoldirilishi mumkin. 
     Anamnez  ma'lumotlari  va  ob'ektiv  tekshiruvlar  asosida  bemorga  bosh  miya 
chayqalishining  II-III  darajasi  tashxisi  (bosh  og’rig’i,  ko’ngil  aynishi,  qusish, 
holsizlik,  nevrologik  belgilar)  qo’yilganda  burun  suyaklari  repozitsiyasi  keyingi 
kunlarga  (5-6 kundan so’ng) qoldiriladi. 
     Burunning  jarohatdan  so’nggi  ayrim  og’ir  nuqsonlari  kasalxona  sharoitida  jar-
rohlik    (kosmetik,  plastik,  estetik)  usulida  davolanadi.  Tashqi  burun  shaklining 
buzilishi  burun  to’sig’i  qiyshiqligi,  burun  orqali  nafas  olishning  buzilishi  bilan 
kechgan xollarda rinoseptoplastika jarohlik amali bajariladi. Bunday jarrohlik ama-
li  umumiy  og’riqsizlantirish  ostida  bajariladi.  Birinchi  bosqichda  burun  orqali 
nafas  olishni  tiklash,  ya'ni  septoplastika  bajariladi.  Ikkinchi  bosqichda  esa  tashqi 
burunning  kosmetik  nuqsonini  bartaraf  etish  amali  bajariladi.  Tashqi  burunda 
o’tkaziladigan  plastik  operatsiyalar  ochiq  yoki  yopiq  usulda  bajariladi.  Nuqsonni 
bartaraf etish uchun turli materiallardan tayyorlangan implantantlar ( autotog’aylar, 
konservlangan tog’aylar, polimer materiallar,silikon va boshq.) ishlatiladi. 
     Yuqori  jag’  bo’shlig’i  devorlarining  (ko’pincha  old  devori)  sinishi  suyak  par-
chalarining  botishi,  bo’shliq  ichiga  qon  quyilishi,  ko’z  kosasi  devori  va  yonoq 
 
1.62 rasm. Burun suyaklarini to’g’irlash. 
1- Asbob yordamida to’g’irlash; 
2- Barmoq bilan to’g’irlash. 

suyagining  sinishi  bilan  birga  kechadi.  Bu  holda  jarrohlik  amalida  kosmetik 
nuqsonni  bartaraf  etish  bilan  birga  pastki  burun  chig’anog’i  ostida  burun 
bo’shlig’iga  ochilgan  yo’l  xosil  qilinadi.  Yuqori  jag’  bo’shlig’i  ichidagi  qonning 
bir qismi so’rilib ketadi, boshqa qismixilpillovchi epiteliy tufayli chiqariladi. Am-
mo  jarohatdan  so’nggi  3-4  kun  davomida  bemorda  yallig’lanishga  xos  belgilar 
paydo bo’lsa (bo’shliq sohasining shishi va infil'tratsiyasi, og’riq, tana haroratining 
ko’tarilishi), unda yuqori jag’ bo’shlig’i pastki burun yo’li orqali teshilib, antisep-
tik va antibiotik eritmalar bilan yuviladi. 
      Peshona  bo’shlig’i  devorlarining  sinishi  suyak  bo’laklarini  bo’shliq  ichiga 
botishi, bo’shliq kanali faoliyatining buzilishi bilan kechganda bo’shliq old devo-
rini o’z joyiga o’rnatish va peshona-burun bo’shlig’i orasida sun’iy yo’l xosil qi-
lish jarrohlik amali bajariladi. Bo’shliq ichiga B.S.Preobrajenskiy bo’yicha drenaj 
naychasi o’rnatiladi (diametri 0,6-0,8 sm rezina naycha peshona bo’shlig’ini burun 
bo’shlig’iga ulab turadi) va 3 haftaga yostiqcha yordamida jarohat yonidagi teriga 
fiksatsiya qilinadi. Peshona bo’shlig’ining orqa devori ko’zdan kechirilib, zond bi-
lan  tekshirilgandan  so’ng  bo’shliqning  orqa  devori  singan  bemorda  neyrojarroh 
ishtirokida  bosh  miya’ning  qattiq  pardasi  ochilib  taftish  qilinadi,  suqilgan  suyak-
chalar, yiritilgan qattiq parda tikiladi. 
     Burnidan  orqa  miya  suyuqligi  oqayotgan  bemor  yarim  o’troq  holatda  yotqizi-
ladi, unga    bosh  miya  suyuqligi  bosimini  tushiruvchi  dori  vositalari  (tomir  ichiga 
40% glyukoza, kal'siy xlorid va natriy xloridning gipertonik eritmalari, laziks, di-
akarb), tinchlantiruvchi dorilar seduksen, relanium, 20% oksibutrat  natriy buyuri-
ladi,  suyuqlik  ichish  man  etiladi.  Konservativ  davolash  yaxshi  natija  bermaganda 
jarrohlik amali, ya'ni yuqori yoki o’rta burun chig’anoqlning shilliq pardasini ish-
latgan  holda  nuqson  plastikasi  bajariladi.  Jarrohlik  amalida  endoskop  va 
mikroasboblardan  foydalaniladi.  Ba'zan  jarrohlik  amali  kalla  suyagining    o’rta 
chuqurchasi orqali  bajariladi. 
     Aralash  jarohatlarda  bemorga  og’riqsizlantiruvchi  (baralgin,  maksigan,  tramal 
va boshk.), tinchlantiruvchi dori vositalar (tazepam, fenobarbital, seduksin, relani-
um, 20 % oksibutrat natriya va boshq.) tavsiya qilinadi. Jarohat maydonining yal-
lig’lanishini oldini olish  maqsadida umumiy va mahalliy yallig’lanishga qarshi do-
rilar  (antibiotiklar,  sul'fanilamidlar)  buyuriladi.  Ikkilamchi  asoratlarni  oldini  olish 
maqsadida  bemorga  desensibilizatsiya,  dezintoksikatsiya,  gemostatik  va  simp-
tomatik terapiya tadbirlari o’tkaziladi. 
 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin