Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8.
 
DAKRIOTSISTIT. 
Umumiy ko’z kasalliklarining ichida dakriotsistit 2% dan 7,67% ni  tashkil 
etadi. Boshqa olimlarning fikricha ambulator ko’z kasalliklar ichida 9,2% ni va 
statsionar kasalliklar ichida  6,8% ni  tashkil etadi (Cherkunov B.F., 2001). 
Ko’z  yosh  qopi  to’g’ridan  to’g’ri  burun  ko’z  yosh  kanaliga  davom  etadi, 
shuning uchun shu sohadagi yallig’lanish kasallikka taa’luqli hisoblanadi. 
Dakriotsistit- ko’z yosh qopining yallig’lanishidir. Bunda burun ko’z 
yosh  kanalining  o’tkazuvchanligini  buziladi,  natijasida  ko’z  yosh  qopida 
yoshni 
ushlanib 
qolishi 
va 
ushlanib 
qolgan 
yoshda 
turli 

mikroorganizmlarni ko’piyishiga sharoit tug’iladi. 
Yiringli  jarayonda  infektsiyani  kon’yunktival  bo’shliqqa  tushish 
manbai  bo’lib  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  ham  dakriotsistit  shox 
pardaning  yarali  kasalliklarida  va  ko’zning  ichki  jarohatli  infektsiyalarida 
asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi. 
Ayollarda dakriotsistit 6-10 marta erkaklarga nisbatan ko’p uchraydi. 
Buni  ko’z  yosh  o’tkazuvchi  yo’llarni  anatomofiziologik  o’ziga  xosligi 
bilan tushuntiriladi. 
                                       Patologik anatomiya. 
Dakriotsistit  burun  ko’z  yosh  kanalining  to’liq  yoki  qisman, 
vaqtinchalik yoki doimiy berkilib qolishi hisobiga kelib chiqadi. 
Ko’z 
yosh 
qopini 
yallig’lanishining 
boshlang’ich 
davrida 
odatdagidek  belgilar  kuzatiladi:  qon  tomirlarni  kengayishi,  tsilindrik 
hujayralarni  joylashuvining  buzilishi,  polinuklearlar  bilan  shilliq  ostini 
bo’kishi kuzatiladi. 
Burun ko’z yosh kanali toraygan yoki shish hisobiga to’liq burkilgan. 
Shu  davrda  ko’z  yosh  qopining  ichidagi  suyuqlik  xarakteri  kul  rang  tusda 
va  shilliqdan  tashkil  topgan,  epiteliy  albumin  massasi  va  kam  miqdorda 
limfotsit bilan ajrab chiqadi. 
Yiringli  dakristsistitda  shilliq  qavatini  va  epitelial  qavatni 
leykotsitlar  va  limfotsitlar  bilan  bo’kishi  kuzatiladi.  Ko’p  miqdorda  ko’z 
yosh  qopida  kuzatiladi.  Yiringli  sekretni  va  toksinlarni  ko’z  yosh  qopida 
to’planishi hisobiga epiteliyni o’zgarishi kuzatiladi, keyinchalik shilliq osti 
qavatda  ham  nekrotik  o’zgarishlar  kuzatiladi.  Bu  o’zgarishlar  ko’z  yosh 
qopining  devorida  yaralarni  hosil  bo’lishiga  olib  keladi.  Shu  nuqsonli 
joylardan infektsiyalar atrof to’qimaga  o’tib flegmonani keltirib ch iqarishi 
mumkin.  Tashqariga  yiringni  teshib  chiqishi  ko’pincha  ko’z  yosh  qopidan 
burun ko’z yosh kanaliga o’tadigan soha hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Dakreotsistitning tavsifi. 
V.G. Beloglazov bo’yicha, 1997 y. 
 
Tug’ma                                              Orttirilgan 
 
 
Asoratlanmagan 
kataral, yiringli 
 
 
Asoratlangan; 
flegmona, abstsess, 
 oqma, burun yoki ko’z kasalliklari  
bilan.  
 
 
Aralash: ko’z yosh yo’llarini 
boshqa kasalliklari bilan. 
 
                                                    
 
                                                     Yuz-jag’ sohasini 
                                                     jarohatlanishi bilan 
         
         B.F. Cherkunov bo’yicha dakriotsistitlarni klinik shakllari. 
1) O’tkir dakriotsistit 
2) Surunkali dakriotsistit; 
     A. Kataral oddiy, 
     B. Kataral ektotik, 
     V. Ko’z yosh qopining yiringli ektatik-empiemasi 
     G.  Yiringli,  flegmona  bilan  asoratlangani  (ko’z  yosh  qopining 
flegmonasi).  
     D. Stenozlangan (quruq, adgezivli) 
3) Go’daklar dakriotsistiti; 
     A. Kataral, 
     B. Ektatik, 
     V. Yiringli, 
     G. Flegmanoz. 
 

G.K. Babaxanov bo’yicha, 1998 y. 
 
I.
 
Kelib chiqishi bo’yicha. 
 
 
    Tug’ma                            Orttirilgan               Qaytalanuvchi  
 
 
       Noaniq             Jarohatdan        Tashqi DTSR        Endonazal     
    etiologiyali              keyin                 keyin              DTSR keyin  
 
 
II.
 
Kechishi bo’yicha 
 
Asoratlangan                                          Asoratlanmagan  
        1. Kataral                                                         1.Flegmona        
        2. Yiringli                                                      2.Abstsess, oqma  
                                                                                    3. Ko’z va burun 
                                                                                        asoratlari 
III.
 
Bog’liqligi bo’yicha 
 
Yuz-jag’ sohasini jarohat               Ko’z yosh o’tkazuvchi yo’llari 
   va nuqsonlari bilan                      va LOR a’zolarining boshqa  
                                                                  kasalliklari   
 
       Klinikasi.    Eng  xarakterli  belgilari  bo’lib  ko’z  yosh  oqishi   va  ko’z  yosh 
kanalchalarining teshigidan yiring chiqishi xisoblanadi. Ko’pincha ko’z ichki 
burchagida  shishni  aniqlasa  bo’ladi.  Bu  ko’z  yosh  qopining  ektaziyasi 
hisobiga kelib chiqadi. Ko’z yosh qopini kengayishi burun ko’z yosh kanalida 
uzoq vaqtdan beri shish borligidan dalolatdir, lekin ko’z yosh kanalida stenoz 
bo’lishi  shart  emas.  Kengaygan  qop  shishgan,  taranglashgan,  og’riqli, 
dumaloq  kistasimon  shaklda  ko’zning  ichki  burchagi  teri  ostida  joylashadi. 
Shishgan  sohaning  ustidagi  teri  yupqalashgan  bo’ladi.  Kengaygan  qopning 
ichidagi  suyuqlik  ko’pincha  shilliq  aralashgan  yiring  bo’ladi.  Bu  ekssudat 
infektsiya  va  toksinlar  ta’sirida  ko’z  yosh  qopidagi  qadaqsimon  hujayralarni 
ta’sirlashi natijasida  yuzaga  keladi.  Agar  ko’z  yosh  qopi barmoq  bilan bosib 
ko’rilsa ko’z yosh nuqtalaridan yiring ajrab chiqishi ko’rish mumkin bo’ladi. 
      Dakriotsistitda ko’p miqdorda ko’z yosh va yiring oqishi nafaqat noqulay 
sharoit  tug’diradi,  balki  estetik  kamchilikka  ham  sabab  bo’ladi.  Ko’z  yosh 

qopidan doimiy yiring oqib turishi surunkali kon’yunktivitga, blefaritga, shox 
pardada yara hosil bo’lishiga va qisman yoki butunlay ko’rishni yo’qolishiga 
sabab  bo’lishi  mumkin.  Uzoq  muddat  cho’zilgan  yallig’lanish  jarayoni  ko’z 
yosh  qopining  shilliq  qavatini  atrofiyasiga  olib  kelis hi  mumkin  va  natijada 
ko’z  yosh  qopi  cho’zilib,  uerda  tiiniq  suyuqlik  to’planishiga  sabab  bo’ladi.  
Surunkali  dakriotsistit  shox  pardani  yaralanishi  bilan  asoratlanishi  mumkin. 
Yallig’lanishni  atrof  to’qimadagi  kletchatkaga  tarqashi  natijasida  o’tkir 
dakriotsistitni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  O’tkir  dakriotsistitni  kechishi 
ko’pincha  qaytalanish  bilan  amalga  oshadi.  Yiringni  o’z  holicha  ochilishi 
tashqi  (yuz  sohasida)  va  ichki  (burun  bo’shlig’i  va  burun  yondosh 
bo’shliqlari)  oqmalarga  sabab  bo’ladi.  Bu  davrda  o’tkir  belgilar  tugaydi, 
dakriotsistit  surunkali  yiring  xarakteriga  ega,  oqmadan  vaqti -vaqti  bilan 
shilliq va yiring chiqib turishi mumkin.  
      Tashxis.  Bunday  bemorlarga  obektiv  tekshiruvdan  tashqari  burun 
sinamasi o’tkaziladi. Burun bo’shlig’ini endoskop bilan tekshiriladi. Rentgen 
va KT amalga oshiriladi.   
     Davolash. Dakriotsistitlar ikki xil usulda: konservativ va jarrohlik usulida 
davolanadi. 
     Konservativ  davoga  antibiotiklar,  fizioterapevtik  muolajalar,  konyulya 
orqali  antibakterial  dori  vositalari  bilan  yuvish  va  xar  xil  kolibrdagi  zondlar 
bilan  ko’z  yosh  kanallarini  zondlash  kiradi.  Lekin  davolashning 
samaradorligini ko’rcatib beradigan usul jarrohlik usulidir. 
    Jarrohlik usulida davolash ham ikki usulda amalga oshiriladi.   
    Tashqi  yo’l  usulida  jarrohlik  amaliyoti.  1994  yilda  birinchi  bo’lib 
italiyalik  vrach  Toti  tomonidan  dakriotsistitlarni  jarrohlik  amaliyotida 
davolashni tavsiya etgan. Ko’z qopiga tashqi yo’l bilan ko’z yosh qopi bilan 
burun shilliq qavatiga yo’l ochishni amalga oshirgan. Bu usulning kamchiligi 
bo’lib burun shilliq qavatiga va ko’z yosh qopiga chok qo’yilmasligi sababli 
yo’l granulyatsiya bilan to’lishi kuzatiladi (Dobromilskiy F.I., Sherbatov I.I., 
1961). Bu usulni effektivligini  yyetishmasligi va jarohatligini hisobga olinib, 
bu  usulni  bir  nechta  takomillashgan  yo’llari  ishlab  chiqildi.  Bunga  jarrohlik 
amaliyotida  ikkita  bosqich-  suyak  trepanatsiyasi  va  teshikni  shakillantirish 
qo’shildi  (Sultanov  M.Yu.,  Tagidze  N.S.,1994).  Iskana  va  bolg’achani  bosh 
miya  chayqalishi  o’tkazgan  bemorlarda  qo’llash  qarshi  ko’rsatma  bo’lib 
xizmat  qiladi.  Bu  ko’rsatma  yuqori  o’qli  miopiyalarda  va  afakiyalarda  ham 
xizmat  qiladi,  bo’lmasa  to’r  pardani  ko’chishi  kuzatilishi  mumkin 
(SHaxmalov  SH.A.,  Beloglazov  V.G.,1969.,  Volkov  V.V.,  Sultanov  M.Yu., 
1975).   
 
 

        Endonazal  dakriotsistorinostomiya.    Ko’z  yosh  kanallarini  burun  ichi 
jarrohlik  usulida  amalga  oshirish  XX  asr  boshlarida  taniqli  bo’lib  ketdi. 
Endonazal dakriotsistorinostomiyalarda haqiqiy  muovofaqiyat Vest va Poliak 
tomnidan  amalga  oshirilgan.  Ular  bir  biridan  bilmagan  holda  yangi 
printsiplarni  ishlab  chiqishga  muovofaq  bo’ldilar.  Bularni  ishi  ko’z  yosh 
qopini  burun  devorini  keng  qilib  olishdan  va  domiy  burun  bilan  ko’z  yosh 
qopiga  yo’l  ochib  qo’yishdan  iborat  bo’lgan.  Bunga  erishish  uchun  ular 
burunning shilliq qavatini bir qismini va ko’z yosh chuqurchasi suyak qismini 
ham  olib  tashlashdi.    Vest  jarrohlik  amaliyoti  quyidagi  3  ta  bosqichdan 
iborat:  burun  shilliq  qavatini  rezeksiyasi,  suyak  qismini  rezeksiyasi  va  ko’z 
yosh qopining devorini rezeksiyasidan iborat.   
      Adabiyotlarda  endonazal  dakriotsistorinostomiya  jarrohlik  amaliyotining 
samaradorligi  95,5%-  98,5%  ni  tashkil  etadi  (Bakshteyn  F.S.,  Konyuxov 
N.K., SHamxalov SH.A., Beloglazov V.G).  
      Bu  kasallikni  asosan  jarrohlik  amaliyotidan  keyin  qaytalanishi  ko’proq 
sun’iy  yasalgan  teshik  sohasini  granulyatsion  to’qima  bilan  o’sishi  va 
chandiqlanishi sabab bo’ladi. 
Jarrohlik amaliyoti 3 ta bosqichdan iborat: 
1.
 
Bosqich.  O’roqsimon  skalpel  bilan  burun  bo’shlig’i  lateral  devorining, 
ya’ni  o’rta  burun  qig’anog’ining  oldingi  qismi  va  agger  nasi  П-simon 
kesiladi.  Shu  sohaga  jarroh  infiltratsion  anesteziya  qilayotganda  “bo’shliqqa 
tushish”  hissini  his  qiladi.  Burun  to’sig’iga  ishlatiladigan  raspator  bi lan 
shilliq qavat suyakdan ko’chiriladi. Shilliq qavatdagi 10x8 mmli soha  pastga 
yoki  orqaga  loskut  uchun  surilib  saqlanib  qoldiriladi.  Burun  lateral  devorida 
yuqori jag’ suyagining peshona o’simtasi va ko’z yosh suyagigacha ochiladi. 
Ko’z  yosh  chuqurchasiga  to’g’ri  mo’ljal  olib  Bauman  to’mtoq  zondi  bilan 
ko’z  yosh  qopini  zondlanganda  lateral  devorda  ko’z  yosh  suyaklarini 
harakatini  ko’rish  mumkin.  SHundan  so’ng  kpastki  ko’z  yosh  nuqtasi  orqali 
kanalcha zondlanadi.   
2.
 
Bosqich.  Ko’z  yosh  qopini  taxminan  aniqlab  olinganidan  so’ng 
stomatologik bor mashina bilan ko’z yosh suyagi va yuqori jag’ning peshona 
o’sig’i  teshladi.  Ko’z  chuqurchasining  kattaligi  taxminan  12  mm  ga  teng. 
Ko’z  yosh  kopining  pastki  qisminig  suyak  qismida  8x10  mmli  suniy  teshik 
shakllantiriladi. 
3.
 
Bosqich. Baumen zondini yuqorigi va pastki ko’z yosh nuqtalari orqali 
ko’z  yosh  qopiga  olib  borish  kerak.  Zondning  uchi  ko’z  yosh  qopiga  etib 
borgani  burun  lateral  devoridan  ko’z  yosh  qopi  bo’rtib  chiqadi.  Bu  sohada 
ko’z  yosh  qopi  o’roqsimon  skalpel  bilan  П-simon  kesilib,  kesmaning  asosi 
suyak  qismiga  qaragan  bo’lishi  kerak.  Pastki  ko’z  yosh  nuqta  orqali  ko’z 
yosh  yo’llari  to’mtoq  ko’z  ignasi  bilan  yuviladi.  U  erdagi  suyuqlik  yuvib 
chiqariladi.    Eng  muhim  jarayon  bo’lib  ko’z  yosh  yo’lining  plastikasi 

hisoblanadi.  Burun  shilliq  qavati  loskuti  bilan  ko’zning  orqa  suyak  qismi 
berkitiladi,  uni  ko’z  yosh  qopi  sohasiga  yo’naltiriladi,  ko’z  yosh  qopining 
loskuti  esa  burun  kirish  qismiga  qarab  yo’naltiriladi,  yo’lning  oldingi  suyak 
qismi yopiladi. 
     Jarrohlik  amaliyoti  pastki  ko’z  yosh  kanal  orqali  kateter  yoki  leska 
yordamida bujlash bilan tugatiladi. Bujlash 7 -10 sutka ushlanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
 
«Bolezni uxa, gorla i nosa», V.T. Palchun, N.A.Preobrajenskiy, M., Medistina, 1980g.  
2.
 
«Bolalar otorinolaringologiyasi», A.Dadamuxammedov,SH. Omonov, Toshkent 2005. 
3.
 
«Otorinolaringologiya», V.T. Palchun, A.I. Kryukov, Moskva, «Litera»,1997g. 
4.
 
«Otoinolaringologiya»,  V.T.  Palchun,  M.M.  Magomedov,  L.A.  Luchixin,      Moskva, 
«GEOTAR-Media», 2008 g. 
5.
 
«Otorinolaringologiya rukovodstvo», V.I. Babiyak, M.I. Govorun, YA.A. Nakatis, Sankt-
Peterburg,  2009 g. 
6.
 
.«Otorinolaringologiya  dlya  medistinskix  vuzov»,  Ovchinnikov  V.O.,  M.,  Medis-
tina,1997g. 
7.
 
«Prakticheskaya otorinolaringologiya», Xodjaeva K.A., Tashkent, 2005g 
8.
 
«Neotlojnaya pomoщ v otorinolaringologii», M.A.SHuster, V.O.Kalina, F.I.CHumakov, 
M., Medistina, 1989g. 
9.
 
«Skoraya  i  neotlojnaya  pomoщ  v  otorinolaringologii»,  D.I.Tarasov,  A.X.Minkovskiy, 
G.V.Nazarova, M., Medistina, 1977g. 
10.
 
«Atlas po operativnoy otorinolaringologii», pod redakstiey V.S.Pogosova, M., Medistina, 
1983g. 
11.
 
«Professionalnыe  zabolevaniya  LOR  organov»,  V.E.Ostapkovich,  A.V.Brofman,  M., 
Medistina, 1982g. 
12.
 
«Otonevrologicheskie  simptomы  i  sindromы»,  N.S.Blagoveщenskaya,  M.,  Medistina, 
1981g. 
13.
 
«Lekstii po otorinolaringologii», Soldatov I.B., M., Medistina, 1990g.  
14.
 
«Lekarstvennaya terapiya zabolevaniy uxa, gorla i nosa», Franstuzov B.L.,  
Franstu-
zova S.B., Kiev, 1988g. 
15.
 
«Detskaya otorinolaringologiya», Yu.B.Isxaki, L.I.Kalshteyn, Dushanbe, Maoraf, 1977g. 
16.
 
«Opuxoli  LOR  organov»,  A.V.Kozlova,  V.O.Kalina,  Yu.L.Gamburg,  M.,  Medistina, 
1979g. 
17.
 
«Otorinolaringologicheskiy atlas», V.A.Gapanovich, V.M.Aleksandrov, Minsk, 1989g. 
18.
 
«Spravochnik otorinolaringologa», SHevrыgin B.V., M., Medistina, 1996g. 
19.
 
«Klinicheskaya otorinolaringologiya». Uchebnoe posobie. N.V.Mishenkin, A.I.Drachuk, 
L.I.Ivanova, Yu.M.Dashkevich, A.L.Noskov, M.P.Lisovskaya, Omsk, 1990g. 
20.
 
«Situastionnыe zadachi  po otorinolaringologii», pod redakstiey M.S. Plujnikova, Sankt-
Peterburg, 1998g. 
21.
 
«Detskaya otorinolaringologiya», B.V.SHevrыgin, M., Medistina,1996g. 
22.
 
«Rukovodstvo po otorinolaringologii», I.B.Soldatov, M., Medistina,1997g. 
23.
 
«Otorinolaringologiya  dlya  vrachey  obщey  praktiki»,  V.V.Diskalenko,  G.V.Lavrenova, 
E.Yu.Gluxova (pod redakstiey M.S.Plujnikova), SPb, Manuskript, 1997g. 
24.
 
 «Bolalar otorinolaringologiyasi» A.Dadamuxammedov, M Mirzarasulov. Tashkent 1999. 
25.
 
«Bolezni uxa, gorla i nosa» atlas V.T.Palchun, Moskva 1991 
26.
 
«Quloq, tomoq va burun kasalliklari» A.I.Muminov. Toshkent 1994 
27.
 
«Quloq, tomoq va burun kasalliklari» S.A.Xasanov, N.X.Voxidov, Toshkent 2008  
28.
 
«Medistinskiy  jurnal  Uzbekistana»,  periodicheskiy  nauchno-populyarnыy  jurnal,  Tash-
kent. 
29.
 
«Stomatologiya», periodicheskiy nauchno-populyarnыy jurnal, Tashkent 
30.
 
«Diseases of the Ear, Nose and Throat», P.D. Bull, Blackwell Science, 1996. 

31.
 
«Hall & Colman’s Diseases of the Ear, Nose and Throat», Martin Burton, Churchill Liv-
ingstone, 2000  
32.
 
 
33.
 
 «Diagnostic picture tests in Ear. Nose & Throat», T.R. Bull, Wolfe medical publication 
LTD, 1990 
34.
 
«Ear, Nose and Throat. Head and Neck Surgery», R.S. Dhillon, C.A. East, Churchill Liv-
ingstone, 1994  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin