Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


rasm. Miya’ni peshona bo’lagini rinogen abssessi. MRT



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

1.83 rasm. Miya’ni peshona bo’lagini rinogen abssessi. MRT. 

qusish, ich qotish, ozini yomon his etish, subfebril harorat. Teri qoplamini oqarishi, 
charchoqli  ko’rinish,  yuzda  azob  chekayotganlik  belgisi,  uyquvsizlik,  anoreksiya 
kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Meningial belgilar xarakterli hisoblanmaydi. 
2.
 
Latent  bosqichi-  bir  nechi  hafta  davom  etib,  infeksiya  bu  bosqichda  asta 
sekinlik  bilan  miya  moddasiga  kirishni  boshlaydi.  Kasallikni  subektiv  belgilari 
ko’pincha aniqlanmaydi. Umumiy miya belgilari aniqlanadi. Gohida bosh og’rig’i, 
kayfiyatni tushishi, ishtahani yo’qolishi kuzatiladi. Tana harorati va gemogramma 
o’zgarishsiz bo’ladi. 
3.
 
Ayon  bosqichi-  sekin-astalik  yoki  to’satdan  boshlanishi  mumkin.  1-3  hafta 
davom etishi mumkin, klinikasi ma’lumotlarga boyroq davr hisoblanadi. Bemorda 
umumiy,  umumiy  miya  va  o’choqli  belgilar,  orqa  miya  suyuqligi  o’zgarishlar 
rivojlanadi.  Bosh  miya’ni  peshona  bo’lagini  abssessni  asosiy  belgilari-  ruhiyatni 
buzilishi, vegetativ- vistseral buzulishlar hisoblanadi. Gohida hotirani buzilishi, es- 
xushi o’zgaruvchan bo’lishi, o’zini boshqarish noadekvat, eyforiya, kuluvchan, gi-
pokinez  (harakat  aktivligi  susayadi)  holatlari  aniqlanadi.  Tushkinlik  holati, sekin-
lashish, karaxtlik, bulimiya (ishtahani juda yuqori bo’lishi), tajavuzkorlikni yuqori 
bo’lishi, yutish va so’rish reflekslarini paydo bo’lishi, harorat yuqori bo’lishi, kalla 
ichi  gipertenziyasi  natijada  miya  to’qimasini  shishi  holatlari  aniqlanadi.  Peshona 
sohasida  chidab  bo’lmaydigan  va  ko’z  kosasini  tubida    perkussiyadan  keyin 
kuchayadigan va hech qanday analgetiklar bilan qoldirib bo’lmaydigan og’riq be-
zovta  qilishni  bo’shliydi.  Bradikardiya  absolyut  yoki  nisbatan  (haroratga  bog’liq 
bo’lmagan) bo’ladi. Bundan tashqari ko’z tubida dimlanish belgisi paydo bo’ladi, 
ko’rish qobiliyati pasayadi. 
      O’choqli belgilardan quyidagilar rivojlanadi: 
-
 
Yuz mushagini tortilib qolishi va qarama- qarshi tomonga falaji rivojlanadi, 
“ bemor zararlangan tomonga qaraydi”. 
-
 
Gemianopsiya  (qarama-  qarshi  tomonda  ko’rish  maydonini  yarmini  tushib 
qolishi aniqlanadi); 
-
 
Yuz nervini mimik jalaji
-
 
Peshona  ataksiyasi  (turib  yurish  qobilyatiga  ega  bo’lmaydi,  tanani  qarama- 
qarsh tomonga og’ishi); 
-
 
Peshona apraksiyasi (maqsadli va tugallanmagan harakatni buzilishi); 
-
 
Motor  afaziya, bemor  nutqni  tushinsa ham, lablari va  til bilan  harakat  qilib 
gapira olmaydi (chap peshona bo’lagini abssessi bo’lganida); 
-
 
Aleksiya (o’qish qobiliyatini yo’qolishi); 
-
 
Agrafiya (o’qish qobiliyatini yo’qolishi); 
-
 
Doimiy bo’lmagan tonik-klonik talvasalar kuzatiladi; 
-
 
Es- xushni qisqa muddatga yo’qolishi kuzatiladi; 
     O’choqli belgilari unchalik ham namoyon bo’lmaydi. 

4.
 
Termonal  bosqich.  Bir  necha  soatdan  bir  necha  kungacha  davom  etishi 
mumkin.  Sybratentorial  abssesslarda  yiring  miya’ni  qorinchalariga  quyilsa  yoki 
subaraxnoidal  abssess  ventrikulit  va  meningoensifalit  fonida  yuzaga  kelsa  o’lim 
holati  yuzaga  keladi.  Klinika  yashin  tezligida  meningit  klinikasi  bilan  qo’shilib 
shakllanadi. Davolash bu bosqichda kechiktirilgan va samarasiz bo’ladi. 
      Tashxis.  O’ziga  xos  shikoyatlar,  kasallikni  boshlanish,  klinik  va  nevrologik 
belgilar,  KT  va  MRT  tekshiruvlari,  orqa  miya  punksiyasi  natijalari  asosida 
qo’yiladi.  Orqa  miya  suyuqligi  bosim  bilan    tez  oqadi,  unda  oqsil-hujayra 
dissotsiatsiyasi,  leykositlar,  xloridlar,  qand  miqdorini  oshishi  qayd  etiladi. 
Bemorda  bosh  miya  transtektorial  yoki  chakka  bo’lagi  jarohati    bo’lishi 
mumkinligini esda tutish lozim! (1.84 rasm) 
Tashxis  qo’yish  uchun  ba'zan  burun  yondosh  bo’shliqlari  ochilganda  bosh  miya 
old chuqurchasi teshib ko’riladi. 
     Davolash.  Rinogen  bosh  miya  abssessida  yallig’langan  burun  yondosh 
bo’shlig’ida zudlik bilan jarrohlik amali bajarilib, bosh miyaga yaqin suyak devori 
olib tashlanadi va bosh miya teshib ko’riladi. Yiringli o’choq peshona bo’shlig’ida 
joylashganda,  peshona  bo’shlig’i  ochilib,  peshona  bo’shlig’i  orqa  devorining 
dekompressiyali  trepanatsiya  jarrohlik  amali  bajariladi.  Bosh  miya  qattiq 
pardasining  yuzi  ochilganda  quyidagilarga  e'tibor  berish  talab  etiladi:  uning 
rangiga,  qalinligiga,  fibroz  qarashlar  va  yallig’lanish  o’smalari  borligiga.    Bosh 
miya  qattiq  pardasi  kerakli  maydonga  yodning  spirtli  eritmasi  bilan  surtilgandan 
so’ng,  maxsus  yo’g’on  o’tmas  igna  yordamida    parda  teshiladi  (ignani  3-4  sm 
chuqurlikgacha  kiritish  mumkin).  Bosh  miya  abssessining  joyi  aniqlangandan 
so’ng  jarohat  maydoni  igna  bo’ylab  kengaytiriladi  va  abssess  bo’shlig’iga  teflon 
naycha  drenaji  o’rnatiladi  (ikki  bukib,  bukilgan  joydan  kesib,teshik  xosil  qilinadi 
va abssess bo’shlig’iga joylashtiriladi). Naychani tashqi teshigi orqali bo’shliq ichi 
dori vositalari bilan yuviladi.  
      Bosh miya abssessini ochish jarrohlik amali neyrojarroh  ishtirokida bajariladi. 
Abssess  maydoni  ochilgandan  so’ng  u  antibiotik  eritmasi  bilan  yuviladi,  jarohat 
maydoniga  0,2  g  eritromitsin  emulsiyasi  yuboriladi,  keyin  drenaj  o’rnatiladi. 
Abssess 
maydonini 
aniqlash 
maqsadida 
qo’shimcha 
tekshiruvlar 
(elektroensefalografiya, 
exoensefalografiya, 
 
komp'yuterli 
 
tomografiya, 
angiografiya) bajariladi. Hozirgi kunda bosh miya abssessi ko’pincha trepanatsiya 
teshigi orqali qobig’i bilan birga olib tashlanadi. 
Jarrrohlik amalidan keyin jonlantirish bo’limida davolanadi, yallig’lanishga qarshi, 
antibakterial,  detok-sikatsiya  va  degidratatsiya,  dezintoksikatsiya,  simptomatik 
davo tadbirlari olib boriladi. 

 
 
 
6.6.
 
G’orsimon sinus trombozi. 
     Rinogen  g’orsimon  sinus  trombozi-  bosh  miya  qattiq  pardasining  g’orsimon 
sinus  devorining  yallig’lanishi  natijasida  dastlab  sinus  devorlarida  tromb  xosil 
bo’lib, sinus bo’shlig’i yopilib qoladi. 
Bosh miyaga infeksiya qiyidagi yo’llar orqali o’tishi mumkin: 
-
 
Kontakt  yo’l  orqali-  povasimon  bo’shliqni  va  g’alvirsimon  bo’shliqni  orqa 
hujayralarining empiemasida osteomielitik jarayon rivojlanadi. 
-
 
Gematogen  yo’l  orqali-  burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlarining  yuqori 
qismidan ko’p  miqroddagi venalar  orqali jarayon  g’ovaksimon  va kam  miqdorda 
1.84 rasm. Bosh miya’ning peshona bo’lagini abssessi. Sfenoidit. KT. 

yuqori  sagittal  sinuslarga  o’tib,  boshqa  venoz  qon  tomirlarni  flebit  bo’lib  davom 
etishiga sabab bo’ladi. 
-
 
Aralash.   
    G’ovaksimon  sinusda  tromb  rivojlanishi  natijasida  uning  ichki  bo’shlig’i  bi-
riktiruvchi  to’qima  bilan  to’lishni  boshlaydi.  Bu  esa  qon  oqimini  sekinlashuviga 
olib keladi.  
    Burun furunkulida va yiringli gaymoritda; jarayonning xuruj davrida yuqori jag’ 
bo’shlig’ini  asoratli  punksiyalarida;  kam  hollarda  o’tkir  sinusitlarda  venal  orqali  
g’ovaksimon  sinusga  infeksiya  kirishi  mumkin.  Gohida  g’ovaksimon  sinusning 
trombozi  etmoiditdan  keyin  ham  rivojlanishi  mumkin.  Klinik  namoyon  bo’lishi 
ko’z kosasini abssessini eslatadi, faraq bunda boshqa ko’z kosasi ham zararlanadi, 
to’z  parda  venalari  qon  bilan  to’lgan  bo’ladi,  bemorni  ahvoli  juda  og’ir  bo’ladi. 
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi kunda kasallikni klassik klinik kechishi kam 
uchraydi, buni antibiotikoterapiya bilan bog’lash mumkin. 
      Klinikasi.  Klinik  namayon  bo’lishida  infeksion,  distsirkulyator  va  nevrologik 
sindromlar asosiy o’rin tutadi. 
-
 
Mahalliy belgilari.  
Kasallikni  mahalliy  belgilari  ko’z  kosasi  venalaridan  g’ovaksimon  sinusga  qon 
oqib  kelishini  buzilishiga  bog’liq  bo’ladi.  Shu  maqsadda  bemorda  konyunktivani 
shishi va qizarishi (xemoz), ekzoftal’m, ko’z olmasini harakatini chegaralanishi va 
ko’z mushaklarini falaji, ko’ruv nervi diskini dimlanishi, to’r parda qon bilan to’lib 
va  venalari kengayadi, ko’rish  qobiliyatini  pasayishi, g’ovaksimon  sinusni  chega-
ralab  turuvchi  III,  IV,  VI  juft  nervlarni  va  uch  shoxli  nervni  falaji  aniqlanadi. 
Gohida ikki tomonlama total oftal’moplegiya kuzatiladi. Ko’z qovog’ini, peshona 
va burun qanotlarining yupqa terisidan kengaygan, taranglashgan, og’riqli venalar 
to’ri aniqlanadi (1.85 rasm).  
-
 
Umumiy septik belgilar. 
Giperkoagulyasiya va fibrinolitik aktivlikni pasayishi fonida, ma’lum bir darajada 
zaxarlanish  va  tromblarni  proteolizi  natijasida  mikroorganizmlarni  metabolitik 
mahsulotlarini  qonga  so’lishi  septik  simptomokompleks  rivojlanishiga  sabab 
bo’ladi.  

 
 
 
 
-
 
Miya belgilari. 
   Miya  belgilari  kalla  ichi  gipertenziyasi  va  septikopiemiya  hisobiga  rivojlanadi. 
Bemorlarning asosiy shikoyatlari- kuchli tarqoq og’riqqa, ko’z kosasiga ko’pincha 
og’irlik bilan, sanchuvchi, pulsatsiyali og’riq tarqalishiga bo’ladi.  
   Septikopiyemiyada  bezgak  qaytalanadi,  istma  intermittir  shaklida  (haroratni 
to’satdan yuqoriga ko’tarilishi va keyinchalik uni pasayishi), ko’p miqdorda terlash 
(3 soatlik termometriyada 2-3ºC ga farq qiladi) kuzatiladi. Kalla ichi gipertenziyasi 
va  meningeal  belgilar  rivojlanadi.  Bemorni  umumiy  ahvoli  juda  og’irligi  sepsis, 
meningit va mahalliy belgilarga bog’liq bo’ladi. 
   O’tkir frontitda bosh venalarini kengayishi bilan yuqrori sagittal sinusni trombozi 
rivojlanadi.  Bunda  burun,  qo’voalarning,  kallaning  peshona  va  tepa  qismlarining 
yumshoq  to’qimalarini  shishi,  septik  va  meningeal  holatlarda  toniko-klobik  tal-
vasalar, boshning tepa qismida subperiostal abssess rivojlanadi.  
    Gemogrammada  o’tkir  yallig’lanish  belgilari  namoyon  bo’ladi.  Leykositar  for-
mula  chapga  siljigan,  hatto  yosh  hujayralargacha,  anizositoz,  poykilositoz  kuza-
tiladi.  Rinoskopiyada  va  rentgenografiyada  burun  yondosh  bo’shliqlarida  yal-
lig’lanish aniqlanadi. Jarayon boshqa sohaga ham o’tishi mumkin.  
      Meningial belgilar rivojlanadi. 
1.85 rasm. G’ovaksimon sinusning rinogen trombozida yuz terisini 
venalarini kengayishi. 

      Orqa  miya  punksiyasida  yiring  aniqlanadi,  lekin  orqa  miya  suyuqligi 
o’zgarishsiz  bo’ladi.  Tashxis  kechiktirilsa  va  mos  kelmaydigan  davo  tadbirlari 
o’tkazilsa bemor bir necha kunda nobud bo’lishi mumkin. 
      G’orsimon  sinusni  tromboflebiti  yengilroq  o’tadi,  septikopiemiyasiz  kechadi. 
Bir tomonlama  ko’zni  harakatlantiruvchi  nervni  zararlanishi  aniqlanadi va bemor 
ko’pincha to’liq tuzalib ketadi.  
      G’orsimon sinusni trombozida boshqa sohalarda yiringli o’choqlar rivojlanadi, 
birinchilar  qatordan  septik  pnevmoniya,  meningit,  keyinchalik  kalla  ichiga, 
buyrakka,  jigarga,  o’pkaga,  bosh  terisiga,  halqum  ortiga,  quloqqa  yiringli 
o’choqlarni metastazi aniqlanadi. Septik embol ichki buyunturuq, yuqori yarim ve-
na,  yurakning  o’ng  bo’lagiga  va  kichik  qon  aylanishni  kapillyarlariga  tarqashi 
mumkin.  
      Tashxis.  G’ovaksimon  sinus  trombozi  yoki  tromboflebiti  tashxisi  klinik 
ma’lumotlarga  va  birinchi  navbatda  septik  holatga,  meningit  belgilariga  va  bosh 
miya nervlarining zararlanish belgilariga asoslanib qo’yiladi.  
      Tashxisda birinchi navbatda- miya simptomatikasi, nevrologik, otonevrologik, 
oftolmologik,  rentgenografik  tekshiruvlar  va  MNS  ni  chegaralangan  nevrologik 
belgilarni aniqlanishi, ko’z tubidagi o’zgarishlar, anamnezni chuqur o’rganilish bi-
lan bir qatorda orqa miya suyuqligini tekshiruvi, LOR tekshiruvi xulosalari, burun 
yondosh  bo’shliqlarini,  hatto  ponasimon  bo’shlig’ining  zararlanishidagi  og’ir  be-
morlardagi rinoskopik belgilar to’g’ri tashxis qo’yishga sabab bo’lishi mumkin. 
     Davolash.  Agar  tromb  yuqori  sagittal  sinusda  joylashgan  bo’lsa, u  ochiladi  va 
tromb olib tashlanadi. Qon to’xtatish uchun tampon sinus bilan suyak orasiga tiqi-
ladi.  
     G’orsimon sinus trombozinda sinus o’ziga xos topografik joylashganligi uchun 
jarrohlik  yondoshuvi  mumkin  emas  va  jarrohlik  amaliyoti  burun  yondosh 
bo’shliqlarini birlamchi yiringli o’choqni eliminasiya va ishonchli drenaj qilish bi-
lan tugatiladi.     
    Keng  ta’sir  doirasiga  ega  bo’lgan  optimal  dozali  antibiotiklar  yuboriladi.  Og’ir 
holatlarda rinogen meningit qo’shilgan mahal endolyumbal dori vositalari yubori-
ladi.  
    Dezintoksikasiyon  davolash  maqsadida  hozirgi  kunda  ekstrakorporal  detoksi-
kasiya  (plazmaferez,  autoqonni  UFN  nurlantirish,  qonni  gemosorbsiyasi,  GBO) 
usulini qo’llash yaxshi samara bermoqda. 
    Degidratasiya  esa  magniy  sulfatni  mushak  orasiga  yuborishdan,  diuretiklarni, 
40% li glyukozani tomir ichiga yuborishdan iborat bo’ladi. 
    Giposensibilizatsiyalovchi, umumiy quvvatlovchi va immunoterapiya ( antistafi-
lokokkli  plazma,  gamma  globulin,  zardobli  poliglobulin,  stafilokokk  anatoksini) 
davo muolajalarini amalga oshirish kerak bo’ladi. 

    G’ovaksimon  va  yuqori  sagittal  sinuslarni  kompleks  davolashda  bevosita  ta’sir 
etuvchi (geparin) va bilvosita ta’sir etuvchi (dikumarin, nitrofarsin, sinkumar, feni-
lin)  antikoagulyantlar  ishlatiladi.  Antikoagulyantlar  bilan  davolash,  avval  ularni 
miqdori  kamaytirilib,  davomiyligi  uzaytiriladi,  bu  dori  vositalarini  birdaniga 
to’xtatib  qo’yish  protrombinni  konsentrasiyasini  oshirib  trombinni  ko’z  xosil 
bo’lishiga olib keladi. 
     Agar tromboz burun chipqonida rivojlangan bo’lsa, unda bemorga konservativ  
davolash  tadbirlari  o’tkaziladi.  Unga  antibiotiklar  (ampitsillin,  amoksiklav, 
zinotsef,  klaferon,  rotsefin,  moksipim    mushak  orasiga  yoki  tomir  ichiga  )  bilan 
birga  antikoagulyantlar  (geparin,  fibrinogen)  buyuriladi.  Trombolizisni  te-
zlashtirish maqsadida streptokinaza yoki avelizin 250000-1500000 TB tavsiya eti-
ladi. Dorilarni  tomir ichiga yuborish  maqsadida umumiy uyqu arteriyasi yoki un-
ing shoxchalariga kateter o’rnatiladi. Tomir ichiga tomchilab 5% glyukozada  eri-
tilgan  4-5  mln  TB  ampitsillin,  1g  sigmomitsin,1g  tetraolean  10  000-15  000  TB 
geparin bilan birga yuboriladi.  
6.7.
 
Rinogen sepsis. 
       Rinogen sepsis - bu yiringli o’choqdan doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan 
mikroblarni qonga tushishi natijasida yuzaga kelgan patologik holat. Rinogen sep-
sis kam uchraydi va birlamchi yiringli o’choq burun va burun yondosh bo’shlig’ida 
joylashganligi  bilan  ajralib  turadi.  Rinogen  sepsisdan  oldin  bemorda  odatda  ko’z 
kosasi  asorati,  ko’pincha  g’orsimon  sinus  yoki  ko’z  kosasi    yumshoq  to’qimasi 
venalarining  trombozi va tromboflebiti kuzatiladi. 
      Belgilari.  Sepsis  septitsemiya  va  septikopiemiya  klinik  shakllarida  kechib, 
o’tkir (6 haftagacha davom etishi) va surunkali ( 6  haftadan ko’p vaqt davom et-
ishi)  kechimga  ega. Septitsemiyada  yiringli  jarayonning  metastaz  o’choqlari  xosil 
bo’lmaydi,  ammo  u  qisqa  vaqt  ichida  metastaz  o’choqlarini  xosil  bo’lishi  bilan 
kechgan  septikopiemiya  shakliga  o’tishi  mumkin.  Bemorda  umumiy  ahvolning 
og’irligi (septik  holat), tana  haroratining doimiy baland yoki gektik bo’lishi, qal-
tirash, tana harorati pasayganda kuchli terlashni kuzatilishi, bosh og’rigi, holsizlik, 
ishtahani  yo’qolishi  belgilari  kuzatiladi  .Tomir  urishning  tezligi  tana  haroratiga 
qarab  o’zgarib  turadi.  Ba'zan  bemorning  koma  holatiga  tushadi.  Keyinchalik 
buyrak,  endokard,  jigar,  ichaklar  va  taloqda  patologik  o’zgarishlar  paydo  bo’ladi. 
Mahalliy belgilarga ko’z qovoqlarining shish, shishni ko’zning boshqa qismlariga 
tarqqalishi, ko’z shilliq pardasida serozli yoki gemorragik xemoz, ekzoftal'm, ko’z 
olmasini  old  va  yon  tomonga  siljishi,  harakati  keskin  cheklanganligi  va  og’rishi, 
ko’rish o’tkirligini pasayishi kabi belgilar kiradi. 
      Tashxis.  Rinogen  sepsis  tashxisini  qo’yish  uchun  bemor  shikoyatlari, 
anamnez  ma'lumotlari,  rinoskopiya,  rentgenografiya,  diagnostik  burun  yondosh 

bo’shliqlarini teshib ko’rish va kompyuter tomografiya tekshiruvi natijalariga aso-
san qo’yiladi. Bemorda sinusit aniqlanganda ikkilamchi sepsis, ya'ni rinogen sepsis 
tashxisi qo’yiladi. Bemorda isitmani 5 kundan ortiq davom etishi, uni hech bir sab-
absiz  ko’tarilib,  tushishi,  bemorda  qaltirash,  terlash  sepsis  kasalligidan  darak  be-
radi.  Sepsisni  va  ko’z  kosasi  qon  tomirlari  tromboflebiti  va  ko’z  kosasi  fleg-
monasidan   farqlash qiyin  emas. Agar ko’z  kosasi qon  tomirlarining  tromboflebi-
tida  ekzoftalm,  ko’z  qovoqlarining  shishi,  xemoz,  ko’rish  qobiliyatini  pasayishi, 
shox pardani zararlanishi, ko’z tubi venalarining kengayishi kuzatilsa, flegmonada 
mahalliy og’riq keskinroq bo’ladi, ko’z kosasida aylana shish paydo bo’ladi, shish 
maydoni igna  yordamida  teshib ko’rilganda undan  yiring va  tiniq suyukliq oqadi, 
klinik manzara odatda o’zgaruvchan bo’ladi. Aniq tashxis qo’yish uchun tana haro-
rati baland bemordan har 1 soatda 20 - 30 ml dan 3 marta bakteriologik tekshiruv 
uchun qon olinadi.  Qonda leykotsitoz  yoki  leykopeniya, trombositopeniya, bakte-
riologik tekshiruvning musbatligi  rinogen sepsis tashxisini tasdiqlaydi. 
      Davolash. Albatta infeksiya o’chog’ini sanatsiya qilish kerak bo’ladi, maqsadli 
antibiotikoterapiya,  antikoagulyantlar,  elektrolitlarni  quyish,  qon-tomir  dori 
vositalari, vitaminlar yuborish kerak bo’ladi.  
7.
 
ZAMONAVIY ENDONAZAL ENDOSKOPIYA JAR-
ROHLIK USULLARI. 
     Oxirgi  yillarda  endoskopiya  (funksional)  mikrojarrohlik  usullari  amaliyotga 
keng tadbiq etilmoqda. Bunday jarrohlik amallari burun bo’shlig’i shilliq qavati va 
burun  anatomik  tuzilmalariga  imkon  qadar  zarar  yetkazmaslik  tamoyiliga 
asoslangan  bo’lib,  bo’shliqlar  tabiiy  chiqish  yo’llarini  tiklash,  anatomik 
tuzilmalarni buzmaslik maqsadini ko’zlaydi. 
      Burun bo’shlig’i va burun yondosh bo’shliqlarini ko’zdan kechirish va shu so-
hada diagnostik va jarrohlik amalini bajarish uchun "Karl Storz", “Richard Wolf", 
"Karl Zeis" firmalari ishlab chiqqan qattiq va egiluvchan endoskoplar, uzunfokusli 
jarrohlik  mikroskopi  ishlatiladi.  Anatomik  jixatdan  murakkab  tuzilgan  burun 
bo’shlig’i va burun yondosh bo’shliqlarini ko’zdan kechirish uchun optik moslama 
asbobning yon tomonida joylashgan va ko’rish burchagi 0º, 30º, 70º, 90º, 120º, di-
ametri 4 va 2,7 mm teng endoskoplar ishlatiladi. 
      Shartli ravishda endoskopiya usulini ikkiga bo’lish mumkin: 
     1) diagnostik endoskopiyasi usuli; 
     2) jarrohlik endoskopiya usuli. 
      Diagnostik 
endoskopiya’ning 
maqsadi 
shilliq 
pardadagi 
patologik 
o’zgarishlarni  erta  aniqlash  va  sog’lom  shilliq  parda,  burun  chig’anoqlari  va 
boshqa anatomik tuzilmalarga zarar yetkazmay  kam jarohatli jarrohlik amalini ba-
jarishdan iborat. 

      Diagnostik  endoskopiyaga  bo’lgan  ko’rsatmalarga  quyidagilar  kiradi:  burun 
orqali  nafas  olishni  qiyinligi,  burundan    ajralma  oqishi,  hid  sezish  funksiyasini 
buzilishi,  burundan  qayta-qayta  sababsiz  qon  oqishi,  burun  bo’shlig’i  o’smalari, 
polipozli  gaymoroetmoiditlar,  eshituv  nayi  faoliyatining  buzilishi,  sababsiz  bosh 
og’rig’i, jarrohlik amalidan oldin tek-shirish va jarrohlik amalidan so’ng davolash 
samarasini  nazorat  qilish,  foto-  va  videohujjatlarning  zarurligi  va  boshqalar.  Bir 
so’z bilan aytganda, burun va burun yondosh bo’shliqlarining deyarli barcha kasal-
liklarda diagnostik endoskopiya’ni qo’llash mumkin. 
       Endoskopiya  tekshiruvdan  oldin  burun  bo’shlig’i  tozalanishi,  kerak  bo’lsa 
shilliq  pardaga  qon  tomirlarni  toraytiruvchi  dorilar,  og’riqsizlantirish  maqsadida 
anestetik dori vositalari surtiladi. Amalda ko’pincha optikasi "0" teng qattiq endos-
kop ishlatiladi. 
      Burun bo’shlig’i endoskopiya tekshiruvi uch bosqichda olib boriladi: 
-
 
Birinchi bosqich. Burun bo’shlig’i dahlizi va umumiy burun yo’lini ko’zdan 
kechirish.  Ko’zdan  kechirilgandan  so’ng  endoskop  burun  bo’shlig’ining  tubi 
bo’ylab  burunhalqum  tomon  siljitiladi.  Pastki  burun  chig’anog’i  shilliq  pardasini 
holati baholanadi, ba'zan burun-ko’z yoshi kanalining teshigi ko’rinadi, yuqori jag’ 
bo’shlig’ida  ilgari  kengaytirilgan  jarrohlik  amali  bajarilgan  hollarda  pastki  burun 
yo’li va yuqori jag’ bo’shlig’i orasida xosil qilingan yo’l ko’zdan kechiriladi. En-
doskopni yanada chuqurroq siljitganda pastki burun chig’anoqlarining orqa qismla-
ri, eshituv nayining halqum teshigi, burun-halqum gumbazining holati baholanadi, 
adenoidlar bor-yo’g’ligi va  hajmi aniqlanadi. 
-
 
Ikkinchi bosqich. Endoskop yordamida o’rta burun yo’li ko’zdan kechiriladi. 
Buning uchun ba'zan o’rta burun chig’anog’ini ichkari tomonga siljitishga to’g’ri 
keladi. Ilgaksimon o’simta, katta g’alvirsimon pufak, yarimoy tirqish, g’alvirsimon 
qadoqcha  ko’zdan  kechiriladi,  o’rta  burun  chig’anog’i  shilliq  pardasining  giper-
plaziyasi  va  osteomeatal kompleks blokadasining darajasi  aniqlanadi. Yuqori  jag’ 
bo’shlig’ining tabiiy yo’lini ko’rish imkoni bo’lmaydi, chunki u odatda ilgaksimon 
o’simtaning erkin cheti orqasida joylashgan bo’ladi. 
-
 
Uchinchi  (yakuniy)  bosqichda    yuqori  burun  yo’li  va  hid  bilish  tirqishi 
ko’zdan kechiriladi. Ba'zan yuqori burun chig’anog’i va orqa g’alvirsimon kattak-
larning  chiqish  teshiklarini,  yuqori  burun  chig’anog’i  orqa  qismining  orqasida 
ponasimon  bo’shliqning  chiqish  teshigini  ko’rsa  bo’ladi.  Aniqroq  ko’rish  uchun 
optikasi 30º va 70º teng endoskoplarni ishlatish tavsiya qilinadi. 
      Yuqori jag’ bo’shlig’i diagnostik endoskopiyasi quyidagi maqsadda bajariladi: 
- yuqori jag’ bo’shlig’i yallig’lanishida topik tashxisni aniqlash; 
- yot jismni chiqarib olish; 
- turli  davolash muolajalarini o’tkazish (terapevtik sinusoskopiya). 

     Ko’pincha  yuqori  jag’  bo’shlig’i  endoskopiyasi  (sinusoskopiya)  bo’shliqning 
old devori orqali bajariladi. Muolaja qoziq tish chuqurchasi va ko’z osti nervi (uch 
shoxli asab tolasining birinchi shoxchasi) sohasidagi yumshoq to’qimalarni mahal-
liy  og’riqsizlantirish  ostida  yumshoq  to’qima  kesiladi  va  siljitilib,  suyak  to’qima 
topiladi.  Yuqori  jag’  bo’shlig’ini  teshish  uchun  mo’ljallangan  maxsus  diametri  4 
mm  ga  teng  gilzali  troakar  yordamida  bo’shliqning  old  devori  to’rtinchi  va 
beshinchi  tish  ildizlari  sohasida  aylanma  harakatlar  bilan  yyengil  teshiladi. Keyin 
gilza yorig’iga 0-70º optikali endoskop kiritilib, bo’shliq devorlari ko’zdan kechiri-
ladi,  shilliq  parda  holati  baholanadi,  zarur  bo’lganda  to’qimalarda  biopsiya  tek-
shiruvi  uchun  material  olinadi,  kista  va  yallig’lanish  o’smalari  olib  tashlanadi.  
Tekshiruv tugagandan so’ng troakar gil'zasi yana aylanma harakatlar bilan chiqarib 
olinadi va jarohat maydonini tikmay turib aseptik boylam qo’yiladi. Bemordan bi-
roz  vaqt  davomida  burnini  qoqmaslik  buyuriladi,  chunki  u  bu  holda  teri  ostiga 
havo kirishi va teri osti emfizemasi rivojlanishi mumkin. 
Endoskop yordamida burun va burun yondosh bo’shliqlari sohasida bajari-
ladigan jarrohlik amallariga ko’rsatmalar va bajarish 
qoidalari. 
     Endonazal  endoskopiya  jarrohlik  usulini  XX  asrning  70-yillarida  professor 
Messerklinger    ishlab  chiqdi.  Burun  bo’shlig’i  kasalliklariga  burun  yondosh 
bo’shliqlarining tabiiy yo’llari va burun bo’shlig’i tashqi devorining tor tirqishlari 
sohasidagi  rivojlangan  patologik  o’zgarishlar  sabab  bo’ladi.  Burun  bo’shlig’ining 
tabiiy  tor  joylari,  xususan  osteomeatal  kompleks  maydoni,  burun  yondosh 
bo’shliqlarining faoliyatini me'yorda ushlab turadi. 
     Sog’lom kishida burun bo’shlig’i shilliq pardasining kuchli himoya mexanizmi 
-  mukotsilliar  klirensi  tufayli  osteomeatal  kompleks  infeksiyaga  chidamli  bo’ladi. 
Shish,  burun  to’sig’i  qiyshiqligi,  burun  chig’anoqlari  giperplaziyasixilpillovchi 
epiteliy bilan qoplangan ikki qarama-qarshi tomondagi shilliq pardalarni bir biriga 
tegib  turishiga,  natijada  ushbu  maydonda  epiteliy  to’qima  tuklarining  harakati 
sekinlashadi  yoki butunlay  to’xtaydi,  natijada shilliq pardaning  mukotsiliar  faoli-
yati yo’qoladi, shilimshiq ajralma chiqarilmay, burun bo’shlig’ida to’planib qoladi. 
Shu  tariqa  yallig’lanish  jarayonini  burun  yondosh  bo’shliqlariga  tarqalishiga  sha-
roit yaratiladi. Shuning uchun endoskopiya usuli burun yondosh bo’shliqining aso-
siy  maydonlarida  minimal  hajmdagi  jarrohlik  amallarini  bajarishga  va  burun 
bo’shlig’i shilliq pardasini maksimal darajada asrashga  yordam beradi. 
     Funksional endoskopiya  jarrohlik amaliga ko’rsatmalar: 
-  surunkali serozli va ekssudativ sinusit; 
-  chegaralangan polipozli sinusit; 
-  bo’shliqlarni zamburug’li yallig’lanishi; 
-  bo’shliq kistasi; 

-  bo’shliq yot jismi; 
-  osteomeatal  kompleks  suyak    to’qimasini  bo’rtib  chiqishi,  shilliq  parda    giper-
plaziyasi; 
-  ko’z  yoshi oqishi bilan kechgan ko’z  yoshi qopchasi  va  burun-ko’z  yoshi kana-
laring patologiyasi (dakriotsistorinostomiya). 
     Endonazal endoskopiya jarrohlik amaliga  qarshi ko’rsatmalar: 
- kalla  ichi va orbital rinogen asoratlar
- burun va burun yondosh  bo’shliqlari o’smalari; 
- burun yondosh bo’shliqlari sohasining osteomieliti; 
-  burun  yondosh  bo’shliqlarda  ilgari  bajarilgan  jarrohlik  amalidan  so’ng  tabiiy 
teshiklarni chandiq  va suyak to’qimasi bilan yopilishi. 
     Jarrohlik amalini bajarish texnikasi. Endonazal endoskopiya jarrohlik amalin-
ing bir nechta usullari mavjud. 
     Messerklinger  usulida  bajariluvchi  jarrohlik  amali  keng  qo’llanadi.  Bunda  jar-
rohlik  amali  bosqichma-bosqich  bajariladi  va  barcha  burun  yondosh 
bo’shliqlardagi  patologik  o’zgargan  maydonlar  navbatma-navbat  tozalanib,  
mavjud bo’lgan  nuqsonlar bartaraf  qilinadi. Dastlab ilgaksimon  o’siq, keyin katta 
g’alvirsimon  pufakcha,  g’alvirsimon  bo’shliqning  old  kattakchalari,  g’alvirsimon 
qadoqcha,  yuqori  jag’  bo’shlig’ining  tabiiy  chiqish  teshigi  kengaytirilib,    oxirida 
ponasimon bo’shliq ochiladi. 
     Vigand  usulida  jarrohlik  amali  burun  bo’shlig’ining  chuqur  bo’limlaridan, 
xususan  ponasimon  bo’shliqdan  boshlanadi,  keyin  g’alvirsimon  boshliqning  orqa 
va  o’rta  kattakchalari  ochiladi,  infundibulotomiya  qilingandan  so’ng  nihoyat 
g’alvirsimon bo’shliqning old kattakchalari ochiladi, ya'ni jarrohlik amali avval or-
qa, keyin old bo’shliqlarda bajariladi. Bundan tashqari Vigand jarrohlik amali ko’p 
jixatdan radikal jarrohlik amalining xususiyatlariga ega, xususan unda g’alvirsimon 
bo’shliq kattakchalari to’liq ochilib, yuqori jag’ bo’shlig’i yallig’lanishining deyar-
li barcha shakllarida pastki burun chig’anog’i ostidan yuqori jag’ bo’shlig’iga ochi-
luvchi yo’l xosil qilinadi. Hozirgi kunda Xeerman tamoyillari kasalxona sharoitida 
burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlarida  mikroskop  ostida  bajariladigan  jarrohlik 
amallarining standarti sifatida qabul qilindi. 
2-jadval 
 
 
Burun mikrojarrohlik amallarida Xeerman tamoyillari. 
Jarrohlik amaliga 
tayyorgarlik 
Jarroh 
Anatomiya’ni  chuqur  o’rganish  va 
kamida 50 ta o’liklarda sinab ko’rish 
 
Promedikatsiya 
 
Peroral 1-2 mg flunitrazepam (rogip-
nol)ni jarrohlik amalidan bir soat 

oldin bemorga ichirish 
 
Nazoratli  gipoten-
ziyali 
og’riqsizlantirish   
 
N
2
O/O
2
 
(50:50-70:30) 
anestezi-
ya,propofen  (dizoprivan)  yoki  izoflu-
ran.  Analgeziya:  fentanil  yoki  alfen-
tanil (doimo kerak). 
Gipotenziya (imkon qadar 70-90 
mm.sim.ust.)  kattapresan (jarrohlik 
amalining boshida) va yoki nitratlar 
(keksa yoshdagi bemorlarga 
Asosiy uskunalar 
 
 
Yarim o’troq holat         
(Fouler buyicha) 
Qulayliklari: 
1) qon bosh sohasidan qo’l oyoqlarga 
tarqaladi; 
2)  jarrohlik  amali  paytida  qon  kam 
yo’qotiladi; 
3) 
bemor 
oyoqlarini 
yuqoriga  
ko’tarish  yoki  pastga  tushirish  bilan 
qon bosimini o’zgartirish mumkin. 
 
Jarrohlik 
stoli  
boshqariladigan 
bo’lishi kerak 
 
Hamshira  jarrohning  xohishiga  qarab 
stol  holatini  o’zgartirish  mumkin 
bo’lsin 
 
Binokulyar 
mikroskop 
(300 
mm linza)       
 
Burun  bo’shliqining  hatto  chuqur 
qismlarini  ucho’lchamlarini  stereos-
kopik ko’zdan  
kechirish.  Ilib  qo’yilgan  mikroskop 
harakatchan  bo’lib,  jarroh  o’ziga 
kerakli 
yo’nalishda 
harakatlantira  
oladi. 
 
Endoskop 30 º 
  Mikroskop  bilan  ko’zdan  kechirish 
mumkin bo’lmagan maydonlarni kuz-
dan kechirish uchun ishlatiladi. 
Jarrohlik 
muola-
jalari   
 
Burun to’sig’i 
 
Shilliq osti septoplastikasi (burun 
to’sig’ining yuqori va orqa qismlarida 
ayniqsa zarur) 
 
Burun 
chig’anoqlari 
 
Pastki burun chig’anoqlari orqa uchla-
rining  rezeksiyasi,  ammo  o’rta  burun 
chig’anoqlarini  saqlagan  holda  yoki 
ularning  faqat  lateral  uchlarini  kesib 
olish uchun. 
 
 
Yuqori 
jag’ 
bo’shliqlari   
Yuqori  yoki  yuqori  va  pastki  fenes-
tratsiyaga  ko’rsatmalar  sinuskopiyada 
tasdiqlangan. 
Kengaytirilgan  yuqori  fenestratsiya 
bajariladi.  Ikkilamchi  kengaytirilgan  

pastki  fenestratsiya  mikroskop  va  en-
doskop 
nazorati 
ostida 
bo’shliq 
ichidagi  ajralmani  to’liq    chiqarib 
tashlash imkonini beradi 
 
 
 
Ponasimon 
bo’shliq 
va 
g’alvirsimon  labi-
rint kattakchalari   
 
 
Anatomik  tuzilishiga  qarab  yuqori 
septoplastikaga zarurat  
tug’ilishi 
mumkin.  Pastki  burun 
chig’anog’i lateral tomonga, o’rta bu-
run  chig’anog’i  esa    medial  tomonga 
siljitilishi lozim. Keyingi qadam o’rta 
burun  chig’anog’iga  qarab  (jarrohlik 
amalini  o’rta  burun  chig’anog’idan 
lateral  tomonda  bajarish  xavfsizroq) 
jarrohlik  
amalini (qisman yoki to’liq etmoidot-
omiya,sfenoidotomiya) bajarish 
mumkin bo’ladi. 
 
Old 
peshona 
bo’shliqlari   
Dastlab  burun  to’sig’ida  jarrohlik 
amali  va  etmoidotomiya’ni  bajargan-
dan so’ng agger nasi kesib olinadi. Bu 
peshona  bo’shliqlarining    teshiklarini 
bevosita  ko’rish  va  o’tkir  infeksiyada 
III  va  IY    Ritter  –zondlari  yordamida 
drenaj  qilib,  bo’shliqdan  patologik 
ajralmani to’liq olib tashlash imkonini 
beradi. 
Osteomalarda 
qo’shimcha 
bevosita  osteoplastika  kerak  buladi. 
Peshona bo’shlig’i  hech qatshon  yog’ 
kletchatkasi  yoki  boshqa  to’qima  bi-
lan yopilmaydi. 
 
Burundan 
qon 
oqishi  
Bipolyar  kauterlash  burunning  old 
bo’limlarida  qo’llanadi.  Qon  burun-
ning 
yuqori 
orqa 
bo’limlaridan 
og’ayotganda  qisman  etmoidotomi-
yadan  so’ng  suyak  kanaliga  kiritilgan 
monopolyar 
ignalar 
yordamida 
etmoidal  arteriyalar  kauterizatsiyasi 
bajarilishi  mumkin.  Bu  usul  doimoi 
jobiy natija beradi. 
 
Burundan  orqa  mi-
ya 
suyuqligini 
oqishi  
Kichik  nuqsonlarda  fassiyalar  yoki 
keng son fassiyasi transplantanti sifat-
ida  ishlatiladi;  burun-peshona  
kanali  yopilishini  oldini  olish  uchun 
burun  to’sig’i  yoki  quloq  suprasi 

tog’ayi  parchasi  ishlatiladi.  Yirik 
nuqsonlarda 
qo’shimcha 
bevosita 
peshona 
orqali 
shisha 
probkasi 
shaklida  yo’l  xosil  qilish  talab  qi-
linadi,  kesilgan  qovurg’a  tog’ayi  ish-
latiladi. 
 
Ko’z  yoshi  qop-
chasi   
Burun  to’sig’i  old  yuqori  bulimlarin-
ing  shilliq  osti  rezeksiyasi  va  old 
etmoidotomiya  kerak  bo’ladi.  Ko’z 
yoshi  qopchasining  suyak  devorini 
olib  tashlash  uchun  dastasi  o’ng 
tomonga  qayrilgan  iskana  ishlatiladi. 
Ko’z  yoshi  qopchasi  kesilib,  pastki 
kuz yoshi kanali kengaytiriladi. 
Cho’zilgan torayishda, tug’ma  aplazi-
ya plastik  protezlash usuli qo’llanadi. 
 
 
      Endoskopiya jarrohlik amallarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular 
doimiy  ko’z  nazorati  ostida,  harakatlarni  yuqori  darajada  aniq  va  a'zoning 
anatomik  tuzilishi  va  fiziologik  faoliyati  saqlagan  holda  bajariladi,  qon  ketishiga, 
patologik o’zgarmagan shilliq pardani saqlab qolishga yordam beradi. 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin